toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-mart,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi 190-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Jamg‘arma nogironligi bo‘lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Jamg‘armaning mablag‘lari:
nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlashni;
tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
3-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
7. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori raislik qiluvchi Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qiluvchi va ko‘maklashuvchi jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Kengash majlisi a’zolarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
8. Kengash majlisi har chorakda bir marotaba, zarur bo‘lganda navbatdan tashqari chaqiriladi.
9. Kengash:
har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tadbirlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini belgilaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Jamg‘armaning chorak yakuni bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamg‘armaga xorijiy kreditlar va grantlar jalb etilishiga ko‘maklashadi;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Agentlikning Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
11. Ishchi organ:
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Jamg‘armaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha daromadlari hisobini yuritadi;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi;
har chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
13. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
14. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Agentlik majlisida ko‘rib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
15. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
16. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidaa nizomga
ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma faoliyatini boshqarish, mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I-bosqich

Jamg‘armaning ishchi organi

Jamg‘arma mablag‘lari kuyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibla solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Jarima summasi undirilgan vaqtda

yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari xamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Doimiy

II-bosqich

Jamg‘armaning ishchi organi

Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi:

daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi:

Har yili 1-dekabrgacha

Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

Doimiy

xar chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.

Har chorakda

Sh-bosqich

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi

xar yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;

Har yili bir marotaba

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;

Doimiy

Jamg‘armaning chorak yakuni bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Doimiy

IV-bosqich

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi

Jamg‘arma mablag‘laridan: nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlashga;

tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishga;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish. organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga:

nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashishga;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirishga foydalaniladi.

Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq

V-bosqich

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat:

Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasini budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Kengash tomonidan tasdiqlash;

Har yili bir marotaba. zarur bo‘lganda qayta

Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi majlisida ko‘rib chiqadi va xar yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Har yili bir marotaba

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha
Quyidagi tahrirdagi 36-pozitsiya qo‘shilsin:

36.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

10

.

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

10

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 09/18/190/0877-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)