toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish va xususiy sherikni tanlash;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini dastlabki baholash tartibi belgilash;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tayyorlash;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotni yuritish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 43 va 44-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-aprel,
259-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom barcha davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSH) loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSH loyihalarining reyestrini yuritish hamda ularning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotni yuritish tartibini belgilaydi.
2. Davlat organi (tashkiloti) (keyingi o‘rinlarda — davlat tashabbuskori) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — xususiy tashabbuskor) tomonidan taklif etilayotgan DXSH loyihalarining qiymati — qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), xizmat ko‘rsatish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish davrida DXSH loyihasini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kapital qo‘yilmalar va kiritiladigan investitsiyalar hajmidan iborat bo‘ladi.
Bunda davlat tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan bino yoki bepul asosda ajratilishi mumkin bo‘lgan ijara maydonlari hamda yer maydonlari loyiha qiymatiga kiritilmaydi.
Nizom kuchga kirgunga qadar tender bosqichida bo‘lgan loyihalarga nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
DXSH — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
DXSH loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
DXSH loyihasining konsepsiyasi — davlat sherigi va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlanadigan, DXSH loyihasini amalga oshirishni hal etishga doir tanlovni asoslab beradigan, ushbu loyihaning qiymatini va tavsifini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini, asosiy tavsifnomalari va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, jalb qilinadigan investitsiyalarning qaytarilishini ta’minlash mexanizmlarini o‘z ichiga olgan hujjat;
DXSH obyekti — loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, foydalanilishi va xizmat ko‘rsatilishi DXSH loyihasini ro‘yobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, shuningdek, DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim bo‘lgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;
DXSH obyektidan erkin foydalanilishi uchun to‘lov — DXSH to‘g‘risidagi bitimga muvofiq DXSH obyektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu obyektga xizmat ko‘rsatish davrida undan erkin foydalanilishini ta’minlaganlik uchun xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi bo‘lib, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa organlar (tashkilotlar) yoki ularning birlashmalari uning nomidan ish yuritadi;
foydalanganlik uchun to‘lov — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan DXSH to‘g‘risidagi bitimga muvofiq DXSH loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlar;
xususiy sherik — O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan DXSH to‘g‘risida bitim tuzgan tadbirkorlik faoliyati subyekti va shunday subyektlarning birlashmasi;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
zaxiradagi g‘olib — tender komissiyasining qaroriga asosan tender g‘olibining tender taklifidan so‘ng eng yaxshi tender taklifini bergan deb e’tirof etilgan talabgor;
loyihani baholash hujjati — loyihaning qiymatini va moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘lar hajmini belgilab beruvchi hamda asoslangan eng maqbul texnik-texnologik va loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy qarorni qabul qilishni asoslovchi loyiha hujjati;
talabgor — DXSH loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirgan, tenderda ishtirok etish uchun ariza (tender arizasi, tender taklifi) taqdim etgan xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs, shu jumladan xorijiy davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslari;
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tender g‘olibi — tender jarayoni yakunlari bo‘yicha DXSH loyihasini amalga oshirishi uchun tanlangan buyurtmachi.
2-bob. Loyihani dastlabki baholash tartibi
4. Taklif etilayotgan loyihani aynan DXSH mexanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida davlat sherigi muayyan loyihani dastlabki baholashdan o‘tkazadi.
Loyihaga nisbatan DXSH mexanizmlarini joriy etish uchun loyihalar quyidagi barcha mezon va shartlarga muvofiq bo‘lishi lozim:
iqtisodiy, ijtimoiy vazifalar va infratuzilma bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga qaratilganligi;
taklif etilayotgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyat turlari vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan olib borilganligi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati va darajasi amaldagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriligi;
DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatlariga muvofiqligi;
yuridik maqbullik shartlariga muvofiqligi, ya’ni DXSH obyektiga bo‘lgan mulkiy huquqlar davlat sherigining vakolatida bo‘lishi;
loyihaning moliyaviy ta’minlanganlik shartlariga muvofiqligi;
xususiy investitsiyalarning jalb etilganligi;
loyihaga talab va ehtiyojning mavjudlik shartlariga muvofiqligi;
taklif etilayotgan loyihaning xorijiy yoki mahalliy tajribadan o‘tganligi;
loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xatarlarning taqsimlanganligi;
ilg‘or boshqaruv tajribasining joriy etilganligi;
innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olishi va taraflar uchun maqbul bo‘lgan mutanosib nafni ta’minlashi;
loyihani amalga oshirish davomida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlar joriy etilishi.
5. Taklif etilgan loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishiga oid ekanligi — tarmoqni rivojlantirish dasturi, investitsiya dasturi va texnik audit hisobotlari kabi hujjatlar asosida aniqlanadi.
6. Taklif etilgan loyihani DXSH mexanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud deb topilsa, belgilangan tartibda DXSH loyihasi tashabbus qilinadi va tayyorlanadi.
3-bob. DXSH loyihasini tashabbus qilish
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat tashabbuskori va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.
DXSH loyihasini tashabbus qilish:
DXSH loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishni;
DXSH loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlashni;
vakolatli davlat organi tomonidan DXSH loyihasi konsepsiyasini ko‘rib chiqishni;
DXSH loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan ma’qullashni, rad etishni yoki maromiga yetkazish uchun qaytarishni;
DXSH loyihasining kelishib olingan konsepsiyasining davlat sherigi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini;
DXSH loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan DXSH loyihalarining reyestriga kiritishni o‘z ichiga oladi.
8. Zarur hollarda, yuridik shaxs boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda konsorsium tashkil etgan holda, loyihani tashabbus qilishi mumkin. Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorsium tashkil etish to‘g‘risidagi bitimda belgilab qo‘yiladi.
9. DXSH loyihasini tayyorlash davlat-xususiy sheriklik loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda bu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni ta’minlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, xususan:
DXSH loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari;
DXSH to‘g‘risidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, moliyalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan DXSH obyektining tarkibi va parametrlari;
xususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi va O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlaridan taxmin qilinayotgan moliyalashtirish hajmi;
davlat sherigining va xususiy sherikning majburiyatlari;
xususiy sherikka ko‘rsatiladigan davlat ko‘magining turlari;
muzokaralar o‘tkazish muddatlari;
DXSH obyektidan foydalangan holda taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
10. Aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olish maqsadida DXSH loyihasini tayyorlash jamoatchilik muhokamalari bilan birga olib borilishi kerak.
4-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini tayyorlash tartibi
11. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda DXSH loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
12. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyihani baholash hujjatini (keyingi o‘rinlarda — LBH) ishlab chiqadi.
Agar DXSH loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, LBH tayyorlash talab etilmaydi.
13. DXSH loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSH loyihasining reyestrini yuritish ushbu Nizomga 3 va 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Vakolatli davlat organi shartnoma asosida DXSH loyihalarining konsepsiyalari, tender hujjatlari, bitimlar loyihalari, LBH hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishda Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskorlarga ko‘maklashadi.
5-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini davlat tashabbuskori tomonidan tayyorlash tartibi
15. Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi davlat sherigi tomonidan mustaqil ravishda besh kalendar kuni mobaynida tasdiqlanadi.
16. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.
Vakolatli davlat organi DXSH loyihasining konsepsiyasini (LBH bilan birgalikda) o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Maromiga yetkazish uchun qaytarilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan qayta ishlanib, yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun qayta kiritadi.
DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH ko‘rib chiqish jarayonida vakolatli davlat organi davlat sherigidan loyihaga oid zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
DXSH loyihasining konsepsiyasini kelishish bosqichida Davlat budjetidan moliyalashtirish talab qilingan taqdirda, loyihaning qiymatidan qat’i nazar, barcha loyihalar uchun davlat sherigi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xulosasi olinadi.
Hujjatlar to‘plami davlat sherigi tomonidan to‘liq taqdim etilgan sana DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqish boshlangan sana deb hisoblanadi.
DXSH loyihasining konsepsiyasi hamda LBH berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi, haqqoniyligi va sifatli taqdim etilganligi uchun davlat sherigi javobgar hisoblanadi.
17. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va o‘n million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan so‘ng, davlat sherigi DXSH loyihasining konsepsiyasini besh kalendar kuni mobaynida tasdiqlaydi.
18. Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan so‘ng, besh kalendar kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi o‘n kalendar kuni mobaynida DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
6-bob. DXSH loyihasining konsepsiyasini xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlash tartibi
19. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH potensial davlat sherigiga kelishish uchun taqdim etiladi.
20. Potensial davlat sherigi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBHni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni o‘ttiz kalendar kuni mobaynida qabul qiladi va bu haqda xususiy tashabbuskorni xabardor qiladi.
21. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan DXSH loyihasi konsepsiyasi (LBH bilan birga) potensial davlat sherigi tomonidan ma’qullangan taqdirda, xususiy tashabbuskor va potensial davlat sherigining birinchi rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun besh kalendar kuni mobaynida vakolatli davlat organiga taqdim qilinadi.
Loyihaga baholash hujjatlaridagi hisob-kitoblarni tasdiqlovchi ma’lumotlar ilova qilingan holda taqdim etiladi.
22. Vakolatli davlat organi DXSH loyihasining konsepsiyasini (LBH bilan birgalikda) o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
23. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilgan DXSH loyihasining konsepsiyasi mazkur Nizomning 15, 17 va 18-bandlariga muvofiq tartibda tasdiqlanadi.
24. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
xususiy tashabbuskorning talabgorlarga nisbatan qo‘yiladigan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan talablarga mos kelmaganligi;
potensial davlat sherigida davlat-xususiy sheriklik obyektiga nisbatan xo‘jalik yuritish huquqining yoki operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi;
davlat-xususiy sheriklik obyektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish zaruriyatining mavjud emasligi;
loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi va (yoki) bunga ijtimoiy ehtiyojning mavjud emasligi.
25. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini o‘zining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda besh kalendar kun ichida e’lon qiladi.
Agar davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasini xususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga kirishadi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender o‘tkazmagan holda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilsa, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.
Bunda davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymatidan qat’i nazar, bir bosqichli tender o‘tkaziladi va tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga qayta joylashtirilmasdan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari to‘plami o‘ttiz kun ichida taqdim etiladi. Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun so‘nggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir so‘rovda ko‘rsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu so‘rov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Tender komissiyasi tender g‘olibini va tenderning zaxiradagi g‘olibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
Manfaatdor bo‘lgan talabgorlardan hech biri dastlabki malaka hujjatlari to‘plamini taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bo‘yicha malaka hujjatlarini belgilangan muddatda taqdim etmagan taqdirda (xususiy tashabbuskordan tashqari), tender qayta o‘tkazilishi mumkin emas va potensial davlat sherigi xususiy tashabbuskor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga kirishadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
26. Xususiy tashabbuskor tender g‘olibi bo‘lmagan taqdirda, xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rni davlat-xususiy sheriklik loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender g‘olibining yoki zaxiradagi g‘olibi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
7-bob. Davlat xususiy-sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender hujjatlari
27. Davlat sherigi DXSH to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender o‘tkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlaydi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Tender hujjatlar va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan o‘n kalendar kuni mobaynida kelishiladi va tasdiqlash uchun davlat sherigiga qaytariladi.
Tender hujjatlari va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan so‘ng, davlat sherigi ularni uch ish kuni mobaynida tasdiqlaydi va bir yoki ikki bosqichli tender bosqichiga o‘tadi.
28. Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi kerak:
talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga doir talablar;
davlat-xususiy sheriklik obyektining joylashgan yeri;
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari;
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
loyihani moliyalashtirish manbalari;
davlat-xususiy sheriklik obyektini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish muddatlari;
davlat-xususiy sheriklik obyekti yoki xususiy sherik tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining ko‘rsatkichlari yoki unga doir eng kam talablar;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni bajarish maqsadida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka beriladigan moliyalashtirish hajmi, mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning ro‘yxati;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning taraflari o‘z zimmasiga olayotgan xavf-xatarlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining parametrlari aks ettirilishi kerak bo‘lgan valyuta va ularni taqqoslash va baholash maqsadida yagona valyutaga keltirish uchun hisob-kitoblarda foydalaniladigan valyutaning kursi;
tender mezonlarining tavsifi;
tender (taklifi) beriladigan tilga doir talablar;
tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari;
tender (taklifiga) doir ta’minot kiritish shartlari;
tender (takliflari) solingan konvertlarni ochish tartib-taomillari, joyi, sanasi va vaqti.
(28-bandning o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi tender hujjatlarining ajralmas qismidir.
29. Tender e’lon qilingandan so‘ng unda ishtirok etish istagi mavjud talabgorlar tender hujjatlarini xarid qiladilar, ular to‘lov asosida har bir talabgorga beriladi. Tender hujjatini olish uchun to‘lov miqdori tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Talabgorlar tomonidan tender hujjatlarini xarid qilish natijasida kelib tushadigan mablag‘lar vakolatli davlat organi va davlat sherigi o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
Davlat sherigi tomonidan talabgorlardan axborot-maslahat xizmatlari uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
30. Tender ishtirokchilari konsorsium shaklida ishtirok etgan taqdirda:
yetakchi kompaniya tender texnik talablariga to‘liq rioya qilishi shart;
moliyaviy talablariga konsorsium vakillarining umumiy imkoniyatlari hisobga olinadi.
31. Konsorsium shaklidagi tashabbuskorlar o‘zining tender taklifida qo‘shimcha tarzda konsorsiumning barcha ta’sischilari nomidan tegishli harakatlarni amalga oshirish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish vakolati konsorsium tashkil etish to‘g‘risidagi bitim asosida yetakchi kompaniyaga yuklaganligini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim qilinadi.
32. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan, mulki xatlovda bo‘lgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan talabgorlar tender komissiya tomonidan tegishli tashkilotlar va organlarga so‘rovnomalar yuborish yo‘li bilan aniqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
8-bob. Tender komissiyasi
33. Davlat sherigi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga ko‘ra davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasini 3 ish kuni mobaynida shakllantiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat sherigi tomonidan shakllantirilgan va taklif etilgan tender komissiyasi tarkibini ko‘rib chiqadi va o‘n kalendar kuni mobaynida tasdiqlaydi.
34. Tender komissiyasi tarkibiga davlat sherigining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va vakolatli davlat organining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
35. Davlat sherigining vakili tender komissiyasi raisidir. Vakolatli davlat organining vakili tender komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.
36. Tender komissiyasi a’zolarining soni toq bo‘lishi kerak.
37. Tender komissiyasi, agar majlisda uning a’zolari umumiy sonining kamida yetmish besh foizi hozir bo‘lsa, qarorlar qabul qilish huquqiga ega, bunda tender komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.
38. Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
39. Tender komissiyasi o‘z majlislarining bayonnomalarini yuritadi, bayonnomalar uning majlislarda hozir bo‘lgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
40. Tender komissiyasi a’zosida majlisga chiqarilgan masalalar yuzasidan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, u o‘z nomzodini qaytarib olishini bildirishi va ushbu masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
9-bob. Xususiy sherikni tanlash tartibi
41. Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasi bo‘yicha bir bosqichli tender o‘tkaziladi.
Bir bosqichli tenderni o‘tkazish chog‘ida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan konseptual qarorlar va shartlar asosida batafsil texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflari ko‘rib chiqiladi hamda baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Bir bosqichli tenderni o‘tkazish tartib-taomili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;
tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;
tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari to‘plamini berish uchun so‘rov taqdim etish;
tender o‘tkazish kunini belgilash va talabgorlarni xabardor qilish;
talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning g‘olibini va zaxiradagi g‘olibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender g‘olibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazish;
tender g‘olibi bilan DXSH to‘g‘risida bitim tuzish.
Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
42. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ikki bosqichli tender o‘tkaziladi, bundan ushbu Nizomning 25-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ikki bosqichli tender dastlabki malakani aniqlash va tender g‘olibini saralash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari ko‘rib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida ko‘rsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi;
ikkinchi bosqichda kiritilgan texnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta ko‘rsatilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda baholanadi.
Ikki bosqichli tenderni o‘tkazish tartib-taomili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir so‘rovni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;
talabgorlardan tenderda ishtirok etish uchun rasmiy buyurtmalarni va talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini yig‘ish va baholash;
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning ro‘yxatini shakllantirish va ularni xabardor qilish;
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarga tender hujjatlari to‘plamini taqdim etish; .
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning g‘olibini va zaxiradagi g‘olibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender g‘olibi bilan muzokaralar o‘tkazish;
tender g‘olibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan DXSHklik to‘g‘risida bitim tuzish.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
43. Dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
44. Dastlabki malakalashni o‘tkazish natijasida kamida ikkita talabgorning malakasi malaka talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
45. Tender takliflarini berish uchun so‘nggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir so‘rovda ko‘rsatiladi va u dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarga ushbu so‘rov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
46. Bir bosqichli yoki ikki bosqichli tender talabgorlaridan hech biri bittadan ortiq tender taklifini taqdim etishga haqli emas. Talabgor tender komissiyasiga tender takliflarini taqdim etish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda tender taklifini o‘zgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.
47. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat ichida o‘tkaziladi. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan tender mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
48. Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir bo‘lishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish chog‘ida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaxslari hozir bo‘lishi mumkin.
49. Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender takliflarining so‘rovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam bo‘lsa, tender bo‘lib o‘tmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni e’lon qilishga haqli. Takroriy tender uni o‘tkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Malaka buyurtmalarini va tender takliflarini qabul qilish tender hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda hamda hollarda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
(47 — 49-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
50. Tender komissiyasi tender g‘olibi va zaxiradagi g‘olib to‘g‘risidagi axborotni davlat sherigi hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.
51. Talabgorlarning tenderda ishtirok etishi munosabati bilan qilgan xarajatlarining o‘rni qoplanmaydi, mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollar bu nda mustasno.
10-bob. Tender g‘olibi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish
52. Tender g‘olibi rasman e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kuni muddatida tomonlar o‘rtasida DXSH to‘g‘risidagi bitim imzolanishi shart.
53. Agar tender g‘olibi tender hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamasa yoki tender komissiyasi tomonidan tender g‘olibi taqdim etgan axborotning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan taqdirda, tender komissiyasi uni diskvalifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va tenderning zaxiradagi g‘olibini g‘olib deb topadi hamda unga tender g‘olibini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida g‘olib shartlari asosida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzishni taklif etadi.
54. Tender komissiyasi tomonidan tenderning zaxiradagi g‘olibiga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish haqidagi taklif yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kuni ichida undan ijobiy javob olinmagan taqdirda, tender komissiyasi tenderni bo‘lib o‘tmagan deb topadi va takroriy tender e’lon qiladi.
55. Qabul qilingan qarorga nisbatan e’tiroz bildirgan ishtirokchi qaror yuzasidan shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
56. DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati — DXSH obyekti uchun jalb qilingan kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarning to‘liq qoplanish muddatidan, shuningdek, DXSH loyihasini amalga oshirish davrida olingan asosiy vositalar va boshqa mol-mulklardan foydalanish muddatidan hamda olinadigan sof foyda ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish — xususiy sherik tomonidan qo‘shimcha ravishda kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish — xususiy sherik tomonidan qo‘shimcha ravishda kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
11-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tartibi
57. Taraflar DXSH to‘g‘risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzishi mumkin:
davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda;
DXSH loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mol-mulk obyekti va o‘zga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlaribilan belgilangan hollarda.
(57-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
Mazkur bandning uchinchi xatboshidagi mezon DXSH loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq bo‘lmagan huquqlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
58. Davlat sherigi yoki xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun tashabbus qilish vakolatiga ega.
59. Agar davlat sherigi mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar bo‘yicha DXSH to‘g‘risidagi bitim tuzishni taklif qilsa, ushbu loyihaning konsepsiyasini va LBHni xususiy sherik bilan birga ishlab chiqadi va loyihaning konsepsiyasi belgilangan tartibda davlat sherigi, umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
60. DXSH loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangandan so‘ng hamda DXSH to‘g‘risidagi bitim tuzilishidan oldin ushbu loyihaning mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga muvofiqligini davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillari soni jami uchtadan kam bo‘lmasligi, toq bo‘lishi hamda davlat sherigi vakillari soni jami vakillarning uchdan bir qismidan ko‘p bo‘lmasligi shart.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtiroki ta’minlansa, o‘rganishlar o‘tkaziladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan loyihaning umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillarining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish orqali DXSH loyihalarining amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(60-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61 — 63-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son)
64. To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishda davlat va xususiy sherik DXSH to‘g‘risidagi bitimning shartlarini kelishib oladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib boriladigan DXSH loyihasi konsepsiyasini tayyorlashga (LBHni o‘z ichiga olgan holda) ruxsat etiladi.
65. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan DXSH loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
xususiy tashabbuskorning talabnoma beruvchilarga qo‘yiladigan talablarga nomuvofiqligi;
davlat sherigi uchun DXSH obyektiga nisbatan xo‘jalik boshqaruvi yoki operativ boshqaruv xuquqining mavjud emasligi;
DXSH obyektining loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, foydalanilishi va xizmat ko‘rsatilishi zarurati yo‘qligi;
loyihani amalga oshirish uchun iqtisodiy imkoniyat va ijtimoiy ehtiyojning yo‘qligi.
12-bob. DXSH loyihalarining reyestrini yuritish
66. DXSH loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangandan hamda DXSH to‘g‘risidagi bitim ikki tomonlama imzolangandan keyin uch kalendar kuni mobaynida davlat sherigi rasmiy tartibda uch nusxadan iborat DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH to‘g‘risidagi bitimning elektron va qog‘oz ko‘rinishdagi nusxalarini vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.
67. Taqdim qilingan DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH to‘g‘risidagi bitim tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan, muhrlangan hamda davlat va xususiy sheriklarning rahbarlari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
68. DXSH loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSH to‘g‘risidagi bitim to‘liq taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan hujjatlarning har bir sahifasiga tegishli shtamp (“REYESTRGA OLINDI” belgili shtamp) bosilib, reyestrga kiritiladi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ularning bir asl nusxasi vakolatli davlat organida saqlanadi va ikki asl nusxasi ikki ish kuni mobaynida davlat sherigiga qaytariladi.
69. DXSH loyihalari reyestrga olingandan so‘ng besh ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi va davlat sherigining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga (www.data.gov.uz) joylashtiriladi.
70. DXSH loyihalarining reyestrida jamlangan ma’lumotlar va axborotlardan foydalanish hech qanday to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
13-bob. DXSH loyihalari bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini (tariflarini) belgilash tartibi
71. DXSH loyihalari bo‘yicha narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan amal oshiriladi.
Ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, tasdiqlanadigan narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasi ta’minotiga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno.
72. DXSH loyihalari bo‘yicha monopoliya yoxud tabiiy monopoliya hisoblangan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar) davlat sherigining yozma murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
DXSH loyihalari bo‘yicha boshqa ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar) — xususiy sherik bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
73. DXSH loyihalari bo‘yicha ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari (tariflari) darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar keskin o‘zgargan taqdirda xususiy sherik narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarni yozma xat orqali davlat sherigiga taqdim qiladi va ularning yozma ko‘rsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusining sabablari ko‘rsatilishi kerak.
74. DXSH loyihalari bo‘yicha ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari (tariflari)ni ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni taqdim qilish va tasdiqlash muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
14-bob. DXSH loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotni taqdim etish tartibi
75. Davlat sherigi va vakolatli davlat organi DXSH loyihalari bajarilishining hamda DXSH to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshiradi.
76. Davlat sherigi va vakolatli davlat organining zaruratga ko‘ra, joylarda monitoring amalga oshirilishi uchun DXSH obyektlariga kirishi va tegishli hujjatlardan foydalanishi ta’minlanadi.
77. Monitoring o‘tkazish uchun vakolatli davlat organi vazirlik, idora, xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
78. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash;
DXSH loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari bajarilishini o‘rganish;
LBH bilan tasdiqlangan tariflar (narxlar)ga amal qilinishini o‘rganish;
davlat va xususiy sheriklarning faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘z vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida to‘sqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va o‘rganish, bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qat’iy muvofiq ravishda loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
davlat va xususiy sheriklar oldida loyihalar bo‘yicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.
79. DXSH loyihasining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli davlat organiga davlat sherigi tomonidan imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda taqdim etadi.
80. Davlat sherigi hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi, to‘liqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
81. Vakolatli davlat organi davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
82. DXSH loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat sherigi va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
15-bob. Yakunlovchi qoidalar
83. Mazkur Nizom normalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
84. Mazkur Nizomni bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Izoh. 1. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi ishtirokisiz mustaqil ravishda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va o‘n million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi xususiy yoki davlat sherigi tomonidan kiritilib, vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Loyihani baholash hujjati
Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim:
loyihaning nomi;
tashabbuskor nomi;
loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki AQSh dollari ekvivalentida);
loyiha ko‘lami, shu jumladan uning quvvati;
loyihaning tarkibiy qismlari — har birining narxlari ko‘rsatilgan holda;
loyiha amalga oshiriladigan manzil (viloyat, tuman, shahar);
loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan shaklda;
asosiy foyda ko‘ruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar;
moliyalashtirish manbalari va sxemalari;
moliyalashtirish yillar kesimida ko‘rsatilgan holda, loyihani amalga oshirish davri.
1. Iqtisodiy bo‘limda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu bo‘limda, zaruratga ko‘ra quyidagilar ko‘rsatilishi mumkin:
loyihaning iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va ta’siri tahlili, sarf-xarajatlari va o‘lchab bo‘lmaydigan foydalari, qo‘shilgan foydalar va sarflari, qaytarib bo‘lmaydigan sarf-xarajatlari, tashqi ta’sirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;
tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi bilan uzviy bog‘liqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.
2. Moliya bo‘limi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini o‘zida aks ettiradi.
Ushbu bo‘limda, zaruratga ko‘ra quyidagi ma’lumolar aks ettirilishi lozim:
loyihani amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari bo‘yicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy ko‘rinishda, vaqt bo‘yicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlari inobatga olingan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;
investitsiya xarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari bo‘yicha taqsimoti;
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi;
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi;
loyihaning quyidagilarni o‘z ichiga olgan moliyaviy ko‘rsatkichlari:
mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-kitobi;
savdolardan olinadigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi;
pul mablag‘lari oqimining yig‘ma hisob-kitobi;
diskont usullar yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash, kapital o‘rtacha qiymatining hisob-kitobi (WACC);
loyiha likvidligi tahlili;
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash (xavf-xatarlar matritsasi), xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va ko‘lami, xatarlarni kamaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlar.
3. Ijtimoiy bo‘lim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar ko‘radigan foydani o‘zida aks ettiradi.
Ushbu bo‘limda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga ta’siri;
ishchilar va mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturi;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari;
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar bo‘yicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.
4. Marketing tadqiqotlari bo‘limi mahalliy va xalqaro bozor imkoniyatlarini baholashdan iborat (shu jumladan, homiylar, pudratchilar, sarmoyadorlar).
Ushbu bo‘limda loyihaning ko‘lami, texnik talablar bo‘yicha bozor munosabatlarini baholash va qo‘llash, xavf-xatarlarni taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatiladi.
5. Texnik-texnologik bo‘limda loyihani amalga oshirishning turli texnologik yechimlari aks ettirish, loyiha tuzilishi, loyiha bo‘yicha texnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi ko‘rsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.
6. Ekologik bo‘limda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Loyihaning atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash, loyihani amalga oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar bayon etiladi.
7. Institutsional bo‘limda loyihaning amalga oshirish davri davomida uni boshqarish sxemasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy xarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning o‘zaro xamkorligi, xarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional xavf-xatarlar va xatarlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar.
8. Arxitektura-qurilish bo‘limida qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yo‘llari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda, hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalarining bayoni aks ettiriladi.
9. DXSH to‘g‘risidagi bitimning tuzilmasi bo‘limida qo‘llash mumkin bo‘lgan DXSH modellari uchun variantlarni baholash, to‘lov mexanizmi va davlat daromadlarini qo‘llab-quvvatlash zarurati ko‘rsatiladi.
Kapital xarajatlar, foydalanish xarajatlari va moliyalashtirish xarajatlarini qamrab oladigan moliyaviy modelni ishlab chiqish orqali DXSH loyihasining maqsadga muvofiqligini tekshirish talab etiladi. Moliyaviy model taxminlarni o‘z ichiga olishi va asosiy o‘zgaruvchan ssenariylarni tahlil qilish uchun funksional imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.
10. Davlat tomonidan taqdim etiladigan qo‘llab-quvvatlash turlari bo‘limida quyidagilar zaruratga ko‘ra ko‘rsatilishi mumkin:
DXSH loyihasini amalga oshirish doirasida talab etiladigan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati;
subsidiyalar, shu jumladan xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yo‘naltiriladigan subsidiyalar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qo‘yilmalar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi budjet mablag‘lari;
budjet ssudalari, qarzlari, grantlar, kredit liniyalari va moliyalashtirishning boshqa turlari;
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;
soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;
boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.
11. Loyihani amalga oshirish rejasi bo‘limida quyidagilar zaruratga ko‘ra ko‘rsatilishi mumkin:
marketing rejasi;
loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish muddatlari;
asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash va ularning loyihani amalga oshirishdagi rolini belgilash.
12. Loyihani baholash hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining dastlabki moliyaviy hisob-kitoblari hamda DXSH loyihasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar to‘plami;
umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va o‘n million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining dastlabki moliyaviy hisob-kitoblari, biznes-rejasi hamda DXSH loyihasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar to‘plami;
umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining ijtimoiy va ekologik tadbirlari, texnik-iqtisodiy asoslari yoki hisob-kitoblari hamda DXSH loyihasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar, ko‘rsatkichlar va komponentlardan iborat hujjatlar to‘plami.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Davlat sherigi tomonidan DXSH loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSH loyihasining reyestrini yuritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Davlat sherigi

1. Ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib dastlabki baholash tartibi asosida loyihalarni tanlaydi.
2. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
4. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan so‘ng,Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

10 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat sherigi

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi tasdiqlangan DXSH loyihasining konsepsiyasi asosida tender hujjatlarini va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlaydi hamda vakolatli davlat organiga kelishish uchun kiritadi.

Loyiha murakkabligidan kelib chiqqan holda

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tender hujjatlari va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishadi va davlat sherigiga qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat sherigi

1. Vakolatli davlat organi bilan kelishilgan tender hujjatlari va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasini tasdiqlaydi va rasmiy veb-saytlarda hamda boshqa maxsus veb-saytlarda tender e’lon qilinadi.
2. Tender komissiyasi tarkibinishakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan tender komissiyasi tarkibini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi

10 kalendar kuni mobaynida

8-bosqich

Tender komissiyasi

Bir bosqichli tender o‘tkazish jarayonida talabgorlarning texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini ko‘rib chiqadi hamda baholaydi.

30 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda

Ikki bosqichli tender o‘tkazish jarayonida talabgorlarni dastlabki malakalashdan o‘tkazadi, ularning texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini ko‘rib chiqadi hamda baholaydi.

45 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat sherigi va tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib

Tender natajalari bo‘yicha aniqlangan tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib bilan DXSHto‘g‘risidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.

10 kalendar kuni mobaynida

10-bosqich

Davlat sherigi

Imzolangan DXSH to‘g‘risidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

3 kalendar kuni mobaynida

11-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSH to‘g‘risidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

3 ish kuni mobaynida

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Xususiy tashabbuskor tomonidan DXSH loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSH loyihasining reyestrini yuritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan vazifalar

Muddati

1-bosqich

Xususiy tashabbuskor

1. Ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, loyihalarni tanlaydi.
2. DXSH loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH kelishi uchun potensial davlat sherigiga taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Potensial davlat sherigi

1. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilayotgan DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni o‘ttiz kalendar kuni mobaynida qabul qiladi va bu haqda xususiy tashabbuskorni xabardor qiladi.
2. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.

30 kalendar kuni mobaynida

3-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
2. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan so‘ng, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

10 kalendar kuni mobaynida

4-bosqich

Potensial davlat sherigi

Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan so‘ng, tasdiqlaydi.

5 kalendar kuni mobaynida

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

6-bosqich

Potensial davlat sherigi

DXSH loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, boshqa talabgorlarga DXSH loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini o‘zining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda e’lon qiladi.

45 kalendar kuni mobaynida

DXSH loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSH loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, DXSH amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan muzokaralarni o‘tkazishga kirishadi, DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishadi va xususiy tashabbuskor bilan DXSH to‘g‘risida tender o‘tkazmagan holda bitim tuzadi.

60 kalendar kuni mobaynida

Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSH loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilsa, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.

7-bosqich

Potensial davlat sherigi va tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib

Tender natajalari bo‘yicha aniqlangan tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib bilan DXSH to‘g‘risidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.

10 kalendar kuni mobaynida

8-bosqich

Davlat sherigi

Imzolangan DXSH to‘g‘risidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

3 kalendar kuni mobaynida

9-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSH to‘g‘risidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

3 ish kuni mobaynida

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatininig ayrim qarorlariga kiritilayetgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uning nomidan ish yuritadi;”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Ijtimoiy dorixona O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.”
v) 4-bob va ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qarorida:
a) 3-banddagi “Agentlikka uchta, jumladan, bitta xizmat va ikkita navbatchi” so‘zlari “Agentlikka uchta, jumladan, ikkita shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “maxsus” so‘zi chiqarib tashlansin.
“b” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “ekspertizadan o‘tkazadi” so‘zlari “tahlil qiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Agentlik tomonidan DXSH loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanlar, seminarlar, treninglar hisobidan tushadigan tushumlar;
davlat yoki xususiy sheriklar tomonidan to‘lab beriladigan to‘lovlar, basharti DXSH to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa;
jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar”;
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi “221”-band bilan to‘ldirilsin:
“221. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar quyidagi xarajatlarga yo‘naltiriladi:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to‘lash;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat va xususiy sheriklar hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini tayyorlash;
DXSH loyihalari bo‘yicha konsepsiya, loyiha hujjatlari, uslubiy qo‘llanma, jurnal, reklama va roliklarni ishlab chiqish;
respublikada va xorijda DXSH loyihalari bo‘yicha konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, seminarlar, “davra suhbat”larini o‘tkazish;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, Agentlik xodimlarining xizmat safarlarini amalga oshirish;
Agentlikni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa harajatlar.”;
quyidagi mazmundagi “222”-band bilan to‘ldirilsin:
“222. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida belgilangan normalar Agentlikning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishida tatbiq etilmaydi”.
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tasdiqlaydigan tartibga muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun har oylik ustamalar to‘lanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son; 12.04.2021-y., 09/21/199/0315-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)