T/r | Hududlar nomi | Yer maydoni oʻlchami, (gektar)** |
Jami | 100 178,5 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 38 486,4 |
2. | Andijon viloyati | 2 748,6 |
3. | Buxoro viloyati | 3 302,0 |
4. | Jizzax viloyati | 6 939,5 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 17 578,1 |
6. | Navoiy viloyati | 1 355,8 |
7. | Namangan viloyati | 2 245,9 |
8. | Samarqand viloyati | 4 485,6 |
9. | Sirdaryo viloyati | 3 197,8 |
10. | Surxondaryo viloyati | 7 643,3 |
11. | Toshkent viloyati | 6 353,6 |
12. | Fargʻona viloyati | 2 201,5 |
13. | Xorazm viloyati | 3 640,6 |
T/r | Hududlar nomi | Elektron tanlov gʻolibi tomonidan yer uchastkasining normativ (boshlangʻich) qiymatining 4 barobaridan yuqori (noreal) mablagʻ koʻrsatilgan holatlar* | |
Lotlar soni | Yer maydoni oʻlchami, (gektar) | ||
Jami | 1 456 | 80 815,5 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 141 | 9 981,1 |
2. | Andijon viloyati | 31 | 2 711,6 |
3. | Buxoro viloyati | 95 | 11 800,5 |
4. | Jizzax viloyati | 180 | 10 006,7 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 48 | 1 629,8 |
6. | Navoiy viloyati | 19 | 2 339,7 |
7. | Namangan viloyati | 122 | 3 795,0 |
8. | Samarqand viloyati | 146 | 5 801,2 |
9. | Sirdaryo viloyati | 106 | 3 952,7 |
10. | Surxondaryo viloyati | 212 | 10 278,4 |
11. | Toshkent viloyati | 183 | 14 051,5 |
12. | Fargʻona viloyati | 80 | 1 947,2 |
13. | Xorazm viloyati | 93 | 2 520,0 |
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish | |||||
1. | Tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida boʻsh turgan hamda auksion savdosi davom etayotgan va sugʻorish imkoniyati mavjud boʻlgan dastlab 100 ming gektar, keyingi yildan boshlab barcha turdagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqarish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlariga asosan yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining tuman (shahar)lar va konturlar kesimida manzilli roʻyxatini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 10-may, keyingi yildan boshlab doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkalarini yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-oktabr, doimiy | |||
3. Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish ixtisosligi belgilangan holda auksion savdolariga chiqarilib, sotilmay turgan yer uchastkalarini yangi tizim asosida qayta auksion savdolariga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-iyun | |||
4. Auksion tartiblarida quyidagilarni nazarda tutish: (a) lotlarni shakllantirishda yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sugʻorish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda belgilash; (b) mahalliy ijro hokimiyati organlarining taklifi asosida sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil qilish va yirik chorvachilik loyihalari uchun 50 gektardan 500 gektargacha oʻlchamdagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish; (v) har bir lot hujjatida, keyinchalik esa yer uchastkasining ijara shartnomasida quyidagilarni majburiy ravishda koʻrsatish: yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali; tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, oʻrganilgan vaqti; almashlab ekish tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekin turlari; suv bilan taʼminlash usullari; dala chetida (muhofaza zonasidan tashqari) 20 sotixdan koʻp boʻlmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar joylashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
2. | Yer uchastkalarini yangidan oʻzlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va suv taʼminotini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi” MCHJlar (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan yer uchastkalarining suv taʼminotini yaxshilash, yangidan oʻzlashtirish, qayta foydalanishga kiritishga qaratilgan dastur (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 15-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
2. Dasturni shakllantirishda yerlarning suv taʼminotini yaxshilash, yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun zarur boʻlgan suv hajmi shu hududdagi mavjud suv resurslari balansiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi toʻgʻrisida Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli xulosasini olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-iyun | |||
3. Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning manzilli roʻyxati va ularni moliyalashtirish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 10-iyun | |||
4. Tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh turgan holda yangidan oʻzlashtirilgan, qayta foydalanishga kiritilgan va suv taʼminoti yaxshilangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-oktabr | |||
3. | Yer uchastkalarini yangidan oʻzlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va suv taʼminotini yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish. | Yer uchastkalarini yangidan oʻzlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va suv taʼminotini yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga budjet ssudalarini ajratish boʻyicha takliflarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ikki oy muddatda | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
II. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik investitsiya loyihalariga yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini soddalashtirish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish | |||||
4. | Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish. | Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihalariga Direksiyalar orqali ikkilamchi ijaraga berish tizimini joriy qilish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan loyihalar uchun zarur boʻlgan yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish sharti bilan boʻz, lalmi va yaylov yerlarini Direksiya tomonidan xorijiy investorga har yili shartnoma muddatini uzaytirgan holda ikkilamchi ijaraga berish; (b) yer uchastkasi boʻyicha har yilgi yer soligʻi summasining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdordagi ikkilamchi ijara toʻlovlarini Direksiyaga hamda ijaraga olish huquqining baholangan qiymatidagi mablagʻlarni tuman (shahar) mahalliy budjetlariga toʻlash; (v) ikkilamchi ijaraga berilgan yer uchastkalarini yangidan oʻzlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va ulardan foydalanish holati yuzasidan yiliga ikki marta har kalendar yil yakuniga qadar kosmik monitoring oʻtkazish va boshqalar. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Ikki oy muddatda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
5. | Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish Direksiyalari faoliyatini takomillashtirish. | 1. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzurida “Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir hafta muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Yangi tashkil etiladigan Direksiyalarga belgilangan tartibda malakali mutaxassislarni jalb qilish va doimiy ravishda ularning malakasini oshirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
3. Yangi tizim asosida ijaraga berilgan yer maydonlarining sugʻorish tizimlarini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, texnikalar harakati uchun ichki xoʻjalik yoʻllarining holatini yaxshilash boʻyicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning manzilli dasturini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarga yerdan foydalanish boʻyicha koʻmaklashish va ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borish hamda samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
5. Direksiyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ularni Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan xizmat avtomashinalari bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | |||
6. | Direksiyalar tomonidan yangi tizim asosida ijaraga berilgan 3,1 ming gektar yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash choralarini koʻrish. | 1. Suv taʼminoti yaxshilanadigan yer uchastkalarining roʻyxatini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Qurilish-pudrat tashkilotini aniqlash. | 2026-yil iyul | ||||
4. Direksiya mablagʻlari hisobidan sugʻorish taʼminotini yaxshilash tadbirlariga zarur mablagʻlarni ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul — oktabr | |||
5. Qurilish-pudrat ishlarini yakuniga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | |||
7. | Toshkent viloyati Toshkent tumanida 504 gektar va Zangiota tumanida 834 gektar yuridik shaxslarga qarashli yer uchastkalari hamda 2 ming nafardan ortiq aholi tomorqa yerlarining suv taʼminotini yaxshilash. | 1. Toshkent tumanida joylashgan “Ramadon” nasos stansiyasining 2 ta nasos agregatlarini yangilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Toshkent viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “Ramadon” nasos stansiyasidan Toʻlabek hududiga suv olib boruvchi “M-1” kanalining 5,7 km qismini tozalash, kanalning 0,8 km qismini betonlashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | |||
3. Ushbu tadbirlarni Direksiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may-iyun | |||
8. | Namangan viloyati Pop tumani Qoʻshminor mahallasi hududida yangi tizim asosida ijaraga berilgan 467 gektar yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash hamda sanoatlashgan intensiv bogʻ plantatsiyalarini tashkil etish. | 1. Yer maydonlariga yerosti suvlarini chiqarish maqsadida yerosti suv zaxiralarining mavjudligi toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarning xulosasini olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Namangan viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Tik quduq qazish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchi tashkilotlarni aniqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | |||
3. Tik quduq qazish ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | |||
4. Dala maydonlariga olib boradigan yoʻllarni taʼmirlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | |||
5. Sanoatlashgan intensiv bogʻ plantatsiyalarini barpo qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | |||
III. Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini sotib olish va nobudgarchilik boʻyicha toʻlovlarni undirish | |||||
9. | Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini sotib olish hamda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi boʻyicha hisoblangan toʻlovlar undirilishini tashkil etish. | Yer uchastkalarining ijara huquqini sotib olish boʻyicha hisoblangan va nobudgarchilik toʻlovlarini undirish reja-grafigini ishlab chiqish. Bunda: (a) qarzdorlar roʻyxatini shakllantirish, bunda Soliq qoʻmitasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda oʻz maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali toʻlovlar boʻyicha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun shaxsiy kartochka hamda toʻlovlarning aniq hisobini yuritish; (b) qarzdorlardan qarzdorlikni amalga oshirish shartlariga muvofiq toʻlovlarni undirish choralarini koʻrish; (v) undirilgan mablagʻlarni mahalliy budjetlarga va qonunchilikda belgilangan manbalarga yoʻnaltirish; (g) toʻlovlarni undirishga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliq qarzini undirish qoidalarini qoʻllash. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
IV. Sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash | |||||
10. | Yangi tizim asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida sanoatlashgan plantatsiyalarni tashkil etish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida 5 tadan sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etiladigan hududlarni aniqlash. 2. Barpo etiladigan intensiv bogʻ, tokzor, anorzor, yengil konstruksiyali issiqxona, rezavor, gulchilik, koʻchatchilik va sabzavotchilik plantatsiyalarini mazkur Farmonda nazarda tutilgan instrumentlar orqali qoʻllab-quvvatlash. 3. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. 4. Mahsulotni saqlash va sotish zanjirini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
11. | Sanoatlashgan plantatsiyalar barpo etiladigan yer maydonlarining infratuzilma tarmoqlarini yaxshilashga koʻmaklashish. | 1. Direksiyalar tomonidan tanlanadigan sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etiladigan yer uchastkalari sugʻorish tizimlarini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 1,5 mlrd soʻmdan oshmagan qismini Direksiya mablagʻlari hamda yer uchastkalarini ijaraga berishdan va nobudgarchilik toʻlovlaridan mahalliy budjetlarga tushadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish. 2. Sanoat plantatsiyalarida yuqori daromadli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
V. Yer munosabatlarida milliy manfaatlarni himoya qilish | |||||
12. | Chet ellik investorlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berish tizimini takomillashtirish. | Chet ellik investorlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) yer munosabatlaridagi ustuvorlik — milliy xavfsizlik masalalaridan kelib chiqib, chet elliklarga yer ajratishda qatʼiy qoidalar oʻrnatish; (b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni faqat ikkilamchi ijara asosida ajratish; (v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni auksion orqali ham ijaraga berish va ijara muddatini 49 yil etib belgilash; (g) chet elliklarga mudofaaga moʻljallangan, chegara, tarixiy-madaniy yerlar va oʻrmon fondi yerlarini ijara berishni taqiqlash; (d) chet elliklarga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni qayta ijaraga berish tartibini belgilash va boshqalar. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Bir oy muddatda | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi |
VI. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish | |||||
13. | Oʻzbekistonda iqlimga asoslangan qishloq xoʻjaligiga oʻtish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 1. Ilgʻor xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda Oʻzbekistonda iqlimga asoslangan qishloq xoʻjaligiga oʻtish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: (a) hududlarning iqlim oʻzgarishi taʼsiri (qurgʻoqchilik, suv tanqisligi, harorat oʻzgarishi)ni tahlil qilish; (b) qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining iqlim xavflariga sezgirligini baholash; (v) iqlimga moslashuvchan agrotexnologiyalar (suv tejovchi, qurgʻoqchilikka chidamli ekin navlari, agroekologik usullar)ni joriy etish; (g) suv resurslarini yuqori darajada isteʼmol qiluvchi va past daromadli ekin turlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, ular oʻrniga kam suv talab qiluvchi va ilmiy asoslangan yuqori daromadli muqobil ekinlarni joriy etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 1-oktabrga qadar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
14. | Mavjud suv zaxiralarini real vaqt rejimida kuzatib borish tizimini joriy qilish. | Germaniyaning “Green Central Asia” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “Modsnow” tizimi orqali manbadagi (muzliklar, daryo, soy va boshqa) mavjud suv zaxiralarini real vaqt rejimida kuzatib borishni yoʻlga qoʻyish. Bunda: (a) sunʼiy yoʻldosh (sputnik) maʼlumotlari, sunʼiy intellekt hamda matematik modellashtirish usullari yordamida butun Markaziy Osiyo hududini 500 metrlik katakchalar (GRID)larga boʻlgan holda har bir 500 metrlik hududda shakllanayotgan va mavjud suv zaxiralarini aniqlash; (b) olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflarni shakllantirish; (v) tizimdan foydalanish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirib borish; (g) tizimni ishga tushirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun xorijiy grant mablagʻlarini jalb etish va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil 1-yanvarga qadar | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
15. | Qishloq xoʻjaligida yaratiladigan iqtisodiy qiymatni aniqlashni yoʻlga qoʻyish. | Qishloq xoʻjaligida yaratiladigan iqtisodiy qiymatni (Water productivity) hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda: (a) yer ijarachilari va foydalanuvchilari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ular uchun sarf etilayotgan suv resurslari hajmini tahlil qilish; (b) tahlil natijalaridan kelib chiqib, yer ijarachilari tomonidan 1 metr kub suv sarfidan yaratilayotgan qoʻshilgan qiymatni hisoblash va boshqalar. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil 1-mart | Milliy statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
VII. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini baholash | |||||
16. | Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini (KPI) baholash tartibini ishlab chiqish. | Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini (KPI) baholash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: (a) “Yerdan foydalanish samaradorligini baholash” axborot tizimini ishlab chiqish; (b) axborot tizimini vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish; (v) yer ijarachilari va foydalanuvchilari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, mahsulot yetishtirish holatini tahlil qilish; (g) chorvachilik, parrandachilik va boshqa xoʻjaliklarga ozuqa ekinlari yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalariga xoʻjaliklarda saqlanayotgan chorva mollari bosh sonining tavsiyaviy normalarga mos kelishini tahlil qilish; (d) ijarachilar tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarni statistik, soliq va xoʻjalik hisobotlarida aks ettirish holatlarini tahlil qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 1-oktabrga qadar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi |
17. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga eng maqbul ekin turlarini joylashtirish boʻyicha raqamli agroxarita ishlab chiqish. | 1. Raqamli agroxarita ishlab chiqish boʻyicha Xitoy, Koreya Respublikasi, Germaniya va Ispaniya davlatlariga ularning tajribasini oʻrganish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-iyulga qadar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hokimliklari |
2. Xorijiy tajriba asosida tajriba-sinov tariqasida Fargʻona va Bulungʻur tumanlaridagi qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida har bir kontur boʻyicha tuproq tarkibi, joylashuv relyefi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, soʻnggi oʻn yillikdagi meteorologik va agrotexnik koʻrsatkichlarni tahlil qilib, eng maqbul ekin turlarini joylashtirish boʻyicha raqamli agroxarita ishlab chiqish. 3. Raqamli agroxaritani ishlab chiqishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish. 4. Yaratilgan raqamli agroxarita asosida mahsulot ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini tahlil qilib, uning ijobiy natijalari asosida respublikaning barcha tuman (shahar)larining agroxaritalarini tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-oktabrga qadar | |||
VIII. Farmon mazmun-mohiyatini yoritish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish | |||||
18. | Farmonda belgilangan maqsad va vazifalar hamda asosiy yoʻnalishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan matbuot anjumanini tashkil etish. | 1. Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan matbuot anjumanini tashkil etish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 2. Tadbir davomida Farmonda nazarda tutilgan asosiy masalalar, yaratilayotgan qulayliklar, yangi tartiblar haqida batafsil tushuntirish berish. 3. Matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokini keng taʼminlash. 4. Matbuot anjumanini oʻtkazish, markaziy telekanallar orqali efirga uzatish va keng yoritish. | Matbuot anjumani | 2026-yil may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
19. | Farmonda belgilangan muhim vazifalar mazmun-mohiyatini yoritish. | 1. Farmonda belgilangan eng muhim vazifalarni tushuntirishga qaratilgan maʼlumotlarni tayyorlash. 2. Soha mutaxassislari, taniqli tadbirkorlik subyektlari va fermerlar ishtirokida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. 3. Efirlarni mulohazalar shaklidagi koʻrsatuvlar, debatlar va erkin mustaqil fikrlar shaklida tashkil etish. 4. Farmon mazmun-mohiyatini va afzalliklarini yoritishga qaratilgan dasturlarni praym-taym vaqtlarida efirga uzatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida muntazam | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
20. | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni tushuntirish boʻyicha huquqiy targʻibot materiallari toʻplamini tayyorlash va tarqatish. | 1. Farmon mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan (infografika, tezis, slayd kabi) targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Tayyorlangan materiallarni manfaatdor davlat organlari va tashkilotlariga hamda hududlarga yetkazish. 3. Farmonning aholi va ijrochilar uchun muhim qismlarini xalqchil tilda yorituvchi qisqa axborot-kontentlarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar va OAV orqali keng ommalashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida muntazam | Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
21. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish masalasini tushuntirishga qaratilgan intervyular tashkil etish hamda markaziy va mahalliy OAVlar orqali namoyish etish. | 1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish tartibi mavzusida qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari bilan intervyu tashkil etish. 2. Intervyuni “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali jonli efirga uzatish ishlarini amalga oshirish. 3. Intervyu davomida yangi tizimning afzalliklari, fermerlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yer ajratishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash mexanizmlarini atroflicha yoritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida muntazam | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
22. | Farmonda nazarda tutilgan yangi tartiblarni va imtiyozlarni xalqchil tilda yoritib beruvchi videomateriallar tayyorlash va keng ommalashtirish. | 1. Yangi tartib va imtiyozlarni tushuntirishga qaratilgan targʻibot videomateriallarini tayyorlash. 2. Videomateriallarni tayyorlashda mutasaddi tashkilotlar, iqtisodiy kompleks vakillari, fermerlar va boshqa mutaxassislarni jalb etish. 3. Tayyorlangan turli shakllardagi videomateriallarni ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda keng tarqatish hamda muntazam ravishda OAV orqali yoritib borish. | Videomaterial | 2026-yil davomida muntazam | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
23. | Farmonning mazmun-mohiyatini aholi, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, fermerlar oʻrtasida manzilli tushuntirish tadbirlarini tashkil qilish. | 1. Hududlarda oʻtkaziladigan huquqiy targʻibot tadbirlarida Farmon boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish. 2. Korxona va tashkilotlarda hamda mahallalarda “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun manzilli seminar va tushuntirish ishlarini tashkil qilish. 3. Farmonni tushuntirishga qaratilgan infografika va bukletlarni tarqatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida muntazam | Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
24. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qaytadan bosqichma-bosqich yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqarish masalasini tadbirkorlarga va fuqarolarga tushuntirish boʻyicha joylarda seminarlar tashkil qilish. | 1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qaytadan bosqichma-bosqich yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqarish yuzasidan seminar tadbirlarini tashkil qilish. 2. Tadbirlarni qishloq xoʻjaligi sohasi faollari, iqtisodiy kompleks mutaxassislari, bank va moliya organlari vakillari ishtirokida oʻtkazish. 3. Oʻtkazilgan seminar va davra suhbatlari jarayonlarini OAV orqali yoritib borish. | Seminar | 2026-yil davomida muntazam | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
25. | Hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik investitsiya loyihalariga yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazish. | 1. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik investitsiya loyihalariga yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish masalasida hududlarda davra suhbatlarini tashkil qilish. 2. Davra suhbatlarida manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar, fermerlar va yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini taʼminlash. 3. Tadbir davomida tegishli tartibotlarni tushuntirish, islohotlar mohiyatini ochib berishga alohida eʼtibor qaratish. 4. Oʻtkazilgan davra suhbati tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVlar orqali yoritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida muntazam | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
26. | Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini sotib olish va nobudgarchilik boʻyicha toʻlovlarni undirish hamda sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi islohotlarni aholiga xalqchil tilda yetkazish. | 1. Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini sotib olish va nobudgarchilik boʻyicha toʻlovlarni undirish boʻyicha soha mutaxassislarini jalb qilish. 2. Mutaxassislar tomonidan aholiga xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha radiokontentlar tayyorlash. 3. Masalani yoritib berish yuzasidan radioeshittirish tashkil etish. | Radioeshittirish | 2026-yil davomida muntazam | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
27. | Suv resurslaridan foydalanishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. | 1. Suv resurslaridan foydalanishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. 2. Reja-jadval asosida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. 3. Tashkil qilingan targʻibot-tushuntirish tadbirlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | Reja-jadval | 2026-yil may | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
28. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish masalalari yuzasidan qishloq xoʻjaligi sohasidagi olimlar tomonidan tahliliy maqolalar tayyorlanishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini tashkil etish. | 1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berishning huquqiy, iqtisodiy va amaliy jihatlarini oʻrganish boʻyicha yetakchi olimlar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Olimlar tomonidan ilmiy-amaliy, tahliliy va tushuntirish xususiyatiga ega maqolalar tayyorlanishini tashkil etish. 3. Tayyorlangan maqolalarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etish. | Tahliliy maqolalar | 2026-yil davomida muntazam | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
29. | Farmonda belgilangan tadbirlarning ijrosini monitoring qilish. | Mazkur Farmonda belgilangan tadbirlarni monitoring qilish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Monitoring rejasi | 2026-yil may | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
1. | Sh.M. Gʻaniyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Hukumat komissiyasi raisi |
2. | I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari |
3. | Sh.R. Xamrayev | — | suv xoʻjaligi vaziri |
4. | Lavozimiga koʻra | — | Kadastr agentligi direktori |
5. | Sh.J. Toʻxtaboyev | — | Bosh prokuror oʻrinbosari |
6. | N.M. Rustambekov | — | Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
7. | M.Sh. Istamov | — | adliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
8. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
9. | Lavozimiga koʻra | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
10. | O.A. Pekos | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
11. | J.S. Arashov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
12. | R.P. Yusupov | — | togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari |
13. | S.A. Nishanbayev | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
14. | E.M. Muxitdinov | — | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktori |
15. | T.Yu. Rapikov | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri |
16. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari |
17. | Lavozimiga koʻra | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyati masʼul xodimi, Hukumat komissiyasi kotibi |