1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga muvofiq:
a) “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida qayta nomlanganligi;
b) Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida:
ularda joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratilishi;
ular joylashgan hududdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi bo‘lgan shaxslariga shartnoma asosida mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
5.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) davlat muassasalari hisoblanadi;
Markazlarni tashkil etish, qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Markazga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Markazlar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Markaz tugatilganda, Agentlik tomonidan unga joylashtirilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar belgilangan tartibda boshqa Markazga joylashtiriladi;
Markazlardagi o‘rinlar soni Agentlik tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilgan holda belgilanadi;
Markazlar Agentlik tomonidan belgilangan kvotalar doirasida shartnomaga muvofiq pullik asosda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Markazlarda eksperiment tariqasida:
ushbu hududlarda yashovchi parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bo‘lgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shartnomaga muvofiq uzoq va qisqa muddatli statsionar, kunduzgi qatnov hamda mobil shakldagi ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi bo‘lgan shaxslariga xizmat ko‘rsatish shartnomaga muvofiq ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari narxining 20 foizi miqdoridagi to‘lov asosda amalga oshiriladi.
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda to‘lov miqdori Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bosqichma-bosqich 50 foizgacha oshirilishi mumkin;
b) mazkur bandning “a” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan to‘lovlarning qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplab beriladi.
4. Markazlarga joylashtirilgan shaxslarning ijtimoiylashuvini hamda cheklovlarsiz to‘laqonli hayot kechirishini ta’minlash maqsadida:
Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarni “Ijtimoiy mahsulot” elektron savdo platformasida, boshqa elektron savdo maydonchalarida va ko‘rgazmalarda hamda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot” tovar belgisi ostida jahon bozorlarida sotilishi uchun har tomonlama ko‘maklashib boriladi;
har bir Markazni “Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boshqarmalariga biriktirish tartibi joriy etiladi.
Bunda biriktirilgan hududiy boshqarmalar tomonidan Markazlarga joylashtirilgan shaxslarni ularning xohishiga qarab tegishli kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Agentlikning Markazlarda joylashtirilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlariga volontyorlarni keng jalb etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi va “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan har chorakda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida qatnashish istagida bo‘lgan volontyorlar to‘g‘risidagi ma’lumot Agentlikka taqdim etib boriladi;
Markazlarga jalb etiladigan volontyorlarni tanlash va ular tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turlari hamda tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi;
Markazlarga volontyor sifatida jalb qilingan shaxslarni rag‘batlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazga joylashtirish uchun zarur tibbiy hujjatlarni Xalqaro kasalliklar va salomatlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar tasnifiga (O‘zbekiston Respublikasida foydalanish uchun moslashtirilgan V MKB-10 klassi) muvofiq “Tibbiyot” axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini yaratsin.
8. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazga joylashtirish bo‘yicha murojaatlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali qabul qilish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalarini tashkil etish;
qisqa va uzoq muddatli statsionar, kunduzgi qatnov hamda mobil shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
9. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq davlat ijtimoiy xizmatini ko‘rsatish “Ijtimoiy himoya” AT orqali joriy etilishini;
davlat ijtimoiy xizmati ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini;
Agentlikning rasmiy veb-sayti va “Ijtimoiy himoya” ATda Markazlar haqidagi, shu jumladan, ularda mavjud bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlasin.
10. Agentlik:
bir hafta muddatda eksperiment tariqasida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun zarur ehtiyojni inobatga olgan holda, mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan Markazlarda mavjud o‘rinlarning umumiy soni doirasida tegishli kvotalarni tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda Markazlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlanishi va qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq eksperiment tariqasidagi mobil shakldagi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maxsus avtotransport vositalarining xarid qilinishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-may,
316-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar)ga o‘zgalar parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari — shaxslarning funksionalligini tiklash, shu jumladan sog‘lig‘idagi mavjud nuqsonlarini bartaraf etish, ularning salbiy ta’sirini yumshatish orqali normal hayot kechirish imkoniyatini yaratish hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga qaratilgan kompleks xizmatlar;
Maxsus komissiya — hududiy boshqarmalar huzuridagi shaxslarni Agentlik tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish, bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqib, qaror qabul qiladigan doimiy asosda faoliyat yurituvchi komissiya;
qonuniy vakil — o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari, homiylari, sud tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
hududiy boshqarma — Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
3. Markazlarda quyidagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi:
a) bepul asosda hamda cheklanmagan muddatga — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bo‘lmagan va o‘z nomida ko‘chmas mulkka ega bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar (keyingi o‘rinlarda — doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar).
Bunda o‘z nomida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan hamda qonunchilikka muvofiq o‘zganing yordamiga ancha bog‘liqligi (Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 53 ballgacha to‘plagan) bois o‘zgalar parvarishiga muhtoj deb e’tirof etilgan yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq istisno tariqasida doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs sifatida Markazlarga joylashtirilishi mumkin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
b) shartnomaga muvofiq pullik asosda xizmat ko‘rsatiladigan quyidagi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar):
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bo‘lgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi bo‘lgan shaxslari.
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan shaxslarga:
bir yilgacha bo‘lgan muddatda statsionar va bir oygacha bo‘lgan muddatda kunduzgi qatnov shaklida Agentlik tomonidan belgilangan kvotalar doirasida Markazlar joylashgan viloyat (shahar)da yashovchi shaxslarga;
bir yilgacha bo‘lgan muddatda mobil shaklda Markazlar joylashgan tuman (shahar)da yashovchi shaxslarga ko‘rsatiladi.
Mobil xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasiga Agentlik tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Pullik asosda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatish tartibi va shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi hamda ko‘rsatilgan jami pullik xizmatlarning 2 foizi miqdoridagi mablag‘lar Agentlikning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shaxslarni Markazlarga joylashtirish ularda quyidagi qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi:
bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
somatik kasalliklarning o‘tkir kechish davri;
surunkali kasalliklarning og‘ir va o‘ta og‘ir (dekompensatsiya) darajasi;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish (onkologik) kasalliklari va retsidivlari;
Mazkur bandda nazarda tutilgan qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazi) tomonidan ushbu shaxslar tegishli tibbiy muassasalariga davolanish uchun yuboriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Agarda, tibbiy muassasalarida davolanish natijasida ushbu shaxslarda muqaddam aniqlangan qarshi ko‘rsatmalar bartaraf etilsa, ular belgilangan tartibda Markazlarning ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
5. Markazlar, ularning joylashgan manzillari va ularda mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-sayti va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya AT)ga joylashtirib boriladi.
Markazlarga joylashishni xohlovchi doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarga Ijtimoiy himoya ATda mavjud ma’lumotlar asosida o‘zlari istagan ikkita (asosiy va qo‘shimcha) Markazni tanlash va unga joylashish uchun murojaat qilish huquqi beriladi. Bunda:
doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar doimiy ro‘yxatga olingan hududda (viloyat yoki shahar) Markaz mavjud bo‘lsa, ushbu Markaz ular tomonidan tanlanadigan asosiy Markaz hisoblanadi. Qo‘shimcha tanlanadigan Markaz esa istalgan hududda joylashgan Markaz bo‘lishi mumkin;
doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar doimiy ro‘yxatga olingan hududda (viloyat yoki shahar) Markaz mavjud bo‘lmasa, ular istalgan hududdagi Markazni asosiy va qo‘shimcha sifatida tanlashi mumkin.
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar tomonidan tanlangan Markazlarning har ikkisida ham bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu shaxslar birinchi tanlangan Markazga joylashtirish uchun navbatga qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
6. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni Markazlarga joylashtirish Maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Maxsus komissiya tarkibi komissiya raisi va uning kotibi bilan birgalikda kamida 5 nafar a’zodan iborat bo‘ladi hamda “Inson” markazlarining doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni Markazlarga joylashtirish va bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Maxsus komissiyaning namunaviy tarkibi va faoliyat yuritish tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus komissiya, agar uning majlisida Maxsus komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Maxsus komissiyaning qarorlari uning ushbu majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
7. Mazkur Nizomga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazlarga joylashtirish Ijtimoiy himoya AT orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
8. Markazlarga joylashtirilgan va Markazlar xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish individual parvarishlash rejasi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
9. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazlarga joylashtirish hamda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Nizomga 1a — 1b-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazlarga joylashtirish hamda bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish tartibi
1-§. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni Markazlarga joylashtirish
10. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs Markazga joylashish uchun “Inson” markaziga bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakili orqali murojaat etadi yoki Ijtimoiy himoya ATda elektron murojaat qilish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Bunda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili “Inson” markazi orqali murojaat etgan taqdirda, “Inson” markazi xodimi doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili nomidan, Ijtimoiy himoya AT orqali murojaat qilgan hollarda esa — doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
11. So‘rovnoma doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzoni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi, bundan “Inson” markazi xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar mustasno.
So‘rovnomaga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi, doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar PDF (Portable Document Format) formatida to‘liq ilova qilinadi.
Bunda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan taqdim etiladigan tibbiy hujjatlarning to‘g‘riligi Maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
12. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumot va hujjatlar Ijtimoiy himoya ATda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi:
“Inson” markazining doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsga nisbatan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxs toifasini belgilashga doir qarori;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
pensiya tayinlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa);
nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mavjud bo‘lsa);
nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
Mazkur Nizomning 11-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tibbiy hujjatlar ham 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali olinadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
13. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarning murojaatlari Ijtimoiy himoya ATda ularning kelib tushish vaqtiga qarab ketma-ketlik bo‘yicha avtomatik tarzda navbat tartib raqami asosida ro‘yxatga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
14. “Inson” markazi tomonidan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaatlari navbat tartib raqamiga muvofiq ular yuborilgan sanadan e’tiboran ikki ish kunida ko‘rib chiqiladi.
“Inson” markazi tomonidan ko‘rib chiqilgan so‘rovnoma va taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yagona elektron hujjatlar majmui sifatida to‘planadi hamda Ijtimoiy himoya ATga yuklanadi.
Ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan hujjatlarni tegishli axborot tizimlari orqali olish imkoni bo‘lmasa, ular doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakilidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida so‘rab olinishi mumkin.
15. Ushbu Nizomning 11-12-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarni to‘plash va ko‘rib chiqish jarayonida taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar yoki belgilangan amal qilish muddat o‘tgan hujjatlar mavjudligi aniqlansa, “Inson” markazlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yoki belgilangan amal qilish muddat o‘tgan hujjatlarni yangilash uchun vakolatli organlarga talabnoma kiritiladi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma kiritilganligi hamda zaruratga ko‘ra vakolatli organlarga murojaat qilish lozimligi to‘g‘risida doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
16. “Inson” markazlariga taqdim qilingan ma’lumot va hujjatlarda kamchiliklar yoki belgilangan amal qilish muddati o‘tgan hujjatlar aniqlanmasa, barcha hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Maxsus komissiyaga Ijtimoiy himoya AT orqali yuboriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
17. Maxsus komissiya besh ish kuni ichida Ijtimoiy himoya AT orqali yuborilgan elektron hujjatlar yig‘majildini ularning navbat tartib raqamiga muvofiq to‘g‘ri va haqqoniyligini tekshiradi hamda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarda ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan qarshi ko‘rsatmalar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
Maxsus komissiya doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarda Markazlarga joylashtirish uchun qarshi ko‘rsatmalar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash uchun zaruratga ko‘ra qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
18. Maxsus komissiya tomonidan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarda Markazlarga joylashtirish uchun qarshi ko‘rsatmalar mavjudligini o‘rganish yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
19. Quyidagi hollarda Maxsus komissiya tomonidan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni Markazlarga joylashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi:
Maxsus komissiya majlisi o‘tkazilayotgan vaqtda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsda ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan qarshi ko‘rsatmalar yuzaga kelsa;
doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili o‘z xohishiga ko‘ra Markazga joylashishdan bosh tortsa.
Markazlarga joylashtirishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
20. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili Markazga joylashtirish bo‘yicha xizmatdan foydalanishdan xizmat ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Xizmatdan foydalanishdan bosh tortilganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
21. Maxsus komissiya kotibi doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakilining so‘rovnomasiga muvofiq u joylashishni istagan Markazlardan birida bo‘sh o‘rin bo‘lganda, ushbu joyni belgilagan holda Markazga joylashtirish haqidagi qaror loyihasini Ijtimoiy himoya AT orqali tasdiqlash uchun Maxsus komissiya a’zolariga kiritadi.
Qaror Maxsus komissiyaning barcha a’zolari tomonidan tasdiqlanganidan keyin Maxsus komissiya kotibi tomonidan belgilangan joy avtomatik band qilinadi.
Ijtimoiy himoya AT orqali avtomatik band qilingan joy Maxsus komissiya qarori tasdiqlangan kundan e’tiboran o‘n besh kun davomida band qilinadi.
O‘n besh kun davomida doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs tomonidan tegishli Markazga joylashish bo‘yicha murojaat qilinmagan taqdirda, ushbu band qilingan joy mazkur Markazga joylashish bo‘yicha Maxsus komissiya qarori tasdiqlangan va navbatda turgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar nomiga rasmiylashtiriladi.
22. Agarda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili so‘rovnomasida ko‘rsatilgan Markazlardan hech birida bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmasa, Maxsus komissiya kotibi ushbu shaxsni u joylashishni istagan birinchi tanlangan Markazga joylashtirish bo‘yicha navbatga qo‘yish haqidagi qaror loyihasini Ijtimoiy himoya AT orqali tasdiqlash uchun Maxsus komissiya a’zolariga kiritadi.
23. Mazkur Nizomning 21 va 22-bandlariga muvofiq Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror avtomatik tarzda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar yoki ularning qonuniy vakillariga hamda tegishli Markazga Ijtimoiy himoya AT orqali yuboriladi hamda bu to‘g‘risida mobil aloqa vositalari orqali xabar beriladi.
Bunda mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq qabul qilingan qaror avtomatik tarzda Ijtimoiy himoya AT orqali faqat doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakiliga yuboriladi hamda bu to‘g‘risida mobil aloqa vositalari orqali xabar beriladi.
24. Maxsus komissiya qaroridan norozi bo‘lgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili qonunchilikka muvofiq ushbu qaror ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
Bunda Agentlikka qilingan shikoyatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mazkur Nizomda doirasida ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli Maxsus komissiyaga yuborilishi mumkin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
25. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs mazkur Nizomning 21-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan muddatda joylashish uchun Markazga tashrif buyuradi. Bunda Markaz tomonidan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning sog‘lig‘ining holati tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Markazga qabul qilish vaqtida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi hamda bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya ATga kiritiladi.
Ushbu shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalarida davolanishda bo‘lgan vaqtda ular uchun band qilingan joy saqlab turiladi hamda ular belgilangan tartibda davolanib bo‘lgach, Markazga qabul qilinadi.
Agarda ularda hududiy davolash-profilaktika muassasalarida davolanish jarayonida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan qarshi ko‘rsatmalar aniqlansa, ularni Markazdan chiqarish bo‘yicha Markaz tomonidan xulosa rasmiylashtiriladi hamda bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya ATga kiritiladi.
Ushbu xulosa qarshi ko‘rsatma aniqlangan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni Markazga joylashtirishni rad etish va undan chiqarish uchun asos bo‘ladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
26. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (o‘rin-to‘shaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sog‘lig‘i, yoshi va shaxsiy xohishi hisobga olingan holda alohida bo‘limlar va xonalar bo‘yicha joylashtiriladi.
27. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarning tibbiy-ijtimoiy ta’minoti to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Bunda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar:
har yili ikki marta sog‘liqni saqlash tizimidagi biriktirilgan muassasalar va oliy tibbiy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolash maqsadida yo‘llanma shakllantirish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga Markazlar tomonidan ularning tibbiy xodimlarining xulosalari asosida Ijtimoiy himoya ATdan “Elektron poliklinika” axborot tizimiga so‘rov yuboriladi;
tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq belgilangan tartibda ambulator, statsionar va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash choralarini hamda yiliga bir marta sanatoriylarda sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan qamrab olinadi.
2-§. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni Markazlarga joylashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
28. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs Markazga joylashish uchun bevosita o‘zi yoki uning qonuniy vakili ushbu Nizomning 10-bandi va 11-bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda murojaat qiladi hamda ushbu Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tibbiy hujjatlar PDF formatida to‘liq ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3360, 2022-yil 1-aprel).
29. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning keksa va (yoki) nogironligi bo‘lgan a’zosining murojaatini ko‘rib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan ma’lumot va hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu shaxs oilasining Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi Ijtimoiy himoya AT orqali tekshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
30. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki ularning qonuniy vakillarining murojaatlari Ijtimoiy himoya ATda ularning kelib tushish vaqtiga qarab ketma-ketlik bo‘yicha avtomatik tarzda navbat tartib raqami asosida ro‘yxatga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
31. “Inson” markazi tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki qonuniy vakilining murojaatlari navbat tartib raqamiga muvofiq ular yuborilgan sanadan e’tiboran uch ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Agarda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaatini ko‘rib chiqish jarayonida ushbu Nizomning 12-bandi va 3-ilovasida nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarning amal qilish muddatlari o‘tganligi aniqlansa, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, “Inson” markazi pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaatini ko‘rib chiqishni rad etadi hamda bu to‘g‘risida pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar mobil aloqa vositalari orqali xabardor qiladi.
32. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning haqiqatda o‘zgalar parvarishiga muhtojligi tegishli murojaat kelib tushgandan keyin uch ish kuni ichida bevosita uning yashash joyiga borgan holda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz hamda yolg‘iz yashovchi va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda baholanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
Baholash yakuni bo‘yicha ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda amal qilish muddati bir yil bo‘lgan xulosa rasmiylashtiriladi hamda “Inson” markazi direktorining elektron raqamli imzosi orqali tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
33. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaatini ko‘rib chiqish natijasida ushbu shaxsning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning keksa va (yoki) nogironligi bo‘lgan a’zosi sifatida murojaat qilgan shaxsning oilasiga YIDXP orqali taqdim etiladigan QR-kodga ega bo‘lgan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugamaganligi hamda unda ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi aniqlanganda, ushbu shaxsni tegishli Markazga joylashtirish uchun Ijtimoiy himoya ATda barcha hujjatlar yagona elektron hujjatlar majmui sifatida to‘planadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Yagona elektron hujjatlar majmui pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsni u tanlagan Markazga joylashtirish uchun Ijtimoiy himoya AT orqali yuboriladi.
Agar pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaatini ko‘rib chiqish jarayonida ushbu shaxs tanlagan Markazda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, ushbu Markazga joylashtirish uchun navbatga qo‘yiladi.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs Ijtimoiy himoya AT va mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
34. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakili “Inson” markazi tomonidan Markazga joylashish haqida mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinganidan keyin Markazga joylashish uchun besh kun ichida tashrif buyurishi lozim.
Ushbu muddatda ichida pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs Markazga tashrif buyurmaganda, uni Markazga joylashtirish rad etiladi hamda bu to‘g‘risida tegishli “Inson” markazi va pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakili mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan holat bo‘yicha Markazga joylashtirilishi rad etilgan shaxs Markaz xizmatlaridan foydalanish uchun ushbu paragrafda belgilangan tartibda qayta murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]
35. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs Markazga joylashish uchun tashrif buyurganda Markaz tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning sog‘lig‘i holati tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Markazga qabul qilish vaqtida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi hamda bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya ATga kiritiladi.
Ushbu shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach va Markazlarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda qabul qilinadi. Agarda Markazda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmasa, ushbu shaxslar mazkur Markazga joylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda navbatga qo‘yiladi.
Agar ularda hududiy davolash-profilaktika muassasalarida davolanish jarayonida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan qarshi ko‘rsatmalar aniqlansa, Markaz tomonidan bu to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi hamda unga muvofiq pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni Markazga qabul qilish rad etiladi va bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya ATga kiritiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
36. Markazlarga joylashish uchun navbatga qo‘yilgan shaxslar ularning navbati kelgan vaqtda tegishli “Inson” markazi tomonidan mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Bunda “Inson” markazi tomonidan Markazga joylashish uchun navbatga qo‘yilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning keksa va (yoki) nogironligi bo‘lgan a’zosi sifatida murojaat qilgan shaxsning Markazga joylashish navbati kelgan vaqtda, uning oilasiga YIDXP orqali taqdim etiladigan ma’lumotnomaning amal qilish muddati mavjudligi tekshiriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Agarda Markazga joylashish navbati kelgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning keksa va (yoki) nogironligi bo‘lgan a’zosi sifatida murojaat qilgan shaxsning oilasiga YIDXP orqali taqdim etiladigan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugaganligi aniqlanganda, ushbu shaxsni Markazga joylashtirish rad etiladi va ular bu to‘g‘risida mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi hamda bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya ATga kiritiladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
37. Markaz va pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs va (yoki) uning qonuniy vakili o‘rtasida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ikki va uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ushbu shartnomada ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning davomiyligi, narxlari va xizmatlarni ko‘rsatish shakli, to‘lovlarni amalga oshirish usullari va boshqa shartlar ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan tanlanadi, bazaviy xizmatlar esa majburiy ravishda shartnomaga muvofiq ko‘rsatiladi.
38. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar o‘zlarining yoki ularning qonuniy vakillarining xohishiga ko‘ra Markazlarning ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan mobil, kunduzgi qatnov shaklida yoki qisqa va uzoq muddatga bevosita Markazga joylashish orqali foydalanishlari mumkin.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarga shartnomaga muvofiq to‘lovlar to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng shakllantiriladigan individual parvarishlash rejasiga asosan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
3-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
39. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni bir Markazdan boshqasiga tegishli Markazda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda hamda quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda Maxsus komissiya qaroriga muvofiq o‘tkazilishi mumkin:
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs istiqomat qilayotgan yoki ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanayotgan Markaz joylashgan hududning ob-havosi uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatganda (tibbiy xulosa bilan asoslanganda);
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qonuniy vakili bir hududdan boshqa hududga ko‘chib o‘tganda yoki uning yaqin qarindoshlari boshqa hududda yashaganda (Markaz ijtimoiy xodimining tavsiyasi asosida).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
40. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs bir Markazdan boshqasiga o‘tish uchun bevosita o‘zi yoki uning qonuniy vakilining tegishli Markaz joylashgan hududdagi “Inson” markaziga yohud Ijtimoiy himoya ATda ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani to‘ldirish orqali murojaat qiladi.
Murojaat bevosita “Inson” markaziga borgan holda berilganida “Inson” markazi xodimi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirishda ko‘maklashishi mumkin.
So‘rovnomaga mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazishga asos bo‘luvchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
41. So‘rovnoma zarur ma’lumotlar kiritilganidan hamda tegishli hujjat va ma’lumotlar rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzoni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi, bundan “Inson” markazi xodimi ko‘magida rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar mustasno.
Ijtimoiy himoya AT orqali yuborilgan so‘rovnomalarga ularning kelib tushish vaqtiga qarab ketma-ketlik bo‘yicha avtomatik tarzda navbat tartib raqami beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
42. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish haqidagi murojaatlar (so‘rovnoma va ilova hujjatlar) mazkur Nizomda belgilangan tartibda Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]
Maxsus komissiya murojaatlarni ko‘rib chiqishda zaruratga ko‘ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etishi mumkin.
43. Maxsus komissiyaning o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan zahoti o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga yoki ularning qonuniy vakillariga hamda tegishli Markazga Ijtimoiy himoya AT orqali yuboriladi hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar bu to‘g‘risida mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
44. Markaz unda yashovchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni boshqa Markazga o‘tkazish haqidagi Maxsus komissiya qarorini olgan kundan e’tiboran uch kun ichida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni zarur transport vositasida tibbiyot xodimi kuzatuvida Maxsus komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan Markazga o‘tkazilishini tashkil etadi.
45. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazishda uning tegishli Markazga qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlari (elektron hujjatlar yig‘majildi) hamda shaxsiy kiyim-kechagi va buyumlari bilan birga o‘tkaziladi.
3-bob. Markazlarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish va ularning samaradorligini baholash
1-§. Markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
46. Markazlarda joylashtirilgan shaxslarga yoki ularning xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslarga ularning har biri bo‘yicha tuzilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish]
47. Individual parvarishlash rejasi Ijtimoiy himoya AT orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Markazga qabul qilish jarayonida o‘tkaziladigan o‘rganish natijalari bo‘yicha Markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, terapevt, ijtimoiy xodim, reabilitolog va psixologdan iborat ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarga nisbatan individual parvarishlash rejasini shakllantirishda shartnomaga muvofiq ular tomonidan tanlangan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ham inobatga olinadi.
48. Markazlarda joylashgan yoki ularning xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslarga individual parvarishlash rejasiga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmi Agentlik tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
49. Markazlar tomonidan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uzoq va qisqa muddatli statsionar, kunduzgi qatnov va mobil shakllarida ko‘rsatiladi.
2-§. Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
50. Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 3-bandda belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
51. Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ushbu Nizomning 7-ilovasidagi ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 47-bandiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
52. Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomada nazarda tutilgan kunlarda Markazga kelishlari talab etiladi.
3-§. Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
53. Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakillarining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
54. Mobil shaklda ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 47-bandiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda mobil shakldagi Markaz xizmatlari alohida tasdiqlangan reja-grafiklarga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning bevosita yashash joyiga borgan holda ko‘rsatiladi.
55. Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun Markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.
56. Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish shartlari, davomiyligi, bir kun davomida xizmatlar uchun ajratiladigan vaqt, har bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
4-§. Markazlarda ko‘rsatiladigan shaxslarning ijtimoiylashuviga qaratilgan xizmatlar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
57. Markazlarda unga joylashtirilgan hamda kunduzgi qatnov shaklida xizmatlardan foydalanuvchilarni jamiyatga integratsiya qilish hamda qarish jarayoni bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishga ko‘maklashuvchi kasbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalari tashkil etiladi.
58. Ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalarida statsionar hamda kunduzgi qatnov shaklida xizmatlardan foydalanuvchilarining xohishi va qiziqishlari hamda individual parvarishlash rejasiga muvofiq mehnat yo‘riqchilari tomonidan kasbga o‘rgatish va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazib boriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
59. Markazning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalari ularda joylashtirilgan shaxslarning qiziqishlarini inobatga olgan holda bir yoki bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu Nizomning 8-ilovasida belgilangan zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
60. Markazlarda joylashtirilgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarga:
ularning sog‘lig‘ining holati va xohishlarini inobatga olgan holda muqaddam shug‘ullanib kelgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga;
mutaxassisligi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlashiga;
Markazlarning tegishli binolaridan foydalangan holda kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanishi imkoniyat yaratiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
61. Markazlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar natijasida, tegishli kasb bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli ko‘nikmalarga ega shaxslar ularning xohishiga ko‘ra Markaz tomonidan:
alohida bilim talab etmaydigan lavozimlar bo‘yicha Markazga ishga qabul qilinishi mumkin;
ushbu Markaz joylashgan hududdagi tadbirkorlik subyektlarida ish bilan ta’minlashi yoki o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashiladi.
Bunda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni keyinchalik sotish uchun shartnomaga muvofiq Markazlar tomonidan sotib olinadi.
Markazlarga joylashtirilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun qo‘shimcha kasbiy malakani o‘rganishga zarurat tug‘ilganda, bu jarayonga Markazlar shartnomaga muvofiq tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha zarur mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
62. Markazlar tomonidan mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Markazlarga joylashtirilgan o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish uchun maxsus yarmarkalar tashkil etilishi mumkin.
5-§. Markazlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarining samaradorligini baholash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
63. Markazlarda ushbu Nizomning 7-ilovasida nazarda tutilgan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning sifati va samaradorligi, xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanadi hamda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi monitoring qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
64. Baholash har chorakda Agentlik tomonidan belgilangan tartibda Markazlar joylashgan hududdagi “Inson” markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
Markazlar xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslarning tegishli xizmatlardan qoniqish hosil qilganligini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazish;
individual parvarishlash rejasining to‘g‘ri tuzilganligi, zarur xizmatlarning kiritilganligi hamda ularning o‘z vaqtida ko‘rsatilganligini tanlov asosida o‘rganish.
Baholashni amalga oshirishda zaruratga ko‘ra tor doiradagi malakali mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamenti.
65. Baholash yakunida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
individual parvarishlash rejasiga yangi xizmatlarni kiritish yoki unda mavjud xizmatlarni chiqarish orqali tuzatishlar kiritish;
individual parvarishlash rejasida ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘z vaqtida va belgilangan talablarga rioya etilmagan holda amalga oshirilgan holatlarda tegishli mas’ullarning javobgarligini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritish.
66. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2024-yil 11-martdagi 123-son qarorida belgilangan tartibda multidissiplinar guruhlar tomonidan Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha monitoring qilinadi.
Bunda multidissiplinar guruh xulosasi shaxsni O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritish bo‘yicha xulosa shakllantirgan ishchi guruh faoliyatiga baho berish uchun asos hisoblanmaydi.
4-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazdan chiqarish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
67. Markazlarga joylashtirilgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi va pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar quyidagi hollarda Markazlardan chiqariladi:
a) doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar:
Markazlar xizmatidan mobil yoki kunduzgi qatnov shaklida foydalanish yoxud Markazdan chiqish haqidagi arizasiga muvofiq;
ularni ta’minlash va zarur darajada parvarishlashga qodir bo‘lgan yaqin qarindoshlarining iltimosiga muvofiq;
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridan chiqarilganda;
vafot etgan taqdirda;
b) pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar:
shartnomada belgilangan xizmatlardan foydalanish muddati tugaganda;
mazkur Nizom talablariga muvofiq doimiy yashovchi toifasiga o‘tkazilganida;
vafot etgan taqdirda.
68. Ushbu Nizomning 67-bandi “a” kichik bandida belgilangan holatlar yuzaga kelganda Markaz tomonidan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni Markazdan chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish shaklini va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.
Mazkur buyruqda belgilangan muddatda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs Markazdan chiqariladi hamda unga quyidagi hujjatlar beriladi, bundan Markaz xizmatlaridan foydalanish shakli o‘zgartirilishi mustasno:
Markazda bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar).
Mazkur Nizomning 67-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq chiqarish bo‘yicha “Inson” markazi tomonidan qaror qabul qilishda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni yashash joy bilan ta’minlash hamda ijtimoiylashuviga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
69. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni uning vafot etganligi munosabati bilan Markazdan chiqarishda Markaz doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning yaqin qarindoshlariga, xususan so‘nggi marotaba ushbu shaxsdan xabar olgan qarindoshiga mobil aloqa vositalari orqali bog‘langan holda ushbu shaxsning vafot etganligi va uni olib ketish lozimligi haqida xabardor qiladi hamda vafot etgan shaxsning jasadini belgilangan tartibda saqlash va dafn etish choralarini ko‘radi.
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning yaqin qarindoshlari belgilangan tartibda xabardor qilinganidan keyin bir kun ichida Markazga kelmagan taqdirda yoki Markazga kelmasliklari haqida xabar qilmagan taqdirda, ushbu shaxs Markaz tomonidan Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda dafn etiladi hamda bu to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilinadi. Ushbu buyruq vafot etgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni Markazdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Bunda Markaz tomonidan dafn etilgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni dafn etganlik uchun qonunchilikda belgilangan nafaqa to‘lanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
70. Ushbu Nizomning 67-bandi “b” kichik bandida belgilangan holatlar yuzaga kelganda Markaz tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni Markazdan chiqarish muddati va tartibini nazarda tutuvchi buyruq qabul qilinadi.
Mazkur buyruqda belgilangan muddatda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar Markazdan chiqariladi hamda ularga quyidagi hujjatlar beriladi:
Markazda bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar).
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
71. Agarda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin Markazdan chiqishni rad etgan taqdirda, ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha muqaddam tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish orqali xizmatlardan foydalanishni davom etish taklif etiladi.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs tomonidan Markazning taklifiga rozilik bildirilganida muqaddam tuzilgan shartnoma o‘zgartirish kiritiladi hamda unga muvofiq tegishli to‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish davom ettiriladi.
72. Agarda shartnomaga muvofiq ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs tomonidan Markaz xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish istagi bildirilmaganda hamda yaqin qarindoshlari tomonidan olib ketilmaganda, Markaz bu to‘g‘risida “Inson” markazini xabardor qiladi.
“Inson” markazi tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning yaqin qarindoshlarini, xususan so‘ngi marotaba ushbu shaxsdan xabar olgan qarindoshini topish orqali ularni pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsni Markazdan olib ketish zarurligi haqida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
73. “Inson” markazi tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning yaqin qarindoshlarini topish imkoniyati bo‘lmaganda, ushbu shaxsga Markazda xizmat ko‘rsatishni davom ettirish imkoniyatlari baholanadi.
Baholash yakuni bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning o‘z mablag‘lari, shu jumladan pensiya yoki nafaqa hisobidan Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lashga yetarli mablag‘lar mavjudligi aniqlansa, ushbu shaxs bilan pullik xizmat ko‘rsatish muqaddam tuzilgan shartnomaga muvofiq davom ettiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
74. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning mablag‘lari, shu jumladan pensiya yoki nafaqa hisobidan Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lashga yetarli mablag‘lar mavjud emasligi aniqlansa, qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
75. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni ularning vafot etganligi munosabati bilan Markazdan chiqarishda Markaz pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarning yaqin qarindoshlariga, xususan so‘nggi marotaba ushbu shaxsdan xabar olgan qarindoshiga mobil aloqa vositalari orqali bog‘langan holda ushbu shaxslarning vafot etganligi va ularni olib ketish lozimligi haqida xabardor qiladi hamda vafot etgan shaxsning jasadini belgilangan tartibda saqlash va dafn etish choralarini ko‘radi.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarning yaqin qarindoshlari, xususan so‘nggi marotaba ushbu shaxsdan xabar olgan qarindoshi belgilangan tartibda xabardor qilinganidan keyin bir kun ichida Markazga kelmagan taqdirda yoki Markazga kelmasliklari haqida xabar qilmagan taqdirda, ushbu shaxslar Markaz tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Markazlar faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan dafn etiladi hamda bu to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilinadi. Ushbu buyruq vafot etgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni Markazdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Bunda Markazlar tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni dafn qilish uchun qilingan xarajatlar ushbu shaxslarning merosxo‘rlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 66-bobi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
76. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar vafot etganligi munosabati bilan Markazdan chiqarilganida, ular yoki ularning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘langan, biroq amalda ko‘rsatilmagan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarning merosxo‘rlariga qonunchilikka muvofiq qaytarib beriladi.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar yoki ularning vakillari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ko‘rsatilgan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari uchun Markazga to‘lanmagan to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
77. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari]
78. Markazlarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sharoitlar yaratiladi.
Markazlarning xonalarini jihozlash va ulardan foydalanish texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
79. Markazga joylashtirilgan shaxslarga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan nazorat Agentlik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
80. Markazlar xodimlari va unga joylashtirilgan yoki uning xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar Markazlar tomonidan tasdiqlanadigan ichki tartib-qoidalar bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
81. Markazga joylashtirish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha murojaat qiluvchilarni mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, murojaat qiluvchilar ijtimoiy xodimlar orqali xabardor qilinishi mumkin.
82. Markazga joylashtirilgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar o‘zlarining xohishiga ko‘ra yoki yaqin qarindoshlarining yozma iltimosnomalariga muvofiq hech qanday cheklovlarsiz bir yil davomida bir necha marotaba Markazdan tashqariga chiqishlari mumkin.
Bunda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarning Markazdan har bir tashqariga chiqishining davomiyligi ko‘pi bilan ikki oydan oshmasligi lozim.
83. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelishilgan normalarga muvofiq ta’minlanadi.
84. Markazlar tomonidan ularga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
85. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va “Inson” markazlari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Markazlarga joylashtirish hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni bir Markazdan boshqasiga o‘tkazish yoki ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida olingan shaxsga doir ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
86. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari Markazlarga joylashtirish, ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatidan foydalanish jarayonida Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, “Inson” markazlari va Markazlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
87. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1a-ILOVA
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Mas’ullar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslar yoki ularning qonuniy vakillari
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) joylashish uchun yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya AT) orqali murojaat qilish.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
1. Markazga joylashish istagida bo‘lgan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish va Ijtimoiy himoya ATda yagona elektron hujjatlar majmui sifatida to‘plash.
2. Taqdim etilgan yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mustaqil ravishda olingan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va muddati o‘tgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida yangilash uchun doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakilini mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilish.
3. Taqdim etilgan yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mustaqil ravishda olingan hujjatlarda kamchilik yoki muddati o‘tganlari aniqlanmasa, barcha hujjatlarni Ijtimoiy himoya AT orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma) huzuridagi Maxsus komissiyalarga yuborish.
Murojaat qabul qilib olingandan so‘ng ikki ish kunida
3-bosqich
Maxsus komissiya
1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Ijtimoiy AT orqali yuborilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish.
Besh ish kunida
2. Qabul qilingan qarorni Ijtimoiy himoya AT orqali doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakili va u joylashtiriladigan Markazga yuborish, agar Markazga joylashtirish rad etilganda, faqat doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs yoki uning qonuniy vakiliga yuborish.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida
5-bosqich
Markaz
1. Doimiy asosda yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda Markazga joylashtirish.
Markazga joylashish uchun tashrif buyurilgan vaqtda
2. Markazga qabul qilish vaqtida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarni hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborish.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlangan vaqtda
3. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach, Markazga qabul qilish.
4. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach, unda Markazga joylashtirish uchun qarshi ko‘rsatma aniqlanganda, uni Markazdan chiqarish bo‘yicha xulosa rasmiylashtirish va Markazga joylashtirishni rad etish.
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1b-ILOVA
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Mas’ullar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillari
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) joylashish uchun yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya AT) orqali murojaat qilish.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
1. Markazga joylashish istagida bo‘lgan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish va Ijtimoiy himoya ATda yagona elektron hujjatlar majmui sifatida to‘plash.
2. Taqdim etilgan yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mustaqil ravishda olingan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va muddati o‘tgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida yangilash uchun pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilini mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilish.
3. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning haqiqatda o‘zgalar parvarishiga muhtojligini uning yashash joyiga borgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholash va xulosa shakllantirish hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining elektron raqamli imzosi orqali tasdiqlash.
4. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsning hujjatlarida kamchiliklar yoki muddati o‘tganlari hamda qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi aniqlanganda, ushbu shaxsni tegishli Markazga joylashtirish uchun Ijtimoiy himoya ATda barcha hujjatlar yagona elektron hujjatlar majmui sifatida to‘plash.
5. Yagona elektron hujjatlar majmui pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsni u tanlagan Markazga joylashtirish uchun Ijtimoiy himoya AT orqali yuborish hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsni bu to‘g‘risida Ijtimoiy himoya AT va mobil aloqa vositalari orqali xabardor qilish.
Murojaat qabul qilib olingandan so‘ng uch ish kunida
3-bosqich
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs
Markazga joylashish yoki uning xizmatlaridan mobil va kunduzgi qatnov shaklida foydalanish uchun unga tashrif buyurish.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan xabardor qilingandan so‘ng 5 kun ichida
4-bosqich
Markaz
1. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va Markazga joylashtirish hamda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga doir tegishli shartnomani tuzish.
1. Markazga joylashish uchun tashrif buyurilgan vaqtda
2. Markazga qabul qilish vaqtida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarni hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborish.
2. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlangan vaqtda
3. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach, Markazga qabul qilish.
4. Markazda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganda esa mazkur Markazga joylashtirish bo‘yicha navbatga qo‘yish.
3. Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs davolash-profilaktika muassasalarida davolanib bo‘lgach
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Murojaat qiluvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
1. F.I.O.
2. Tug‘ilgan yili va sanasi
3. Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)
6. Telefon raqami
7. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsni joylashtirish so‘ralayotgan asosiy va qo‘shimcha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi (nomi va manzili)
II. Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)
7. Telefon raqami
III. Taqdim etiladigan hujjatlar:
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ro‘yxatdagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar
* Agar doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi va amalda yashaydigan joyi boshqa bo‘lsa, ushbu pozitsiyaga doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxsning amalda yashaydigan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish uchun talab etiladigan shaxsning sog‘lig‘i holatiga doir tibbiy hujjatlar
RO‘YXATI
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
1. Ambulator kartadan yoki kasallik tarixidan ko‘chirma (qon va peshob tahlili, qonning Avstraliya antigeniga tahlili, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi).
2. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi (demensiya fonidagi deliriy (Senil demensiyasi, deliriy yoki anglashning o‘tkir buzilishi bilan) mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lishi lozim).
3. Silga qarshi kurashish dispanseri xulosasi.
4. Onkologik dispanser xulosasi.
5. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi.
Izoh. Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxsni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Murojaat qiluvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
1. F.I.O.
2. Tug‘ilgan yili va sanasi
3. Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Elektron pochta manzili
6. Telefon raqami
II. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish so‘ralayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)
7. Telefon raqami
III. Taqdim etiladigan hujjatlar:
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ro‘yxatdagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar
* Agar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish so‘ralayotgan shaxsning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi va amalda yashaydigan joyi boshqa bo‘lsa, ushbu pozitsiyaga Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirish so‘ralayotgan shaxsning amalda yashaydigan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga pullik asosda joylashtirish so‘ralayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarining o‘zgalar parvarishiga muhtojligini baholash natijalari bo‘yicha
XULOSA
Sana: 20__ yil “____”___________
Birinchi darajali qarindoshlari bo‘lgan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning F.I.O.: _____________________________________
Birinchi darajali qarindoshlari bo‘lgan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organining nomi: _____________________________________________
Nogironlik guruhi (agar mavjud bo‘lsa): ___________________________________
O‘zgalar parvarishiga muhtojligini baholash
Qo‘yilgan ballar
Bartel shkalasi bo‘yicha
Lauton shkalasi bo‘yicha
____________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining xulosasi:
__________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi
________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Murojaat qiluvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
1. F.I.O.
2. Tug‘ilgan yili va sanasi
3. Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)
6. Telefon raqami
7. Bir Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidan boshqasiga o‘tkazish so‘ralayotgan shaxsning toifasi (keraklisi tanlansin)
doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs
pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs
8. Bir Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidan boshqasiga o‘tkazish so‘ralayotgan shaxsning joylashtirilgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi (nomi va manzili)
9. O‘tkazish so‘ralayotgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi (nomi va manzili)
II. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidan boshqasiga o‘tkazish so‘ralayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar:
1. F.I.O.
2. Tug‘ilgan yili va sanasi
3. Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)
6. Telefon raqami
III. Taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Tibbiy xulosa
2. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi ijtimoiy xodimi tavsiyasi
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari
T/r
Xizmati nomi
Xizmatdan foydalanuvchi, xizmat ko‘rsatish shakllari va amalga oshiriladigan tadbirlar
imtiyozli transport kartalarini olishda ko‘maklashish**
-
-
7.
Ijtimoiy-huquqiy xizmatlar
huquqiy maslahatlar berish, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, ijtimoiy to‘lovlar va pensiya ta’minotini olish uchun ko‘maklashish, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek vasiy bilan munosabatlarda yordam ko‘rsatish**
-
-
* Doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxs tomonidan xizmatlardan kunduzgi qatnov va mobil shakllarida foydalanishni istaganida ular bepul asosda ko‘rsatiladi.
** Ushbu ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari faqat doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarining ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar
Shturgardon pardozlash asbobi, qalamtok, nova o‘yish asboblari, minkor
VIII. Milliy poyabzal tayyorlash uchun zarur jihozlar
1.
Qaychi / cho‘tka
2.
Tikuv mashinasi
3.
Bigiz
4.
Qoliplar (bir juft)
5.
Dupoya
6.
Bolg‘a
7.
Ombur
8.
Yelim cho‘tka, idish
IX. Do‘ppido‘zlik uchun zarur jihozlar
1.
Igna
2.
Angishvona
3.
Jiyak do‘kon uskunasi
4.
Zichlaydigan taxtakachi
5.
Fanerdan taxtacha
6.
Simdan piltakach
X. Kulolchilik uchun zarur jihozlar
1.
Kulolchilik charxi
2.
Kistochka
3.
Kulolchilik pechi
XI. Qandolatchilik uchun zarur jihozlar
1.
Kichkina elektr pechka
2.
Mikroto‘lqinli pechka
3.
Muzlatgich
4.
Mikser (aralashtirgich)
5.
Elektr choynak
XII. Kompyuter savodxonligi uchun zarur jihozlar
1.
Kompyuter (protsessor)
2.
Monitor
3.
Klaviatura/sichqoncha
4.
Sichqoncha gilamchasi
5.
Quloqchin
6.
Proyektor
XIII. Qo‘shiq kuylash, shu jumladan karaoke uchun zarur jihozlar
1.
Kolonka (karnay)
2.
Mikrofon
3.
Kompyuter (protsessor)
4.
Klaviatura/sichqoncha
5.
Sichqoncha gilamchasi
6.
Proyektor
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida joylashtirilgan shaxslarning xohishi va istaklarini inobatga olgan holda ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi yettinchi xatboshisidagi “Saxovat” so‘zi “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qarorida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Saxovat” so‘zi “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 8-bandi oltinchi xatboshisidagi “Saxovat” so‘zi “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Pullik xizmat ko‘rsatishda alohida toifadagi turistlarga imtiyozlar berish tartibining rus tilidagi matnining 4-bandning oltinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi va 7-bandning uchinchi xatboshilaridagi “domax-internatax “Saxovat” so‘zlari “Sentrax sotsialnoy podderjki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qarorida:
a) qarorning nomi va muqaddimadagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida” so‘zlari “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari” va “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari tegishlicha “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida” va “Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”;
ikkinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi va 1-banddagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari” so‘zlari “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining, shuningdek Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatining” so‘zlari va “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida” so‘zlari tegishlicha “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarining” hamda “Muruvvat” internat uylari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari, 6 — 10, 13-bandning uchinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun to‘lovlar undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisi va 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “Saxovat” internat-uylari” so‘zlari “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Muruvvat”, “Saxovat” uylari” so‘zlari “Muruvvat” internat uylari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisidagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylariga” so‘zlari “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“boquvchisi va qarovchisi hamda doimiy yashash joyi bo‘lmagan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qarovsiz qolgan keksalar belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari bilan hamkorlikda Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga, ruhiy kasallik sababli nogironligi bo‘lgan shaxslar “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylariga joylashtiriladi;”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-iyuldagi 567-son qarorida:
a) 2-band, 3-band, 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari” so‘zlari “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 6-bandidagi “qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari” so‘zlari “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Suyultirilgan uglevodorod gazini aholi uchun belgilangan narxlar bo‘yicha iste’mol qiluvchi ijtimoiy soha obyektlari ro‘yxatida:
b) 7-banddagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari” so‘zlari “Muruvvat” internat-uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 8-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “Muruvvat” va “Saxovat” uylari” so‘zlari “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandi uchinchi xatboshisidagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari” so‘zlari “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2023-yil 23-martdagi 119-son qarorida:
a) qaror nomidagi “qo‘shimcha to‘lov” so‘zlari “moddiy yordam” so‘zlariga almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “qo‘shimcha to‘lov” so‘zlari “uy-joy kommunal xizmatlar haqi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun moddiy yordam” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 8 va 68-bandlaridagi “Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida” so‘zlari “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilova nomidagi “qo‘shimcha to‘lov” so‘zlari “uy-joy kommunal xizmatlar haqi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun moddiy yordam” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “qo‘shimcha to‘lov” so‘zlari “uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “qo‘shimcha to‘lovni” so‘zlari “moddiy yordamni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Reyestr — O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri;
“proaktiv shakl”da moddiy yordam tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning axborot tizimlari (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimlari) — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma’lumotlari saqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yolg‘iz keksalar yoki yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar) — Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
proaktiv shaklda moddiy yordam tayinlash bo‘yicha vakolatli organ — Agentlik;
moddiy yordam — uni olish huquqi paydo bo‘lgan shaxslarga uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdorida to‘lanadigan har oylik pul to‘lovi”;
3-banddagi “qo‘shimcha to‘lovni” so‘zlari “moddiy yordamni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“6. Moddiy yordam Reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan tayinlanadi va har oyda to‘lanadi”;
2 va 3-boblarning nomidagi “Qo‘shimcha to‘lovni” so‘zlari “Moddiy yordamni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“7. Moddiy yordam yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar Reyestrga kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab Agentlik tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
8. “Proaktiv shakl”da yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordamni tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
9. Agentlik:
a) yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamentiga asosan aniqlaydi, Reyestrga kiritadi va Reyestrdan chiqaradi hamda ularning elektron ro‘yxatni shakllantiradi;
b) Reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda moddiy yordamni tayinlaydi yoki to‘lovni to‘xtatadi;
v) ushbu Nizomga muvofiq tayinlangan moddiy yordamni to‘lash uchun to‘lov qaydnomalari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali har oyning 4 sanasiga qadar AT “Xalq banki”ga yuboradi hamda zarur mablag‘larni AT “Xalq banki”ga o‘tkazib beradi;
d) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali moddiy yordam tayinlanganida yoki to‘lov to‘xtatilganida 5 daqiqa ichida elektron ma’lumotnomada ko‘rsatilgan mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuboradi”;
“11. Moddiy yordamni to‘lash yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar Reyestrdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab Agentlik tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot orqali avtomatik ravishda to‘xtatiladi”;
“14. Moddiy yordam oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganida moddiy yordamni to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha Agentlik tomonidan davom ettiriladi. Bunday holda moddiy yordamni to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha moddiy yordamni to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi”;
quyidagi mazmundagi 141 va 142-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“141. Tayinlangan moddiy yordamni to‘lash:
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida moddiy yordamni yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan AT “Xalq banki” orqali moddiy yordam olinmaganda;
fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda;
fuqaro “Muruvvat” internat-uylari yoki Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirilganda;
moddiy yordamni to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida fuqaro tomonidan ariza berilganda to‘xtatib turiladi.
Tayinlangan moddiy yordamni to‘lash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin.
Moddiy yordamni to‘lash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan moddiy yordamni to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanadi.
Fuqaroning “Muruvvat” internat-uylari yoki Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida yoxud sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan vaqti uchun moddiy yordam to‘lanmaydi. Fuqaro “Muruvvat” internat-uylari yoki Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlaridan chiqarilganda (bundan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridan chiqarilganligi mustasno) yoxud jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin moddiy yordam to‘lash moddiy yordamni to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
142. Tayinlangan moddiy yordamni to‘lash:
fuqaro vafot etganda;
tayinlangan moddiy yordamga huquqlar yo‘qolganda;
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi;
17-banddagi “davlat organlari va boshqa tashkilotlar” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
nizomga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
“Proaktiv shakl”da o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordamni to‘lovni tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Shaxsni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarni O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritadi yoki chiqaradi.
Holatlar aniqlanganda
2-bosqich
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritilgan ma’lumotlarga asosan:
avtomatik ravishda moddiy yordamni tayinlaydi yoki avtomatik ravishda moddiy yordamni to‘xtatadi.
Ma’lumotlar kelib tushganidan so‘ng 10 daqiqa ichida
3-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. To‘lov qaydnomalarini shakllantiradi va axborot tizimi orqali AT “Xalq banki”ga yuboradi.
Xar oyning 4-sanasiga qadar
2. Moddiy yordam tayinlangan yoki to‘xtatilganida shaxsga SMS xabarnomani yuboradi.
Qo‘shimcha to‘lov tayinlangan yoki to‘xtatilganidan so‘ng 5 daqiqa ichida
”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 518-son qarorining 5-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “kamida bir marta” so‘zlaridan keyin “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining uch baravarigacha bo‘lgan miqdordagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son qarorida:
a) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun murojaatlarni qabul qilish hamda zarur hollarda ularga joylashtirishda talab etiladigan tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga talabnoma kiritish
”;
b) 5-ilovaning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi” bo‘limi quyidagi mazmundagi 111-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
111.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylariga joylashtirishda talab etiladigan tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish
Tibbiyot birlashmasi
Talabnomani qabul qilib olish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish
”.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 9-martdagi 190-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 12-iyundagi 366-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 70-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha to‘lovni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga 2 va 3-ilovalar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)