1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOKSNI RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Respublikada boksning ommaviyligini yanada rivojlantirish va omma orasiga yoyish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining Oʻzbekiston Boks federatsiyasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sport klublari, korxonalar va oʻquv muassasalarida boks bilan shugʻullanish uchun ularning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashga yordam koʻrsatish;
mamlakatning jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga boks boʻyicha hududiy, mintaqaviy va respublika musobaqalarini oʻtkazishda koʻmaklashish;
yetakchi va yosh istiqbolli sportchilarni tayyorlash va ularni xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun moddiy jihatdan taʼminlash;
sport maktablarining boks boʻlimiga qabul qilish uchun isteʼdodli bolalarni aniq maqsadni koʻzlab izlash va tanlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Jamgʻarma yuridik shaxs huquqiga ega, barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq boʻlgan, oʻzini oʻzi boshqaradigan, oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlaydigan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Quyidagilar Jamgʻarma mol-mulkining shakllantirish manbalari hisoblanadi:
muassislardan, qatnashchilardan bir yoʻla va muntazam ravishda tushadigan tushumlar;
koʻngilli mulkiy badallar va xayr-ehsonlar;
Jamgʻarma taʼsis etilgan korxonalar daromadi (foydasi)dan dividendlar va boshqa ajratmalar;
qonun hujjatlari taqiqlamagan boshqa tushumlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tuzilmasiga ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Ustavini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
6. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan 5 mln soʻm ajratilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining hududiy boʻlimlarini tashkil etishda jamgʻarmaga koʻmaklashsinlar.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
7. Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Jamgʻarma moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashayotgan xoʻjalik hisobidagi sport klublari olib kelinayotgan sport anjomlari va jihozlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) 3 yil muddatga ozod etilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini joylashtirish uchun bino ajratish masalasini 1999-yil 1-iyulgacha hal qilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 1-iyun,
279-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 1-iyundagi 279-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi