toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak va ular rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinmagan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
meʼyoriy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan meʼyoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida rasman eʼlon qilinishi kerak.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomni qoʻllashga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlar qabul qilish va qoʻllash shuningdek, qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Koʻrsatib oʻtilgan daʼvolar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi negizida Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-oktabr,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — normativ-huquqiy hujjatlar), ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berilgan vazirlik va idoralar, shu jumladan vazirlik va idoralar boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati berilgan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar yoxud maxsus vakolatli boshqa davlat organlari tushuniladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
idoralararo tusga ega boʻlgan;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
shaharsozlik normalari va qoidalari;
fitosanitariya talablari;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
ekologik normalar va qoidalar;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
Ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topiladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ularni oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy hujjatlar qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur normativ-huquqiy hujjatning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishga haqlidir.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish, qoida tariqasida, hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarga:
korrupsiya koʻrinishlari va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;
jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz va javobgarlik choralarini hamda asoslanmagan qoʻshimcha xarajat va toʻlovlarni belgilaydigan;
yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan;
ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar shaklida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar bundan koʻp muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan oshmasligi kerak.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Normativ-huquqiy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Normativ-huquqiy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlash kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjat oʻz mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjat qoidalari loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Zaruriyat boʻlgan taqdirda normativ-huquqiy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatda, qoidaga koʻra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatlar matniga qonunchilikka havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatning har bir bandida bitta huquqiy norma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Normativ-huquqiy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hujjat turining belgilanishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
tartibga solish mavzusini belgilovchi nom;
hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Agar normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotishi eʼtirof etilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Normativ-huquqiy hujjatga:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, normativ-huquqiy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur organ tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotnoma;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy ekspertizadan oʻtishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qoʻyilgan, ilova qilingan maʼlumotnoma esa imzolangan boʻlishi kerak.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni olingan kundan boshlab 20 kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, hujjatni koʻrib chiqish muddati 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Zarurat boʻlsa, huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Agar taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;
qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tugʻilganda;
havola qiluvchi normalar qoʻllanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi taʼminlanmaganda.
Qayta ishlangan (tahrirlangan) normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ushbu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bajarilishi kerak.
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Agar normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʻlsa, mazkur Nizomning 2-bobi talablariga javob bermasa, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli eʼtirozlariga sabab boʻlsa yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirlik va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakuniy qoidalar
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qonunchilik oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar ushbu holatda oʻn kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda, Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi hamda davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar hisoblanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoli masalalar paydo boʻlgan, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha normativ-huquqiy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini toʻxtatishga haqlidir. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga joʻnatiladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan ular rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda tegishliligiga koʻra davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar matnlari tegishliligiga koʻra tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir ish kunidan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)