1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
yuklarni hamda yoʻlovchilarni tashish hajmlarini xalq xoʻjaligi va respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmalari shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar va kontraktlar asosida mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
toʻla tijorat hisob-kitobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl boʻlimlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha Oʻrta Osiyo temir yoʻlining huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
xalqaro temir yoʻllarda va aralash temir yoʻl aloqalarida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yoʻllar oldida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllarni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yoʻllardan texnik foydalanish va yuk hamda yoʻlovchilar tashish shartlari boʻyicha normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlash;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 80-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti manfaatlarini ifodalash, xorijiy temir yoʻllar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuk va yoʻlovchilar tashish, xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tuzish;
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi (“Bitimlar”) va 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq temir yoʻllar atrofida ajratilgan yerlar doirasidagi joylardan foydalanish, ularda imoratlar va inshootlar qurish tartibini belgilash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy transport xizmati koʻrsatish sharoitlari joriy qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kompaniya Ustavini tasdiqlash uchun kiritsin.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya dasturida yangi temir yoʻllar qurish va kompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar boʻyicha tashish vositalari sotib olishga mablagʻlar manbalarini nazarda tutsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga kompaniyaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasi ayrim obyektlarini aksiyalashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlarida sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻli tizimida belgilangan imtiyozlar saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasida aloqaning barcha turlarini saqlab qolsin.
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahar, T. Shevchenko koʻchasi, 7-uyda joylashgan.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)