toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga oʻtkazilganligi va ular futbol akademiyalari (keyingi oʻrinlarda — futbol akademiyalari) sifatida qayta tashkil etilganligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi oʻrinlarda — futbol maktablari) tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-bobi.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining va futbol maktablarining namunaviy tuzilmalari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalari 6-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablarining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga oʻtkazilayotgan futbol maydonlari roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
3. Belgilansinki:
futbol akademiyalariga futbol maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va boshqa sport-taʼlim tashkilotlarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan hamda boshqa iqtidorli nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi;
futbol akademiyalari oʻquvchilarini ovqatlantirish, turar joy va kiyim-bosh bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalardan toʻlov undirilmaydi hamda oʻquvchilar tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat, turar joy va kiyim-bosh bilan toʻliq taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Oldingi tahrirga qarang.
futbol akademiyalari bosh buxgalteri va buxgalter yordamchisi mehnatiga haq toʻlashda ularning bazaviy tarif stavkalari tegishlicha direktor va direktor oʻrinbosari bazaviy tarif stavkalarining 50 foizi miqdorida qoʻllaniladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Oldingi tahrirga qarang.
futbol maktablari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va ularning faoliyati futbol boʻyicha eng iqtidorli yoshlarni davlat va nodavlat taʼlim, sport tashkilotlaridan tanlab olish hamda ularni boshlangʻich futbol tayyorgarligidan oʻtkazish orqali hududiy futbol akademiyalariga nomzodlarni yetkazib berishga yoʻnaltiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
4. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda futbol akademiyalarining moddiy-texnika bazasi imkoniyatidan kelib chiqqan holda, umumiy oʻrta taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olish jarayonlarini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich futbol akademiyalari hududida tashkil etish choralarini koʻrish tavsiya etilsin. Bunda:
futbol akademiyalarida oʻquv jarayoni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi;
futbol akademiyalari oʻquvchilarini Oʻzbekiston tarixi va chet tili fanlaridan chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tizimi joriy etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasiga oʻqishga qabulni 2024/2025 oʻquv yilidan eʼtiboran boshlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, yetarli darajada samarali faoliyat koʻrsatmayotgan mavjud futbol maktablarini maqbullashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlarini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablarining moddiy-texnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirsin;
futbol akademiyalari va futbol maktablarining infratuzilmasi hamda moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
2024-yildan boshlab belgilangan tartibda mahalliy budjetlarning orttirib bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobiga futbol maktablari uchun bino va inshootlarni qurish-taʼmirlash ishlarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablaridagi iqtidorli futbolchilarni futbol akademiyalariga doimiy ravishda nomzod sifatida yoʻnaltirib borsin;
ochiq tanlov asosida futbol akademiyalari hamda futbol maktablarini malakali kadrlar va trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
futbol maktablari trenerlari tomonidan sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol maydonlarida mashgʻulotlar tashkil etish boʻyicha reja jadvalni ishlab chiqsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-sentabr,
458-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining
ROʻYXATI

T/r

Futbol akademiyasi nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol akademiyasi

2.

Andijon viloyati futbol akademiyasi

3.

Buxoro viloyati futbol akademiyasi

4.

Jizzax viloyati futbol akademiyasi

5.

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi

6.

Navoiy viloyati futbol akademiyasi

7.

Namangan viloyati futbol akademiyasi

8.

Samarqand viloyati futbol akademiyasi

9.

Sirdaryo viloyati futbol akademiyasi

10.

Surxondaryo viloyati futbol akademiyasi

11.

Toshkent viloyati futbol akademiyasi

12.

Fargʻona viloyati futbol akademiyasi

13.

Xorazm viloyati futbol akademiyasi

14.

Toshkent shahar futbol akademiyasi

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorati maktablari tegishlicha futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Trenerlar kengashi

Direktor

Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

1

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Yuriskonsult

0,5

Sport tahlilchisi

1

Psixolog (sport psixologi)

1

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar*

Buxgalteriya

2

Sport seleksioneri (skaut)

1

Tibbiyot boʻlimi

3

Trenerlar boʻlimi

19

Xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni — 32,5 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 5,5 nafar.
* Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
2a-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Direktor

Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

Kadrlar boʻyicha inspektor — ish yurituvchi

1

Sport seleksioneri (skaut)

1

Psixolog (sport psixologi)

1

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar**

Buxgalteriya

1

Sport tahlilchisi

1

Tibbiyot boʻlimi

2

Trenerlar*

Xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni — 10 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 4 nafar.
* Trenerlar soni guruhlarning shakllanishi va mashgʻulotlar hajmiga qarab belgilanadi.
** Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalarining (keyingi oʻrinlarda — futbol akademiyasi) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
2. Futbol akademiyasi yuridik shaxs boʻlgan sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot beradi.
3. Futbol akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
4. Futbol akademiyasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va hududiy futbol assotsiatsiyalarining idoraviy mansub tashkiloti hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga hamda blankalarga ega boʻladi.
5. Futbol akademiyasining faoliyati bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va futbol bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishga, futbol zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etishga, shuningdek, sportning futbol turi boʻyicha sport tayyorgarligi mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajribani almashishga yoʻnaltiriladi.
2-bob. Futbol akademiyasining asosiy vazifalari
6. Quyidagilar futbol akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro musobaqalar — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, universiadalar hamda boshqa xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash;
xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — trenerlar, psixologlar, diyetologlar, farmokolog, tahlilchi, seleksioner va shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali futbol akademiyasida trenerlar tarkibini mustahkamlash;
futbolchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga ilgʻor ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
yosh istiqbolli futbolchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari boʻyicha futbol maktablari va boshqa sport tashkilotlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-metodik hamda meʼyoriy-axborot yordami koʻrsatishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
16 — 18 yosh toifasidagi futbolchilarni futbol akademiyasi huzuridagi sport klubida faoliyat yuritishini hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
futbol akademiyasi bazasida terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazib borish, trenerlar hamda futbolchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha sport tashkilotlari, xorijiy futbol akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
7. Futbol akademiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zaxira va yuqori mahoratli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy taʼminotini amalga oshiradi;
oʻqitishning barcha bosqichlarida futbolchilarning sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻquv-mashq jarayonining tashkil etilishi va oʻtkazilishini, unga ilgʻor ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
oʻquv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy fazilatlari rivojlanishining yakka tartibdagi koʻrsatkichlarining oʻsish dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari oʻzlashtirilishini tahlil qiladi;
futbolchilarning oʻquv-mashq yigʻinlarida, tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlaridagi ishtirokini taʼminlaydi;
futbolchilarning sport musobaqalarida, chempionatlarda, kubok oʻyinlarida, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yigʻinlarda hamda boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, futbol akademiyasining murabbiylari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini oʻtkazadi;
futbolda ilgʻor jahon ilmiy-metodik tavsiyalarini va texnologiyalarini qoʻllagan holda, kuchli sportchilar — respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning zaxiralarini tayyorlaydi.
3-bob. Futbol akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
8. Futbol akademiyasi quyidagi huquqlarga ega:
tayyorlash davri va bosqichiga qarab oʻquv-mashq jarayonining yillik, oylik va haftalik rejimini belgilash;
oʻqitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid boʻlmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun akademiyaga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan foydalanish;
futbolga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, futbol akademiyasi trenerlari va futbolchilarining transferi boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar oʻtkazish.
Futbol akademiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Futbol akademiyasi:
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va futbolchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini taʼminlashi;
futbol boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida futbol akademiyasining yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqishi;
futbol boʻyicha oʻquv dasturlari talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish davrida futbol akademiyasining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini taʼminlashi;
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish yuzasidan joriy nazoratni, futbolchilarni sinovdan oʻtkazish va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini taʼminlashi;
futbol akademiyasining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashi shart.
Futbol akademiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
10. Futbol akademiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda:
oʻquv-mashq jarayonining qoʻllaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining futbolchilarning yoshi bilan bogʻliq ruhiy-jismoniy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
futbolchilar va xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi;
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Futbol akademiyasi faoliyatini tashkil etish
11. Futbol akademiyasida futbolchilarni tayyorlash boʻyicha har yilgi oʻquv rejalari va dasturlari, futbolchilar uchun nazorat normativlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻquv yili boshida tasdiqlanadi.
12. Futbol akademiyasida futbolchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son “Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
5-bob. Futbol akademiyasini boshqarish
13. Futbol akademiyasiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmasi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Direktor oliy maʼlumotga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
15. Direktor futbol akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, trenerlar jamoasi bilan birgalikda futbol akademiyasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, futbol akademiyalarining xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni hal qiladi, xodimlarni, shu jumladan, trenerlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
16. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy maʼlumotga hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida trener yoki jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan past boʻlmagan lavozimda kamida uch yillik ish stajiga hamda kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “A” litsenziyasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
17. Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari oliy maʼlumotga va uch yillik ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
18. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
futbol boʻyicha trenerlar malakasini oshirish ishlari yuzasidan javob beradi;
akademiyada sport musobaqalarining oʻtkazilishini hamda futbol akademiyasi futbolchilarining tuman, shahar va boshqa sport musobaqalarida chiqishlarini taʼminlaydi;
futbolchilarni oʻqitish va mashq qildirish metodikasini takomillashtirish choralarini koʻradi, oʻquv-mashq mashgʻulotlarining sifati, oʻquv-mashq rejalarining va mashgʻulotlar jadvalining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻquv-mashq mashgʻulotlarining oʻtkazilishi, sport turlari boʻyicha dasturlar, oʻquv-mashq rejalari va mashgʻulotlar jadvalining bajarilishi, oʻquv-metodik hujjatlarning yuritilishi, futbol akademiyasining razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
futbol akademiyasining metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari va futbol boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani taʼminlaydi.
19. Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari:
oʻquv jarayoni va tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish, oʻquv rejalarning bajarilishi, futbol akademiyasining ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish va nazorat qilish, oʻquvchi-futbolchilarning maʼnaviy-maʼrifiy tomondan rivojlanishiga koʻmaklashish, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida turli xil madaniy tadbirlar oʻtkazish kabi masalalarga rahbarlik qiladi;
taʼlim muassasalari va oʻquv-tarbiya jarayoni masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani taʼminlaydi.
20. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari oliy maʼlumotga va maʼmuriy-xoʻjalik faoliyati sohasida tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik sharoitlarning yaratilishi, futbol akademiyasining mol-mulki va anjomlarining saqlanishi hamda soz holatda boʻlishi, bino va xonalardan foydalanish, ularni zarur darajada sanitariya holatida boʻlishi, transportni saqlash va undan foydalanish yuzasidan javob beradi.
21. Futbol akademiyasining trenerlari tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotga hamda kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” litsenziyasiga, 13 yoshgacha boʻlgan yoshlar bilan ishlash uchun Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” litsenziyasiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan toʻldiriladi.
Trenerlar oʻquv guruhlarini tanlash va toʻldirish, futbolchilar bilan tarbiyaviy va oʻquv-mashq ishlarini amalga oshiradi, futbolchilarning tibbiy va dispanser koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qiladi, futbolchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun oʻquv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, oʻquv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
22. Futbol akademiyasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda trenerlar kengashi tashkil etiladi, kengash oʻquv-mashq va tarbiyaviy ishlar, futbolchilarni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, futbol akademiyasining sport tadbirlaridagi ishtiroki masalalarini, shuningdek, futbol akademiyasining ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
23. Futbol akademiyasi boshqaruv, yordamchi, xoʻjalik va tibbiyot xodimlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq toʻldiriladi.
24. Futbolchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) futbol akademiyasida oʻtkaziladigan oʻquv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek, futbol akademiyasining ustavida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
6-bob. Tibbiy nazorat
25. Futbol akademiyasida futbolchilar sogʻligʻi yuzasidan tibbiy nazorat futbol akademiyasining tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Futbol akademiyasi oʻquvchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish futbol akademiyasi joylashgan joydagi tegishli sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taʼminlanadi.
27. Futbol akademiyasining tibbiyot xodimi oʻquv-mashq jarayonini, sport musobaqalarini va sport-sogʻlomlashtirish lagerini tibbiy jihatdan taʼminlashni, mashqlar yuklamalarining hajmi va intensivligini nazorat qiladi, futbolchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzishda va tasdiqlashda qatnashadi, ularning puxta tibbiy tekshirishdan oʻtishini tashkil qiladi.
28. Futbol akademiyasining oʻquvchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy-nazorat kartasi toʻldiriladi, unda futbolchilar sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va futbol akademiyasining tibbiyot kabinetida yoki futbol akademiyasi joylashgan joydagi sogʻliqni saqlash tashkilotida saqlanadi.
7-bob. Futbol akademiyasining moddiy taʼminoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
29. Futbol akademiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur mol-mulkka ega boʻladi.
30. Futbol akademiyasi oʻzida mavjud boʻlgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq unga ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib olingan mol-mulkni tasarruf etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
31. Futbol akademiyasining sport asbob-uskunalari, anjomlari, metodik adabiyotlari va koʻrgazmali qoʻllanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek, futbolchilarning uch mahal ovqat hamda sport tadbirlarida va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishini taʼminlash futbol akademiyasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar oʻtkaziladigan taqdirda, ular budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tashkil etiladi.
32. Quyidagilar futbol akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining mablagʻlari;
asosiy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan daromadlar;
futbolchilarning transfer savdolaridan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
33. Ayrim xodimlarga va trenerlarga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu futbol akademiyasining rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
34. Futbol akademiyasining ayrim xodimlariga va trenerlariga qoʻshimcha haq va ustamalar ularning ish haqi bilan bir vaqtda toʻlanadi.
35. Futbol akademiyasining ayrim xodimlariga va trenerlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Futbol akademiyasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
37. Futbol akademiyasi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
38. Futbol akademiyasining moliya-xoʻjalik faoliyati va moliya intizomiga rioya qilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
8-bob. Yakunlovchi qoida
39. Futbol akademiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablarining (keyingi oʻrinlarda — futbol maktabi) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Futbol maktabi sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot beradi.
3. Futbol maktabi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
4. Futbol maktabi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va hududiy futbol assotsiatsiyalarning idoraviy mansub tashkiloti hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga hamda blankalarga ega boʻladi.
5. Futbol maktabining asosiy faoliyati bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va futbol bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, futbol zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash boʻyicha sport jarayonini tashkil etish, shuningdek, sportning futbol turi boʻyicha sport tayyorgarligi mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajribani almashishga yoʻnaltiriladi.
2-bob. Futbol maktabi faoliyatini tashkil etish
6. Futbol maktabining faoliyati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi muassisligida sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi shaklida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
7. Futbol maktabi oʻzining sport bazasi, sport jarayonini amalga oshirish uchun zarur anjomlar, jihozlar, maʼmuriy, yordamchi xonalari, malakali rahbarlar va trenerlar tarkibiga ega boʻladi.
8. Futbol maktabida futbolchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Futbol maktabida sport turlari boʻyicha boʻlimlar soni tegishli moliya yili uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida futbol maktabi direktori tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3-bob. Futbol maktabining asosiy vazifalari
10. Quyidagilar futbol maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish, bolalar va oʻsmirlarni futbol bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish;
bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida ularning sogʻligʻini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishi va sogʻlom turmush tarziga intilishini shakllantirishga yoʻnaltirilgan sport va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
bolalar va oʻsmirlarda futbol bilan shugʻullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga boʻlgan barqaror qiziqishni rivojlantirish;
futbol mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, oʻquv-tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda, sport zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan oʻquv-mashq jarayonini yoʻlga qoʻyish;
barcha yosh toifalari boʻyicha futbol akademiyalari va klublariga mahoratli sportchilarni yetkazib berish;
tajriba almashish maqsadida turli futbol tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, futbolchilarning sport mahoratini, shuningdek, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish.
4-bob. Futbol maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
11. Futbol maktabi belgilangan tartibda:
oʻqitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid boʻlmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktabga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkdan foydalanish;
futbolga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, futbol maktabi trenerlari va futbolchilarining transferi boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar oʻtkazish huquqiga ega.
Futbol maktabi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Futbol maktabi:
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va futbolchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini taʼminlashi;
futbol boʻyicha oʻquv dasturlari talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish davrida futbol maktabining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini taʼminlashi;
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish yuzasidan joriy nazoratni, futbolchilarni sinovdan oʻtkazish va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini taʼminlashi;
futbol maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashi shart.
Futbol maktabiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
13. Futbol maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda:
oʻquv-mashq jarayonida qoʻllaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining futbolchilarning yoshi bilan bogʻliq ruhiy-jismoniy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
futbolchilar va xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi;
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
5-bob. Futbol maktabining sport guruhlarini toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Futbol maktabiga iqtidorli va tegishli qobiliyatga ega va oʻyin amaliyoti sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan bolalar (oʻgʻil va qiz) boshlangʻich tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi.
Futbol maktabiga sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari, xususiy futbol tashkilotlari, taʼlim va boshqa sport tashkilotlaridan tanlab olish (seleksiya) orqali iqtidorli bolalar (oʻgʻil va qiz) qabul qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
15. Futbol maktabiga oʻqishga kirayotgan sportchining arizasi va uning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi, yashash joyi boʻyicha tibbiyot tashkiloti tomonidan berilgan uning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda, maktab direktorining buyrugʻi bilan sportchi qabul qilinadi.
16. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorgarlik bosqichlariga koʻra futbol maktabiga qabul qilish uchun sportchilarning eng kichik yosh normativi tasdiqlanadi.
17. Futbol maktabida quyidagi boʻlimlar ochilishi mumkin:
sport-sogʻlomlashtirish guruhlari va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari;
boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarida kamida bir yil zarur futbol tayyorgarligidan oʻtgan hamda sport dasturlarida belgilangan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qabul uchun normativ talablarni bajargan iqtidorli va futbol bilan shugʻullanishga qodir boʻlgan bolalar va oʻsmirlardan iborat futbol guruhlari;
futbol guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan oʻtgan hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qabul uchun normativ talablarni bajargan va tegishli futbol razryadiga ega boʻlgan futbolchilardan iborat futbolda kamolotga erishish guruhlari.
18. Tayyorgarlik bosqichlariga koʻra futbol maktabidagi futbol guruhlarining eng kam sonini va ularda shugʻullanadigan sportchilar sonini (guruhning toʻliqligini) belgilaydigan normativlar, shuningdek, tayyorgarlik bosqichlari boʻyicha futbolchilarning sport mahorati darajasiga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Futbolchilarning roʻyxatdagi tarkibi va sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha futbol maktabidagi sport guruhlari soni har yili (oʻquv yili boshlangunga qadar) maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar maʼlumotlari asosida futbol maktabi rahbariyati sport ishlari rejimining yillik soatlar hisobini amalga oshiradi va maktab ishlarining yillik mashgʻulot rejasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Futbol maktabining sportda kamolotga erishish guruhlari soni, shuningdek, ulardagi futbolchilar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining hududiy sport boshqarmalari bilan kelishiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
20. Futbol maktabining oʻquvchilari keyingi yilda yuqori sport tayyorgarligi bosqichiga mashgʻulot muddatlari, ular tomonidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha nazorat-oʻtkazish normativlari bajarilishi, sogʻligʻining tibbiy-biologik koʻrsatkichlari asosida, shuningdek, tegishli futbol razryadi mavjud boʻlganda, maktab trenerlar kengashining qarori bilan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Belgilangan talablarni bajarmagan oʻquvchilar yuqori sport tayyorgarligi bosqichiga oʻtkazilmaydi. Shu bilan birga, ularga futbol maktabi direktori va trenerlar kengashining qarori bilan sport tayyorgarligining aynan shu bosqichida mashgʻulotni davom ettirish imkoniyati berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
21. Yuqori guruhga oʻtkazish uchun belgilangan yoshga yetmagan, biroq mashgʻulotning oldingi yilgi dasturiy talablarini bajargan ayrim oʻquvchilar trenerlar kengashining qarori bilan va shaxsiy tibbiy ruxsatnoma asosida sport guruhlarining yuqori bosqichiga oʻtkazilishi mumkin. Oʻtkazish futbol maktabi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Oʻquvchilar oʻquv mashgʻulotining har bir bosqichidan keyin tegishli futbol guruhlariga oʻtkaziladi.
23. Oʻquvchilar boshqa futbol maktablariga ularning arizasi asosida, shugʻullanayotgan futbol maktablari rahbariyatining va uning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi bilan oʻtkaziladi.
24. Oʻquvchilar maktabdan quyidagi tartibda chiqariladi:
boshqa sport-taʼlim muassasasiga, shu jumladan, oʻquvchining oʻzining tashabbusi bilan oʻtkazilganda;
tibbiyot tashkilotlarining tegishli xulosalari bilan tasdiqlangan jismoniy yuklama va futbol bilan shugʻullanish uchun tibbiy nuqsonlar aniqlanganda;
tegishli sport normativlari talablari bajarilmaganda, futbol natijasi pasayganda;
oʻquv intizomi va futbol maktabining ichki tartib-qoidalari buzilganda, shu jumladan, maʼnaviy axloqsizlik sodir etilganda, sport odob-axloqi buzilganda;
sport tayyorgarligi rejimi buzilganda, shu jumladan taqiqlangan farmokologik va narkotik vositalar qoʻllanilganda.
Oʻquvchilarni sogʻligʻi vaqtincha yomon boʻlgan davrda oʻqishdan chetlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Futbol tayyorgarligining barcha bosqichlaridan oʻtgan va belgilangan tartibda bitiruv normativlarini topshirgan oʻquvchilar futbol maktabi bitiruvchilari hisoblanadi.
Futbol maktabi bitiruvchilariga ularning jismoniy sifatlari darajasi koʻrsatilgan va kelgusida sportda kamolotga erishishga doir tavsiyalar berilgan futbolchi kartasi hamda sport tayyorgarligi darajasi koʻrsatilgan holda, belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
6-bob. Mashgʻulot jarayonini tashkil etish
26. Futbol maktabida mashgʻulotlar har yili 1-yanvardan boshlanadi.
Mashgʻulot yilining qancha vaqt davom etishi futbol turining xususiyatiga, futbol musobaqalari taqvimiga, futbol tayyorgarligining davriylashtirilishiga bogʻliq boʻladi va futbol maktabi rahbariyati tomonidan sportning futbol turi uchun yakka tartibda belgilanishi mumkin.
27. Futbolchilar bilan sport mashgʻulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va futbol turi boʻyicha tegishli sport guruhi uchun moʻljallangan mashgʻulot dasturlari va yillik mashgʻulot rejasi boʻyicha oʻtkaziladi.
28. Sport mashgʻulotlari jadvali bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari hisobga olingan holda, mashqlarning qulayroq rejimini, sportchilarning dam olishini, ularning taʼlim tashkilotlarida oʻqishini belgilash maqsadida trenerning taqdimnomasi boʻyicha futbol maktabi maʼmuriyati tomonidan tuziladi.
29. Sport mashgʻulotlarining mazmuni tasdiqlangan mashgʻulot dasturlariga muvofiq boʻlishi kerak.
30. Sport jarayoni oʻqitishning texnik vositalari keng qoʻllanilgan, tiklash tadbirlari oʻtkazilgan holda, futbol mashqlarini bajarishning zamonaviy metodikasi asosida trenerlar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashqlar va musobaqalarda qatnashish birga qoʻshib olib borilishi negizida tashkil etiladi.
31. Quyidagilar futbol maktabida mashgʻulot jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
guruhlarda va yakka tartibda sport mashgʻulotlari va nazariy mashgʻulotlar;
sport yigʻinlari;
tiklash, profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, futbolchilarni tibbiy-biologik tekshirish, psixologik test sinovidan oʻtkazish;
futbolchilarning turli darajadagi musobaqalar va oʻyinli uchrashuvlarda ishtirokini tashkil etish;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlarida futbolchilar bilan mashq oʻtkazish;
yetakchi futbolchilar ishtirokida oʻquv videoyozuvlarini, kino dasturlarni hamda futbol musobaqalarini koʻrish va tahlil qilish;
futbolchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini oʻtkazish.
32. Sport-sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarida bir sport mashgʻulotining qancha davom etishi (mashq yuklamasi hajmi) ikki akademik soatdan ortiq boʻlmasligi, futbol guruhlarida esa — bir haftada kamida toʻrt marta sport mashgʻulotlari oʻtkazilgan holda uch akademik soatdan ortiq boʻlmasligi kerak. Yuklama bir haftada 24 soatni va undan koʻpni tashkil etgan guruhlarda — toʻrt akademik soatni, bir kunda ikki marta sport mashgʻulotlari oʻtkazilganda — uch akademik soatni tashkil etadi.
33. Futbol maktabida trenerlar tarkibidan brigadalar tashkil etilishi mumkin. Brigadalar futbolchilarni tanlash, futbolchilar tayyorlashning zamonaviy talablariga muvofiq koʻp yillik rejali sport va tarbiya jarayoni amalga oshirilishini tashkil etish masalalarini hal etadi.
Oʻquv yuklamasi, shuningdek, futbolchilarning sport natijalari brigadaning barcha aʼzolari uchun hisoblanadi. Brigadaning har bir aʼzosi uchun miqdor koʻrsatkichlari brigada aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
34. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qoʻyilgan jamoalar va futbolchilarni tayyorlash maqsadida futbol maktabi sport ishlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida sport yigʻinlarini oʻtkazish huquqiga ega.
35. Sport yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish futbol maktabining sport-ommaviy tadbirlar taqvimi rejasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Sport yigʻinlarining vazifalari tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlari taqvim rejasi hisobga olingan holda, futbol maktablarining trenerlar kengashi tomonidan belgilanadi. Sport yigʻinlari futbolchilarning sport mahorati oshishini taʼminlashi kerak hamda muayyan sharoitlarda va mashq siklining muayyan davrlarida oʻtkaziladi.
37. Futbol maktabi turli futbol musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarda tasdiqlangan taqvim rejaga binoan hamda ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy taklif etilishiga muvofiq qatnashadi.
38. Sport jarayoni izchilligini, futbolchilarning sport tayyorgarligi va faol dam olishini taʼminlash maqsadida taʼtil davrida futbol maktabida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari tashkil etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
39. Sport mashgʻulotlari jarayonida futbol maktabi direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq futbolchilar bilan tarbiyaviy ishlar tashkil etiladi. Futbol maktabining tarbiyaviy ishlari sportchining barkamol boʻlishiga koʻmaklashadi va futbolchilarda vatanparvarlik tuygʻusi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga ehtiyojni, oʻz bilimlari, malaka va koʻnikmalarini doimo toʻldirib borishni shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
7-bob. Futbol maktabini boshqarish
40. Futbol maktabiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
41. Futbol maktabi direktori oliy maʼlumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
42. Direktor futbol maktabi ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, trenerlar jamoasi bilan birgalikda futbol maktabini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoatchilik tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, futbol maktabi xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni hal qiladi, xodimlarni, shu jumladan trenerlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
43. Futbol maktabi direktorining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari hamda xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari futbol maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
44. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy maʼlumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida uch yil ish stajiga va Osiyo futbol konfederatsiyasining kamida “V” litsenziyasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassislardan tayinlanadi.
45. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari mashgʻulot jarayoni va tarbiyaviy ishlar tashkil etilishi, futbol boʻyicha trenerlar malakasi oshirilishi uchun javob beradi, maktabda futbol musobaqalari oʻtkazilishi hamda maktab futbolchilarining tuman, shahar musobaqalarida va boshqa futbol musobaqalarida qatnashishini taʼminlaydi, futbolchilarning mashq qilish metodikasini takomillashtirish choralarini koʻradi, sport mashgʻulotlari sifatini, mashgʻulotlar jadvali bajarilishini nazorat qiladi.
46. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari maʼmuriy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan tayinlanadi.
Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari sport jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, maktabning mol-mulki, jihozlarining saqlanishi va sozligi, binolar va inshootlardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport taʼminoti va undan foydalanish uchun javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlari” (roʻyxat raqami 2614, 10.09.2014-y.).
47. Futbol maktabining trenerlar tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlgan va kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” litsenziyasiga ega mutaxassislar bilan toʻldiriladi.
Trenerlar sport guruhlarini tanlaydi va toʻldiradi, futbolchilar bilan tarbiyaviy va sport ishlarini olib boradi, futbolchilar tibbiy koʻrikdan va dispanser koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qiladi, futbolchilar uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sport rejalarini ishlab chiqadi, sport jarayonini takomillashtirish va unga eng samarali va zamonaviy shakllar va usullarni joriy etish boʻyicha takliflar kiritadi.
48. Futbol maktabining futbol boʻyicha boʻlimlarida maktab direktorining buyrugʻi bilan yetakchi trenerlardan, agar ularning har birining rahbarligi ostida kamida ikki nafar toʻliq yuklamali trener, futbol boʻyicha trener lavozimida ish stajiga va Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” litsenziyasiga ega futbol boʻyicha bosh trener tayinlanadi.
Katta trenerlar ham futbol maktabining futbol boʻyicha boʻlimiga, ham futbol boʻyicha alohida sport guruhlariga rahbarlik qilish uchun tayinlanishi mumkin.
Futbol boʻyicha bosh trener boshqa trenerlar uchun nazarda tutilgan funksiyalar bilan birgalikda trenerlar ishi sifatini nazorat qiladi, sport jarayoni tashkil etilishi, sport guruhlari toʻliq toʻldirilishi, mashgʻulot rejalari va dasturlari bajarilishi, futbolchilarning qabul va nazorat sinovlari oʻtkazilishi, yuqori darajali futbolchilar tayyorlashning yakka tartibdagi va istiqbolli rejalari ishlab chiqilishi, boʻlimlarning trenerlar kengashlari oʻtkazilishi, trenerlar malakasini oshirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
49. Futbol maktabida trenerlar kengashi tashkil etiladi. Kengash sport va tarbiyaviy ishlar, futbolchilarni tanlash va oʻtkazish, futbolchilar tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, futbol maktabining futbol tadbirlarida ishtirok etishi, sport jarayonini oʻtkazish metodikasi takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek futbol maktablari ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
50. Futbol maktabini boshqaruv, yordamchi, xoʻjalik va tibbiyot xodimlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Futbol maktabining barcha xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari, lavozim majburiyatlari, ularning huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
52. Futbolchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar) futbol maktabida oʻtkaziladigan sport va tarbiyaviy jarayon bilan tanishish, shuningdek unda futbol maktablarining ustavida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
8-bob. Futbol maktabining moddiy taʼminoti, uning moliyalashtirilishi va hisoboti
53. Futbol maktabi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan mol-mulkka ega boʻladi.
54. Sport uskunalari, jihozlar, metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek, futbolchilarning sport tadbirlari va sport yigʻinlarida qatnashishini taʼminlash futbol maktabi tomonidan unga ajratiladigan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tushumlar doirasida amalga oshiriladi.
55. Futbol maktabida oʻzining sport inshootlari va asbob-uskunalari mavjud boʻlmagan taqdirda, maktabning xarajatlar smetasida tuzilgan shartnomaga muvofiq miqdorda ularni ijaraga olish xarajatlari uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
56. Quyidagilar futbol maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 414-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 1999-yil 1-iyundagi 279-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari.
57. Futbol maktabi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
58. Futbol maktabi xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
59. Futbol maktabi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi.
Futbol maktabi jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq miqdorini mustaqil belgilaydi.
60. Futbol maktabi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
61. Futbol maktabining moliya-xoʻjalik faoliyatini va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Tibbiy nazorat
62. Futbol maktabida futbolchilar sogʻligʻining holati yuzasidan tibbiy nazorat maktabning tibbiyot xodimlari tomonidan, ular boʻlmaganda esa belgilangan tartibda maktabga biriktirilgan tegishli hududiy tibbiyot tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
63. Futbol maktabi futbolchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirishdan oʻtkazishni futbol maktabi joylashgan joydagi tegishli tibbiyot tashkiloti taʼminlaydi.
64. Futbol maktabining tibbiyot xodimlari belgilangan tartibda sport jarayonini, futbol musobaqalari va sport-sogʻlomlashtirish oromgohini tibbiy taʼminlaydi, mashq yuklamalarining hajmini nazorat qiladi, futbolchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzish va tasdiqlashda qatnashadi, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirish oʻtkazilishini tashkil etadi.
65. Futbol maktabi futbolchilarining sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda, belgilangan namunadagi davolash-nazorat kartasi toʻldiriladi. Ushbu karta maktabning tibbiyot xonasida yoki futbol maktablari joylashgan joydagi tibbiyot tashkilotida saqlanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
66. Futbol maktabini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining (keyingi oʻrinlarda — akademiya) direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
akademiyaning ayrim xodimlari — sport psixologi (psixolog), vrach, tibbiyot hamshirasi va uqalovchi;
direktor oʻrinbosarlari — direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
trenerlar — bosh trener, yordamchi trener, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha trener, individual tayyorgarlik boʻyicha trener, darvozabonlarni tayyorlash boʻyicha trener.
3. Akademiyaning direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari ish haqi tarkibiga bazaviy tarif stavkasi, qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlar kiradi. Bunda:
direktor, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, trenerlar, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq;
direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyuldagi 235-son qaroriga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
vrach, tibbiyot hamshirasi va uqalovchi mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq;
sport psixologi mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Mazkur Nizom qoidalari akademiyaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Akademiyaning direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ustamalar hamda qoʻshimcha haqlarni belgilash
5. Akademiyaning direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari mehnatiga ustamalar Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, yosh toifalari boʻyicha futbol terma jamoalarining asosiy tarkibiga futbolchilar (stajyorlar) tayyorlashni taʼminlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:

Akademiya futbolchilarining sportdagi natijalari

Sport natijasi

Futbolchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda

Bosh trener, trener, darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha trener

Individual tayyorgarlik boʻyicha trener, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)

Direktor

Direktor oʻrinbosarlari

Ayrim xodimlar

1. Nufuzli xalqaro musobaqalarga futbolchilarni tayyorlash

Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari sovrindori

I oʻrin

100

25

30

25

15

II oʻrin

90

20

25

20

13

III oʻrin

80

15

20

15

10

Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori

I oʻrin

80

15

20

15

10

II oʻrin

70

10

15

10

8

III oʻrin

60

7

10

7

6

2. Oʻzbekiston sport terma jamoalarining asosiy va zaxira (stajyor) tarkiblariga futbolchilarni tayyorlash

Oʻzbekiston sport terma jamoalarining asosiy tarkibi

Butun davrda

30

8

10

8

7

Oʻzbekiston sport terma jamoalari zaxira (stajyor) tarkibi

Butun davrda

20

6

8

6

5

6. Ustamalarning jami miqdori direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlar uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan oshmasligi kerak.
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari gʻolib hamda sovrindorlarini tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trenerlarga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy va individual tayyorgarlik boʻyicha trenerlar oʻzlariga biriktirilgan guruh futbolchilarining erishgan natijalari hisobidan ustama oladi.
7. Futbolchi bir vaqtning oʻzida turli sport natijalariga erishgan taqdirda, unga nisbatan foiz belgilashda eng yuqori darajasi hisobga olinadi.
8. Mazkur Nizom bilan belgilanayotgan akademiyaning direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlashdagi har oylik ustamalar akademiya trenerlar kengashining qaroriga asosan direktor buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
9. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan ustamalar kalendar yil uchun trenerlar tarifikatsiyasi va xodimlar shtat jadvalida futbolchilarning oldingi yilda erishgan sport natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yil davomida ustamalar miqdori tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida oʻzgartiriladi.
10. Direktor, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlarga ustamalarni belgilash tartibi:
Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida futbolchilar tomonidan tegishli natijaga (I — III-oʻrinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy va zaxira (stajyor) tarkibiga kiritilgan oyning birinchi sanasidan eʼtiboran belgilanadi va futbolchining jamoa tarkibida boʻladigan butun davrida saqlab qolinadi.
11. Akademiyaning direktori, direktor oʻrinbosarlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga futbolchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash futbolchining akademiya tarkibidan rasman chiqib ketish sanasidan keyingi oyning 1-sanasidan eʼtiboran toʻxtatiladi.
12. Trenerlarga ustamalarni belgilash tartibi:
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida futbolchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari va shu kabilar) oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi;
Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga futbolchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun — futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va futbolchi jamoa tarkibida boʻladigan butun davrda saqlanib qoladi;
13. Agar akademiyaning treneri mehnatiga haq toʻlash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan futbolchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, Oʻzbekiston sport terma jamoasining asosiy tarkibi aʼzosi Osiyo oʻyinlari sovrindori boʻlsa), u holda trenerning mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori, futbolchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori koʻrsatkich boʻyicha tegishli ravishda qayta koʻrib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
14. Agar akademiyaning treneri mehnatiga haq toʻlashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan futbolchi mazkur trenerning sport-oʻquv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener rahbarligidagi boshqa sport-oʻquv guruhiga, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilsa yoki akademiyada oʻqishni tamomlaganda va shu kabi holatlarda), trener mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga futbolchi (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun futbolchi trenerning sport-oʻquv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran kamayish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
15. Yil mobaynida boshqa trener rahbarligida yuqori sport natijalariga erishgan futbolchi sport-oʻquv guruhiga oʻtkazilgan akademiyaning treneri mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun futbolchi mazkur trenerning sport-oʻquv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun futbolchi mazkur trener rahbarligida koʻrsatib oʻtilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III oʻrinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi.
16. Akademiyada ishlayotgan bosh trenerlarga, shuningdek, “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan xodimlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq belgilanadi.
17. Akademiyaning faxriy unvonga ega boʻlgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga asosan toʻlovlar belgilanadi.
3-bob. Akademiyada sport tayyorgarligi bosqichlari, sport-oʻquv guruhlari, ularga qoʻyiladigan talablar va trenerlarning ish hajmini hisoblash
18. Sport tayyorgarligi bosqichlari quyidagilardan iborat:
oʻquv-mashq bosqichi — bu bosqichda futbolning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, oʻyinning real sharoitlariga imkon qadar yaqin boʻlishi kerak boʻlgan maxsus vositalar yordamida texnikani chuqur oʻrgatish bilan ajralib turadi. Ushbu bosqichda mashgʻulotlarda qoʻllaniladigan mashqlar koʻp sonli bogʻlanishlar, qarshiliklar, sharoitlarning tez oʻzgarishi va musobaqalar sharoitiga yaqin sharoitlarda texnikani barqarorlashtirishga intiladigan harakatlar amalga oshiriladi;
sportni takomillashtirish bosqichi — ushbu bosqichda oʻquv-mashgʻulotlar jarayonida intensivlik hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, texnik tayyorgarlikning jismoniy va taktik tayyorgarlik bilan uslubiy bogʻliqligi asosiy tamoyil hisoblanadi. Shuningdek, bu bosqichda individual texnik elementlar va usullarni oʻrganish va mustahkamlash bilan kuch qobiliyatlari va futbol salohiyatini shakllantirish hamda oʻyinda texnik va motorli muammolarni hal qilish uchun koʻnikmalar egallanadi va mustahkamlanadi.
19. Sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha sport-oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi futbolchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Futbolchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻquv yili

Sinfi

Sport-oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)

Futbolchilar soni

Oʻquv-mashq

1 yil

5-sinf

12

22

2 yil

6-sinf

14

22

3 yil

7-sinf

18

22

3 yildan koʻp

8-sinf

20

22

Sport takomillashtirish

1 yil

9-sinf

24

22

2 yil

10-sinf

26

22

2 yildan koʻp

11-sinf

28

22

* Oʻquv mashgʻulotlari akademik soat boʻyicha belgilanadi, bunda 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat boʻladi.
20. Oʻquv yillari boʻyicha sport tayyorgarligi bosqichlarida shugʻullanayotgan futbolchilarga qoʻyiladigan meʼyoriy va sport razryadi talablari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Futbolchi tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻqitish yili

Sinfi

Futbolchiga qoʻyiladigan meʼyoriy va sport razryadi talablari

I — III sport turlari guruhlari

Oʻquv-mashq

1 yil

5-sinf

Sport tayyorgarligi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki oʻsmirlar uchun uchinchi sport razryadi

2 yil

6-sinf

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadi

3 yil

7-sinf

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadi

3 yildan koʻp

8-sinf

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki uchinchi sport razryadi

Sport takomillashtirish

1 yil

9-sinf

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki ikkinchi sport razryadi

2 yil

10-sinf

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki birinchi sport razryadi

2 yildan koʻp

11-sinf

4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari va stajyorlarining tarkiblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda akademiyaga yetkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
22. Akademiya direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik akademiya direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
23. Akademiya direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga qoʻshimcha haq va ustamalar ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanadi.
24. Tayinlangan har oylik qoʻshimcha haq va ustamalar summasi tegishli akademiyaning mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi va ular boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning har oylik qoʻshimcha haq va ustamalar tarzida olingan daromadlari qonunchilikda belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
25. Akademiya direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Akademiya direktori, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ning bazaviy tarif stavkalari
MIQDORLARI

T/r

Lavozim nomi

Lavozim maoshi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan

(soʻmda)

1.

Direktor

8 baravar miqdori

2.

Direktor oʻrinbosarlari (direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning “A” litsenziyasi hamda 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi lozim)

7 baravar miqdori

3.

OFKning “PRO” yoki “A” litsenziyasi boʻlgan, 5 yildan kam boʻlmagan trenerlik ish staji uchun

Bosh trener

7,5 baravar miqdori

Trener (darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik, individual tayyorgarlik boʻyicha)

6,5 baravar miqdori

4.

OFKning “V” litsenziyasi boʻlgan, 4 yildan kam boʻlmagan trenerlik ish staji uchun

Bosh trener

6 baravar miqdori

Trener (darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik, individual tayyorgarlik boʻyicha)

5,5 baravar miqdori

Sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)

5,5 baravar miqdori

5.

OFKning “S” litsenziyasi boʻlgan, 3 yildan kam boʻlmagan trenerlik ish staji uchun

Bosh trener

5 baravar miqdori

Trener (darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik, individual tayyorgarlik boʻyicha)

4,5 baravar miqdori

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat
NORMALARI
Oldingi tahrirga qarang.

I. Oʻquvchilarni yashash uchun jihozlar bilan taʼminlash normalari

T/r

Jihoz nomi

Oʻlchov birligi

Bir nafar oʻquvchi uchun talab etiladigan miqdor

Foydalanish muddati*

1.

Toʻshak

dona

1

5 yil

2.

Paxtali adyol

dona

1

3 yil

3.

Yostiq

dona

1

3 yil

4.

Choyshab

dona

1

5 yil

5.

Jun adyol

dona

1

3 yil

6.

Sochiq

dona

2

1 yil

7.

Yostiq jildi

dona

2

1 yil

8.

Prostinya

dona

2

1 yil

9.

Koʻrpajild

dona

2

1 yil

10.

Kiyim uchun javon

dona

1

5 yil

11.

Tumbochka

dona

1

5 yil

12.

Stol

dona

1

5 yil

13.

Stul

dona

1

5 yil

14.

Grafin va stakan

jamlanma

1

3 yil

* Jihozni almashtirishda uning haqiqiy holati va foydalanishga yaroqliligi hisobga olinadi.


II. Oʻquvchilarni sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash normalari

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

Bir nafar sportchi uchun

Foydalanish muddati

1.

Sport kostumi

dona

1

1 yil

2.

Shamoldan himoya qiluvchi kostum

dona

1

2 yil

3.

Maxsus sport kostumi

dona

1

1 yil

4.

Futbolka (och rangli)

dona

1

3 oy

5.

Futbolka (toʻq rangli)

dona

1

3 oy

6.

Kalta shimlar

dona

1

6 oy

7.

Mashqlar uchun sochiq

dona

1

6 oy

8.

Paypoqlar

juft

1

2 oy

9.

Krossovkalar

juft

1

1 yil

10.

Maxsus sport poyabzali (butsa)

juft

1

1 yil

11.

Sport sumkasi

dona

1

2 yil

12.

Mashgʻulot uchun qalpoqchalar

dona

1

2 yil

III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari

 

T/r

Mahsulotlarning nomi

Gramm (brutto)

 

1.

Bugʻdoy noni, 1-navli

600

 

2.

Bugʻdoy uni, 1-navli

30

 

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

 

4.

Qand-shakar

100

 

5.

Asal

30

 

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

 

7.

Sariyogʻ

80

 

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

 

9.

Sut-qatiq

600

 

10.

Qaymoq

50

 

11.

Tvorog

100

 

12.

Pishloq

50

 

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

 

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

 

15.

Baliq

100

 

16.

Tuxum (dona)

2

 

17.

Kartoshka

500

 

18.

Sabzavotlar, shu jumladan pomidor pastasi

700

 

19.

Meva rezavorlar, hoʻl meva, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

 

20.

Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak 0,5 gr, bargak

50

 

21.

Choy

3

 

22.

Kakao

5

 

23.

Yodlangan tuz

10

 

24.

Xamirturush

1

 

25.

Mineral suv (gazsiz)

500

 

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni

3

 

Oqsillar

231,8

 

Yogʻlar

228,8

 

Uglevodlar

957,9

 

Kaloriya

6 693,8

Izoh. Ushbu norma eng yuqori norma hisoblanadi. Oʻquvchilar uchun aniq normalar uning yoshi va jinsiga, shuningdek, oʻqitish boʻgʻiniga bogʻliq ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/548/0789-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalariga (keyingi oʻrinlarda — futbol akademiyasi) nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
2. Futbol akademiyasiga nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
2-bob. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Futbol akademiyasiga futbol maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari yoki boshqa sport-taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich tayyorgarlikdan oʻtgan hamda futbol akademiyasida taʼlim olish istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida 6-sinfga qabul qilinadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
4. Futbol akademiyasida xorijiy davlatlar fuqarolari oʻqitilmaydi, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilar 7 ta yosh toifasidan iborat boʻladi hamda har bir yosh toifasida 22 nafar nomzod-futbolchi shugʻullanadi.
Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilarning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi.
6. Futbol akademiyasiga nomzodlarni tanlab olishni sifatli tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan bir oy oldin Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazish tartibi va muddatlari, futbol akademiyasi manzili, telefon raqamlari, oʻqishga qabul qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
7. Futbol akademiyasiga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, amaliy imtihonlarda ishtirok etuvchi nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va imtihonlarni oʻtkazish uchun har bir futbol akademiyasida kamida 7 kishidan iborat qabul komissiyasi tuziladi.
8. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tasdiqlanadi.
Quyidagilar qabul komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul jarayonini shaffof tashkil etish;
oʻqishga qabul qilish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;
oʻqishga qabul qilish boʻyicha amaliy imtihonlar oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilash;
amaliy imtihonlarni qabul qilib olishda koʻmaklashuvchi trener va mutaxassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etish.
9. Hujjatlar onlayn shaklda (Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazi) yoxud nomzodlar tomonidan hujjatlarni futbol akademiyasiga shaxsan taqdim etishi orqali qabul qilinadi.
Hujjatlar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
10. Futbol akademiyasiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
nomzodning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan futbol maktabi direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi yoki 16 yoshga toʻlgan shaxslar uchun biometrik pasport (ID karta) yoxud xorijga chiqish pasporti nusxasi;
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, psixonevrologik dispanserdan maʼlumotnoma);
nomzodning sport pasporti nusxasi yoki futbolchi pasporti (mavjud boʻlsa).
11. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
12. Hujjatlarni topshirgan ota-onalarga ularning hujjatlari qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. Arizalar YIDXP orqali topshirilganda, ularning hujjatlarini qabul qilib olinganligi haqida YIDXP orqali elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
3-bob. Amaliy imtihonlarni oʻtkazish tartibi
13. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish uchun amaliy imtihonlar oʻtkaziladi.
14. Amaliy imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan nomzodlar uchun qayta imtihonlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
15. Amaliy imtihonlar oʻtkazish kuni, muddati, meʼyorlari va baholash mezonlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
16. Amaliy imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab imtihondan oʻta olmagan nomzodlarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
17. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, qabulning ochiq, oshkora va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida onlayn videokuzatuv olib boriladi.
18. Amaliy imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli qabul komissiyasiga yozma ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Amaliy imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch nafar mutaxassisdan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon hujjatlarini koʻrib chiqib, apellyatsiya natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qabul komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;
arizani qanoatlantirish.
4-bob. Futbol akademiyasida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
19. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiya, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari tasdiqlangan taʼlim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Oʻquv yili 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va oʻquv rejasiga muvofiq tugallanadi.
21. Futbol akademiyasida oʻquv mashgʻulotlarining qancha davom etishi, oʻquvchi-sportchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.
22. Taʼlim sifati va sport tayyorgarligi darajasini nazorat qilish tasdiqlangan meʼyorlar talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan bitiruvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy oʻrta taʼlimni tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjat beriladi.
24. Futbol akademiyasida oʻqish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, ish va dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, oʻquvchi-sportchilarning yashash sharoitlari, shuningdek, ularning taʼminoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Futbol akademiyasi oʻquvchi-sportchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida taʼtil vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazgan holda oʻquvchi-sportchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
26. Futbol akademiyasiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchilar quyidagi huquqlarga ega:
umumiy oʻrta taʼlim fanlari boʻyicha oʻqish;
oʻquv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq tekin oziq-ovqat bilan taʼminlanish (isteʼmol qilish);
futbol akademiyasi moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
oʻquvchi-sportchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish.
27. Futbol akademiyasida oʻquvchi-sportchilar umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻqitish boʻyicha sinflarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha — sport guruhlariga birlashadi.
Oʻquvchi-sportchilar soni oʻquv sinflarida 22 nafardan ortiq boʻlmasligi, rus tilida mashgʻulotlar olib boriladigan guruhlar mavjud boʻlgan taqdirda, 8 — 12 nafar boʻlishi talab etiladi.
28. Taʼlim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchi-sportchilar navbatdagi sinfga futbol akademiyasi direktorining buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.
5-bob. Futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilarini attestatsiyadan oʻtkazish
29. Futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilariga oʻquv yili davomida ikki marotaba (qishki va yozgi) fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchi-sportchilarini oʻqishdan chetlatish direktor buyrugʻi asosida tuzilgan Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Attestatsiya futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilari oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yillik kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchi-sportchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
31. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, futbol akademiyasi direktori — komissiya raisi, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — komissiya masʼul kotibi, taʼlim tashkilotining kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, sinf rahbarlari, trenerlar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari vakillari jalb qilinishi mumkin.
32. Trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumot va hujjatlarini toʻplaydi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
33. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va koʻrsatgan natijalari tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchi-sportchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokor xulosasi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning faoliyatiga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega.
34. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida 3 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
35. Attestatsiya varaqasi bosh trener, guruhning shaxsiy treneri, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va boʻlim vrachi tomonidan imzolanadi.
36. Toʻplangan hujjatlar asosida oʻquvchi-sportchilar bilan suhbat oʻtkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi hamda jarayonlar videotasvirga tushiriladi.
37. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
38. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
39. Attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya komissiyasi “Futbol akademiyasida oʻqishga loyiq” yoki “Futbol akademiyasida oʻqishga noloyiq” degan xulosalardan birini qabul qiladi.
40. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi hamda oʻquvchi-sportchilarga futbol akademiyasi tomonidan maʼlum qilinadi.
41. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilar attestatsiyaga uzrli sabab (sogʻligʻida muammolar yuzaga kelganligi, sport musobaqalarida ishtirok etayotganligi va boshqalar) bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.
42. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilganlar oʻrniga oʻquvchi-sportchilar umumiy soni (kontingenti) doirasida bir yilda ikki marotaba (qishda va yozda) iqtidorli sportchilarni belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi.
6-bob. Oʻquvchi-sportchilarning oʻqishini futbol akademiyasidan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish
43. Oʻquvchi-sportchilarning oʻqishi futbol akademiyasidan boshqa taʼlim tashkilotiga quyidagi holatlarda koʻchiriladi:
a) oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining xulosasiga koʻra;
v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — vrach xulosasiga koʻra;
g) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogol va giyohvand vositalar isteʼmol qilingan hollarda — pedagogik va trenerlar kengashining qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchi-sportchilarning oʻqishini boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirishda oʻquvchi-sportchilar yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
Mazkur bandning “a” kichik bandi oʻquvchi-sportchilarning ota-onasi (yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs) bilan imzolangan bitimda boshqa shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, tatbiq etilmaydi.
44. Oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi-sportchilar oʻqishini doimiy turar joyi boʻyicha umumtaʼlim maktabida davom ettiradi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
45. Mazkur Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida OAVda eʼlon beradi.

2. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalarini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining veb-saytida eʼlon qiladi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin

2-bosqich

Ariza beruvchi

(nomzodning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)

Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza topshiradi yoki qabul komissiyasiga shaxsan oʻzi hujjatlarni taqdim etadi.

Har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar

3-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Hujjatlarni qabul qilib oladi va nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Amaliy imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻradi

3. Belgilangan muddatlarda amaliy imtihonlarni oʻtkazadi.

4. Natijalarni eʼlon qiladi va amaliy imtihonlar yakunlanganligi boʻyicha qaror chiqaradi.

Tasdiqlangan jadval asosida

4-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

Apellyatsiya natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qabul komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;

arizani qanoatlantirish.

Kirish imtihonlari tugagandan soʻng 3 kun muddatda

5-bosqich

Akademiya direktori

Qabul komissiyasi qarori asosida nomzod-sportchilarni akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi va nomzod-sportchilarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtiradi.

Kirish imtihonlari tugagandan soʻng 5 kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablarining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga oʻtkazilayotgan futbol maydonlari
ROʻYXATI
(8-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)

T/r

Sport maktablari nomi

Sport maktablarining futbol maydonlari manzili

Futbol maydonlari oʻtkazilayotgan futbol maktabi nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri sport maktabi

Nukus shahri Chimboy guzari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol maktabi

Andijon viloyati

2.

Xonobod shahar sport maktabi

Xonobod shahar Xonobod koʻchasidagi 4-uy

Andijon viloyati futbol maktabi

Jizzax viloyati

3.

Gʻallaorol tumani sport maktabi

Gʻafur Gʻulom mahallasi Mustaqillik koʻchasi

Jizzax viloyati futbol maktabi

Qashqadaryo viloyati

4.

Shahrisabz tumani sport maktabi

Shahrisabz tuman “Kamolot” MFY Ipak yoʻli koʻchasidagi 122-uy

Qashqadaryo viloyati futbol maktabi

Namangan viloyati

5.

Toʻraqoʻrgʻon tumani sport maktabi

Toʻraqoʻrgʻon tumani “Isvaxon” MFI Yangiobod koʻchasidagi 1-uy manzilida joylashgan “Yoshlik” oʻyingohi

Namangan viloyati futbol maktabi

Samarqand viloyati

6.

Samarqand shahar 2-son sport maktabi

Samarqand shahar “Nurafshon” MFYdagi ʻ“Nurafshon” oʻyingohi

Samarqand viloyati futbol maktabi

Surxondaryo viloyati

7.

Jarqoʻrgʻon tumani 1-son sport maktabi

Jarqoʻrgʻon tumani “Surxon Sohili” MFYda joylashgan “Paxtakor” oʻyingohi

Surxondaryo viloyati futbol maktabi

8.

Jarqoʻrgʻon tumani 2-son sport maktabi

Jarqoʻrgʻon tumani “Surxon” MFY

Sirdaryo viloyati

9.

Sayxunobod tumani sport maktabi

Sayxunobod tumani “Turon” MFY, Navoiy shoh koʻchasidagi 108-uy

Sirdaryo viloyati futbol maktabi

10.

Sardoba tumani sport maktabi

Sardoba tuman “Navroʻz” MFY Doʻstlik koʻchasidagi 26-uy

Toshkent viloyati

11.

Yuqorichirchiq tumani sport maktabi markaziy stadioni

Yuqorichirchiq tumani “Qorasuv” MFY Hamkorlik koʻchasidagi 36-uy

Toshkent viloyati futbol maktabi

12.

Quyichirchiq tumani 2-son sport maktabi “Paxtazor” stadioni

Quyichirchiq tumani “Paxtazor” MFY Navroʻz koʻchasidagi 2-A uy

13.

Piskent tumani sport maktabi

Piskent tumani “Lola ariq” MFY

Fargʻona viloyati

14.

Margʻilon shahar, 1-son sport maktabi

Margʻilon shahar “Zuhro” MFY

Fargʻona viloyati futbol maktab

15.

Fargʻona shahar 2-son sport maktabi

Fargʻona shahar S.Temur koʻchasi

Xorazm viloyati

16.

Yangibozor tumani sport maktabi

Yangibozor tumani “Doʻstlik” mahallasi Koʻhinur koʻchasidagi 67-uyda joylashgan markaziy oʻyingoh

Xorazm viloyati futbol maktab

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Kelgusida qoʻshimcha maydonlarni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga oʻtkazish yuzasidan takliflar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining takliflariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.
(8-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandi toʻrtinchi xatboshisi “terma jamoa” soʻzlaridan keyin “, futbol akademiyalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 09/23/458/0698-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son; 29.08.2025-y., 09/25/548/0789-son; 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)