toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
SHAXSIY YORDAMCHI, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARIDA CHORVA MOLLAR KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH HAMDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni yanada koʻpaytirish, shu asosda qishloq aholisining bandligi va daromadlarini, goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishini oshirish hamda ichki isteʼmol bozorining toʻldirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
2008—2010-yillardagi davrda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramollar soni koʻpayishining maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2008—2010-yillarda sugʻoriladigan yerlarda yem-xashak ekinlari maydonlarining hisoblab chiqilgan prognozi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmalariga mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tijorat banklarining 4-ilovaga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratishni kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika “Oʻznaslchilik” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, servis punktlari tarmoqlarini tashkil etish yoʻli bilan chorva mollarni sunʼiy urchitish boʻyicha oʻz bazasini yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer va boshqa xoʻjaliklarga, shuningdek, parrandachilik korxonalariga ajratilgan sugʻorma yerlar faqatgina yem-xashak ekinlari ekish uchun moʻljallangan va davlat ehtiyojlari uchun paxta hamda donli ekinlar ekishda foydalanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yem-xashakni yigʻishtirib oladigan texnikani qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga lizing asosida berilishini tashkil etsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
“Oʻzdonmahsulot” AK 5-ilovadagi prognoz hajmlariga muvofiq fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolayotgan, chorvachilik uchun toʻlaqonli omuxta yem ishlab chiqarishning oshirilishini taʼminlaydigan omuxta yem sanoatini modernizatsiya qilish va qoʻshimcha don resurslari xarid qilishni tashkil etishning aniq chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 31-maydagi PQ-360-sonli qarori 3 va 4-bandlari, shuningdek, mazkur qarorning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda chigitni qayta ishlashdan olinadigan shrot va sheluxa “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ orqali toʻla-toʻkis ichki bozor hamda eksportga sotilishi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Yem, shu bilan birga shrot va sheluxaning eksportga sotilishi erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari kompleksi (Sh.M. Mirziyoyev):
bir oy muddatda yem-xashak, jumladan, shrot va sheluxa sotishga ixtisoslashtirilgan punktlar tarmogʻini inventarizatsiyadan oʻtkazsin, bunda ularning viloyatlar, tumanlar va aholi punktlari boʻyicha oqilona joylashtirilishini, yem-xashak isteʼmolchilari — fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari egalarining ulardan keng foydalanishi taʼminlanishini nazarda tutsin;
inventarizatsiya natijalariga koʻra, viloyat va tumanlar doirasida yem-xashak, shu jumladan omuxta yem, shrot va sheluxa sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan yagona punktlar tarmogʻini kengaytirish va oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur ixtisoslashtirilgan yagona punktlar negizida tuman va viloyat birlashmalari tashkil etilsin. Ushbu birlashmalar zimmasiga “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ ochiq birja savdolari orqali yem-xashak, jumladan, omuxta yem, shrot, sheluxa va boshqalar xarid qilinishi, ularning yetkazib berilishi hamda fermerlar va aholiga sotilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqorida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni bajarish yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” AK va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
2008-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha ushbu ishlar natijalari Vazirlar Mahkamasining majlisida muhokama qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat Bosh veterinariya boshqarmasi zooveterinariya punktlarini, kamida 10 yil mobaynida ularning faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirmaslik sharti bilan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati zooveterinariya xizmati koʻrsatish korxonalari uchun zootexnik va laboratoriya jihozlari lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlasin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagilar 2014-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda, istisno tariqasida:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
zooveterinariya punktlari — korxonani roʻyxatga olishda va veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berishda davlat boji toʻlashdan;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq 8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarini amal qilishi 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xoʻjaliklari va chorvachilik fermalari — chorvachilik mahsulotlarini, jumladan, uning qayta ishlangan mahsulotini sotish tushumidan davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi ommaviy axborot vositalarida chorvachilikni rivojlantirish hamda uni yuritish, mahsuldor mollarni yaratish va boqishning zamonaviy usullari, qishloqda chorvachilikning bozor infratuzilmasini kengaytirish ilgʻor tajribasini targʻib etish masalalarini yoritish boʻyicha maxsus dasturlar va ruknlar tashkil etsin.
 LexUZ sharhi
9-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-aprel,
PQ-842-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
1-ILOVA
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Moliyalashtirish manbalari

I. Naslchilik ishini takomillashtirish

1.

Yirik shoxli qoramollarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan naslchilik xoʻjaliklarini sof zotli naslli mollar bosh soni va ularning mahsuldorligi boʻyicha belgilangan talablarga mosligi yuzasidan inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2008-yil 1-iyungacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Naslchilik ishi inspeksiyasining oʻz mablagʻlari

2.

Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish: naslli chorvalarning genofondini yaratish, yangilab borish va muhofaza qilish, naslchilik ishlab chiqaruvchilarining urugʻliklarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zamonaviy uskunalarni xarid qilish; naslchilik ishi boʻyicha chorvachilik xoʻjaliklariga servis xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish, nasldor qoramollarni sotish, chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirishning ilgʻor texnologiyalarini joriy qilish.

2008-yil 1-iyungacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻznaslchilik” respublika korxonasi, TIAISV

3.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻznaslchilik” respublika korxonasi bazasida naslli buqalarning qattiq muzlatilgan urugʻlarini ishlab chiqarish ishlarini tashkil qilish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻznaslchilik” respublika korxonasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

Grant mablagʻlarini jalb qilish hamda tijorat banklari kreditlari

4.

“Oʻznaslchilik” respublika korxonasi uchun rayonlashtirilgan 20 bosh naslli buqalarni hamda zarur uskunalar va texnikalarni olib kelish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, tijorat banklari

Grant mablagʻlarini jalb qilish hamda tijorat banklari kreditlari

5.

Naslli buqalarning urugʻlarini saqlash hamda naslchilik chorvachilik xoʻjaliklari va zooveterinar punktlarni doimiy ravishda taʼminlab turish uchun “Oʻznaslchilik” respublika korxonasining hududiy filiallarini tashkil qilish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻznaslchilik” respublika korxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tijorat banklari kreditlari hamda korxonaning oʻz mablagʻlari

6.

“Oʻznaslchilik” respublika korxonasi bazasida sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha texniklar va veterinar mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha doimiy kurslarni tashkil qilish.

Har yili II chorakda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻznaslchilik” respublika korxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalar va xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (har bir hududda kamida ikkita) olingan nasllarni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga sotish uchun sut yoʻnalishidagi nasldor echkilarni koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarni, ularni saqlash uchun sugʻoriladigan va yaylov yerlarni ajratib bergan holda tashkil etish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari

Xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari

8.

Respublikaning har bir qishloq tumanida ikkitadan parrandachilik fermalarini tashkil qilish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari

Korxonalar va xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari

II. Ozuqa ishlab chiqarishni rivojlantirish

9.

Ozuqabop ekinlarga moʻljallangan yerlar va ulardan amalda foydalanilishini invetarizatsiyadan oʻtkazish.

2008-yil 15-maygacha

Davergeodezkadastr, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalar va xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari

Belgilangan vazifadan hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva mollari uchun sersuv ozuqaga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, ozuqabop ekinlar ekilishini kengaytirish.

Har yili

10.

Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2008-yil 15-maygacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari

Hududlarda ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish.

2008-yil davomida

11.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar tomonidan ozuqabop ekinlar, arpa va makkajoʻxorining hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga nisbatan moslashgan va hosildorligi yuqori boʻlgan navlarini yetarli hajmlarda yetishtirish yuzasidan seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2008-yil II chorak

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

12.

Boshoqli don ekinlarini joylashtirishda har yili davlat ehtiyoji uchun kamida 100 ming tonna hajmda xarid qilishni taʼminlash maqsadida arpa yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish.

Har yili

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Yaylov joylarda efemer oʻsimliklarni saqlash va ularning hosildorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili 1-martgacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Yerdan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari

14.

Oʻzi ishlab chiqargan ozuqaga boʻlgan ehtiyojning taʼminlanishini har yili oshirib borishni hisobga olgan holda sifatli omuxta yem ishlab chiqarish uchun xom ashyo va komponentlarni xarid qilishni ?ashkillashtirish.

Har yili

“Oʻzdonmahsulot” AK, omuxta yem sanoati korxonalari, tijorat banklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

Korxonalarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari

15.

Omuxta yem ishlab chiqarishni koʻpaytirish va birinchi galda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida fermer xoʻjaliklari tomonidan davlat ehtiyoji uchun don sotish boʻyicha majburiyatni bajargandan soʻng boshoqli don ekinlarining oʻzlarida qolgan qismini shartnoma asosida sotishni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili 1-dekabrgacha

“Oʻzdonmahsulot” AK, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalarning oʻz mablagʻlari

III. Veterinar xizmat koʻrsatishni yaxshilash

16.

Quyidagilarni aniqlash yuzasidan zooveterinariya punktlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish:

2008-yil 1-maygacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining oʻz mablagʻlari

respublikadagi barcha hududlarning chorvachilik boʻyicha zooveterinariya xizmatlari bilan qamrab olinganligi;

ular tomonidan, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi, turlari va sifati;

zarur asbob-uskunalar va mutaxassislar bilan taʼminlanganlik darajasi.

17.

Respublika va hududiy veterinariya laboratoriyalarini, zooveterinariya punktlarini zamonaviy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash.

Zooveterinariya punktlarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

2008 — 2012-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalarning oʻz mablagʻlari, grant mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa jalb qilingan, shu jumladan xorijiy moliya institutlarining qarz mablagʻlari

18.

Respublikada zooveterinariya inventarlari va uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi zooveterinariya punktlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Investorlar mablagʻlari

20.

Xususiy zooveterinariya punktlari uchun litsenziya olish shartlarini soddalashtirish qismida qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga litsenziya berish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash.

2008-yil II chorak

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, Adliya vazirligi

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
2-ILOVA
2008 — 2010-yillardagi davrda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramollar soni koʻpayishining maqsadli parametrlari (yil yakuniga)

(ming bosh)

2007-yil (amalda)

2008-yil

2009-yil

2010-yil

2010-yilda oʻsish 2007-yilga nisbatan

ming bosh

foizlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

598,3

658,0

705,0

770,0

171,7

128,7

viloyatlar:

Andijon viloyati

555,0

597,0

649,0

682,0

127,0

122,9

Buxoro viloyati

650,3

672,0

705,0

770,0

119,7

118,4

Jizzax viloyati

480,7

499,0

526,0

579,0

98,3

120,4

Qashqadaryo viloyati

726,1

813,0

867,0

930,0

203,9

128,1

Navoiy viloyati

239,4

246,0

259,0

285,0

45,6

119,0

Namangan viloyati

404,1

444,0

477,0

511,0

106,9

126,5

Samarqand viloyati

1002,1

1050,0

1110,0

1190,0

187,9

118,8

Surxondaryo viloyati

519,5

571,0

628,0

672,0

152,5

129,4

Sirdaryo viloyati

209,5

220,0

230,0

256,0

46,5

122,2

Toshkent viloyati

436,4

477,0

514,0

549,0

112,6

125,8

Fargʻona viloyati

540,9

575,0

620,0

670,0

129,1

123,9

Xorazm viloyati

582,3

632,0

682,0

735,0

152,7

126,2

Jami

6944,6

7454,0

7972,0

8599,0

1654,4

123,8

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
3-ILOVA
2008 — 2010-yillarda sugʻoriladigan yerlarda yem-xashak ekinlari maydonlarining hisoblab chiqilgan prognozi

(ming gektar)

2007-yil (amalda)

2008-yil

2009-yil

2010-yil

2010-yilda oʻsish 2007-yilga nisbatan

ming ga

foizlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

24,3

25,0

26,0

27,0

2,7

111,1

viloyatlar:

Andijon viloyati

10,4

13,0

13,5

14,0

3,6

134,6

Buxoro viloyati

13,6

17,4

17,5

17,8

4,2

130,9

Jizzax viloyati

32,7

33,0

33,5

33,8

1,1

103,4

Qashqadaryo viloyati

23,1

43,2

43,5

44,0

20,9

190,5

Navoiy viloyati

9,4

9,5

9,7

10,0

0,6

106,4

Namangan viloyati

13,2

13,5

13,8

14,0

0,8

106,1

Samarqand viloyati

53,1

53,5

54,0

55,0

1,9

103,6

Surxondaryo viloyati

9,7

10,0

10,2

10,5

0,8

108,2

Sirdaryo viloyati

11,6

11,8

12,0

12,1

0,5

104,3

Toshkent viloyati

37,6

37,9

38,2

38,5

0,9

102,4

Fargʻona viloyati

24,7

25,0

25,2

25,5

0,8

103,2

Xorazm viloyati

26,9

27,2

27,5

27,8

0,9

103,3

Jami

290,3

320,0

324,6

330,0

39,7

113,7

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
4-ILOVA
2008 — 2010-yillarda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratishning prognoz
HAJMLARI

(mlrd soʻm)

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Jami

shu jumladan:

jami

shu jumladan:

jami

shu jumladan:

Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi

tijorat banklari

Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi

tijorat banklari

Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi

tijorat banklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1,3

0,5

0,8

1,4

0,5

0,9

1,6

0,5

1,1

viloyatlar:

Andijon viloyati

3,6

1

2,6

4,0

1

3,0

4,2

1

3,2

Buxoro viloyati

2,9

0,5

2,4

3,4

0,5

2,9

3,5

0,5

3,0

Jizzax viloyati

1,6

0,3

1,3

1,7

0,3

1,4

1,9

0,4

1,5

Qashqadaryo viloyati

4,5

0,6

3,9

4,5

0,6

3,9

4,9

0,6

4,3

Navoiy viloyati

1,1

0,2

0,9

1,3

0,3

1,0

1,4

0,3

1,1

Namangan viloyati

2,4

0,8

1,6

3,3

0,8

2,5

3,6

0,8

2,8

Samarqand viloyati

4,3

0,5

3,8

4,7

0,5

4,2

5,3

0,5

4,8

Surxondaryo viloyati

3,5

0,6

2,9

3,8

0,6

3,2

4,0

0,6

3,4

Sirdaryo viloyati

1,1

0,2

0,9

1,4

0,3

1,1

1,6

0,3

1,3

Toshkent viloyati

2,5

0,6

1,9

3,5

0,7

2,8

3,7

0,7

3,0

Fargʻona viloyati

2,9

0,8

2,1

6,0

0,9

5,1

6,2

0,9

5,3

Xorazm viloyati

2,5

0,6

1,9

2,7

0,6

2,1

2,9

0,7

2,2

Jami

34,2

7,2

27,0

41,7

7,6

34,1

44,8

7,8

37,0

 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
5-ILOVA
2008 — 2010-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalarida omuxta yem ishlab chiqarishning prognoz
HAJMLARI

(ming tonna)

Omuxta yem ishlab chiqarishning yillar kesimidagi hajmi

2007-yil, amalda

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

38,5

48,5

54

64

viloyatlar:

Andijon viloyati

47,5

53

65

75

Buxoro viloyati

31,2

37

40

48

Jizzax viloyati

37,8

46

62

66

Qashqadaryo viloyati

53,4

67

70

74

Navoiy viloyati

31,8

35

40

45

Namangan viloyati

45,5

54

64

74

Samarqand viloyati

78,7

83

90

103

Surxondaryo viloyati

47,1

50

53,5

60

Sirdaryo viloyati

15,6

25

35

42

Toshkent viloyati

79,6

91

100

110

Fargʻona viloyati

61,9

65

80

86

Xorazm viloyati

31,8

42

50

53

Jami

600,4

696,5

803,5

900

 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi “Paxta xom ashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 93-sonli qarorining 7-bandi. (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 16-modda).
 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 130-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda, 50-son, 512-modda, 52-son, 561-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)