1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:
har olti oyda bir marotaba ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi, oilaviy shifokor hamda fuqarolar yigʻini raisi tomonidan monitoringdan oʻtkazilishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshirish imkoniyati baholab borilishi;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning masʼul xodim tomonidan koʻrsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligi baholanishi va monitoring maʼlumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib borilishi;
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanib borilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 539-son qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.03 Qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda ijtimoiy taʼminot olish huquqi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
2. Quyidagilar:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi reglament 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.01 Nogironlarga kompensatsiya toʻlovlari;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
3. Belgilansinki:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz hamda yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs) hamda ularni kuzatuvchi shaxslarga davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga kirish bepul etib belgilanadi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yoki yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) yoʻllanmalariga asosan davlat mulkida boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport toʻgaraklarida bepul shugʻullanadi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari tomonidan bepul amalga oshiriladi;
oilaviy shifokorning multidissiplinar guruhdagi faoliyati uning ish yuklamasiga kiritiladi.
(3-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI boʻlimi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) 2024-yil 1-maydan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini autsorsing asosida jalb etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
5. Belgilansinki, eksperiment doirasida:
tadbirkorlik subyektlari eng yaxshi takliflarni tanlash orqali jalb etiladi;
xizmatlarning narxi eng yaxshi tijoriy takliflar asosida shakllantiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
autsorsing shartnomasi Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuziladi;
autsorsing asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar mazkur xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar roʻyxati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli tuman “Inson” markazi tomonidan shakllantiriladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga doir talablar autsorsing shartnomasiga ilova qilinadi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan autsorsing shartnomasi talablariga rioya etilishi Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 276-son qarorining 6-bobi 1-paragrafi.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi “Inson” markazi soʻrovnomasiga asosan shaxslarning oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash, monitoring qilishda multidissiplinar guruhlar tarkibidagi masʼul xodimlarning ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
7. Sport vazirligi “Inson” markazi yoʻllanmalariga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslar uchun davlat mulkida boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridagi sport toʻgaraklarida bepul shugʻullanish imkoniyatini yaratsin.
8. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari hududdagi sport seksiyalari, sport inshootlari hamda ularning manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy ravishda “Inson” markaziga yuborilishini taʼminlasin.
9. Agentlik:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish turlari haqidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirsin va muntazam yangilab borsin;
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq xizmatlar koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlarning malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
2025-yil 1-mayga qadar eksperiment natijasi boʻyicha oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda maishiy xizmat koʻrsatishni barcha hududlarda autsorsing asosida joriy etish boʻyicha taklif kiritsin.
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlik bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-mart,
123-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasini (keyingi oʻrinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) shakllantirish hamda koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida” Qonuni.
2. Ushbu Reglament maqsadlarida quyidagi toifadagi shaxslar oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar deb eʼtirof etiladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar (keyingi oʻrinlarda — nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar) — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, vasiylari yoki homiylari va sud tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslar, (voyaga yetmagan yoki I guruh nogironligi boʻlgan yoxud oʻzgalar parvarishiga muhtoj ruhiy kasallik boʻyicha II guruh nogironligi boʻlgan farzandlar, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) boʻlmagan oʻzgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar) — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, vasiylari yoki homiylari va sud tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslari mavjud boʻlsada yolgʻiz yashovchi (voyaga yetmagan farzandi bundan mustasno) oʻzgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar (keyingi oʻrinlarda — yolgʻiz keksalar) — farzandlari (shu jumladan farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, vasiylari yoki homiylari va sud tomonidan keksani parvarish qilish majburiyati yuklatilgan shaxslar (voyaga yetmagan yoki I guruh nogironligi boʻlgan yoxud oʻzgalar parvarishiga muhtoj ruhiy kasallik boʻyicha II guruh nogironligi boʻlgan farzandlar, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) boʻlmagan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi shaxslar;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi keksalar (keyingi oʻrinlarda — yolgʻiz yashovchi keksalar) — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, vasiylari yoki homiylari va sud tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslari mavjud boʻlsada yolgʻiz yashovchi (voyaga yetmagan farzandi bundan mustasno) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi shaxslar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, Reyestrga kiritish va chiqarish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilishini belgilash hamda uning samaradorligini baholash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali amalga oshiriladi.
4. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamshira va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshiradi va bunday shaxslarni Reyestrga kiritish boʻyicha “Inson” markaziga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani kiritadi.
5. “Inson” markazi xodimi, oilaviy shifokor va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisidan iborat multidissiplinar guruh oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini (keyingi oʻrinlarda — yashash sharoitlari) baholaydi, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qiladi hamda ularning natijalari toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
6. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasini belgilash, Reyestrga kiritish va chiqarish, yashash sharoitlarini baholash boʻyicha xulosa va individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tasdiqlash “Inson” markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
7. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:
mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oshirish, jumladan, uyma-uy yurish natijasida shakllantirilgan soʻrovnomaga asosan;
yozma, ogʻzaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
8. “Inson” markaziga mazkur Reglamentning 7-bandiga muvofiq soʻrovnoma yoki murojaat kelib tushganda u “Ijtimoiy himoya” AT orqali roʻyxatga olinadi va “Inson” markazi direktori tomonidan bir ish kunida uni koʻrib chiquvchi mahalladagi ijtimoiy xodim belgilanadi.
Shu kunning oʻzida “Inson” markazi direktori multidissiplinar guruh tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini baholash uchun uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatni belgilaydi va multidissiplinar guruh aʼzolarini ular mehnat faoliyatini olib boradigan tashkilotlarga “Ijtimoiy himoya” AT orqali oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini baholash boʻyicha multidissiplinar guruhga jalb qilish haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomani yuboradi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
9. Mahalladagi ijtimoiy xodim soʻrovnoma yoki murojaatda koʻrsatilgan shaxslarni 24 soat ichida borib koʻradi, ularga shoshilinch yordam koʻrsatish zaruratini aniqlaydi va “Inson” markazi direktori tomonidan imzolangan shaxslarni oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritish uchun yashash sharoitlarini baholash toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Oferta) bilan tanishtiradi.
Oferta namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs Oferta shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsiy imzosini qoʻyish orqali uni tasdiqlaydi va ijtimoiy xodim tomonidan tasdiqlangan Oferta “Ijtimoiy himoya” ATga yuklanadi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs “Inson” markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, tegishli soʻrovnoma rasmiylashtirilganidan soʻng unga Oferta shartlari tushuntiriladi va u oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda, murojaat qilingan axborot tizimi orqali Oferta bilan tanishib chiqib, uni tasdiqlaydi.
10. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan oferta shartlarini tasdiqlanishi shaxsning yashash sharoitlarini baholash uchun asos hisoblanadi.
11. Murojaat oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qonuniy vakillari hisoblanmaydigan shaxslar tomonidan berilgan taqdirda, murojaat qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida “Inson” markazi koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ushbu shaxslarga xabar qiladi.
3-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini baholash, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tasdiqlash va Reyestrga kiritish
12. Ushbu Reglamentning 8-bandiga muvofiq talabnoma kelib tushgan tashkilot multidissiplinar guruh aʼzosi boʻlgan xodimini, u boʻlmagan vaqtda boshqa masʼul xodimni talabnomada koʻrsatilgan muddatda multidissiplinar guruh tarkibida ishtirok etishini taʼminlashi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
13. Multidissiplinar guruh “Inson” markazi direktorining talabnomasida koʻrsatilgan muddatda unda koʻrsatilgan shaxslarning yashash sharoitlarini baholaydi hamda baholash natijalarini “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
14. Yashash sharoitlarini baholash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
sogʻligʻi holatini baholash;
oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash;
uy-joy-maishiy sharoitining holatini baholash;
ijtimoiy muhofaza qilish choralari bilan taʼminlanganligini baholash;
huquqiy jihatdan himoyalanganligini baholash;
moddiy va moliyaviy holatini baholash;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, doʻstlari va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini (muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyojini) baholash.
15. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning sogʻligʻi holatini baholash yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxsdagi mavjud kasalliklar, jumladan, ruhiy va yuqumli kasalliklar, uning tibbiy xizmat koʻrsatishga va bepul dori-darmonga ehtiyojlari, uyda tibbiy xizmatga muhtojlik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi.
Bunda ushbu maʼlumotlarning toʻgʻri shakllantirilishi va baholanishi uchun multidissiplinar guruh tarkibidagi oilaviy shifokor shaxsan javobgar hisoblanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
16. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash uning oʻzgalar yordamiga bogʻliqlik darajasini Bartel va Lauton shkalalari orqali aniqlashni nazarda tutadi.
17. Uy-joy-maishiy sharoitlarini baholash uy-joyning yashash uchun xavfsizligi, uning sanitariya-gigiyenik holati, yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxsning jismoniy imkoniyatlariga moslanganligi, shu jumladan, markazlashtirilgan suv, issiqlik taʼminotining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
18. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qonunchilik hujjatlariga muvofiq kafolatlangan ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlanganligini baholash yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxsning imtiyozlar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlanishi, unga homiylik qilishni xohlovchi, shuningdek, uni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslarni aniqlash, sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida dam olishi va boshqa ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini olishga boʻlgan huquqlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
19. Huquqiy muhofaza qilinganligini baholash oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning, uning ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlari bilan taʼminlanishga doir huquqlarini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlarning mavjudligi, uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq uy-joyga, boshqa shaxslardan yordam olishga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻishni nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.06.00 Ijtimoiy pensiyalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya toʻlovlari]
20. Moddiy va moliyaviy holatini baholash shaxsning nomida uy-joy mavjud ekanligi, uning daromadi, unga toʻlanayotgan pensiya yoki kompensatsiya mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi.
21. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, doʻstlari va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini (muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyojini) baholash uning muloqot va dam olishga boʻlgan ehtiyojlarining qondirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.01 Nogironlarga kompensatsiya toʻlovlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
22. Multidissiplinar guruh tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini baholashda quyidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs hamda birinchi darajali qarindoshlarining (agar ular mavjud boʻlsa) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta)lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs hamda birinchi darajali qarindoshlarining (agar ular mavjud boʻlsa) nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan (yoki ilgari yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga tayinlangan pensiya, nafaqa yoki boshqa kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
23. Yashash sharoitlarini baholashning natijalari multidissiplinar guruh tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi xulosada aks ettiriladi.
Yashash sharoitlarini baholash natijalari boʻyicha multidissiplinar guruhning xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda, “Ijtimoiy himoya” ATda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi shakllantiriladi.
Bunda individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga multidissiplinar guruh tomonidan zaruratga koʻra qoʻshimcha xizmatlar kiritilishi mumkin.
Multidissiplinar guruh xulosasi va individual ijtimoiy xizmatlar rejasi multidissiplinar guruhning barcha aʼzolari tomonidan ularning “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali multidissiplinar guruh aʼzolarining imzosi ularga SMS-xabarnoma orqali yuborilgan kod orqali tasdiqlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
24. Multidissiplinar guruh shakllantirilgan xulosani tasdiqlash va ushbu Reglamentning 25-bandiga muvofiq qaror qabul qilish uchun “Inson” markazi direktoriga kiritadi.
Multidissiplinar guruh aʼzolari tomonidan shakllantirilgan xulosa “Inson” markazi direktori tomonidan uning ERIsi orqali tasdiqlanadi hamda “Ijtimoiy himoya” AT orqali oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning mobil aloqa vositasiga xulosa mazmuni toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi yoki xulosa nusxasi mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan yetkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
25. “Inson” markazi direktori tomonidan ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj har bir shaxs boʻyicha alohida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxs toifasini belgilash va uni Reyestrga kiritish yoki ushbu toifani belgilash va Reyestrga kiritishni rad etish haqida;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxs toifasini belgilash va uni Reyestrga kiritish yoki ushbu toifani belgilash va Reyestrga kiritishni rad etish haqida;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa toifasini belgilash va uni Reyestrga kiritish yoki ushbu toifani belgilash va Reyestrga kiritishni rad etish haqida;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi keksa toifasini belgilash va uni Reyestrga kiritish yoki ushbu toifani belgilash va Reyestrga kiritishni rad etish haqida.
Bunda multidissiplinar guruh tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ularning yashash sharoitlarini baholash natijasida 116 va undan yuqori ball qoʻyilishi ularni oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs deb eʼtirof etish va Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
26. “Inson” markazi direktori ushbu Reglamentning 25-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga mazkur Reglamentning 2-bandida belgilangan toifalardan birini belgilash va Reyestrga kiritish haqidagi qarorni tasdiqlash bilan bir vaqtda ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq individual ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlaydi.
Mahalladagi ijtimoiy xodim oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejasining mazmuni bilan tanishtiradi.
27. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni sogʻlomlashtirish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini toʻsiqsiz harakatlanish uchun moslashtirish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish choralarini koʻrish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, doʻstlari va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek uni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan koʻngillilarni jalb etish.
28. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi tasdiqlangandan soʻng shu kunning oʻzida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish uchun ushbu Reglamentga 8-ilovada belgilangan ijtimoiy xizmatlar va yordamni koʻrsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi.
29. Ijtimoiy xodimlar tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan har bir ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi axborotni tasdiqlovchi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
4-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Reyestrdan chiqarish
30. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Reyestrdan chiqarish “Inson” markazi direktori tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT orqali multidissiplinar guruh xulosasiga muvofiq tegishli qaror qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
31. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi holatlarda “Inson” markazi direktorining qarori bilan Reyestrdan chiqariladi:
a) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa yoki nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxs:
ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilishini rad etish toʻgʻrisida “Inson” markaziga murojaat qilganda;
(31-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
vafot etganda;
homiylik belgilanganda, shuningdek, sud tomonidan shaxsni parvarish qilish vazifalari uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga yuklanganda;
I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
farzandlari voyaga yetganda (I guruh nogironligi boʻlgan farzandlari bundan mustasno);
eri yoki xotini, ota-onasi va balogʻat yoshiga yetgan bolalaridan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
1 oydan ortiq muddatga chet elga chiqqanda;
vasiy yoki homiy tayinlangan taqdirda;
b) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi keksa yoki yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxs:
u bilan birga yashovchi farzandlari voyaga yetganda;
u bilan birga yashovchi shaxslardan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
u bilan birga yashovchi ilgari jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxslar ozod qilinganda;
u bilan birga yashovchi ilgari uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaxslar davolanishdan chiqqanda;
ilgari taqdim etgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan faktlar aniqlanganda;
vafot etganda;
3 oydan koʻproq vaqtga chet elga yoxud boshqa viloyatga ishlashga yoki oʻqishga ketgan, harbiy xizmatga safarbar etilgan shaxslar ishlashdan yoki oʻqishdan, harbiy xizmatdan qaytganda;
(31-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
turmushga chiqqan qiz farzand oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs bilan birga yashash uchun qaytganda.
32. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ushbu Reglamentning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, bir ish kuni ichida mazkur shaxslarni Reyestrdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish uchun “Ijtimoiy himoya” AT orqali “Inson” markaziga xabar beradi.
33. “Inson” markazi direktori xabar kelib tushgandan soʻng ushbu Reglamentning 37 — 40-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish chorasini koʻradi.
Bunda ushbu Reglamentning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar multidissiplinar guruhning xulosasiga muvofiq oʻz tasdigʻini topganda, “Inson” markazi direktori tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni mazkur Reglamentning 2-bandida belgilangan tegishli toifa hamda Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Har bir oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni reyestrdan chiqarish boʻyicha alohida qaror qabul qilinadi.
34. “Inson” markazi direktorining oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni mazkur Reglamentning 2-bandida belgilangan tegishli toifa hamda Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori bir ish kuni ichida va koʻrsatayotgan tashkilotlarga yuboriladi.
35. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs boshqa yashash joyiga oʻtganda, ushbu shaxsning hujjatlarini u koʻchib oʻtgan yangi yashash joyidagi “Inson” markaziga yuboriladi.
5-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
36. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab har olti oyda bir marotaba multidissiplinar guruh tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi monitoring qilinadi.
Monitoring quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini qayta baholash — mazkur Reglamentning 14-bandi va 4-ilovasiga muvofiq;
ijtimoiy xizmatlar samarasini baholash — ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish hosil qilganlik darajasi, elementar yoki murakkab harakatlarni (Bartel va Lauton) amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
37. “Inson” markazi tomonidan monitoring oʻtkazish kuni belgilanadi hamda monitoring oʻtkazish kunidan uch ish kuni oldin multidissiplinar guruh aʼzolariga ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
38. Monitoring oʻtkaziladigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs SMS-xabarnoma yuborish yoki mobil aloqa vositasiga qoʻngʻiroq qilgan holda yoxud mahalladagi ijtimoiy xodim orqali xabardor qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
44. Ushbu Reglamentning 36-bandida koʻrsatilgan monitoring amalga oshirilganidan soʻng uning natijalari boʻyicha “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu Reglamentga 5 va 9-ilovalarga muvofiq xulosalar shakllantiriladi va multidissiplinar guruh aʼzolari tomonidan tasdiqlangan holda “Inson” markazi direktoriga kiritiladi.
“Inson” markazi direktori monitoring yakuni boʻyicha multidissiplinar guruhning xulosasiga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, unga tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
45. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, unga tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish “Ijtimoiy himoya” AT orqali muqaddam tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejasida aks ettiriladi.
46. “Inson” markazi direktori monitoring yakuni boʻyicha qabul qilgan qarori va (yoki) qayta koʻrib chiqilgan individual ijtimoiy xizmatlar rejasi “Ijtimoiy himoya” AT orqali ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi hamda uning chop etilgan nusxasi bir ish kuni ichida baholashdan oʻtkazilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlardan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
48. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasining yoki uning biror qismining bajarilishi rad etilgan taqdirda, “Inson” markazi, shuningdek individual ijtimoiy xizmatlar rejasida ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishga masʼul boʻlgan boshqa barcha shaxslar uning bajarilmaganligi yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
49. Multidissiplinar guruh aʼzolari hamda “Inson” markazlari xodimlari oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini sir saqlanishini taʼminlashi shart.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
50. Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha “Inson” markazlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarining faoliyati ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
51. “Inson” markazlari tomonidan tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejalari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida bajarilishi majburiy hisoblanadi.
52. Multidissiplinar guruh va “Inson” markazlarining shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs deb eʼtirof etish boʻyicha xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
53. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, Reyestrga kiritish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilishini belgilash hamda uning samaradorligini baholash
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
Jismoniy yoki yuridik shaxslar, shu jumladan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar
Yozma, ogʻzaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga, “Inson” markazi operatori va my.gov.uz portali orqali murojaat yuborish.
Zaruratga koʻra
Mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash va “Ijtimoiy himoya” AT orqali soʻrovnoma shakllantirish va “Inson” markaziga yuborish.
Doimiy ravishda
“Inson” markazi direktori
“Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtgan soʻrovnoma va murojaatlarni ijtimoiy xodimlarga taqsimlash.
Murojaat kelib tushgan yoki shaxs aniqlangan vaqtdan boshlab 24 soat mobaynida
Mahalladagi ijtimoiy xodim
Soʻrovnoma va murojaat koʻrsatilgan shaxslarni borib koʻrish, ularga shoshilinch yordam koʻrsatishning zaruriyatini aniqlash va ularni Oferta bilan tanishtirish.
Multidissiplinar guruh
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning oʻzgalar parvarishiga muhtojligi va yashash sharoitlarini baholash hamda baholash natijalari boʻyicha xulosani rasmiylashtirish.
3 ish kunida
“Inson” markazi direktori
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasini belgilash va reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, Individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasini tasdiqlash.
1 ish kunida
“Inson” markazi
Qarorning elektron shaklini “Ijtimoiy himoya” AT orqali yoki chop etilgan nusxasini oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamda tegishli tashkilotlarga yuborish.
Multidissiplinar guruh
Ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish.
Har olti oyda bir marta
Multidissiplinar guruh
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish.
Yarim yilda bir marta
“Inson” markazi direktori
Monitoring qilish boʻyicha xulosaga muvofiq “Ijtimoiy himoya” AT orqali tegishli qaror qabul qilish.
Multidissiplinar guruh xulosasi olingandan soʻng, bir ish kuni ichida
“Inson” markazi
Oʻzgartirilgan individual ijtimoiy xizmatlar rejasini oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga va tegishliligicha ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatayotgan tashkilotlarga yuborish.
Qaror qabul qilinganidan soʻng, bir ish kuni ichida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi yoki yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish yoki bekor qilish boʻyicha
I. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan yili va sanasi
3. Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Telefon raqami
6. Ayni vaqtdagi yashash manzili
7. Birgalikda yashovchi shaxslar mavjud boʻlsa (F.I.O., JSHSHIR)
8. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili
9. Nogironlik guruhi (agar mavjud boʻlsa nogironlik guruhi koʻrsatiladi)
II. Soʻrovnoma toʻldiruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan yili va sanasi
3. Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
5. Telefon raqami
6. Ish joyi
7. Lavozimi
8. Soʻrovnoma toʻldirilgan sana
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlari va muhtojlik darajasini baholash boʻyicha multidissiplinar guruhga masʼullarni jalb qilish boʻyicha
TALABNOMA
Joriy yil 2-yanvar kuni A. Aliyevning oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi yoki yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi _______-yildagi _________-son murojaat (soʻrovnoma) kelib tushganligi sababli Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotdan joriy yil 4-yanvar kuni ishchi (multidissiplinar) guruh aʼzosining A. Aliyevni oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi va yashash sharoitlarini baholashda ishtirok etishini taʼminlashingiz soʻraladi.
Markaz direktori
A. Avezov
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
_______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyi boʻyicha fuqarolar yigʻinining nomi _________________________
Soʻrovnoma shaklida kiritilgan shaxsga oid maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda:
Nogironlik guvohnomasi toʻliq maʼlumotlari (guruhi, muddati, qayta koʻrikdan oʻtish sanasi, tavsiyalar, xulosalar, yakka tartibdagi dasturi)
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan (yoki ilgari yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qarindoshlik darajasi, F.I.O., yoshi, JSHSHIR)
2-boʻlim. Qarindoshlar va yaqinlar haqidagi maʼlumotlar
* “Ijtimoiy himoya” AT da ushbu maʼlumotlar oynasi toʻldirilgach tizim maʼlumotlarni tahlil qilib, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning toifasini belgilab beradi. Agar shaxsning yolgʻiz yoki yolgʻiz yashovchi emasligi aniqlansa reyestrga kiritish boʻyicha soʻrov koʻrib chiqish jarayoni toʻxtatiladi va shaxsga bu haqdagi multidissiplinar guruh xulosasi shaxsiy kabinetiga yoki SMS yoki qogʻoz koʻrinishida yuboriladi.
3-boʻlim. Sogʻliqning holatini baholash
3.1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1.
Davolash-profilaktika muassasasining nomi
2.
Davolash-profilaktika muassasasining manzili
3.
Masʼul vrachning F.I.O.
4.
Davolash-profilaktika muassasasining telefon raqami:
5.
Masʼul vrachning telefon raqami:
3.2. Sogʻliqning holati
6.
Asosiy va yondosh kasalliklari tashxisi (MKB10)
Sogʻliqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida davolashni talab etadigan ogʻir ruhiy yoki yuqumli kasalliklar mavjudligi (MKB10)
7.
Oxirgi dispanser koʻrigidan oʻtilgan sana
8.
Nogironlik boʻyicha qayta tekshirishdan oʻtkaziladigan sana
9.
Keksa kishi va nogironligi boʻlgan shaxsning sogʻligʻidan shikoyatlari
10.
Doimiy ichib yurishi talab etiladigan dori vositasining nomi
10.1
Olayotgan bepul imtiyozli dori vositasi
11.
Bepul imtiyozli dori vositasini olishga boʻlgan ehtiyoji (ehtiyoji bor boʻlganda, dori vositasi nomi)
12.
Zarur davo turi: Statsionar, ambulator, ixtisoslashgan (operatsiya) va uydagi statsionar xizmatga muhtojligi
13.
Patronaj hamshiraning uyda patronaj uchun qatnov soni (oyiga)
4.1. Elementar harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini baholash (Bartel shkalasi boʻyicha)
T/r
Harakatlarning nomi
Baholash mezonlari
Ballar
Taklif etiladigan xizmat
1.
Ovqatlanish
Ovqatlanish va ovqatlanishga tayyorgarlik koʻrishda idish-tovoq, oshxona anjomlari va maishiy texnikadan qiyinchiliksiz foydalangan holda mustaqil amalga oshiradi.
10
-
Ovqatlanish va ovqatlanishga tayyorgarlik koʻrishni mustaqil amalga oshiradi, biroq bu ancha vaqtni oladi.
9
-
Ovqatlanish va ovqatlanishga tayyorgarlik koʻrishda maxsus idish-tovoq va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (RTV)ni qoʻllagan holda mustaqil amalga oshiriladi.
8
-
Ovqatlanish va ovqatlanishga tayyorgarlik koʻrishda RTV yordamida katta qiyinchilik bilan amalga oshiradi.
7
Ovqat tayyorlashda koʻmaklashish
Ovqatni mustaqil yoki RTV yordamida qabul qiladi, biroq ovqatlanishga tayyorgarlik koʻra olmaydi (ovqatni likopchaga solish yoki stakanga suyuqlik quyish va shu kabilar).
6
Ovqat tayyorlashda koʻmaklashish
Ovqatlanish va ovqatlanishga tayyorgarlik koʻrishda qarab turish yoki oʻzgalarning ozgina yordami talab etiladi (mahsulotlarni tozalashda, buterbrodlarni tayyorlashda) (ovqatlanishda harakat yoki vaqtning 25 foiziga).
5
Ovqat tayyorlashda koʻmaklashish
Ovqatlanishda doimiy qarab turish yoki qisman yordam zarur (ovqatlanishda harakat yoki vaqtning 50 foizigacha).
3
Ovqat va yarim tayyor ovqatlarni tayyorlab berish
Ovqatlanishda ancha yordam berish talab etiladi
1
Ovqat tayyorlash va ovqatlantirish
Oʻzi mustaqil ovqatlana olmaydi
0
Ovqat tayyorlash va ovqatlantirish
2.
Choʻmilish
Vanna yoki dushni qiyinchiliksiz mustaqil ravishda qabul qiladi
5
-
Vanna yoki dushni mustaqil, biroq qiyinchilik bilan qabul qiladi
4
-
Vanna yoki dush qabul qilishda, masalan, vanna yoki dushdan chiqishda, yechinishda oʻzgalarning qarab turishi yoki ozgina yordami talab etiladi (harakat yoki vaqtning 25 foizigacha)
3
Tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashish, moslashtirish xizmati
Vanna yoki dush qabul qilishda oʻzgalarning yordami talab etiladi (harakat yoki vaqtning 50 foizigacha)
2
Tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashish, moslashtirish xizmati
Vanna yoki dush qabul qilishda oʻzgalarning ancha yordami talab etiladi
1
Choʻmiltirish xizmati, moslashtirish xizmati
Choʻmilish faqat oʻzgalarning yordami bilan krovat atrofida, shu jumladan vanna-choyshab yordamida amalga oshiriladi
0
Choʻmiltirish xizmati, moslashtirish xizmati
3.
Hojatga chiqish (yuvinish, soch tarash, tish tozalash, soqol olish, tish protezlarini joyiga qoʻyish)
Qiyinchiliksiz mustaqil amalga oshiriladi
5
-
Mustaqil, biroq qiyinchilik bilan amalga oshiriladi
4
-
Qarab turish yoki oʻzgalarning ozgina yordami talab etiladi (harakat yoki vaqtning 25 foizgacha)
3
Harakatlanishida koʻmaklashish
Oʻzgalarning yordami talab etiladi (harakat yoki vaqtning 50 foizigacha)
2
Harakatlanishida koʻmaklashish, sartarosh xizmatini jalb qilish
Oʻzgalarning ancha yordami talab etiladi
1
Harakatlanishida koʻmaklashish, sartarosh xizmatini jalb qilish
Hojatga mustaqil borolmaydi
0
Sartarosh xizmatini jalb qilish, yordamchi vositalar bilan taʼminlash xizmati
4.
Kiyinish va poyabzal kiyish
Qiyinchiliksiz mustaqil kiyinadi va poyabzal kiyadi
10
-
RTV qoʻllanilgan holda qiyinchiliksiz mustaqil kiyinadi va poyabzalkiyadi
9
-
Sekinlik bilan, biroq shu jumladan RTV qoʻllanilgan holda mustaqil kiyinadi va poyabzalkiyadi
8
-
RTV qoʻllanilgan holda katta qiyinchilik bilan mustaqil kiyinadi va poyabzal kiyadi
7
-
Kiyinish va poyabzal kiyishda oʻzgalarning qarab turishi yoki ozgina yordami talab etiladi, masalan, tugmalarni qadashda, poyabzal iplarini bogʻlashda (harakat yoki vaqtning 25 foizigacha)
5
Qulay kiyimlar xarid qilishda koʻmaklashish
Kiyinishda va poyabzalkiyishda oʻzgalarning yordami talab etiladi (harakat yoki vaqtning 50 foizigacha)
3
Qulay kiyimlar xarid qilishda koʻmaklashish, kiyimlarini almashtirishda koʻmaklashish
Kiyinishda va poyabzal kiyishda oʻzgalarning ancha yordami talab etiladi
1
Qulay kiyimlar xarid qilishda koʻmaklashish, kiyimlarini almashtirishda koʻmaklashish
Mustaqil ravishda kiyina olmaydi va poyabzalni kiya olmaydi
0
Qulay kiyimlar xarid qilishda koʻmaklashish, kiyimlarini almashtirishda koʻmaklashish
5.
Defekatsiya nazorati
Oʻz harakatlarini toʻliq nazorat qiladi va zarurat boʻlganda, oʻzgalarning yordamisiz huqnadan yoki shamdan foydalanishi mumkin
10
-
Funksiyalashtiruvchi kolostoma bor, uni najas qabul qilgichni qoʻllab mustaqil nazorat qiladi
8
-
Tasodifiy noxush hodisalar boʻlib turadi (haftada kamida bir marta) yoki huqna va shamlardan foydalanishda yordam talab etiladi (haftada kamida bir marta)
5
Huqna yoki shamchadan foydalanishda patronaj hamshira xizmatini jalb qilish
Vaqti-vaqti bilan (haftada ikki-uch marta) defekatsiyani nazorat qila olmaydi yoki xizmat koʻrsatuvchi oʻzga shaxs qoʻyadigan huqnadan foydalanishga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, funksiyalashtiruvchi kolostnomaga ega boʻlishi mumkin, uni najas qabul qilgich qoʻllanilgan holda oʻzganing qisman yordami bilan mustaqil nazorat qilishi mumkin.
2
Huqna yoki shamcha yoki kolostomadan foydalanishda patronaj hamshira xizmatini jalb qilish
Amalda oʻzini nazorat qila olmaydi (bu haftada uch martadan koʻp yuz beradi), keksa kishi kolostomani mustaqil nazorat qila olmaydi
1
Tagliklar xaridida koʻmaklashish, patronaj hamshira xizmatini jalb qilish
Surunkali ravishda oʻzini nazorat qila olmaydi yoki parvarish qiluvchi oʻzga shaxs tomonidan amalga oshiriladigan huqna qoʻllanilishiga yoki kolostoma nazorat qilinishiga ehtiyoj sezadi
0
Patronaj hamshira xizmatini jalb qilish, tagliklar xaridida koʻmaklashish, oʻrin koʻrpalarni tozalash
6.
Peshob chiqishini nazorat qilish
Oʻzgalarning yordamisiz toʻliq oʻzini nazorat qiladi
10
-
Peshob qabul qilgich va boshqa maxsus vositalardan foydalangan holda kolostomani mustaqil uddalaydi yoki kateterni mustaqil uddalaydi
8
-
Tasodifiy noxush hodisalar kuzatiladi (bir kecha-kunduzda kamida bir marta)
5
-
Vaqti-vaqti bilan (bir kecha kunduzda 2-3-marta) peshob chiqishini nazorat qila olmaydi yoki keksa kishida funksiyalashtiruvchi kolostoma bor, u peshob qabul qilgichdan foydalangan holda oʻzgalarning qisman yordami bilan nazorat qilishi mumkin
2
Harakatlarni amalga oshirishda koʻmaklashish xizmati
Amalda oʻzini nazorat qilolmaydi (bu bir kecha-kunduzda 3-martadan ortiq yuz beradi), keksa kishi urostomani mustaqil nazorat qilolmaydi va tagliklardan foydalanadi
1
Harakatlarni amalga oshirishda koʻmaklashish, patronaj hamshira xizmatini jalb qilish, tagliklarni xaridida koʻmaklashish
Surunkali ravishda oʻzini nazorat qilolmaydi yoki kateterdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, undan mustaqil foydalana olmaydi; tagliklardan doimo foydalaniladi yoki keksa kishi ulardan foydalanishni rad etadi (ruhiy buzilish yoki boshqa sabablarga koʻra)
0
Zarur vositalarni xaridini amalga oshirish, tagliklarni almashtirish, oʻrin koʻrpalarni tozalash, kursi-hojatxona ajratilishi uchun soʻrov kiritish
7.
Hojatga chiqish va uni amalga oshirish
Qiyinchiliksiz mustaqil ravishda hojatga boradi va uni amalga oshiradi
10
-
Mustaqil, biroq RTVdan foydalangan holda hojatga boradi va mustaqil amalga oshiradi
9
-
Hojatxona kursisidan (RTV) foydalangan holda oʻzgalarning yordamisiz katta qiyinchilik bilan hojatga boradi va uni amalga oshiradi
7
-
Hojatga borish va uni amalga oshirish vaqtida oʻzgalarning ozgina yordami va qarab turishi, masalan, muvozanatni saqlash uchun, yechinishda, kiyinishda va boshqa harakatlarda kursi-hojatxona qoʻllanilishi talab etiladi
5
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmaklashish xizmati, kursi-hojatxona ajratilishi uchun soʻrov kiritish
Hojatga borish va uni amalga oshirishda oʻzgalarning ancha yordami talab etiladi
3
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmaklashish xizmati, kursi-hojatxona ajratilishi uchun soʻrov kiritish
Hojatga borishda va uni amalga oshirishda oʻzgalarning doimiy yordami talab etiladi
2
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmaklashish xizmati, kursi-hojatxona ajratilishi uchun soʻrov kiritish
Hojat bevosita krovatda (tuvak, tagliklar) maxsus vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi
0
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmaklashish xizmati, kursi-hojatxona ajratilishi uchun soʻrov kiritish
8.
Oʻrindan turish va krovatga oʻtish
Qiyinchiliksiz mustaqil ravishda oʻrnidan turadi va krovatdan qoʻzgʻaladi
15
-
RTV yordamida oʻrnidan turadi va krovatdan qoʻzgʻaladi
12
-
Qoʻzgʻalishda qarab turish talab etiladi (yoki ozgina yordam)
10
Moslashtirish xizmati
Krovatdan mustaqil ravishda yoki RTV yordamida, biroq qiyinchilik bilan krovatdan qoʻzgʻaladi
7
Moslashtirish xizmati
Krovatda mustaqil oʻtirishi mumkin, biroq qoʻzgʻalishda oʻzgalarning qisman yordami zarur
5
Moslashtirish xizmati
Oʻtirishi mumkin, biroq qoʻzgʻalishni oʻzgalarning doimiy yordamida amalga oshiradi
3
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmak xizmati
Qoʻllab-quvvatlangan taqdirdagina oʻtirishi mumkin, qoʻzgʻalishni doimo oʻzgalarning yordamida amalga oshiradi
1
Moslashtirish xizmati, harakatlanishida koʻmak xizmati
Hatto oʻzgalarning yordami bilan ham krovatga oʻtira olmaydi va undan tura olmaydi
0
harakatlanishida koʻmaklashish xizmati
9.
Harakatlanish
Oʻzgalarning yordamisiz 500 metrdan ortiq masofaga harakatlanishi mumkin. Xonada oʻzgalarning yordamisiz yurishi mumkin
15
-
Oʻzgalarning yordamisiz RTV qoʻllanilgan holda 500 metrdan ortiq masofaga mustaqil harakatlanishi mumkin. Xonada oʻzgalarning yordamisiz yurishi mumkin
14
-
Oʻzgalarning yordamisiz RTV qoʻllanilgan holda sekin va qiyinchilik bilan 500 metrdan ortiq masofaga mustaqil harakatlanishi mumkin. Xonada oʻzgalarning yordamisiz yurishi mumkin
11
Ijtimoiy kuzatuv xizmati, tyutorlik xizmati
500 metr doirasida oʻzganing yordami bilan harakatlanishi mumkin. Xonada oʻzgalarning yordamisiz yurishi mumkin
10
Ijtimoiy kuzatuv xizmati, tyutorlik xizmati
100 metrgacha mustaqil yurishi yoki kursi-kolyaska yordamida harakatlanishi mumkin. Xonada sekin, dam olish uchun toʻxtab-toʻxtab harakatlanadi
5
Ijtimoiy kuzatuv, uyni tozalash xizmati
RTV qoʻllanilgan holda 100 metrgacha yurishi mumkin. Xonada qiyinchilik bilan harakatlanadi
3
Ijtimoiy kuzatuv, uyni tozalash xizmati
Faqat oʻzgalarning yordami bilan 100 metrgacha yurishi mumkin. Xonada ham oʻzgalarning yordami bilan harakatlanadi
2
Ijtimoiy kuzatuv, uyni tozalash xizmati, moslashtirish xizmati
50 metrdan ortiq masofaga mustaqil harakatlana olmaydi yoki unda umuman harakatlanish imkoniyati yoʻq
0
Uyni tozalash, doimiy parvarish xizmati
10.
Zinalar boʻylab yuqoriga koʻtarilish
Zinalardan mustaqil koʻtarila oladi
10
-
Zinalardan mustaqil, biroq RTV qoʻllanilgan holda koʻtarila oladi
9
-
Zinalar boʻylab yuqoriga mustaqil (yoki RTV qoʻllanilgan holda) koʻtarilish uchun koʻp vaqt talab etiladi
7
Moslashtirish xizmati
Oʻzgalarning ozgina yordamini (yoki nazoratini) talab etadi
5
Moslashtirish xizmati harakatda koʻmaklashish xizmati
Zinapoyalar boʻylab faqat oʻzgalarning yordami bilan koʻtarilishi mumkin
2
Moslashtirish xizmati, ijtimoiy kuzatuv
Hatto oʻzgalarning yordami bilan zinapoyalar boʻylab koʻtarilish imkoniyatiga ega emas
0
Moslashtirish xizmati va koʻmak xizmati
Ballar summasi:
4.2. Murakkab harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini baholash (Lauton shkalasi boʻyicha)
T/r
Harakatlarning nomi
Baholash mezonlari
Ballar
Taklif etiladigan xizmat
1.
Telefondan foydalanish
Telefondan mustaqil foydalanishi mumkin
3
-
Faqat maxsus jihozlangan telefondan (masalan, yaxshi eshitmasligi yoki koʻrmasligi munosabati bilan) foydalanishi mumkin
2,5
-
Telefondan oʻzgalarning ozgina yordami bilan yoki faqat yaxshi tanish raqamlarni terish sharti bilan foydalanishi mumkin
2
Raqamlarni saqlash, qoʻllashda koʻmak
Agar kimdir unga zarur raqamni terib bersa, telefonda gapirishi mumkin
1,5
Raqamlarni saqlash, qoʻllashda koʻmak
Telefondan foydalana olmaydi
1
-
2.
Piyoda borish mumkin boʻlmagan katta masofada joylashgan joygacha harakatlanish
Mustaqil ravishda, shu jumladan jamoat transportida yoki taksida harakatlanishi mumkin. U shuningdek safarni mustaqil rejalashtira oladi
3
-
Ogʻzaki batafsil tushuntirishlardan keyin mustaqil ravishda, shu jumladan jamoat transportida yoki taksida harakatlanishi mumkin
2,5
-
Oʻzgalarning ozgina yordami bilan, mustaqil ravishda, shu jumladan jamoat transportida yoki taksida harakatlanishi mumkin
2
Ijtimoiy kuzatuv
Faqat doimiy ravishda unga hamrohlik qilish sharti bilan jamoat transportida yoki taksida harakatlanishi mumkin
1,5
Ijtimoiy kuzatuv
Harakatlana olmaydi
1
Ijtimoiy kuzatuv, tegishli yordamni jalb qilish
3.
Doʻkondan mahsulotlar xarid qilish
Xaridni mustaqil amalga oshirishi mumkin
3
-
Oʻzgalarning ozgina yordami bilan xarid qilishi mumkin
2
Xaridlarda koʻmak
Oʻzganing yordami va hamrohligida xarid qiladi
1,5
Xaridlarda koʻmak
Xarid qilish imkoniyatiga ega emas
1
Xaridlarda koʻmak
4.
Ovqat tayyorlash
Mustaqil ravishda ovqat tayyorlashi mumkin
3
-
Yarim tayyor mahsulotlardan ovqat tayyorlashi mumkin
2,5
Ovqat tayyorlashda koʻmak
Ozgina yordam bilan ovqat tayyorlashi mumkin
2
Ovqat tayyorlashda koʻmak
Ovqatni faqat isitishi mumkin
1,5
Ovqat tayyorlashda koʻmak
Ovqat tayyorlash imkoniyatiga ega emas
1
Ovqat tayyorlashda koʻmak
5.
Uy xoʻjaligini yuritish
Uy xoʻjaligini mustaqil yuritishi mumkin
3
-
Mehnatni koʻp talab qilmaydigan ish turlarini mustaqil bajarishi mumkin
2,5
-
Ozgina yordam bilan uy xoʻjaligini yuritishi mumkin
2
Koʻmaklashish xizmati
Qismini bajarishda oʻzgalarning yordami talab etiladi
1,5
Uy tozalash, xarid xizmati
Uy xoʻjaligini yuritish imkoniyatiga ega emas
1
Uy tozalash, xarid xizmati
6.
Dam olish, shu jumladan qoʻlda bajariladigan ishlar
Oʻz dam olishini va shugʻullanishni mustaqil tashkil etishi mumkin
3
-
Dam olishni tashkil etishi va qoʻlda bajariladigan ishlarning ayrim turlari bilan mustaqil shugʻullanishi mumkin
2,5
Nuroniy maskaniga yoʻnaltirish
Oʻz dam olishini tashkil etishi va qoʻlda bajariladigan ishlar bilan ozgina yordam berilsa shugʻullanishi mumkin
2
Nuroniy maskaniga yoʻnaltirish
Oʻz dam olishini tashkil etishi va u bilan mustaqil shugʻullanish imkoniyatiga ega emas
1
Uyda muloqot xizmati
7.
Kir yuvish
Mustaqil ravishda kir yuvishi mumkin
3
-
Faqat kir yuvish mashinasi yordamida mustaqil ravishda kir yuvishi mumkin
2,5
-
Kirlarni dorga osishda oʻzgalarning ozgina yordami bilan mustaqil kir yuvishi mumkin
2
-
Oʻzgalarning katta yordami talab etiladi
1,5
Kir yuvish xizmati
Kir yuvish bilan mustaqil shugʻullanish imkoniyatiga ega emas
1
Kir yuvish xizmati
8.
Dori vositalarini qabul qilish
Dori vositalarini mustaqil qabul qilishi mumkin (dozani toʻgʻri olib va tegishli vaqtda)
3
-
Dori vositalarini ozgina yordam bilan mustaqil qabul qilishi mumkin (kimdir aniq dozani belgilaydi va dori vositalarini qabul qilish zarurligini eslatadi)
2
-
Dorini, agar kimdir doimiy ravishda ushbu dorilarni qabul qilishni nazorat qilsa, mustaqil qabul qilishi mumkin
1,5
Dorilarni qabul qilishni nazorat qilish xizmati
Dorilarni mustaqil qabul qilish imkoniyatiga ega emas
1
Dorilarni qabul qilishni nazorat qilish xizmati
9.
Shaxsiy mablagʻlarini tasarruf etish
Oʻz mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadi
3
-
Oʻzgalarning ozgina yordami bilan oʻz mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadi
2
Xarid qilishda ijtimoiy kuzatuv
Joriy xarajatlarni mustaqil tasarruf etadi, biroq oylik budjetni taqsimlashga qodir emas
1,5
Oylik budjetni taqsimlashda koʻmaklashish
Oʻz mablagʻlarini tasarruf etishga qodir emas
1
Moddiy taʼminotini nazorat qilish va qoʻllab quvvatlash
Ballar summasi:
KEKSA YOKI NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXS TOMONIDAN ELEMENTAR YOKI MURAKKAB HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATLARINI BAHOLASH YAKUNLARI BOʻYICHA OLINGAN BALLARNI JAMLASH NATIJALARI BOʻYICHA KEKSA YOKI NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXS TOIFALARINI ANIQLASH
Toifa
Uyda parvarish qilish talab etilmaydi
Oʻzganing yordamiga ozgina bogʻliq
Oʻzganing yordamiga moʻtadil bogʻliqlik
Oʻzganing yordamiga ayon koʻrinib turgan bogʻliqlik
Oʻzganing yordamiga ancha bogʻliqlik
Ball
(116 ball va undan ortiq)
(88 — 115 ball)
(63 — 87ball)
(54 — 62 ball)
(0 — 53 ball)
KEKSA YOKI NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXS TOMONIDAN ELEMENTAR YOKI MURAKKAB HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATLARINI BAHOLASH YAKUNLARI BOʻYICHA OLINGAN BALLARNI JAMLASH NATIJALARI BOʻYICHA KEKSA YOKI NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSNI PARVARISH QILISH BOʻYICHA IJTIMOIY XODIMNING BORIB KOʻRISHI SOATLARI VA KUNLARINI ANIQLASH
Toifa
Uyda parvarish qilish talab etilmaydi
(116 ball va undan ortiq)
Oʻzganing yordamiga ozgina bogʻliq
(88 — 115 ball)
Oʻzganing yordamiga moʻtadil bogʻliqlik
(63 — 87ball)
Oʻzganing yordamiga ayon koʻrinib turgan bogʻliqlik
(54 — 62 ball)
Oʻzganing yordamiga ancha bogʻliqlik
(0 — 53 ball)
Borib koʻrish tezligi va davomiyligi
Parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy xodimning keksa kishi yoki nogironligi boʻlgan shaxsni borib koʻrishi tezligi (hafta kunlari)
0
1
2
5
7
Bir borib koʻrishning qancha davom etishi
(kun soatlari)
0
2 soat
2,5 soat
2 soat
3 soat
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning toifasi
Parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy xodim assistentining oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni borib koʻrishi tezligi (hafta kunlari)
Bir borib koʻrishning qancha davom etishi (kun soatlari)
Keksa kishi va nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilish boʻyicha biriktiriladigan ijtimoiy xodim assistenti
Moslashtirish talab etiladigan hudud (oshxona, hammom, hojatxona devoriga tutgich, ostonadagi toʻsiqlarni bartaraf etish, kirish yoʻllarini kengaytirish, kirish yoʻliga pandus qoʻyish, dushini moslashtirish)
Turar joyga (kirish eshigiga/ darvozaga) kirishda toʻsiq bor/ yoʻq
Turar joyning holati:
• sanitariya-gigiyenik: yaxshi / qoniqarli/ yomon / sanitariyaga zid
• markaziy isitish / profilaktik koʻrikdan oʻtkazish kerak
• lokal isitish / profilaktik koʻrikdan oʻtkazish kerak
• yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj bor (nomi, miqdori)/yoʻq
• gaz plitasi
• kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati: (tayyor / tayyor emas)
Shaxs ushlashda qiyinchilikka duch keladi:
• eshik tutqichlarini
• eshikni yopish va ochishda
• elektr uzatgich
• joʻmraklar
Multidissiplinar guruhning xulosasiga kiritiladigan va individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasining tegishli boʻlimini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan uy-joy-maishiy shart-sharoitlarni baholash natijalarining xulosalari
6-boʻlim. Ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlanganlikni baholash
Maʼlumotlar yoʻnalishlari
Foydalanilganlik holati*
Ehtiyoji
Ehtiyoji bor boʻlsa moddiy yordam turi, miqdori
Moddiy yordamlar toʻgʻrisida maʼlumot
moddiy yordam turi, sanasi va miqdori
bor/yoʻq
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanganlik holati
olgan sana, mahsulot nomi, yaroqlilik muddati
bor/yoʻq
Sanatoriyda sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmaga ehtiyoji: bor/yoʻq
oxirgi yoʻllanma sanasi
bor/yoʻq
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazida ijtimoiy xizmat va reabilitatsiya tadbirlariga ehtiyoji: kunduzgi qatnov xizmati, mobil xizmat, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli xizmat
bor/yoʻq
Pensiya toʻlovlari
turi, miqdori
bor/yoʻq
Nafaqa toʻlovlari
turi, miqdori
bor/yoʻq
Kompensatsiya toʻlovlari
turi, miqdori
bor/yoʻq
Vasiy biriktirilishida ehtiyoj mavjudligi
bor/yoʻq
homiy biriktirilishida ehtiyoj mavjudligi
bor/yoʻq
psixologik xizmatga muhtojligi
bor/yoʻq
ovqat, dori vositalari va boshqa zarur vositalarni onlayn buyurtma berish koʻnikmasi
bor/yoʻq
davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish koʻnikmasi
bor/yoʻq
Multidissiplinar guruhning xulosasiga kiritiladigan va individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasining tegishli boʻlimini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlanganlikni baholash natijalarining xulosalari
* ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
7-boʻlim. Huquqiy himoyalanganlikni baholash
Nomi
Ha/yoʻq
Huquqiy taʼminlanmaganlikning sababi
Keksa kishi yoki nogironligi boʻlgan shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi
Shaxsga nisbatan kamsitish, tazyiq holatlari mavjudligi:
moddiy tazyiq
ruhiy tazyiq
jismoniy tazyiq
Pensiya guvohnomasi mavjudligi
Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma mavjudligi (zarur boʻlsa)
Aliment/taʼminot olishi (zarur boʻlsa)
Yuridik maslahatga muhtojligi (ha boʻlsa aynan qaysi masalada)
Renta shartnomasi tuzilganligi
Renta shartnomasini tuzishda koʻmaklashish boʻyicha yordam kerakligi
Boshqalar (zarur boʻlsa)
Multidissiplinar guruhning xulosasiga kiritiladigan va individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasining tegishli boʻlimini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan huquqiy himoyalanganlik choralari bilan taʼminlanganlikni baholash natijalarining xulosalari
8-boʻlim. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning muloqot qilishi va dam olishi sohasini baholash
Yordam berish va qarab turishga qodir boʻlgan yaqin qarindoshlarning bor-yoʻqligi
Ha
Yoʻq
Agar bor boʻlsa
aloqa oʻrnatish va ularga yordam berish va parvarish qilishga jalb etish tadbirini kiritiladi
Mol-mulk merosxoʻrlari bor-yoʻqligi (yaqin qarindoshlari boʻlmagan yolgʻiz pensionerlar uchun)
Ha
Yoʻq
Agar bor boʻlsa
aloqa oʻrnatish va ularga yordam berish va parvarish qilishga jalb etish tadbirini kiritiladi
Agar bor boʻlmasa
“Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq homiylikni belgilash boʻyicha tadbirlarni kiritiladi
Ijtimoiy aloqalardagi yetishmovchilik
Bor
Yoʻq
Ijtimoiy aloqalar bor-yoʻqligi
Qarindoshlar bilan
Bor
Yoʻq
Doʻstlar va tanishlar bilan
Bor
Yoʻq
Mehnat jamoalari bilan
Bor
Yoʻq
Qoʻshnilar bilan
Bor
Yoʻq
Vaqtinchalik boshpanaga muhtojligi
Bor
Yoʻq
Madaniy tadbirlarda ishtirok etishga ehtiyoji
Bor
Yoʻq
Sport bilan muntazam shugʻullanishga ehtiyoji
Bor
Yoʻq
Sport bilan vaqti vaqti bilan shugʻullanishga ehtiyoji
Bor
Yoʻq
Nuroniylar maskanidagi xizmatlarga ehtiyoji
Bor
Yoʻq
Madaniy tadbirlarga
Bor
Yoʻq
Tyutorlik xizmatiga
Bor
Yoʻq
Sport zalidan foydalanishga
Bor
Yoʻq
Kutubxona va buvijonlar maktabi va hokazo
Bor
Yoʻq
Koʻngillilar koʻmagiga
Bor
Yoʻq
Diqqatga sazovor joylarga ziyoratlarga chiqish
Bor
Yoʻq
Agar ijtimoiy aloqalarga ehtiyoj his etilsa yoki bunday ehtiyoj boʻlmasa, qarindoshlar, doʻstlar va tanishlar, mehnat jamoalari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashadigan tadbirni hamda yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun muloqot va dam olish markazlariga borishni tashkil etish boʻyicha tadbirni kiriting.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Multidissiplinar guruhning oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi va yashash sharoitlarini baholash (qayta baholash) natijalari boʻyicha
IV. Ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlanganligini baholash
V. Huquqiy jihatdan himoyalanganligini baholash
VI. Moddiy va moliyaviy holatini baholash
VII. Qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini (muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyojini) baholash
Multidissiplinar guruhning xulosasi:______________________________________________________________________
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi
Imzo
______________________________
(F.I.O.)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi
Imzo
______________________________
(F.I.O.)
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi oilaviy shifokori
Imzo
______________________________
(F.I.O.)
* Izoh: Multidissiplinar guruh tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda bir marotaba uning yashash sharoitlari qayta baholash boʻyicha xulosa ham ushbu shaklga muvofiq shakllantiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs deb eʼtirof etish va ularni oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ______dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va uni monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga asosan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtojlik va yashash holatini baholashning natijalari boʻyicha multidissiplinar guruhning 20__ yil “__” ______dagi xulosasiga muvofiq
QAROR QILAMAN:
1. Samarqand shahar, Nurafshon koʻchasi, 17-uy, 18-xonadonda yashovchi fuqaro Aliyev Ali Aliyevich __________________________* deb eʼtirof etilsin, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi Yolgʻiz keksa reyestriga kiritilsin va individual ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktori
A. AVEZOV
* Izoh: oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasidan kelib chiqib quyidagilardan biri tanlanadi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi keksa;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxs;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxs.
NAMUNA
SAMARQAND VILOYATI
SAMARQAND SHAHAR
“INSON” IJTIMOIY
XIZMATLAR MARKAZI
20__-yil ___ _______dagi _____-son
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs deb eʼtirof etish va ularni oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestrga kiritishda rad etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ______dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va uni monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga asosan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtojlik va yashash holatini baholashning natijalari boʻyicha multidissiplinar guruhning 2023-yil “__” ______dagi xulosasiga muvofiq
QAROR QILAMAN:
1. Samarqand shahar, Nurafshon koʻchasi, 17-uy, 18-xonadonda yashovchi fuqaro Aliyev Ali Aliyevich __________________________* deb eʼtirof etishda va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritishda rad etilsin.
2.Fuqaro Aliyev Ali Aliyevichga mazkur qaror nusxasi yetkazilishi taʼminlansin.
Markaz direktori
A. AVEZOV
* Izoh: oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasidan kelib chiqib quyidagilardan biri tanlanadi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi keksa;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxs;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxs;
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
______________________________
(tuman / shahar)
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
_____________________________
(F.I.O.)
20 ___ yil “___” ____________
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs uchun
INDIVIDUAL IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAMLAR KOʻRSATISH REJASI
Tadbirlar mazmuni
Masʼul ijrochilar
Amalga oshirish muddatlari
Natija
Monitoring natijasi
Baholash natijasi
Sogʻlomlashtirish tadbirlari
Uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish tadbirlari
Uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash tadbirlari
Ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlash tadbirlari
Huquqiy muhofaza qilish tadbirlari
Qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish tadbirlari
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestriga kiritishda shaxslarning sogʻligi holatini baholash
Elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash
Oilaviy shifokor koʻrigini tashkil qilish
Sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish
Dispanserizatsiyalash
Zaruratga koʻra ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni tibbiy kuzatish bilan taʼminlash
Patronaj hamshira maxsus parvarish xizmatini tashkil qilish
Uyda tibbiy statsionar xizmat koʻrsatish
Imtiyozli dori vositasi bilan taʼminlash
Dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish
2.
Ichki ishlar organlarining profilaktika boʻyicha inspektori
Huquqiy jihatdan himoyalanganligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish
Vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash uchun tegishli ixtisoslashgan muassasaga joylashtirish
Biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklash yoki almashtirish
yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Tazyiq va kamsitilish holatlarini bartaraf etish
3.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari
Huquqiy maslahat berish
Voyaga yetmagan farzandlariga tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma olish
Aliment undirish, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga boʻlgan huquqlarni belgilash yuzasidan sudga kiritiladigan arizalarni tayyorlash
4.
Tuman (shahar) hokimligi
Homiylikdagi yolgʻiz keksa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Yolgʻiz keksalarga homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun muloqot va dam olish markazlariga borishni tashkil etish
Zaruratga koʻra keksa yoki nogironligi boʻlgan shaxsga homiylikni belgilash
Homiylik qilishni xohlovchi, shuningdek ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslarni jalb etish
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy berish uchun navbatga qoʻyish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning turar joylarini moslashtirish
5.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi
Yolgʻiz keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, metodik va amaliy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etishda koʻmaklashish
Yolgʻiz keksalar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashish
Shaxslarni yashash sharoitini baholash va xulosa berish
Yolgʻiz keksalarni tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirishga koʻmaklashish
Taʼmirlash ishlarini bajarish santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish
Muloqot va dam olish doirasini kengaytirish
Qarindoshlar, doʻstlar va tanishlar, mehnat jamoalari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashish
Zarurat boʻlganda keksa yoki nogironligi boʻlgan shaxsga ularga homiylikni belgilashda koʻmaklashiladi
6.
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi
Shaxslarni oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasini baholash
Keksa kishi va nogironligi boʻlgan shaxsning muloqot qilishi va dam olishi sohasini baholash
Nogironlik mezonlarini belgilash
Huquqiy himoyalanganlikni baholash
Ijtimoiy muhofaza qilish choralarini baholash
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan bepul taʼminlash
Zarurat boʻlganda, nafaqalar va moddiy yordam olishda koʻmaklashish
Qarindoshlar, doʻstlar va tanishlar, mehnat jamoalari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashish
Uyda parvarish qilish boʻyicha tadbirlar
Maishiy xizmat koʻrsatishni, ovqat tayyorlashda va supurish-yigʻishtirish ishlarida, gigiyena tadbirlarini amalga oshirish
Internat muassasalariga yoʻnaltirish
Sanatoriy xizmatlarini olishida koʻmaklashish
Nogironlik nafaqasini tayinlash va toʻlash
Yagona moddiy yordamni tayinlash va toʻlash
7.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi
Nogironlik pensiyasini tayinlash
8.
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yilda bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirish
Yolgʻizlar holidan xabar olish
“Nuroniylar maskani”da madaniyat, sport, tyutorlik, ziyoratlar uyushtirish va koʻngillilar kuni xizmatlarini tashkil etish
9.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning turar joylarini moslashtirish
Diqqatga sazovor joylarga ziyoratlarni tashkil etish
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga 9-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
________________
(tuman/shahar)
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
_____________________________________
(F.I.O.)
20___ yil “____” _______________
Multidissiplinar guruhning oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish natijalari boʻyicha
II. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasining samaradorligi
III. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta koʻrib chiqish va (yoki) tugatish
IV. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganlik darajasi.
Multidissiplinar guruh xulosasi: _____________________________________________
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi
Imzo
___________________________
(F.I.O.)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi
Imzo
___________________________
(F.I.O.)
Oilaviy shifokor
Imzo
_________________________
(F.I.O.)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Reyestrga kiritilgan shaxslarning har biri uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) shakllantiriladigan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasiga (keyingi oʻrinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.17.00 Nogironlikni belgilash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
6.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
3. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar belgilanadi:
chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, dispanserizatsiya koʻrigidan oʻtkazish, sanatoriy-sogʻlomlashtirish, zarurat boʻlganda statsionar, ixtisoslashtirilgan, ambulator yoki uyda tibbiy xizmat koʻrsatish, imtiyozli dori vositasi bilan taʼminlash, nogironlikni belgilash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, patronaj hamshira qatnovi sonini belgilash tadbirlarini oʻz ichiga oluvchi sogʻlomlashtirish tadbirlari;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy xizmatlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning turar joyini kuz-qish mavsumiga tayyorlashda koʻmaklashish, santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish va markazlashgan isitish tizimini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish, yotoqxona, oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi va yoʻlaklarni toʻsiqsiz harakat uchun moslashtirish, sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni masʼul tashkilotlarni jalb qilish orqali koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash tadbirlari;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan bepul taʼminlash, zarurat boʻlganda, nafaqalar va moddiy yordam olish, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini olish, vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan koʻngillilarni jalb etish, psixologik xizmat, vasiy va homiy biriktirilishida koʻmaklashish, tyutorlik orqali mustaqil (taksi va yetkazib berish xizmatiga) buyurtma berish va onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishga oʻrgatish tadbirlarini oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlari;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda, shaxsni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishda, alimentlarni olishda, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga boʻlgan huquqlarni belgilashda hamda tazyiq va kamsitilish holatlarini bartaraf etishda koʻmaklashishni, shuningdek, huquqiy maslahat berishni oʻz ichiga oluvchi huquqiy muhofaza qilish tadbirlari;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan muloqotini tiklashda, madaniy (musiqa va sanʼat maktablari hisobot konsertlari, teatr, davra suhbatlari, uchrashuvlar, treninglar) tadbirlariga borishni va sport bilan shugʻullanishlarini tashkil qilish, koʻngillilarni jalb qilish tadbirlarini oʻz ichiga oluvchi muloqot va dam olish doirasini kengaytirish tadbirlari.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar tegishliligi boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
2-bob. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish
1-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xizmati
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bir yilda bir marotaba bepul asosda amalga oshiriladi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
8. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yil davomida individual ijtimoiy xizmatlar rejasi asosida tegishliligi boʻyicha oilaviy poliklinikalar tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
10. Kasallik yoki jarohat tufayli bemorni tashishga qarshi koʻrsatma boʻlganda hamda epidemiologik koʻrsatmaga muvofiq yuqumli kasallikka chalingan shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu shaxslarning yashash joyida oʻtkaziladi.
11. Oilaviy poliklinika har oy yakunida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlarni “Inson” markaziga yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
12. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmagan shaxslar aniqlangan taqdirda, “Inson” markazlari ushbu shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga talabnoma yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
4-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini toʻsiqsiz harakatlanish uchun moslashtirish xizmati
30. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini toʻsiqsiz harakatlanish uchun moslashtirish (keyingi oʻrinlarda — moslashtirish) zaruratini aniqlash oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning funksionalligini baholash natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]
31. Moslashtirish uchun zarurat aniqlangan taqdirda, ushbu xizmat individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga kiritiladi.
“Inson” markazi xodimi individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga asosan 5 ish kuni ichida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uyiga borib, moslashtirish boʻyicha talablarni shakllantiradi va “Inson” markazi direktoriga kiritadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Bunda agar oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs yashash joyida (uy yoki xonadon) ijara asosida yashayotgan taqdirda belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligini olish talab etiladi.
32. Moslashtirish xizmati oshxona, yotoqxona, yuvinish joylari, hojatxona devoriga tutqich, kirish joylaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish, kirish yoʻllarini kengaytirish, kirish yoʻliga pandus qoʻyish, yuvinish joylarini moslashtirish, shuningdek, santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish va zaruratga koʻra boshqa ishlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi.
33. “Inson” markazi moslashtirish boʻyicha talablarni shakllantirganidan keyin 3 ish kuni ichida unga kiritilgan ishlarning amalga oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani tayyorlaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
34. “Inson” markazi moslashtirish ishlarini amalga oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani tuman (shahar) hokimligiga kiritadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Tuman (shahar) hokimligi 3 ish kunida “Inson” markazining soʻrovnomasida koʻrsatilgan ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ijrochilar, moliyalashtirish manbalari hamda aniq muddatlarini koʻrsatgan holda moslashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi va qaror nusxasi “Inson” markaziga hamda soʻrovnomada koʻrsatilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga yuboriladi.
Bunda soʻrovnomadagi ishlar bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda “Inson” markazining muntazam nazorati ostida bajariladi.
35. Moslashtirish tadbirlariga talab etiladigan mablagʻlar “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va uning hududiy Kengashlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, homiylar hamda qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda moslashtirish tadbirlariga talab etiladigan mablagʻlarni “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan jalb etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
36. “Inson” markazining soʻrovnomasiga asosan moslashtirish ishlari yakunlangandan soʻng, ushbu ishlarni bajargan tashkilot, “Inson” markazi hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan Ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi.
5-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish xizmati
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
37. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs nomidan “Inson” markazi tomonidan kiritilgan soʻrovnomaga asosan bepul asosda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
39. Quyidagi holatlarda “Inson” markazi tomonidan 2 ish kuni ichida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs yoki uning qonuniy vakilining dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati ijtimoiy xodim yoki “Inson” markazi tomonidan qabul qilinganda;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish kiritilgan taqdirda.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
40. Tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng, 3 ish kuni ichida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazadi.
6-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni huquqiy muhofaza qilish xizmati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
41. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning huquqiy muhofaza choralariga ehtiyoji quyidagilar asosida aniqlanadi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning ogʻzaki, yozma yoki elektron shakldagi murojaatlariga asosan;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga huquqiy muhofaza choralarini koʻrish belgilangan taqdirda;
ijtimoiy xodimlar tomonidan renta toʻlovchi tomonidan umrbod renta shartnomasi shartlariga rioya etilishini monitoring qilish natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
42. “Inson” markazi tomonidan mazkur reglamentning 41-bandidagi asoslarga koʻra huquqiy muhofaza qilish choralarini koʻrish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi huquqiy muhofaza qilish choralarini koʻrish uchun “Inson” markazi direktori tomonidan tasdiqlangan talabnoma yuboriladi:
tuman (shahar) adliya boʻlimiga — huquqiy maslahat berish, aliment undirish, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga boʻlgan huquqlarni belgilash yuzasidan sudga kiritiladigan arizalarni tayyorlash uchun;
tuman ichki ishlar organlariga — shaxsni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va kamsitilish holatlarini bartaraf etish uchun;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
tuman ichki ishlar organlari yoki tuman (shahar) adliya boʻlimiga — oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklash yoki almashtirish, voyaga yetmagan farzandlariga tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma olishda koʻmaklashish uchun.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
43. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan “Inson” markazining oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga huquqiy maslahat berish toʻgʻrisidagi talabnomasi kelib tushgandan soʻng, 15 kun ichida yozma shaklda talabnomada koʻrsatilgan masala yuzasidan huquqiy tushuntirish va amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.
Huquqiy tushuntirish oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga va “Inson” markaziga yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
44. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklash yoki almashtirish “Inson” markazi talabnomasi asosida davlat boji undirilmagan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
45. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan “Inson” markazining oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs foydasiga aliment undirish, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash yuzasidan sudga kiritiladigan arizalarni tayyorlash toʻgʻrisidagi talabnomasi kelib tushgandan soʻng, 5 ish kunida ariza yoki daʼvo arizasi loyihasi shakllantirilib, “Inson” markaziga yuboriladi.
“Inson” markazi tuman (shahar) adliya boʻlimi tomonidan shakllantirilgan ariza yoki daʼvo ariza asosida sudga murojaat qiladi.
7-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish xizmati
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
46. Mazkur xizmatlar mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan muloqotini tiklashda ijtimoiy xodim muloqot tiklanishi zarur boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrga kiritilgan shaxslardan oladi. Muloqotni tiklash uchun zarur koʻmak shaklini aniqlaydi.
Bunda muloqotni tiklash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
imtiyozli transport chiptasini xarid qilishda koʻmaklashish;
telefon aloqasidan imtiyozli foydalanish boʻyicha soʻrov kiritish;
ijtimoiy tarmoqlar orqali audio va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish.
47. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, doʻstlari va boshqa shaxslar bilan bogʻlanish imkoni boʻlmaganida, “Inson” markazi ichki ishlar organlariga soʻrovnoma kiritadi.
48. Ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida “Inson” markazining soʻrovnomasiga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlarini topish choralarini koʻradi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlari topilgan taqdirda, bu haqida “Inson” markaziga xabarnoma yuboriladi.
49. “Inson” markazi toʻplangan maʼlumotlar yoki ichki ishlar organlarining xabarnomasiga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlari bilan bogʻlanadi (telefon qilish, xat yuborish yoki boshqa usullar orqali), ularning oʻzgalar parvarishiga muhtoj qarindoshi holati toʻgʻrisida xabar beradi va ushbu Reglamentning 46-bandida belgilangan shakllarda qarindoshlik aloqalarini tiklash chorasini koʻradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
50. Mahalladagi ijtimoiy xodim ikki haftada bir marotaba oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning xohishiga koʻra tyutorlik orqali mustaqil (taksi va yetkazib berish xizmatiga) buyurtma berish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishga oʻrgatadi.
Bunda tyutorlik xizmati oʻzgalar parvarishga muhtoj shaxsning uyiga borgan holda koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
51. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida ular “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda oʻtkaziladigan toʻgarak va tadbirlarga, musiqa va sanʼat maktablari hisobot konsertlariga, teatr tomoshalariga, shuningdek, ommaviy sport va vorkaut maydonchalariga jalb qilinadi.
52. Musiqa va sanʼat maktablari hisobot konsertlari, tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari teatr tomoshalari, “Nuroniylar maskani” majmualari tadbir va toʻgaraklar oʻtkazilish vaqti va joyi haqida oldindan “Inson” markazlariga doimiy xabar berib boradi.
Mahalladagi ijtimoiy xodim hisobot konsertlari va teatr tomoshalari, shuningdek, “Nuroniylar maskani” majmualari va mahallalarda boʻladigan toʻgarak va tadbirlar oʻtkazish vaqti va joyi haqida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xabar beradi va ular konsertga va teatr tomoshasiga borishga rozi boʻlgan taqdirda, konsert va teatr tomoshasiga borib kelishda ularga hamrohlik qiladi.
Bunda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ijtimoiy xodim assistenti yoki volonterlar tomonidan ham hamrohlik qilinishi mumkin.
53. Mahalladagi ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistenti tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga u yashayotgan hudud atrofidagi ommaviy sport va vorkaut maydonchalari joylashgan joyi va ish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berib boradi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun ommaviy sport va vorkaut maydonchalariga borib kelishda hamrohlik qiladi.
8-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek, uni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan koʻngillilarni jalb etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
54. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik yoki homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni jalb qilish mahalla raislari tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Mahalladagi ijtimoiy xodim:
mahalla raislariga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va ularga zarur yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni kiritib boradi;
mahalladagi koʻngilli sifatida zarur yordamni koʻrsatish istagida boʻlgan shaxslarni aniqlaydi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi;
(54-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
biriktirilgan hududda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash choralarini koʻradi.
Mahalla raislari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish yoshlar uchun oʻrnak boʻlishi, mahalla farovonligiga xizmat qilishi va jamiyat uchun boshqa muhim ahamiyati haqidagi tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
55. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning roziligi asosida koʻngillilar (volonterlar) ijtimoiy xodim bilan birgalikda ularga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish, ular bilan sayr va (yoki) muloqot qilish, madaniy va sport tadbirlariga borishda hamrohlik qilishlari mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
9-§. Shoshilinch ijtimoiy xizmat koʻrsatish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
56. Shoshilinch ijtimoiy xizmat shaxsning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi omillar aniqlangan taqdirda, 24 soat ichida tashkil etiladi.
Shoshilinch ijtimoiy xizmat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tuman (shahar) adliya boʻlimlari orqali — birlamchi yuridik yordam;
“Inson” markazlari orqali — ijtimoiy va psixologik maslahat berish;
ichki ishlar organlari orqali — vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash uchun tegishli ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari orqali — tibbiy-yordam koʻrsatish uchun davolash-profilaktika muassasalarini jalb etish.
Shoshilinch ravishdagi xizmatlarni tashkil etish uchun “Inson” markazi direktori oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga shoshilinch ijtimoiy xizmatni koʻrsatish toʻgʻrisida zudlik bilan qaror qabul qiladi hamda masʼul ijtimoiy xodimni belgilaydi. Zarurat boʻlganda, tegishli davolash-profilaktika muassasalari jalb etiladi.
57. Shoshilinch ijtimoiy xizmat oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs reyestrga kiritilgunga qadar ham amalga oshirilishi mumkin.
10-§. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni parasport bilan shugʻullanishlari uchun sport obyektlariga yoʻnaltirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
58. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga “Parasport oʻyinlari tasnif qoidalari va prinsiplari”ga koʻra parasport bilan shugʻullanishlari boʻyicha vakolatli organ tomonidan berilgan tavsiyalariga asosan sport obyektlariga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
59. Vakolatli organ tomonidan tavsiya berilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shaklda har 15 kunda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy parasport boʻlinma) kiritiladi.
60. Hududiy parasport boʻlinmasi oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga mos keladigan seksiya va seksiya joylashgan sport muassasasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini kiritib, “Inson” markaziga yuboradi.
61. “Inson” markazi oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga tavsiya etilgan sport muassasasiga mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq yoʻllanma beradi.
3-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni moliyalashtirish
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
65. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. “Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar hamda ijtimoiy xodim assistentlari oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarini sir saqlanishini taʼminlashi shart.
67. Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar hamda ijtimoiy xodim assistentlari hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarining faoliyati ustidan, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
68. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi reglamentga
1-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga “Parasport oʻyinlari tasnif qoidalari va prinsiplari”ga koʻra parasport bilan shugʻullanishlari boʻyicha berilgan tavsiyalariga asosan sport obyektlariga yoʻnaltirish boʻyicha
“Parasport oʻyinlari tasnif qoidalari va prinsiplari”ga koʻra parasport bilan shugʻullanish tavsiya etilgan nogironligi boʻlgan shaxslar
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hududiy boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan sport obyekti va sport seksiyasi
T/r
F.I.O
Tugʻilgan sanasi
Yashash manzili
Nogironlik guruhi, Belgilangan muddati
Tavsiya berilgan sana va parasport turi
Sport obyekti nomi/manzili
Sport seksiyasi
Izoh
1.
2.
3.
TIEK raisi
imzo (muhr)
F.I.O.
Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi hududiy boʻlimi boshligʻi
imzo (muhr)
F.I.O.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi reglamentga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 52-band bilan toʻldirilsin:
“52. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrsatgan taqdirda davlat muzeylariga bepul kiritiladi”.
2.Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 152-bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “yoki “Imtiyozga huquqi toʻgʻrisida guvohnoma” soʻzlari “, “Imtiyozga huquqi toʻgʻrisida guvohnoma” yoki Inson markazining Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi qarori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Markaz direktori va xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga, hududiy markazlar direktori va xodimlari — mos ravishda tuman “Inson” ijtimoiy xizmat markazlarining rahbar va xodimlariga tenglashtirish. Bunda, tegishli lavozimlarni tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-dekabrdagi 769-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash
TARKIBI
1.
M.P. Olloyorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Kengash raisi
2.
M.M. Tashxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
A.A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
4.
B.A. Musayev
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
5.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
6.
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
7.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
8.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
9.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
10.
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
11.
O.R. Fozilkarimov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
12.
M.M. Ikramov
—
adliya vaziri oʻrinbosari
13.
B.X. Maxmadaliyev
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)
14.
K.Q. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi (kelishuv asosida)
15.
E.D. Narpulatov
—
Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi (kelishuv asosida)
16.
G.U. Shodiyeva
—
Oʻzbekiston karlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi (kelishuv asosida)
17.
O.Yu. Isoqov
—
Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)
18.
D.G. Lutpullayeva
—
Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)
19.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
20.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi
Izoh.Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan masʼul shaxslar kiritiladi.”
11-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6.Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 7-bandida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalari) rasmiylashtirishda ular Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilguniga qadar davlat boji toʻlovi undirilmaydi.”;
ilovaning 2-ilovasi “I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimining “1. Shahar yoʻlovchilar transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalari” quyidagi mazmundagi blok bilan toʻldirilsin:
“oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”.
7.Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”;
b) ilovaning 4-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-apreldagi 153-son qaroriga 2-ilovaning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlar umumiy cheklangan soni — 138, shundan markaziy apparatda — 73 (professor-oʻqituvchilardan tashqari) va hududiy filiallarda — 65 nafar.
Professor-oʻqituvchilar soni 25 nafardan kam boʻlmagan holda, talabalar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 42-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 5-apreldagi 264-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 366-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 4-oktabrdagi 563-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 55 va 71-bandlari.
8. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 31-iyuldagi 327-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi 665-son qaroriga 1-ilovaning 5 va 11-bandlari.