toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini hisoblash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2021-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin:
suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobini yuritishning shaffof tizimi;
suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslari sohasida monitoringni yuritish tartibi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, suvdan barcha maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv isteʼmolchilari (kommunal suv taʼminoti tizimidan suv oluvchi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilaridan tashqari) suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni 2021-yil 1-oktabrdan boshlab elektron shaklda yuritadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
2021-yil 1-iyulga qadar suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda yuritishni taʼminlovchi dasturiy taʼminot yaratsin;
2021-yil 1-sentabrga qadar suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotdan foydalanish toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan ushbu dasturdan foydalanish boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil qilsin;
b) suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotni Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlar yoki chet el (xalqaro) grant hisobidan ishlab chiqish va amalga oshirish chorasini koʻrsin;
v) Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ulardan samarali foydalanish boʻyicha 2021-yilda jadval boʻyicha joylarda koʻrgazmali amaliy seminarlarni tashkil qilsin;
g) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin;
joylarda maqsadli oʻrganishlarni amalga oshirib, qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-aprel,
174-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 174-son qaroriga

1-ILOVA
Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari kommunal suv taʼminoti tizimidan suv oluvchi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi hamda monitoringini yuritish
3. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylarida yuritiladi.
4. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylari belgilangan tartibda suvni boshqarish (darvoza yoki suvni ochish va yopishni taʼminlovchi boshqa qurilma) va hisobga olish (gidropost, “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilma) vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
5. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylari “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va maʼlumotlarni uzatish boʻyicha dasturiy taʼminot bilan taʼminlanadi.
6. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, aholi tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun suvni isteʼmol qilishga olinadigan suvni hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangunga qadar, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sugʻoriladigan maydonlarni, sugʻorishlar sonini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimini, suv olish davomiyligi va boshqalarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
7. Suv isteʼmolchilari (aholi tomorqasi uchun shu hududdagi mahalla fuqarolar yigʻini) suv olish uchun 10 kun oldin unga xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot ( “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi)ga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yozma buyurtmanomani taqdim qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
9. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi uch kun muddatda tumandagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari buyurtmanomalarini umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1b-ilovaga muvofiq yozma buyurtmanomani tumanlararo ahamiyatdagi suv xoʻjaligi obyektlaridan suv olish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bir kun muddatda buyurtmanomalarni umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1v-ilovaga muvofiq viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan daryolar, magistral kanallar (tizimlar), yirik va alohida muhim suv obyektlardan suv olish uchun yozma buyurtmanomani Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bir kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, shuningdek, tegishli xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma beradi yoki rad etadi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bir kun muddatda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda ularga xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (irrigatsiya tizimi boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma beradi yoki rad etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
13. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi oʻz navbatida bir kun muddatda suv isteʼmolchilariga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma beradi yoki rad etadi (nizomga 2-ilova).
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suv yetkazib berish suv isteʼmolchisining suv isteʼmoliga tayyorligini eʼtiborga olgan holda suv isteʼmoli rejasiga asosan ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
14. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini yuritish uchun xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot (suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari yoki “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi) bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi (aholi tomorqasi uchun shu hududdagi mahalla fuqarolar yigʻini) oʻrtasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda suvning kundalik hisob jurnali yuritiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Ushbu jurnalning har bir varagʻi tikilgan holda, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Jurnal har bir suv olish joyi boʻyicha ikki (shartnoma uch tomonlama tuzilgan taqdirda uch) tomonlama olib borilib, bittasi xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotning vakolatli shaxsida, ikkinchisi suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisida (uning vakolatli shaxsida) saqlanadi.
Suvning kundalik hisobini yurituvchi vakolatli shaxslar xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot, suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining alohida buyruqlari bilan tayinlanadi.
15. Agar suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining suvni hisobga olish joyi raqamli qurilma bilan jihozlangan boʻlsa, suvning hisobi xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkiloti bilan “onlayn” rejimda amalga oshiriladi.
16. Suv isteʼmolchilari (aholi tomorqasi uchun shu hududdagi mahalla fuqarolar yigʻini) har kuni soat 17:00 gacha olingan suv miqdori va nima maqsadda ishlatgani toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tayyorlaydi hamda yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi)ga yuboradi (nizomga 2-ilova).
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
17. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi suv isteʼmolchilari tomonidan berilgan kunlik maʼlumotlar asosida har kuni soat 18:00 gacha olingan suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4a-ilovaga muvofiq tayyorlaydi va dasturiy taʼminotga kiritadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Agar kunlik maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritishning imkoni boʻlmasa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali yetkazishi mumkin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotlarini dasturiy taʼminotga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishini nazorat qilib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar dasturiy taʼminotning doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.
3-bob. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobotini yuritish tartibi
20. Har oy yakuni bilan olingan suv miqdori yuzasidan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi (aholi tomorqasi uchun shu hududdagi mahalla fuqarolar yigʻini) oʻrtasida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yuritilgan kundalik suvning hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlil qilinadi.
Tahlil natijalari asosida har oyning yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha belgilangan tartibda xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi (aholi tomorqasi uchun shu hududdagi mahalla fuqarolar yigʻini) oʻrtasida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq ikki tomonlama dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
21. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchilar oʻrtasida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama dalolatnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va tegishli viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etiladi (nizomga 2-ilova).
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi soliq bazasini aniqlash uchun:
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
qishloq xoʻjaligi, shu jumladan baliqchilik boʻyicha suvni isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida — har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay suv resurslarini isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslarga;
dehqon xoʻjaliklari tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni — hisobot davri uchun keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay tegishli soliq organiga taqdim qiladi (nizomga 2-ilova).
Qolgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar suvni isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida — har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay suv resurslarini isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslarga taqdim qiladi.
22. Vegetatsiya davri yakuni bilan 15-oktabrgacha va kuz-qish davri yakuni bilan 15-aprelgacha xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va tegishli viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga elektron koʻrinishda hisobot taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan vegetatsiya davri yakuni bilan 1-noyabrgacha va kuz-qish davri yakuni bilan 1-maygacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga elektron shaklda hisobot taqdim qilinadi (nizomga 2-ilova).
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Ushbu Nizomga asosan suv resurslari toʻgʻrisida yuritilgan kunlik maʼlumotlar, hisob va hisobotlar yillik idoraviy statistik hisobot tayyorlash va Davlat suv kadastrini ishlab chiqishda, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini hisoblashda asos qilib olinadi.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

________ “Suv yetkazib berish xizmati” DMga

________________________ suv isteʼmolchisining 20___ yil ________ oyining “____” sanasidan “____” sanasigacha suv olish boʻyicha

BUYURTMANOMASI

Suv manbai nomi

Suv olish joyining manzili

Suvdan foydalanish maqsadi

(sugʻorish, shoʻr yuvish, nam suv berish, baliqchilik, boshqalar)

Buyurtmanoma berilgan davr uchun sugʻoriladigan

Sugʻorish

(kuzgi-qishki) mavsumida (mln kub m)

Navbatdagi kunlik uchun talab

ekin turi

maydoni, gektar

suv olish limiti

amalda olingan suv

%

mln kub m

kub m/s

Jami:

_________ suv isteʼmolchisi rahbari (yoki vakolatli shaxs)

imzo

F.I.O

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1b-ILOVA

________ irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga

______________ “Suv yetkazib berish xizmati” DMning 20___ yil __________ oyining ______ oʻn kunligida suv olish boʻyicha

BUYURTMANOMASI

Suv manbai nomi

Suv olish joyining manzili

Suvdan foydalanish maqsadi

(sugʻorish, shoʻr yuvish, nam suv berish, baliqchilik, boshqalar)

Buyurtmanoma berilgan davr uchun sugʻoriladigan

Sugʻorish

(kuzgi-qishki) mavsumida (mln kub m)

Navbatdagi kunlik uchun talab

ekin turi

maydoni, gektar

suv olish limiti

amalda olingan suv

%

mln kub m

kub m/s

Jami:

_________ “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari

imzo

F.I.O

(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1v-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Suv xoʻjaligi vazirligiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi / ___________ irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 20___ yil __________oyining _____ oʻn kunligida suv olish boʻyicha

BUYURTMANOMASI

Suv manbai nomi

Suv olish joyining manzili

Suvdan foydalanish maqsadi

(sugʻorish, shoʻr yuvish, nam suvi berish, baliqchilik, boshqalar)

Yozgi (kuzgi-qishki) mavsumda, mln kub m

Navbatdagi oʻn kunlik uchun talab

suv olish limiti

amalda olingan suv

%

mln kub m

kub m/s

JAMI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri/

_____________ irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi

imzo

F.I.O.

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA
Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv isteʼmolchisi

(tomorqa yer egalaridan tashqari)

Suv olish uchun xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga yozma buyurtmanoma beradi.

Suv olishdan 10 kun oldin

2-bosqich

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi

Oʻz xizmat koʻrsatish hududidagi suv isteʼmolchilarining, shuningdek, ayrim boshqa suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalarini umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda yozma buyurtmanomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.

Uch kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Suv olish uchun buyurtmanomalarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yozma buyurtmanomani Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Bir kun muddatda

4-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, shuningdek, tegishli xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv omborlari boshqarmalari, magistral kanal (tizim) boshqarmalari, alohida ahamiyatga ega suv xoʻjaligi tashkilotlari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsat beradi yoki rad etadi.

Bir kun muddatda

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda ularga xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (irrigatsiya tizimi boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsat beradi yoki rad etadi.

Bir kun muddatda

6-bosqich

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi

Suv isteʼmolchilariga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv isteʼmoliga tayyorligini eʼtiborga olgan holda, suv isteʼmoli rejasiga asosan ajratilgan suv olish limiti doirasida ruxsat beradi yoki rad etadi.

Bir kun muddatda

7-bosqich

Suv isteʼmolchisi

Har kuni soat 17:00 gacha olingan suv miqdori va nima maqsadda ishlatgani toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tayyorlaydi hamda yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi)ga yuboradi.

Har kun soat 17:00 gacha

8-bosqich

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi

Suv isteʼmolchilari tomonidan berilgan kunlik maʼlumotlar asosida har kuni soat 18:00 gacha olingan suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4a-ilovaga muvofiq tayyorlaydi va dasturiy taʼminotga kiritadi.

Har kuni soat 18:00 gacha

9-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishini nazorat qilib boradi.

Har kuni

10-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar

Dasturiy taʼminotning doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.

Doimiy

11-bosqich

Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot, suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi

1. Olingan suv miqdori yuzasidan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi oʻrtasida yuritilgan kundalik suvning hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi.

2. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi oʻrtasida ikki tomonlama dalolatnomani rasmiylashtiradi.

3. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha

12-bosqich

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi

Soliq bazasini aniqlash uchun:

qishloq xoʻjaligi, shu jumladan, baliqchilik boʻyicha suvni isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida suv isteʼmolchilariga;

Har yili joriy soliq davrining 10-dekabrdan kechiktirmay

dehqon xoʻjaliklari tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli soliq organiga taqdim qiladi.

Hisobot davri uchun keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan

Vegetatsiya va kuz-qish davri yakuni bilan — belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga elektron shaklda hisobot taqdim etadi.

Vegetatsiya davri yakuni bilan 15-oktabrgacha va kuz-qish davri yakuni bilan 15-aprelgacha

13-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Vegetatsiya davri va kuz-qish davri yakunlari bilan belgilangan tartibda Suv xoʻjaligi vazirligiga elektron shaklda hisobot taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrgacha 1-maygacha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Namuna‎








‎____________________________________________________
‎(xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot nomi)


‎hamda


‎_________________________________________________
‎(suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi nomi)


‎oʻrtasida suvning kundalik hisob

‎JURNALI



‎Suv manbai nomi _____________________________________________________________________________
‎ (irrigatsiya tizimi kanali, sugʻorish tarmogʻi, sugʻorish qudugʻi, boshqalar)

‎Suv olish joyining manzili ___________________________________________________________________
‎ (piket, sugʻorish qudugʻi raqami)

Ushbu suv olish joyi ‎

_______________‎____ irrigatsiya tizimlari
‎havza ‎‎boshqarmasi tomonidan
‎20___ yil “___” _____________da
‎______- son bilan roʻyxatga olingan

‎‎_______________________________
‎ (imzo, sana, muhr)

Ushbu jurnal‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining ______________________viloyat boshqarmasi (tuman boʻlimi) tomonidan 20___ yil “___”_________da _____ — son bilan roʻyxatga olingan.

‎‎________________________________
‎(imzo, sana, muhr)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Eslatma:
Ushbu jurnal tikilgan holda har bir suv berish joyi boʻyicha ikki (shartnoma uch tomonlama tuzilgan taqdirda uch) tomonlama olib borilib, bittasi xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot vakilida, ikkinchisi suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining vakolatli shaxsida saqlanadi.
Suv isteʼmolchilari (agroklaster, fermer va dehqon xoʻjaliklari va boshqalar) va “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi oʻrtasidagi, shuningdek, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi va irrigatsiya tizimi (magistral kanal yoki tizim) boshqarmasi oʻrtasidagi suvning kundalik hisob jurnali tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida roʻyxatga olinadi.
(3-ilova izohining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova izohining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)

Suvning kundalik hisobini yurituvchi vakolatli shaxslar

Tomonlar

Familiyasi, ismi

va otasining ismi

Lavozimi

Imzo namunasi

Magistral kanal (tizim)dan foydalanuvchi tashkilot tomonidan*

Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot tomonidan

Suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi tomonidan

Izoh.
* Magistral kanal (tizim)dan suv isteʼmolchilari uyushmalari yoki suvdan boshqa foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi toʻgʻridan-toʻgʻri suv oladigan hollarda, suvning kundalik hisobi uch tomonlama olib boriladi.
Suvning kundalik hisobi bilan shugʻullanuvchi vakolatli shaxslar xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot hamda suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchilarining tegishli buyruqlari bilan rasmiylashtirilishi lozim.

_____________ kanali (sugʻorish tarmogʻi)dagi _____________suv olish joyi gidropostining suv sarfini aniqlash

JADVALI

N,

sm

Suv sarfi, m3/s yoki l/s

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Jadvalga kiritilgan aniqliklar

T/r

Oʻlchov oʻtkazilgan vaqt

N,

m

Q,

m3/s

Aniqlik,

+,- sm

Aniqlik kiritgan

vakolatli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi

Nima sababdan tuzatish kiritildi

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

20 ___ yilning oktabr oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning noyabr oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda


20 __ yilning dekabr oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning yanvar oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning fevral oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning mart oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida limit/amalda

Jami 20__ — 20___ yillar kuz-qish davrida

20 __ yilning aprel oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning may oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning iyun oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning iyul oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning avgust oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

20 __ yilning sentabr oyi

Kun

Suv

ochilgan vaqt

Suv sarfi, m3/s

Suv

yopilgan

vaqt

Oʻrtacha suv sarfi, m3/s

Suv olish davri, soat

Shu davrda jami olingan suv,

ming m3

Imzolar

soat

7-8

soat

18-19

taʼminotchi

isteʼmolchi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami birinchi oʻn kunlikda:

limit/amalda

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

Jami ikkinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

Jami uchinchi oʻn kunlikda

limit/amalda

Jami oy davomida

limit/amalda

Jami 20____ yil vegetatsiya

davrida

Suvning kundalik hisob jurnali ____ varaqdan iborat.

-------------------------------------

(imzo, muhr)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

__________________ suv isteʼmolchisi tomonidan 20___ yil “___”______ kuni olingan

suvning isteʼmoli haqida

MAʼLUMOT

T/r

Suv manbai nomi

(sugʻorish tarmogʻi, kollektor, sugʻorish qudugʻi va boshqalar)

Suv olish joyining manzili

Kunlik ajratilgan suv olish limiti, m3/s

Amalda olingan suv,

m3/s

Kunlik sugʻorilgan jami maydon,

ga

shu jumladan, sugʻorish ishlari boʻyicha:

kuzgi boshoqli don ekinlarini sugʻorish,

ga

gʻoʻza sugʻorish,

ga

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

Jami

________ suv isteʼmolchisi rahbari (yoki vakolatli shaxsi)

imzo

F.I.O.

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4a-ILOVA

__________________ “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 20___ yil “___” - ______ kuni olingan suvdan foydalanish haqida

MAʼLUMOT

T/r

Suv manbai nomi

(daryo, soy, kanal, sugʻorish tarmogʻi, suv ombori, kollektor, sugʻorish qudugʻi va boshqalar)

Suv olish joyning manzili

Kunlik ajratilgan suv olish limiti,

m3/s

Amalda olingan suv,

m3/s

Kunlik sugʻorilgan jami maydon, gektar

Shu jumladan, sugʻorish ishlari boʻyicha:

Suvdan foydalanish koeffitsiyenti

kuzgi boshoqli don ekinlarini sugʻorish,

gektar

gʻoʻza sugʻorish,

gektar

1.

2.

3.

4.

5.

...

Jami:

_________ “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari

imzo

F.I.O

(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)

Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

Suvni yetkazib berish va qabul qilish toʻrisida

DALOLATNOMA



Suvning kundalik hisob jurnallariga asosan 20______ yilning ______________________ oyida _____________________________________________________________________________________________ tomonidan

(xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot nomi)

____________________________________________________________________________________________________ ga

(suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi nomi)

quyidagi miqdorda suv yetkazib berildi:

Suv miqdori mln m3

I oʻn kunlikda

II oʻn kunlikda

III oʻn kunlikda

Jami bir oyda

limit

amalda

farqi (+/-)

limit

amalda

farqi (+/-)

limit

amalda

farqi (+/-)

limit

amalda

farqi (+/-)

Jami

shu jumladan:

sugʻorishga

baliqchilikka

.....

boshqa ehtiyojlarga


_________________________________

(xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot nomi)

imzo

F.I.O.

_________________________________

(suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi nomi)

imzo

F.I.O.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 174-son qaroriga

2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISHLAR
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1. 54-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“54. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Kommunal suv taʼminoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarini olish, hisobini va hisobotini yuritish tartibi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadi”;
2. 55-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/174/0279-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)