“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining ona va bola sogʻligʻini mustahkamlashga, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga va respublikada sogʻlom avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan vazifalarni hal etishda faol ishtirok etishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek 2014-yilning “Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining (keyingi oʻrinlarda Fond deb ataladi) eng muhim vazifalari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sogʻlom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
davlatning ona va bola sogʻligʻini mustahkamlashga, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targʻib etishni tashkil qilish;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.03 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga nafaqalar. Bolalikdan 1 va 2 guruh nogironlariga nafaqa]
aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo, koʻp bolali oilalar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar va bolalar uylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari” va “Gʻamxoʻrlik” markazlarida, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami koʻrsatish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
perinatal markazlar, skrining-markazlar, reabilitatsiya markazlari, tugʻruqqa koʻmaklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, oldini olish va ular profilaktikasi ishlari, onkologiya muassasalari, silga qarshi xizmatlar va boshqa xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish;
davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash boʻyicha faol ish olib borish.
2. Quyidagilarga:
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining Vasiylik kengashi tarkibiga 1-ilovaga muvofiq;
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining tashkiliy tuzilmasiga, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining xodimlarining cheklangan soni 21 nafar boʻlgan Boshqaruvi tuzilmasiga va uning hududiy filiallari tuzilmasiga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Fondning asosiy pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning, xorijiy davlatlarning grantlari;
Fondning, shuningdek Fond oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish maqsadida uning tomonidan taʼsis etilgan tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Fond Boshqaruvi apparati va uning hududiy filiallari taʼminoti Fondning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining amal qilishi Fondning bepul foydalanish huquqi bilan tasarrufidagi davlat mulkiga tatbiq etilmaydi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Fondning ustavidagi vazifalarini hal etishda uning hududiy filiallariga doimiy ravishda samarali koʻmaklashsinlar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, Yoshlar ittifoqiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutiga va boshqa nodavlat, notijorat tashkilotlariga Fondning ustavdagi vazifalari amalga oshirilishini taʼminlashda Fond bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish tavsiya etilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
6. Fondning va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondning koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining shtatdagi xodimlari sonini sakkiz nafargacha yetkazish toʻgʻrisidagi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.04.00 Tibbiyot muassasalariga yuborilgan xodimlar uchun kafolatlar]
ambulatoriya-poliklinika muassasalarining uchastka vrachlari va tibbiy hamshiralari uchun amalda boʻlgan uzluksiz ish staji muddati uchun ustamalar belgilash tartibi Fondning koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tibbiyot xodimlariga tatbiq etish toʻgʻrisidagi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.04.00 Tibbiyot muassasalariga yuborilgan xodimlar uchun kafolatlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Fondning koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining qishloq joylarga boradigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini toʻlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fondning koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari taʼminotiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin va sogʻliqni saqlash muassasalari taʼminoti uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida har yili Fondga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va E.I. Basitxanova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining Vasiylik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi
Qoʻchqorov J.A.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
Alimov A.V.
—
Sogʻliqni saqlash vaziri
Inoyatov U.I.
—
Xalq taʼlimi vaziri
Xodjimatov M.M.
—
Madaniyat va sport ishlari vaziri
Xaitov A.A.
—
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
Xadjayev A.D.
—
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Alimov B.X.
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Yuldashev F.M.
—
“GM-Uzbekistan” YAJning bosh direktori
Karimov U.D.
—
“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktorining oʻrinbosari
Aripov K.T.
—
“Asaka” DATB boshqaruvi raisi
Obidjonov J.O.
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Xusanov N.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Axmedov A.A.
—
Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
Quranbayev Q.Q.
—
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 2-ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 3-ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 21 nafar.
* Tibbiy-ijtimoiy markazning koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari xodimlarining taʼminoti Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 4-ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi hududiy filialining
TUZILMASI
Izohlar: Toshkent shahri boʻyicha hududiy filiallarga yuklangan funksiyalarni Fond Boshqaruvi bajaradi.
Xodimlarning cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 5 nafar.
* Koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari xodimlari taʼminoti Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 5-ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi (keyingi oʻrinlarda Fond deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-apreldagi PQ-596-son qarori bilan tashkil etilgan.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
2. Fond jamoat fondi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi. Fond xoʻjalik mustaqilligi asosida ish koʻradi, oʻz mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi. Oʻz nomidan mulkiy va mulkiy boʻlmagan huquqlarni sotib oladi, tegishli majburiyatlarni bajaradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
3. Fond oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va Fond ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
4. Fond yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan unga istalgan shaklda mablagʻ qoʻshish uchun ochiqdir.
5. Fond faoliyati xayriya tusiga ega. Uning mablagʻlari, tushish manbalaridan qatʼi nazar, ustav vazifalari va maqsadlariga erishish uchun sarflanadi.
6. Fondning joylashgan joyi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 15.
II. Fondning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
7. Davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish, sogʻlom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayotiy nuqtai nazarga ega boʻlgan maʼnaviy boy, axloqiy yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori maʼlumotli, jismoniy sogʻlom, barkamol shaxsni shakllantirish, ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish Fond faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
8. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari hisoblanadi:
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sogʻlom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash boʻyicha faol ish olib borish;
davlatning ona va bola sogʻligʻini mustahkamlashga, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targʻib etishni tashkil qilish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
respublikaning butun hududida bola tugʻish, ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha aholini oʻqitishga yoʻnaltirilgan kompleks ijtimoiy va tashviqot-targʻibot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish yoʻli bilan jamoatchilik ongida toʻlaqonli, barkamol va sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalash uchun yuksak masʼuliyatni shakllantirishga koʻmaklashish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo, koʻp bolali oilalar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar va bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga, “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari” va “Gʻamxoʻrlik” markazlarida, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami koʻrsatish;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni, shuningdek aholining kam taʼminlangan toifalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularning moddiy ahvolini yaxshilash;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
perinatal markazlar, skrining-markazlar, reabilitatsiya markazlari, tugʻruqqa koʻmaklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilishning ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, oldini olish va uning profilaktikasi ishlari, onkologiya muassasalari, silga qarshi xizmatlar va boshqa xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
kasalliklar, nogironlik profilaktikasi va fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish sohasidagi faoliyatga koʻmaklashish, fuqarolarga maʼnaviy-psixologik yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
taʼlim, fan, madaniyat, sanʼat, maʼrifat, shuningdek shaxsning maʼnaviy kamol topishi sohasidagi faoliyatga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatga koʻmaklashish;
ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
9. Fond oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
tibbiyot, ovqatlanish, ekologiya hamda ona va bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish boʻyicha boshqa yoʻnalishlar sohasida yangi texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalarni yaratish va joriy etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
ona va bola sogʻligʻi hayot faoliyatining huquqiy, maʼnaviy-odob-axloq, ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirishga koʻmaklashish.
10. Faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan vazifalari va yoʻnalishlarini taʼminlash uchun Fond qonunchilikka muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish;
keng tushuntirish ishlari olib borish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ham pul mablagʻlari shaklidagi, ham adabiyot va sanʼat asarlari, ilmiy va amaliy ishlanmalar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa moddiy boyliklar shaklidagi xayriya ehsonlarini jalb etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
kreditlar olish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
oʻz ustav vazifalarini bajarish uchun tashkilotlar tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;
yuridik va jismoniy shaxslarga injiniring, maslahat, axborot xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish;
noshirlik, axborot, madaniy-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
koʻrgazmalar, yarmarka-sotuvlar, telemarafonlar, konsertlar va boshqa tomosha tadbirlari oʻtkazish;
Fondning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlovlar oʻtkazish va mukofotlar taʼsis etish;
Fondning maqsadlari va vazifalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Fond maqsadlarini taʼminlash uchun tibbiyot uskunalari va anjomlari, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarishni moliyalashtirish;
belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga kirish hamda amaliy aloqalar oʻrnatish.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Fond quyidagilarga majbur:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Fond tomonidan safarbar etiladigan moliyaviy mablagʻlardan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
Fondning hududiy filiallari, Fond huzurida tashkil etilgan tashkilotlar faoliyati va oʻtkaziladigan barcha tadbirlarga aniq maqsadni koʻzlab rahbarlik qilish va ularni muntazam nazorat qilishni taʼminlash.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Fondning boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
12. Vasiylik kengashi Fondning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Fondning Vasiylik kengashi majlisi bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruriyat boʻlganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Fond Vasiylik kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum kengash aʼzolari sonining kamida sakson foizini tashkil etishi kerak.
Fond Vasiylik kengashining majlisida qarorlar unda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
13. Fond Vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Fond faoliyati va uning qonunchilikka va Fond ustaviga, Fond Vasiylik kengashining qarorlariga muvofiqligini nazorat qilish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fond ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash;
Fond Boshqaruvini va Taftish komissiyasini shakllantirish;
Fondning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkidan foydalanishni nazorat qilish;
Fond budjetini tasdiqlash;
Fondning yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini, shu jumladan uning faoliyati toʻgʻrisida Fond Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash;
Fond faoliyatini tekshirish uchun auditorlik tashkilotini navbatdan tashqari jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Fond Boshqaruvining Fondning ustav maqsadlari va vazifalariga zid boʻlgan qarorlari bajarilishini toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish;
Fondni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Fond Vasiylik kengashining vakolatlariga tegishli boʻlgan masalalar Fondning Boshqaruvi va Taftish komissiyasining hal etishi uchun berilishi mumkin emas.
Fondning Vasiylik kengashi Fondning boshqa organlaridan Fond faoliyatiga tegishli hujjatlarni talab qilish va olishga haqlidir.
Fond Vasiylik kengashining qarorlari Boshqaruv va Fondning boshqa organlari, uning xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Fond Vasiylik kengashining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Fond Boshqaruvi va Taftish komissiyalari aʼzosi boʻla olmaydilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
14. Fond faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va Fond Vasiylik kengashi qarorlarini bajarish Fondning Vasiylik kengashi tomonidan saylanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladigan Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi. Fond Boshqaruvi tarkibi Fondning Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
15. Vasiylik kengashi bir yilda bir marta joriy yilning 20-martigacha oldingi yil uchun Fond faoliyati toʻgʻrisida Fond Boshqaruvining hisobotini eshitishi va tasdiqlashi shart.
16. Fond Boshqaruvi raisi:
Fond va uning hududiy organlarining joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Fond tomonidan taʼsis etilgan tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi;
Fond Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Fond xodimlarining shtat jadvalini va ularning ish haqi miqdorini belgilaydi;
davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Fond manfaatlarini ifodalaydi;
Fond va uning hududiy filiallari xodimlarining funksional vazifalarini hamda ular mehnatiga haq toʻlash qoidalarini tasdiqlaydi;
Fondning Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda chet elda vakolatxonalar ochadi va filiallar tashkil etadi hamda ularning faoliyatini nazorat qiladi;
maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
17. Fondning hududiy filiallari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining tavsiyalari boʻyicha Fond Boshqaruvining raisi tomonidan tayinlanadilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
18. Fond Boshqaruvi va uning hududiy filiallari taʼminoti Fondning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Lavozim maoshlarini belgilashda Fond xodimlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha quyidagi tarif razryadlari qoʻllaniladi:
Lavozimning nomi
Fond Boshqaruvi
Hududiy filiallar
Fond Boshqaruvi raisi
17
x
Fond Boshqaruvi raisining oʻrinbosari (Fondning hududiy filiali direktori)
16
15
Boʻlim boshligʻi (bosh buxgalter, Tibbiy-ijtimoiy markaz boshligʻi, shuʼba mudiri)
14
13
Bosh mutaxassis (buxgalter)
12
11
Yetakchi mutaxassis
11
10
1-toifali ish yurituvchi-kotiba
8
x
2-toifali ish yurituvchi-kotiba, kassir
7
7
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
19. Fondning moliya-xoʻjalik faoliyatini, pul mablagʻlarining maqsadli sarflanishini va boshqa mol-mulkidan foydalanilishini nazorat qilish uchun Fondning Vasiylik kengashi tomonidan uch aʼzodan iborat tarkibda 5 yilga saylanadigan Taftish komissiyasi tashkil etiladi.
Fond Taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Fond Vasiylik kengashi va Boshqaruvi aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
20. Fondning moliyaviy faoliyati va pul mablagʻlari sarflanishining toʻgʻriligini va boshqa mol-mulkidan foydalanishni tekshirish Fond Taftish komissiyasi tomonidan bir yildagi faoliyat yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Fond Taftish komissiyasining talabi bilan Fondning mansabdor shaxslari Fondning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni unga taqdim etishga majbur.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
21. Fondning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Fondning Taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini baholash;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalar, shuningdek Fondning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar.
V. Fondning mol-mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
22. Fond va uning hududiy filiallari tomonidan oʻz mablagʻlari va boshqa tushumlar hisobiga sotib olingan asosiy vositalar va boshqa aktivlar Fond va uning hududiy filiallari mol-mulkini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
23. Fond va uning hududiy filiallarining pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
Fond, shuningdek uning tomonidan Fond oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun taʼsis etilgan tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Fondning har yilgi budjeti Fond Boshqaruvi raisining taqdimnomasi boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
25. Fond va uning hududiy filiallarining mablagʻlari birinchi navbatda tegishli davlat dasturlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun sarflanadi.
26. Davlat Fond va uning hududiy filiallari majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, Fond va uning hududiy filiallari davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
27. Fondning mulkiy huquqlari qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Fondni tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50 –– 57-moddalari.
29. Fondni qayta tashkil etishga Fond Vasiylik kengashining qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. Fondni qayta tashkil etishga faqat boshqa fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa fondni qoʻshib olgan yoki boshqa fondga qoʻshilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
30. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin tugatilgan Fondning qolgan mol-mulki davlat tasarrufiga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 626-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlari brigada tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.
Brigada tarkibiga sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi organlari, Qizil Yarim oy jamiyati, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mahalla” fondlari va boshqa nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari kiradi”;
b) 4, 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Ayniqsa qishloq joylarda oilalar, shaxslar guruhlari va alohida shaxslarning tibbiy-ijtimoiy yordamga ehtiyoji qondirilishini doimiy va rejali oʻrganish koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
5. Koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari maqsadlariga muvofiq ularga quyidagi vazifalar yuklanadi:
turmush sharoitlarini baholash va tibbiy-ijtimoiy muammolarni aniqlash;
fertil yoshdagi ayollarni va bolalarni tibbiy koʻriklardan muntazam oʻtkazish;
ayniqsa qishloq joylarda yashaydigan kam taʼminlangan oilalarga tibbiy-ijtimoiy va muruvvat yordami koʻrsatish;
sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalash masalalari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish.
6. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlari quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
“Sogʻlom avlod uchun” fondining tibbiy-ijtimoiy markazi;
“Sogʻlom avlod uchun” fondining hududiy koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi;
sogʻliqni saqlash birinchi boʻgʻin patronaj tibbiy hamshiralari va akusherkalari;
g) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatini” soʻzlari “Tibbiy-ijtimoiy patronaj boʻyicha faoliyatni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarining vazifalari, hisobot va ularning faoliyatini nazorat qilish tizimi belgilangan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” fondi tomonidan tasdiqlanadi”;
e) quyidagi mazmundagi 10 — 14-bandlar qoʻshilsin:
“10. Har bir koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasining tarkibi quyidagilardan iborat boʻladi:
a) 6,5 nafardan iborat boʻlgan tibbiyot xodimlari, ulardan:
4 nafar — vrach-mutaxassislar;
2 nafar — oʻrta tibbiyot xodimi;
0,5 nafar — kichik tibbiyot xodimi;
b) 1,5 shtat birligidan iborat boʻlgan yordamchi xodimlar, ulardan:
1 nafar — haydovchi;
0,5 nafar — buxgalter.
11. Har bir koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasida vrachdan bittasiga koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasiga mudirlik qilish yuklanadi.
12. Tibbiy-ijtimoiy patronajni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy xarajatlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
grantlar va xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari tibbiy-ijtimoiy patronajni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan quyidagi xarajatlarga ajratiladi:
ish haqi va bir martalik ijtimoiy toʻlov;
xizmat safarlari xarajatlari;
transport vositalari taʼminoti va ularni joriy taʼmirlash xarajatlari;
yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari sotib olish (har bir brigada uchun bir oyda 300 litr hisobidan).
14. Koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq ambulatoriya-poliklinika muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash kabi amalga oshiriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-iyundagi 268-son qarorining 6-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining takliflari toʻgʻrisida” 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qarorining 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi korxonalari, birlashmalari, tashkilotlariga imtiyozli soliq solish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-fevraldagi 61-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarorining 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 74-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 3-maydagi 204-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini yaxshilash uchun Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasining grant mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 13-martdagi 69-son qarorining 3 va 6-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 60-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)