1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni (keyingi o‘rinlarda — eskirgan bog‘lar) yangilash, sanoat usulidagi intensiv bog‘ va tokzorlarni (keyingi o‘rinlarda — sanoatlashgan bog‘lar) barpo etish orqali qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar yaratish, sanoatlashgan bog‘larni oqilona va aniq hisob-kitoblar asosida joylashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
1. Mazkur Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026 — 2028-yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etish belgilansin.
II. Eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish parametrlari va mexanizmlari
2. Quyidagilar:
(a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2028-yillarda sanoatlashgan bog‘larni barpo etish tadbirlariga biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2028-yillarda sanoatlashgan bog‘larni barpo etish reja-grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab 5 gektar va undan ortiq yer uchastkalarida eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bo‘yicha va ularning takliflari asosida 15 kungacha bo‘lgan muddatda beg‘araz asosda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) ishlab chiqiladigan texnik shartlar yoki texnik-iqtisodiy asosga (keyingi o‘rinlarda — bog‘ yaratishga doir hujjatlar) muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(b) Agentlik, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning monitoringi 3-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi;
(v) bog‘ yaratishga doir hujjatlarda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish natijasida sanoatlashgan bog‘larni yaratishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaganda, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi va ular tomonidan qilingan xarajatlar Agentlik tomonidan qoplab beriladi.
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
(a) eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani (keyingi o‘rinlarda — xulosa) qabul qilish vakolati Agentlikka ham beriladi;
(b) Agentlik tomonidan xulosa berilgan sanadan boshlab:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilganda undiriladigan soliqlar va yig‘imlar / 10.05.06.00 Boshqa soliqlarning qo‘llanilishi]
(i) 12 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3 baravarga oshiriladi;
(ii) 24 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish taqiqlanadi.
5. Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlaridagi eskirgan bog‘larni yangilash sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va imtiyozlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
6. 2026-yil 1-iyuldan boshlab bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(a) tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada har bir gektarga 120 million so‘mgacha miqdorda kreditlar. Bunda kredit ta’minoti sifatida quyidagilar taqdim etiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov]
(i) bozor bahosi qiymatida yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi. Bunda ijara shartnomasi shartlarida garovga qo‘yishga taqiq mavjud bo‘lmasa, ijarachi (yer egasi)ga ijara huquqini hokimlik va boshqa davlat idoralari bilan kelishmasdan garovga qo‘yish huquqi beriladi;
(ii) qarz oluvchi tomonidan likvidli mol-mulk, kreditni qaytarmaslik xatarlaridan sug‘urta polisi va boshqa turdagi garov ta’minoti;
(b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha tegishli yildagi to‘lovlarni tegishli yilning 31-dekabriga qadar qaytargan tadbirkorlik subyektlariga ushbu kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
(v) xalqaro moliya institutlaridan meva-sabzavotchilik sohasi uchun jalb qilingan resurslar hisobidan ochilgan kredit liniyalaridan tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik stavka 14 foiz (shundan, bank marjasi 4 foiz) etib belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(g) xorijiy davlatlardan “in-vitro” usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz), har bir mevali ko‘chat uchun 5 AQSH dollarigacha ekvivalentida kreditlar ajratiladi;
(d) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kredit, shuningdek, 2025-yil 1-sentabrdan keyin tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘i yoki boshqa mablag‘lar hisobidan barpo etilgan sanoatlashgan bog‘larni parvarishlash xarajatlarini qoplashga boshlang‘ich uch yil davomida har yil yakunida Agentlikning xulosasi asosida har bir gektar uchun 5 million so‘m miqdorida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan subsidiya beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
7. 2027-yildan boshlab “Uzagrostar xolding” kompaniyasi muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashgan kompaniyalar) tomonidan yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali tadbirkorlik subyektlari bilan sanoatlashgan intensiv bog‘ yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilsin. Bunda:
(a) ixtisoslashgan kompaniyalar tadbirkorlik subyektining ustav kapitalida loyiha miqdorining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda mevali ko‘chatlar yoki loyiha doirasida foydalaniladigan asosiy vositalar ko‘rinishida ulushdor bo‘lib ishtirok etadi, qolgan qismida tadbirkorlik subyekti yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi va loyiha doirasida foydalaniladigan boshqa mol-mulk bilan ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov]
(b) tadbirkorlik subyekti kiritayotgan ulushining 150 foizi miqdorida ko‘chmas mulk yoki bank kafolati ko‘rinishida garov ta’minoti taqdim etilgandan so‘ng ulush kiritilishi amalga oshiriladi;
(v) ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan kiritilgan ulush qayta baholanmagan holda 7 yil davomida tadbirkorlik subyektiga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilinadi va ushbu ulush to‘liq sotib olingandan keyin garov tadbirkorlik subyektiga qaytariladi;
(g) ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan Agentlikning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan, kamida ikki yil faoliyat yuritgan va yillik daromadi besh milliard so‘mdan kam bo‘lmagan, ijobiy kredit tarixiga ega, kredit hamda soliq to‘lovlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari ustav kapitaliga ulush kiritiladi.
8. Joriy yildan boshlab mazkur Farmonga muvofiq resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan sanoatlashgan bog‘larda ishlatiladigan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, mevali ko‘chatlar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish (shu jumladan, ularni joriy etish yoki ekish xizmatlari) uchun islomiy moliya operatsiyalarini (tovarni nasiyaga sotish kabi) ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilsin.
9. 2026-yil 1-avgustdan boshlab zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan sanoatlashgan bog‘larda burg‘ilangan quduqlardan olingan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi besh yil muddatga 1 so‘m miqdorida belgilansin.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning 9-bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Moliyaviy resurslar
11. Belgilansinki, bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida sanoatlashgan bog‘ barpo qiladigan tadbirkorlik subyektlariga 5-ilovaga muvofiq moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketi taqdim etiladi.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(a) mazkur Farmonning 6-bandi “a” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmasiga asosan 7 yil muddatda qaytarish sharti bilan:
(i) 2026-yilda — respublika budjetining 2026-yil I choragi yakuni bo‘yicha daromadlarning rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 300 milliard so‘m ajratsin;
(ii) 2027-yildan boshlab — respublika budjetida har yili 500 milliard so‘m ajratishni rejalashtirsin;
(b) mazkur Farmonning 6-bandi “b” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan kompensatsiya va subsidiyalarni moliyalashtirish uchun:
(i) respublika budjetining 2026-yil I choragi yakuni bo‘yicha daromadlarning rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni Agrar sohada to‘lovlar agentligining talabnomasiga binoan ajratsin;
(ii) 2027-yildan boshlab haqiqiy talabdan kelib chiqib, zarur mablag‘larni respublika budjetida ko‘zda tutsin;
(v) mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalari uchun:
(i) tijorat banklarining buyurtmasiga asosan 7 yil muddatda qaytarish sharti bilan respublika budjetining 2026-yilda Agentlikka ajratilishi rejalashtirilgan budjet ssudasini maqbullashtirish hisobiga 100 milliard so‘m ajratsin;
(ii) 2027-yildan boshlab haqiqiy talabdan kelib chiqib, zarur mablag‘larni respublika budjetida ko‘zda tutsin;
(g) Agentlik tomonidan respublika hududida sanoatlashgan bog‘lar yaratish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
(i) respublika budjetining 2026-yil I choragi yakuni bo‘yicha daromadlarning rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratsin;
(ii) 2027-yildan boshlab — respublika budjetida har yili 150 milliard so‘m ajratishni rejalashtirsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik va Savdo-sanoat palatasining Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan quyidagi mablag‘larning so‘ndirish muddatini 2028-yil 1-iyulga qadar uzaytirish va uzaytirilgan muddat davomida ushbu qarzdorlik summalariga foiz, penya va boshqa jarimalar hisoblamaslik to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
(a) Davlat budjeti hisobidan ajratilgan budjet ssudasi bo‘yicha 333,8 mlrd so‘m miqdoridagi qarzdorlik;
(b) “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ajratilgan 9 million AQSH dollari miqdoridagi qarzdorliklarni (asosiy, hisoblangan foiz va penyalar). Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ajratilgan 9 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni qaytarish muddati mutanosib ravishda uzaytirilsin hamda uzaytirilgan muddat davomida mazkur mablag‘lar bo‘yicha foiz, penya va boshqa jarimalar hisoblanmasin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bir hafta muddatda mazkur Farmonning 13-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklar bo‘yicha tegishli shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
15. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari Sanoatlashgan intensiv bog‘ va uzumzorlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari (keyingi o‘rinda — loyiha ofislari) etib qayta nomlansin. Bunda:
(a) loyiha ofislari faoliyati alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda yo‘lga qo‘yiladi;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-84-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilgan shtat birliklari hisobidan loyiha ofislariga qo‘shimcha 4 tadan shtat birliklari ajratiladi;
(v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari loyiha ofislari bilan birgalikda tegishli hududda eskirgan bog‘larni yangilashga, sanoatlashgan bog‘larni barpo etish ishlarini tizimli ravishda tashkil etishga, bog‘ va tokzorlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar sifatli shakllantirilishiga mas’ul hisoblanadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmoni bilan tuman fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari “Soliq servis” AJ tasarrufiga o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
17. Belgilansinki:
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining agronom shtat birliklari Agentlikning tuman (shahar) loyiha ofislariga o‘tkaziladi;
(b) Agentlik yangi o‘tkazilayotgan agronom shtat birliklarining vakant o‘rinlarini malakali agronomlar bilan to‘ldirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda agronomlar malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
(v) tegishli hududda eskirgan bog‘larni aniqlash, ularning egalariga bog‘larni yangilash hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha sifatli maslahat xizmatlarini ko‘rsatish loyiha ofislari hamda ularga o‘tkazilgan agronomlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
18. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
(a) Agentlik yangi mevali ko‘chat navlarini (klonlarni) sotishga ixtisoslashtirilgan xorijiy seleksiya markazlari bilan muzokaralar o‘tkazish, O‘zbekiston ehtiyoji uchun zarur mevali ko‘chat navlarini tanlash hamda tashabbuskorlar bilan mevali daraxtlar ko‘chatlarini olib kelishni tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
(b) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi olib kelinishi rejalashtirilgan yangi mevali ko‘chat navlarini (klonlarni) import qilish masalasida xorijiy davlatlar milliy karantin tashkilotlari bilan muzokaralar olib boradi va import fitosanitariya talablariga muvofiqligini nazoratdan o‘tkazadi;
(v) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agentlik manfaatdor tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda xalqaro tajriba asosida respublikada mavjud “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning sonini ko‘paytirishga doir sharoitlar (subsidiyalash va rag‘batlantirish mexanizmlarini) yaratish choralarini ko‘rib boradi.
19. Agentlik:
(a) ikki oy muddatda (2027-yildan boshlab har yili 1-fevralga qadar) tumanlar kesimida tegishli hududga mos ko‘chat navlari va ularning texnik parametrlari to‘g‘risidagi tavsiyaviy xarakterga ega ma’lumotlarni Agentlik va tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlari, Agroportal va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borsin;
(b) “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(i) sanoatlashgan bog‘lar, shu jumladan, ularda joriy qilingan zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar va burg‘ilangan quduqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga to‘liq kiritish va ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
(ii) “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
(iii) sun’iy intellekt asosida hosildorlikni prognozlash, kasallik va zararkunandalarni erta aniqlash, agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, suv xaritasini ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari orqali “aqlli bog‘ va tokzor” texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini ko‘rsin.
20. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmonning 6-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, loyiha hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
(b) xalqaro moliya institutlari ishtirokida meva-sabzavotchilik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jalb qilingan konsultantlar bilan birgalikda bog‘ va tokzorlarda mahsulot yetishtirish, hosilni yig‘ish va hosildan keyingi jarayonlarda nobudgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat qo‘llanmalar ishlab chiqsin hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari orasida doimiy ravishda targ‘ibot qilib borsin;
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmonning 6-bandi “b” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan kompensatsiya va subsidiyalarni ajratish tartiblarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda sanoatlashgan bog‘larni parvarishlash xarajatlarini qoplashga taqdim qilinadigan subsidiyani ajratish uchun asos bo‘ladigan Agentlik tomonidan xulosa berish mezonlari, ijobiy va salbiy xulosa berish holatlari aniq belgilansin.
(a) reja-grafikka asosan sanoatlashgan bog‘larni barpo etish loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga shaxsan javobgar etib belgilansin;
(b) har oy sanoatlashgan bog‘larni barpo etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazsin, yuzaga kelayotgan masalalarni joyida hal qilish choralarini ko‘rib borsin.
22. Bosh prokuratura (To‘xtaboyev) mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, jumladan, loyiha tashabbuskorlariga qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
24. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
25. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov, qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
26. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyun,
PF-108-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2028-yillarda sanoatlashgan bog‘larni barpo etish tadbirlariga biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati
T/r
Hududlar nomi
Barpo etiladigan sanoatlashgan intensiv bog‘lar
Mas’ullar
Mas’ullar bilan hamkorlikda ishni tashkil qilishga ko‘maklashuvchilar
Jami
(gektar)
Eski bog‘larni sanoatlashgan intensiv bog‘larga aylantirish
Yangi sanoatlashgan intensiv bog‘lar barpo etish
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3 324
524
2 800
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(F. Ermanov)
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
2.
Andijon viloyati
11 145
6 220
4 925
Andijon viloyati hokimligi
(Sh. Abduraxmanov)
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
3.
Buxoro viloyati
9 711
4 679
5 032
Buxoro viloyati hokimligi
(B. Zaripov)
“Mikrokreditbank” ATB
4.
Jizzax viloyati
18 307
8 963
9 344
Jizzax viloyati hokimligi
(U. Mustafoyev)
“Agrobank” ATB
5.
Qashqadaryo viloyati
12 016
5 000
7 016
Qashqadaryo viloyati hokimligi
(M. Azimov)
AT “Aloqabank”
6.
Navoiy viloyati
6 302
3 604
2 698
Navoiy viloyati hokimligi
(N. Tursunov)
“Turonbank” ATB
7.
Namangan viloyati
19 283
15 697
3 586
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov)
“Asakabank” AJ
8.
Samarqand viloyati
13 540
7 565
5 975
Samarqand viloyati hokimligi
(A. Boboyev)
“O‘zmilliybank” AJ
9.
Surxondaryo viloyati
14 436
5 500
8 936
Surxondaryo viloyati hokimligi
(U. Qosimov)
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
10.
Sirdaryo viloyati
5 485
4 485
1 000
Sirdaryo viloyati hokimligi
(E. Turdimov)
“Agrobank” ATB
11.
Toshkent viloyati
18 126
9 405
8 721
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev)
AT “Xalq banki”
12.
Farg‘ona viloyati
37 080
20 220
16 860
Farg‘ona viloyati hokimligi
(X. Bozarov)
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
13.
Xorazm viloyati
3 373
3 373
Xorazm viloyati
(J. Raximov)
“Asakabank” AJ
Jami
172 127
95 234
76 893
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 2-ILOVA
Respublikada 2026 — 2028-yillarda sanoatlashgan intensiv bog‘larni yaratish
REJA-GRAFIGI
gektar
T/r
Hududlar nomi
Yaratiladigan sanoatlashgan intensiv bog‘lar
yillar bo‘yicha:
2026-yil
2027-yil
2028-yil
Jami
Eski bog‘larni sanoatlashgan intensiv bog‘larga aylantirish
Yangi sanoatlashgan intensiv bog‘lar tashkil qilish
Jami
Eski bog‘larni sanoatlashgan intensiv bog‘larga aylantirish**
Yangi sanoatlashgan intensiv bog‘lar tashkil qilish
Jami
Eski bog‘larni sanoatlashgan intensiv bog‘larga aylantirish**
Yangi sanoatlashgan intensiv bog‘lar tashkil qilish
Jami
Eski bog‘larni sanoatlashgan intensiv bog‘larga aylantirish**
Yangi sanoatlashgan intensiv bog‘lar tashkil qilish
yer uchastkalarini o‘zlashtirish va auksion savdolariga chiqarish hisobiga*
paxta va g‘alla joylashtiriladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga
yer uchastkalarini o‘zlashtirish va auksion savdolariga chiqarish hisobiga*
paxta va g‘alla joylashtiriladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga
yer uchastkalarini o‘zlashtirish va auksion savdolariga chiqarish hisobiga
paxta va g‘alla joylashtiriladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga
yer uchastkalarini o‘zlashtirish va auksion savdolariga chiqarish hisobiga
paxta va g‘alla joylashtiriladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3 324
524
1 100
1 700
1 520
60
1 100
360
800
160
640
1 004
304
700
2.
Andijon viloyati
11 145
6 220
3 925
1 000
2 562
1 562
1 000
3 936
1 654
1 282
1 000
4 647
3 004
1 643
3.
Buxoro viloyati
9 711
4 679
4 032
1 000
2 326
1 826
500
2 615
647
1 468
500
4 770
2 206
2 064
500
4.
Jizzax viloyati
18 307
8 963
8 344
1 000
4 650
4 200
450
7 012
3 236
3 276
500
6 645
1 527
4 618
500
5.
Qashqadaryo viloyati
12 016
5 000
6 016
1 000
2 895
1 800
1 070
25
3 166
1 385
1 366
415
5 955
1 815
3 580
560
6.
Navoiy viloyati
6 302
3 604
1 698
1 000
1 528
1 150
378
1 747
547
700
500
3 027
1 907
620
500
7.
Namangan viloyati
19 283
15 697
2 722
864
1 318
1 054
264
8 121
7 065
824
232
9 845
7 579
1 898
368
8.
Samarqand viloyati
13 540
7 565
4 775
1 200
4 000
2 800
1 200
4 190
2 382
1 108
700
5 350
2 383
2 467
500
9.
Surxondaryo viloyati
14 436
5 500
8 265
671
3 052
2 872
180
4 258
2 128
1 809
321
7 126
500
6 276
350
10.
Sirdaryo viloyati
5 485
4 485
1 000
1 000
1 000
2 403
1 903
500
2 081
1 581
500
11.
Toshkent viloyati
18 126
9 405
7 721
1 000
3 000
2 158
504
338
6 670
2 712
3 796
162
8 456
4 535
3 421
500
12.
Farg‘ona viloyati
37 080
20 220
6 000
10 860
14 174
8 384
1 750
4 040
12 321
6 411
2 180
3 730
10 585
5 425
2 070
3 090
13.
Xorazm viloyati
3 373
3 373
791
791
1 062
1 062
1 520
1 520
Jami
172 127
95 234
54 598
22 295
42 816
29 657
8 132
5 027
58 300
31 292
17 808
9 200
71 011
34 285
28 658
8 068
Izoh:
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-83-son Farmoniga 2-ilovasiga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmoniga 1-ilovasida belgilangan yer uchastkalari inobatga olingan.
** Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan monitoring natijasida 2027-yil 1-dekabr holatidagi eskirgan bog‘ deb topilgan yer maydonlari asosida parametrlarga aniqlik kiritiladi.
Yer uchastkalarining tumanlar (shaharlar), hududlar va konturlar kesimidagi maydoni o‘lchami Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi yer uchastkalarining maydoni o‘lchamiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 3-ILOVA
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning monitoringini amalga oshirish sxemasi
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Agentlik
Tuman (shahar) hokimliklari hamda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga tasdiqlangan bog‘ yaratishga doir hujjatlarni raqamli ko‘rinishda taqdim etadi.
Har oyning yakuniga qadar
2-bosqich
Agentlik
Tuman (shahar) hokimliklari hamda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga hududlardagi eskirgan bog‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni konturlar kesimida raqamli ko‘rinishda taqdim etadi.
Eskirgan bog‘lar va yangi barpo etilayotgan sanoatlashgan bog‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan aerokosmik monitoring natijalaridan foydalanish uchun Agentlik hamda tuman (shahar) hokimliklariga “Space Gov Monitoring” markazlashgan yagona platformasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Aerokosmik monitoring orqali eskirgan bog‘larni yangi barpo etilayotgan sanoatlashgan bog‘larga o‘zgartirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganligini aniqlaydi va SGM platformasiga yuklaydi.
Har yil yakuniga qadar
6-bosqich
Agentlikning tuman (shahar)lardagi loyiha ofislari xodimlari
Eskirgan bog‘lar va yangi barpo etilayotgan sanoatlashgan bog‘lar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rganadi hamda natijalari yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar va fotosuratlarni SGM platformasiga yuklab boradi.
Texnik topshiriqlarda belgilangan bosqichlar yakunlangan kundan o‘n ish kuni ichida
* Mazkur ilovadagi tadbirlar Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 4-ILOVA
Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlaridagi mevali bog‘larni yangilash
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (Agentlik)
Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklarining mevali ko‘chatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, mahalla bankiri, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalarga (ixtisoslashgan kompaniyalar) ma’lumotlarni yetkazadi.
Har yili yanvar va oktabr oylarida
2-bosqich
Mahalla bankiri, ixtisoslashgan kompaniyalar (vakolat doirasida)
Quyidagilarni ajratadi:
20 — 30 dona ko‘chat (50 donagacha) yoki 2 million so‘mgacha qarz yoki lizing;
eskirgan bog‘larni yangilash uchun 18 foiz stavkada 150 million so‘mgacha kreditlar.
Har yili fevral va noyabr oylaridan boshlab
3-bosqich
Ixtisoslashgan kompaniyalar,
mahalla bankiri
Mevali ko‘chatga talab asosida aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklariga ko‘chatlarni yetkazib beradi.
Bunda ko‘chatlar ular yetkazib berilgan MFYlarda ekilishini ta’minlaydi.
Har yili fevral va noyabr oylaridan boshlab
4-bosqich
Agentlik
Har bir xonadon va dehqon xo‘jaligida ekilgan mevali ko‘chatlarni QR-kod orqali ro‘yxatga oladi.
Ekish yakunlangandan keyin
5-bosqich
Agentlik,
ixtisoslashgan kompaniyalar,
mahalla bankiri
Mevali ko‘chatlar ekilishidan boshlab ular hosilga kirguncha yilda 2 marotaba monitoring qilib boradi.
Har yili may va dekabr oylarida
6-bosqich
Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash
Ixtisoslashgan kompaniyalar va mahalla bankiriga ekilgan mevali ko‘chatlar bo‘yicha KPI belgilaydi.
Yil yakunida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 5-ILOVA
Bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida sanoatlashgan intensiv bog‘ barpo etadigan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketi
T/r
Qo‘llab-quvvatlash turi
Miqdori
I. Imtiyozli kredit va islomiy moliya operatsiyalari
1.
Tijorat banklari tomonidan eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etish ishlarini moliyalashtirish uchun 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) kreditlar ajratish.
Har bir gektarga 120 million so‘mgacha
2.
Tijorat banklari tomonidan sanoatlashgan bog‘larda ishlatiladigan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, mevali ko‘chatlar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish (shu jumladan, ularni joriy etish yoki ekish xizmatlari) uchun islomiy moliya operatsiyalarini (tovarni nasiyaga sotish) ko‘rsatish.
Ustama miqdori 50 foizgacha
3.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xorijiy davlatlardan ko‘chatlarni import qilish uchun 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) kreditlar ajratish.
Har bir mevali ko‘chat uchun 5 AQSH dollarigacha ekvivalentida
II. Subsidiyalar
i
Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
4.
Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish.
BHMning 50 barobari
ii
Eskirgan bog‘larni yangilash va yangi sanoatlashgan bog‘larni yaratishga subsidiya ajratish
5.
Eskirgan bog‘larni yangilash va yangi sanoatlashgan bog‘larni yaratishga ajratilgan imtiyozli kreditlar, tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘i yoki boshqa tijorat kreditlari hisobidan barpo etilgan sanoatlashgan bog‘larni parvarishlash xarajatlarini qoplashga boshlang‘ich uch yil davomida har bir gektariga subsidiya ajratish.
5 million so‘m
6.
Eskirgan bog‘larni yangilash va yangi sanoatlashgan bog‘larni yaratishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida qaytargan tadbirkorlik subyektlariga ushbu kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash.
Kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti
iii
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash
7.
Yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.
8 mln so‘m
(gektar)
iv
Suv inshootlarini qurish xarajatlarining bir qismini qoplash
8.
Yaratilayotgan har 10 gektar maydondagi yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun suv havzalarida nasos stansiyasini qurish hamda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq xarajatlarining bir qismini qoplash.
120 million so‘mgacha
9.
Yangi intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda loyiha asosida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib subsidiya ajratish.
40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha
v
Mevali bog‘ va tokzorlarni bir mavsumda sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi sarfining bir qismini qoplash
10.
Mevali bog‘ va tokzorlarni sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi sarfining bir qismini qoplash.
125 kVt/soatdan 500 kVt/soatgacha
vi
Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash
11.
Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.
20 foizi, biroq 300 million so‘mgacha
vii
Qishloq xo‘jaligi texnikasi,suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, quyosh panellari hamda qishloq xo‘jaligi texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilishda kredit va lizing foizlarining bir qismini qoplash
12.
Qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining bir qismini qoplash.
Tijorat kreditining 10 foiz punktidan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismi
13.
Avtopilot uskunasi xarid qilish uchun ajratilgan kreditning bir qismini qoplash.
Tijorat kreditining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismi
14.
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini xarid qilish va qurish maqsadida tijorat banklari tomonidan har bir gektar yer maydoniga ajratilgan kreditlarning 20 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi uchun hamda quyosh panellari uchun subsidiya ajratish.
Tijorat kreditining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismi
viii
Mevali va tok ko‘chatlari, limon ko‘chatlarini xarid qilish hamda ko‘chatlarni shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash
15.
Ekinboplik xulosasi mavjud “in-vitro” sharoitida yetishtirilgan har bir mevali ko‘chatga subsidiya ajratish.
25 ming so‘mgacha
16.
Ekinboplik xulosasi mavjud vegetativ usulda ko‘paytirilgan har bir mevali ko‘chatga subsidiya ajratish.
10 ming so‘mgacha
17.
Ekinboplik xulosasi mavjud uzumning danaksiz va yangi nav ko‘chatlariga subsidiya ajratish.
7,5 ming so‘mgacha
18.
Ekinboplik xulosasi mavjud mahalliy tok ko‘chatlariga subsidiya ajratish.
2,5 ming so‘mgacha
19.
Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga har bir sotix uchun subsidiya ajratish.
300 ming so‘mgacha
20.
Ko‘chatlarni shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash (shpalerning uzunligiga qarab).
50 foizi 70 ming so‘mgacha
ix
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining bir qismini qoplash
21.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalashda sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta mukofotlari xarajatlarining bir qismini qoplash.
50 foiz
III. Soliq imtiyozlari
22.
Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan sanoatlashgan bog‘larda burg‘ilangan quduqlardan olingan suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasini besh yil muddatga pasaytirish.
1 so‘m
23.
Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar) uchun besh yil muddatga kamaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash.
Soliq stavkasining 50 foizi
Izoh: Tashabbuskorlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa qo‘llab-quvvatlash choralaridan ham foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoniga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-84-son Farmoni 6-bandida:
(i) birinchi xatboshidagi “2024-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — tovar xomashyo birjalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga” so‘zlari “tovar-xomashyo birjalarining axborot tizimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iii) to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” so‘zlari “tovar-xomashyo birjalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) “v” kichik banddagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga” so‘zlari “tovar-xomashyo birjalarining axborot tizimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining ma’lumotnomasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ ma’lumotnomalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son Farmonida:
(i) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2026-yil 1-iyuldan boshlab yer egalarining 5 gektar va undan ortiq yer uchastkalarida yangi bog‘larni barpo etish ularning murojaatlari bo‘yicha va takliflari asosida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladigan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq yer egalarining o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi”;
“7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi yoki Agentlik tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog‘ va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog‘ va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 3 baravarga oshirish, 24 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog‘ va tokzorlar joylashgan maydonlarda suv olishni taqiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni 18-bandidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-842-son qarorida:
“Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda chigitni qayta ishlashdan olinadigan shrot va sheluxa “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ orqali to‘la-to‘kis ichki bozor hamda eksportga sotilishi kerak”;
(b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4015-son qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar xom ashyo birjasidagi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5011-son qarori 6-bandida:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalarining ro‘yxatini tasdiqlab, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga (keyingi o‘rinlarda — tovar xomashyo birjalari) kiritsin va ushbu ro‘yxatni zarur hollarda yangilab borsin”;
(b) to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining ma’lumotnomasi” so‘zlari “tovar xomashyo birjalarining ma’lumotnomalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-430-son qarorida:
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “2027-yil 1-dekabrga qadar faqat O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” so‘zlari “faqat “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Vazirlik va idoralar o‘zlariga tegishli axborot tizimlarining “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJning so‘rovlariga muvofiq ularning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-452-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi AJga” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 392-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “Respublika tovar-xom ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi “Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 845-son qarorida:
(a) 1-banddagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) 11-banddagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “V bosqich” bo‘limidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ullar” ustunining “V bosqich” bo‘limidagi “O‘zRTXB” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Qorako‘lchilik bilan shug‘ullanadigan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qo‘y terisi, qorako‘l terisi va junni xarid qilish, shuningdek, ularga ozuqa maqsadlari uchun omixta yem, arpa doni, paxta shroti va sheluxasini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi” AJga” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, mazkur Nizom talablariga muvofiq “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga qimmatbaho metallarni sotishga ruxsat beriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi 834-son qarori bilan tasdiqlangan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
(a) 3-bandning “g” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) ilovaning “Subyektlar” ustunining “1-bosqich” bo‘limidagi “O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-son qarorida:
(a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytida” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 777-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zRTXBga” so‘zi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallarni birja savdolari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
(a) 12-banddagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) “Tadbirlar” ustunining “4-bosqich” bo‘limidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) “Subyektlar” ustunining “5-bosqich” bo‘limidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi “Mahalliy metiz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 615-son qarori 1-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-oktabrdagi 682-son qarori bilan tasdiqlangan Mis xom ashyosini qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va ularni ro‘yxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron savdo maydonchasida” so‘zlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJning elektron savdo maydonchalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)