Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021 — 2023-yillarda davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 26-bandida davlat-xususiy sheriklik sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tugatilgan holda, uning vazifalari va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida davlat muassasasi shaklida “Davlat-xususiy sheriklik loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etilganligi, shu jumladan, unga Davlat-xususiy sheriklik jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlarni samarali boshqarish vazifalari yuklanganligi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslar yoki hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazish talab etilmasligi;
Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jahon standartlariga mos ravishda amalga oshirishni joriy etish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilganligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Barqaror infratuzilma tashkiloti” (SIF) bilan hamkorlikda “Source” xalqaro platformasida jahon standartlariga mos ravishda davlat-xususiy sheriklik loyihalari jozibadorligini oshirish, yirik loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish choralari koʻrilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini dastlabki baholashdan oʻtkazish, tashabbus qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish, amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotini taqdim etish;
b) Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, taʼmirlash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar va ssudalar ajratish, kredit liniyalarini ochish, shuningdek, budjet tizimi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili:
Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar nazarda tutilishini;
Davlat budjetida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan mezon va shartlarga mos keladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga ularning kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
4. Belgilansinki, Davlat-xususiy sheriklik jamgʻarmasi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalari markazi” loyiha ofisi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda, tugatilayotgan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rivojlantirish jamgʻarmasi negizida tashkil etiladi.
Bunda Davlat-xususiy sheriklik jamgʻarmasiga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar yoʻnaltirilishi tartibi saqlab qolinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki hafta muddatda Davlat-xususiy sheriklik jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
5. Manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
umumiy qiymati 10 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda “Source” xalqaro platformasiga ulanish orqali investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va xalqaro darajadagi investorlarni jalb etish choralarini koʻrsin;
“Source” xalqaro platformasiga davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi, tender hujjatlari va bitim shartlariga oid maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlasin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2025-yil 1-yanvarga qadar Osiyo taraqqiyot banki va Jahon bankining koʻmagida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda ularni skrining qilish, ustuvor loyihalarni aniqlash mezonlarini belgilash, jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni tasdiqlasin. Bunda uslubiy qoʻllanmalar tasdiqlangunga qadar loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlari ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan Nizomning qoidalari asosida ishlab chiqilsin;
2025-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga ilgʻor xalqaro tajribalardan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik sohasidagi amaldagi tartib-taomillarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-oktabr,
720-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, xususiy sherikni tanlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish, monitoring qilish hamda ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
DXSH — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishga asoslangan hamkorligi;
DXSH loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
DXSH loyihasining konsepsiyasi — davlat sherigi va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlanadigan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tanlovni asoslab beradigan, loyihaning qiymatini, loyihani moliyalashtirish manbaini hamda rentabelligini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini oʻz ichiga olgan hujjat;
DXSH obyekti — davlat-xususiy sheriklik loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida loyihalashtiriladigan, quriladigan, barpo etiladigan, yetkazib beriladigan, moliyalashtiriladigan, rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilinadigan hamda xizmat koʻrsatiladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;
DXSH obyektidan erkin foydalanish uchun toʻlov — DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq DXSH obyektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu obyektga xizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishini taʼminlaganlik uchun xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
davlat tashabbuskori — DXSH loyihasini amalga oshirishni taklif qilgan davlat organi (tashkiloti);
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
zaxiradagi gʻolib — tender komissiyasining qaroriga asosan tender gʻolibining tender taklifidan soʻng eng yaxshi tender taklifini bergan talabgor;
konsessiya — DXSH shakllaridan biri boʻlib, bunda davlat xususiy sherikka konsessiya shartnomasida nazarda tutilgan xoʻjalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergan holda mol-mulkni va yer uchastkalarini taqdim etadi;
loyihani baholash hujjati — loyihaning qiymatini va moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hajmini belgilab beruvchi hamda asoslangan eng maqbul texnik-texnologik va loyihani amalga oshirish boʻyicha tashkiliy qarorni qabul qilishni asoslovchi loyiha hujjati;
kapital qoʻyilmalar — DXSH loyihasini amalga oshirish davrida loyihalashtirish, qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), xizmat koʻrsatish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish uchun budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar;
kapital xarajatlar — DXSH loyihasini amalga oshirish davrida loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), xizmat koʻrsatish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish uchun xususiy sherik tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
talabgor — DXSH loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;
tender gʻolibi — tender jarayoni yakunlari boʻyicha DXSH loyihasini amalga oshirish uchun tanlangan buyurtmachi;
foydalanganlik uchun toʻlov — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) isteʼmol qiluvchilardan DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan yigʻib olinadigan toʻlovlar;
xususiy tashabbuskor — DXSH loyihasini amalga oshirishni taklif qilgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud yuridik shaxslar birlashmasi;
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan DXSH toʻgʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
2-bob. Loyihani dastlabki baholash tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
3. Taklif etilayotgan loyihani aynan DXSH asosida amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida davlat sherigi muayyan loyihani dastlabki baholashdan oʻtkazadi, shu jumladan, loyihaning ushbu bandda koʻrsatilgan mezon va shartlarga muvofiqligini hamda ustuvorligini ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi.
Loyihaga nisbatan DXSH mexanizmlarini joriy etish uchun loyihalar quyidagi barcha mezon va shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:
iqtisodiy, ijtimoiy vazifalar va infratuzilma bilan bogʻliq vazifalarni hal etishga qaratilganligi;
taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha faoliyat turlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat muassasalari, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) bevosita yoki bilvosita davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilganligi;
taklif etilayotgan loyiha boʻyicha taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati va (yoki) qamrab olish darajasining amaldagi koʻrsatkichlarga nisbatan yuqoriligi va (yoki) innovatsion yondashuvning oʻz ichiga olishi;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlariga muvofiqligi;
DXSH obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlar davlat sherigiga yoki davlat sherigini nazorat qiluvchi yoki u tomonidan nazorat qilinadigan tashkilotga tegishli boʻlishi yoki ularning biriga oʻtkazilishi mumkinligi;
xususiy investitsiyalar va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasining mavjudligi;
samaradorlik koʻrsatkichlarining mavjudligi;
loyihaga talab va ehtiyojning mavjudlik shartlariga muvofiqligi;
taklif etilayotgan loyihaning xorijiy yoki mahalliy tajribadan oʻtganligi;
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq xatarlarning taqsimlanganligi.
4. Taklif etilgan loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor ekanligi — har bir tarmoqlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturlari asosida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
5. Taklif etilgan loyihani DXSH mexanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud deb topilsa, DXSH loyihasi tashabbus qilinadi va tayyorlanadi.
Umumiy qiymati 10 mln AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonida davlat sherigi tomonidan majburiy tartibda xalqaro va (yoki) mahalliy maslahatchilar jalb etiladi.
6. Davlat tashabbuskori va xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilayotgan DXSH loyihalarining qiymati qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), xizmat koʻrsatish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish davrida DXSH loyihasini amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar hamda kiritiladigan investitsiyalar va (yoki) ulardan birining hajmidan iborat boʻladi.
Bunda davlat tomonidan berilishi mumkin boʻlgan bino yoki bepul asosda ajratilishi mumkin boʻlgan ijara maydonlari hamda yer maydonlari loyiha qiymatiga kiritilmaydi.
3-bob. DXSH loyihasini amalga oshirishni tashabbus qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
7. DXSH loyihasini amalga oshirish davlat tashabbuskori va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.
DXSH loyihasini amalga oshirishni tashabbus qilish:
DXSH loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish;
DXSH loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlash;
vakolatli davlat organi tomonidan barcha DXSH loyihalari konsepsiyalarini koʻrib chiqish;
DXSH loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan maʼqullashni, rad etishni yoki maromiga yetkazish uchun qaytarish;
DXSH loyihasi konsepsiyasining davlat sherigi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini (umumiy qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihalari uchun);
DXSH loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan DXSH loyihalarining reyestriga kiritishni oʻz ichiga oladi.
8. Zarur hollarda, yuridik shaxs boshqa yuridik shaxslar bilan birgalikda konsorsium tashkil etgan holda, DXSH loyihasini tashabbus qilishi mumkin. Konsorsium aʼzolarining huquq va majburiyatlari konsorsium tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
9. DXSH loyihasi DXSH loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni taʼminlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, xususan:
DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, moliyalashtirilayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat koʻrsatilayotgan DXSH obyektining tarkibi va parametrlari;
xususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi hamda budjet tizimi budjetlaridan nazarda tutilayotgan moliyalashtirish miqdorlari;
davlat sherigining va xususiy sherikning majburiyatlari;
xususiy sherikka koʻrsatiladigan davlat koʻmagining turlari;
tender yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish muddatlari;
DXSH obyektida taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda tayyorlanadi.
10. DXSH loyihasining konsepsiyasini kelishish bosqichida Davlat budjetidan moliyalashtirish talab qilingan taqdirda, loyihaning qiymatidan qatʼi nazar, barcha loyihalar uchun davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli xulosasi olinadi.
Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarini monitoring qilish, boshqarish va tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
11. Aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) isteʼmol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSH loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozim.
Bunda DXSH loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangunga qadar jamoatchilik muhokamasi davlat sherigining rasmiy veb-saytida oʻn kun davomida oʻtkaziladi hamda davlat sherigi muhokama natijalariga koʻra keyingi bosqichlarga oʻtish yoki oʻtmaslik masalalari yuzasidan xulosa qiladi. Shuningdek, murojaatlarning tahlili natijalari vakolatli organga maʼlumot uchun kiritiladi.
4-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini tayyorlash tartibi
12. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda DXSH loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqadi.
13. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyihani baholash hujjatini (keyingi oʻrinlarda — LBH) ishlab chiqadi.
14. DXSH loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSH loyihasining reyestrini yuritish ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarda keltirilgan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Vakolatli davlat organi DXSH loyihalarining konsepsiyalari, tender hujjatlari, bitimlar loyihalari, LBH hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishda davlat tashabbuskoriga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
16. DXSH loyihasining konsepsiyasi hamda LBHda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, toʻliqligi, haqqoniyligi va sifatli taqdim etilganligi uchun davlat sherigi hamda xususiy tashabbus doirasida xususiy sherik davlat sherigi bilan barobar javobgar hisoblanadi.
5-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini davlat tashabbuskori tomonidan tayyorlash tartibi
17. Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi davlat sherigi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Bunda umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan uslubiy qoʻllanmaga muvofiq ishlab chiqiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
18. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qilinadi.
Vakolatli davlat organi DXSH loyihasining konsepsiyasini (LBH bilan birgalikda) oʻn kun ichida koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Maromiga yetkazish uchun qaytarilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan qayta ishlanib, yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun qayta kiritiladi.
DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH koʻrib chiqish jarayonida vakolatli davlat organi davlat sherigidan loyihaga oid zarur maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli.
Hujjatlar toʻplami davlat sherigi tomonidan toʻliq taqdim etilgan sana DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqish boshlangan sana deb hisoblanadi.
19. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq va oʻn million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng davlat sherigi DXSH loyihasining konsepsiyasini besh ish kuni ichida tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
20. Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng besh ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi oʻn ish kuni ichida DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va maʼqullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun davlat sherigiga qaytaradi hamda nusxasini maʼlumot uchun vakolatli davlat organiga yuboradi.
6-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlash tartibi
21. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH salohiyatli davlat sherigiga kelishish uchun taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
22. Xususiy tashabbuskor qonunchilik hujjatlariga muvofiq dastlabki malakalashdan oʻtgan taqdirda, DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBHni olgan salohiyatli davlat sherigi uning amalga oshirilishini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida oʻttiz kalendar kun ichida qaror qabul qiladi va bu haqda xususiy tashabbuskorni xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
23. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasi konsepsiyasi (LBH bilan birga) maʼqullangan taqdirda, loyiha konsepsiyasi xususiy tashabbuskor va salohiyatli davlat sherigining birinchi rahbari tomonidan imzolanadi hamda davlat sherigining muhri bilan tasdiqlanadi. Davlat sherigi tasdiqlangan loyiha konsepsiyasini (LBH va dastlabki malakalash hisoboti bilan birga) besh ish kuni ichida vakolatli davlat organiga kelishish uchun yuboradi.
Loyiha unga baholash hujjatlaridagi hisob-kitoblarni tasdiqlovchi maʼlumotlar ilova qilingan holda taqdim etiladi.
24. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi ushbu Nizomning 17, 18, 19 va 20-bandlariga muvofiq tartibda tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
25. DXSH loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
xususiy tashabbuskorning talabgorlarga nisbatan qoʻyiladigan, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunida va (yoki) ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmaganligi;
salohiyatli davlat sherigida DXSH obyektiga nisbatan xoʻjalik yuritish huquqining yoki operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi;
DXSH obyektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va xizmat koʻrsatish zaruratining mavjud emasligi;
loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi va (yoki) bunga ijtimoiy ehtiyojning mavjud emasligi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
26. DXSH loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, salohiyatli davlat sherigi DXSH loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga DXSH loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish taklifini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etishga doir soʻrovni oʻzining rasmiy veb-saytida va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida besh ish kuni ichida eʼlon qiladi.
Agar DXSH loyihasining konsepsiyasi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qirq besh kun ichida salohiyatli davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud yuridik shaxslarning birlashmasi DXSH loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilmasa, salohiyatli davlat sherigi DXSH loyihasini xususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi.
Salohiyatli davlat sherigi tomonidan mavjud talablarga javob beruvchi DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi tayyorlanadi.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihalarining DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender oʻtkazmagan holda DXSH toʻgʻrisida bitim tuzadi.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihalarining DXSH toʻgʻrisidagi bitimi loyihasi davlat sherigi va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchisi bilan oʻtkazilgan muzokara yakunlangan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor yoki maxsus loyiha kompaniyasi bilan tender oʻtkazmagan holda DXSH toʻgʻrisida bitim tuzadi.
Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud yuridik shaxslarning birlashmasi DXSH loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilsa, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni tender asosida aniqlaydi.
Bunda DXSH sheriklik loyihasining qiymatidan qatʼi nazar, bir bosqichli tender oʻtkaziladi va tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga qayta joylashtirilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplami oʻttiz kun ichida taqdim etiladi.
Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan eʼtiboran qirq besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Tender komissiyasi tender gʻolibini va tenderning zaxiradagi gʻolibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi.
27. Xususiy tashabbuskor tender gʻolibi boʻlmagan taqdirda, xususiy tashabbuskorga DXSH loyihasini tayyorlash bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrni DXSH loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender gʻolibining yoki zaxiradagi gʻolibi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
7-bob. Davlat xususiy-sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender hujjatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
28. Davlat sherigi DXSH toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender oʻtkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Tender hujjatlar va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan oʻn ish kuni ichida kelishiladi va tasdiqlash uchun davlat sherigiga qaytariladi.
Tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng davlat sherigi ularni uch ish kuni mobaynida tasdiqlaydi va bir yoki ikki bosqichli tender bosqichiga oʻtadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
29. Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga doir talablar;
DXSH obyektining joylashgan joyi;
Texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari;
loyihani moliyalashtirish manbalari;
DXSH obyektini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish muddatlari;
DXSH obyekti yoki xususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining koʻrsatkichlari yoki unga doir eng kam talablar;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimni bajarish maqsadida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka beriladigan moliyalashtirish hajmi, mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning roʻyxati;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimning taraflari oʻz zimmasiga olayotgan majburiyatlar (xavf-xatarlar);
DXSH loyihasining parametrlari aks ettirilishi lozim boʻlgan valyuta va ularni taqqoslash hamda baholash maqsadida yagona valyutaga keltirish uchun hisob-kitoblarda foydalaniladigan valyutaning kursi;
tender mezonlarining tavsifi;
tender (taklifi) beriladigan tilga doir talablar;
tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari;
tender (taklifiga) doir taʼminot kiritish shartlari;
tender (takliflari) solingan konvertlarni ochish tartib-taomillari, joyi, sanasi va vaqti.
DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi tender hujjatlarining ajralmas qismidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
30. Tender eʼlon qilingandan soʻng unda ishtirok etish istagi mavjud talabgorlar tender hujjatlarini xarid qiladilar, ular toʻlov asosida har bir talabgorga beriladi. Tender hujjatini olish uchun toʻlov miqdori tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Talabgorlar tomonidan tender hujjatlarini xarid qilish natijasida kelib tushadigan mablagʻlar vakolatli davlat organi va davlat sherigi oʻrtasida teng ravishda taqsimlanadi.
Davlat sherigi tomonidan talabgorlardan axborot-maslahat xizmatlari uchun qoʻshimcha toʻlov talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
31. Tender ishtirokchilari konsorsium shaklida ishtirok etgan taqdirda:
yetakchi kompaniya yakka holda yoki konsorsium aʼzolari bilan birgalikda (aʼzolarning jami ulushi kamida 20 foiz) tender texnik talablariga javob berishi shart;
tenderning moliyaviy talablariga muvofiqligi konsorsium aʼzolarining tegishli ishtirok etish ulushlari boʻyicha hisobga olinadi.
32. Konsorsium shaklidagi tashabbuskorlar oʻzining tender taklifida qoʻshimcha tarzda konsorsiumning barcha aʼzolari nomidan tegishli harakatlarni amalga oshirish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish vakolati konsorsium tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim asosida yetakchi kompaniyaga yuklaganligini tasdiqlash maqsadida konsorsiumning barcha aʼzolari tomonidan imzolangan rasmiy hujjat taqdim qilinadi.
33. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot bosqichidagi ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot bosqichida boʻlgan talabgorlar tender komissiya tomonidan aniqlanadi.
8-bob. Tender komissiyasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
34. Davlat sherigi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra DXSH toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender gʻolibini aniqlash uchun tender komissiyasini tender eʼlon qilishdan kamida 10 ish kuni avval shakllantiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat sherigi tomonidan shakllantirilgan va taklif etilgan tender komissiyasi tarkibini koʻrib chiqadi va oʻn ish kuni ichida tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan sohalar kesimida doimiy tender komissiyasi tarkibi tasdiqlanishi mumkin.
35. Tender komissiyasi tarkibiga davlat sherigi va vakolatli davlat organining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
Bunda vakolatli davlat organidan 2 nafar vakil ishtirok etib, bir vakil maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.
36. Davlat sherigining vakili tender komissiyasi rahbari hisoblanadi.
37. Tender komissiyasi aʼzolarining soni toq boʻlishi kerak.
38. Tender komissiyasi, agar majlisda uning aʼzolari umumiy sonining kamida yetmish besh foizi hozir boʻlsa, qarorlar qabul qilish huquqiga ega, bunda tender komissiyasining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
39. Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
40. Tender komissiyasi oʻz majlislarining bayonnomalarini yuritadi, bayonnomalar uning majlislarda hozir boʻlgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
41. Tender komissiyasi aʼzosida majlisga chiqarilgan masalalar yuzasidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan taqdirda, u oʻz nomzodini qaytarib olishini bildirishi va ushbu masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
9-bob. Xususiy sherikni tanlash tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
42. Umumiy qiymati bir million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasi boʻyicha bir bosqichli tender oʻtkaziladi.
Bir bosqichli tenderni oʻtkazish chogʻida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida koʻrsatilgan konseptual qarorlar va shartlar asosida batafsil texnik taklif va tijorat (moliyaviy) takliflari koʻrib chiqiladi hamda baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Bir bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;
tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari toʻplamini berish uchun soʻrov taqdim etish;
tender oʻtkazish kunini belgilash va talabgorlarni xabardor qilish;
talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning gʻolibini va zaxiradagi gʻolibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender gʻolibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazish;
tender gʻolibi bilan DXSH toʻgʻrisida bitim tuzish.
Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
43. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH sheriklik loyihasi boʻyicha ikki bosqichli tender oʻtkaziladi, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ikki bosqichli tender dastlabki malakani aniqlash va tender gʻolibini saralash bosqichlarini oʻz ichiga oladi.
Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari koʻrib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida koʻrsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi;
ikkinchi bosqichda kiritilgan texnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta koʻrsatilgan holda koʻrib chiqiladi hamda baholanadi.
Ikki bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir soʻrovni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
talabgorlardan tenderda ishtirok etish uchun rasmiy buyurtmalarni va talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini toʻplash va baholash;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning roʻyxatini shakllantirish va ularni xabardor qilish;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplamini taqdim etish; .
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning gʻolibini va zaxiradagi gʻolibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda, tender gʻolibi bilan muzokaralar oʻtkazish tender gʻolibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan DXSH toʻgʻrisida bitim tuzish.
44. Dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
45. Dastlabki malakalash natijasida kamida ikkita talabgorning malakasi malaka talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
46. Tender takliflarini berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va u dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan eʼtiboran qirq besh kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
47. Bir bosqichli yoki ikki bosqichli tender talabgorlaridan hech biri bittadan ortiq tender taklifini taqdim etishga haqli emas. Talabgor tender komissiyasiga tender takliflarini taqdim etish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda tender taklifini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.
48. Tender takliflari tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan muddat va tender mezonlari boʻyicha baholanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
49. Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish chogʻida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaxslari hozir boʻlishi mumkin.
50. Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini, tender takliflarining soʻrovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam boʻlsa, tender boʻlib oʻtmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni eʼlon qilishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Malaka buyurtmalarini va tender takliflari tender hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda hamda hollarda elektron shaklda qabul qilinishi mumkin.
51. Tender komissiyasi tender gʻolibi va zaxiradagi gʻolib toʻgʻrisidagi axborotni davlat sherigi hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
52. Talabgorlarning tenderda ishtirok etishi munosabati bilan sarflangan xarajatlarining oʻrni qoplanmaydi, ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
53. Tender yakuni natijalariga koʻra loyiha qiymati oshgan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyiha konsepsiyasi belgilangan tartibda qayta tasdiqlanadi.
10-bob. Tender gʻolibi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish
54. Tender gʻolibi bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakunlangandan soʻng oʻn ish kuni ichida tomonlar oʻrtasida DXSH toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
55. Agar tender gʻolibi tender hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugaganidan soʻng DXSH sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolamasa yoki tender komissiyasi tomonidan tender gʻolibi taqdim etgan axborotning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlangan taqdirda, tender komissiyasi uni chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va tenderning zaxiradagi gʻolibini gʻolib deb topadi hamda unga tender gʻolibini chetlashtirish haqida qaror qabul qilingan sanadan soʻng oʻn ish kun ichida DXSH toʻgʻrisida bitim tuzishni taklif etadi.
56. Tender komissiyasi tomonidan tenderning zaxiradagi gʻolibiga DXSH toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi taklif yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz ish kuni ichida undan ijobiy javob olinmagan taqdirda, tender komissiyasi tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender eʼlon qiladi.
57. Qabul qilingan qarorga nisbatan eʼtiroz bildirgan ishtirokchi qaror yuzasidan shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
58. DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati DXSH obyekti uchun jalb qilingan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarning toʻliq qoplanish muddatidan, shuningdek, DXSH loyihasini amalga oshirish davrida olingan asosiy vositalar va boshqa mol-mulklardan foydalanish muddatidan hamda olinadigan sof foyda koʻrsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadi, bunda bitimning amal qilish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi lozim.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati xususiy sherik tomonidan qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan, shuningdek, DXSH toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda va shartlar asosida vakolatli davlat organining ishtirokisiz davlat sherigi tomonidan mustaqil ravishda uzaytiriladi.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati xususiy sherik tomonidan qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan, shuningdek, DXSH toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda va shartlar asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi bilan kelishilgan holda uzaytiriladi.
Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati xususiy sherik tomonidan qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan, shuningdek, DXSH toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda va shartlar asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda uzaytiriladi.
11-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish tartibi
59. Tomonlar DXSH toʻgʻrisidagi bitimni salohiyatli davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkin:
davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlashda;
DXSH loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk obyekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli boʻlganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan hollarda.
60. Davlat sherigi yoki xususiy tashabbuskor DXSH loyihasini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish uchun taklif bildirish vakolatiga ega.
61. Agar salohiyatli davlat sherigi ushbu Nizom 59-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar boʻyicha DXSH toʻgʻrisidagi bitim tuzishni taklif qilsa, ushbu loyihaning konsepsiyasini va LBHni xususiy tashabbuskor bilan birgalikda ishlab chiqadi va loyihaning konsepsiyasi belgilangan tartibda davlat sherigi, umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasi konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
62. DXSH loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangandan soʻng va DXSH toʻgʻrisidagi bitim tuzilishidan oldin ushbu loyihaning ushbu Nizom 59-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiqligini davlat sherigi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda vakolatli davlat organi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Davlat sherigi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda vakolatli davlat organi vakillari soni jami uchtadan kam boʻlmasligi, toq boʻlishi hamda davlat sherigi vakillari soni jami vakillarning uchdan bir qismidan koʻp boʻlmasligi shart.
Davlat sherigi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda vakolatli davlat organining vakillari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtiroki taʼminlansa, oʻrganishlar oʻtkaziladi va oʻrganish natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkaziladigan loyihaning umumiy qiymati oʻn million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlganda hamda oʻrganish natijalari boʻyicha davlat sherigi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda vakolatli davlat organi vakillarining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq DXSH loyihalarining amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
63. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borishda davlat sherigi va xususiy sherik DXSH toʻgʻrisidagi bitimning shartlarini kelishib oladi hamda kelishilgan shartlar vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
64. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan DXSH loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
xususiy tashabbuskorning ushbu Nizom 59-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanmaganligi;
davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlashga qaratilmaganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu Nizomning talablariga mos kelmasligi.
12-bob. DXSH loyihalarining reyestrini yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
65. DXSH toʻgʻrisidagi bitim ikki tomonlama imzolangandan soʻng uch ish kuni ichida davlat sherigi rasmiy tartibda uchta asl nusxadan iborat DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH toʻgʻrisidagi bitimning elektron va qogʻoz koʻrinishdagi nusxalarini vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim etadi.
66. Taqdim qilingan DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH toʻgʻrisidagi bitim tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, muhrlangan hamda davlat va xususiy sheriklarning rahbarlari tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
67. DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH toʻgʻrisidagi bitim toʻliq taqdim etilib, DXSH toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun undiriladigan bir martalik toʻlov shartnomasi imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan hujjatlarning har bir sahifasiga tegishli shtamp (“REYESTRGA OLINDI” belgili shtamp) bosilib, reyestrga kiritiladi, roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda ularning bir asl nusxasi vakolatli davlat organida saqlanadi va ikki asl nusxasi ikki ish kuni ichida davlat sherigiga qaytariladi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
68. DXSH loyihalari reyestrga kiritilgandan soʻng besh ish kuni ichida vakolatli davlat organi va davlat sherigining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga (www.data.egov.uz) DXSH loyihasi haqida quyidagi maʼlumotlar joylashtiriladi:
loyihaning nomi;
reyestrga kiritilgan sanasi va raqami;
loyiha qiymati;
davlat va xususiy sherik nomi;
loyihaning amal qilish muddati.
69. DXSH toʻgʻrisidagi bitimga qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat va xususiy sherik tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, ushbu qoʻshimcha kelishuv ushbu Nizomning 65 — 68-bandlariga muvofiq reyestrga kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
70. DXSH toʻgʻrisidagi bitim qonunchilik hujjatlariga va (yoki) DXSH toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq muddatidan oldin bekor qilingan hollarda, davlat sherigi DXSH toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarnomaning bir asl nusxasini va asoslovchi hujjatlarni rasmiy xat orqali uch ish kuni ichida vakolatli davlat organiga yuboradi, vakolatli davlat organi murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida DXSH loyihasini reyestrdan chiqaradi va bu toʻgʻrisidagi xulosani davlat sherigiga yuboradi.
71. Vakolatli davlat organi tomonidan DXSH loyihalari reyestriga olinmagan DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH toʻgʻrisidagi bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi va yuridik kuchga ega boʻlmaydi.
13-bob. DXSH loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
72. DXSH obyekti joylashgan va (yoki) DXSH toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli yer uchastkalari yoki ularning bir qismi davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka DXSH toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beriladi.
Bunda xususiy sherikka ijaraga beriladigan yer uchastkalari davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
73. Agar davlat sherigiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish yoki unga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini uchinchi shaxsga ijaraga berish mumkin boʻlmasa, bunday yer uchastkalari davlat sherigi tomonidan harakat qilayotgan davlat organlari, muassasalari va korxonalari tomonidan xususiy sherikka DXSH toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasi.
Davlat sherigining yoki davlat sherigi tomonidan harakat qilayotgan davlat organlari, muassasalari va korxonalarining DXSH toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan doimiy foydalanish huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday yer uchastkalari davlat sherigiga yoki davlat sherigi tomonidan harakat qilayotgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga ularning tegishli murojaatiga koʻra doimiy foydalanishga beriladi.
Xususiy sherik ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlamaydi, biroq toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtirilgan miqdorda hisoblanadi. Ijara haqini hisoblashda yer soligʻiga doir imtiyozlar inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
74. Agar davlat sherigida yoki davlat sherigi tomonidan harakat qilayotgan davlat organlari, muassasalari va korxonalarida DXSH toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan doimiy foydalanish huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat sherigi tomonidan DXSH toʻgʻrisidagi bitim reyestrga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda DXSH toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi toʻgʻrisidagi, yaʼni bitim tuzilgan sana, reyestrga olinganligi raqami va sanasi hamda amalga oshirish manzili koʻrsatilgan maʼlumotlarni yozma ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yuboradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari davlat sherigining yozma murojaatini olgandan keyin uch kun muddatda belgilangan tartibda davlat sherigiga yoki davlat sherigi tomonidan harakat qilayotgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari yoki tumanlar (shaharlar) boʻlimlariga yuboradi hamda bu haqida davlat sherigini xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
75. Yer uchastkalarini tanlash va taqdim etishga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi qayd qilinganidan soʻng davlat sherigi tomonidan qoplanadi.
DXSH toʻgʻrisidagi bitimning tugatilishi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkasiga nisbatan shartnomaviy munosabatlarni tugatish uchun asos boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
76. DXSH toʻgʻrisidagi bitim DXSH loyihasi doirasida loyihalashtirilgan, barpo etilgan, moliyalashtirilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan va xizmat koʻrsatilayotgan DXSH obyektiga boʻlgan mulk huquqlarini davlat sherigiga yoki davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli organga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq xususiy sherikka oʻtkazish tartibini belgilaydi.
77. Agar xususiy sherikka tegishli boʻlgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mol-mulk obyektida DXSH sheriklik loyihasi amalga oshirilsa, DXSH toʻgʻrisidagi bitim muddati tugagandan soʻng yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mol-mulkka boʻlgan mulkiy huquqlar xususiy sherikda qoladi.
14-bob. DXSH loyihalari boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini (tariflarini) belgilash tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
78. DXSH loyihalari boʻyicha tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash belgilangan tartibda tasdiqlanadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash orqali amalga oshiriladi.
DXSH loyihalari boʻyicha boshqa ishlab chiqariladigan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) narxlar (tariflar) — xususiy sherik bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
79. DXSH loyihalari boʻyicha ishlab chiqariladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) narxlari (tariflari) darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda, xususiy sherik narxlarni (tariflarni) qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni yozma xat orqali davlat sherigiga taqdim qiladi va ularning yozma koʻrsatmasida narxlarni (tariflarni) qayta koʻrib chiqish tashabbusining sabablari koʻrsatilishi kerak.
15-bob. DXSH loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotni taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
80. Davlat sherigi va vakolatli davlat organi reyestrga olingan DXSH loyihalari bajarilishi hamda DXSH toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritadi.
Vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda reyestrga olinmagan DXSH loyihalari boʻyicha monitoring yuritilmaydi.
81. Davlat sherigi va vakolatli davlat organining zaruratga koʻra, joylarda DXSH loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritilishi uchun DXSH obyektlariga kirishi va tegishli hujjatlardan foydalanishi taʼminlanadi.
82. Monitoring yuritish uchun vakolatli davlat organi vazirlik, idora, xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
83. Monitoring quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq tasdiqlangan tariflarga (narxlarga) amal qilinishini oʻrganish;
davlat va xususiy sheriklarning faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar oʻz vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oʻrganish, bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qatʼiy muvofiq ravishda loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatish;
davlat va xususiy sheriklar oldida loyihalar boʻyicha olingan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.
84. DXSH loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 6-ilovada belgilangan tartibda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
85. Qiymatidan qatʼi nazar, barcha DXSH loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobot davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan holda, vakolatli davlat organiga har olti oyda taqdim etib borilishi lozim.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobot xususiy sherik tomonidan imzolangan holda, har olti oyda (agar DXSH bitimida boshqa talablar mavjud boʻlmasa) davlat sherigiga taqdim etiladi va davlat sherigi tomonidan vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
86. Davlat sherigi va xususiy sherik hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi hamda ularning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
87. Vakolatli davlat organi davlat sheriklaridan qabul qilingan hisobotlarni tahlil qiladi hamda ularning natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
16-bob. Yakunlovchi qoidalar
88. Mazkur Nizomni bajarishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
89. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
(Vazirlar Mahkamasi
yoki davlat sherigi)
________________
(F.I.O)
20___ yil “___” ___________)
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining
NAMUNAVIY KONSEPSIYASI
I. Loyihaning tavsifi
Loyihaning nomi:
Tarmoq nomi:
Loyiha turi:
Xususiy sherik tomonidan bajariladigan ish hajmi
Davlat sherigining nomi:
Masʼul vazirlik yoki ijro etuvchi organ:
Loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, tuman, shahar):
II. Dastlabki tanlov natijalari
DXSH loyihasining dastlabki tanlovi natijalari haqidagi batafsil maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting (agar zarurat mavjud boʻlsa)
III. DXSH loyihasining moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Quyidagi savollarga javob bering va keltirilgan qoʻshimcha maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablarni toʻldiring (kerak boʻlsa, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting).
Qoʻshimcha maʼlumotlar
1.
Loyihani baholash hujjatlari tayyorlanganmi?:
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.
2.
Loyihaning quyidagilardan biriga yoki bir nechtasiga kiritilganligini koʻrsating:
Investitsiya dasturi □
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori □
Vazirlar Mahkamasining qarori □
boshqalar □
Batafsil maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting:
3.
Loyiha iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumat tomonidan belgilangan maqsadlar yoki strategiyalarga erishishga hissa qoʻshadimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,maʼlumot bering.
4.
Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi qaysi maqsadlariga qaratilgan
5.
Ushbu loyiha davlat xaridlari jarayoni doirasida amalga oshirish uchun budjet tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganmi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,maʼlumot bering.
6.
Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olishga ruxsat beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarurati bormi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.
7.
Xususiy sherikning loyiha doirasida koʻrsatadigan yakuniy xizmatlarini tasvirlab bering:
8.
a)
Loyihaning qiymati
(AQSH dollarida):
b))
Loyiha davridagi ekspluatatsiya xarajatlari miqdori
(AQSH dollarida):
v) Umumiy xarajatlar
(AQSH dollarida):
AQSH dollarining soʻmga nisbatan qiymati loyiha konsepsiyasining konsepsiyani ishlab chiqish va kelishish kunidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha hisoblanadi.
g)
DXSH bitimining amal qilish muddati: _____ yil
3-10 □ 11-20 □ 21-30 □ >30 □
d)
Loyihani amalga oshirish muddati: _____ yil
<10 □ 10-30 □ >30 □
9.
a)
Loyihaning daromad manbaini koʻrsating:
Foydalanganlik uchun toʻlov □
Erkin foydalanish uchun toʻlov □
b)
Yillik taxminiy foydalanganlik uchun toʻlov yoki erkin foydalanish uchun toʻlovni koʻrsating (AQSH dollarida):
Daromadlar taqsimotini koʻrsating:
Davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlov □
Qoʻshimcha foyda taqsimoti □
v)
DXSH loyihasining tashabbuskorini belgilang:
Davlat tashabbuskori □
Xususiy tashabbuskor □
g) Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik toʻlov □
(Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov summasi va hisob-kitobi kiritiladi)
10.
Xususiy va davlat sherigi oʻrtasidagi xatarlarni taqsimlashda, taklif qilingan oʻzgarishlarni belgilang.
Bunda davlat sherigi va xususiy tashabbuskor kelishgan holda xatarlar taqsimotini oʻzgartirishga haqli.
Xavf yoki xatarlar turlari
Davlat sherigi
Umumiy
Xususiy sherik
Xatar taqsimoti asosi
Izoh
Loyiha hujjatini ishlab chiqish bilan bogʻliq xatarlar
●
●
Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi
●
Yashirin nuqson xavfi
●
Yer ajratish va koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar
●
Moliyaviy xatarlar
●
Qurilish bilan bogʻliq boʻlgan xatar (aniq boʻlmagan)
●
Qurilish bilan bogʻliq boʻlgan xatar (aniq boʻlgan)
●
Ishga tushirish bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar
●
DXSH toʻgʻrisidagi bitim tuzilganidan keyin loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar (davlat sherigi tarafidan)
●
DXSH toʻgʻrisidagi bitim tuzilganidan keyin loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar (xususiy sherik tarafidan)
●
Loyihaning sugʻurtasiga oid xatarlar
●
Soliq bilan bogʻliq xatarlar
●
Tariflarning oʻzgarishiga bogʻliq boʻlgan xatarlar
●
Qonunchilikdagi oʻzgarishlarning loyihaga salbiy taʼsiri xatarlari
●
Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi xatarlari
●
Xususiy sherikka kelishilgan toʻlovlarning kechiktirilishi
●
Davlat sherigiga kelishilgan toʻlovlarning kechiktirilishi (tegishli joylarda)
●
Siyosiy beqarorlik xatarlari
●
Taʼmirlash va rekonstruksiyaga oid xatarlar
●
Mulkni rekvizitsiya qilish
●
Operatsion xatarlar
●
Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bogʻliq)
●
Operativ faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar
●
Talab bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar
●
Samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarish bilan bogʻliq xatarlar
●
Boshqalar
11.
Agar xususiy sherik koʻrsatilgan boʻlsa, quyidagi maʼlumotlarni taqdim eting.
a) xususiy tashabbuskor nomi (agar yuridik shaxslar birlashmasi boʻlsa, yetakchi ishtirokchining nomi):
b) kompaniya roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi:
v) aksiyadorlar va kompaniya egalari (5 foiz dan koʻp ulushga ega):
g) bogʻlanish uchun maʼlumot:
d) biznesning qisqacha mazmuni:
e) xuddi shu sohada shunga oʻxshash loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tajriba:
yo) soʻnggi uch moliyaviy yil uchun jami aktivlar, jami majburiyatlar va sof foyda:
z) kompaniyani qayta tashkil etish, tugatish va (yoki) bankrotlik bosqichida emasligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish:
Xususiy tashabbuskorning malakasini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatli dalillarni, shu jumladan, kompaniya nizomi, yillik hisobotlarni va oxirgi uch yil uchun audit qilingan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim eting.
12.
Har bir bosqich uchun taxminiy/rejalashtirilgan sanani koʻrsating:
Sana
Sana
a)
DXSH loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash
d)
Muzokaralar va DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolash
b)
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish (masalan: tender hujjatlari)
e)
Maxsus loyiha kompaniyasini (SPV) tashkil etish.
v)
Dastlabki malakani aniqlash (agar qoʻllash mumkin boʻlsa, malakani aniqlash talabnomasi asosida — Request for Qualification, RFQ)
yo)
Moliyaviy yakunlash
g)
Gʻolibni saralash (Takliflarni topshirish talabnomasi — Request for Proposals, RFP)
13.
Joriy holatda aholidan va/yoki Davlat budjetidan mazkur xizmatga ajratiladigan yalpi mablagʻ
14.
Ushbu loyiha davlat tarafidan amalga oshirilganda, budjetdan ajratilishi kutilgan taxminiy mablagʻ (bunga kapital xarajatlari va boshqaruv xarajatlari kiradi)
15.
Loyihani davlat tomonidan emas, balki DXSH mexanizmi orqali amalga oshirishning afzalliklarini asoslab bering:
16.
Tashabbus koʻrsatilgan loyiha iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
17.
Taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha faoliyat davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari tomonidan amalga oshiriladimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
18.
Taklif etilayotgan loyiha boʻyicha taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati va (yoki) qamrab olish darajasining amaldagi koʻrsatkichlarga nisbatan yuqori va (yoki) innovatsion yondashuvni oʻz ichiga oladimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
19.
DXSH obyektiga boʻlgan mulk huquqi davlat sherigiga tegishlimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
20.
Loyiha uchun xususiy sektor tomonidan sarmoya va/yoki tajriba jalb qilinyaptimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
21.
Taklif etilayotgan loyiha xorijiy yoki mahalliy tajribaga asoslanadimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
22.
Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
23.
Tashabbus koʻrsatilgan loyiha tomonlar uchun maqbul boʻlgan mutanosib foydani taʼminlab bera oladimi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:
24.
Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini koʻrsating (ga):
25.
a)
Loyihani amalga oshirish natijasida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi? Ha □ Yoʻq□
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,izohlang:
Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.
b)
Loyihani amalga oshirish natijasida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?
Ha □ Yoʻq □
Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz,izohlang.
Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.
26.
Davlat sherigi tomonidan (DXSH loyihasi doirasidan tashqari) amalga oshirilishi zarur boʻlgan qoʻshimcha ish hajmlarini koʻrsating:
Suv taʼminoti obyektlarini qurish □
Gaz taʼminoti obyektlarini qurish □
Elektr taʼminoti qurilmalariga ulanish □
Transport bogʻlanishi □
Kirish yoʻllari □
Boshqalar
Agar Siz biron bir katakchani belgilagan boʻlsangiz, iltimos, talab qilinadigan ish hajmi haqida qoʻshimcha maʼlumot bering
27.
Manfaatdor tomonlarni sanab oʻting:
28.
Gʻolib boʻlgan ishtirokchi DXSH shartnomasini muvaffaqiyatli tuzilganligi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga toʻlaydigan bir martalik komissiya miqdorini koʻrsating:
□ Umumiy qiymati 1 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun — 0,2 foiz
□ Umumiy qiymati 10 mln AQSH dollaridan 100 mln AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun — 0,1 foiz
□ Umumiy qiymati 100 mln AQSH dollaridan 1 mlrd AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun — 0,05 foiz
□ Umumiy qiymati 1 mlrd AQSH dollaridan ortiq boʻlgan loyihalar uchun — 0,02 foiz
29.
Davlat sherigi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun masʼul etib tayinlangan shaxs haqidagi maʼlumotlarni taqdim eting. Agarda imkoni boʻlsa, loyihani amalga oshirish guruhi hamda DXSH loyihasi menejeri, guruh aʼzolarining lavozimi va majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni ham taqdim eting.
Masʼul etib tayinlangan shaxs
Davlat sherigi
F.I.O.:
Lavozimi:
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili:
“Tayyorlandi”
“Kiritildi”
“Kelishildi”
Xususiy sherik
(xususiy tashabbuskor)
Davlat sherigi rahbari
Vakolatli davlat organi rahbari
(yoki uning oʻrinbosari)
________________
________________
________________
(F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
Izohlar.
1) Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi ishtirokisiz mustaqil ravishda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
2) Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq va oʻn million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
3) Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi xususiy yoki davlat sherigi tomonidan kiritilib, vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
LOYIHANI BAHOLASH HUJJATI
I. Loyihani baholash hujjati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
loyihaning nomi;
tashabbuskorning nomi;
loyihaning hisob-kitob qilingan qiymati (AQSH dollarida yoki AQSH dollari ekvivalentida);
loyiha koʻlami va quvvati;
loyihaning tarkibiy qismlari — har birining narxlari koʻrsatilgan holda;
loyiha amalga oshiriladigan hudud (viloyat, tuman, shahar);
loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan, miqdorda ifodalangan shaklda;
asosiy foyda koʻruvchilar aks ettirilgan holda maqsadli guruhlar;
moliyalashtirish manbalari va sxemalari;
loyihani amalga oshirish davri;
loyiha Oʻzbekistonda ushbu sohadagi birinchi boʻladimi.
II. Loyihani baholash hujjatlari loyiha qiymatidan kelib chiqib, quyidagi turlarga boʻlinadi:
umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar hamda DXSH loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar;
umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq va oʻn million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar, loyihaning biznes-rejasi hamda DXSH loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar;
umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun ishlab chiqiladigan dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar, texnik-iqtisodiy asoslar yoki hisob-kitoblari hamda DXSH loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar, koʻrsatkichlar va komponentlardan iborat hujjatlar toʻplami.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi uchun ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslar yoki hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Agar DXSH loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlsa, LBH tayyorlash talab etilmaydi.
III. Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasi uchun ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslar yoki hisob-kitoblar quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy boʻlimda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan iqtisodiy va ijtimoiy tahlili aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda zaruratga koʻra quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:
loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan, loyiha natijalari, oqibatlari va taʼsiri tahlili, sarf-xarajatlari va oʻlchab boʻlmaydigan foydalari, qoʻshilgan foydalar va sarflari, qaytarib boʻlmaydigan sarf-xarajatlari, tashqi taʼsirlar, loyihadan keladigan bilvosita foyda, loyihaning boshqa hududlar, tumanlar, shaharlar uchun kengaytirilishi va takrorlanishini baholash;
tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari doirasida loyihani va ishlab chiqarish kuchlaridan optimal foydalanish va joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi bilan uzviy bogʻliqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.
2. Moliya boʻlimi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi.
Ushbu boʻlimda zaruratga koʻra quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
loyihani amalga oshirish yillari va foydalanish bosqichlari boʻyicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy koʻrinishda, vaqt boʻyicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlari inobatga olingan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi; investitsiya xarajatlarining hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari boʻyicha taqsimoti;
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi;
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi;
loyihaning quyidagilarni oʻz ichiga olgan moliyaviy koʻrsatkichlari:
mahsulot tannarxi hisob-kitobi;
kapital va operatsion xarajatlarning asosiy tarkibiy qismlari uchun hisob-kitoblar, shu jumladan, asosiy taxminlar;
savdolardan olinadigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi;
mablagʻlar oqimining yigʻma hisob-kitobi;
diskont usullar yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan, sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash, kapital oʻrtacha qiymatining hisob-kitobi (WACC).;
loyiha likvidligi tahlili;
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash (xavf-xatarlar matritsasi), xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlar.
3. Fiskal taʼsir boʻlimi indikativ DXSH loyihasi tuzilmasi asosida loyiha tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarni baholashdan iborat. Ushbu boʻlimda zaruratga koʻra quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
taklif etilayotgan loyiha muddati davomida toʻlanishi taxmin qilinayotgan yillik toʻlovlarning hisob-kitoblari;
loyihani amalga oshirish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shartli majburiyatlar;
loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun hukumat tomonidan ishlab chiqilishi va/yoki yangilanishi kerak boʻlgan infratuzilma xarajatlarining koʻrsatkichi.
4. Xarajat va foyda tahlili (Cost-benefit analysis) boʻlimida taklif etilayotgan DXSH loyihasini davlat tomonidan moliyalashtiriladigan anʼanaviy xarid modellariga nisbatan foyda va zararlarini baholash aks ettiriladi.
Bunga loyihaning kapital va ekspluatatsion xarajatlarini va qiyosiy foydalarni solishtirish kiradi. Ushbu baholashni oʻtkazishda loyiha bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va foydalar, shuningdek, hukumat uchun bilvosita xarajatlar va foyda hisobga olinishi mumkin.
5. Ijtimoiy boʻlim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi.
Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga taʼsiri;
ishchilar va mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari;
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.
6. Bozor tadqiqotlari boʻlimi mahalliy va xalqaro bozor imkoniyatlarini baholashdan iborat (shu jumladan, homiylar, pudratchilar, sarmoyadorlar).
Ushbu boʻlim quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
koʻrsatilayotgan xizmatlarga boʻlgan talabning potensial koʻlamini va ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sabablarning potensial taʼsirini baholash;
loyiha koʻlami va texnik shartlarini hisobga olgan holda homiylar, pudratchilar yoki investorlarning loyihaga boʻlgan qiziqishini tahlil qilish;
Oʻzbekistonda va/yoki xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan shunga oʻxshash loyihalar tavsifi hamda hal etilgan asosiy masalalar va muammolarni baholash.
7. Texnik-texnologik boʻlimda loyihani amalga oshirishning turli texnologik yechimlarini aks ettirish, loyiha tuzilishi, loyiha boʻyicha texnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi koʻrsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.
8. Ekologiya boʻlimda ekologik jihatlari aks ettiriladi. Loyihani amalga oshirish natijasida atrof-muhitga kutilayotgan taʼsirlarni baholash natijalarining tavsifi, taʼsirlarni kamaytirish uchun nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan taxminiy xarajatlar bayon etiladi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining xulosasi taqdim etiladi.
Shuningdek, ekologiya boʻlimida loyihaning iqlim oʻzgarishlariga va gender tengligiga taʼsiri haqida maʼlumot taqdim etilishi kerak. Loyihaning iqlim oʻzgarishiga va gender tengligiga taʼsirini baholash ushbu hududlarga hech qanday salbiy taʼsir yoʻqligini tasdiqlash uchun taqdim etilishi kerak. Noqulay taʼsirlar aniqlangan hollarda, loyiha ularni bartaraf etish uchun yumshatish choralarini oʻz ichiga olishi kerak.
9. Institutsional boʻlimda loyihaning amalga oshirish davri davomida uni boshqarish sxemasini oʻz ichiga olgan boʻlishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy xarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning oʻzaro hamkorligi, xarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional xavf-xatarlar va xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
10. Arxitektura-qurilish boʻlimida qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda, hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalarining bayoni aks ettiriladi.
11. DXSH toʻgʻrisidagi bitimning tuzilmasi boʻlimida qoʻllash mumkin boʻlgan DXSH modellari uchun variantlarni baholash, toʻlov mexanizmi va davlat daromadlarini qoʻllab-quvvatlash zarurati koʻrsatiladi.
12. Loyihani amalga oshirish rejasi boʻlimida quyidagilar zaruratga koʻra koʻrsatilishi mumkin:
marketing rejasi;
loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish muddatlari;
asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash va ularning loyihani amalga oshirishdagi rolini belgilash.
13. Umumiy xulosalar boʻlimida DXSH loyihasini amalga oshirishda jalb etilgan maslahatchilar tomonidan loyihalarning xatarlarni baholash va ularni boshqarishda atrof-muhit, ijtimoiy masalalar va boshqaruv (ESG) xalqaro standartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli xulosalar olinadi.
Shuningdek, DXSH loyihasining asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash boʻyicha xulosalar va tafsilotlar hamda boshqa xulosalar aks ettiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, xususiy sherikni tanlash va loyihani amalga oshirish
1. Iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, dastlabki baholash tartibi asosida loyihalarni tanlaydi.
2. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH maʼqullangandan soʻng ularni mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
4. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH maʼqullangandan soʻng ularni yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Vakolatli davlat organi
Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
10 kun ichida
Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan soʻng Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
5 kun ichida
3-bosqich
Davlat sherigi
Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng uni tasdiqlaydi.
5 kun ichida
4-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va maʼqullaydi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
10 kun ichida
5-bosqich
Davlat sherigi
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi tasdiqlangan DXSH loyihasining konsepsiyasi asosida tender hujjatlarini va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi hamda vakolatli davlat organiga kelishish uchun kiritadi.
Vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Vakolatli davlat organi
Tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini kelishadi va davlat sherigiga qaytaradi.
10 kun ichida
7-bosqich
Davlat sherigi
1. Vakolatli davlat organi bilan kelishilgan tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tasdiqlaydi va rasmiy veb-saytlarda tender eʼlon qiladi.
2. Tender komissiyasi tarkibini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
3 ish kuni ichida
8-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan tender komissiyasi tarkibini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi
10 kun ichida
9-bosqich
Tender komissiyasi
Bir bosqichli tender oʻtkazish jarayonida talabgorlarning texnik taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini koʻrib chiqadi hamda baholaydi.
30 kundan kam boʻlmagan muddatda
Ikki bosqichli tender oʻtkazish jarayonida talabgorlarni dastlabki malakalashdan oʻtkazadi, ularning texnik taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini koʻrib chiqadi hamda baholaydi.
45 kundan kam boʻlmagan muddatda
10-bosqich
Davlat sherigi va tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib
Tender natijalari boʻyicha aniqlangan tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib bilan DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi va loyihani amalga oshirishni boshlaydi.
60 kun ichida
11-bosqich
Davlat sherigi
Imzolangan DXSH toʻgʻrisidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBHni vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.
3 kun ichida
12-bosqich
Vakolatli davlat organi
DXSH toʻgʻrisidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBHni reyestrga kiritadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.
3 kun ichida
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Xususiy tashabbuskor tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish va loyihani amalga oshirish
1. Iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, loyihalarni tanlaydi.
2. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBHni amalga oshirish uchun salohiyatli davlat sherigiga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Salohiyatli davlat sherigi
Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilayotgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBHni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni oʻttiz kun ichida qabul qiladi va bu haqda xususiy tashabbuskorni xabardor qiladi.
30 kun ichida
1. Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH maʼqullangandan soʻng ularni mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
2. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH maʼqullangandan soʻng ularni yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.
5 kun ichida
3-bosqich
Vakolatli davlat organi
Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
10 kun ichida
Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan soʻng uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
5 kun ichida
4-bosqich
Salohiyatli davlat sherigi
Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng uni tasdiqlaydi.
5 kun ichida
5-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va maʼqullaydi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
10 kun ichida
6-bosqich
Salohiyatli davlat sherigi
DXSH loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, boshqa talabgorlarga DXSH loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish taklifini oʻzining rasmiy veb-saytida va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
45 kun ichida
DXSH loyihasining konsepsiyasi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qirq besh kun ichida biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSH loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilmasa, DXSH loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan muzokaralarni oʻtkazishga kirishadi, DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishadi va xususiy tashabbuskor bilan DXSH toʻgʻrisida tender oʻtkazmagan holda bitim tuzadi.
60 kun ichida
Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSH loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilsa, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni tender asosida aniqlaydi.
7-bosqich
Salohiyatli davlat sherigi va tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib
Tender natijalari boʻyicha aniqlangan tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib bilan DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi va loyihani amalga oshirishni boshlaydi.
60 kun ichida
8-bosqich
Davlat sherigi
Imzolangan DXSH toʻgʻrisidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBHni vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.
3 kun ichida
9-bosqich
Vakolatli davlat organi
DXSH toʻgʻrisidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritadi va ularni roʻyxatdan oʻtkazadi.
3 kun ichida
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlovlar
MIQDORLARI
T/r
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymati
Bir martalik toʻlov miqdori
(foizda)
1.
Loyiha qiymati 1 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun
0,2
2.
Loyiha qiymati 10 mln AQSH dollaridan 100 mln AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun
0,1
3.
Loyiha qiymati 100 mln AQSH dollaridan 1 mlrd AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun
0,05
4.
Loyiha qiymati 1 mlrd AQSH dollari va undan ortiq boʻlgan loyihalar uchun
0,02
Izoh. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq bir martalik toʻlovlar undiriladi hamda loyiha qiymati 1 mln AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi loyihalar uchun bir martalik toʻlov undirilmaydi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
(davlat sherigi)
_________________
(F.I.O)
20___ yil “____” ___________
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisida
HISOBOT
Xususiy sherik tomonidan toʻldiriladi
Hisobot shakli
Yarim yillik/ Yillik
Hisobot davri
6 oy / 12 oy
20__ yil
Loyiha nomi
Faoliyat turi
Davlat sherigi nomi
Xususiy sherik nomi
Loyiha amalga oshirilayotgan hudud
Viloyat
Tuman
Loyihani amalga oshirish muddati (yillar)
Boshlanish vaqti
Yakunlanish vaqti
Loyihani amal qilish muddati
___ yil
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestriga kiritilgan raqami va sanasi
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar hamda kiritiladigan investitsiyalar
(yillar kesimida reja)
mln soʻm
jami kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar hamda kiritiladigan investitsiyalar va (yoki) ularning birining hajmi
Shundan, yillar kesimida:
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
............
Loyihaning joriy holati
ha/ yoʻq
Amalga oshirilgan ishlar mazmuni
Loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqilgan
Yer uchastkasi ajratilgan
Bino ajratilgan
Qurilish ishlari boshlangan
Uskunalarni oʻrnatish ishlari yakunlangan
Ishga tushirish ishlari yakunlangan
Obyekt foydalanishga topshirilgan
DXSH loyihalarini moliyalashtirish hajmi (mln soʻm)
Hisobot davrida haqiqatda bajarildi (mln soʻm)
kapital qoʻyilmalar, kapital xarajatlar hamda kiritiladigan investitsiyalar va (yoki) ularning birining hajmi
Loyiha boʻyicha jami
foizda
yanvar-iyun (dekabr)
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
Jami
shu jumladan, manbalar boʻyicha:
xususiy sherik
oʻz mablagʻlari
kredit mablagʻlari
boshqa manbalar
shundan:
DXSH obyektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari uchun
DXSH obyektini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari uchun
Ekspluatatsiya xarajatlari uchun
Boshqa xarajatlar
davlat sherigi
budjet mablagʻlari
Subsidiyalar
budjet ssudalari
shundan:
DXSH obyektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari uchun
DXSH obyektini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari uchun
Ekspluatatsiya xarajatlari uchun
Boshqa xarajatlar
Izohlar.
1) Hisobot davrida bajarilgan ishlar rejaga nisbatan farq qilgan taqdirda, sabablarini asoslantirish lozim.
2) Budjet tizimi budjetlaridan ajratilgan mablagʻlar iqtisod qilingan taqdirda, sabablari koʻrsatib oʻtiladi.
DXSH loyihasi samaradorligining boshqa koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishi
Koʻrsatkichlar nomi
Oʻlchov birligi
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
...................
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
1.Investitsiya majburiyati
2.Yaratilgan ish oʻrni
3.Iqtisod qilingan elektr energiyasi
4. ...............
Loyihani amalga oshirishda muammoli masalalar
Loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar
bor / yoʻq
Muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotan chora-tadbirlar.
Yer uchastkasi ajratish
Bino ajratish
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
Moliyalashtirish masalalari boʻyicha
Boshqalar
Xususiy sherik
(imzo, muhr)
F.I.O
Izoh.
1) Umumiy qiymati bir million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining hisoboti davlat sherigi tomonidan mustaqil tartibda yuritiladi.
2) Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining hisoboti davlat sherigi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qilinadi.
3) DXSH loyihasining 6 oylik va yillik hisobotlarini quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:
6 oylik va yillik hisobot uchun hisobot davri tugagandan keyingi oyning 20-sanasiga qadar (20-iyul va 20-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarini ajratish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. DXSH loyihalari uchun ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutiladi.
Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning DXSH loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga va (yoki) loyiha xarajatlarini qisman qoplashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda, loyihani ishlab chiqish va texnik koʻmaklashish DXSH loyihalari doirasida tovarlar ishlab chiqarish, aktivlar yoki obyektlarni qurish va modernizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjet mablagʻlari hisobidan qaytarilmaslik sharti bilan xususiy sheriklarga beriladigan mablagʻlar hisoblanadi.
Budjet ssudasi ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni bajarishga qaratilgan DXSH loyihalarini moliyalashtirish maqsadida DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda xususiy sherikka, yaʼni rezident-yuridik shaxsga qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foizli asosda ajratiladi.
Kredit liniyalari DXSH loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan qaytarish sharti bilan beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
3. DXSH toʻgʻrisidagi bitimga va (yoki) xalqaro moliya tashkilotlari yoki xususiy sektor bilan texnik koʻmaklashish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq DXSH loyihalarining quyidagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladi:
a) loyihani ishlab chiqish uchun (texnik-iqtisodiyot asoslari uchun) konsalting xizmatlariga toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovning toʻliq yoki bir qismi uchun xarajatlar;
b) DXSH obyektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari;
v) DXSH obyektini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari;
g) DXSH loyihalarini amalga oshirish doirasida konsalting va auditorlik xizmatlarini jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar;
d) DXSH obyektidan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) va (yoki) obyektga xizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilish taʼminlaganlik uchun davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar;
e) loyiha bilan bogʻliq kommunal xizmatlar va boshqa infratuzilma obyektlari uchun sarflanadigan xarajatlar;
yo) davlat hamkori oʻz zimmasiga olgan muayyan xavf-xatarlar sodir boʻlishi natijasida yuzaga keladigan toʻlovlar.
“a”, “b”, “d” va “yo” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlari doirasida;
“v”, “g” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning joriy xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
5. DXSH loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari boʻyicha tegishlicha hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan har bir DXSH loyihasi uchun davlat sherigi va (yoki) davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan hamda uning tuzilmasiga kiruvchi quyi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat sherigi) uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish orqali moliyalashtiriladi.
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
6. DXSH loyihasining konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan DXSH loyihasi uchun mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan xarajatlar (toʻlovlar) davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
7. Davlat sherigi tomonidan DXSH loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlarini ajratish boʻyicha budjet soʻrovi davlat sherigiga Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari doirasida tuziladi.
8. DXSH loyihasini Davlat budjetidan moliyalashtirish uchun davlat sherigi tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar boʻyicha budjet soʻrovlarini tuzish va taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda (yoki) hududiy iqtisodiyot va moliya organlari (keyingi oʻrinlarda — iqtisodiyot va moliya organlari) tomonidan DXSH loyihasi uchun talab etiladigan budjet mablagʻlarini DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish davri davomida har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda rejalashtiradi.
10. Davlat budjeti hisobidan DXSH loyihalari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan davlat sherigi orqali xususiy sherikka ajratiladi.
11. Budjet soʻrovlarini taqdim etish, xarajatlar smetasini tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish qonunchilikda belgilangan tartibga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
12. Vakolatli davlat organi tomonidan DXSH loyihalarining reyestriga kiritilgandan soʻng mablagʻlar davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun (hisobga olish uchun) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida xususiy sherikning tijorat bankidagi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
13. Moliya yili yakunida davlat sherigining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli budjetiga qaytariladi va keyingi yil budjeti hisobidan bitimga asosan toʻlab beriladi.
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini subsidiya ajratish orqali moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
14. Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning DXSH loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga va (yoki) loyiha xarajatlarini qisman qoplashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda, loyihani ishlab chiqish va texnik koʻmaklashish uchun DXSH loyihalari doirasida tovarlar ishlab chiqarish, aktivlar yoki obyektlarni qurish va modernizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjet mablagʻlari hisobidan qaytarilmaslik sharti bilan xususiy sheriklarga beriladigan mablagʻlar hisoblanadi.
15. Agar imzolangan va vakolatli davlat organi tomonidan reyestrga kiritilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xususiy sherik subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza) bilan davlat sherigiga murojaat qiladi.
16. Arizada yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta manzili), subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi maxsus hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
17. Davlat sherigi ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida uning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
18. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, davlat sherigi ariza beruvchini xabardor qilgan holda, arizani oʻrganib chiqish muddatini qoʻshimcha oʻn ish kuniga uzaytirishga haqli.
19. Davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigi subsidiya ajratiladigan xususiy sherik haqidagi maʼlumotlarni tegishli iqtisodiyot va moliya organiga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
20. Iqtisodiyot va moliya organi quyidagi hollarda subsidiya ajratilishini rad etishga haqli:
DXSH toʻgʻrisidagi bitim vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan tegishli reyestrga kiritilmaganda;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimda xususiy sherikka Davlat budjetidan subsidiya berish koʻrsatilmaganda yoki soʻralayotgan subsidiya miqdori bitimda koʻrsatilgan subsidiya miqdorlariga nomuvofiq boʻlganda.
21. Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan DXSH loyihasiga subsidiya berish rad etilgan taqdirda, subsidiya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar koʻrsatilgan holda uch ish kunida davlat sherigiga yozma rad javobi yuboriladi.
22. Davlat sherigi ariza rad etilganligi toʻgʻrisida ikki ish kuni mobaynida xususiy sherikni xabardor qiladi. Xususiy sherik bir oy davomida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, davlat sherigiga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
23. Davlat sherigi tomonidan qayta murojaat qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ariza iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va subsidiya ajratish choralari koʻriladi.
24. Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan belgilangan tartibda DXSH loyihasi uchun talab etiladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish davri davomida har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda rejalashtiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
25. Davlat sherigi tomonidan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida xususiy sherikning tijorat bankidagi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
26. Moliya yili yakunida davlat sherigining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli budjetiga qaytariladi va keyingi yil budjeti hisobidan bitimga asosan toʻlab beriladi.
27. DXSH loyihasini amalga oshirish uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida subsidiyalar ajratilishi mumkin.
4-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini budjet ssudalari ajratish orqali moliyalashtirish
28. Budjet ssudasi — bir moliya yili ichida olti oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq, biroq uch moliya yilidan ortiq boʻlmagan muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
29. Budjet ssudasini berishning majburiy sharti undan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek, budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatga muvofiq uni oʻz vaqtida qaytarishdan iboratdir.
30. Budjet ssudasi davlat va xususiy sheriklarning budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojini asoslovchi hisob-kitoblar asosida beriladi.
31. Budjet ssudasini olish toʻgʻrisidagi murojaatda soʻralayotgan budjet ssudasining miqdori va soʻralayotgan davr, shuningdek, budjet ssudasini qaytarishning kafolatlangan manbalari koʻrsatiladi.
32. Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqishda iqtisodiyot va moliya organlari qaror qabul qilish uchun Budjet kodeksining 140-moddasida belgilangan zarur axborot va hisob-kitoblarni soʻrab olish huquqiga ega.
33. Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaat tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan murojaat olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va uning natijasi toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
34. Budjet ssudasini olish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, tegishli iqtisodiyot va moliya organi bir ish kuni ichida ariza beruvchini ajratiladigan budjet ssudasining miqdori, uni ajratishdan maqsad va belgilangan qaytarish muddatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
35. Budjet ssudasini berish rad etilgan taqdirda, iqtisodiyot va moliya organi bir ish kuni ichida budjet ssudasini berish rad etilganligi toʻgʻrisida aniq sabablar va asoslarni koʻrsatgan holda ariza beruvchini xabardor qiladi.
36. Axborot va hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, budjet ssudasini olish uchun murojaat koʻrib chiqilmaydi hamda budjet ssudasini berish rad etilganligi toʻgʻrisida moliya organi ariza beruvchini ikki ish kuni ichida xabardor qiladi.
37. Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan iqtisodiyot va moliya organi hamda budjet ssudasini oluvchi oʻrtasida tuziladigan budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
38. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari Budjet kodeksining 140-moddasiga muvofiq budjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda uzaytiriladi.
39. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda, budjet ssudasining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida toʻlov belgilanadi va budjet ssudasi qaysi tegishli budjetlardan berilgan boʻlsa, ushbu budjetlarga yoʻnaltiriladi.
40. Budjet ssudasini oluvchi, yaʼni xususiy sherik tegishli iqtisodiyot va moliya organiga budjet ssudasini toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan uni toʻlash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
41. Budjet ssudasi budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, iqtisodiyot va moliya organi:
qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi;
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
5-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
42. DXSH loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishda vakolatli davlat organi uchun alohida budjetdan tashqari jamgʻarma shaklida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — gʻazna hisobvaragʻi) ochiladi. DXSH loyihalariga kredit liniyalari hisobidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ushbu gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
43. Quyidagilar gʻazna hisobvaragʻini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
tijorat banklari tomonidan toʻlab beriladigan kredit foizlari boʻyicha mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
44. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar DXSH toʻgʻrisidagi bitim asosida obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish va jihozlashga kreditlar berish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish orqali taqdim etiladi.
45. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar doirasida kreditlar tijorat banklari tomonidan DXSH toʻgʻrisidagi bitimga va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq DXSH loyihalarini amalga oshiruvchi xususiy sheriklarga belgilangan tartibda ajratib beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
46. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan kredit liniyalarini oluvchi tijorat banklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tender oʻtkazish orqali aniqlanadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tender komissiyasining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
47. Vakolatli davlat organi tender natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan tijorat banklari bilan gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan DXSH loyihalari uchun kredit liniyalarini ajratish yuzasidan bosh kelishuv (keyingi oʻrinlarda — bosh kelishuv) tuzadi.
48. Gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisidagi bosh kelishuv bir yoki bir necha tijorat banklari bilan tuzilishi mumkin.
49. Vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablagʻlar tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
50. Bosh kelishuv imzolangandan soʻng vakolatli davlat organi va tijorat bank oʻrtasida kredit liniyasini ochish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuziladi. Shartnoma imzolangandan soʻng har oyning 15-sanasidan kechiktirmay shartnomada koʻrsatilgan mablagʻlar tijorat bankining hisobvaragʻiga toʻlab boriladi.
51. Kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida gʻazna hisobvaragʻi orqali tijorat banklarining hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
52. Kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar tijorat banklarida alohida hisobvaraqda jamlanadi va shartnomada belgilangan muddatlarda vakolatli davlat organining gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
53. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan soʻng kredit oluvchilar tomonidan kreditning amalda qaytarilishidan qatʼi nazar, tijorat banklari kredit liniyasi boʻyicha olingan kreditlarni hisoblangan foizlar bilan birga vakolatli davlat organining gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi shart.
54. Tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanmayotganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismi muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli.
55. Tijorat banklari kredit liniyalarini oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida har chorakda vakolatli davlat organiga kredit oluvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda hisobot taqdim etib boradi. Mazkur hisobotlar asosida har chorakda tijorat banki va vakolatli davlat organi oʻrtasida mablagʻlarning ishlatilishi haqida oʻzaro solishtirma dalolatnoma tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
56. DXSH loyihalari uchun ajratiladigan kredit liniyalari mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun berilmaydi:
ilgari olingan bank kreditlarini yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan xususiy mulkni sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, shu jumladan, xizmat avtomobillarini xarid qilish;
aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarda kredit berilmasligi nazarda tutilgan boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar).
57. Tijorat banklari kredit berish uchun kredit oluvchilardan vakolatli davlat organi tomonidan davlat reyestriga kiritilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitim nusxasini talab qilib olishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
58. Qarz oluvchilar kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida tijorat bankiga quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
mol-mulk garovi;
bank va (yoki) sugʻurta kompaniyasining kafolati;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
DXSH toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan va DXSH loyihasiga kiritilgan davlat sherigining obyektlar, shuningdek, DXSH toʻgʻrisidagi bitim davri mobaynida xarid qilingan boshqa mol-mulklar kredit taʼminoti hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
59. Tijorat banklari tomonidan kreditlar 3 — 15 yillik muddatga 3 — 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan koʻp boʻlmagan marjani qoʻshgan holda taqdim etiladi.
Bunda kreditlar DXSH loyihasi umumiy qiymatining 80 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
60. Vakolatli davlat organining gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan kredit foizlari hisobidan shakllangan mablagʻlar kredit liniyalarini ochish orqali tijorat banklariga belgilangan tartibda qayta joylashtiriladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlarning vaqtincha boʻsh turgan qismi tijorat banklarida depozitga ham joylashtirilishi mumkin.
61. DXSH loyihasini amalga oshirish uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida kredit liniyalari ochilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
62. Davlat sherigi budjet sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har chorakda DXSH loyihalari uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etib boradi hamda chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
63. Iqtisodiyot va moliya organiga taqdim etilgan hisobotlarning asosliligi va toʻgʻriligi, shuningdek, belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi uchun davlat sherigi va xususiy sherik birgalikda javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
64. DXSH loyihalari uchun rejalashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarini DXSH toʻgʻrisidagi bitimda va (yoki) xalqaro moliya tashkilotlari yoki xususiy sektor bilan texnik yordam toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun sarflash qatʼiyan taqiqlanadi.
65. DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarining maqsadli sarflanishi uchun davlat sherigi va xususiy sherik javobgar hisoblanadi.
66. DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy nazorat amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
67. Davlat sherigi va vakolatli davlat organi DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalaridan foydalanishda DXSH toʻgʻrisidagi bitimda tasdiqlangan muddatlar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
68. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-apreldagi 199-son qarorining 20-bandi va unga 10-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-avgustdagi 509-son qarori. Bunda ushbu qarorga 3-ilovaning 2-bandi oʻz kuchida qoladi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 824-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/720/0869-son)