toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-noyabr,
629-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-noyabrdagi 629-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorida:
a) 2-band “oʻtkazish” soʻzidan keyin “tartibi” soʻzi bilan toʻldirilsin;
b) ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga
ILOVA
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar) ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyati, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Mazkur Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berilgan idoralar, shu jumladan vazirliklar va idoralar boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati berilgan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar yoxud boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tushuniladi.
3. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
idoralararo tusga ega boʻlgan;
qabul qilgan vazirlik yoki idora tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
4. Vazirliklar va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga, basharti vazirliklar va idoralarda koʻtarilayotgan masalalarni yoki muammolarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mexanizmlar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal etish vakolatlari mavjud boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Ijtimoiy munosabatlarni haddan ziyod huquqiy tartibga solishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, ushbu hujjatni qabul qilishning yaqqol zarurati va uni qabul qilmasdan boshqa muqobil yechimlar orqali muammoni hal qilishning imkoniyatlari oʻrganiladi.
5. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
shaharsozlik normalari va qoidalari;
energetika sohasidagi texnik normalar va qoidalar;
fitosanitariya talablari;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
ekologik normalar va qoidalar;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan hujjat deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
6. Vazirliklar va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻn kun ichida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali Adliya vazirligiga taqdim etadilar (bundan davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno).
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlar qoʻllanilgani aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur hujjatning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishga haqlidir.
7. Bir nechta vazirlik va idoralar qoʻshma holda qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish, qoida tariqasida, hujjatni tasdiqlagan vazirliklar va idoralar orasida nomi birinchi boʻlib koʻrsatilgan vazirlik yoki idoraga yuklanadi.
2-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
8. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga:
korrupsiya koʻrinishlari va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;
jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz va javobgarlik choralarini hamda asoslanmagan qoʻshimcha xarajat va toʻlovlarni belgilaydigan;
yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan;
gender tengligi prinsiplariga muvofiq boʻlmagan;
xoʻjalik birlashmalari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni tartibga soladigan;
ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
9. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday hujjatlar qonunchilik hujjatlariga zid yoki nomuvofiq boʻlgan normalarni oʻz ichiga olmasligi lozim.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar bundan koʻp muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan oshmasligi kerak.
10. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda mazkur hujjat qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoki qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlari) bajarish yuzasidan yoxud ular asosida qabul qilinayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
11. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining izchil, mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz mazmuniga mos hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar va kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zarur hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnida qonunchilik hujjatlariga havolalar qilishga faqat istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishga ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani oʻz ichiga olishi kerak. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, uslubiyotlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, qoida tariqasida, ilovalarda berilishi kerak. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
Amaldagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
12. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
hujjatning turi;
huquqiy tartibga solish predmetini aks ettiruvchi nom;
hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi.
13. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi uni qabul qilgan vazirlik va idora tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, ushbu qoidalar taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idoraning vakolati, idoraviy normativ-huquqiy hujjatda aks etgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
mazkur vazirlik yoki idora tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi.
15. Tayyorlangan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik yoki idoraning rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda — yuriskonsult) tomonidan viza qoʻyilgan hamda ilova qilingan maʼlumotnoma imzolangan boʻlishi kerak.
16. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy boʻlgan hollarda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirliklar va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi elektron tizim orqali manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi lozim.
Vazirliklar va idoralar boʻysunuvidagi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar, agar ularga tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati yuklatilgan boʻlsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin, bunda zarur hollarda ushbu hujjat yuqori turuvchi organ bilan ham kelishiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirliklar va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida eʼtirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan eʼtirozlar bilan qaytarilishi kerak.
17. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas.
Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora ushbu masalani hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
18. Barcha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat sirlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mustasno.
3-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
19. Adliya vazirligi taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat kelib tushgan kundan boshlab uni yigirma kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Agar ushbu hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, uni koʻrib chiqish muddati oʻn kungacha uzaytirilishi mumkin.
20. Zarur hollarda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni soʻrab olish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni ekspert sifatida jalb qilish huquqiga ega.
21. Agar taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan talablarga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;
qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tugʻilganda;
havola qiluvchi normalar qoʻllanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi taʼminlanmaganda.
Qayta ishlangan (tahrirlangan) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish unga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish muddati u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, oʻziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga zid boʻlsa;
mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli eʼtirozlariga sabab boʻlsa;
manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosa bilan uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga qaytariladi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirliklar va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligining xulosasi hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin hamda Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
23. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
4-bob. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqish tartibi
24. Qonunchilik hujjatlari oʻzgargan taqdirda, vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak.
Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Bunda vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, Adliya vazirligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni hisobga olgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish ushbu hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi hamda Davlat reyestridan chiqarish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Adliya vazirligi Davlat reyestrida mavjud boʻlgan hujjatlarga aynan bir xil masalada va texnik koʻrinishda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqli.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ yoki bunga vakolatli boshqa organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda Adliya vazirligi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻxtatib turiladi yoki qayta tiklanadi.
25. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda, ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
26. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur hollarda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda tegishliligiga koʻra davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlari tegishliligiga koʻra tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur hollarda axborot-tahliliy materiallar bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechiktirmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
27. Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijro etish uchun yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
a) 105-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmolchilarning I guruhi bilan — oyma-oy hisob bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari (bank kassalarida naqd pul va bank kartalari bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno) orqali toʻlash yoʻli bilan”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlar isteʼmolchining tanlovi boʻyicha cheklanmagan ravishda bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari (bank kassalarida naqd pul va bank kartalari bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno) orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda barcha guruh isteʼmolchilaridan toʻlovlarni naqd pul koʻrinishida undirish taqiqlanadi (bank kassalarida naqd pul va bank kartalari bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno)”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “Tizim vositasida Yagona portalda” soʻzlari “Tizimda” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yagona portalda”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib yoki Tizim orqali murojaat etilganda:
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hisobvaragʻiga;
b) Yagona portal orqali murojaat etganda:
74,1 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
14,1 foizi — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun) oʻtkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib yoki Tizim orqali murojaat etilganda toʻliq summa Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
b) Yagona portal orqali murojaat etganda:
88,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun) oʻtkaziladi;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “joylashgan joyi” soʻzlari “joylashgan yeri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisi “Tizim” soʻzidan keyin “yoki Yagona portal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “joylashgan joyi” soʻzlari “joylashgan yeri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-band “Tizim” soʻzidan keyin “yoki Yagona portal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
29-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “joylashgan joy” soʻzlari tegishli kelishikdagi “joylashgan yer” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni “Internet jahon axborot tarmogʻi orqali” soʻzlaridan keyin “Tizimda yoki Yagona portalda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-16-2-1-pozitsiyadagi “qayta tuzish” soʻzlari “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-16-2-5, 1-16-2-6 va 1-16-2-7-pozitsiyalardagi “birlashtirish” soʻzi “qoʻshib olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyadagi “joylashgan joyining” soʻzlari “joylashgan yerining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “qayta tuzish” soʻzlari “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-1-pozitsiya, III boʻlimning nomi va 5 va 6-pozitsiyalardagi tegishli kelishikdagi “joylashgan joy” soʻzlari tegishli kelishikdagi “joylashgan yer” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-2-4-pozitsiyadagi “birlashtirish, qayta tuzish” soʻzlari “qoʻshib olish, oʻzgartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyadagi “qayta tuzish” soʻzlari “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
6 va 7-pozitsiyalardagi “joylashgan joyi” soʻzlari “joylashgan yeri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 11-ilovaga 2-ilovaning III boʻlimi 2-pozitsiyasidagi “joylashgan joyi” soʻzlari “joylashgan yeri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning “a” kichik bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “joylashgan joy” soʻzlari “joylashgan yer” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 8-bandidagi “joylashgan joy” soʻzlari “joylashgan yer” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaga ilovaning 13-pozitsiyasi “Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va maʼlumotlar” ustunidagi “birlashtirish” soʻzi “qoʻshib olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 641-band bilan toʻldirilsin:
“641. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi tizimida muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda, Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan kvota doirasida belgilangan tartibda saralab olingan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari dastlabki tanlov va maxsus kasbiy tanlov natijalariga koʻra yakuniy suhbatsiz belgilangan yillik kvota doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarorida:
a) 1-ilova “E** roʻyxati” boʻlimining 1-pozitsiyasi “TIF TN kodi” ustunidagi “2903 39 110 0” raqami “2903 61 000 0” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari*
ROʻYXATI
D roʻyxati

T/r

Mahsulot nomi

TIF TN kodi

1.

Maishiy va tijorat sovitish uskunalari va konditsionerlar (issiqlik nasoslari), shu jumladan:

1.1.

Sovitkichlar, muzlatkichlar va ular uchun moʻljallangan nasos hamda kompressorlar

8414 30, 8414 80 750 0, 8418 10-8418 29 000 0, 8418 50 110 0-8418 50 190 0, 8418 61 00, 8418 69 000 2, 8418 69 000 3, 8418 69 000 9, 8476 21 000 0, 8476 81 000 0

1.2.

Muzlatkichlar, muzlatish kameralari, bugʻlatkich va kondensatorlar (maishiy sovitkichlarga moʻljallangan bugʻlatkich va kondensatorlardan boshqalari)

8418 30, 8418 40, 8418 61 00, 8418 69 000 2, 8418 69 000 3, 8418 69 000 9, 8418 99 100 1, 8418 99 100 9

1.3.

Havo quritkichlar

8415 10 100 0-8415 83 000 0

1.4.

Muz ishlab chiqarish mashinalari (muz generatorlari)

8418 69 000 1, 8418 69 000 2, 8418 69 000 3, 8418 69 000 9

1.5.

Konditsionerlar va issiqlik nasoslari, yengil va yuk avtomobillaridagi konditsionerlar (ular ichiga oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganidan qatʼi nazar)

8415 10 100 0-8415 83 000 0, 8418 61 00, 8418 69 000 2, 8418 69 000 3, 8418 69 000 9

1.6.

Oziq-ovqat tovarlari va salqin ichimliklar sotish uchun moʻljallangan, ichiga sovitish uskunasi oʻrnatilgan savdo avtomatlari

8476 21 000 0, 8476 29 000 0, 8476 81 000 0

2.

Forpolimerlar

3903 11 000 0, 3909 50

3.

Koʻchma oʻt oʻchirgichlar

8424 10 000 1, 8424 10 000 9

4.

Boshqa kimyoviy mahsulotlarning 38-guruhi aralashmalari:

4.1.

Tarkibida xlorftoruglevodorod (XFU)lar boʻlgan, tarkibida gidroxlorftoruglevodorod (GXFU)lar, perftoruglevodorod (PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod (GFU)lar boʻlgan yoki boʻlmagan aralashmalar

3827 11 000 0

4.2.

Tarkibida bromxlordiftormetan, bromuchftormetan yoki dibromtetra-ftoretanlar boʻlgan aralashmalar

3827 20 000 0

4.3.

Tarkibida gidrobromftoruglevodorod (GBFU)lar boʻlgan aralashmalar

3827 12 000 0

4.4.

Tarkibida gidroxlorftoruglevodorod (GXFU)lar boʻlgan, tarkibida perftoruglevodorod (PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod (GFU)lar boʻlgan yoki boʻlmagan, lekin xlorftoruglevodorod (XFU)lari boʻlmagan aralashmalar

3827 31 000 0, 3827 32 000 0, 3827 39 000 0

4.5.

Tarkibida uglerod tetraxloridi (toʻrt xlorli uglerod) boʻlgan aralashmalar

3827 13 000 0

4.6.

Tarkibida 1,1,1-uchxloretan (metilxloroform) boʻlgan aralashmalar

3827 14 000 0

4.7.

Tarkibida brommetan (bromli metil) yoki bromxlormetan boʻlgan aralashmalar

3827 40 000 0

4.8.

Tarkibida perftoruglevodorod (PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod (GFU)lar boʻlgan, lekin xlorftoruglevodorod (XFU)lar yoki gidroxlorftoruglevodorod (GXFU)lar boʻlmagan aralashmalar

3827 61 000 0, 3827 62 000 0, 3827 63 000 0, 3827 68 000 0, 3827 64 000 0, 3827 65 000 0, 3827 59 000 0, 3827 69 000 0, 3827 51 000 0

5.

Uglevodorodlarning gallogenlangan hosilalari

5.1.

Toʻyingan atsiklik uglevodorodlarning ftorlangan hosilalari

triftormetan (GFU-23)

2903 41 000 0

diftormetan (GFU-32)

2903 42 000 0

ftormetan (GFU-41), 1,2-diftoretan (GFU-152) va 1,1-diftoretan (GFU-152a)

2903 43 000 0

pentaftoretan (GFU-125), 1,1,1-triftoretan (GFU-143a) va 1,1,2-triftoretan (GFU-143)

2903 44 000 0

1,1,1,2-tetraftoretan (GFU-134a) va 1,1,2,2-tetraftoretan (GFU-134)

2903 45 000 0

1,1,1,2,3,3,3-geptaftorpropan (GFU-227ea), 1,1,1,2,2,3-geksaftorpropan (GFU-236cb), 1,1,1,2,3,3-geksaftorpropan (GFU-236ea) va 1,1,1,3,3,3-geksaftorpropan (GFU-236fa)

2903 46 000 0

1,1,1,3,3-pentaftorpropan (GFU-245fa) va 1,1,2,2,3-pentaftorpropan (GFU-245ca)

2903 47 000 0

1,1,1,3,3-pentaftorbutan (GFU-365mfc) va 1,1,1,2,2,3,4,5,5,5-dekaftorpentan (GFU-43-10mee)

2903 48 000 0

boshqalar

2903 49 000 0

* Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, jismoniy shaxslar tomonidan tashiladigan hamda ular notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallanmagan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, mazkur shaxslar tomonidan import yoki eksport qilinadigan mahsulot boʻlgan holatlardan tashqari”;
v) 6-ilova “E** roʻyxati” boʻlimining 1-pozitsiyasi “TIF TN kodi” ustunidagi “2903 39 110 0” raqami “2903 61 000 0” raqami bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 331-son qarori quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalarda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan muddatli harbiy xizmatchilar Universitetga (mos yoʻnalishlarga) kirish sinovlarisiz davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qarorida:
quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Quyidagilar Komissiya kotibiyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
YUNESKO va AYSESKO bilan hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonning xalqaro dasturlardagi ishtirokini hamda milliy salohiyatini targʻib etishga koʻmaklashish;
Komissiyaning faoliyatini tashkil etish va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
YUNESKOning Birlashgan maktablar tarmogʻi loyihasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi YUNESKO uyushmalari, klublari va oliy taʼlim muassasalaridagi YUNESKO kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish;
YUNESKOning hukumatlararo dasturlari doirasida milliy qoʻmitalar hamda Biosfera rezervatlari umumjahon tarmogʻida Oʻzbekistonning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish;
YUNESKOning Taʼlimni targʻib etuvchi shaharlar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish;
YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish”;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Komissiya kotibiyati oʻziga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) YUNESKO va AYSESKO bilan hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonning xalqaro dasturlardagi ishtirokini hamda milliy salohiyatini targʻib etishga koʻmaklashish sohasida:
YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh kotibiyati, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar hamda YUNESKO va AYSESKOga aʼzo davlatlarning milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
YUNESKO va AYSESKOning davriy nashrlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga koʻmaklashish;
YUNESKO va AYSESKO homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda tashkilotlarga yordam koʻrsatish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy boʻlinmalarida, shuningdek, AYSESKO Bosh direksiyasida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
b) Komissiyaning faoliyatini tashkil etish va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Komissiya va uning ishchi organlari ish rejalari tayyorlanishi hamda ularning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, Komissiya faoliyatiga taalluqli materiallarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
fan, madaniyat va taʼlim boʻyicha dasturlarni tayyorlash va koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritish;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, tahlil qilish va ularning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xizmat doirasida yozishmalar olib borish;
Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlar, materiallar va takliflarni tayyorlash;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga muntazam kiritib borish;
Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarini asrash masalalari boʻyicha YUNESKO mezonlariga muvofiq taklif va tavsiyalar kiritish hamda bu borada tegishli vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Komissiya qarorlarining bajarilishini taʼminlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda hamda ularning bufer zonalarida joylashgan obyektlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yaratilishi hamda uning yuritilishi yuzasidan monitoring olib borish;
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan obyekt va hududlarda, shu jumladan, ularning bufer zonalarida moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar davomida oʻtkaziladigan davlat nazoratida ishtirok etish hamda tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish;
YUNESKO konvensiyalariga oid masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan doimiy muloqot oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan YUNESKO konvensiyalarining amalga oshirilishi boʻyicha tegishli davlat organlarini hamda masʼul shaxslarni belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
YUNESKO konvensiyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishiga doir hisobotlar, madaniy, tabiiy hamda nomoddiy madaniy meros nomzodnomalari boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻmaklashish;
YUNESKO konvensiyalari doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda milliy ishtirokni muvofiqlashtirish;
YUNESKO konvensiyalari doirasida qabul qilinadigan qaror va tavsiyalarning milliy darajada bajarilishini nazorat qilish;
v) YUNESKOning Birlashgan maktablar tarmogʻi loyihasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida:
YUNESKOning Birlashgan maktablar tarmogʻi faoliyatining YUNESKO maqsadlariga muvofiqligini taʼminlash;
YUNESKOning Birlashgan maktablar tarmogʻi doirasida mintaqaviy va xalqaro darajadagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi YUNESKO uyushmalari, klublari hamda oliy taʼlim muassasalaridagi YUNESKO kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
YUNESKO uyushmalari va klublari tuzilmalari faoliyatiga koʻmaklashish hamda ular tomonidan YUNESKO qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
YUNESKOning gʻoya va ustuvor yoʻnalishlarini targʻib etishda YUNESKO uyushmalari va klublarining milliy, mintaqaviy va xalqaro darajadagi hamkorligini taʼminlash;
YUNESKO kafedralarini tashkil etish uchun hujjatlarning qabul qilish mezonlariga muvofiqligini taʼminlash va universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik dasturlarida ishtirok etishni qoʻllab-quvvatlash;
mavjud YUNESKO kafedralari oʻrtasidagi hamkorlikni, axborot va ilgʻor tajribalar almashuvini ragʻbatlantirish hamda kafedralar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga YUNESKO shafeligini berishda koʻmaklashish va axborot tarqatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
kafedralar tomonidan hisobotlarning YUNESKOga oʻz muddatida taqdim etilishini taʼminlash;
YUNESKO gʻoya va qadriyatlarini targʻib etish maqsadida fikr va mulohaza almashinuvini taʼminlash, qoʻllab-quvvatlash hamda maslahat koʻmagini koʻrsatish;
d) YUNESKOning hukumatlararo dasturlari doirasida milliy qoʻmitalar hamda Biosfera rezervatlari umumjahon tarmogʻida Oʻzbekistonning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida:
YUNESKOning hukumatlararo dasturlari boʻyicha Komissiyaga hisobdor boʻlgan YUNESKO tizimidagi milliy qoʻmitalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari hamda ekspertlarni qoʻmitalar faoliyatiga tegishli hukumatlararo dasturlarda ishtirok etish uchun jalb qilish, ragʻbatlantirish va tashkiliy koʻmaklashish;
milliy qoʻmitalarning YUNESKO tomonidan talab etilgan hisobotlarining oʻz muddatida taqdim etilishini taʼminlash;
milliy qoʻmitalar tomonidan YUNESKOning tegishli roʻyxatlariga kiritish uchun nomzodnoma hujjatlarini tayyorlash va taqdim etishda amaliy yordam koʻrsatish;
biosfera rezervatlarini YUNESKO tarmogʻiga kiritish boʻyicha nominatsiya hujjatlarini tayyorlash va davriy hisobotlarni taqdim etishni tashkil etish;
“Inson va biosfera” dasturi doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
biologik xilma-xillikni saqlash, ekotizimlarni muhofaza qilish va barqaror foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va monitoring ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
YUNESKOning Biosfera rezervatlari umumjahon tarmogʻi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro forumlar, konferensiyalar va tadbirlarda Oʻzbekistonning ishtirokini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
e) YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish sohasida:
YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmogʻiga yangi shaharlarning aʼzo boʻlishi uchun YUNESKOga nomzodnomalar tavsiya etish, tarmoq aʼzosi boʻlgan shaharlarning ilgʻor tajriba almashish uchun milliy va xalqaro darajadagi hamkorligiga koʻmaklashish;
Ijodkor shaharlar tarmogʻi maqsadlariga muvofiq keluvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy aholi tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarni ragʻbatlantirish va koʻmaklashish;
j) YUNESKOning Taʼlimni targʻib etuvchi shaharlar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish sohasida:
yangi shaharlar nomzodnoma hujjatlarini YUNESKOga tavsiya etish;
belgilangan tartibda YUNESKOning xalqaro tadbirlarida ishtirok etish hamda Taʼlimni targʻib etuvchi shaharlar tarmogʻi doirasida bajarilgan ishlar boʻyicha milliy hisobotni YUNESKOga taqdim etish;
z) YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻi faoliyatida Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish sohasida:
geoparklar boʻyicha nomzodlik hujjatlarini tayyorlash va YUNESKOga taqdim etish ishlarini tashkil etish;
geologik merosni muhofaza qilish va geoturizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻi doirasida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va targʻibot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
oʻtkaziladigan xalqaro forumlar, konferensiyalar va tadbirlarda Oʻzbekistonning ishtirokini tashkil etish va muvofiqlashtirish”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kotibiyat boshqaruv xodimlariga nisbatan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiya kotibiyati xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 25 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 50 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 75 foiz, 20 yildan ortiq — 100 foiz oylik ustamalar qoʻllanadi”;
quyidagi mazmundagi 242-band bilan toʻldirilsin:
“242. Komissiya Bosh kotibi kotibiyatda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni, ularga davlat mukofotlari berish yuzasidan taqdimnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi”;
27-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiyaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining
TARKIBI

1.

G.O. Umerova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Milliy komissiya raisi

2.

B.O. Saidov

—

tashqi ishlar vaziri, Milliy komissiya raisining oʻrinbosari

3.

O.B. Yoʻldoshev

—

taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari, Milliy komissiya raisining oʻrinbosari

4.

O.A. Nazarbekov

—

madaniyat vaziri

5.

A.I. Ikramov

—

sport vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

—

raqamli texnologiyalar vaziri

7.

A.Ya. Xaydarov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

8.

B.G. Abdikarimov

—

Madaniy meros agentligi direktori

9.

Sh.A. Ayupov

—

Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

A.V. Nuridinov

—

Badiiy akademiya raisi

11.

A.K. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

12.

A.A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

13.

O.Yu. Gaipov

—

YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining Bosh kotibi

Izoh. Milliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarorida:
a) nomi va muqaddimadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning nomi va 1-bandidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi “a” kichik bandi “Internet jahon axborot tarmogʻi orqali” soʻzlaridan keyin “Tizim yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali vositasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 431-band bilan toʻldirilsin:
“431. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq DXX tizimida muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan, tegishli vazirlik va idoralar oʻrtasida ular tarkibida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda taqsimlangan miqdorda, dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, Akademiya qabul komissiyasining qarori bilan belgilangan kvota doirasida test sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 511-band bilan toʻldirilsin:
“511. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar orasidan Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda, Milliy gvardiyaga ajratilgan kvota doirasida belgilangan tartibda saralab olingan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar dastlabki saralab olish natijalariga koʻra test sinovlarisiz belgilangan yillik kvota doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmonining 10-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandiga muvofiq muddatli harbiy xizmatchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari Jamgʻarma hisobidan qoplab beriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 541-bandi bilan toʻldirilsin:
“541. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq masʼul vazirliklarda muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar orasidan Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda, masʼul vazirliklarga ajratilgan kvota doirasida belgilangan tartibda saralab olingan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar harbiy-professional yoʻnaltirish va dastlabki saralab olish natijalariga koʻra test sinovlarisiz belgilangan yillik kvota doirasida OHTMga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “dasturlariga” va “Muvofiqlashtiruvchi kengashning” soʻzlari tegishlicha “dasturiga” va “Idoralararo kengashning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Platforma — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan joriy etilgan va yuritiladigan Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish boʻyicha platforma (pmi.miit.uz)”;
uchinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoralararo kengash — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 21-apreldagi PQ-154-son qarori bilan tashkil etilgan Donorlar bilan sheriklik boʻyicha Idoralararo kengash”;
oʻn yettinchi xatboshidagi “rasmiy veb-saytida” soʻzlari “Platformasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish dasturlari va donorlar bilan hamkorlik dasturlarini” soʻzlari “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “sxemaga” soʻzi “mexanizmga” soʻzi bilan almashtirilsin;
7 — 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar har yili 1-noyabrga qadar donorlar tomonidan moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning roʻyxatini loyiha takliflari bilan birga (keyingi yilda amalga oshirish uchun) ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq ularning ustuvorlik koʻrsatkichlarining tartib raqamini koʻrsatgan holda Platformaga kiritadi va vakolatli organga taqdim etadi.
8. Loyiha takliflari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar tomonidan ishlab chiqiladi.
Donorlar tomonidan talab etilgan holatlarda, tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar loyiha takliflarini donor tomonidan soʻralgan shaklga muvofiq ishlab chiqib, vakolatli organga kiritadi.
9. Vakolatli organ taqdim etilgan loyiha takliflarini hamkorlik yoʻnalishlariga, donorlarning moliyaviy imkoniyatlariga, shuningdek, rivojlanishning davlat dasturlariga muvofiqligi yuzasidan har yili 1-dekabrga qadar koʻrib chiqadi, ularning yigʻma roʻyxatini ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakllantiradi hamda shakllantirilgan yigʻma roʻyxat asosida tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish dasturini tasdiqlaydi va Platformaga kiritadi.
Bunda tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilardan kelib tushgan loyiha takliflarining yigʻma roʻyxatini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tegishli tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar ishtirokida idoralararo kengash yigʻilishi doirasida bartaraf etiladi”;
11 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar tasdiqlangan dastur asosida tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan donorlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib boradi”;
birinchi xatboshidagi “vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi” soʻzlari “vakolatli organ tomonidan Platformaga joylashtiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “idoralararo kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Kelishuvlarga muvofiq, donorlar bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan loyihalar uchun loyiha bitimlari imzolanadi. Bunda tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar hamda tegishli vazirlik va idoralar loyiha bitimlarining oʻz vaqtida imzolanishini taʼminlaydi va bitim nusxasini Platformaga kiritadi”;
3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturiga qoʻshimcha loyihalarni ishlab chiqish tartibi”;
16-bandning birinchi xatboshisidagi “Tasdiqlangan tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish dasturlari va donorlar bilan hamkorlik dasturlariga” soʻzlari “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-banddagi “axborot tizimiga” soʻzlari “Platformaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
36-band “tashqi begʻaraz koʻmakka tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosalar” soʻzlaridan keyin “Platformadagi” soʻzi bilan toʻldirilsin;
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar har chorakda (hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay) vakolatli organga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va oʻzlashtirilgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq Platformaga kiritgan holda taqdim etadilar.
Vakolatli organ va tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar doimiy ravishda tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan tizimli choralar koʻradi”;
8 — 10-boblarning nomi va 46 — 60-bandlardagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashning”, “Muvofiqlashtiruvchi kengash” hamda “muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari tegishlicha “Idoralararo kengashning”, “Idoralararo kengash” hamda “idoralararo kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilishga dasturiy yondashuvni tashkil qilishni taʼminlash”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va ularning hajmlarini koʻpaytirish, donorlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarining tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi xodimlarining hisobotlarini tinglash va yakuniy xulosalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish
Mexanizmi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar

Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar donor mablagʻlari hisobiga keyingi yilda amalga oshirish uchun loyiha takliflarini ishlab chiqib, Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish boʻyicha platformaga (pmi.miit.uz) kiritadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

2-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Kiritilgan loyiha takliflarini koʻrib chiqadi, ularning yigʻma roʻyxatini shakllantirib, dasturni tasdiqlaydi va Platformaga kiritadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar

Dastur asosida tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan donorlar bilan muzokaralar olib boradi.

Doimiy asosda

4-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar, tegishli vazirlik va idoralar

Donorlar bilan loyiha yuzasidan bitimlar imzolaydi va bitim nusxasini Platformaga kiritadi.

Kelishuvlarga muvofiq

5-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Jalb qilingan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari hisobini yuritadi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va oʻzlashtirilgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotni Platformaga kiritadi.

Har chorakda

7-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tovar (ish va xizmat)ning tashqi begʻaraz koʻmakka tegishliligi boʻyicha Platformadagi hujjatlarga asosan tegishli xulosa taqdim etadi.

Zarur hollarda

8-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tashqi begʻaraz koʻmak oluvchilar

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan tizimli choralar koʻradi.

Doimiy asosda

* Mazkur sxemadagi tartib xorijiy donorlar tashabbusi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarga nisbatan muzokaralar natijalari va muddatlaridan kelib chiqib 3-bosqichdan boshlab tatbiq etilishi (va kelishuvga muvofiq Platformaga (pmi.miit.uz) kiritilishi) mumkin”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 50-ilovada:
a) 4-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni oʻn yettinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
2-bandning oltinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3 — 5-bandlar bilan toʻldirilsin:
“3. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti nazorat qilinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti haqidagi jamlanma maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan foydalanish boʻyicha hisobotlar tayyorlanadi hamda Ozon Kotibiyatiga taqdim etiladi.
4. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organlaridan, ariza beruvchining ishtirokisiz, ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va bitimdagi (shartnomada, invoysda va boshqalar) maʼlumotlarga mosligi haqida qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlar olishi mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan ozonni buzuvchi boʻlmagan moddalarga yoki tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlmagan mahsulotlarga ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi xulosa beriladi.
Bunda import yoki eksport qilinadigan ozonni buzuvchi boʻlmagan moddalarga yoki tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlmagan mahsulotlarga ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi xulosa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“kema egasi tomonidan” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “(keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga”;
v) 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Kemani roʻyxatga qoʻyish uchun ariza va zarur hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining veb-sayti orqali yoki tegishli suv transporti boʻlinmasiga shaxsan yoki olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi orqali taqdim etiladi”;
g) quyidagi mazmundagi 131 va 132-bandlar bilan toʻldirilsin:
“131. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va hududiy kemachilik registri inspektori tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
132. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi”;
d) 16-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda, mazkur Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Kema guvohnomasi Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi yoki oʻrinbosarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi Kema guvohnomasi kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazlari guvohnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
e) quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kemalar kema reyestriga kiritiladi”;
z) 21-band “kema egasining” soʻzlaridan keyin “mazkur Reglamentning 13 — 132-bandlarida belgilangan tartibda berilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
i) 29-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Kema reyestriga oʻzgartirish kiritish zarur boʻlgan holatlardan biri paydo boʻlganda, yuridik va jismoniy shaxslar 30 kun ichida mazkur Reglamentning 13 — 132-bandlarida belgilangan tartibda hududiy kemachilik registri inspektoriga ariza bilan murojaat etishlari kerak”;
k) 32-bandning birinchi xatboshisidagi “yozma ariza bilan” soʻzlari “mazkur Reglamentning 13 — 132-bandlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 46-band “belgilangan muddatlarda” soʻzlaridan keyin “proaktiv shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
m) 53-bandning birinchi xatboshisi “texnik koʻrikdan oʻtkazish” soʻzlaridan keyin “proaktiv shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 11-bandning birinchi xatboshisi “dalolatnomasi” soʻzidan keyin “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 23-band “buyurtmachi” soʻzidan keyin “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarorida:
4-bandning birinchi xatboshisi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib” soʻzlaridan keyin “yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “murojaat qiladi” soʻzlaridan keyin “yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshisi “taqdim qilish” soʻzlaridan keyin “yoki uning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuborish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari tegishli kelishikdagi “Tizim” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “Tizimda” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “Tizimdagi” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari tegishli kelishikdagi “Tizim” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “Tizimda” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshisi “Tizimdagi” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari tegishli kelishikdagi “Tizim” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “Tizimda” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “Tizimdagi” soʻzidan keyin “yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga va xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 208-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-band “(keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnoma markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga yuboriladi”;
birinchi xatboshi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi soʻrovnomani oʻrganib chiqish natijasi kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi hamda talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Talabgorning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi natijani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar ustuni” “(keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar ustuni” 2-bandi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-iyundagi 267-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)” soʻzlari “dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “konsepsiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Konsepsiya” soʻzi “Dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
nomidagi “KONSEPSIYASI” soʻzi “DASTURI” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)” soʻzlari “dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Konsepsiyaning” soʻzi “Dasturning” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-bobning nomidagi “Konsepsiyaning” soʻzi “Dasturning” soʻzi bilan almashtirilsin;
5 va 6-boblarning nomlaridagi “Konsepsiyani” soʻzi “Dasturni” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisi va 17-banddagi “Konsepsiyada” soʻzi “Dasturda” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “Konsepsiyani” soʻzi “Dasturni” soʻzi bilan almashtirilsin;
20 va 21-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Konsepsiyada” soʻzi “Dasturda” soʻzi bilan almashtirilsin;
22-bandning birinchi xatboshisidagi “Mazkur Konsepsiya” soʻzlari “Dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
nomidagi “konsepsiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
I boʻlimning nomidagi “Konsepsiyaning” soʻzi “Dasturning” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyada:
“Chora-tadbir nomi” ustunidagi “Konsepsiyaning” soʻzi “Dasturning” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 1 — 3-bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Konsepsiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “Dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning “Chora-tadbir nomi” ustunidagi “Konsepsiya” soʻzi “Dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
34-pozitsiyaning “Chora-tadbir nomi” ustunidagi “konsepsiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:
a) quyidagi mazmundagi 581-band bilan toʻldirilsin:
“581. Arizani qabul qilgan FHDY organi tomonidan gerbli guvohnomani chop etib berishda, ota-onaning xohishiga koʻra, quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
poliklinikaga hisobga qoʻyish;
bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish”;
b) 64-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda farzandlikka oluvchilar murojaat qilgan FHDY organi tomonidan, ularning xohishiga koʻra, quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
poliklinikaga hisobga qoʻyish;
bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish”;
v) quyidagi mazmundagi 861-band bilan toʻldirilsin:
“861. FHDY organi tomonidan, nikohlanuvchilarning xohishiga koʻra, quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
nikohlanuvchilarni yoki ulardan birini poliklinikaga hisobga qoʻyish;
nikohlanuvchilarni yoki ulardan birini belgilangan tartibda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”;
g) 104-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Nikohdan ajratishni qayd etishda, arizachilarning yoki ulardan birining xohishiga koʻra, FHDY organi tomonidan quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
poliklinikaga hisobga qoʻyish;
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”;
d) quyidagi mazmundagi 1062-band bilan toʻldirilsin:
“1062. Nikohdan ajratishni qayd etishda, arizachining xohishiga koʻra, FHDY organi tomonidan quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
poliklinikaga hisobga qoʻyish;
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”;
e) quyidagi mazmundagi 1112-band bilan toʻldirilsin:
“1112. Nikohdan ajratishni qayd etishda, arizachining xohishiga koʻra, FHDY organi tomonidan quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
poliklinikaga hisobga qoʻyish;
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”;
j) 145-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, FHDY organi tomonidan, ariza beruvchining xohishiga koʻra, quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”;
159-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“FHDY organi tomonidan, familiyasi, ismi, ota ismi oʻzgartirilgan shaxsning xohishiga koʻra, quyidagi davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish boʻyicha ariza yuborilishi mumkin:
identifikatsiyalovchi ID-kartasini almashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish;
milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish”.
23. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “60” raqami “70” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 7-pozitsiyasi ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv maʼlumotnomalari — nikoh, nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish hamda rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Bunda mazkur davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
v) 11-ilovaning 7-pozitsiyasi ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda shaxsning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Bunda mazkur maʼlumotnomalarni berganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda toʻlov miqdorlari ushbu maʼlumotnomalarning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
g) 12-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Bunda mazkur maʼlumotnomalarni berganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda toʻlov miqdorlari ushbu maʼlumotnomalarning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
d) 26-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida (nikoh, nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishda) ariza beruvchi kompozit shaklda sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish hamda rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bunda mazkur davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
e) quyidagi mazmundagi 61 — 70-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
61-ILOVA
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada ariza beruvchiga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Ariza beruvchilar faqat oʻz pensiya hisobvaraqlari holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni olishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
62-ILOVA
Notarial harakatlar tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Notarial harakatlar tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

notarial harakatlar amalga oshirilgan yil;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

toʻliq nomi;

STIR;

notarial harakatlar amalga oshirilgan yil;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Ushbu xizmat doirasida Adliya vazirligining “Notarius” axborot tizimi orqali 2019-yildan boshlab amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
63-ILOVA
Elektron raqamli imzo tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Elektron raqamli imzo tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxsga oid:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxsga oid:

toʻliq nomi;

STIR;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
64-ILOVA
Yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada ariza beruvchiga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
65-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqqanligi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqqanligi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada ariza beruvchiga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli chegarani kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli chegarani kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
66-ILOVA
Ftiziatriya kasalliklari boʻyicha hisobga olish mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Ftiziatriya kasalliklari boʻyicha hisobga olish mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada ariza beruvchiga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
67-ILOVA
Davlat ulushiga ega korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Davlat ulushiga ega korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxsga oid:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

davlat ulushiga ega korxona joylashgan hudud yoki davlat ulushiga ega korxona STIRi;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxsga oid:

toʻliq nomi;

STIR;

davlat ulushiga ega korxona joylashgan hudud yoki davlat ulushiga ega korxona STIRi;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
68-ILOVA
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxsga oid:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxsga oid:

toʻliq nomi;

STIR;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
69-ILOVA
Tashkilot va idoralarning xodimlari soni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Tashkilot va idoralarning xodimlari soni toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
70-ILOVA
Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning shaxsiy ilmiy-pedagogik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
PASPORTI

1. Davlat xizmati nomi

Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning shaxsiy ilmiy-pedagogik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

”.

24. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 7-band “davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etilganda, markaz xodimi tomonidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ariza toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga yuboriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshi “ERI bilan tasdiqlaydi hamda” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi guvohnoma kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi guvohnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 18-bandning ikkinchi xatboshisi “qayta koʻrib chiqish uchun” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 21-bandning birinchi xatboshisi “ilova qilgan holda” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Yigʻimlar summasi mazkur maʼmuriy reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
z) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan tartibda yuboriladi”;
i) 31-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlari ijaraga berilganda va ijarasi tugatilganda, ariza beruvchi mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan tartibda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuboradi:”;
“toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi tegishli maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi natijani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
l) 39-banddagi “YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda toʻldiradi” soʻzlari “mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan tartibda ariza yuboradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 41-band “toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
n) 44-bandning birinchi xatboshisi “ariza beruvchi” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
o) 45-bandning ikkinchi xatboshisi “ariza beruvchi” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
p) 48-band “toʻgʻrisidagi maʼlumot” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
r) quyidagi mazmundagi 481-band bilan toʻldirilsin:
“481. Davlat xizmatlari markazi harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarining davlat roʻyxatidan chiqarilganligi yoki chiqarish rad etilganligi, shuningdek, ulardan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi natijani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
“I. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish” boʻlimida:
“1-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Transport nazorati inspeksiyasi) yuboradi.

10 daqiqa mobaynida

YIDXP

Avtomatik ravishda

”;

“3-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 3-bandi “bildirishnomani” soʻzidan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “4-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli guvohnomani yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi haqidagi bildirishnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

”;

“II. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish” boʻlimida:
“1-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.

10 daqiqa mobaynida

YIDXP

Avtomatik ravishda

”;

“3-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “haqidagi maʼlumotlar” soʻzlari “haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “4-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Temir yoʻl harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazish rad etilganligi haqidagi maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

”;

“III. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish” boʻlimida:
“1-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.

10 daqiqa mobaynida

YIDXP

Avtomatik ravishda

”;

“3-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustuni 2-bandi “maʼlumotlar” soʻzidan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “4-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Temir yoʻl harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazish rad etilganligi haqidagi maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

”.

25. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 11-band “Ariza beruvchi” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida ishchi organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda ishchi organga yuboriladi”;
ikkinchi xatboshi “ariza beruvchiga” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 24-bandning birinchi xatboshisi “ariza beruvchiga” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasi haqida maʼlumot kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi natijani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “(oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning ota-onasi yoki qonuniy vakili)” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni 4-bandi “ariza beruvchiga” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “ariza beruvchiga” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “5-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Davlat xizmatlari markazi

 

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasi kelib tushgach, bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

 

10 daqiqa mobaynida

 

 

 

 

 

 

”.

26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarorida:
a) 1-ilovaning 25-bandi yigirma yettinchi xatboshisi “bekor qilish” soʻzlaridan keyin “va haqiqiy emas deb topish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Kengash majlislari zaruratga koʻra har qanday ish kunida oʻtkazilishi mumkin.
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Kengash muhokamasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Kengash majlisini oʻtkazish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kengash aʼzolari majlis oʻtkazilishidan bir kun oldin xabardor qilinadi (loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish masalasi bundan mustasno)”;
12-bandning uchinchi xatboshisi va 13-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash aʼzolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi, ushbu Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Kengash aʼzolari muhokama etilgan masala xususida bayonga oʻzining alohida fikrini kiritishga haqli.
Kengash bayonining asl nusxasi hududiy qurilish organida uch yil mobaynida saqlanadi”;
quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Kengashning har bir aʼzosi loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asoslangan holda loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi.
Bunda:
Kengash aʼzolari oʻz vakolati doirasida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismiga eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan ijobiy xulosani hech qanday shartlar va izohlarsiz yuboradi yoki aniq normani koʻrsatib, asoslantirilgan holda kelishishni rad etadi (salbiy xulosa beradi).
Kengash aʼzolari tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini muayyan shart bilan kelishish taqiqlanadi.
Kengash aʼzosi ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda xulosa bermagan taqdirda, loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi u bilan ijobiy kelishilgan hisoblanadi.
Kengashning barcha aʼzolaridan ijobiy xulosalar elektron tizim orqali olingandan soʻng besh ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi hamda joylashuvi boʻyicha kollegial ravishda muhokama oʻtkaziladi.
Muhokama Kengash raisi rahbarligida oʻtkazilishi yoki ushbu vazifani oʻzining oʻrinbosariga yuklashi mumkin.
Kengash raisi zarur hollarda, muhokamaga boshqa vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Muhokamada koʻrib chiqiladigan loyiha hujjatini kelishishga aloqador aʼzo qatnashmagan taqdirda, loyiha hujjati u bilan ijobiy kelishilgan hisoblanadi”;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Kengashning qarori (bayoni) asosida har bir loyiha hujjatiga axborot tizimi orqali alohida xulosa (ijobiy yoki salbiy) beriladi.
Kengash qarori (bayoni) asosida ijobiy kelishilgan loyiha (shaharsozlik) hujjatlarining arxitektura qismi (obyekt joylashgan hududning qoʻshni yer uchastkalari va ulardagi bino va inshootlargacha masofalar qayd etilgan vaziyat rejasi (sxemasi), obyektning bosh rejasi, bino va inshootning qavatlari rejalari, bino va inshoot tuzilishining murakkab xususiyatlarini aks ettiruvchi kesimlari, obyektning asosiy, yon va orqa koʻrinishlarining fasadlari) keyingi bosqichlarda loyihaning boshqa qismlarini loyihalashtirish va davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos boʻladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan loyiha hujjatidagi boshqa qismlarning mazmuni va ulardagi loyiha yechimlari boʻyicha Kengash javobgar hisoblanmaydi”.
27. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 281-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning birinchi xatboshisi “vakolatli organga” soʻzlaridan keyin “yoxud Davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisi “vakolatli organ” soʻzlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin;
“61. Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga yuboriladi”;
g) 8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshidagi “oʻtkaziladi” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“v) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — vakolatli organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
e) 15-bandning yettinchi xatboshisi “qogʻoz shaklida beriladi yoki” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoxud” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 16-band “qogʻoz shaklida beriladi yoki” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoxud” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
z) quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Davlat xizmatlari markazi xulosa yoki rad etish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi hamda talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Talabgorning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
i) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Talabgorning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), ismi, otasining ismi, unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgor xulosani qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga oʻn ish kuni ichida vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Bunda talabgorning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi, joylashgan yeri, unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgarganda, talabgorning xohishiga koʻra, xulosani qayta rasmiylashtirish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi tomonidan kompozit tarzda yuborilishi mumkin.
Talabgorning ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, talabgorning xohishiga koʻra, xulosani qayta rasmiylashtirish uchun arizalar FHDY boʻlimi tomonidan kompozit tarzda yuborilishi mumkin”;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “(keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)” soʻzlaridan keyin “yoxud Davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

2-bosqich

1. Vakolatli organ

1. Vakolatli organ xodimi arizani toʻldirib, qabul qilib oladi.

1. Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan arizani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

3. Davlat xizmatlari markazi

3. Davlat xizmatlari markazi tomonidan ariza toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangan soʻng vakolatli organga yuboriladi.

3. Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

”;

“3-bosqich” pozitsiyasining “Bajarish muddatlari” ustuni 2-bandi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “6-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Xabarnoma yoki xulosa kelib tushgandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

”.

28. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida hamda uch yoshgacha farzandi bor ayol talabalarning taʼlim olishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida masofaviy taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish”;
b) 1-ilovaning 43-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisiga asosan muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalarda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan muddatli harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga (mos yoʻnalishlarga) kirish sinovlarisiz davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
a) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan va xususiy sektorda faoliyat yuritish istagini bildirgan yoshlarga kasb-hunarga oʻqish bilan bogʻliq xarajatlarni vaucher asosida qoplab berish;
muddatli harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarda kasbga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish”;
b) oltinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 3-dekabrdagi 763-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “hamda Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bandning birinchi xatboshisi “soʻrovnoma toʻldiradi” soʻzlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat qiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga yuboriladi”;
11-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“a) Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hisobvaragʻiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“talabgorga” soʻzidan keyin “yoki Davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi hamda talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Talabgorning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin”;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “soʻrovnoma toʻldiradi” soʻzlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” ustunidagi “YIDXP” soʻzi “1. Davlat xizmatlari markazi 2. YIDXP” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “maʼlumotnomani” soʻzidan keyin “Davlat xizmatlari markaziga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “5-bosqich” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2026-y., 09/26/629/1145-son)