1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari hamda tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi S.Q. Eshquvvatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-sentabr,
602-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida qurilish-montaj ishlarining sifati va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno), shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish (xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini koʻrsatish hamda undan foydalanish yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2. Inspeksiya bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobdor boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi;
qisqartirilgan nomi — Qurilish va kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Inspeksiya po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozyaystva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzstroykomxoznadzor;
8. Inspeksiyaning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri Shayxontohur tumani Abay koʻchasi 6-uy.
9. Inspeksiya hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi va ularga umumiy rahbarlik qiladi.
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
a) qurilish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishida va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning foydalanishga qabul qilinishida (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi hamda hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari qoʻllanishining oldini olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudrat tashkilotining ichki nazorat tizimining ishlashi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va monitoring qilish;
yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan shartnoma asosida oʻtkazilishini taʼminlash hamda hududiy inspeksiyalarning sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash, qurilish ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha hamda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari orqali kelib tushgan maʼlumotlarni tahlil qilish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
b) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:
koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik. Bunda koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirgan huquqbuzarlarga tegishli choralar koʻrish faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi;
(10-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va unga tutash yer uchastkalarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash boʻyicha bajarilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining manzilli dasturlariga muvofiqligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishida davlat nazoratini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligi monitoringini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
v) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burgʻilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.04 Suvdan sanoat maqsadlarida va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining texnologik auditdan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni muvofiqlashtirish;
isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) qurilish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
a) tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishida va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning foydalanishga qabul qilinishida (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik subyektlari (buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari) tomonidan qurilish jarayonini qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishida hududiy inspeksiyalar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy inspeksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan qurilish-montaj ishlarining bajarilishida qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha taʼsirchan nazoratni oʻrnatadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilishda qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etishlari yuzasidan nazorat oʻrnatilishida tahliliy maʼlumotlarni yuritadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
b) obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi hamda hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari qoʻllanishining oldini olish boʻyicha:
hududiy inspeksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan qurilish obyektlarida qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati subyektlaridagi loyiha, texnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda oʻrganadi;
qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish boʻyicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
v) buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudrat tashkilotining ichki nazorat tizimining ishlashi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha:
qurilish obyektlarida buyurtmachining texnik, loyiha tashkilotlarida mualliflik va pudrat tashkilotida ichki nazorat amalga oshirilishi boʻyicha hududiy inspeksiyalar faoliyatini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda tegishli mutaxassislar biriktirilgani yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsning shartnoma asosida jalb qilingani hamda ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatga egaligini oʻrganadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
g) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan shartnoma asosida oʻtkazilishini taʼminlash hamda hududiy inspeksiyalarning sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha:
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp kvartirali turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan elektron texnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
hududiy inspeksiyalarda roʻyxatdan oʻtib qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshliligini taʼminlash, zarur hollarda instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilaga bardoshliligini taʼminlash boʻyicha bajarilgan ishlarni oʻrganadi;
hududiy inspeksiyalarning sinov-laboratoriyalarining ish yuritish faoliyatini hamda xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
d) hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash, qurilish ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha hamda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari orqali kelib tushgan maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha:
qurilish-montaj ishlarini boshlash, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibiga rioya etilishini oʻrganadi;
qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlariga mobil videokameralar (bodikamera), maxsus planshetlar va qurilish obyektlaridagi videokameralardan kelib tushgan maʼlumotlarning tezkor tahlil qilingani hamda natijasiga koʻra tegishli choralar koʻrilganligini oʻrganadi;
2) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
a) koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
mavjud koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy taʼsir qiladigan ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalaridan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga amal qilinishini yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni yuritadi;
koʻp kvartirali uylarda va unga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurishga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, jumladan, muhandislik tarmoqlari, koʻp kvartirali uylar uskunalaridan foydalanish, avariya holatlarining bartaraf etilishini tizimli tashkil etish yuzasidan monitoring yuritadi;
b) koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va unga tutash yer uchastkalarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash boʻyicha bajarilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining manzilli dasturlariga muvofiqligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
koʻp kvartirali uylardagi umumiy mulk va unga tutash yer uchastkalarida davlat dasturlari asosida amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining bajarilishini monitoring qiladi;
umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash-tiklash ishlarini tizimli oʻtkazish qoidalariga rioya etilishini oʻrganadi;
v) koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishidagi davlat nazoratini muvofiqlashtirish boʻyicha:
joylar mulkdorlariga hisobotlarning belgilangan shartlar, tartib va muddatlarda berib borilishini monitoring qiladi va ular yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash uchun xizmatlar hamda ishlar shakllantirilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish ishlarini muvofiqlashtiradi;
koʻp kvartirali uylarni “Billing” tizimi orqali boshqarish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, shuningdek, avariya-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish va koʻrsatish choralari taʼminlangani yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat ishlarini muvofiqlashtiradi;
olti oyda bir marta koʻp kvartirali uylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalarning butligini xatlovdan oʻtkazish choralari taʼminlangani ustidan davlat nazoratini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp kvartirali uylarni boshqarish huquqini beruvchi malaka sertifikatining mavjudligini oʻrganish boʻyicha amalga oshiriladigan nazorat tadbirini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
g) koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish, issiqlik va issiq suv taʼminotining uy ichidagi tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish holatini monitoring qiladi va ushbu holat yuzasidan oʻtkaziladigan davlat nazorati tadbirini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik]
uyning isitish asboblarini oʻzboshimchalik bilan demontaj qilish orqali isitish tizimidan uzib qoʻyish holati yuzasidan oʻtkaziladigan davlat nazorati tadbirini muvofiqlashtiradi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash holatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan davlat nazorati ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
uy ichidagi issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv taʼminoti) boshqa maqsadda foydalanish holati yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
uy ichidagi isitish tizimini gidravlik presslashi va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan toʻldirgan holda yuvish ishlari taʼminlanganligini aniqlash yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
isitish tizimidan tarmoq suvining oqishi va chiqib ketishining oldini olishni taʼminlash maqsadida koʻrilgan choralar yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat ishlarini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
d) koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligi monitoringini muvofiqlashtirish boʻyicha:
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligini aniqlash boʻyicha vizual tartibda oʻtkaziladigan xatlov ishlarini muvofiqlashtiradi;
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligi holati yuzasidan oʻtkazilgan xatlov natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.09.00 Uy-joy fondidan yashashga moʻljallangan uylar va yashashga moʻljallangan xonalarni chiqarib tashlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
tahlil natijalariga asosan ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritib boradi;
3) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
a) ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulanishda texnik shartlar talablariga rioya etilishi, shuningdek, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishning oldini olish choralarini koʻradi;
isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanishga oid talablarga amal qilinishini monitoring qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va boshqa inshootlardagi avariyalar bartaraf etilishini, ular yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
ichimlik suvining texnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishining yoʻl qoʻyiladigan normalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan inshootlarda ichimlik suvining texnologik hisobi yuritilishi taʼminlanganligini va hisoblash uskunalari ishlashini nazorat qiladi;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvini yoʻqotishlarning belgilangan meʼyorlariga rioya etilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va belgilangan talablarga javob berishi ustidan nazoratni muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, suvni tozalash, zararsizlantirish uskunalari bilan taʼminlanganligi va belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
b) ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burgʻilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha:
ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suvlaridan foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatadi;
ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
v) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
oqova suvlarni tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida tozalanishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga meʼyordan ortiq ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizganlik va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarining boshqacha tarzda buzilishi holatlariga chora koʻrilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
g) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining texnologik auditdan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni muvofiqlashtirish boʻyicha:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi tarkibidagi obyektlar va tarmoqlarning samaradorligini oshirish (texnik jarayon va energiyani tejash) boʻyicha texnologik auditdan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
d) isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
investitsiya dasturlari va boshqa dasturlar asosida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv obyektlarida amalga oshirilgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari natijasida isteʼmolchilarning suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bilan qamrab olinishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, suv taʼminoti tashkilotlari bilan isteʼmolchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar yoʻlga qoʻyilgani ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni taʼminlaydi.
12. Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda hududiy inspeksiyalar orqali amalga oshiradi.
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
14. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
a) obyektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni tashkil etish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolat doirasiga kiruvchi masalalarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
tadbirkor hamda hududiy inspeksiyalar oʻrtasida shartnoma (ommaviy oferta) tuzilgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlarini shartnoma shartlari doirasida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazmagan holda amalga oshirish;
“xavfni tahlil etish” tizimi doirasida tadbirkorlik subyektlarining qonunchilik hujjatlarini buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
davlat nazoratini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkilotlardan belgilangan tartibda olish;
hududiy inspeksiyalar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni yuritish;
nazorat ishlarini elektron tizim hamda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari orqali tahlil qilish, umumlashtirish va monitoring qilib borish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha hududiy inspeksiyalarga tegishli koʻrsatmalar berish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
oʻz funksional vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarga mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda, uning roziligi asosida koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi bilan birga kirish;
b) oʻtkazilgan tekshirishlarning natijadorligini taʼminlash sohasida:
quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik]
bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv buzilishlar aniqlangan holatlarda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turish va demontaj (buzdirish) ishlarini amalga oshirishni talab qilish boʻyicha;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga va mulkdorlariga koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish hamda uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkasini saqlashga doir talablarning buzilish holatlarini oʻn besh kun muddatda bartaraf etish boʻyicha;
koʻp kvartirali uylarning konstruktiv qismlarining tayanch qobiliyatini hamda zilzilaga bardoshliligini buzadigan, shuningdek, inson hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi hamda tahdid soluvchi oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan oʻzgartirish va rekonstruksiya ishlari aniqlangan hollarda, ularni toʻxtatish va ularning oqibatlarini oʻttiz kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish boʻyicha;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;
yer osti suvlaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer osti suvlarini olishni toʻxtatish yoki bu borada ajratilgan limitni belgilangan tartibda qisqartirish boʻyicha;
Inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻxtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga;
davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish uchun sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ekspert, mutaxassis sifatida ishtirok etishi va xulosalar berishi mumkin;
suv taʼminoti tashkilotlarining “Billing” tizimidagi isteʼmolchilarning manzili va soni, suv hisoblagichlari koʻrsatkichlari, sarflangan suv miqdori va qarzdorlik, oqova suvlarni chiqarish, yangi qamrab olingan isteʼmolchilar toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotlardan foydalanadi;
quyidagi holatlarda sudlarga daʼvo arizalari kiritadi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarga nisbatan koʻp kvartirali uylarni boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;
hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtgan va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya qilmagan holda qurilish ishlarini bajarganlik holati aniqlanganda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish, demontaj yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
oʻtkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar talablari bajarilmagan holatlarda jismoniy yoxud yuridik shaxs faoliyatini qisman yoki toʻliq toʻxtatish yoxud taqiqlash toʻgʻrisida;
inspeksiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
v) faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha samaradorlikni taʼminlash sohasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqadi yoki boshqa vakolatli organlar bilan ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
qurilish sohasida va koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan elektron axborot tizimini tashkil etadi;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari faoliyatini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirishni tashkil etadi;
xorijiy davlatlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish hamda Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlarining xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
xodimlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni va ularning natijalariga koʻra tegishli maxsus guvohnomalar berishni tashkil etadi;
qurilish, uy-joy fondini boshqarish va ichimlik suvi taʼminoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish masalalari boʻyicha oʻquv-seminarlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi.
15. Inspeksiya huquqbuzarlik holati boʻyicha eʼtiroz bildirilganda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, qonunchilik hujjatlarining buzilishiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
16. Koʻp kvartirali turar joyni noturar joy toifasiga yoki koʻp kvartirali noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berishda xulosa beradi.
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, qurilish, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati sohasida davlat nazoratini samarali amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasiga Inspeksiya tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati va pirovard natijalari uchun javobgardir.
4-bob. Inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
18. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
boshliq oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining vakolatlarini belgilash va vazifalarini taqsimlash;
Inspeksiya faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Inspeksiyaning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, ularni Vazirlar Mahkamasining rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
6.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
7.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
8.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Inspeksiya rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Inspeksiya xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Inspeksiya nomidan ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Inspeksiya rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Inspeksiya Hayʼat majlislarida raislik qilish;
qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaxslari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash;
hududiy inspeksiyalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning hisobotlarini Inspeksiya majlislarida eshitish, yakunlari boʻyicha, zarur hollarda, ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Inspeksiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda belgilash hamda ularga Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish;
Inspeksiya xodimlarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
Inspeksiya mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Inspeksiyaning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Inspeksiya xodimlariga vazifalarni yuklash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, boshliq oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Inspeksiyaning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Inspeksiyaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (viza qoʻyilishi) taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Inspeksiya shtat birliklari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash, zaruratga koʻra ularga shtat birliklarining umumiy cheklangan sonidan chiqmagan holda oʻzgartirish kiritish;
Inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va hududiy inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda Inspeksiyaning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
19. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlarining oʻzlari mutasaddilik qiladigan sohalar boʻyicha asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.15.00 Bir yoʻla bir necha kasbda ishlash]
Inspeksiya boshligʻi muayyan sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning vazifalarini bajarish;
Inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Inspeksiya faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Inspeksiya boshligʻining qonunchilik doirasidagi buyruq hamda topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
Inspeksiyaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Inspeksiya boshligʻiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik boʻyicha tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Inspeksiya rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Inspeksiya xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritish;
Inspeksiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Inspeksiya boshligʻiga kiritish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan sohani rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5-bob. Inspeksiya rahbarlarining javobgarligi
20. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Inspeksiyaning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
21. Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlari:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
22. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
23. Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
24. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
oʻrinbosarlar oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlaydi, xodimlar oʻrtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, hududiy inspeksiyalar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Inspeksiya markaziy apparati xodimlari, hududiy inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
hududiy inspeksiyalarning komplayens-nazorat boʻyicha mutaxassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
malakali xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni shartnomaviy-huquqiy asosda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda jalb qiladi;
hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga moddiy-texnik bazasini tashkil etish va rivojlantirishda koʻmaklashadi;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi hamda ularning bajarilishi nazoratini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
laboratoriya va binolarni texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmatlari qiymatini aniqlash metodikasini tasdiqlaydi;
hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtgan obyektlar sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda, hududiy inspeksiyalar tuzilmasi va shtat birliklari normativlarini tasdiqlaydi;
hududiy inspeksiyalarning xarajatlar smetasini kelishadi;
hududiy inspeksiyalarning koʻrsatadigan xizmatlaridan oladigan daromadlari hisobidan Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilaydi;
zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Inspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek, hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida koʻrsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadlarini qayta taqsimlaydi.
Inspeksiya boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25. Inspeksiya boshligʻi boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari Inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa Inspeksiya boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
7-bob. Inspeksiya hayʼati
26. Hayʼat Inspeksiyaning kollegial organi hisoblanib, Inspeksiya boshligʻi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozim boʻyicha), shuningdek, Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
27. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Inspeksiya vazifalarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Inspeksiya faoliyati bilan bogʻliq dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni oʻz vakolatlari doirasida bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Inspeksiya tarkibiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Inspeksiya rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat, shuningdek, Inspeksiya vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
28. Inspeksiya boshligʻining qarori bilan quyidagilar:
hayʼat ish rejalari va belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari;
takliflar tashabbusi bilan chiqish, loyihalarni boshlash va hisobot berish tartiblari;
hayʼatning faoliyatini samarali taʼminlash uchun Inspeksiya masʼul tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari tasdiqlanishi mumkin.
29. Hayʼat yigʻilishiga Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
30. Hayʼat majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Hayʼat qarorlari oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
31. Inspeksiya boshligʻi va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Inspeksiya boshligʻi ushbu kelishmovchiliklar xususida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
32. Hayʼat oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlar, hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
33. Hayʼat qarorlari Hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Inspeksiya buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
34. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
35. Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
36. Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qoʻllash tartibi]
Inspeksiya rahbarlari va xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
37. Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
38. Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi;
xarajatlar smetasi asosida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
homiylik mablagʻlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
39. Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlashni moliyalashtirishda respublika budjetidan quyidagilar nazarda tutiladi:
a) yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda lavozim maoshini hisoblashda, tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorida qoʻllanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
b) 40 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentni hisobga olgan holda ustama haq;
v) yilda bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
g) yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;
d) 15 foizlik moddiy ragʻbatlantirish fondi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
e) Inspeksiya boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi hamda boshqa xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun har oylik qoʻshimcha ustama haqi:
2 yildan 5 yilgacha — 10 foiz miqdorida;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz miqdorida;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz miqdorida;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz miqdorida;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz miqdorida;
25 yil va undan ortiq — 60 foiz miqdorida.
40. Inspeksiya xodimlarining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan mehnatiga haq toʻlashda lavozim maoshlariga ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar quyidagilardan iborat:
a) quyidagi miqdorlardagi har oylik ustama haqlardan:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan 40-band “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisining chiqarilish sansi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
inspeksiya xodimlariga mehnat faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) natijalariga koʻra qabul qilinadigan Inspeksiya boshligʻi buyrugʻiga asosan tayinlanadigan 200 foizgacha har oylik belgilanadigan qoʻshimcha ustama toʻlovi;
lavozim maoshiga (jamoa shartnomasida belgilangan miqdorda) shaxsiy ustama;
b) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ragʻbatlantiruvchi, mukofot, kompensatsiya va boshqa toʻlovlardan:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
mehnat qonunchiligida belgilangan bayram sanalari munosabati bilan xodim lavozim maoshining ikki baravarigacha miqdorda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda yoʻl transporti xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno) hamda xodimlarning ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda kompensatsiya toʻlovlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
zarur hollarda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida (xodimning davolanishi, yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli;
xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda toʻlov;
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan 40-band “b” kichik bandi oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
v) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda quyidagilarni oʻz ichiga oladigan moddiy yordam va boshqa toʻlovlardan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.04 Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni toʻlash]
xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi boʻlganlar shaxslarni — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda boʻlmaganda va farzandlari boʻlmagan hollarda, xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.
Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan Inspeksiya rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish yoki oilasi ogʻir moddiy ahvolda boʻlsa).
41. Davlat budjetidan va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar oshirilgan tarif va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda toʻlanadi.
42. Inspeksiya xodimlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Inspeksiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Hududiy inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida qurilish-montaj ishlarining sifati va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno), shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish (xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini koʻrsatish hamda foydalanish yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Hududiy inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tarkibiga kiradi va boʻysunadi hamda oʻz faoliyati yuzasidan hisobdor boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Hududiy inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Inspeksiyaning buyruqlari, qarorlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Hududiy inspeksiya oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Hududiy inspeksiya xoʻjalik hisobidagi tashkilot hisoblanadi.
6. Hududiy inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Hududiy inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi;
qisqartirilgan nomi — Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Territorialnaya inspeksiya Inspeksii po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozyaystva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Territorialnaya inspeksiya po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozyaystva.
2-bob. Hududiy inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Hududiy inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
a) qurilish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
Hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan, tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishida va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning foydalanishga qabul qilinishida (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini tanlab amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi hamda hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari qoʻllanishining oldini olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudrat tashkilotining ichki nazorat tizimining ishlashi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yangi qurilayotgan bino va inshootlarni seysmik jihatdan texnik baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan shartnoma asosida oʻtkazilishini taʼminlash hamda sinov laboratoriyalari faoliyatini amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga ruxsat berish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
b) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
koʻp kvartirali uy-joy fondidagi umumiy mulk va unga tutash yer uchastkalarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash boʻyicha bajarilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining manzilli dasturlarga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishidagi davlat nazoratini taʼminlash;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
v) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burgʻilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.04 Suvdan sanoat maqsadlarida va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining texnologik auditdan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
9. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) qurilish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
a) Hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan, tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishida va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning foydalanishga qabul qilinishida (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini tanlab amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan qurilish obyektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik subyektlari (buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari) tomonidan qurilish jarayonini qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan qurilish-montaj ishlarining bajarilishida qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha taʼsirchan davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilishda qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritmasdan yoki qurilish normalari hamda qoidalarini buzgan holda bino va inshootlar qurilishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
b) obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi hamda hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari qoʻllanishining oldini olish boʻyicha:
hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan qurilish obyektlarida qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati subyektlaridagi loyiha, texnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda oʻrganadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
obyektlarda ularning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlari qoʻllanishining oldini olishda davlat nazoratini amalga oshiradi;
qurilish obyektlarida qoʻllanayotgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati subyektlaridan belgilangan tartibda loyiha, texnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur maʼlumotlarni soʻraydi va oʻrganadi;
qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish boʻyicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
v) buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudrat tashkilotining ichki nazorat tizimining ishlashi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
qurilish obyektlarida buyurtmachining texnik, loyiha tashkilotlarida mualliflik va pudrat tashkilotida ichki nazorat amalga oshirilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda tegishli mutaxassislar biriktirilganligi yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsning shartnoma asosida jalb qilinganligi hamda ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatga egaligini oʻrganadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
qurilish obyektida buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan ijro hujjatlari “Qurilishda davlat nazorati” elektron tizimida yuritilishining hamda qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan litsenziyali faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarining bajarilishini oʻrganadi, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan choralar koʻradi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
g) yangi qurilayotgan bino va inshootlarni seysmik jihatdan texnik baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan shartnoma asosida oʻtkazilishini taʼminlash hamda sinov laboratoriyalari faoliyatini amalga oshirish boʻyicha:
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp kvartirali uylarning seysmik jihatdan texnik baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan elektron texnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini tekshiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtib qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshliligini taʼminlash, zarur hollarda instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilaga bardoshliligini taʼminlash boʻyicha bajarilgan ishlar ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qurilish obyektlarida sinov-laboratoriya ishlarini hamda mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini shartnoma asosida oʻrganadi va tegishli xulosa beradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
d) qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga ruxsat berish boʻyicha:
qurilish-montaj ishlarini boshlash, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;
qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlariga mobil videokameralar (bodikamera), maxsus planshetlar va qurilish obyektlaridagi videokameralardan kelib tushgan maʼlumotlarni tezkor tahlil qiladi hamda natijasiga koʻra tegishli choralar koʻradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar va namunaviy loyihalar boʻyicha quriladigan, shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan, xavf-xatar toifasidan qatʼi nazar, barcha bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarining bajarilishini (joriy taʼmirlash va jihozlash bundan mustasno) toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazadi;
2) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
a) koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
mavjud koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy taʼsir qiladigan ishlarni bajarishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalaridan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalari, sanitariya normalari va qoidalari, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini saqlash boʻyicha talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
koʻp kvartirali uylarda va unga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydi;
koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, jumladan muhandislik tarmoqlari, koʻp kvartirali uylar uskunalaridan foydalanish, avariya holatlari bartaraf etilishini tizimli nazorat qiladi;
b) koʻp kvartirali uy-joy fondidagi umumiy mulk va unga tutash yer uchastkalarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash boʻyicha bajarilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining manzilli dasturlarga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
koʻp kvartirali uylardagi umumiy mulk va unga tutash yer uchastkalarida davlat dasturlari asosida amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining bajarilishini monitoring qiladi;
umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash-tiklash ishlarini tizimli oʻtkazish qoidalariga rioya etilishini oʻrganadi;
koʻp kvartirali uy-joy fondi, koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishga tayyorlash tadbirlarining oʻtkazilishini nazorat qiladi;
v) koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishidagi davlat nazoratini taʼminlash boʻyicha:
joylar mulkdorlariga hisobotlarning belgilangan shartlar, tartib va muddatlarda berib borilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazadi;
umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash uchun xizmatlar hamda ishlar shakllantirilgani va belgilangan tartibda tasdiqlanganligini nazorat qiladi;
koʻp kvartirali uylarni “Billing” tizimi orqali boshqarish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarining amalga oshirish, shuningdek, avariya-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish va koʻrsatish choralari taʼminlanganligini nazorat qiladi;
olti oyda bir marta koʻp kvartirali uylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalarning butligini xatlovdan oʻtkazilganligini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp kvartirali uylarni boshqarish huquqini beruvchi malaka sertifikatining mavjudligini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
g) koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish issiqlik va issiq suv taʼminotining uy ichidagi tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik]
uyning isitish asboblarini oʻzboshimchalik bilan demontaj qilish orqali isitish tizimidan uzib qoʻyish holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash holatlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
uy ichidagi issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv taʼminoti) boshqa maqsadda foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
uy ichidagi isitish tizimini gidravlik presslash va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan toʻldirgan holda yuvish ishlari taʼminlanganligini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
isitish tizimidan tarmoq suvining oqishi va chiqib ketishining oldini olish choralari koʻrilganligini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
d) koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligini monitoring qilish boʻyicha:
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligini aniqlash boʻyicha vizual tartibda oʻtkaziladigan xatlov ishlarini monitoring qiladi;
koʻp kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligi holati yuzasidan oʻtkazilgan xatlov natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.09.00 Uy-joy fondidan yashashga moʻljallangan uylar va yashashga moʻljallangan xonalarni chiqarib tashlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
tahlil natijalariga asosan ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritib boradi;
3) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
a) ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulanishda texnik shartlar talablariga rioya etilishi, shuningdek, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishning oldini olish choralarini koʻradi;
isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanishga oid talablarga amal qilinishini monitoring qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va boshqa inshootlardagi avariyalar bartaraf etilishini, ular yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
ichimlik suvining texnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishining yoʻl qoʻyiladigan normalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan inshootlarda ichimlik suvining texnologik hisobi yuritilishi taʼminlanganligi va hisoblash uskunalari ishlashi va mavjudligini nazorat qiladi;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvini yoʻqotishlarning belgilangan meʼyorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va belgilangan talablarga javob berishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, suvni tozalash, zararsizlantirish uskunalari bilan taʼminlanganligi va belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
b) ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burgʻilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha:
ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suvlaridan foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
v) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
oqova suv tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga meʼyordan ortiq ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizganlik va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarining boshqacha tarzda buzilishi holatlari yuzasidan choralar koʻradi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
g) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining texnologik auditdan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi tarkibidagi obyektlar va tarmoqlarning samaradorligini oshirish (texnik jarayon va energiyani tejash) boʻyicha texnologik auditdan oʻtkazadi;
d) isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi va boshqa dasturlar asosida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv obyektlarida amalga oshirilgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari natijasida isteʼmolchilarning suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bilan qamrab olinishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, suv taʼminoti tashkilotlari bilan isteʼmolchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar yoʻlga qoʻyilganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
10. Hududiy inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Hududiy inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
11. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
a) obyektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni tashkil etish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolat doirasiga kiruvchi masalalarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
tadbirkor hamda hududiy inspeksiyalar oʻrtasida shartnoma (ommaviy oferta) tuzilgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlarini shartnoma shartlari doirasida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazmagan holda amalga oshirish;
“xavfni tahlil etish” tizimi doirasida tadbirkorlik subyektlarining qonunchilik hujjatlarini buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
davlat nazoratini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkilotlardan belgilangan tartibda olish;
oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni yuritish;
nazorat ishlarini elektron tizim hamda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari orqali tahlil qilish, umumlashtirish va monitoring qilib borish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
oʻz funksional vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarga mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda, uning roziligi asosida koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi bilan birga kirish;
pudrat tashkilotlariga konstruksiyalarning alohida detallarini ochish, poydevordagi va qayta toʻldiriladigan tuproqni tekshirish ishlarini topshirish, zarurat boʻlganda tegishli xulosa tayyorlash uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan ekspert-mutaxassislarni jalb qilish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.09.00 Uy-joy fondidan yashashga moʻljallangan uylar va yashashga moʻljallangan xonalarni chiqarib tashlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga oʻzgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga oʻzgartirish.;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
avariya holatidagi binolar, inshootlar, ularning qismlari, konstruktiv elementlari va avariyaga olib kelgan sabablarni tekshirish, ularni noturar joy toifasiga oʻtkazish boʻyicha texnik komissiyalar ishida ishtirok etish;
qurilish obyektlarida sinov laboratoriya ishlarini hamda mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini shartnoma asosida oʻrganish va tegishli xulosa berish;
zarurat boʻlganda ichimlik suvi va oqova suvlarni, uskuna hamda materiallarni tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat sinovidan va tahlildan oʻtkazishni tayinlash;
b) oʻtkazilgan tekshirishlarning natijadorligini taʼminlash sohasida:
quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik]
bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv buzilishlar aniqlangan holatlarda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turish va demontaj (buzdirish) ishlarini amalga oshirishni talab qilish boʻyicha;
yuridik va jismoniy shaxslarga obyektdagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;
bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, shuningdek, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan oʻtkazishning salbiy natijalariga hamda talablari buzilgan hujjatga asoslangan holda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan bosqichda bajarilgan ishlarning nomuvofiqligi boʻyicha;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga va mulkdorlariga koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish hamda uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkasini saqlashga doir talablarning buzilish holatlarini oʻn besh kun muddatda bartaraf etish boʻyicha;
koʻp kvartirali uylarning konstruktiv qismlarining tayanch qobiliyatini hamda zilzilaga bardoshliligini buzadigan, shuningdek, inson hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi hamda tahdid soluvchi oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish ishlari aniqlangan hollarda, ularni toʻxtatish va ularning oqibatlarini oʻttiz kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish boʻyicha;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;
yer osti suvlaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer osti suvlarini olishni toʻxtatish yoki bu borada ajratilgan limitni belgilangan tartibda qisqartirish boʻyicha;
Hududiy inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllangani aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻxtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga;
qurilish obyektlarining barcha bosqichlarida pudrat tashkilotining ichki, loyiha tashkilotining mualliflik va texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislarning maxsus sertifikatlari mavjudligini tekshirish, nazorat davomida sertifikat mavjud boʻlmaganda buyurtmachi, pudrat va loyiha tashkilotlariga masʼul shaxslarni qurilish obyektlaridan chetlashtirish va tegishli sertifikatni bekor qilish yuzasidan;
davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik;
5.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish uchun sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ekspert, mutaxassis sifatida ishtirok etishi va xulosalar berishi mumkin;
suv taʼminoti tashkilotlarining “Billing” tizimidagi isteʼmolchilarning manzili va soni, suv hisoblagichlari koʻrsatkichlari, sarflangan suv miqdori va qarzdorlik, oqova suvlarni chiqarish, yangi qamrab olingan isteʼmolchilar toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotlardan foydalanadi;
quyidagi holatlarda sudlarga arizalar kiritadi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarga nisbatan koʻp kvartirali uylarni boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;
Hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtgan va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya qilmagan holda qurilish ishlarini bajarganlik holati aniqlanganda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish, demontaj ishlarini amalga oshirish yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
oʻtkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar talablari bajarilmagan holatlarda jismoniy yoxud yuridik shaxs faoliyatini qisman yoki toʻliq toʻxtatish yoxud taqiqlash toʻgʻrisida;
Hududiy inspeksiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
v) faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha samaradorlikni taʼminlash sohasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
nazorat natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha Inspeksiyaga takliflar taqdim etadi;
Hududiy inspeksiya faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
qurilish sohasida va koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan elektron axborot tizimini tashkil etadi;
Hududiy inspeksiyada qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazlari faoliyatini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hududiy inspeksiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirishni tashkil etadi, shuningdek, bu masalalar boʻyicha Inspeksiyaga aniq takliflar kiritadi;
xorijiy davlatlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish hamda xodimlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
xodimlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni va ularning natijalariga koʻra tegishli maxsus guvohnomalar berishni tashkil etadi;
qurilish, uy-joy fondini boshqarish va ichimlik suvi taʼminoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish masalalari boʻyicha oʻquv-seminarlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Hududiy inspeksiyani zamonaviy sinov-laboratoriya oʻlchov asboblari bilan taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
shartnoma asosida qurilish obyektidagi qurilish mahsulotlari, materiallari, buyumlari, konstruksiyalaridan tanlab namunalar oladi, sinovdan oʻtkazadi va bayonnomalar rasmiylashtiradi;
mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini shartnoma asosida oʻrganadi va tegishli xulosa beradi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
qurilish ishlarida mustahkamlik, seysmik qoidalarning buzilishi natijasida aholi sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazilishi yoki ogʻir oqibatlarga olib kelishining oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga choralar koʻrish yuzasidan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda xabar beradi;
elektron reytinglarni joriy etish uchun belgilangan muddatlarda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida maʼlumotlarni taqdim etadi.
12. Hududiy inspeksiya huquqbuzarlik holati boʻyicha eʼtiroz bildirilgan hollarda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlarining buzilishiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
13. Koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatini noturar joy toifasiga yoki noturar joyni koʻp kvartirali turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berishda xulosa beradi.
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, qurilish, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati sohasida davlat nazoratini samarali amalga oshirish;
qurilish obyektlarida ishlatilayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
qurilish sohasida qonunchilikning ijro etilishi, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash hamda oʻz vakolati doirasida tegishli choralar koʻrish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, maʼlumotlar va statistika maʼlumotlarining oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish (xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini koʻrsatish hamda foydalanish yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno);
sohada aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur oʻrganish hamda umumlashtirish asosida hududlarda tegishli sohani rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash uchun javobgardir.
4-bob. Hududiy inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
12. Quyidagilar Hududiy inspeksiya boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Hududiy inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Inspeksiyaning hujjatlari bilan Hududiy inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
boshliq oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlash;
Hududiy inspeksiya faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Hududiy inspeksiyaning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
6.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
7.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
8.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hududiy inspeksiya rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hududiy inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar qabul qilish;
Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Hududiy inspeksiya nomidan ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Inspeksiya rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hududiy inspeksiya xodimlarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
Hududiy inspeksiya mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Hududiy inspeksiyaning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Hududiy inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Hududiy inspeksiya xodimlariga vazifalarni yuklash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hududiy inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Hududiy inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, boshliq oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Inspeksiyaga takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Hududiy inspeksiyaning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Hududiy inspeksiya xarajatlari smetasini Inspeksiya bilan kelishgan holda tasdiqlash;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
13. Quyidagilar Hududiy inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlarining oʻzlari mutasaddilik qiladigan sohalar boʻyicha asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.15.00 Bir yoʻla bir necha kasbda ishlash]
Hududiy inspeksiya boshligʻi muayyan sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning vazifalarini bajarish;
Hududiy inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Hududiy inspeksiya faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hududiy inspeksiya boshligʻining qonunchilik doirasidagi buyruq hamda topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
Hududiy inspeksiyaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Hududiy inspeksiya boshligʻiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik boʻyicha tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish yuzasidan choralar koʻrib borish;
Hududiy inspeksiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Hududiy inspeksiya boshligʻiga kiritish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Hududiy inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qoʻllash tartibi]
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Hududiy inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5-bob. Hududiy inspeksiya rahbarlarining javobgarligi
14. Hududiy inspeksiya boshligʻi:
Hududiy inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Hududiy inspeksiyaning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
15. Hududiy inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlari:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Hududiy inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6-bob. Hududiy inspeksiya faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
16. Hududiy inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Inspeksiya boshligʻi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
17. Hududiy inspeksiya boshligʻi:
Hududiy inspeksiya xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
oʻrinbosarlar oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlaydi, xodimlar oʻrtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, tarkibiy boʻlinmalar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Hududiy inspeksiya boʻlim boshliqlarini Inspeksiya bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi;
Hududiy inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hududiy inspeksiya xodimlari faoliyatini ragʻbatlantirish uchun tegishli buyruqlar chiqaradi;
Hududiy inspeksiya faoliyatini, shu jumladan, moddiy-texnik bazasini tashkil etish va rivojlantirishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Hududiy inspeksiyani malakali, amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, ularni saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirish sohasida kadrlar siyosatini yuritadi.
Hududiy inspeksiya boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
18. Hududiy inspeksiya boshligʻi boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari Hududiy inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa Hududiy inspeksiya boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
19. Hududiy inspeksiyalar tuzilmasi va shtat jadvallari (mehnatga haq toʻlash razryadlari Inspeksiya markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi) Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Hududiy inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari
20. Hududiy inspeksiya faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
21. Hududiy inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan Hududiy inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
22. Hududiy inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qoʻllash tartibi]
Hududiy inspeksiya rahbarlari va xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Hududiy inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
23. Hududiy inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Hududiy inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
24. Hududiy inspeksiya faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
davlat qurilish nazorati amalga oshiriladigan barcha obyektlar uchun Hududiy inspeksiyaga ajratmalarning qurilish-montaj ishlari qiymatining (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) Hududiy inspeksiya ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar;
Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish boʻyicha shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek, laboratoriya xizmatlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Hududiy inspeksiya xoʻjalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladi va ularning inspektorlari soni roʻyxatdan oʻtgan obyektlarning umumiy sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
25. Mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning, shuningdek, sinov-laboratoriya xizmatlari va Inspeksiya tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar boshqa turlarining qiymatini aniqlash metodikasi Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi.
26. Hududiy inspeksiya xodimlariga mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishda Inspeksiya markaziy apparati xodimlarini mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibida belgilangan barcha toʻlovlar tatbiq etilgan holda, Hududiy inspeksiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hududiy inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash Hududiy inspeksiyalar va Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha moliyalashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
27. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilishi mumkin.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Hududiy inspeksiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari
NAMUNALARI HAMDA TAVSIFI
I. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining idoraviy formali kiyim-boshlari namunalari
II. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tavsifi
Yozgi mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi tushirilgan toʻq koʻk rangdagi kepka;
b) kalta yengli, toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, chap tomondagi yengda shevron boʻlgan koʻylak;
v) toʻq koʻk rangdagi shim.
2. Ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:

v) toʻq koʻk rangdagi yubka.
Kuzgi va bahorgi mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi tushirilgan toʻq koʻk rangdagi kepka;
b) uzun yengli, toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi hamda ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, chap tomondagi yengda shevron boʻlgan koʻylak;
v) toʻq koʻk rangdagi shim;
g) qora rangli charm poyabzal;
d) och koʻk rangli kalta yengli kamzul (laboratoriya xodimlari uchun toʻq koʻk rangli orqa yelka qismiga “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI LABORATORIYASI” yozuvi tushirilgan kalta yengli kamzul);
e) toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida yozilgan “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, yengi uzun va chap tomondagi yengda shevron boʻlgan yengil va bir yoqlamalik kurtka.
2. Ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi tushirilgan toʻq koʻk rangdagi kepka;
b) uzun yengli, toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, chap tomondagi yengda shevron boʻlgan koʻylak;
v) toʻq koʻk rangdagi yubka;
g) qora rangli charm poyabzal;
d) och koʻk rangli kalta yengli kamzul;
e) toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, yengi uzun va chap tomondagi yengda shevron boʻlgan yengil hamda bir yoqlamalik kurtka.
Qishki mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi tushirilgan toʻq koʻk rangdagi issiq va qalin kepka;
b) uzun yengli, toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, chap tomondagi yengda shevron boʻlgan koʻylak;
v) toʻq koʻk rangdagi issiq shim;
g) toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida yozilgan “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, yengi uzun va chap tomondagi yengda shevron boʻlgan yengil va bir yoqlamalik kurtka;
d) qora rangli etik;
e) toʻq koʻk rangli, chap tomondagi koʻkrak qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi yozilgan belgi, yengi uzun va oʻng tomondagi yengda shevron boʻlgan qalin hamda issiq kurtka.
2. Ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi tushirilgan issiq va qalin kepka;
b) uzun yengli, toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, chap tomondagi yengda shevron boʻlgan koʻylak;
v) toʻq koʻk rangdagi issiq va qalin yubka yoki shim;
g) toʻq koʻk rangli, koʻkrak qismlarida ikkita choʻntagi hamda ularning chap tomonidagisining tepa qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi, oʻng tomondagisining tepa qismida formani kiygan xodimning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari yozilgan belgilar, yengi uzun va chap tomondagi yengda shevron boʻlgan yengil hamda bir yoqlamalik kurtka;
d) qora rangli etik;
e) toʻq koʻk rangli, chap tomondagi koʻkrak qismida “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi yozilgan belgi, yengi uzun va oʻng tomondagi yengda shevron boʻlgan qalin hamda issiq kurtka.
III. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining idoraviy formali kiyim-boshlari farqlash belgilarining tavsifi
1. Kepka emblemasi.
Kepkaning oldi tomoni chap qismida boʻyi 4,4 sm va eni 3,9 sm boʻlgan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi boʻladi.
Oltin rangdagi yengil kashta usulida tikilgan qalqon koʻrinishidagi emblemada oq rangda koʻp kvartirali uy-joylar tasvirlangan, koʻp kvartirali uy-joylarning ostki qismida ichimlik suvi va oqova suv tasviri tushirilgan.
2. Shevron.
Idoraviy formali kiyimning chap yengida (yengning tikuv chokidan 9,5 sm pastda) diametri 9 sm toʻq koʻk rangli shevron mavjud.
Ramka oltin rangdan iborat.
Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi.
Shevronning oʻrtasida boʻyi 4,4 sm va eni 3,9 sm boʻlgan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining emblemasi, emblemaning orqasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasviri tushirilgan.
Emblemaning atrofida 6 sm diametr aylana shaklidagi harflarining boʻyi 0,5 sm boʻlgan “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi oltin rangda kashta usulida yozilgan hamda uning pastki qismida boʻyi 0,4 sm va eni 3,3 sm boʻlgan lotin harflarida “OʻZBEKISTON” yozuvi oltin rangda kashta usulida yozilgan.
3. Koʻkrak qismidagi nashivkalar (yozuv).
Koʻkrakning oʻng tomonida boʻyi 3,9 sm va eni 13 sm boʻlgan oltin hoshiyali toʻq koʻk rangdagi matoda oq rang bilan xodimning familiyasi hamda ismi va otasining ismining bosh harflari kashta usulida yozilgan nashivka (yozuv) boʻladi.
Koʻkrakning chap tomonida boʻyi 3,9 sm va eni 13 sm boʻlgan oltin hoshiyali toʻq koʻk rangdagi matoda oq rangda “QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI” yozuvi kashta usulida yozilgan nashivka (yozuv) boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bobi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarorida:
a) nomiva 1-banddagi “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Belgilansinki:
yirik turdagi (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) obyektlarning roʻyxati va texnologik audit oʻtkazish jadvali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparati;
kichik turdagi (sutkasiga 5 ming m3 gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) obyektlarning roʻyxati va texnologik audit oʻtkazish jadvali obyektlarning sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqib, shtat jadvaliga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi”;
nomidagi “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1 va 2-bandlardagi “ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“inventarizatsiya pasporti — texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida (inventar raqami, turi, markasi, seriyasi, ishga tushirilgan yili, foydalanish maqsadi va boshqalar) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyekti — markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari koʻrsatish inshootlari hamda ulardagi asbob-uskunalar va jihozlarni qamrab olgan yirik (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) va kichik (sutkasiga 5 ming m3gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) turdagi obyekt;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (ekspluatatsiya tashkilotlari) — markazlashtirilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatuvchi inshootlarni ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
texnologik audit — ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholash uchun olib boriladigan maxsus tadqiqot;
texnologik audit obyektlari — ichimlik suvini ishlab chiqarish va oqova suvlarni tozalashda bevosita foydalaniladigan inshootlar, asbob-uskunalar va jihozlar;
texnologik audit oʻtkazuvchi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari hamda tadbirkorlik subyektlari”;
4-banddagi “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5. Foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil boʻlgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik audit oʻtkaziladi:
yirik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida har 3 yilda bir marta;
kichik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida har 5 yilda bir marta”;
“6. Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib barcha ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Bunda texnologik auditdan oʻtkazish xususiy sektorni jalb qilgan holda, shartnoma asosida ekspluatatsiya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Texnologik audit oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari bilan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi”;
7-banddagi “suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “g” kichik bandidagi “ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band “mutaxassislar” soʻzidan keyin “(mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
13-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va kommunal” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya” soʻzlari “ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspulatatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — ekspulatatsiya tashkilotlari)
Texnologik audit obyektlari boʻyicha inventarizatsiya pasportlarini tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
Texnologik audit oʻtkazilishidan yigirma kun oldin
2-bosqich
Ekspulatatsiya tashkilotlari
Texnologik audit oʻtkazuvchiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Texnologik audit oʻtkazilishidan oʻn kun oldin
3-bosqich
Texnologik audit oʻtkazuvchi
Ichimlik suvi va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazadi.
Oʻn kun ichida
4-bosqich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy inspeksiyalar)
Oʻtkazilgan texnologik audit yakunlari boʻyicha xisobotlarini umumlashtiradi.
Oʻn kun ichida
5-bosqich
Hududiy inspeksiyalar
Oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) va ekspulatatsiya tashkilotlariga taqdim etadi.
Oʻn kun ichida
6-bosqich
Inspeksiya
Oʻtkazilgan texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalarni tegishli tadbirlarni belgilash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga kiritadi.
Uch kun ichida
7-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etilgan xulosalar asosida aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bir hafta ichida
8-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Texnologik obyektlar samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi.
Belgilangan muddatlarda
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, zararsizlantirish uskunasi soni, markasi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, zararsizlantirish uskunasi soni, markasi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha quvurlar uzunligi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha nasoslar soni, turi, hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, hisoblagichlar soni hamda holati, muvofiqlik sertifikati mavjudligi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha minoralar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
IV. Asosiy maqsadi boʻyicha quvvati
1. Loyihaviy quvvati (barcha amalga oshirilgan rekonstruksiyalarni inobatga olgan holda) yiliga ____________ ming m3.
2. 20____ yilda amalda manbadan ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun olingan suv miqdori ________ ming m3, ishlab chiqarilgan suv miqdori__________ ming m3 tashkil etgan.
V. Texnologik audit natijasida mutaxassislar xulosalari
1. Inshoot boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
4. Laboratoriya, nasoslar, oʻlchov vositalari, jihozlar, filtrlar, tindirgichlar, kompressorlarning standartlarga mosligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
5. Filtrlar, tindirgichlar, minoralar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa inshootlar, ularning xavfsizligi, qurilish meʼyorlariga amal qilingani boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
6. Elektr jihozlari va ishlab chiqarishda bevosita foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, ularning oʻlchash vositalari, aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
4. Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2024-yillarda respublikadagi koʻp kvartirali uylarning lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-iyundagi 376-son qarorining 7-bandida:
“koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan lift uskunalarining Liftlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga hamda boshqa texnik va loyiha hujjatlariga muvofiq saqlanishini, shuningdek, lift pasportiga asosan ularning belgilangan muddatlarda texnik tekshiruvdan oʻtkazilganligini nazorat qilish;
koʻp kvartirali uylarga oʻrnatilayotgan lift uskunalarining xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan holda oʻrnatilishini nazorat qilish va yangi liftlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
lift uskunalaridan foydalanishda yuzaga kelgan inson hayoti uchun xavf soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar lift uskunalaridan foydalanishni taqiqlash choralarini koʻrish hamda Liftlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, lift uskunalariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan yozma koʻrsatmalar kiritilishini taʼminlash”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentida:
a) 10-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan koʻp kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va toʻsiq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlmasa”;
b) 22-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan koʻp kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va toʻsiq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosasi”;
6. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qarorida:
yettinchi xatboshidagi “qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida olib boriladigan nazorat funksiyalariga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish”;
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy nazorat qilish inspeksiyalari”;
5-bandning yettinchi xatboshisidagi “qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qurilish nazorati” soʻzlari “Qurilishda davlat nazorati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasining shartnomalar boʻlimi qurilish (rekonstruksiya) obyekti boʻyicha qurilish ishlari nazoratini olib borish uchun shartnomani tayyorlaydi, obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi, obyekt boʻyicha buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorat xodimlariga axborot tizimida shaxsiy kabinetlarini roʻyxatdan oʻtkazadi hamda shartnoma boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng qurilish obyekti topshirigʻini shakllantirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari qurilish obyekti boʻyicha inspeksiya inspektorini biriktiradi”;
beshinchi xatboshidagi “Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Qurilish nazorati” soʻzlari “Qurilishda davlat nazorati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarorida:
21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 19-banddagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 3-yanvardagi 3-son qarorida:
a) 2-bandning “e” kichik bandidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“33. Koʻp kvartirali uyni boshqarish organlari har olti oyda bir marta koʻp kvartirali uy-joylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan oʻtkazadi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasiga maʼlumot kiritib boradi”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish va kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmasiga” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 56-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun akkreditatsiya qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan” soʻzlariga almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “ajratmalarning 10 foiz qismi Davlat budjetiga, 5 foiz qismi Jamgʻarmaga, 5 foiz qismi Inspeksiyaga” soʻzlari “ajratmalarning 5 foiz qismi Davlat budjetiga, 5 foiz qismi Jamgʻarmaga, 10 foiz qismi Inspeksiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
60 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi”;