toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3360]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. INAKOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
52-ICH-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 30-mart
Moliya vaziri T. ISHMETOV
2022-yil 28-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) pullik xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
pullik xizmatlar — mijozga tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida haq evaziga koʻrsatiladigan xizmatlar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
mijoz — tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmatlardan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanuvchi jismoniy shaxs.
2. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasalarga bepul tibbiy-ijtimoiy xizmat olish huquqini beruvchi tegishli hujjatsiz (masalan, order, yoʻllanma) bevosita murojaat qilishi hamda pullik xizmatlardan shartnoma asosida haq evaziga foydalanishi mumkin.
3. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda tashkil etiladigan pullik xizmatlar Davlat budjetidan moliyalashtirilishi belgilangan bepul xizmatlarning sifatiga va hajmiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya sohasidagi ayrim tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan mijozlarda tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarni tashkil etish
5. Tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar mazkur Nizomga 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilmagan pullik xizmatlar tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan koʻrsatilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarning preyskurant narxlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda ularga Agentlik tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keyingi yil uchun koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari Agentlik tomonidan har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
8. Mijozlarga pullik xizmatlarni koʻrsatishda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda quyidagilar mavjud boʻlishi shart:
mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan shaklda tibbiy-ijtimoiy muassasaning qabulxonasida (bundan buyon matnda qabulxona deb yuritiladi) joylashtirilgan mijozga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar haqida maʼlumot beruvchi axborot burchagi;
ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari;
mijozlarga mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan pullik xizmatlarni koʻrsatish uchun davolash va muolaja xonalari;
pullik xizmat koʻrsatadigan shifokorlar (mutaxassislar) haqida maʼlumotlar (uning F.I.Sh., mutaxassisligi, ish staji, malaka toifasi, uning sohada erishgan yutuqlari) taqdim etuvchi axborot burchagi.
3-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarga mijozlarni qabul qilish va pullik xizmat koʻrsatish
9. Tibbiy-ijtimoiy muassasaga pullik xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilgan shaxs qabulxonadagi masʼul xodim tomonidan qabul qilinadi hamda tibbiy-ijtimoiy muassasada koʻrsatiladigan pullik xizmatlar toʻgʻrisida tushuntirish beriladi.
Bunda, shaxs tibbiy-ijtimoiy muassasada koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan taqdirda qabulxona masʼul xodimi tomonidan unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) asosida ambulator karta ochiladi.
Shuningdek, qabulxona masʼul xodimi tomonidan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan shaxsga ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan preyskurant boʻyicha shifokorning (mutaxassisning) koʻrigi hamda dastlabki tibbiy tekshiruvlar uchun haq toʻlash zarurligi tushuntiriladi.
10. Mijoz preyskurant boʻyicha haq toʻlaganidan soʻng qabulxonadagi masʼul xodim tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi, shu jumladan maslahat olish uchun shifokorga (mutaxassisga) yuboriladi.
Bunda, qabulxona masʼul xodimi tomonidan maslahat beruvchi shifokorga (mutaxassisga) ambulator kartani taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida mijozga tushuntirilishi lozim.
11. Shifokor (mutaxassis) mijozga maslahat berish vaqtida uni dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtishga yuboradi. Bunda, dastlabki tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha mijozga asosli tashxis qoʻyish imkoni boʻlmaganda shifokor (mutaxassis) tomonidan unga nisbatan qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv natijalariga koʻra, shifokor (mutaxassis) tomonidan mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda yoxud mobil shaklda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi belgilanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda yoxud mobil shaklda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi belgilangandan soʻng shifokor (mutaxassis) mijozning ambulator kartasini qabulxonadagi masʼul xodimga topshiradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
12. Mijozga statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar davolash va muolaja xonalarida koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatning kunduzgi qatnov hamda internat tizimi tashkil etilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
14. Pullik xizmat tibbiy-ijtimoiy muassasa hamda mijoz oʻrtasida rasmiylashtiriladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tomonlar oʻrtasida rasmiylashtiriladigan shartnomada tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning har bir yoʻnalishi boʻyicha asosiy qoidalar, tibbiy-ijtimoiy muassasaning vazifalari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shu jumladan toʻlov shartlari alohida koʻrsatiladi.
Pullik xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma ikki nusxada tuziladi hamda mijoz, uning homiysi (u mavjud boʻlganda) va tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Shartnomaning bir nusxasi mijozga yoki uning homiysiga (u mavjud boʻlganda) beriladi, ikkinchi nusxasi tibbiy-ijtimoiy muassasaning hujjatlar yigʻma jildlarida saqlash uchun qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Koʻrsatilgan pullik xizmat natijasida mijozning sogʻligʻida salbiy oqibatlar yuzaga kelganda, unga yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasaning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, mazkur yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasa tomonidan notoʻgʻri xatti-harakat sodir etgan shifokordan (mutaxassisdan) qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
16. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqish vaqtida koʻrsatilgan pullik xizmatlar yuzasidan bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuziladi va dalolatnomaga asosan yakuniy hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
Bunda, mijoz tomonidan toʻlanmasdan qolgan mablagʻlar toʻliq qoplanishi yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻning qaytarilishi oʻzaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
17. Pullik xizmatlar yuzasidan mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarni va yakuniy hisob-kitob dalolatnomalarini rasmiylashtirish tibbiy-ijtimoiy muassasaning buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
18. Mijoz yoki uning homiysi mijoz uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tibbiy-ijtimoiy xizmat hajmi uchun toʻlovni rad etgan taqdirda, qiymati toʻlangan pullik xizmatlarni mijoz toʻliq hajmda olgandan keyin tegishli davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilishi tushuntirilgan holda tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 121-bandiga muvofiq, pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi hamda Agentlik direktori ushbu mablagʻlarni Agentlik tizimidagi tashkilotlar oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega.
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizini Agentlikka yoʻnaltiruvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltirilishi har oy uchun keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2025-yil 4-oktabrdagi 2025/1-son qarori (roʻyxat raqami 3360-2, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 10/25/3360-2/0908-son)
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari, Jinoyat kodeksining XV bobi.
21. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar turlari
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda koʻrsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis koʻrigi;
2. Yotoq oʻrin bilan taʼminlash;
3. Oziq-ovqat, shu jumladan ratsional va parhez taomlar bilan taʼminlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Fizioterapevtik muolajalar;
8. Uqalash;
9. Davolash badantarbiyasi;
10. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, boʻgʻim ichiga);
11. Dori vositalari;
12. Tibbiy buyumlar;
13. Xonalarni tozalash (yigʻishtirish);
14. Kiyim-kechaklarini yuvish;
15. Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
16. Sayrga, madaniy va maʼrifiy hamda sport tadbirlariga borishda hamrohlik qilish yoki olib borish;
17. Qarindosh va doʻstlar bilan yozishmalarda hamda aloqa oʻrnatishda koʻmaklashish;
18. Birinchi tibbiy yordam;
19. Yotoq yaralarni, tashqi jarohatlarni qayta ishlash va bogʻlash;
20. Tozalash klizmasini bajarish;
21. Palliativ yordam koʻrsatish;
22. Uy sharoitida tibbiy parvarish qilish asoslarini oʻrgatish;
23. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturida belgilangan sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
24. Konsertlar, tomoshalar, tarixiy qadamjolarga hamda ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish;
25. Davra suhbatlari, uchrashuvlar, treninglar oʻtkazish;
26. Bayramlar va alohida muhim sanalarda har xil madaniy tadbirlar tashkil qilish;
27. Shifokor koʻrsatmasiga muvofiq tegishli sport anjomlaridan, vorkaut sport maydonchalarida mavjud inventarlardan foydalanishga koʻmaklashish;
28. Davolovchi badantarbiya mashqlarini bajarishda koʻmaklashish;
29. Qiziqishni inobatga olgan holda turli xil toʻgaraklar tashkil etish.
(1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida koʻrsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis koʻrigi;
2. Yotoq oʻrin bilan taʼminlash;
3. Oziq-ovqat bilan taʼminlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Nur tashxislash;
8. Fizioterapevtik muolajalar;
9. Uqalash;
10. Davolash badantarbiyasi;
11. Jarrohlik amaliyotlari;
12. Ogʻriqsizlantirish;
13. Gips bogʻlami oʻrnatish;
14. Jarohatdagi bogʻlamni almashtirish;
15. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, boʻgʻim ichiga);
16. Dori vositalari;
17. Tibbiy buyumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3360/0260-son; 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son; 08.10.2025-y., 10/25/3360-2/0908-son)