1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyun,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻkdumaloq neftgazkondensati konini, Mingbuloq neft konini oʻzlashtirishni, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodining hamda Gazli — Nukus gaz quvuri qurilishini tezlashtirish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 389-son qarorining 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “temir yoʻl obyektlari” soʻzlari “temir yoʻl transporti obyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“2. TYDK — bu temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari, ularning geografik joylashuvi, yerni, ularning chegaralari, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi”;
“4. Mavjud boʻlgan va foydalanishga qabul qilingan temir yoʻllar, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari, temir yoʻl stansiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl transporti infratuzilmalarining boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi”;
“6. TYDK respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan”;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — TYDKB);
Infratuzilma operatori va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
e) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Infratuzilma operatori va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari:
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga taʼsiri, ekologik-iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun TYDKBga beradi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasining yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydi.
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egalari (foydalanuvchilari) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining TYDKBga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart”;
birinchi xatboshi “Temir yoʻl” soʻzlaridan keyin “transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“24. Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi TYDKBni yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti infratuzilma operatorining (umumiy foydalaniladigan temir yoʻl transporti korxonasining) elektron kadastr daftariga kiritiladi va TYDKning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi”;
k) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish
SXEMASI
Davlat kadastrlari yagona tizimi
(DKYAT)
(Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi)
4
↑
5
↓
7
↓
Davlat yer kadastri
Temir yoʻllar davlat kadastri
(TYDK)
DKYAT foydalanuvchilari
3
Binolar va inshootlar davlat kadastri
→
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ aloqalar departamenti Temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi (TYDKB)
2
↑
6
↓
Infratuzilma operatori, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari
↑
1
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizimida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatayotgan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egalari (foydalanuvchilari) infratuzilma operatorining, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalariga temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotini taqdim etadilar
Izoh.Strelkalar bilan kadastr axborotining harakat yoʻnalishlari koʻrsatilgan.
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari egalari/foydalanuvchilari temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Infratuzilma operatorining, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilaridan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborotni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimiga (TYDKB) taqdim etadilar.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining TYDKB davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining TYDKB temir yoʻl obyekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ aloqalar departamentining TYDKB soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYAT maʼlumotlar bazasidan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha axborot olishi mumkin.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha zarur axborotni umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl transporti xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 17-yanvardagi 8-son qarorida:
“1. Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimiga kiradi hamda umumiy foydalanishdagi hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportidan iborat boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarning temir yoʻlda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan.
Poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini, shuningdek, yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan ishda uygʻunlik, yuksak uyushqoqlik va mehnat majburiyatlarini benuqson bajarish talab etiladi.
Temir yoʻl transportida intizomning buzilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, poyezdlar harakati va manyovr ishlarining xavfsizligiga, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishiga xavf tugʻdiradi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga olib keladi.
2. Ushbu Nizom mehnat qonunchiligiga asoslanib, temir yoʻl transporti xodimlari tomonidan intizomga rioya qilishning alohida shartlarini va bunday shartlar buzilgan taqdirda, intizomiy jazo qoʻllash tartibini belgilaydi.
3. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti xodimlariga tatbiq etiladi. Poyezdlar harakati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan temir yoʻl transporti xodimlari lavozimlarining, shuningdek, mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilmasdan bekor qilinadigan xodimlar toifalarining roʻyxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan Ichki mehnat tartibi qoidalarida, jamoa shartnomasida belgilanadi.
4. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi ular tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib, qoidalar va normalarga rioya qilishdan, temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbarlar) buyruqlari (farmoyishlari), shuningdek, mehnat shartnomalarida (kontraktlarda) va lavozim yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan iborat.
5. Temir yoʻl transporti xodimlari quyidagilarga majburdir:
a) temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, temir yoʻl transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashini, tashishlar xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash, poyezdlar harakati jadvallariga rioya qilish, harakatdagi temir yoʻl tarkibining bekor turib qolishini qisqartirish, ilgʻor texnologiyalarni va menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
b) temir yoʻl transporti obyektlarini, shuningdek, temir yoʻl transportining asbob-uskunalari, materiallari va texnik vositalarini asrash, tashilayotgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini taʼminlash, ularning talon-toroj qilinishi, yoʻqotilishi va yaroqsiz holga kelib qolishining oldini olish va barham berish choralarini koʻrish;
v) temir yoʻl transportidan xavfsiz foydalanish, yongʻin va ekologik xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
g) yoʻlovchilar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ularga xizmat koʻrsatishning yuksak madaniyatini taʼminlash, temir yoʻl transportida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
“a) poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor bergan holda oʻziga boʻysunuvchilar ishini toʻgʻri tashkil etish, buyruqlarni (farmoyishlar) aniq berish, ularning aniq va oʻz vaqtida bajarishni tekshirish, ilgʻor texnologiyalar va boshqaruvning zamonaviy usullari keng joriy etilishini taʼminlash;
b) temir yoʻl transporti infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishining yaxlitligi va uzluksizligini, temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, tashishlar xavfsizligini, koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishni, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini taʼminlash, moliyaviy intizomga va shartnoma majburiyatlarini bajarish, moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi, shuningdek, ularning yoʻqotilishi, yaroqsiz holga kelishi va talon-toroj qilinishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish”;
“8. Temir yoʻl transporti xodimlari mehnat majburiyatlarini namunali bajargani, ish sifati yaxshilangani, mehnat unumdorligini oshirgani, novatorlik, tashabbus koʻrsatganligi, tashiladigan yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi taʼminlanganligi, ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkka ehtiyot bilan munosabatda boʻlgani, temir yoʻl transportida uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlagani uchun ragʻbatlantiriladilar”;
“13. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgani uchun ish beruvchi unga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash huquqiga ega”;
14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “korxona, muassasa va tashkilotning” soʻzlari “temir yoʻl transporti korxonasi va tashkilotining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“16. Xodimning mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzilishi roʻyxati tegishli temir yoʻl transporti korxona, tashkilotning Ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanadi.
Rahbarning mehnat majburiyatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgani uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qiladi”;
“18. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyrugʻi sabablari koʻrsatilgan holda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi, bunda xodimning ishda boʻlmagan vaqti hisobga olinmaydi. Xodim oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi haqidagi buyruq bilan tanishib, imzolashni rad etgan taqdirda, ushbu holatda hozir boʻlgan guvohlar — tegishli temir yoʻl transporti korxonasi, tashkiloti xodimlari tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishgan hisoblanadi”;
“20. Intizomiy jazoning qoʻllanishi intizomiy qilmish, aybli harakat (harakatsizlik) sodir etgan xodimni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
21. Intizomiy jazo ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Intizomiy jazolar masalalari boʻyicha xodimlarning mehnat nizolari qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Xodim mehnat nizosi hal etilishi uchun oʻz tanloviga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ish beruvchining temir yoʻl transporti xodimiga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanishi toʻgʻrisidagi buyrugʻi ustidan shikoyat qilish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga” soʻzlari “Suvdan maxsus foydalanishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan tabiiy va yerosti suvlaridan foydalanish taqiqlanadi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) yer usti tabiiy suv obyektlaridan suv olishda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan;
b) yer osti, mineral va termal suvlarni olishda — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli organlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organlari bilan oʻzlarining idoraviy mansubligiga qarashli ruxsatnomani kelishgan holda tayyorlaydi va beradi”;
19-bandning birinchi xatboshisidagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish” soʻzlari “Suvdan maxsus foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning ilova belgisi va nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasportga (identifikatsiyalovchi ID-kartaga) oid maʼlumotlar (seriya va raqam):
3. Manzil:
4. Kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi:
5. Ariza beruvchining maʼlumotlari (telefon, elektron pochta va boshqalar):
bogʻlanish uchun
II. (yuridik) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. Rekvizitlari (STIR, MFO, IFUT, hisobraqami):
4. Faoliyat turi:
5. Ariza beruvchining yuridik manzili (indeks, manzil):
6. Kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi:
7. Ariza beruvchining maʼlumotlari (telefon, elektron pochta va boshqalar):
bogʻlanish uchun
III. Suvdan maxsus foydalanish manbai haqida maʼlumot:
1. Suv manbai:
tabiiy yer usti suv obyektlari
tabiiy yer osti suv obyektlari
2. Suvdan foydalanish maqsadi:
xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish
sanoat va ishlab chiqarish-texnik
qishloq xoʻjaligi
zax qochirish
balneologik
energetika (gidroenergetika va issiqlik energetikasi)
baliqchilik
qadoqlash, shaxtadan suv chiqarish va shu kabilar
3. Jami suv olish miqdori. ming.m3/yil
”;
3a-ilovaning ilova belgisi va nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlarida suv obyektlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI”;
3b-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3b-ILOVA”;
3v-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3v-ILOVA”;
3g-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3g-ILOVA”;
3d-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3d-ILOVA”;
3e-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3e-ILOVA”;
3j-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3j-ILOVA”;
3z-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3z-ILOVA”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilariga (paxta va gʻalla bundan mustasno) soliqning salbiy farq summasi uch kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomga 12-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi (qaytariladi)”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻz faoliyatini kichik tadbirkorlik subyektidan oʻrta yoki yirik toifaga, oʻrta tadbirkorlik subyektidan yirik toifaga yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga — tegishli toifaga oʻtgan sanadan eʼtiboran bir yil davomida. Bunda mazkur tartib tadbirkorlik subyektlarining faoliyati davomida bir marotaba qoʻllanadi. Ushbu xatboshining qoidalari tegishli toifaga oʻtganidan keyin qayta tashkil etilgan subyektning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi”;
v) quyidagi mazmundagi 12-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan summani soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Soliq toʻlovchi
(ariza beruvchi)
Hisobga olingan
joydagi soliq organlariga shaxsiy kabineti orqali ariza taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Soliq organi
Arizada
koʻrsatilgan summadan soliq organlari maʼlumotlar bazasida qoʻshilgan qiymat soligʻi
boʻyicha aniqlangan tafovut summalari chegiriladi.
Bir kun mobaynida
3-bosqich
Soliq organi
Qoʻshilgan qiymat
soligʻini qaytarishda xulosalarni avtomatik ravishda Iqtisodiyot va moliya
vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi.
Bir kun mobaynida
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
Davlat budjeti
mablagʻlari doirasida avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank
hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Shu kunning oʻzida
”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “6” va “2025” raqamlari tegishlicha “7” va “2026” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7 va 10-bandlardagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ilovada:
a) 5-pozitsiya uchinchi ustunining “b” kichik bandidagi “harakatlanuvchi tarkibning” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
“a”, “b” va “z” kichik bandlardagi “temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “harakatlanuvchi tarkibni” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “harakatlanuvchi tarkibning” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) harakatdagi temir yoʻl tarkibning xizmat muddati uzaytirilgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarning, yangi sotib olingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun sertifikatlarning, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarning texnik pasporti hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda xizmat koʻrsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi”;
“z” kichik banddagi “temir yoʻl transportining harakatlanuvchi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “harakatlanuvchi tarkib” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentda:
a) 2-band va 3-bandning birinchi xatboshisidagi “idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarida” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar”;
“umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar”;
v) 9-bandning “ch” kichik bandidagi “idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllari” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi xatboshi “chakana savdo tarmoqlarida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“chakana savdo tarmoqlari — mahsulotlarni bevosita yakuniy isteʼmolchiga shaxsiy foydalanish uchun sotish maqsadida tashkil etilgan markazlashtirilgan boshqaruv, yagona logistika, assortiment va marketing tizimiga ega boʻlgan doʻkonlar, savdo nuqtalari va elektron savdo maydonchalari majmuasi;
elektron savdo maydonchasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi”;
sakkizinchi xatboshi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 11-bandning yettinchi xatboshisi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 2-ilovaning oʻninchi pozitsiyasi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 2a-ilovaning yigirmanchi pozitsiyasi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda brutto-shartnomada budjet mablagʻlari hisobidan nazarda tutilgan mablagʻlarning 35 foizi tashuvchilarning yoqilgʻi-energetika xarajatlarini qoplash uchun tegishli har oyning 5-sanasiga qadar (keyingi oʻrinda — avans mablagʻlari) moliyalashtiriladi. Tashuvchilar yoqilgʻi-energetika mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan avans mablagʻlari kelib tushgan kunning oʻzida yoqilgʻi-energetika mahsulotlarini xarid qilish uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshiradi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“qoʻl yuki — yoʻlovchining vazn va oʻlchovlar boʻyicha cheklovlar mavjud boʻlgan, oʻzi bilan yoʻlovchilar vagonida toʻlovsiz olib yuradigan shaxsiy buyumlari”;
b) 3-bandning “v” kichik bandidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlari” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning “v” kichik bandi, 36-bandning “i” kichik bandidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “Yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
oltinchi xatboshidagi “hamda harakat tarkibini mustaqil boshqarish huquqini beradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“metropoliten, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari va oʻzining umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllariga ega yuridik shaxslar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qarorida:
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga ega boʻlgan yoki ulardan foydalanuvchi xoʻjalik boshqaruvi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻl transporti sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar, ularning boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — temir yoʻl transporti subyektlari) tomonidan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda, metropolitenda va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarida temir yoʻl transporti sohasidagi yuk va yoʻlovchilar tashish, harakat xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi”;
6-kichik bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 7-kichik band bilan toʻldirilsin:
“7) tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berish sohasida:
belgilangan tartibga tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma beradi”;
12-bandning “v” kichik bandi ikkinchi va oʻninchi xatboshilaridagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ariza beruvchi — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti hamda oʻz faoliyatini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti tizimiga kirmaydigan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda amalga oshiruvchi, guvohnoma olish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etuvchi harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish harakatlari — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan qayta oʻtkazish va ularni roʻyxatdan chiqarish, shuningdek, texnik koʻrikdan oʻtkazish, ularga guvohnoma berish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) maʼlumotlarni kiritish va yagona reyestrini yuritish”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi — lokomotivlar, tortish lokomotivining yuk, bagaj, yoʻlovchi tashish vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib, shuningdek, tashishlarning amalga oshirilishini va temir yoʻl transportining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa transport vositalari”;
“temir yoʻl transporti infratuzilmasi — texnologik majmua boʻlib, ushbu majmua faoliyatini taʼminlovchi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, aloqa tarmoqlarini, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlarini, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimini, binolar, inshootlar, qurilmalar, jihozlar va uskunalarni oʻz ichiga oladi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti — temir yoʻl transporti infratuzilmasi quyi tizimlarining tarkibiy qismi yoki uning quyi tizimlarining tarkibiy qismlari toʻplami;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, transport ishlarini bajarish va temir yoʻl transporti xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qurilmalar, bino va inshootlar hamda boshqa obyektlarga egalik qiluvchi, jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish — harakatdagi mavjud temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini uning tarkibiy qismlarini yanada takomillashganlariga almashtirish orqali texnik-iqtisodiy tavsiflarni yaxshilashga qaratilgan ishlar majmui”;
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini doimiy hisobga olish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berish hamda yagona reyestrni shakllantirish;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish — tegishli huquqiy asoslar boʻlganda, harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar;
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar”;
3-banddagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi
obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
1-bosqich
Ariza beruvchi
1.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)
roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.
2.
Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron
shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.
3.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Arizani
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga (keyingi
oʻrinlarda — Transport nazorati inspeksiyasi) yuboradi.
Avtomatik
ravishda
3-bosqich
Transport
nazorati inspeksiyasi
1.
Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq
toʻldirilgani hamda toʻlovlarning toʻlanganini tekshiradi.
Hujjatlar qabul
qilingan kunda
2.
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari joyiga chiqqan holda, harakatdagi
temir yoʻl tarkibi yoki temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining
texnik koʻrikdan oʻtkazish orqali taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar
toʻgʻriligini oʻrganib chiqib, uning natijalari asosida harakatdagi temir yoʻl
tarkibning yoki temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini texnik
holatini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki
roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
3.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir
yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli guvohnomani yoki roʻyxatdan
oʻtkazish rad etilgani haqidagi bildirishnomani ariza beruvchining YIDXPdagi
shaxsiy kabinetiga yuboradi.
15 ish kuni ichida
II.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi
obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish
1-bosqich
Ariza beruvchi
1.
YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.
2.
Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron
shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.
3.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Arizani
Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.
Avtomatik
ravishda
3-bosqich
Transport
nazorati inspeksiyasi
1.
Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq
toʻldirilgani hamda toʻlovlarning toʻlanganini tekshiradi.
Hujjatlar qabul
qilingan kunda
2.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir
yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani
yoki oʻtkazish rad etilgani haqidagi maʼlumotlar ariza beruvchining YIDXPdagi
shaxsiy kabinetiga yuboradi.
10 ish kuni ichida
III.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi
obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish
1-bosqich
Ariza beruvchi
1.
YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.
2.
Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron
shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Arizani
Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.
Avtomatik
ravishda
3-bosqich
Transport
nazorati inspeksiyasi
1.
Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganini
tekshiradi.
Hujjatlar qabul
qilingan kunda
2.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir
yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat roʻyxatidan chiqarilgani yoki
davlat roʻyxatidan chiqarish rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni ariza
beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
ARIZA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
Harakatdagi temir yoʻl tarkibini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun
1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: (yuridik shaxslar uchun)
F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)
2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:
3. Rekvizitlari (STIR, bank kodi, hisobvaragʻi): (yuridik shaxslar uchun)
4. Egalik huquqi (xususiy mulk, boshqa mulkiy huquqlar, ijara shartnomalari va boshqalar)
5. Harakatdagi temir yoʻl tarkibning turi
6. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining joylashgan joyi
7. Harakatdagi temir yoʻl tarkibini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va boshqalar) uchun asos
Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun
1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: (yuridik shaxslar uchun)
F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)
2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:
3. Rekvizitlari (STIR, bank kodi, hisobvaragʻi): (yuridik shaxslar uchun)
4. Egalik huquqi (xususiy mulk, boshqa mulkiy huquqlar, ijara shartnomalari va boshqalar)
5. Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti joylashgan temir yoʻl stansiyasi yoki peregoni
6. Temir yoʻl infratuzilmasi transporti obyektini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va boshqalar) uchun asos
II. Arizaga ilova:
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarning elektron shakli:*
*Xizmat turidan kelib chiqib, hujjatlar roʻyxati va ular haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda belgilanadi.
Ariza beruvchining elektron raqamli imzosi
”;
3-ilovaning ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Inspeksiya po nadzoru v sfere transporta pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan
Guvohnoma / Svidetelstvo
Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida / o gosudarstvennoy registratsii obyekta infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta
Transport nazorati inspeksiyasi davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtgan / Zaregistrirovano v Gosudarstvennom reyestre Inspeksii po nadzoru v sfere transporta
20 ___-y. “___” _________ ____-son
Mazkur guvohnoma / Nastoyasheye svidetelstvo vidano
(yuridik shaxs va obyektning nomi / naimenovaniye yuridicheskogo litsa i obyekta)
berilgan va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektining davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlaydi / i podtverjdayet gosudarstvennuyu registratsiyu obyekta infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta
Ushbu Guvohnoma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha hollarda qoʻllaniladi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektining egasini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda taqdim etiladi va unda keltirilgan maʼlumotlar oʻzgarganida almashtirilishi shart boʻladi / Nastoyasheye Svidetelstvo primenyayetsya vo vsex predusmotrennix zakonodatelstvom sluchayax i predʼyavlyayetsya vmeste s dokumentom, udostoveryayushim vladelsa obyekta infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta, i podlejit zamene v sluchaye izmeneniya privedennix v nem svedeniy.
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
nomidagi “Tortuvchi harakatdagi tarkibning (lokomotivlar, motorvagon harakatdagi tarkibi)” soʻzlari “Tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibining (lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yuk va yoʻlovchi vagonlar roʻyxati” boʻlimining jadvalidagi “Joylashgan bekat” soʻzlari “Joylashgan temir yoʻl stansiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Roʻyxatga olinadigan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti texnik pasportida koʻrsatiladigan maʼlumotlar
1.
Temir yoʻl stansiyasi
1. Yoʻl xoʻjaligi boʻyicha:
temir yoʻllar (asosiy, temir yoʻl stansiya yoʻllari, boshqa yoʻllar);
strelkali oʻtkazgichlar;
temir yoʻl kesishmalari;
gabarit nazorat qurilmalari;
sunʼiy inshootlar, jumladan:
drenaj, deformatsiyaga qarshi, himoya va mustahkamlovchi inshootlar, suv oʻtkazuvchi quvurlar;
temir yoʻl koʻprigi, tunnellar;
temir yoʻl orqali piyodalar oʻtish joylari, koʻprigi, tunnellari.
2. Aloqa va signallashtirish xoʻjaligi boʻyicha:
signallashtirish markazlashtirish qurilmalari;
temir yoʻl kesishmalari qurilmalari;
aloqa qurilmalari;
markazlashgan strelkali oʻtkazgichlar;
boshqaruv pult qurilmalari.
3. Elektr taʼminoti xoʻjaligi boʻyicha:
kontakt tarmogʻi;
transformatorlar;
transformator podstansiyalari;
tortish podstansiyasi;
elektr uzatish tarmogʻi;
boshqaruv tizim qurilmalari.
4. Lokomotiv xoʻjaligi boʻyicha:
lokomotiv taʼmirlash va xizmat koʻrsatish punkti.
5. Vagon xoʻjaligi:
texnik xizmat koʻrsatish punktlari.
6. Yoʻlovchi tashish xoʻjaligi:
yoʻlovchi platformalari;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bino va inshootlari.
7. Yuk tashish xoʻjaligi:
temir yoʻl stansiyasi sinfi (klass);
toʻxtash punkti;
yuk ortish va tushirish maydonlari, konteyner maydonlari (m2);
yuk saqlash maydoni (m2);
saralash tepaliklari;
yuk platformalari;
yuvish va bugʻlash stansiyalari;
vagonlarni yuvish va dezinfeksiyalash punktlari;
vagonlarni yuk ortishga tayyorlash punktlari.
2.
Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻli
3.
Peregondagi temir yoʻllar
1. Yoʻl xoʻjaligi boʻyicha:
temir yoʻllar;
strelkali oʻtkazgichlar;
temir yoʻl kesishmasi;
sunʼiy inshootlar, jumladan:
drenaj, deformatsiyaga qarshi, himoya va mustahkamlovchi inshootlar, suv oʻtkazuvchi quvurlar;
temir yoʻl koʻprigi, tunnellar;
temir yoʻl orqali piyodalar oʻtish joylari, koʻprigi, tunnellari.
2. Aloqa va signallashtirish xoʻjaligi boʻyicha:
aloqa qurilmalari;
signallashtirish markazlashtirish qurilmalari;
temir yoʻl kesishmalari qurilmalari;
harakatdagi tarkiblar buksalarini masofadan nazorat qilish qurilmasi;
gabarit nazorat qurilmalari;
harakatdagi tarkiblar izdan chiqishini nazorat qiluvchi qurilmalar.
3. Elektr taʼminoti xoʻjaligi boʻyicha:
kontakt tarmogʻi;
elektr uzatish tarmogʻi;
transformatorlar;
seksiyalash postlari.
4. Yoʻlovchi tashish xoʻjaligi:
yoʻlovchi platformalari;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bino va inshootlari (kassa);
toʻxtash punkti.
* Har bir temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim undiriladi.
Roʻyxatga olinadigan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari soni, uzunligi, ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yili, xizmat qilish muddati, turi, foydalanishga topshirilgan sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladi”;
g) 3-ilovaning 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qarorida:
15. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 616-son qarori bilan tasdiqlangan Ajratilgan mintaqa va muhofaza zonalari chegaralarida temir yoʻl transporti yerlarining oʻlchamini belgilash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida:
“ajratilgan mintaqa — temir yoʻllarga tutashgan, temir yoʻllar bilan band boʻlgan yoki bunday yoʻllarni joylashtirish uchun moʻljallangan, shuningdek, temir yoʻl stansiyalarini, suv chiqarish va mustahkamlash qurilmalarini, temir yoʻllar boʻylab himoya chiziqlarini, aloqa liniyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, harbiy yuklarni ortish va tushirish joylarini, ishlab chiqarishga oid va boshqa binolarni, imoratlar, inshootlar va temir yoʻl transportining boshqa obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari;
muhofaza zonalari — ajratilgan mintaqaga ikki tomondan tutashgan hududlar belgilanadi, temir yoʻl transporti xodimlari, yoʻlovchilar, hayvonlar xavfsizligini, shuningdek, temir yoʻl stansiyalaridan, temir yoʻllardan, elektr taʼminoti va aloqa liniyalaridan foydalanishda xavfsizlikni, temir yoʻl transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarining, shu jumladan, siljuvchi tuproqli hududlarda va qum uyumlari, yer koʻchishi, yer choʻkishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va tabiiy xususiyatdagi boshqa xavfli taʼsirlarga moyil boʻlgan hududlarda joylashgan obyektlarning but saqlanishi, mustahkamligi va bardoshliligini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan hududlar”;
oltinchi xatboshidagi “obyektlaridan foydalanishni, ularning” soʻzlari “obyektlarining foydalanilishini,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi 851-son qarorida:
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar
ROʻYXATI
T/r
Xizmatlar nomi
1.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish:
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti orqali tashish;
ichki qatnovlarda yoʻlovchilarni tashish, yoʻlovchilarni yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda tashish bundan mustasno;
shahar atrofida qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarida yoʻlovchilarni tashish.
2.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi (yoʻl xoʻjaligi, temir yoʻl yuk stansiyalari, elektr taʼminoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimi faoliyatini taʼminlash) xizmatlari:
yoʻlovchilarni ichki qatnovlarda tashish uchun;
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun.
3.
Lokomotivlarni umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda taqdim etish:
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun;
Ichki qatnovlarda yoʻlovchilarni (yuqori tezlikdagi poyezdlardan tashqari) tashish uchun.
”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar
ROʻYXATI
T/r
Xizmatlar nomi
1.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish:
yuqori tezlikdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish;
xalqaro qatnovlarda yoʻlovchilarni tashish;
tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish.
2.
Yoʻlovchilarni tashishda koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar:
barcha yoʻnalishlarda yoʻl hujjatlarini rasmiylashtirish;
yoʻl davomida ovqatlanish (ketring);
yoʻlovchining xohishiga binoan boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda vagonning sinfini oʻzgartirish.
3.
Temir yoʻl vokzallarda yoʻlovchilar va kuzatuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar:
temir yoʻl vokzallari va yoʻlovchi poyezdlarda reklama xizmati;
bagaj va yuk bagajini qadoqlash hamda saqlash;
“VIP” zaldan foydalanish;
“IP” zaldan foydalanish;
“biznes” zaldan foydalanish;
“komfort” zaldan foydalanish;
“yashil yoʻlak” xizmatidan foydalanish
dam olish xonasidan foydalanish;
planshetda elektron kutubxona taqdim etish;
yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaj va yuk bagajini tashish;
temir yoʻl vokzallari hududidagi binolarni ijaraga berish;
temir yoʻl vokzallarda gazeta va jurnallar sotish;
yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaj va yuk bagajini saqlash;
yoʻl hujjatlarini (chiptalarni) uyga yetkazib berish;
yoʻl davomida qadoqlangan suv, qahva taqdim etish;
massaj kreslosini taqdim etish;
sartaroshxona va boshqa maishiy xizmatlarni koʻrsatish;
yoʻl hujjatlarisiz (chiptasiz) jismoniy shaxslarga hojatxona xizmatini koʻrsatish;
bagaj va yuk bagaj tashish.
4.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yuklarni tashish:
yuk vagonlarini taqdim etish;
konteynerlarni taqdim etish;
xalqaro (import, eksport va tranzit) qatnovlarda yuk tashish.
5.
Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish jarayonlarida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar:
mijozning buyurtmasiga koʻra MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va uchinchi davlatlar temir yoʻllari maʼmuriyatlari bilan alohida shartlarda eksport va import yuklarni tashish;
mijozning buyurtmasiga koʻra davlat ichida alohida shartlarda yuklarni tashish;
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning eski tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning yangi tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonni yoʻlda ushlab qolish (manzilini oʻzgartirish);
mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va ichki qatnovlarda yuk ortish uchun inventar vagonlarga qoʻshimcha rejani ajratish;
mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va ichki qatnovlarda shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni yuklash uchun qoʻshimcha rejani ajratish;
mijozning buyurtmasiga koʻra boʻsh shaxsiy va ijaraga olingan vagonni joʻnatish uchun qoʻshimcha rejaga ruxsatnomani rasmiylashtirish;
barcha temir yoʻl maʼmuriyatlariga inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonlarni tanlash va ular bilan taʼminlab berish (29XXXXXX raqamlangan yopiq vagonlardan tashqari), (barcha temir yoʻllarni xatlovdan oʻtkazish) vagonlarga egalik qiluvchi mamlakatga shoshilinch qaytarishda boʻshligini tekshirish;
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra barcha temir yoʻl maʼmuriyatining (29XXXXXXX) raqamli inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonni tanlash va taʼminlash;
mijozning buyurtmasiga koʻra yuklash va tushirish temir yoʻl stansiyasiga biriktirilgan temir yoʻl inventar vagonlarida yuklarni tashish;
yuklarni tashish uchun qabul qilinganda va topshirishda yuk egalarining buyurtmasiga koʻra temir yoʻl vagon tarozilarida yoki umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar egasi tarozisida yukning vaznini oʻlchash va tekshirish;
vagonlarni yuk joʻnatuvchilar vositasida yuklash paytida ularning buyurtmasiga koʻra ularning hisobidan vagonni temir yoʻl tamgʻalash moslamalari yordamida tamgʻalash, tamgʻa oʻrnatish va stansiyalarda yopiq turdagi vagonlarni burama sim bilan bogʻlash;
umumiy foydalanish joylarida, temir yoʻl xodimlari ishtirokida va (transport) vositalarida yuk ortish-tushirish operatsiyalari hamda tegishli qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (qadoqlangan yuklar, ogʻir vaznli yuklar, sochma yuklar, yogʻoch, metall va metall buyumlar);
mijozning buyurtmasiga koʻra vagon yoki konteyner yuklangan vagonlarni ular tomonidan koʻrsatilgan kunning maʼlum vaqtlarida yuklash va tushirish uchun qoʻyib berish;
vagon va konteynerni mijozning buyurtmasiga koʻra yetkazib berish muddati tugashidan oldin qidirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl lokomotividan siqilgan havo yetkazib berish;
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl stansiya qurilmalaridan (kompressor) siqilgan havo yetkazib berish;
yuk joʻnatuvchilarning buyurtmasiga koʻra yuklarni yuklash boʻyicha oʻn kunlik talabnomalarni muddatidan oldin bajarish uchun vagonlar bilan taʼminlash;
tashish rejasi koʻrsatilgan vagon turini, yuk turini, joʻnatish temir yoʻl stansiyasini va temir yoʻl stansiya manzili yuk tashuvchining buyurtmasiga koʻra oʻzgartirish (lokomotiv xarajatlari bilan birga);
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra vagonlar va konteynerlarni yuk ortish uchun tayyorlash;
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda texnik ortish meʼyori koʻrsatilmagan yuklar uchun texnik meʼyorlarni ishlab chiqish va oʻrnatish;
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda koʻrsatilmagan yuklar uchun yuklarni ortish va mustahkamlash sxemasini ishlab chiqish;
vagonlarni tozalash va yuk tushirilgandan keyin detallar (rekvezit)ni olib tashlash;
mijozning buyurtmasiga koʻra koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (yuklarni mustahkamlash, panellarni (shchit) oʻrnatish va olib tashlash, eshik toʻsiqlari, qadoqlash);
mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻl mutaxassisining joylarga chiqib kelishi;
yuk deklaratsiyasini mijozning buyurtmasiga asosan toʻldirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) boʻyicha muvofiqlashtirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlardan import tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) muvofiqlashtirish;
umumiy foydalanishda boʻlmagan joylarga yuklash va tushirish uchun yuborilgan vagonlarga boʻr belgilarini qoʻyish;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti bilan vagonlarni berish va qaytarib olish uchun shartnomasi yoʻq, oʻz umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻliga ega boʻlmagan mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlga vagonlarni berish va qaytarib olish;
kontragent mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlining ortish va tushirish joyiga qoʻyib berish uchun vagon tanlash va ajratish;
mijozning buyurtmasiga koʻra bitta vagon(lar)ni bir umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlidan ikkinchi umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻliga temir yoʻl stansiyasi ichida tashishlarni tashkil etish;
mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportiga taalluqli boʻlmagan korxonalarga tegishli tarozi asboblarini rejali va rejadan tashqari texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va nazorat tekshiruvlarini bajarish;
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlning yoʻl oʻtish joylarida joylashgan yoʻl oʻtkazgichlarini (strelka) (markazlashtirilgan) umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti kuchlari va vositalari bilan texnik xizmat koʻrsatish;
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlning yoʻl oʻtish joylarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti kuchlari va vositalari bilan, markazlashtirilmagan (qoʻlda) strelka yoʻl oʻtkazgichlari texnik xizmat koʻrsatish (bir marotaba berish uchun va alohida bitta olish uchun);
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda joylashgan temir yoʻl kesishmasidagi shlagbaum, darvozalarni ochish va yopish xizmatini koʻrsatish (vagonlarni bir marotaba berish uchun va alohida bir marotaba qaytarib olish uchun);
mijozning buyurtmasiga koʻra joʻnash va kelish vaqtini muvofiqlashtirgan holda yuklarni halqali marshrutlarda tashish;
mijozning buyurtmasiga koʻra yuk operatsiyalari uchun ochiq boʻlmagan temir yoʻl stansiyalarida vagonlarni berish va qaytarib olish;
poyezd lokomotivi yordamida vagonlarni umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga berish va qaytarib olish;
mijozning buyurtmasiga koʻra yuk joʻnatuvchilar (yukni oluvchilar)ning shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga joylashtirish;
mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻl stansiyasidan 0,5 km dan uzoqroqda joylashgan yuk omborlarida yoki boshqa umumiy foydalanish joylarida yuklash yoki tushirish uchun vagonlarni yetkazib berish va qaytarib olish;
yuklarni vagonlarda bepul saqlash uchun belgilangan meʼyorlardan ortiq miqdorda saqlash;
yuk egasining buyurtmasiga koʻra temir yoʻl stansiyasi ortish va tushirish yoʻllarida manyovr ishlarini bajarish;
yuklarni qoʻriqlash xizmati;
tashuvlardan soʻng yuvilishi shart boʻlgan yuklardan boʻshagan vagonlarni yuvish xizmati uchun;
tashish va boshqa hujjatlarini ishlab chiqarish uchun sarf-xarajatlarga asosan tashish hujjatlarini ikkinchi marotaba taqdim etish;
mijozning buyurtmasiga koʻra yukni temir yoʻl stansiyadan yukni oluvchining omboriga va yuk joʻnatuvchining omboridan temir yoʻl stansiyasigacha umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportining avtomobil transporti orqali yoki boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yuklarni yetkazib berish;
mijozning buyurtmasiga koʻra bojxona organlari va ekspeditorlik tashkilotlari uchun tashish shartlari va toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot berish;
roʻyxatga olish kartasining ikkinchi nusxasini toʻldirish va yuk tashish rejasini bajarish;
yuk joʻnatuvchi uchun konteyner va vagonlarga xavfli belgilar chizilgan trafaretni yopishtirish;
yuk joʻnatuvchi va yukni oluvchilarga tegishli hujjatlar nusxalarini ikkinchi marotaba taqdim etish;
yuk joʻnatuvchi va yukni oluvchilar buyurtmasiga koʻra yuklarni avtomobil yoki tirkama (yarim tirkamali) bogʻlab qoʻyish (ajratish);
mijozning buyurtmasiga koʻra tashish hujjatini toʻldirish (SMGS, GU-29, GU-29b);
yuklar kelgani toʻgʻrisida ikkinchi marotaba xabar berish (telefon, telegraf, qoʻlda yetkazib berish orqali);
yukni oluvchiga ularning buyurtmasiga koʻra yuklarni qadoqlash, oʻrash, bogʻlash va tuzatish;
yukni oluvchi va yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportiga xabar berish. Yukni oluvchini aniqlashtirish, tovarlarni tashish uchun talabnomani oʻzgartirish, manzilini oʻzgartirish (shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan tovarlar bundan mustasno);
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon liniyasi ishtirokida Tojikistonga/Tojikistondan tashishda;
konvension taqiqda turib qolgan xususiy va ijaradagi boʻsh vagonlarni vagon egasiga qaytarishda;
bojxona terminallari va konteyner maydonchalari xizmatlari (yuklarni ortish va tushirish);
shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy (ijaraga olingan) vagonlariga xizmat koʻrsatish;
Afgʻonistondan eksport qilinadigan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish paytida yuklash-tushirish xizmatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy, ijaraga olingan vagonlarini qaytarish;
“tranzit deklaratsiya”ni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga elektron shaklda maʼlumotlarni joʻnatish;
Termiz-port temir yoʻl stansiyasida xalqaro tashuvlarni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining norezident mijozlariga temir yoʻl stansiya xizmatlarini koʻrsatish;
Afgʻonistondan Gʻalaba va Termiz chegara oʻtish temir yoʻl stansiyalari orqali yuklangan vagon yoki konteynerda tashishda yuk xatini rasmiylashtirish;
Termiz logistika markazida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda olib oʻtiladigan (Gʻalaba chegara temir yoʻl stansiyasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan) tijorat yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishda yuklash-tushirish operatsiyalari va u bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
6.
Vagonlarni umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga berish va qaytarib olish xizmatlari:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli boʻlmagan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufida boʻlmagan lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga.
7.
“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar (logistika markazlarida ortish-tushirish ishlari):
universal konteynerlarni;
qadoqlangan yuklarni;
ogʻir yuklarni;
sochiluvchan yuklarni;
yogʻoch-taxta yuklarni;
metall va metall buyum yuklarni;
don mahsulotlari va sabzavotlarni.
Tijorat operatsiyalari uchun xizmatlar:
oʻrta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish;
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida katta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish;
vagonni yoki konteynerni “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ aylanma (toʻqima) temir muhrlar bilan muhrlash;
yuklarni katta va oʻrta tonnali konteynerlarga yuklash qoidalari boʻyicha yuk joʻnatuvchilarga maslahat berish;
yukni oluvchilarni Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida tashqari yuk kelgani haqida telefon orqali xabardor qilish;
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida yuk kelgani haqida yukni oluvchilarni telegraf va ogʻzaki orqali xabardor qilish;
logistika markazlarida 20 va 40 futli konteynerni saqlash;
nomidagi “Temir yoʻl” soʻzlari “Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning “Xizmatlar nomi” ustunidagi “Nogironlar uchun” soʻzlari “Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “suv isteʼmolchilari” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 268-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2005-yil 22-sentabrdagi 213-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori)” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarori)” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2012-yil 4-iyuldagi 192-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 2-ilovaning 27-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 211-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 9-oktabrdagi 813-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 121-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 4-ilova.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 21 va 52-bandlari.
20. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-apreldagi 174-son qarori.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qarori)” 2021-yil 29-noyabrdagi 721-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 7, 302, 744 va 1018-bandlari.
24. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga 5-ilovaning 4 va 16-bandlari.
26. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga 5-ilovaning 1 va 2-bandlari.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga 11-ilovaning 2-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qaroriga 2-ilovaning 58-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-maydagi 325-son qaroriga 3-ilovaning 24-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)