toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ–229-son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq toʻlash miqdorlarining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bogʻliqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun ragʻbatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati mahalliy organlari, sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari vakillari, tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokidagi majlisida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning kelishilgan loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini toʻlash, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjet tashkiloti xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari uchun yoʻnaltiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatilgan homiylik mablagʻlarining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali, aniq tarzda foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tibbiyot muassasalari huzurida tegishli tibbiyot muassasasi rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida tashkil etiladigan maxsus komissiya qarori asosida qabul qilinadi;
sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlarining maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yil 25-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomda Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning ikki yoʻnalishi oʻrtasidagi foizlar nisbati tibbiyot muassasalari toʻrt (I—IV) guruhining har biri uchun 3-ilovaga muvofiq, qishloq vrachlik punktlari uchun esa — 31-ilovaga muvofiq boʻlishi nazarda tutilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-dekabrdagi 350-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 48-son, 607-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini 2006-yil 1-yanvargacha amalga oshirsinlar;
2006-yil mobaynida 4-ilovaga muvofiq Dasturga binoan qishloq vrachlik ambulatoriyalarini qishloq vrachlik punktlariga aylantirishni tugallasinlar;
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Salomatlik-II” loyihasi doirasida 5-ilovaga muvofiq Dasturga binoan sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinining ambulatoriya-poliklinika tarmogʻida umumiy amaliyot vrachi tizimiga bosqichma-bosqich oʻtilishini taʼminlasinlar.
Ambulatoriya-poliklinika tarmogʻini qishloq vrachlik punktlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturining bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (Nazirov) zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ular mehnatini ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq, tizimli monitoring oʻrnatsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda, tizimli monitoring asosida har chorakda axborot bersinlar.
7. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika komissiyasi (Qosimov) ikki oy muddatda davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanishning ahvolini puxta oʻrganib chiqsin hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlashni hisobga olgan holda, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirishni va sifatini yaxshilashni taʼminlash uchun ularning tarmogʻi va quvvatlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Nodavlat tibbiyot muassasalariga 2006-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tarif setkasini joriy etishga oʻtish tavsiya qilinsin.
9. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1995-yil 2-martdagi 75-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son qarori 4-bandining tibbiyot xodimlariga oid qismi 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
276-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning
TARIF SETKASI

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Tarif koeffitsiyentlari

1

1,595

2

1,755

3

1,931

4

2,123

5

2,336

6

2,570

7

2,827

8

3,137

9

3,482

10

3,866

11

4,252

Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2024-y., 09/24/661/0808-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda “tarif setkasi” deb yuritiladi), ularni moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlov, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning yagona prinsiplarini belgilaydi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat muassasalarining notibbiyot mutaxassislariga (biologlar, zoologlar va parazitologlar hamda mutaxassislarning boshqa toifalariga) nisbatan ham qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tizimidagi tibbiyot muassasalari, kasalxonalar, davolash-profilaktika yordam koʻrsatish (boʻlim) boʻlinmalari, tibbiyot punktlari, tibbiyot boʻlinmalari (boshqarma, boʻlim, guruh) hamda sanatoriylarga nisbatan ham qoʻllanadi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan tibbiyot muassasalariga tatbiq etilmaydi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi asosida haq toʻlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarining ishchi va xizmatchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat muassasalari rejali budjet mablagʻlari doirasida ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Bunda xodimlarning malakasi va ular tomonidan bajariladigan ishlarning murakkabligi tarif setkasi asosida belgilanadigan lavozim maoshlari (stavkalar) miqdorlarida hisobga olingan.
II. Tarif stavkalarini belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli guruhlarga kiritilgan sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)
Sogʻliqni saqlash muassasalari guruhlari boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi:
muassasalarning 1-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,0 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 2-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,03 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 3-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,05 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 4-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,15 tuzatish koeffitsiyenti.
4. Ish haqi miqdorlarini belgilash barcha hollarda asosiy, oʻrindoshlik va oʻrnini bosadigan lavozimlar (ishlar turi) boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Tarif setkasi boʻyicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari boʻyicha belgilanadi.
6. Xodimlarga tarif stavkalari, qoʻshimcha toʻlov va ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgarganda — ushbu Farmon kuchga kirgan oydan boshlab;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni berilganda — faxriy unvon berilgan kundan boshlab;
malaka toifasi berilganda — huzurida attestatsiya komissiyasi tashkil etilgan organ (muassasa)ning buyrugʻiga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
staj uchun ustama miqdorini koʻpaytirish huquqini beradigan stajni tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlganda — staj toʻlgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Muassasa rahbari xodimlar mehnatiga oʻz vaqtida va toʻgʻri haq toʻlanishi uchun javob beradi. Mehnat haqi notoʻgʻri toʻlangani aniqlangan taqdirda rahbar amaldagi qonunchilikka muvofiq xatolarni zudlik bilan tuzatish va butun davr uchun kam hisoblangan (ortiqcha hisoblangan) toʻlovni toʻlash (ushlab qolish) choralarini koʻrishi shart.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
8. Kichik tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari‎ 1‎
2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira‎ 1‎
3. Xoʻjalik bekasi‎ 2‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman kasalxonalari va ixtisoslashtirilgan klinikalarning reanimatsiya boʻlimlari (intensiv terapiya boʻlimlari)da ishlaydigan, bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshiralarga, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari sanitarka enagalariga tarif setkasi boʻyicha 2-razryad belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
9. Oʻrta tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan davolovchi jismoniy tarbiya yoʻriqchisiga va metodistiga tarif setkasi boʻyicha ikkinchi razryad belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
1. Tibbiy roʻyxatdan oʻtkazuvchi, dezinfektor‎ 2‎
2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim‎
— toifasiz‎ 2‎
— II toifa‎ 3‎
— I toifa‎ 4‎
— oliy toifa‎ 5‎
3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamshirasi, tugʻuruqxona (boʻlim)ning akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi‎
— toifasiz‎ 3‎
— II toifa‎ 4‎
— I toifa‎ 5‎
— oliy toifa‎ 6‎
4. Boʻlim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, yetakchi tibbiy hamshira‎
— toifasiz‎ 4‎
— II toifa‎ 5‎
— I toifa‎ 6‎
— oliy toifa‎ 7‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
 LexUZ sharhi
9-bandning jadvaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
10. Vrach xodimlar uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
1. Mutaxassis vrach
— toifasiz‎ 6‎
— II toifa‎ 7‎
— I toifa‎ 8‎
— oliy toifa‎ 9‎
2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni taʼminlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam koʻchma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi
— toifasiz‎ 7‎
— II toifa‎ 8‎
— I toifa‎ 9‎
— oliy toifa‎ 10‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Protez-ortopediya korxonalari va birlashmalarining mutaxassis vrachlariga, vrach-xirurglariga, anesteziolog-reanimatolog vrachlariga II guruh muassasalar (umumiy ixtisoslikdagi turgʻun muassasalar) uchun nazarda tutilgan tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi.
Diagnostika markazlarida va jarrohlik aralashuvini amalga oshirmaydigan boshqa muassasalarda ishlaydigan barcha nomlardagi vrach-xirurglarga mutaxassis vrach sifatida tarif belgilanadi.
11. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasi boʻyicha razryad sogʻliqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmogʻi uchun — xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun — davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli boʻlmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi boʻlinmalari (boʻlimlari)ning (buxgalteriya, iqtisodiy boʻlimlar, kadrlar boʻlimi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq toʻlash Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi.
12. Davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
1. Provizor
— toifasiz‎ 4‎
— II toifa‎ 5‎
— I toifa‎ 6‎
— oliy toifa‎ 7‎
2. Farmatsevtika xodimlari
— toifasiz‎ 1‎
— II toifa‎ 2‎
— I toifa‎ 3‎
— oliy toifa‎ 4‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
 LexUZ sharhi
12-bandning jadvaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
13. Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.

Lavozimlar nomi‎

Razryad‎

1. Psixolog, biolog, zoolog, parazitolog, entomolog, ionlashtiruvchi va noionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazorat qilish boʻyicha ekspert-fizik; davolovchi jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi; davolovchi jismoniy tarbiya boʻyicha metodist‎

6‎

(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
 LexUZ sharhi
13-bandning jadvaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK), nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar internat-uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun pansionatlar, oʻquv yurtlari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari, shuningdek bolalar maktabgacha muassasalari, barcha tipdagi maktab-internatlar, “Mehribonlik uyi” bolalar uylari, sanatoriy-oʻrmon maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari muassasalarning birinchi guruhi boʻyicha belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
IV. Ishi sogʻliq uchun xavfliligi va mehnatning oʻta ogʻir sharoitlari munosabati bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar
15. Mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va oʻta ogʻir sharoitlari uchun tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda va roʻyxat boʻyicha belgilanadi.
V. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar
16. Sogʻliqni saqlash muassasalarining tarkibiy boʻlinmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga:
Oldingi tahrirga qarang.
shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha boʻlganda — oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq boʻlganda — oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tuman, tumanlararo va shahar TIEKlarining raislari boʻlgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qishloq vrachlik punktlari filial (boʻlim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 8,8 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
19. Vrachlik mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlari — vrachlarga:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
20. Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan bosh tibbiyot hamshiralariga:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 14,1 foizi miqdorida;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
23. Turgʻun tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi boʻyicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qaroriga muvofiq 231-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)
VI. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar
Oldingi tahrirga qarang.
24. Alohida muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlarda ish staji uchun ustamalar:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga: ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga: ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz”;
qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, oʻsmirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya boʻlimlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda boʻlimlari mudirlariga: ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz;
tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining koʻchma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlariga: ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz;
oʻlatga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga: ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 80 foiz;
leprozoriya muassasalari va tarkibiy boʻlinmalarining xodimlariga ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha boʻlganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq boʻlganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
bemorlarga ularning uyida xizmat koʻrsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser boʻlimlarining) psixiatr vrachlariga va oʻrta tibbiyot xodimlariga: ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz.
tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining oʻrinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga: vrachlik lavozimlarida ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 50 foiz.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
241. Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 108-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qaroriga asosan 242, 243 va 244-bandlar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
243-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1011-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Vrachlarga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sogʻliqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
ish staji 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
ish staji 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
ish staji 15 yildan 20 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
ish staji 20 yildan ortiq boʻlganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha ishlaganligi uchun ustama olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maslahat berganligi uchun vrachlarning soatbay mehnat haqi ular tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
28. Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
29. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam koʻrsatish Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlari
Oldingi tahrirga qarang.
I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi muassasalari va boshqa muassasalar
(I boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (boʻlimlari)
2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)
3. Statsionar oʻrinlari boʻlmagan dispanserlar
4. Skrining — markazlar
5. Respublika bolalar va oʻsmirlar reproduktiv sogʻlomlashtirish markazi
6. Salomatlik instituti va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi muassasalari (Sanepidqoʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, oʻlat profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stansiyalari
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
8. Tibbiyot statistikasi byurosi
II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar
9. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot oʻquv yurtlari klinikalari
10. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari
11. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi
12. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan tugʻuruqxonalar, tugʻuruqxona majmualari
13. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari
14. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari
15. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari
16. Qon quyish stansiyalari
17. Sanatoriylar
III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar
18. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:
18.1 Sil kasalliklari
18.2 Yuqumli kasalliklar
18.3 Onkologik kasalliklar
18.4 Teri-tanosil kasalliklari
18.5 Endokrinologik kasalliklar
18.6 Ruhiy kasalliklar
18.7 Ruhiy-asab kasalliklari
18.8 Narkologik kasalliklar
19. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
20. Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 51-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 90-modda)
22. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari
23. Bolalar uylari
24. Leprozoriylar
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari, OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari
(IV boʻlim nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 90-modda)
25. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi — uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari
26. Tez tibbiy yordam stansiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
27. OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 51-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 90-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Sogʻliq uchun xavfli va mehnat sharoitlari oʻta xavfli boʻlganligi munosabati bilan ularda ishlash xodimlar tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlov belgilash huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari, shuningdek lavozimlar roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
I boʻlim. Sogʻliq uchun xavfli va mehnat sharoitlari ogʻir boʻlgan, ularda ishlash xodimlarning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) 15 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilash huquqini beradigan muassasalar, boʻlinmalar
(I boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
1.1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari, surunkali infeksiyalarga chalingan bemorlar uchun bolalar sanatoriylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, provizorlar lavozimlari, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarning (tarkibiy boʻlinmalarining) dorixonalari mudirlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari shtatidagi dorixonalarning yordamchi xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
1.2. Yuqumli kasalliklarga chalingan va gelmintlar bilan zararlangan bemorlar uchun boʻlimlar, palatalar, shuningdek kunduzgi gelmintologiya statsionarlari, yuqumli kasalliklar kabinetlari, vokzallardagi tibbiyot punktlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Palatalar boʻlimlari ichida ishlaydigan va bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.3. Chaqaloqlar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalar, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar: tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan va ruhiy nuqsoni boʻlmagan, jismoniy rivojlanishida boshqa nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun; markaziy nerv tizimida organik shikastlanishlari, shu jumladan ruhiy nuqsoni boʻlmagan, bolalar serebral falaji boʻlgan bolalar uchun; kar-soqovlik nuqsoni boʻlgan (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) bolalar uchun; nutqida nuqsoni boʻlgan (duduqlar, allaliyali va nutqida boshqa nuqsonlari boʻlgan) bolalar uchun; koʻrish nuqsonlari boʻlgan (koʻr, yaxshi koʻrmaydigan) bolalar uchun.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.4. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun sanatoriylar, markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari boʻlinmalari, palatalari (guruhlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.5. Barcha ixtisoslardagi xirurgiya boʻlimlari (palatalari) va statsionarlarning operatsiya bloklari.
Barcha nomlardagi vrach-xirurglar lavozimlari (kardioxirurglar, neyroxirurglar va mikroxirurglardan tashqari), bemorlarni operatsiya qiluvchi operatsiya hamshiralari va bogʻlovchi hamshiralar, shu jumladan tugʻuruq bloklarida tugʻuruqlarni qabul qilib olish bilan bogʻliq vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.6. Boʻlimlar (palatalar): yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun; gemodializ, bemorlarni gemodializ, gemosorbsiya, plazmoforez, ultrafiltratsiya metodlarini qoʻllangan holda davolash uchun; vizual nazorat qilgan holda operativ aralashuvlarda rentgen apparatlaridan foydalaniladigan barcha ixtisoslardagi xirurgiya boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, gemodializ boʻlimlari apparatlariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar.
1.7. Statsionarlar va poliklinikalarning teri-tanosil boʻlimlari, palatalari, kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.8. Fizioterapiya boʻlimlari, balneologiya kabinetlari, balchiq bilan davolash xonalari (boʻlimlari, kabinetlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, quyidagilar uchun nazarda tutilgan oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari (medstatistiklar va medregistratorlardan tashqari):
serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun;
balchiq bilan davolash shifoxonalarida ishlaydiganlar uchun; radonli vannalar berish uchun;
ozokerit protseduralari tayyorlash va berish uchun;
har qanday quvvatdagi UVCH generatorlarida ishlaydiganlar uchun (har smenada oyiga kamida oʻrtacha 10 ta protsedura berishda).
Balchiqlarni isitish va keltirish, sunʼiy serovodorod suvini tayyorlash uchun nazarda tutilgan xodimlar lavozimlari.
Serovodorod, natriy sulfid va uglevodorodli, radonli vannalarga doimiy xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar hamda binolar va inshootlar, asbob-uskunalar priborlarini joriy taʼmirlash hamda fizioterapiya shifoxonalarini (boʻlimlarini), yertoʻlalar asbob-uskunalarini, binolardagi vannalarning isitish priborlarini, serovodorod, natriy sulfidli va uglevodorodli, radonli vannalarning tutashtiruvchilari va rezervuarlari, quvurlari hamda burgʻulash quduqlari bosh qismini joriy taʼmirlash uchun nazarda tutilgan xodimlar kasblari.
1.9. Kompyuter tomografiyasi boʻlimlari (kabinetlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, ionlashtiruvchi nurlanish sohasida ishlaydigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislar lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
1.10. Onkologiya va gematologiya muassasalarining kimyo-terapiya boʻlimlari, onkologiya va gematologiya, suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish, suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transfuziologik aferez qilish boʻlimlari hamda jarrohlik boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
(1.10.-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1.11. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari, internat-uylar, shu jumladan bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internat-uylari, urush va mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylar, yolgʻiz, keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyida ijtimoiy yordam koʻrsatadigan pansionatlar, boʻlimlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-sanitariya jihatidan sogʻlomlashtirish markazlari.
(1.11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Barcha nomlardagi, boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan rahbarlar, vrachlik lavozimlari, ushbu muassasalarning kontingentlarga xizmat koʻrsatadigan va ular bilan ishlaydigan oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislari, xizmatchilari va ishchilari.
1.12. Sogʻliqni saqlash muassasalarining barokameralari va kessonlari, yerosti boʻlimlari (palatalari), sogʻlomlashtirish punktlari, tibbiyot punktlari (shu jumladan metropoliten inshootlaridagi).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.13. Ultratovushli diagnostika va endoskopiya kabinetlari (boʻlimlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.14. Qon quyish stansiyalari, qon va uning komponentlarini tayyorlash boʻlimlari.
Qon komponentlarini va suyak iligini muzlatilgan holda tayyorlash va saqlash ishlari uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.15. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari (boʻlinmalari)ning psixoterapiya kabinetlari.
Vrach-psixoterapevt, hamshira lavozimlari.
1.16. Koʻzi ojiz va kar-soqov bolalar hamda eshitish va nutqida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun bolalar uylari, kar va koʻzi ojizlar uchun sanatoriylar, internat-uylar, Kar-soqov bolalarni reabilitatsiya qilish markazi.
Boʻysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
1.17. Eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar, kar-soqov ishchilar tayyorlash boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar, jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun internat-uylar.
 LexUZ sharhi
1.17-bandning ikkinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Boʻysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.18. Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoy muhofaza qilish davlat muassasalari.
Lazer qurilmalarida ishlaydigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi hamda ushbu qurilmalarga xizmat koʻrsatadigan mutaxassislar lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
1.19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi muassasalari.
(1.19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Epidemiologiya, parazitologiya, bakteriologiya, virusologiya, sanitariya-nazorat (karantin), dezinfeksiya boʻlinmalari (boʻlimlari) mudirlari lavozimlari (profilaktika dezinfeksiyasi boʻlimlari, boʻlinmalaridan tashqari).
Vrach-epidemiologlar, dezinfeksiyalovchilar, parazitologlar, entomologlar, virusologlar, oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimlari (boʻlinmalari), punktlari, sanitariya-nazorat (karantin) va dezinfeksiya stansiyalari vrachlari lavozimlari.
Elektromagnit maydonlari laboratoriyalarining mudirlari, sanitariya vrachlari, muhandislari lavozimlari.
Radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) boʻlimlari mudirlari, laboratoriyalari sanitariya vrachlari, vrach-laborantlari, muhandis-texnik xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(1.19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun nazarda tutilgan (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatadigan) vrach-laborantlar va muhandislar lavozimlari.
Toksikologiya laboratoriyalari vrach-laborantlari, lavozim maoshlari zararli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan, kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati korxonalariga, muhandis-texnik xodimlarga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan sanitariya vrachlari lavozimlari. Muassasada vrach-epidemiolog lavozimi boʻlmagan taqdirda ushbu vazifa tegishli ustama toʻlagan holda bosh vrach zimmasiga yuklanadi.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimlari (boʻlinmalari) kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan virusologiya, parazitologiya va dizenfeksiya sifatini nazorat qilish boʻyicha laborantlar.
Sanitariya-nazorat (karantin) boʻlimlari, dezinfeksiya stansiyalari (boʻlimlari, punktlari) oʻrta tibbiyot xodimlari, shu jumladan dezinfektorlar, dezinstruktorlar, gidrotexniklar lavozimlari.
Vrach-epidemiologlar, entomologlar, parazitologlar, sanitariya vrachlari yordamchilari, elektromagnit maydonlari laboratoriyalari texniklari va laborantlari lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal gigiyena boʻlimlarining, metropolitenlarning sanitariya-epidemiologiya xizmati mehnat gigiyenasi (boʻlimlari, guruhlari) boʻlim (guruh)larining sanitariya vrachlari yordamchilari va laborantlari lavozimlari.
(1.19-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ochiq simobli apparatlarda (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatuvchi), radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) laboratoriyalarida ishlash uchun nazarda tutilgan oʻrta tibbiyot xodimi, shu jumladan laborantlar va texniklar lavozimlari.
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni, shu jumladan toksikologiya laboratoriyalari laborantlarini tashiydigan oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati, lavozim maoshlari xavfli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan muhandis-texnik xodimlarga xizmat koʻrsatadigan mehnat gigiyenasi boʻyicha sanitariya vrachlari yordamchilari lavozimlari.
Oʻta xavfli infeksiyalar; sanitariya-nazorat (karantin) boʻlinmalari (boʻlimlari, punktlari), ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun moʻljallangan (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatuvchi), toksikologiya laboratoriyalari (shu jumladan parazitologiya, virusologiya, bakteriologiya laboratoriyalari) hamda radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) preparatlari laboratoriyalari sanitarkalari lavozimlari.
Omborlar mudirlari, omborchilar, dezinfeksiyalash vositalarini idishga joylovchilar, dezinfektorlar vazifasini birga qoʻshib bajaradigan avtomobil haydovchilari, zararlangan hayvonlar bilan ishlaydigan vivariylar xodimlari, shuningdek yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni tashiydigan sanitarkalar va avtomobil haydovchilari.
1.20. Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi.
Oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
II boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 15-25 foizga oshirish huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
2.1. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sogʻayib ketishiga koʻmaklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qoʻllab tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi vrachlar lavozimlari, — 25 foiz.
2.2. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sogʻayib ketishiga koʻmaklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qoʻllab tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlari, — 15 foiz.
Ularda ishlash vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozim maoshlariga ustamalar huquqini beruvchi yuqori texnologiyali asbob-uskunalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
III boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 25 foizga oshirish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir boʻlgan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar
(III-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Nogironligi boʻlgan shaxslar va urush faxriylari uchun gospitallar.
(3.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari, provizorlar, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalar (tarkibiy boʻlinmalar) dorixonalari mudirlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, shu jumladan mutaxassislar va xizmatchilar, kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
(3.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalardagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar. Sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yoʻqoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun muassasalar va guruhlar bunga kirmaydi.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
(3.4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
3.5. Tugʻuruqqa yordam koʻrsatish muassasalari:
Vrach-neonatologlar.
3.6. Xirurgiya boʻlimlari (palatalari).
Kardioxirurglar, neyroxirurglar, mikroxirurglar.
3.7. Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari (guruhlari).
Reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari (palatalari), ekspress-diagnostikani taʼminlovchi laboratoriya (guruh).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
 LexUZ sharhi
3.7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3.8. Oʻlat kasalligiga qarshi muassasalar.
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
3.9. Psixiatriya (psixonevrologiya), narkologiya muassasalari va boshqa muassasalar, ularning boʻlinmalari (ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalardan tashqari). Ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka (shu jumladan ularning surunkali shakllariga) duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallangan boʻlimlar, palatalar va kabinetlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalar vrachlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimlari, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalar vrachlari, arxivning tibbiy registratorlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qatʼi nazar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida va yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatadigan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; boʻlimlar ichida ishlaydigan ishchi kasblari, sartaroshlar, kiyim-bosh omborchilari, liftyorlar hamda bemorlarga xizmat koʻrsatadigan ishchi kasblari.
Mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlari, shu jumladan bosh vrachning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, kutubxona va klub xodimlari, psixologlar, yuridik maslahatchilar, xoʻjalik mudirlari.
3.10. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsonli bolalar uchun boʻlimlar va palatalar, narkologiya boʻlimlari, palatalari va kabinetlari. Alkogoldan qattiq zaharlangan yoki kuchli alkogolli psixoz oqibatida shikastlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan davolash-profilaktika muassasalarining ixtisoslashgan qabul boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi sartaroshlar.
3.11. Nerv sistemasi organik shikastlangan, ruhiy nuqsonli bolalar uchun guruhlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.12. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun bolalar yaslilari va sanatoriylari. Nerv sistemasi organik shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun chaqaloqlar uylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3.13. Tez tibbiy yordam stansiyalari (boʻlimlari).
Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan brigadalarning vrachlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari.
Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan brigadalar avtomobillarining haydovchilari.
(3.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 652-modda)
3.14. Aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan va markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar va xalq taʼlimi boshqa muassasalari.
Barcha nomlardagi, boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari.
3.15. Barcha ixtisoslikdagi rentgen, radiologiya va rentgenoradiologiya (kompyuter tomografiyasidan tashqari) boʻlimlari, boʻlinmalari, laboratoriyalari, guruhlari va kabinetlari. Toshlarni rentgen toʻlqini zarbi bilan masofadan turib maydalash boʻlinmalari. Kontrast va ichki yurak metodi bilan rentgen tadqiqotlari oʻtkazish markazlari, boʻlinmalari, kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, ionli nurlanish yoki radioaktiv moddalar bilan ishlash sohasidagi vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi, mutaxassislar lavozimlari.
 LexUZ sharhi
3.15-bandning ikkinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3.16. Laboratoriyalar (boʻlimlar, boʻlinmalar).
Oldingi tahrirga qarang.
(3.16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Nomlaridan qatʼi nazar, yuqumli kasalliklarning jonli qoʻzgʻatuvchilari (yoki kasal hayvonlar), kasalliklar paydo qiluvchi viruslar bilan ishlashda, qon, najas va siydikni analiz qilishda ishlaydigan, shu jumladan oq treponema immobilizatsiyasi reaksiyasini oʻtkazish boʻyicha doimiy ishlash uchun nazarda tutilgan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.17. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi (shu jumladan boʻlimlar, boʻlinmalar, laboratoriyalar rahbarlari, mudirlari (boshliqlari) va sanitarlar lavozimlari.
 LexUZ sharhi
3.17-bandning ikkinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3.18. Patologoanatomiya byurolari (boʻlimlari, boʻlinmalari), murda toʻqimalari, organlari va qon tayyorlash (konservatsiyalash) boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar (vrach-patologoanatomlardan tashqari) oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3.19. Aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun psixonevrologiya internat-uylari va internat-uylar, jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun internat-uylar, aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari (boʻlimlari), keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus uylari.
(3.19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan barcha nomlardagi vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari; direktorlar, direktor oʻrinbosarlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, boʻlimlar ichida ishlaydigan barcha kasblardagi ishchilar.
3.20. Sogʻliqni saqlash psixiatriya (psixonevrologiya muassasalari va 3.19-bandda sanab oʻtilgan ijtimoiy taʼminot muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Direktor, bosh muhandis, sex boshligʻi, katta master va master, hisobchi, barcha kasblardagi ishchilar, ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchilari, brigadir lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3.21. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun psixiatriya (psixonevrologiya) muassasalari, psixonevrologiya internat-uylari, reabilitatsiya markazlari,keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus uylari huzuridagi yordamchi qishloq xoʻjaligi.
(3.21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Xoʻjaliklar rahbarlari, mutaxassislar, shu jumladan agronomlar, zootexniklar, xizmatchilar, hisobchilar, barcha kasblardagi ishchilar, ommaviy kasblar ishchilarining ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchilari, brigadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3.22. Ruhiy kasal bemorlarni koʻrikdan oʻtkazishda ishtirok etadigan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining psixiatr vrach-ekspertlari.
(3.22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3.23. Ichki ishlar organlari bilan qoʻriqlanadigan teri-tanosil dispanserlari statsionarlari.
(3.23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
3.24. Orqa miyasi shikastlangan, oyoq yoki qoʻllari va oyoqlari ishlamaydigan va chanoq-tos organlari funksiyasi buzilgan bemorlar uchun muassasalar (boʻlimlar, palatalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.25. Sogʻliqni saqlash muassasalarining: kuygan bemorlar; kuchli zaharlangan bemorlar; miyada qon aylanishi buzilgan nevrologik bemorlar; chala tugʻilgan bolalar uchun boʻlimlari (palatalari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.26. Internat-uylardagi oʻrnidan turolmaydigan bemorlar uchun ijtimoiy taʼminot ixtisoslashtirilgan muassasalari va ularning boʻlinmalari, boʻlimlari (palatalari).
Oʻrnidan turolmaydigan bemorlarga bevosita xizmat koʻrsatadigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.27. Ambulatoriyada protezlash boʻlimlari va protez-ortopediya korxonalari statsionarlari.
Protez-ortopediya birlashmalari va korxonalari rahbarlari, muhandis-protezistlar, texnik-protezistlar, vrachlar, oʻrta va kichik xodimlar.
3.28. Barcha turdagi yiringli xirurgiya bemorlari uchun boʻlimlar (palatalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.29. Idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, muassasalar.
Vrach psixiatr-narkolog, psixoterapevt, psixiatr lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3.30. Onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
(3.30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 30 foizga oshirish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
 LexUZ sharhi
boʻlim nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
4.1. Leprozoriylar: leprozorga qarshi boʻlimlar, palatalar, izolyatorlar, kabinetlar, punktlar.
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
Oldingi tahrirga qarang.
V boʻlim. Ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan ikki va undan koʻp asoslar boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 40 foizga oshirish huquqini beradigan sharoitlar mavjudligi munosabati bilan ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni oshirish huquqini beradigan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar.
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
5.1. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari.
Ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan ikki va undan koʻp asoslar boʻyicha lavozim maoshini oshirish huquqini beradigan ishlarda band boʻlgan xodimlar.
Masalan: rentgenologiya boʻlimida ishlaydigan vrachlarga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimiga lavozim maoshi 25 foizga oshiriladi. Tibbiyot xodimiga lavozim maoshlari 25 foizga oshiriladigan psixiatriya shifoxonasidagi ishini hisobga olgan holda esa zararli mehnat sharoitlari uchun jami 50 foiz emas, balki faqat 40 foiz ustama belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
VI boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 35 foizga oshirish huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
 LexUZ sharhi
VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
6.1. Patologoanatomiya byurolari (boʻlimlari, boʻlinmalari).
Vrach-patologoanatomlar.
 LexUZ sharhi
6.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
6.2, 6.3, 6.4 va 6.5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qaroriga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VII boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 75 foizga oshirish huquqini beradigan, OITSga chalingan bemorlarni davolash uchun moʻljallangan muassasalar va ularning boʻlinmalari
(VII boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
 LexUZ sharhi
VII boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7.1. OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish bilan bogʻliq kasblardagi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
(7.1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 90-modda)
7.2. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun moʻljallangan sogʻliqni saqlash muassasalari va muassasalarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
7.3. Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan zimmasiga aholini OIV infeksiyasi yuzasidan tekshirish hamda OITS va OIV infeksiyasiga chalinganlardan olinadigan qon va biologik suyuqliklarni tekshirish yuklangan laboratoriyalar va sogʻliqni saqlash muassasalari guruhlari.
Aholi qonini va OITSga chalingan bemorlardan olinadigan materiallarni laboratoriyada barcha turdagi tekshirishlarni oʻtkazish ishlarini bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari xodimlari lavozimlari.
7.4. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari.
Ilmiy xodim lavozimlari (shu jumladan boʻlinmalar rahbarlari, bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar).
Ilmiy-texnik xodimlar lavozimlari (katta laborantlar, laborantlar, preparatorlar).
OITS muammosi boʻyicha ilmiy mavzuni bajarish ishlariga jalb etilgan hamda OIV infeksiyasiga va OIV materiallari (shu jumladan hayvonlar) bilan potensial zararlangan bemorlar bilan bogʻliq ishlarni bajaradigan mutaxassislar, xizmatchilar va ishchilar (shu jumladan hayvonlarni parvarishlash boʻyicha ishchilar) lavozimlari.
7.5. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va ularning tarkibiy boʻlinmalari, shu jumladan bakteriya va virus preparatlari ishlab chiqarish sexlari.
OITS virusi va OIV infeksiyasi materiali bilan bogʻliq ishlarni bajaruvchi rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
 LexUZ sharhi
7.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qaroriga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
VIII boʻlim. Ularda ishlash har bir ish soati uchun soatbay tarif stavkasini (maoshini) 50 foizga oshirish huquqini beradigan, OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan bevosita kontaktda boʻladigan sogʻliqni saqlash muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari
8.1. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan bevosita kontaktda boʻlish natijasida konsultatsiyalar, koʻzdan kechirish, tibbiy yordam koʻrsatish, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa ishlarni amalga oshirishda band boʻladigan tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
IX boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) 50 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir boʻlgan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar.
9.1. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) shifoxonalari, dispanserlari, sanatoriylari, sanatoriy-profilaktoriylari, bolalar bogʻcha va yaslilari, chaqaloqlar uylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari, provizorlar (farmatsevtlar), shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalar (tarkibiy boʻlinmalar) dorixonalari mudirlari; mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar, kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi, sil kasalligiga qarshi muassasa shtatida turadigan dorixonalarning yordamchi xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
9.2. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan direktor, bosh muhandis va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan sexlarning boshliqlari, masterlar va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
9.3. Davolash-profilaktika muassasalarining silga chalingan bemorlar uchun boʻlimlari, palatalari, izolyatorlari, sil kasalliklari kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; boʻlim ichida ishlashda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
9.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yoʻqoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalaridagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
9.5. Sil kasalligiga chalingan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazishda ishtirok etadigan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ftiziatr vrach-ekspertlari.
(9.5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9.7. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari.
Psixiatr lavozimi.
9.8. Psixiatriya (psixonevrologiya) davolash muassasalari.
Psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt va suitsidolog lavozimlari.
(9.7 va 9.8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son)
Izoh. Sil kasalligiga qarshi muassasalar shtatida turuvchi, ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustama olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarga zararli mehnat sharoitlari uchun ularning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar umuman 50 foiz miqdorida belgilanadi”.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 302-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarish tartibi
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Mehnat daftarchasi mutaxassislik boʻyicha ish stajini aniqlash uchun hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Quyidagilar mutaxassislik boʻyicha ish stajiga kiritiladi:
vrachlar va provizorlar uchun — oliy yoki oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika maʼlumoti mavjud boʻlganda, vrachlik, farmatsevtika va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlarida, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
mehnatga haq toʻlash boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tenglashtirilgan notibbiyot lavozimini egallab turgan mutaxassislar uchun:
mutaxassisligi boʻyicha ish vaqti;
oliy yoki oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika maʼlumoti mavjud boʻlganda, vrachlik, farmatsevtika va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
kichik tibbiyot xodimlari uchun — kichik tibbiyot xodimi lavozimlaridagi ish vaqti;
Oldingi tahrirga qarang.
vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki ishlar va davlat xavfsizlik organlarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari shtat lavozimlaridagi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlaridagi xizmat vaqti.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyida sanab oʻtilgan davrlardan bevosita oldin va bevosita keyin ustama haq olish huquqini beradigan ishda ishlaganlik sharti bilan ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
mutaxassisligi boʻyicha malakasini takomillashtirish va oshirish kurslarida, shuningdek magistraturada, aspiranturada hamda doktoranturada oʻqish vaqti;
xodim amalda ishlamagan, lekin uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi toʻliq yoki qisman saqlanib qolgan vaqti, shu jumladan notoʻgʻri ishdan boʻshatish yoki boshqa ishga oʻtkazishda va keyinchalik uni ishga qayta tiklashda majburiy ishlamagan vaqti;
xodim ishlamagan, lekin oʻzining ish joyi (lavozimi)ni saqlab qolgan va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa olgan vaqti, bola 2 (3) yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtilda boʻlgan davrlardan tashqari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishdagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoat tashkilotlari topshiriqlarini bajarishdagi ish vaqti.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari

Tibbiyot muassasalari guruhlari

Jamgʻarmani shakllantirish manbalari

Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari

moddiy ragʻbatlantirishga

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va taʼmirlashga

muassasalarning I guruhi

tibbiyot muassasasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizi (alohida muassasalarda 10 foiz) miqdorida budjetdan ajratila-digan mablagʻlar

faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar

hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno

belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar va homiylikdan olingan mablagʻlar

75 foiz

25 foiz

muassasalarning II guruhi

muassasalarning III guruhi

muassasalarning IV guruhi

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
31-ILOVA
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash yoʻnalishlari (qishloq vrachlik punktlari uchun)

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari (qishloq vrachlik punktlari uchun):

Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari:

moddiy ragʻbatlantirishga

moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, muassasani modernizatsiyalash va taʼmirlashga, kreditorlik qarzlarni toʻlashga

QVP uchun budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha

homiylik va donorlik tashkilotlaridan, pulli davolash va xizmatlardan, intizomiy jazoni qoʻllashdan tushadigan, jarimalar mablagʻlari

hisobot choragining oxirgi ish kuni tugashida paydo boʻlgan budjet mablagʻlaridan tejamlar (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari)

vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarni va boshqa davlat mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlar

koʻpi bilan 75%

kamida 25%

Izoh: tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu mablagʻlar vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz xodimlarga toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-dekabrdagi 350-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 48-son, 607-modda)
 LexUZ sharhi
31 ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
4-ILOVA
2006-yilda qishloq vrachlik ambulatoriyalarini qishloq vrachlik punktlariga aylantirish dasturi
Hududlar nomi‎‏
‎‏QVA, jami
‎‎shu jumladan 2006-yil mobaynida qayta oʻzgartiriladiganlari
‎‎
‎‎
I chorak‎ II chorak‎ III chorak‎ IV chorak‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 22‎ 2‎ 4‎ 7‎ 9‎
Andijon viloyati ‎ 0‎
Buxoro viloyati‎ 11‎ 1‎ 2‎ 3‎ 5‎
Jizzax viloyati‎ 11‎ 1‎ 2‎ 4‎ 4‎
Qashqadaryo viloyati‎ 81‎ 8‎ 21‎ 24‎ 28‎
Navoiy viloyati‎ 9‎ 1‎ 2‎ 3‎ 3‎
Namangan viloyati‎ 6‎ 1‎ 2‎ 3‎
Samarqand viloyati‎ 18‎ 2‎ 4‎ 6‎ 6‎
Surxondaryo viloyati‎ 58‎ 6‎ 12‎ 18‎ 22‎
Sirdaryo viloyati‎ 0‎
Toshkent viloyati‎ 34‎ 3‎ 8‎ 11‎ 12‎
Fargʻona viloyati‎ 54‎ 7‎ 10‎ 16‎ 21‎
Xorazm viloyati‎ 21‎ 2‎ 5‎ 6‎ 8‎
Respublika boʻyicha hammasi ‎ 325‎ 33‎ 71‎ 100‎ 121‎
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
5-ILOVA
Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinining ambulatoriya-poliklinika muassasalarini umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturi
T/r‎‏
Maʼmuriy hududlar‎‏
Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalari soni ‎‏
shu jumladan:‎ Umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga oʻtkaziladigani‎‏
shu jumladan yillar boʻyicha:‎‎
‎‎
‎‎
ambulatoriya-poliklinika muassasalari‎ 2006
‎ yilda
2007-yilda‎ 2008-yilda‎ 2009-yilda‎
1‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 188‎ 174‎ 66‎ 14‎ 16‎ 18‎ 18‎
2‎ Andijon viloyati ‎ 378‎ 352‎ 352‎ 80‎ 84‎ 90‎ 98‎
3‎ Buxoro viloyati‎ 350‎ 339‎ 337‎ 78‎ 80‎ 85‎ 94‎
4‎ Jizzax viloyati‎ 195‎ 183‎ 183‎ 41‎ 44‎ 48‎ 50‎
5‎ Qashqadaryo viloyati‎ 329‎ 312‎ 312‎ 73‎ 75‎ 81‎ 83‎
6‎ Namangan viloyati‎ 265‎ 251‎ 251‎ 59‎ 60‎ 65‎ 67‎
7‎ Navoiy viloyati‎ 157‎ 149‎ 60‎ 11‎ 15‎ 16‎ 18‎
8‎ Samarqand viloyati‎ 437‎ 423‎ 403‎ 91‎ 101‎ 104‎ 107‎
9‎ Surxondaryo viloyati‎ 282‎ 261‎ 261‎ 55‎ 61‎ 71‎ 74‎
10‎ Sirdaryo viloyati‎ 155‎ 145‎ 24‎ 4‎ 5‎ 7‎ 8‎
11‎ Toshkent viloyati‎ 280‎ 260‎ 258‎ 59‎ 62‎ 66‎ 71‎
42‎ Fargʻona viloyati‎ 290‎ 270‎ 56‎ 11‎ 12‎ 14‎ 19‎
13‎ Xorazm viloyati‎ 181‎ 171‎ 50‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
Respublika boʻyicha hammasi ‎ 3487‎ 3290‎ 2613‎ 587‎ 627‎ 678‎ 721‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 380-modda; 2006-y., 25-26-son, 234-modda, 28-29-son, 274-modda, 43-44-son, 428-modda, 51-52-son, 507-modda, 516-modda; 2007-y., 17-18-son, 184-modda; 2008-y., 5-son, 20-modda; 2009-y., 9-son, 90-modda, 30-31-son, 344-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 29-son, 302-modda; 2013-y., 50-son, 652-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 10-son, 108-modda; 2015-y., 24-son, 313-modda, 48-son, 607-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 37-son 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son, 17.12.2018-y., 09/18/1011/2320-son; 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son; 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son; 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son; 11.10.2024-y., 09/24/661/0808-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)