toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) quyidagi strategik maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq:
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;
yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarda yangi 600 ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish;
(1-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
b) Sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha konsepsiya (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar rejasi) 3-ilovaga muvofiq;
g) 25 ta korxona va tashkilotda ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sig‘imi ko‘rsatkichini 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 20 foizga kamaytirishga qaratilgan 2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli parametrlar) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Energetika vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Maqsadli parametrlarga erishishga qaratilgan 2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”) ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Quyidagilar:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ;
Energetika vazirligi — “yashil” energetikani rivojlantirish, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini keng joriy qilish, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning energiya sig‘imini kamaytirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
4. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi bosqichma-bosqich yaratiladi:
issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan hisobga olish va ularning davlat kadastrini yuritish;
uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va yuritish;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash;
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
v) 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yo‘lga qo‘yiladi;
g) iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishdan oldingi bosqichlarda ularning issiqxona gazi hajmini qisqartirish imkoniyati baholanib, loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazi hajmi sertifikatlashtiriladi va tashqi bozorlarga yo‘naltiriladi;
d) 2024-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan, quvvati 1 MVtdan yuqori bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi;
e) tarmoq va hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish doirasida tarmoqlar va hududlarning iqlim o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligi xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish hamda unga moslashish chora-tadbirlari va investitsiya loyihalari qamrab olinadi;
j) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ (milliy organ) hisoblanadi;
xalqaro va respublika darajasida issiqxona gazi savdosini (Emission Trade System — ETS, Joint Credit Mechanism — JCM va boshqalar) tartibga solish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;
z) barqaror “yashil” iqtisodiy o‘sish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga doir, xususan, issiqxona gazi tashlanmalari miqdoriga ta’sir qiluvchi loyihalar va chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya), Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash, shuningdek, ularning o‘z vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qilish;
har chorakda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash;
doimiy monitoring asosida Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, xalqaro moliya institutlari va rivojlanish bo‘yicha hamkor tashkilotlarning:
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhini 6-ilovaga muvofiq tarkibda;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat Texnik kotibiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Belgilansinki:
O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va “yashil” o‘sish borasida faoliyat olib boruvchi xalqaro moliya institutlari va rivojlanish bo‘yicha hamkor tashkilotlarning texnik ko‘mak, tahlil qilish va salohiyatni oshirish bo‘yicha faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish Donorlarning muvofiqlashtirish guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi;
Texnik kotibiyat Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi ishchi organi vazifasini bajaruvchi loyiha ofisi hisoblanadi.
7. Belgilansinki, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uni rivojlantirishda barcha tomonlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish borasida:
Idoralararo kengash Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha vazirlik va idoralarning ishini samarali tashkil etishni ta’minlaydi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanib, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy baholab borish, texnik va moliyaviy ko‘mak jalb etish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishga ko‘maklashadi;
Texnik kotibiyat Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini tashkil qiladi, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda uni Idoralararo kengash bilan o‘zaro muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.
8. Gidrometeorologiya xizmati markazi va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Respublika bo‘ylab quyosh, shamol va biogaz energiyasi resurslari bo‘yicha innovatsion ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
a) ikki oy muddatda Texnik kotibiyat va idoralararo ishchi guruhlarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar, Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi reglamentini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Idoralararo kengashga kiritsin.
Bunda, Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi reglamentida:
uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
iqlim o‘zgarishi va “yashil” o‘sish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar hamda rivojlanish bo‘yicha hamkor tashkilotlarning harakatlari o‘zaro takrorlanishini bartaraf etish va oldini olish;
iqlim o‘zgarishi va “yashil” o‘sish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilsin;
b) Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda “yashil sertifikatlar” tizimi 2023-yil 1-iyundan boshlab joriy etilishini ta’minlasin;
v) Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda Iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) 2024-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin;
g) Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, sanoat korxonalarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini (ESG) joriy qilishni jadallashtirishni ko‘zda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 — 2026-yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi yaratilishini ta’minlasin, shuningdek, 2023-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
e) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda yirik sanoat korxonalari tegishli boshqaruv organlarida quyidagilar tasdiqlanishini muvofiqlashtirsin:
yirik ishlab chiqarish korxonalarida quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish orqali energiyani tejash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik siyosatni ishlab chiqib, uning ko‘rsatkichlarini yillik biznes-rejalarga kiritish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlari;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birligiga sarflanadigan yoqilg‘i-energiya resurslarining me’yorlarini aniqlaydigan, tarmoqlar kesimidagi uslubiyot va yo‘riqnomalar.
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini to‘liq joriy etish, shuningdek, ifloslanish uchun belgilangan yig‘im stavkasini oshirish va ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxatini kengaytirish orqali atrof-muhit ifloslanishi uchun yig‘im tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib borsin hamda ushbu sohada quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:
“yashil” iqtisodiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalar, xususan, resurs tejovchi, chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi texnologiyalarni va xavfsiz kimyoviy moddalarni qo‘llashga o‘tish hamda qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
istiqbolli innovatsion ishlanmalar va “startap” loyihalarni amalga oshirish hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash.
Belgilab qo‘yilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
14. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar — har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Harakatlar rejasi hamda tarmoqlar kesimidagi resurs tejash dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi to‘g‘risida umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni Idoralararo kengashga kiritadi;
Idoralararo kengash har chorak yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-dekabr,
PQ-436-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
1-ILOVA
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash
DASTURI
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammoli masalalar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga, xususan, iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishda mamlakatda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish va unga moslashish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini jadallashtirish, “yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sish modelini targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada, mamlakatda “yashil” iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil” investitsiyalarni jalb qilish, ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktabrdagi PQ-4477-son qarori bilan 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlangan.
2020-yilda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu Strategiyani jadal amalga oshirish imkoniyati cheklandi.
Shu bilan bir qatorda, 2021-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining 26-yig‘ilishida (COR26) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 35 foiz kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatni o‘z zimmasiga olishi haqida bayonot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning may oyida 2030-yilga qadar metan emissiyasini 2020-yilga nisbatan kamida 30 foizga kamaytirish bo‘yicha mamlakatlarning jamoaviy maqsadga erishishi bo‘yicha global majburiyat to‘g‘risidagi tashabbusga (Global Methane Pledge) qo‘shildi.
Koronavirus pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning saboqlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yanada barqaror manbalar va yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, xususan, mamlakatda “yashil” iqtisodiyot va “yashil” iqtisodiy o‘sish bo‘yicha strategik maqsadlar va chora-tadbirlar amalga oshirilishini samarali tashkil etish zaruriyatini ko‘rsatmoqda.
2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi asosida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini ta’minlash Dasturni ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
1-bob. Dasturning maqsadi va vazifalari
Dasturning maqsad va vazifalari milliy darajada mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha quyidagi strategik yo‘nalishlarga asoslanadi va ularning o‘zaro to‘ldiruvchi jihatlarini kuchaytiradi:
texnologik modernizatsiya va “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, energiya tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni aniqlash, iqtisodiyot tarmoqlarida energiya menejmenti orqali energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga doir masalalarda davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot sohasida aholining iqtisodiy faolligini oshirish orqali aholi va mahalliy jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
“yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorga keng imkoniyatlar yaratish va “yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklikni va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Dastur quyidagi 6 ta ustuvor yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiy o‘sishni ta’minlash vazifalarini belgilaydi:
tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash;
milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash;
innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish;
barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi va ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi quyidagi yo‘nalishlardagi tarmoqlararo choralar bilan bir qatorda amalga oshiriladi:
“yashil” o‘sish bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish;
tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini ko‘paytirish.
2-bob. “Yashil” o‘sishning ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish
Ustuvor vazifalar:
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, suv resurslarini tejash bilan birga o‘sib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan qishloq xo‘jaligi yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
barqaror landshaftlar, o‘rmonlarni qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan amaliyotni joriy etish;
ekinlarni diversifikatsiya qilish va suvni tejaydigan qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy qilishni landshaftni tiklash choralari bilan uyg‘unlashtirish;
davlat korxonalarini hamda davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy sektor tomonidan sug‘orishni moliyalashtirish imkoniyatlarini isloh qilish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) iqlim bilan bog‘liq xavflarga chidamlilikni oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish:
barqaror agroekotizimni yaratishga ko‘maklashish maqsadida iqlim o‘zgarishiga maqbullashtirilgan ishlab chiqarish ustuvorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish;
iqlim bilan bog‘liq xavflarga nisbatan barqarorlikni oshirish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish va ixtisoslashtirish;
b) yaylovlarni barqaror boshqarishni joriy qilish — yaylov maydonlarining ekologik holatini saqlash hamda yer va o‘rmon degradatsiyasini kamaytirish orqali yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishni barqaror boshqarish usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
v) iqlim o‘zgarishiga chidamli daraxtlar plantatsiyalarini ko‘paytirish — eroziya, qum va chang bo‘ronlarini kamaytirish, shuningdek, ekotizimlar va infratuzilmaning barqarorligini oshirish uchun iqlimga chidamli daraxtlarni ekish;
g) tarmoqli yondashuvdan landshaft yondashuviga o‘tishni ta’minlash uchun landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:
hosildorlikni oshirish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun landshaftni integratsiyalashgan holda boshqarish;
integratsiyalashgan landshaft yondashuvidan foydalanishni rag‘batlantirish, undan samarali foydalanishga qaytarish uchun landshaftni tiklash;
d) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror yetishtirish va qayta ishlash orqali oziq-ovqat xavfsizligi va farovonlikni oshirish — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ekotizimlarni rivojlantirish hamda yer, suv va boshqa tabiiy resurslarni barqaror boshqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global boshqaruv tizimini yaratish;
e) “yashil garov” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyati asosida yaratilgan ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish:
“yashil” ish o‘rinlarini yaratish va “yashil garov” dasturlarini ishlab chiqish;
joylarda turmush darajasini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar va ekoturizm sohalarida ish o‘rinlarini yaratishda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik bo‘yicha tabiiy resurslarni boshqarishga asoslangan korxonalarning salohiyatini oshirish;
j) umumiy suv iste’moli va suv tanqisligini kamaytirish uchun talab etiladigan suv obyektlaridan aniq hisob-kitoblarga asosan suv olish limitlarini o‘rnatish, amaliyotga joriy qilish va suv olish limiti doirasida suv berilishini monitoring qilish — umumiy suv iste’moli va suv tanqisligini kamaytirish, shuningdek, suvdan foydalanish va sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish uchun talab etiladigan suv resurslarini aniq hisob-kitoblarga asosan suv olish limitlarini o‘rnatish, monitoring qilish va birgalikda rejalashtirish institutlarini kuchaytirish;
z) qishloq xo‘jaligi sohasida samarali texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, shu jumladan tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa samarali sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va ko‘lamini kengaytirish;
i) sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan oqova suvlarni tozalash va aylanma suv ta’minotini joriy qilish — lokal oqova tozalash inshootlarini o‘rnatish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, tozalangan suvlarni texnologik yoki maishiy-xo‘jalik maqsadlarida qayta ishlatish ko‘lamini oshirish choralarini ko‘rish;
k) qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan ekin yerlari va ko‘p yillik daraxtzorlarni (mevali bog‘ va tokzorlarni) saqlab qolish orqali “yashil” o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
l) respublikada ko‘p yillik manzarali va mevali daraxtzorlar ko‘chatlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish;
m) har yili viloyatlar markazlari va tumanlarda yashil hududlar tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.
2.2. Milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash
Ustuvor vazifalar:
gidrologik, ob-havo va iqlimga oid ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish orqali iqlim xavfini baholash va kamaytirish;
muhim vositalar va infratuzilmaga, shu jumladan ekologik yondashuvlar asosidagi investitsiyalarni jalb qilish orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj uy xo‘jaliklari, shu jumladan qishloq joylarida yashaydigan va bevosita yoki bilvosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish;
suv havzalarini boshqarish, o‘rmonlarni qayta tiklash hamda aholi punktlari atrofidagi boshpanalarni kengaytirishga sarmoya kiritish orqali suv toshqinidan himoya qilish uchun qurilishda muhandislik tabiiy yechimlarini ishlab chiqish;
qishloq joylarida yashovchi zaif oilalarni iqlim xavflari va ofatlardan sug‘urtalash orqali moliyaviy barqarorlik siyosatini takomillashtirish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) iqlim o‘zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishga va budjet jarayonlariga kiritish — iqlim o‘zgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish hamda baholashda jamoatchilikning faol ishtirokiga asoslangan yondashuvni yo‘lga qo‘yish;
b) iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy darajada javob qaytarish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun normativ-huquqiy va institutsional asosni takomillashtirish:
iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
Shaharsozlik kodeksida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi masalalarini tartibga solish;
xatarlarni hisobga olgan holda, yerdan foydalanish va rivojlantirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish;
v) milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va sheriklik munosabatlarini kuchaytirish, tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga qo‘shilish uchun milliy va mahalliy salohiyatni oshirish — tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga qo‘shilish uchun milliy va mahalliy imkoniyatlarni yaratish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun institutsional va boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish;
g) nodavlat notijorat tashkilotlar va xususiy sektorning faol ishtirokida ommaviy seminarlar, ishchi yig‘ilishlar va treninglar kabi ta’lim va targ‘ibot dasturlari orqali jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini kuchaytirish va muvofiqlashtirish:
olingan tajriba va ilg‘or amaliyot bilan almashish uchun milliy platforma yaratish;
tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada tajriba almashish;
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilikning bilimlarini lozim darajada birlashtirish uchun tegishli mexanizmlarni aniqlash;
d) aloqa strategiyasini ishlab chiqish va tatbiq qilish — iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bilan bog‘liq tashabbuslarning natijalarini birlashtiruvchi samarali aloqa strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
e) iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlarni, zarurat darajasida, universitet va maktab o‘quv dasturlariga kiritish — jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini kuchaytirish va muvofiqlashtirish orqali, shu jumladan milliy sheriklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va xususiy sektor bilan hamkorlikda aholining xabardorligini oshirish, iqlim o‘zgarishi, ofatlarning sabablari va oqibatlari to‘g‘risida tushunchalarni mustahkamlash;
j) iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarning potensial ta’sirini yengish uchun shaharlar/mahalliy organlar va jamoalarning imkoniyatlarini kuchaytirish — shaharlar va jamoalarni barcha xavf-xatarlar haqida aniq va o‘z vaqtida ogohlantirishni ta’minlash uchun samarali barvaqt ogohlantirish tizimini yaratish;
z) iqlim va tabiiy ofatlar xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish bo‘yicha texnik va institutsional salohiyatni mustahkamlash — tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun axborotni boshqarishning yaxlit tizimini ishlab chiqish;
i) energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun energiya xavfsizligini yaxshilash va boshqaruvni kuchaytirish:
mavjud va rejalashtirilgan energetika infratuzilmasi uchun tabiiy ofatlar va iqlim xavf-xatarlarini baholash orqali energiya xavfsizligini oshirish;
energiya ta’minoti muammolarini hal qilish uchun favqulodda harakatlar rejalari va javob qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqish;
energiya samaradorligini oshirish choralarini va uning oqibatlarini yumshatish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli texnologiyalar transferidan foydalanish yo‘llarini aniqlash va targ‘ib qilish;
k) tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni hamda bu borada samarali harakat qilish va tiklanish imkoniyatlarini kuchaytirish:
tabiiy ofatlarni boshqarish mexanizmlarini mustahkamlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoalarning iqlim o‘zgarishi ta’siri, tabiiy ofatlarga tayyorgarligi va harakatini kuchaytirish;
evakuatsiya rejalari va strategiyalarini yangilash;
xalqaro va mintaqaviy gumanitar yordam to‘g‘risida xabardorlikni oshirish;
l) milliy iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilik sohasida milliy siyosat va rejalashtirish jarayonida gender tengligi jihatlarini hisobga olish — milliy siyosatda gender tengligi tamoyillarini hisobga olish orqali tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish;
m) iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishda xususiy sektorni jalb qilish — milliy, tarmoq va mahalliy darajada iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilikni rejalashtirish hamda amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni jalb qilish orqali tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish.
2.3. Milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash
Ustuvor vazifalar:
energiya balansini diversifikatsiya qilish, shu jumladan QTE manbalarini rivojlantirish, energiya sarfi hajmini pasaytirish, uglerod tashlamalarini kamaytirish;
kam uglerodli rivojlanish uchun o‘ta muhim bo‘lgan foydali qazilmalarning zaxiralari va salohiyatini o‘rganish;
ekologiyaga zarar yetkazmaydigan infratuzilmani shakllantirish va sanoat korxonalarida aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish, bunda, modernizatsiya jarayonlarini rag‘batlantirish;
“yashil” o‘sish sharoitida bozor iqtisodiyoti nuqsonlarini bartaraf etish va “maqbul narxlarni shakllantirish” institutlarini mustahkamlash.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) “yashil” va kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash — uzoq muddatli “yashil” va kam uglerodli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, iqtisodiy va fiskal yo‘qotishlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida strategiyani ishlab chiqish;
b) elektrlashtirishning o‘sishi va ishonchliligini oshirish:
elektr energiyasini taqsimlashning eskirgan infratuzilmasini yangilash va modifikatsiya qilish;
2030-yilgacha elektr energiyasi ta’minotini 100 TVt/soatdan oshirish;
v) elektr energiyasini uzatish va tarqatish tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish:
elektr energiyasini uning texnik va tijorat yo‘qotishlarini tarqatish paytida kamaytirish;
iste’molchilar orasida elektr ta’minotining ishonchliligi va sifatini oshirish;
g) QTE manbalarini keng miqyosda joylashtirish:
energiya balansida QTE manbalarining ulushini oshirish;
mamlakatning toza energiyaga o‘tishi ta’minlash;
mahalliy sanoat va infratuzilmaning rivojlanishi hamda ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantirish uchun QTE manbalarini rivojlantirish;
mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;
d) energiya samaradorligi sohasida yechimlarini joylashtirish — 2030-yilda birlamchi qo‘shimcha energiya ehtiyojisiz yalpi ichki mahsulot hajmini ikki baravarga oshirish maqsadiga erishish uchun birlamchi energiya intensivligini ikki baravarga kamaytirish;
e) alohida qiymat zanjirlari va tarmoqlarini yaratish uchun aylanma iqtisodiyot bo‘yicha harakatlar rejalari — tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat chiqindilari, ifloslanish va gaz chiqindilarini kamaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat zanjirida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish.
2.4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish
Ustuvor vazifalar:
butunjahon qiymat zanjirlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish va rag‘batlantirish uchun siyosiy hamda institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun innovatsion siyosat va milliy innovatsion tizimlarni takomillashtirish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) investitsiya siyosati va loyihalarga “yashil” investitsiyalar konsepsiyasini integratsiyalash — mamlakatda rejalashtirilgan barcha investitsiya loyihalari uchun “yashil” mezonlarni ishlab chiqish va joriy etish;
b) sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash — mavjud yangi texnologiyalar va standartlarning integratsiyasi orqali sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi sanoat korxonalarining infratuzilmasi barqarorligini ta’minlash;
v) moliyalashtirish imkoniyati va salohiyatini kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish — salohiyat, raqobatbardoshlik va boshqaruvni oshirish uchun yuqori salohiyatga ega istiqbolli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan ayollar yuritayotgan va turli hududlardagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash;
g) xususiy sektorning milliy iqtisodiyotdagi ishtirokini oshirish:
tarmoqlarda xususiy sektor ishtirokini oshirish uchun davlat korxonalari bilan tanlama hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash;
d) davlat xaridlarining shaffof va raqobatbardosh tartibini takomillashtirish:
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash;
shaffof va raqobatbardosh davlat xaridlari tartibini hamda DXSH va KO‘K tizimini ishlab chiqish;
e) hukumat faoliyati samaradorligini oshirish uchun elektron hukumat va davlat boshqaruvi salohiyatini mustahkamlash:
elektron hukumat tizimini AKT infratuzilmasi va tegishli tizimlar bilan ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlarining innovatsiyalar va investitsiyalar bo‘yicha salohiyatini kuchaytirish hamda davlat xizmatlari va jarayonlarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash;
bilim va axborot almashinuvini osonlashtirish uchun AKT tuzilmasi va infratuzilmasini kengaytirish;
j) innovatsion tizimda siyosiy boshqaruv va mexanizmlar samaradorligini oshirish — innovatsion siyosat institutlari, tegishli subyektlar o‘rtasida boshqaruv va muvofiqlashtirishni mustahkamlash;
z) innovatsiyalar asosidagi o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion infratuzilmani mustahkamlash:
innovatsion ekotizimdagi qo‘llab-quvvatlovchi elementlarning infratuzilmasi va salohiyatini mustahkamlash;
ESG standartlariga mos keladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tizimini ta’minlash;
i) ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash:
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlash;
tadbirkorlik sohasida modernizatsiya va texnologiyalar transferini ta’minlash uchun xorijiy texnologiya yetkazib beruvchilar ishtirokini oshirishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash.
k) qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarning raqamli savodxonligini ko‘tarish va onlayn platformalardan foydalanishni rivojlantirish — mavjud kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, texnik maslahat xizmatlari, bozorni tahlil qilish uchun investitsiyalarni kiritish.
2.5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish
Ustuvor vazifa — shaharlar va boshqa aholi punktlarining yashash qobiliyati va unumdorligini oshirish maqsadida aholi punktlarining “yashillik” darajasini oshirish, bino-inshootlar, shuningdek, transport va chiqindilarni boshqarishning barqarorligini ta’minlash hamda respublikada “yashil” (eko) turizmni rivojlantirish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) ayrim hududlarning iqtisodiy asosini diversifikatsiya qilish — hududlarning YAHM yaratishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, ularni barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
b) nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish;
v) yo‘ldosh shaharlar yaratishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini boshqarish — ilg‘or energiya tejovchi va ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etishga asoslangan yo‘ldosh shaharlar yaratish, shu jumladan ijtimoiy, muhandislik, kommunal va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini takomillashtirish;
g) barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish — shahar aholisi va mehmonlarining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan barqaror va yashash uchun qulay shahar muhiti va infratuzilmasini (qurilish, binolar, energetika, transport, yo‘llar, suv ta’minoti va kanalizatsiya, “yashil” maydonlar va yo‘laklar, shahar va shahar atrofidagi o‘rmonlar) yaratish.
2.6. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi va ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash
Ustuvor vazifalar:
uzoq muddatli istiqbolda barqaror ish o‘rinlarini yaratish uchun “yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida aholining zaif hamda iqlim o‘zgarishi sababli ishsiz qolish xavfi bor qatlamlariga nisbatan qayta tayyorlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ishchi kuchi mobilligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli siyosat olib borish;
“yashil” iqtisodiyotga samarali o‘tish uchun yaratiladigan va mavjud ish o‘rinlari uchun yangi ko‘nikmalar bo‘yicha ishchi kuchini doimiy tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) inklyuziv va barqaror inson kapitalini rivojlantirish — aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish uchun makroiqtisodiy barqarorlikni va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
b) shahar va qishloq o‘rtasidagi turmush sifatidagi tafovutni bartaraf etish — kambag‘al, kambag‘allik xavfi ostida bo‘lgan va iqlim o‘zgarishi ta’siri yuqori bo‘lgan shahar va qishloq joylari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish;
v) yoshlarning innovatsion “startap” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash — iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yoshlar bandligini rag‘batlantirish uchun innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
g) ta’lim sifati va natijadorligini oshirish — bolalar, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning inklyuziv ta’limini ta’minlash, sifati va qamrovini oshirish;
d) ijtimoiy himoya tizimining qamrovini va samaradorligini oshirish:
odamlar farovonligini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
sog‘liqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish;
e) o‘tish davri sharoitida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish — kichik va o‘rta korxonalarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib va xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish uchun ularning legallashuvini qo‘llab-quvvatlash.
2.7. Tarmoqlararo tematik yo‘nalishlar
2.7.1. “Yashil” o‘sish bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) davlat organlari va tashkilotlari boshqaruv xodimlarining boshqarish, rejalashtirish vakolatlarini takomillashtirish — manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari uchun barqaror boshqaruv masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
b) “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha harakatlar va chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini baholash bo‘yicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik vakolatlarini mustahkamlash — manfaatdor davlat organlari va xususiy tashkilotlarning o‘rta va texnik xodimlari uchun treninglar o‘tkazish;
v) “yashil” o‘sish, iqlim o‘zgarishiga barqarorlik bo‘yicha trenerlarni tayyorlash — salohiyatni oshirish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar uchun instruktorlarni tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;
g) kichik grantlar ajratish orqali xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda o‘qitish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash — xususiy tijorat va notijorat tashkilotlar uchun “yashil” iqtisodiyot masalalari bo‘yicha ochiq ma’ruzalar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish xarajatlarini qoplashga qaratilgan kichik grantlar taqdim etish;
d) ta’lim tashkilotlarining tegishli o‘quv rejalariga “yashil” iqtisodiyot mavzularini kiritish — tegishli ta’lim tashkilotlarida mavjud fanlar doirasida “yashil” iqtisodiyot amaliyoti va tamoyillariga oid mavzularini kiritish;
e) “yashil” iqtisodiyot onlayn markazini tashkil etish — “yashil” iqtisodiyot, uning qonunchilik bazasi, o‘tmish va kelajakdagi faoliyati, ilg‘or xalqaro tajribalar va “yashil” o‘sishning boshqa jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron platforma yaratish;
j) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes” fakultetini (kafedrasini) ochish;
z) “yashil” rivojlanish tadqiqot jamg‘armalarini joriy etish — O‘zbekistonda “yashil” o‘sish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jamoat fondini ishga tushirish.
2.7.2. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha tajriba, ma’lumot va resurslarni birlashtirish orqali hukumatlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni yaxshilash, samarali institutsional tuzilmani yaratish — haqiqiy ma’lumotlarga asoslanib, tahlil va monitoring o‘tkazish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida atrof-muhit va iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlarni yagona bazaga birlashtirish;
b) tarmoq strategiyalarini “yashil” rivojlanish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish — moliyalashtirish uchun asosiy “yashil” infratuzilmalarni aniqlaydigan xarajatlar smetasi yoki investitsiya rejalarini qamrab oladigan tarmoq strategiyalarini “yashil” iqtisodiyot va “yashil” rivojlanishning maqsadlari va strategik doiralari bilan muvofiqlashtirish;
v) iqtisodiy faoliyatni ekologik tartibga solish bilan uyg‘unlashtirish:
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoyillarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ekologik tartibga solish choralarini birlashtirish (axborotdan foydalanish, jamoatchilik ishtiroki, “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, ekologik adolat va boshqalar);
iqtisodiyotdagi ta’siri atrof-muhitga zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy tarmoqlar uchun atrof-muhitni strategik baholash tizimini ishlab chiqish;
g) “yashil” iqtisodiyotni modellashtirish va prognozlash vositalarini ishlab chiqish — iqtisodiyot va atrof-muhit o‘rtasidagi uzoq muddatli o‘zaro ta’sirlarni prognozlash uchun iqtisodiy modelni yaratish;
d) “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va boshqarishni takomillashtirish;
e) Iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimini (MRV) joriy etish — barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi O‘zbekistonning monitoring, hisobot va tekshirish tizimini (MRV) modernizatsiya qilish va takomillashtirish, davlatning iqlim sohasidagi siyosatini xalqaro hamjamiyat tomonidan moslashtirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
j) fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining “yashil” iqtisodiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini osonlashtirish — ko‘plab korxonalar tomonidan atrof-muhit to‘g‘risidagi o‘z ma’lumotlarini nashr etilishiga ko‘maklashish maqsadida ekologik masalalarga doir axborotdan foydalanishni osonlashtirish;
z) “yashil” rivojlanish bo‘yicha davlat siyosatini baholash — “yashil” rivojlanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish siyosatini tizimli baholab borish;
i) “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni amalga oshirish bo‘yicha parlament va fuqarolar oldida muntazam hisobot berib borish — “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning borishi, harakatsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlar, ijro etuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar to‘g‘risida parlament va fuqarolarga muntazam hisobot berish;
k) kelajakdagi muammolarni hal qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoalarning salohiyatini mustahkamlash — QTE texnologiyalarini aniqlash, ishlab chiqish va amalga oshirish, quyosh, shamol va gidroenergetika sohalarida QTE yo‘nalishidagi investitsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini topish orqali energetika xavfsizligini oshirish;
l) xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish — jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari o‘rtasida “yashil” rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashishni takomillashtirish va rag‘batlantirish.
2.7.3. Tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini ko‘paytirish
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) “yashil” iqtisodiy infratuzilmaga katta miqdordagi davlat kapitalini yo‘naltirish — davlat kapital mablag‘larini bosqichma-bosqich “yashil” iqtisodiyot infratuzilmasiga yo‘naltirish, shuningdek, infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarni va moliyalashtirishdagi bo‘shliqlarni aniqlash;
b) “jigarrang” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar va subsidiyalardan voz kechish — qazilma yoqilg‘i energiyasini bevosita va bilvosita qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat subsidiyalaridan voz kechish;
v) soliq yukini korxonalar va uy xo‘jaliklaridan atrof-muhitning ifloslanishiga va resurslarning ortiqcha sarflanishiga olib keladigan faoliyatga o‘tkazish:
yoqilg‘i solig‘i hamda ekologik toza yoqilg‘i va resurslardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash kabi stimullarni yaratish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish;
“yashil” texnologiyalarga va infratuzilmaga investitsiya kiritish orqali “yashil” ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish;
g) atrof-muhit ifloslanishi uchun belgilangan to‘lovlar tizimini xususiy sektor uchun qulayroq qilish nuqta nazaridan qayta ko‘rib chiqish va shu bilan birga “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun ko‘proq rag‘batlantirish choralarini belgilash:
ifloslanishni kamaytiruvchi texnologiyalarga investitsiyalarni kiritishni yanada rag‘batlantirish maqsadida ifloslanish uchun belgilangan yig‘im stavkasini oshirish va ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxatini kengaytirish orqali atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun yig‘im tizimini takomillashtirish;
“ifloslantiruvchi — to‘laydi” mexanizmini takomillashtirish orqali “yashil” texnologiyalarga investitsiyalarni rag‘batlantirish;
d) soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va oshkor qilish uchun “yashil” budjet metodologiyasini joriy etish — “yashil” ustuvor yo‘nalishlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan soliqlar va davlat xarajatlari ulushini baholash uchun “yashil” budjet metodologiyasini joriy etish;
e) barqaror rivojlanish mezonlari asosida xaridlar bo‘yicha qarorlarni asoslash uchun “yashil” davlat xaridlarini joriy etish — mahalliy “yashil” tovarlar bozorini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishda barqaror standartlarni ilgari surish va davlat xaridlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida tender va shartnomalarda ekologik mezonlardan foydalanishga ruxsat beradigan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning ta’sirini kuchaytirish;
j) “Yashil” obligatsiyalar orqali “yashil” infratuzilmaga xususiy kapitalni jalb qilish — “yashil” moliyalashtirishni yanada kengroq targ‘ib qilish uchun rag‘batlantirish va arxitektura yaratish orqali xususiy sektorni “yashil” korxonalarga investitsiya kiritishga yo‘naltirish;
z) davlat korxonalarini “yashil” iqtisodiyot yetakchilariga aylantirish uchun davlat balansidan foydalanish — “yashil” investitsiyalar hamda barqaror standartlar va sertifikatlash bo‘yicha rejalashtirish, qabul qilish yoki hisobot berishni rag‘batlantirish maqsadida davlat korxonalari ustidan davlat nazorati amaliyotini takomillashtirish.
3-bob. Amalga oshirish mexanizmi. Idoralararo hamda xalqaro moliya institutlari va rivojlantirish bo‘yicha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish
3.1. Dastur Harakatlar rejasi hamda milliy va tarmoq rivojlanish strategiyalarida belgilangan tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
3.2. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa chet ellik donorlarning kredit va grantlari hamda iqlim bilan bog‘liq boshqa resurslar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi mumkin.
3.3. Dasturni amalga oshirishga barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishi va “yashil” o‘sishni ta’minlash doirasidagi manfaatdor tomonlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Idoralararo kengash — Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha vazirlik va idoralarning ishini samarali tashkil etishni ta’minlaydi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ va Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanib, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi — Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy baholab borish, texnik va moliyaviy ko‘mak jalb etish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishga yordamlashadi;
Texnik kotibiyat — Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini tashkil qiladi, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda uni Idoralararo kengash bilan o‘zaro muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi;
Idoralararo ishchi guruhlar — vazirlik va idoralar hamda xorijiy ekspertlardan tashkil topgan bo‘lib, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan choralarning tarmoqlar va hududlar kesimida amalga oshirilishini tashkil etadi.
4-bob. Monitoring va baholash (M&E). Kutilayotgan natijalar
4.1. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar — har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Harakatlar rejasi hamda tarmoqlar kesimidagi resurs tejash dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni Idoralararo kengashga kiritadi;
Idoralararo kengash har chorak yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritadi.
4.2. Amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligi Dasturga ilovada keltirilgan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar asosida baholanadi.
Monitoring va baholash Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Idoralararo ishchi guruhi vositasida amalga oshiriladi.
Monitoring va baholash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoqlar, hududlar va har bir ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar matritsasi ishlab chiqiladi. Mazkur matritsa va ko‘rsatkichlar asosida tizimli monitoring va baholash ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
4.3. 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi va Dasturni amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha quyidagilarga erishish kutiladi:
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;
yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarda yangi 600 ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish.
(4.3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturiga
ILOVA
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2022-yil

2024-yil

2026-yil

2028-yil

2030-yil

1.

Yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya hajmini kamaytirish (2021-yilga nisbatan)

%

5,0

14,0

22,0

27,0

30,0

2.

Sanoatda elektr energiyasi iste’moli, umumiy iste’moldagi ulushi

%

26,0

25,0

23,0

21,0

20,0

3.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushini kengaytirish (gidroenergetika bilan birga)

%

8,0

9,0

24,3

29,0

30,5

kVt/s

6,5

8,6

25,0

34,0

40,7

4.

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish

MVt

10,0

150,0

400,0

800,0

1500,0

5.

Yaxshilangan ichimlik suv manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega aholi, jami aholi soniga nisbatan

%

69,7

80,93

87,12

88,5

90,0

6.

O‘rmon fondi hududlarida daraxt va butalar zaxiralarini ko‘paytirish

mln.m3

64,2

68,1

77,0

85,5

92,3

7.

“Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni kengaytirish (aholi punktining umumiy maydoniga nisbatan)

%

8,3

12,4

15,8

23,8

30,0

8.

Hududlarda yangi 600 ta chiqindi to‘plash shaxobchalarini tashkil etish

dona

-

50

200

400

600

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
2-ILOVA
Sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash
KONSEPSIYASI
So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib borishi energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shu bilan birga, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi topshiriqlar belgilandi:
sanoat tarmoqlarida 3,9 mlrd metr kub tabiiy gaz, 4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi va 21 ming tonna neft mahsulotlarini tejash orqali energiya sig‘imini 20 foizga, shu jumladan 2022-yilda 5 foizga kamaytirish;
bino va inshootlarda energiya samaradorligini 30 foizga oshirish;
har bir tarmoq kesimida resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligi dasturlarini ishlab chiqish;
chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyotning energiya sarfi (energiya sig‘imi) 2026-yilga borib 22 foizga kamaytiriladi.
1-bob. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari
Konsepsiya respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini, moliyaviy barqarorligini, energetik va ekologik xavfsizligini oshirish, shuningdek, energiya tejash salohiyatini ko‘tarish, modernizatsiya qilish, texnologik rivojlantirish va yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish orqali aholi turmush darajasini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralib, ushbu yo‘nalishda sezilarli darajada o‘sishga faqat maqsadli dasturlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Konsepsiya iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha energiya resurslarining barcha ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilariga tatbiq etiladi.
Konsepsiya yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishishdagi majburiyatlarini belgilab beradi, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularning sarfini optimallashtirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaning ko‘p energiya sarflaydigan uskuna va qurilmalarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘p yillik tizimli tadbirlarni bajarish energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, energiya tejamkorligiga erishishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
2-bob. Energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishish sohasida huquqiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari
Respublikada energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishish sohasi:
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4779-son qarori bilan tartibga solinadi.
Hukumat tomonidan korxonalarda energiya auditini o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish tartibi belgilab berilgan.
Shuningdek, mazkur masala Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining qarorlari asosida tartibga solinadi.
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha belgilanadigan tadbirlarning qisqacha tavsifi
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha alohida tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan:
sanoat korxonalarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish, yangi zamonaviy, innovatsion, energiya samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan energiya tejovchi, shu jumladan xorijiy texnologiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlashga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
issiqlik ta’minoti tashkilotlari hamda kommunal sohada energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi, transport va qurilish sohalari tashkilotlarida ixtiyoriy va majburiy energiya auditini o‘tkazish hamda ularning energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarini ishlab chiqish hamda bajarilishini ta’minlash;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida ushbu tadbirlarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish;
2026-yilga qadar idora, tashkilot hamda korxonalarning bino va inshootlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasining kamida 25 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplash choralarini ko‘rish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish;
energiya tejash va energiya samaradorligini oshirishni monitoring qilish tizimlarini joriy etish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning uslubiy va axborot ta’minoti hamda ushbu yo‘nalishda xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
1. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning asosiy tashkiliy chora-tadbirlari:
a) sanoat korxonalarida:
har bir ishlab chiqarish sexida zaruratga qarab energiya resurslarini hisobga olish tizimini shakllantirish (texnik nazorat hisoblagichlarini o‘rnatish);
ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda energiya auditi o‘tkazilishini ta’minlash va uning natijalari asosida ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish (ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlari) bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni.
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda bo‘lgan ayrim uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining progressiv me’yorlarini aniqlash va joriy etish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning asosiy elementlarini, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish vazifalarini hal etish;
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarf qilinadigan yoqilg‘i-energetika resurslarini me’yorlashni tashkil etish;
b) issiqlik ta’minoti tashkilotlari hamda kommunal sohada:
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda bo‘lgan ayrim uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining progressiv me’yorlarini aniqlash va joriy etish;
yagona issiqlik dispetcheri orqali markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini boshqarishni joriy qilish;
issiqlik ta’minoti sohasidagi tarif siyosatini energiya resurslarini iqtisod qilish nuqtai nazaridan takomillashtirish, shu jumladan issiqlik iste’molchilarini issiqlik ta’minoti tashkilotlari bilan ikki qismli tariflar asosida hisob-kitob qilishga o‘tkazish, iste’molchilarda issiqlik energiyasi (issiq suv) sarfini o‘lchash vositalari to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash;
issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilash, issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini joriy etish, issiqlik ta’minoti tashkilotlari va iste’molchilar tomonidan iste’mol rejimlariga rioya etilishini monitoring qilish;
markazlashgan isitish tizimlari ish rejimlarini optimallashtirish maqsadida issiqlik ta’minoti tarmoqlarida hamda bino va inshootlarda issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish (yangi qurilayotgan bino va inshootlarda energiya samarador va energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish, mavjud binolarda issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish);
qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, samaradorligi past bo‘lgan qozonxonalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish, uzluksiz gaz ta’minoti mavjud hududlarga kogeneratsion gaz turbinali uskunalardan foydalangan holda, issiqlik yukini samarali kogeneratsiyaga o‘tkazish orqali issiqlik ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i sarfini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
korxonalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga sarf qilinadigan yoqilg‘i-energetika resurslarini me’yorlashni tashkil etish;
v) qishloq xo‘jaligida:
zamonaviy, yuqori samarali va resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, texnik va texnologik modernizatsiya qilinishiga erishish hamda qishloq xo‘jaligi mashinalarini yangilash asosida energiya samaradorligini oshirish;
energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish;
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda bo‘lgan ayrim uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining progressiv me’yorlarini aniqlash va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida foydalanilgan energiya resurslarining hisobga olish tizimini to‘laqonli tashkil etish (hisoblagichlarni to‘liq o‘rnatish), ekin maydonlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan nasoslarda iste’mol qilingan elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda ularni integratsiyalashni ta’minlash;
g) transport sohasida:
barcha turdagi transport vositalari uchun sarf qilinadigan energiya resurslari me’yorlarini ishlab chiqish;
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda bo‘lgan ayrim uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining progressiv me’yorlarini aniqlash va joriy etish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish;
d) qurilish sohasida:
bino va inshootlar qurilishida hamda aholi turar joylarida energiya samaradorligini oshirish va energiyani tejashning me’yoriy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va joriy etish;
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda bo‘lgan ayrim uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining progressiv me’yorlarini aniqlash va joriy etish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish;
e) davlat boshqaruvi idoralari faoliyati va xizmat ko‘rsatish sohasida:
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida hududiy (viloyat, tuman va shahar) va idoraviy dasturlarni, shuningdek, davlat tashkilotlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida yillik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;
elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti va (yoki) boshqa energiya resurslari ta’minotida hisobga olish tizimining qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ixtiyoriy va majburiy energetik tekshiruvlarini (energiya auditini) o‘tkazish;
o‘tkazilgan ixtiyoriy va majburiy energetika tekshiruvlari (energiya auditi) natijalari bo‘yicha energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda bajarilishini ta’minlash.
2. Energiyani tejash va energiya samaradorligini monitoring qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar:
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha korxona, vazirlik va idoralardagi asosiy qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlari, energiya resurslarining iste’mol hamda ishlab chiqarish hajmlari (tannarxni) va moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda uning asosida yagona axborot tahlil tizimini yo‘lga qo‘yish;
integratsiyalashgan axborot tahlil tizimi ma’lumotlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan muntazam monitoring olib borish;
monitoring natijalari asosida yuqori malakali ekspertlarni jalb etgan holda korxonalarga energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib borish tizimini tashkil etish;
energetika tekshiruvlarini o‘tkazuvchi korxonalar (energiya auditorlari) va energiya-servis korxonalari faoliyatini tashkil etish hamda monitoring qilish tizimini joriy etish.
3. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy va axborot ta’minoti hamda xodimlarni ushbu yo‘nalishda tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar:
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona axborot tizimini yaratish hamda uning doimiy faoliyatini ta’minlash;
vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni tayinlash, ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, energetika menejmenti sohasida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bazasida yirik tashkilotlar rahbar va xodimlarining malaka oshirishini ta’minlash;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy, me’yoriy va axborot hujjatlarini tayyorlash, vazirlik, idoralar va tashkilotlarga yetkazish hamda qo‘llanilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini kamaytirish sohasidagi eng samarali loyihalarni tanlab olish va ularning amalda tatbiq etilishini ta’minlash;
Konsepsiya amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring tizimini joriy etish va uni takomillashtirish;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida rivojlangan davlatlarning eng so‘nggi texnik va tashkiliy yechimlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish hamda tatbiq etish choralarini ko‘rib borish.
4-bob. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkorligini ta’minlash yuzasidan asosiy tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar
Asosiy tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni tayinlash, ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash va rivojlangan davlatlarda ularning malaka oshirishini tashkil etish;
energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlarning amaldagi qoidalarga va standartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tahlillar o‘tkazish;
muntazam ravishda energetik tekshiruvlar (energiya auditini) o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslarining me’yoriy sarfiga qat’iy rioya etish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun sarflanayotgan yoqilg‘i-energetika resurslari yo‘qotishlarini qisqartirishga hamda energiya samaradorlikka erishgan korxonalarda mas’ul xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslarining samarasiz sarflanishiga yo‘l qo‘ygan korxona va tashkilotlar xodimlariga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rish mexanizmlarini ishlab chiqish;
issiqlik tarmoqlarining gidravlik va issiqlik rejimlarini sozlash va avtomatik tartibga solish;
barcha turdagi texnologik qurilmalarda isitish, yoritish, issiq va sovuq suv ta’minoti hamda turar-joy, jamoat va sanoat binolarini ventilyatsiya qilishda energiya sarfini tartibga soluvchi avtomatik tizimlarni joriy etish;
markazlashtirilgan va alohida isitish tizimlarida hamda sanoat korxonalarida issiqlik nasos qurilmalarini joriy etish;
gelio isitkichlar, energiya tejamkor materiallar va konstruksiyalardan foydalanish, issiq suv, shamollatish va yoritish tizimlarini tartibga solish orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini qisqartirish.
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash bilan iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sig‘imi ko‘rsatkichini 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 20 foizga kamaytirishga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
3-ILOVA
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha
HARAKATLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ullar

1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish

1.

Iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarga nisbatan moslashuvchanligini oshirish.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish salohiyati va imkoniyatlarini baholash asosida quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari subsidiyalarni qayta ko‘rib chiqish;

iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli dehqonchilik turlarini yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni diversifikatsiya qilish;

fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini iqlim o‘zgarishi xatarlari bo‘yicha sug‘urtalash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish.

1. Vazirliklar, idoralar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Iqlim o‘zgarishi sharoitida yaylovlarni boshqarish bo‘yicha mamlakatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2023-yil mart

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yaylovlarni barqaror boshqarish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishishga qaratilgan yaylovlardan vaqtincha foydalanish, yerga egalik huquqi borasida hukumat siyosati va dasturlarini muvofiqlashtirish;

barqaror yaylov amaliyotini kengaytirish yo‘lida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

davlat muhofazasidagi yerlarni himoya qilish borasida zamonaviy usul va vositalarni joriy etishni kengaytirish;

yaylovlarni barqaror boshqarishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish.

2023-yil sentabr

3.

O‘rmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarishni takomillashtirish hamda “yashil” hududlarni kengaytirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘rmonlarni muhofaza qilish va integrallashgan boshqaruv dasturini hamda Daraxtlarni ekish va barqaror “yashil” hududlarni kengaytirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

har bir hududning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda suv sarfi kam va iqlim o‘zgarishiga chidamli daraxtlar navlarini aniqlash;

ekotizimlar va infratuzilmaning barqarorligini oshirishning asosiy tabiiy yechimi sifatida o‘rmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarish hamda iqlim o‘zgarishlariga chidamli daraxtlarni ekish;

iqlim o‘zgarishiga chidamli daraxtlar, agroo‘rmon xo‘jaligi uchun shamoldan “yashil” to‘siqlar hamda shaharlarning “yashil” himoya to‘siqlarini ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan dastur asosida o‘rmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarish hamda “yashil” hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish.

2023 — 2030-yillar

4.

Tarmoqli yondashuvdan landshaft yondashuviga o‘tishni ta’minlash uchun landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

hosildorlikni oshirish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun landshaftni integratsiyalashtirgan holda boshqarish;

integratsiyalashgan landshaft yondashuvidan foydalanishni rag‘batlantirish, ulardan samarali foydalanishga qaytarish uchun landshaftni tiklash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Landshaft yondashuvini amaliyotga joriy qilish.

2023 — 2025-yillar

5.

“Yashil kafolat” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyati asosida yaratiladigan ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish.

1. Vazirliklar, idoralar, xususiy sektor vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yashil” ish o‘rinlarni yaratish imkoniyati va salohiyatini baholash asosida “Yashil kafolat” dasturi va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil aprel

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil kafolat” dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tegishli sohalarda (masalan, o‘rmonchilik chora-tadbirlari, o‘rmonlashtirish va u bilan bog‘liq daraxtlar ekish tadbirlari) “yashil” tadbirkorlikni rivojlantirish;

tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish;

“yashil” tadbirkorlik hamda tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

4. “Yashil kafolat” dasturi asosida “yashil” tadbirkorlik va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2030-yillar

6.

Umumiy suv iste’moli va suv yetishmovchiligini kamaytirish uchun suvdan barqaror foydalanish limitlarini o‘rnatish va monitoring qilish.

1. Suvdan barqaror foydalanish limitlarini o‘rnatish va monitoring qilish mexanizmini aniqlash uchun bu boradagi mavjud rejalashtirish tizimi, kompleks tarmoq rejalari, dasturlar va strategiyalarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

suv resurslaridan barqaror foydalanish limitlarini belgilash, ularning monitoringini takomillashtirish;

o‘z xarajatlarini qoplash darajasida suv tariflarini belgilash;

irrigatsiya tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

2023-yil avgust

7.

Sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan ishlab chiqarish oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish va aylanma suv ta’minotini keng joriy qilish.

1. Sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlari o‘rganish va holatini tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zsuvta’minot”AJ

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 5 yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

lokal oqova tozalash inshootlarini o‘rnatish va eski inshootlarni rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish;

tozalangan suvlarni texnologik yoki maishiy xo‘jalik maqsadlarida qayta ishlatish ko‘lamini oshirish.

2023-yil sentabr

8.

Atrof-muhitga yuqori ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan sanoat korxonalari ifloslantiruvchi manbalaridan atmosferaga chiqarilayotgan iqlim o‘zgarishiga ta’sir etuvchi gazlarni avtomatik ravishda monitoring qilib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish.

1. “Yangi Angren IES” AJ, “Sirdaryo IES” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ifloslantiruvchi manbalarida inson omilisiz monitoring olib borish maqsadida namuna olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

2. Avtomatik stansiyalarda olingan ma’lumotlarni atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

2. Milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash

9.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa sohaviy rejalashtirish jarayonlariga kiritish.

1. Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga doir masalalarni amaldagi rejalashtirish, qaror qabul qilish va budjetni shakllantirish jarayonlari, tarmoq rejalari va strategiyalariga kiritish (integratsiyalash) bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy ma’lumotlar

2023-yil yanvar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat boshqaruvi organlaridagi strategik rejalashtirish va siyosatni ishlab chiqishga mas’ul tarkibiy tuzilmalar uchun iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalarini integratsiyalash hamda uning vositalaridan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

3. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni kompleks baholash kabi ruxsat berish xarakteridagi amaldagi tartib-qoidalarda iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga oid jihatlarni hisobga olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy ma’lumotlar

2023-yil aprel

4. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashda jamoatchilikning maslahat va bevosita ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

10.

Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali normativ-huquqiy va institutsional bazani mustahkamlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning milliy harakatlar rejasini (O‘MHR) tasdiqlash;

tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishi xavfini kamaytirish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish hamda O‘MHRning bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha idoralararo boshqaruv kengashini tashkil qilish;

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat organida O‘MHRni amalga oshirish yuzasidan idoralararo boshqaruv kengashining ishchi organi sifatida alohida tashkiliy tuzilma tashkil etish;

O‘MHR uchun aloqani rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash va joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Shaharsozlik va qurilish sohalarida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi masalalarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda qurilish sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha taklif tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qurilish vazirligi, O‘zgidromet

2. Atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni kompleks baholashni nazarda tutuvchi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va kiritish:

iqlim o‘zgarishiga ta’sir etish va xatarlarni hisobga olgan holda rivojlanish va yerlardan foydalanishga kompleks baho berish;

turli obyektlar va muhandislik infratuzilmalarini barpo etish va boshqarishda majburiy tartibda ularning atrof-muhitga ta’sirini baholashdan o‘tkazish.

Qonun loyihasi

2023-yil may

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga kirish salohiyatini oshirish.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari uchun quyidagi yo‘nalishlarda tegishli malaka oshirish treninglarini tashkil qilish:

tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va iqlim o‘zgarishi masalalariga mablag‘larni jalb qilish uchun tashkilotlar, shu jumladan mintaqaviy va global platformalar bilan muzokaralar olib borish;

Yashil iqlim jamg‘armasi (Green Climate Fund) va Global ekologiya jamg‘armasi (Global Enviroment Facility) kabi jamg‘armalarning mablag‘larini jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil aprel

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

13.

OAV, NNT va xususiy sektorning faol ishtiroki asosida jamoatchilikni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida xabardor qilish kampaniyalarini o‘tkazish.

Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi 2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida jamoatchilik xabardorligini oshirish dasturini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

vakolatli davlat organlari tizimidagi institut va markazlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan bilimlarni boshqarish bo‘yicha salohiyatini oshirish, to‘plangan bilim, tajriba va ilg‘or amaliyot almashinuvi bo‘yicha milliy platforma yaratish;

Moslashuvni o‘rganish mexanizmi (Adaptation Learning Mechanism — ALM) kabi tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

turli darajada to‘plangan bilimlarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga integratsiya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha to‘plangan bilim, tajriba va ilg‘or amaliyotlar asosida ommaviy seminarlar, ishchi yig‘ilishlar va treninglar kabi ta’lim va targ‘ibot dasturlari orqali jamoatchilikni iqlim o‘zgarishi haqida xabardor qilish kampaniyalarini o‘tkazish.

Amalga oshirish 2023 — 2030-yillarda

14.

Iqlim o‘zgarishi masalalarini targ‘ib qilishni umumiy o‘rta va oliy ta’lim o‘quv dasturlariga kiritish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy choralarni ko‘rish:

o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli guruhlar rahbarligida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi masalalarini amaldagi o‘quv reja va dasturlarga integratsiyalash jihatdan qayta ko‘rib chiqish;

umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi, o‘quvchi va talabalari uchun O‘zbekistondagi shart-sharoitlarga moslashtirilgan ta’lim resurslarini (namunaviy o‘quv rejalari, modullar, o‘quv materiallari va dasturlari hamda boshqalar) ishlab chiqish;

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi modullari asosida dars berish bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash (treninglar, maxsus tayyorlov seminarlari);

tayyorlangan o‘qituvchilar tomonidan maktab va universitetlarda modullarni sinovdan o‘tkazish va baholash asosida ularni takomillashtirish;

o‘qituvchi va talabalarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi modullari asosida o‘qitish hamda ularning o‘zlashtirish darajasini doimiy monitoring va baholash (M&E) asosida takomillashtirib borish;

iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha o‘quv materiallari, universitet va maktab dasturlari, jamoatchilikni xabardor qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda tegishli nusxada ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilikning iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarning ta’sirini kamaytirish salohiyatini kuchaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

mahalliy hokimiyat organlari (viloyat, tuman/shahar) hamda aholi punktlarining (mahalla, qishloq, ovul) iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfi pasportlarini ishlab chiqish;

mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilikning iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilishda faol ishtirok etish bo‘yicha salohiyatini oshirish yuzasidan seminarlar tashkil qilish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilikni tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishi xavflari to‘g‘risida aniq va o‘z vaqtida xabardor qilish uchun joylarda samarali erta ogohlantirish tizimlarini joriy qilish;

birlamchi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida erta ogohlantirish tizimini va ixtisoslashtirilgan axborot mahsulotlarini (Iqlim prognozini modellashtirish dasturi — Climate Outlook Modelling Programme) ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish bo‘yicha texnik va institutsional salohiyatni mustahkamlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qilish hamda tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekiston milliy harakatlar rejasining (O‘MHR) amalga oshirilishi haqida xabardor qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlovchi markazlashtirilgan axborotni boshqarish tizimini ishlab chiqish;

iqlim va tabiiy ofatlar bilan bog‘liq xatarlar, ta’sirlar va zararlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish va standartlashtirish asosida markazlashgan ma’lumotlar bazasini takomillashtirish;

tarmoq va milliy rivojlanish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlar va axborotni tahlil qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning turli yechimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun energiya xavfsizligini ta’minlash va boshqaruvini kuchaytirish.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va energiya samaradorligi tashabbuslarida xususiy sektorning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyozlar va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha tegishli ta’lim va xabardorlikni oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

mavjud va rejalashtirilgan energiya infratuzilmasi bo‘yicha tabiiy ofatlar va iqlim xatarlari xavfini baholash hamda xavflarni kamaytirishning iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarini qo‘llash;

energiya ta’minoti muammolarini hal qilish uchun favqulodda, ayniqsa, tabiiy ofatlar paytida va undan keyin harakatlar rejalari va javob berish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda samarali javob berish va tiklanish bo‘yicha salohiyatni mustahkamlash.

Quyidagilarni qamrab oluvchi 2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va ularga samarali javob berish bo‘yicha milliy harakatlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

O‘zbekistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy chora-tadbirlarini hududga xos iqlim o‘zgarishi xavflaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish;

tabiiy ofatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar uchun standart amaliyot tartib-taomillari (SOP) va favqulodda vaziyatlar harakatlari rejasini ishlab chiqish;

mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik uchun tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish, ularning xabardorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarda gender tenglik tamoyilini ta’minlash.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari uchun “Iqlim o‘zgarishiga moslashishning milliy va sohaviy rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda gender tenglikni hisobga olish” mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazish;

mamlakat sharoitida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan gender tenglik yondashuvlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish chora-tadbirlarida gender tenglik tamoyilini ta’minlash yondashuvini tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

O‘zgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish d?vlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Milliy, tarmoq va mahalliy darajada iqlim o‘zgarishiga moslashish ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni kengroq jalb qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ko‘rish jarayonlariga xususiy sektorni jalb qilish va ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasini shakllantirish;

xususiy sektorni iqlim o‘zgarishiga moslashish harakatlariga yanada kengroq jalb qilish maqsadida ularni rag‘batlantirish choralari va mexanizmlari ro‘yxatini hamda axborot-tushuntirish vositalarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

O‘zgidromet,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Iqlim o‘zgarishiga moslashish harakatlariga rejalashtirish va amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni jalb etish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil martidan boshlab

3. Milliy iqtisodiyot, xususan sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash

21.

2050-yilgacha mamlakatni kam uglerodli rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mamlakatdagi joriy holatni tahlil qilish va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2023-yil fevral

3. Kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish.

2023-yil aprel

4. Kam uglerodli rivojlanishning tarmoqlar kesimidagi asosiy ko‘rsatkichlarini miqdoriy tahlil qilish.

2023-yil may

5. Har bir tarmoqning ustuvor yo‘nalishlari va prognozlashtirilgan maqsadli ko‘rsatkichlari integratsiyasi asosida milliy iqtisodiyot darajasida kam uglerodli rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

6. Amalga oshirilgan tahlillar asosida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy islohotlarni ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

7. Kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

8. Mamlakatni 2050-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

22.

Elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash maqsadida quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

elektr energiyasi sohasining samarali ishlashi va rivojlanishi uchun mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, tariflarni qayta ko‘rib chiqish va subsidiyalarni kamaytirish;

elektr ta’minotidan foydalanish va unga ulanishni osonlashtirish, sohadagi biznes jarayonlarni va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish maqsadida ularni raqamlashtirish;

elektr ta’minoti tizimidagi muassasa va tashkilotlarning institutsional salohiyatini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Elektr energiya uzatish va tarqatish tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish.

Elektr energiya uzatish va tarqatish tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

monitoring jarayonlarini takomillashtirish uchun zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlarini joriy etish;

elektr uzatish va tarqatish tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Energiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha yechimlarni hamda keng miqyosda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini faol joriy etish.

Energiya samaradorligini oshirish hamda keng miqyosda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

xalqaro standart va talablardan kelib chiqib, energiya samaradorligi bo‘yicha standartlar va qoidalarni qayta ko‘rib chiqish hamda yangilarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2026-yilgacha tarmoqlar kesimida mahsulot va xizmatlarning energiya sig‘imini 22 foizga, 2030-yilgacha esa 30 foizga qisqartirish;

2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizdan oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Alohida qiymat yaratish zanjirlari va tarmoqlar uchun aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.

Quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohalariga aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi;

dekarbonizatsiyalash va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilishni jadallashtirish uchun eko-sanoat parklarini (Eco-Industrial Parks — EIP) yaratish bo‘yicha takliflar.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish

26.

“Yashil” investitsiyalar konsepsiyasini amaldagi investitsiya siyosati va loyihalariga integratsiya qilish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “yashil” investitsiyalash va kreditlash tizimini (“yashil” maqsadlar va BRMlarga yo‘naltirilgan kreditlash amaliyoti) joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

barcha manbalar (davlat, xususiy) hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun “yashil” mezonlar, shu jumladan suveren “ESG” indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etish;

“yashil” investitsiyalar va kreditlar uchun texnik tartibga solish talablarini ishlab chiqish;

“yashil” investitsiyalar (va kreditlar) uchun rag‘batlantiruvchi fiskal va monetar imtiyozlar ishlab chiqish;

amaldagi va/yoki yangi “yashil” bo‘lmagan loyihalarga bosqichma-bosqich moratoriy kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Sanoat korxonalarining infratuzilmasini doimiy yangilab borish.

1. Ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik jihatdan toza va xavfsiz texnologiyalardan ko‘proq foydalanish, energiya tejaydigan texnologiyalarni kengroq joriy etish orqali sanoat korxonalari infratuzilmasining energiya samaradorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil sentabr

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ekologik toza va xavfsiz texnologiyalarni joriy etayotgan sanoat korxonalari uchun maxsus imtiyoz va preferensiyalarni (subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar) ishlab chiqish va taqdim etish.

doimiy ravishda

28.

Moliyalashtirish va salohiyatni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning “yashil” iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishdagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” biznesga sarmoya kiritadigan istiqbolli, yuqori salohiyatga ega kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash (“yashil” kreditlash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va oraliq moliyalashtirish tizimini joriy etish, kichik grantlar va subsidiyalangan qarzlar, imtiyozlar);

mahalliy davlat va xususiy banklar orqali mahalliy tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash uchun xatarlarni taqsimlash mexanizmlarini joriy qilishga ko‘maklashish;

“yashil” o‘sishni rivojlantirish dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokini kuchaytirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil oktabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

29.

Innovatsiyalarga asoslangan “yashil” o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion infratuzilmani takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

maxsus iqtisodiy zonalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni innovatsion “yashil” loyihalarga yo‘naltirishga ko‘maklashish samaradorligini oshirish;

rezident kompaniyalarning “yashil” texnologiyalar global qiymat yaratish zanjirlariga kirishini osonlashtirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy salohiyatini oshirish;

“yashil” texnologiyalarga asoslangan startap korxonalarga xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha innovatsion markaz va inkubatorlar samaradorligini oshirish;

“yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplarni har tomonlama va samarali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratorlar tashkil qilish va ularning salohiyatini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Innovatsion “yashil” texnologiyalar borasida ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi tizimli aloqalarni takomillashtirish.

1. “Yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilishni jadallashtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonini yengillashtirish hamda tadqiqot va ishlanmalarni (R&D) rag‘batlantirish va tegishli infratuzilmani takomillashtirish;

yangi texnologiyalarni joriy qilish vositasi va mexanizmi sifatida innovatsion faoliyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “yashil” texnologiyalarning global qiymat yaratish zanjiri integratsiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion “yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilish sohasida salohiyatni oshirish uchun o‘rta va quyi bo‘g‘indagi malakali ishchi kuchi sifatini doimiy yaxshilab borish va korxonalar samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy ravishda

5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish

31.

Respublikaning ayrim hududlari iqtisodiy bazasini diversifikatsiyalash, shahar va tumanlarni ularning ixtisoslashuvi asosida “yashil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib rivojlantirish.

Respublika hududlarining salohiyati va xususiyatidan kelib chiqib, ular iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

hududlarni klaster yondashuvi asosida sohalar bo‘yicha rivojlantirish, xususan mis qazib olish va metallurgiya (Olmaliq sh.), kon va kimyo texnologiyasi (Navoiy sh.), qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnopark (Chirchiq sh.), avtomobilsozlik (Jizzax sh.), farmatsevtika (Zangiota t.); axborot texnologiyalari (Qorako‘l t.);

Nukus, Buxoro, Jizzax va Namanganda innovatsion IT parklarni rivojlantirish;

salohiyatli chegara hududlarida transchegaraviy erkin savdo zonalarini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning joylardagi ijrosi samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi yo‘nalishlarda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirini kamaytirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini ko‘rish bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari va vakolatlarini mahalliy davlat boshqaruvi va hokimiyat organlariga o‘tkazish;

iqlim o‘zgarishi ta’siri yuqori bo‘lgan aholi qatlamini ushbu o‘zgarishlarga moslashishini qo‘llab-quvvatlash borasida mahalliy ijro organlari, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish;

mahalliy budjetlarning xarajatlar parametrlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini ko‘zda tutish, mahalliy budjetlardan yo‘naltiriladigan investitsiyalar va boshqa xarajatlar uchun “yashil” mezonlarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Yo‘ldosh shaharlarni yaratishni hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalari shakllanishini boshqarish.

1. Atrofdagi qishloqlarning birgalikda rivojlanishi va shaharlarning kelajakdagi iqtisodiy o‘sishiga asos bo‘luvchi drayverlarni aniqlagan holda saralab olingan 5 ta shaharning o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Birinchi bosqichda amalga oshirilgan pilot loyihasi asosida qolgan shaharlarning rivojlantirish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.

2024 — 2030-yillar

34.

Barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi 2030-yilgacha Barqaror shaharlarni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

har yillik tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarida suv ta’minoti, oqova suv tizimi, maishiy chiqindilarni boshqarish, shahar jamoat joylari, turizm va servis infratuzilmalari barpo etish va yaxshilashni qat’iy tartibda kiritish mexanizmini joriy etish;

shaharlar boshqaruvini va institutsional salohiyatini mustahkamlash;

2030 va 2050-yillarga borib shaharlardagi havo sifatini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan chegaraviy ko‘rsatkichlarga yetkazish choralarini belgilash va amalga oshirish;

amaldagi/kuchaytirilgan Ekodizayn qoidalari va ekomarkirovkalash tartibiga (Ecodesign Directive and Ecolabel scheme) to‘g‘ri keluvchi energetika bilan bog‘liq mahsulotlarni va boshqa iste’mol mahsulotlarini bozorda joylashtirishni taqiqlash;

BMTning Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga tashish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CLRTAP), Havo ifloslanishini nazorat qilish milliy rejasi (NAPCP), YEVRO-4dan oldingi dizel yoqilg‘isi yo‘l transport vositalarini tartibga solish qoidalarini joriy qilish;

“Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlarda yashil maydonlarni 30 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun shahar o‘rmonlari va yashil maydonlarni xaritalarga solish va rejalashtirish.

Milliy dastur loyihasi

2023-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

6. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan aholi qatlamlarini va ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash

35.

Inklyuziv va barqaror inson kapitalini rivojlantirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi besh yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

ayollar va imkoniyati cheklangan insonlarga alohida e’tibor qaratgan holda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatish (ta’lim, bandlik yoki kasb-hunar ta’limi sohasida emas);

ishchi kuchi migratsiyasidan oldingi ko‘nikma va yo‘nalish olishni rivojlantirish;

ishchi kuchida ayollar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Yoshlarning innovatsion startaplarini rag‘batlantirish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” texnologiyalar bo‘yicha innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy inkubatorlarni tashkil etish;

yoshlar o‘rtasidagi innovatsion startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;

yoshlar o‘rtasidagi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilish jarayonlariga xususiy sektorni keng jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining qamrovi va samaradorligini oshirish.

1. Iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aholining eng zaif qatlamlari uchun gender jihatdan ta’sirchan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

hokim yordamchilarini iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish jarayonlariga faol jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar loyihasi

2023-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish borasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.

2023 — 2030-yillar

7. “Yashil” o‘sish bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish

38.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, davlat organlari boshqaruv xodimlarining boshqaruv va rejalashtirish salohiyatlarini oshirish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning milliy ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, davlat organlari boshqaruv xodimlarining boshqaruv va rejalashtirish salohiyatni oshirish bo‘yicha har uch yilda yangilab boriladigan tayyorlov dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Tayyorlov dasturi, o‘quv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

o‘quv dasturini tasdiqlash, xorijiy va mahalliy murabbiylarni tanlash;

tegishli vazirlik va idoralarning yuqori boshqaruv xodimlari orasidan tinglovchilar ro‘yxatini tuzish;

barqaror boshqaruv, “yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi, ustuvor yo‘nalishlar va chora-tadbirlar, “yashil” o‘sish bo‘yicha eng ilg‘or xalqaro amaliyot va qoidalar, rejalashtirish va budjetni tuzishda “yashil” yechimlarni kiritish usullari bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

39.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni doimiy baholab borish bo‘yicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik salohiyatlarini mustahkamlash.

1. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni doimiy baholab borish bo‘yicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik salohiyatlarini mustahkamlash bo‘yicha tayyorlov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Tayyorlov dasturi, o‘quv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

o‘quv dasturini tasdiqlash, xorijiy va mahalliy murabbiylarni tanlash;

tegishli davlat organlari va xususiy muassasalarning o‘rta va texnik xodimlari orasidan tinglovchilar ro‘yxatini tuzish;

“yashil” iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, natijalarni baholash uchun tegishli davlat va xususiy muassasalar o‘rta va kichik xodimlarining bilim va texnik jihatdan kompetentligini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

40.

“Yashil” o‘sish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash.

1. “Yashil” o‘sish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish:

Tayyorlov dasturi, o‘quv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa salohiyatni oshirishga qaratilgan muassasalar uchun trenerlarni tayyorlash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini ishlab chiqish;

xalqaro va mahalliy murabbiylarni tanlash hamda tinglovchilar ro‘yxatini doimiy yangilab borish;

trenerlar faoliyatini doimiy baholash asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirib borish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

41.

Kichik grantlar ajratish hisobiga xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda o‘qitish va konsalting xizmatlari ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash.

1. “Yashil” iqtisodiyot masalalari bo‘yicha xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarning ochiq ma’ruzalar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini qoplash, xususan kichik grantlar ajratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda o‘qitish va konsalting xizmatlari ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish.

2023 — 2030-yillar

42.

“Yashil” iqtisodiyot mavzularini ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv dasturlariga kiritish.

1. O‘quvchi/talabalar va o‘qituvchilar “yashil” iqtisodiyot va “yashil” o‘sish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini tushunishlari yuzasidan ta’lim muassasalaridagi mavjud o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro dasturlar bilan qiyosiy tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. “Yashil” iqtisodiyot va “yashil” o‘sish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv dasturlariga kiritish va amaliyotga joriy qilish.

2023-yil sentabr

43.

“Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini tashkil etish.

1. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini yaratishning texnik vazifalarini ishlab chiqish, moliyaviy mablag‘lar jalb qilish, texnik va tijorat takliflarini ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Platformani yuritish va yangilab borish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish hamda platforma kontentni yaratish.

2024-yil fevral

3. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini targ‘ib qilish, tizimni saqlash va doimiy ravishda yangilab borish.

2024 — 2030-yillar

44.

Oliy ta’lim muassasalarida “yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash.

1. Oliy ta’lim muassasalarida “Yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes fakulteti (kafedrasi)ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni yollash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal qilish.

2023-yil iyun-iyul

3. Ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va dasturlarini va fakultet/kafedra ish rejasini tasdiqlash hamda talabalarni qabul qilish.

2023-yil avgust-sentabr

45.

“Yashil” o‘sish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.

1. O‘zbekistonda “yashil” o‘sish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat fondini ishga tushirish to‘g‘risida taklifni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mablag‘larni jalb qilish, tanlash va taqsimlashning adolatli va shaffof mexanizmlarini joriy qilish.

2023-yil iyun

3. Mablag‘larni olish bo‘yicha ariza topshirish tartib-taomillarini e’lon qilish.

2023-yil iyun-iyul

4. Tanlov o‘tkazish va grantlarni joylashtirish.

2023-yil oktabrdan boshlab doimiy

46.

“Yashil” o‘sish choralarini rejalashtirish, amalga oshirish borasida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish.

1. “Yashil” o‘sishni viloyatlar/tumanlar/shaharlarning rivojlanish rejalari va mahalliy budjetlarida aks ettirish bo‘yicha salohiyatni oshirish yuzasidan seminar dasturlarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Respublika hududlarida har yili seminarlar o‘tkazish bo‘yicha jadvalni tasdiqlash.

har yili dekabr oyida

3. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va xodimlari uchun seminarlar o‘tkazish.

2023 — 2030-yillar

47.

“Yashil” moliya sohasida salohiyatni oshirish, davlat va xususiy “yashil” investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.

1. “Yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bilan bog‘liq turli sohalarda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatchilari hamda xususiy tashkilotlar uchun treninglar o‘tkazishga qaratilgan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Fuqarolar uchun budjet”da hamda ochiq budjet portalida (openbudget.uz) “yashil” budjet to‘g‘risida alohida modul qo‘shish.

2023-yil oktabr

48.

Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tabiiy va boshqa resurslarni tejab ishlatish, shaxsiy rivojlanishni atrof-muhit va aholining boshqa qatlami rivojlanishi bilan birga olib borish yo‘llarini joriy qilish;

barqaror turmush tarzini shakllantirish va bu bo‘yicha xabardorlikni oshirish yuzasidan ta’lim muassasalari, davlat va xususiy idoralarda loyihalarni amalga oshirish;

barqaror turmush tarzini shakllantirish va bu bo‘yicha xabardorlikni oshirish bo‘yicha yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturini amalga oshirish hamda takomillashtirib borish.

2023 — 2030-yillar

49.

Ommaviy axborot vositalari orqali “yashil” texnologiyalar va amaliyotlarning afzalliklari to‘g‘risida barcha manfaatdor tomonlarni xabardor qilish.

1. Barqaror rivojlanishga qaratilgan qadriyatlar va turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot kampaniyasini boshlash bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va qabul qilish.

Media-reja loyihasi

2023-yil fevral

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror rivojlanish bo‘yicha media-rejani amalga oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan kelishuv va memorandumlar imzolash.

2023-yil may

3. Yillik media-rejani tasdiqlash va ijro etish.

2023 — 2030-yillar,

har yili dekabr oyida

8. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish

50.

“Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha tajriba, ma’lumotlar va manbalarni o‘zaro almashish va jamlashning samarali tizimini yaratish orqali hukumatlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni takomillashtirish.

1. Texnik kotibiyat ko‘magida “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha idoralararo ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi mustaqil ekspertlarini aniqlash va ularni idoralararo ishchi guruhlarga muntazam jalb etish (ishchi guruhlarning doimiy yig‘ilishlari).

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr doimiy asosda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. “Yashil” ko‘rsatkichlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar, erishilgan natijalar, yuzaga kelayotgan muammolar va harakatlar rejasidagi har qanday yangilanishlarni o‘z ichiga qamrab olgan “yashil” iqtisodiyotni amalga oshirish bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlash va nashr etish.

2023-yil aprel

(har yilning mart oyida)

4. “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish va muhokama qilish, kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan takliflarni muhokama qilishga har yili “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha idoralararo kengashni (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) chaqirish.

har yilning aprel oyida

51.

Barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyalarini “yashil” o‘sish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha yondashuvni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” iqtisodiyot bilan bog‘liq har qanday tarmoq strategiyasi va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda asosiy infratuzilma loyihalarini belgilash va xarajatlarini baholash;

tarmoq yoki hududiy rivojlanish bo‘yicha ishlab chiqiladigan yangi strategiyalarning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga ta’sirini baholash yoki strategik ekologik baholashdan o‘tkazish;

dasturlar va loyihalarni moliyalashtirishda foydalaniladigan samaradorlik ko‘rsatkichlarini “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha milliy maqsadlarga moslashtirish.

Tahliliy ma’lumotlar

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

52.

“Yashil” iqtisodiyot o‘tishning modellashtirish va prognozlashtirish vositalarini ishlab chiqish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning tahliliy ehtiyojlarini, mavjud muammoli masalalarga javob berishning ta’sirchan vositalarini va ularni ishlab chiqish uchun nima zarurligini aks ettiruvchi tahliliy hujjat tayyorlash va Idoralararo kengashga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar, tadqiqot va tahlil tashkilotlari

2. Tahliliy hujjatda taklif etilgan vositalarni ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatishni tashkil qilish.

2023-yil aprel — sentabr

3. Milliy va tarmoq strategiyalari, shu jumladan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayoni to‘g‘risidagi prognozlarni tayyorlash va doimiy yangilab borish.

2023-yil dekabr

(har yili dekabrda)

53.

“Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va boshqarishni takomillashtirish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga doir ma’lumotlarni yig‘ish usullari va boshqaruv jarayonlari to‘g‘risida mavjud mahalliy va xalqaro tajribani o‘rganish asosida taklif tayyorlash.

“Yo‘l xaritasi” loyihasi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘zgidromet,

manfaatdor tashkilotlar

2. Ma’lumotlar bo‘yicha kamchiliklarni to‘ldirish va uslubiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga doir ma’lumotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

3. Turli tashkilotlarning tegishli manbalarini birlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini yaratish.

2023-yil dekabr

54.

Milliy miqyosda issiqxona gazlari ajratmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi (MRV) tizimi (shaffof tizim)ni yaratish va rivojlantirish.

1. O‘zbekistonning MRV tizimini BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konvensiyasidagi standartlar va ilg‘or tajribaga mos holatga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Issiqxona gazlari ajratmalarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

3. Asosiy hamkorlar bilan birgalikda issiqxona gazlari ajratmalarini hisoblash.

2023-yil dekabr

4. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘z ichiga oluvchi milliy axborotnomalar chop etish.

2024-yildan boshlab

55.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining “yashil” iqtisodiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

1. “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha asosiy ma’lumotlar, bilimlar va hisobotlarni shakllantirish va erkin foydalanish uchun ularni “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga joylab borish.

2. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati tashkilotlariga iqtisodiyot va atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha so‘rovlar/talablar bilan murojaat qilish imkonini beruvchi axborot so‘rov tizimini yaratish.

Ma’lumotlarni chop etish

2024-yil fevraldan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘zgidromet

56.

“Yashil” o‘sish bo‘yicha davlat siyosatini davriy baholashdan o‘tkazish.

1. Erishilgan yutuqlarni va asosiy muammolarni tahlil qilish hamda takomillashtirish mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlash uchun “yashil” iqtisodiyotning strategik doiralarini o‘rta muddatli baholashdan o‘tkazish.

“Yashil” o‘sish siyosatini baholash hisoboti

2026-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

O‘zgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dastlabki natijalarni mustaqil ekspertlarga, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga taqdim etish, ularning fikr-mulohazalarini yig‘ish va hisobga olish.

2026-yil sentabr

3. Baholashning yakuniy natijalarini e’lon qilish.

2026-yil noyabr

57.

“Yashil” o‘sish masalalarida xalqaro hamkorlikni hamda xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish.

1. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasi doirasida “yashil” o‘sish masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2024-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Transchegaraviy resurslarni boshqarish va iqlim masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro hamkorlarni (hukumatlar va boshqalar) jalb qilish.

2023 — 2030-yillar

3. Vazirlik huzurida tashkil etilgan “yashil” xab doirasida “yashil” o‘sish masalalarida xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy maslahatlashuvini tashkil etish.

2023-yil maydan boshlab doimiy

58.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlariga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash va “yashil” iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etish.

1. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot vazifasini yuklash bo‘yicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarni belgilash.

Idoraviy hujjat

2023-yil yanvar

3. “Yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birligi doirasida mutaxassislar bilan to‘ldirish.

Idoraviy hujjat

2023-yil yanvar

4. “Yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarning yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab har yilning dekabrida

9. Tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini ko‘paytirish

59.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaga yetarli hajmdagi davlat mablag‘larini yo‘naltirish.

1.”Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan milliy rivojlanish rejalari va tarmoq rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yirik yangi investitsiya loyihalari qiymatini hisoblash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Vakolatlarni “yashil” iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirish uchun mavjud va kelgusi moliyalashtirish vositalarini (masalan, Davlat investitsiya rejasi, O‘TTJ, DK) xaritalarga solish va tahlil qilish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotlar

2023-yil iyul

3. “Yashil” iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini baholash uslubi asosida investitsiya loyihalarini tanlashning standartlashtirilgan “yashil” mezonlarini belgilash.

“Yashil” mezonlar

2023-yil sentabr

4. “Yashil” davlat investitsiyalarini o‘sish tendensiyasiga chiqarish uchun o‘rta muddatli budjet loyihasi va davlat investitsiya rejasini muvofiqlashtirish.

O‘rta muddatli budjet loyihasi

2024-yildan boshlab har yili

5. Qolgan ehtiyojlar va bo‘shliqlarni aniqlash uchun barcha moliyalashtirish vositalari bo‘yicha “yashil” investitsiyalarning hajmi, tarkibi va xarakterini yagona yillik hisobotda birlashtirish.

Yillik hisobot

2024-yildan boshlab har yili

60.

Qazilma yoqilg‘ilari tarmog‘ini subsidiyalash va qo‘llab-quvvatlash choralarini bosqichma-bosqich kamaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qazilma yoqilg‘ilari tarmog‘ini subsidiyalashni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qazilma yoqilg‘ilari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan va uni “yashil” energiya bilan taqqoslaganda sun’iy ravishda raqobatbardosh qiladigan davlat subsidiyalari va rag‘batlantirish choralarini xatlovdan o‘tkazish;

subsidiya va qo‘llab-quvvatlashni bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda uni iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan uyg‘unlashtirish;

chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish va uning bajarilishi to‘g‘risida Idoralararo kengashga ma’lumot kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Soliq yukini korxonalar va uy xo‘jaliklaridan atrof-muhitning ifloslanishiga va resurslarning ortiqcha sarflanishiga olib keladigan faoliyatlarga o‘tkazish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqib, amaldagi soliq tizimini tahlil qilish hamda soliq qonunchiligiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Daromadni oshirish salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri, amalga oshirish usullarini batafsil aniqlash maqsadida “Yashil” soliq, shu jumladan uglerod solig‘i bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni o‘rganish hamda takomillashtirish.

2023-yil dekabr

62.

Atrof-muhit ifloslanishi uchun belgilangan to‘lovlar tizimini qayta ko‘rib chiqish.

1. Xususiy sektorga bo‘lgan to‘lovlar yukini kamaytirish va “yashil” texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi takliflarni quyidagilarni qamrab olgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

atrof-muhitni ifloslanishi uchun belgilangan to‘lovlar tizimini ularning ishlashi, samaradorligi va milliy “yashil” iqtisodiyot maqsadlariga va xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, bunda to‘lovlar tizimini xususiy sektor uchun qulayroq qilish, “yashil” texnologiyalarni joriy etishni ko‘proq rag‘batlantirish;

to‘lovlar tizimini isloh qilish, shu jumladan uning ishlashini osonlashtirish va talablarga rioya qilish choralarini maqbullashtirish (avtomatlashtirish, ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yangi tizimni joriy qilish.

2024-yil yanvar

63.

Soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va ta’sirini baholash va e’lon qilib borish.

1. “Yashil” budjetlashtirish milliy metodologiyasi bilan birga pilot loyihalarni amalga oshirish va to‘liq joriy qilish bo‘yicha “yo‘l xarita”ni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yashil” budjetlashtirish milliy metodologiyasini tegishli sohalarda, maqsadlarda va budjet komponentlari bo‘yicha tajriba-sinovidan o‘tkazish hamda natijalari to‘g‘risida ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va jamoatchilikka e’lon qilish.

2023-yil sentabr

3. “Yashil” iqtisodiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda “yashil” budjetlashtirish metodologiyasini boshqa sohalarga, maqsadlarga va budjet komponentlariga tatbiq etish.

2024-yildan boshlab

4. Ochiq budjet portali vositasida aholining “yashil” budjet moliyalashtirishi to‘g‘risida xabardorligini oshirish.

2023 — 2030-yillar

64.

Barqaror mezonlar asosida xaridlar bo‘yicha qarorlarni asoslash uchun “yashil” davlat xaridlarini joriy etish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

barqaror davlat xaridlarini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi va “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi maqsadlariga muvofiq bo‘lgan barqaror davlat xaridlari siyosatining ustuvorliklarini o‘z ichiga oluvchi davlat xaridlarini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tajriba-sinovlari o‘tkaziladigan pudratchi tashkilotlar ishtirokida barqaror davlat xaridlari bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek “yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish uchun ularning salohiyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur sohadagi “yashil” davlat xaridlari ulushi va rivojlanishi bo‘yicha har yili hisobot berib borish.

Yillik hisobot

2024-yildan boshlab

65.

“Yashil” obligatsiyalar orqali “yashil” infratuzilma uchun xususiy kapitalni jalb qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi “yashil” infratuzilma uchun xususiy kapitalni jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” turdagi faoliyatni tasniflash uchun milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish;

davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan “yashil” obligatsiyalar chiqarishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Emitent tashkilotlarni “yashil” obligatsiyalar tarkibini ishlab chiqishda, tashqi sertifikat olishda hamda ta’sir va daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni nashr etishda qo‘llab-quvvatlash.

Salohiyatni oshirish chora-tadbirlari

2024-yildan boshlab

66.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, xalqaro uglerod savdosi orqali moliyaviy mablag‘larni jalb qilish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Parij bitimining 6-moddasi talablarini bajarish bo‘yicha mas’ul milliy organ va idoralararo guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish;

xalqaro uglerod savdosi bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

Parij bitimining 6-moddasi asosida xalqaro uglerod savdosi avtorizatsiyasi, transferi va natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlashning institutsional tartibini ishlab chiqish;

Xalqaro miqyosda transfer qilingan ta’sirni kamaytirish (ITMO) tranzaksiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash hamda o‘rnatilgan miqdordan ortiq sotuv holatlarini bartaraf etuvchi sotuvni boshqarish tartibini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

67.

Davlat ishtirokidagi korxonalarni “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda peshqadamlarga aylantirish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi “yashil” maqsadlarni korporativ, direktorlar kengashi va loyihalar portfeli darajalarida integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi davlat korxonalarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalarning tegishli boshqaruv organlarida SDG, CSR, ESG tamoyillarini joriy etish;

ISO14000 Atrof-muhitni muhofaza qilish standartlarini joriy qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

korxonalarning yillik hisobotlarida, korxonaning nomoliyaviy hisobotlarida, jumladan yirik sanoat korxonalarida energo auditni joriy qilish, ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini davriy e’lon qilib borishni nazarda tutuvchi boshqaruv siyosatini tasdiqlash va uni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror rivojlanish amaliyoti, vositalari va standartlarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalari amalga oshiriladigan davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat korxonalarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maqsadli guruh faoliyatini tashkil qilish.

Salohiyatni oshirish chora-tadbirlari

2023-yil noyabrdan boshlab

3. Davlat bo‘lgan aksiyadorning yillik hisobotini, shu jumladan moliyaviy va ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini davriy e’lon qilib borish.

Yillik davlat portfolio hisoboti

2024-yildan boshlab

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
4-ILOVA
2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Korxona va tashkilotlar nomi

Kutilayotgan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash ko‘rsatkichlari

tabiiy gaz

(mln kub.m)

elektr energiyasi

(mln kVt.s)

neft mahsulotlari

(tonna)

JAMI:

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

3 913,70

855,46

813,26

756,53

767,22

721,24

4 010,14

872,94

737,01

686,11

860,39

853,69

21 122,17

5 678,23

5 427,83

4 689,55

2 908,67

2 417,90

1.

“O‘zbekneftgaz” AJ

98,50

21,86

20,77

19,52

18,74

17,62

120,28

24,71

23,97

23,26

24,20

24,14

1 312,65

326,60

293,94

261,61

230,21

200,29

2.

“O‘ztransgaz” AJ

52,13

16,00

9,80

9,20

8,83

8,30

72,26

18,30

10,80

11,10

16,04

16,02

99,90

24,99

20,00

22,00

17,60

15,31

3.

“Hududgazta’minot” AJ

7,12

6,01

0,28

0,29

0,28

0,26

0,44

0,15

0,08

0,07

0,07

0,07

200,33

130,53

19,67

18,95

16,68

14,51

4.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

3 501,15

750,38

723,43

680,02

694,49

652,82

686,76

129,80

91,18

79,47

194,20

192,10

4 029,36

1 174,70

971,77

855,16

562,78

464,95

5.

“O‘zkimyosanoat” AJ

94,40

20,95

19,90

18,71

17,96

16,88

63,81

13,55

13,14

12,75

12,37

12,00

880,19

219,00

197,10

175,42

154,37

134,30

6.

“Navoiy KMK” AJ

7,19

1,09

1,20

2,18

1,37

1,34

141,81

35,49

29,74

24,29

26,17

26,12

6 274,35

1 922,19

1 963,38

1 415,71

553,50

419,57

7.

“Olmaliq KMK” AJ

17,32

6,21

7,10

1,40

1,34

1,26

95,00

34,20

14,10

7,60

19,57

19,53

4 760,98

1 094,30

1 116,20

1 149,70

762,98

637,80

8.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

4,63

1,61

0,73

0,80

0,77

0,72

52,90

10,97

10,80

9,80

10,71

10,62

63,08

20,02

12,90

11,40

10,03

8,73

9.

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ

0,77

0,10

0,10

0,20

0,19

0,18

0,72

0,05

0,18

0,17

0,17

0,16

40,19

8,30

8,73

9,50

7,30

6,35

10.

“O‘zavtosanoat” AJ

4,59

0,61

0,66

1,16

1,11

1,05

24,51

7,62

4,55

4,24

4,11

3,99

493,80

121,30

121,70

94,80

83,42

72,58

11.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

0,45

0,10

0,10

0,09

0,09

0,08

2,07

0,44

0,43

0,41

0,40

0,39

63,48

15,80

14,22

12,65

11,13

9,69

12.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

0,06

0,014

0,01

0,01

0,01

0,01

2,07

0,44

0,43

0,41

0,40

0,39

3,22

0,80

0,72

0,64

0,56

0,49

13.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

87,19

22,40

21,28

15,20

14,59

13,72

80,40

25,20

11,40

10,00

17,50

16,30

765,53

192,40

171,00

152,00

133,76

116,37

14.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (issiqlik ta’minoti tashkilotlari)

25,77

5,30

5,30

5,30

5,09

4,78

12,60

2,52

2,52

2,52

2,52

2,52

9,29

2,00

2,00

2,00

1,76

1,53

15.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi

11,94

2,65

2,52

2,37

2,27

2,14

12,38

2,63

2,55

2,47

2,40

2,33

16.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

0,41

0,090

0,09

0,08

0,08

0,07

0,32

0,07

0,07

0,06

0,06

0,06

17.

“O‘zdonmahsulot” AK

0,08

0,08

4,80

4,80

10,30

10,30

18.

“O‘zbekko‘mir” AJ

27,69

5,40

5,60

5,60

5,56

5,53

2 055,24

400,00

501,00

496,00

352,00

306,24

19.

“O‘zmaxsusmontajqurilish” AK

19,10

4,00

3,88

3,76

3,74

3,72

60,29

15,00

13,50

12,02

10,57

9,20

20.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

47,71

10,90

9,43

9,15

9,12

9,11

21.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

2 364,84

487,12

472,51

458,33

474,58

472,30

22.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

1,88

0,40

0,39

0,38

0,37

0,35

23.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

82,26

30,29

10,10

7,60

17,12

17,15

24.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

3,15

0,67

0,65

0,63

0,61

0,59

25.

Suv xo‘jaligi vazirligi

90,36

23,22

18,52

12,02

18,40

18,20

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Idoralararo kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Idoralararo kengash raisi o‘rinbosari

3.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

4.

I.Yu. Abduraxmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

5.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

6.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

9.

A.X. Kuldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

10.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

Sh.H. Daliyev

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

12.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qo‘mitasi raisi

13.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori

Izoh:
Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Zarur hollarda, Idoralararo kengash ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
6-ILOVA
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sish bo‘yicha Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi
TARKIBI

1.

I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, guruh hamrahbari

2.

Sh.Xodjayev

energetika vaziri o‘rinbosari, guruh hamrahbari

3.

Sh. Adrian

Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari

4.

M. Dimovska

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili

5.

M. Mantovanelli

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

6.

S. Malvichini

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

7.

A. Drakinos

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

8.

V. Kaupin

Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

9.

A. Rassell

Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

10.

Sh. Umarov

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

11.

Yo. Pudelka

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi mamlakat bo‘yicha direktori

12.

Lavozimi bo‘yicha

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

13.

Lavozimi bo‘yicha

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

14.

Lavozimi bo‘yicha

Yevropa investitsiya bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

15.

Lavozimi bo‘yicha

BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

16.

Lavozimi bo‘yicha

BMT sanoatni rivojlantirish tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

17.

Lavozimi bo‘yicha

manfaatdor xorijiy tashkilotlarning vakolatxona rahbarlari

Izoh:
Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Zarur hollarda Muvofiqlashtirish guruhi ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-525-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash
TARKIBI

1.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Idoralararo kengash rahbari

2.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri, Idoralararo kengash rahbari o‘rinbosari

3.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Idoralararo kengash rahbari o‘rinbosari

4.

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri o‘rinbosari

5.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

Sh.S. Xidoyatov

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

7.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

A.B. Voitov

qishloq xo‘jaligi vaziri

9.

N.N. Oblomurodov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

10.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori

11.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

12.

F.M. Abduraxmanov

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

13.

M.R. Abdullayev

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

14.

N.T. Agzamov

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

15.

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

16.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

17.

D.E. Mannonov

“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi

18.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Idoralararo kengash kotibiyati rahbari

Izoh: Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati
TARKIBI

1.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Kotibiyat rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

3.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i

6.

Lavozimi bo‘yicha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i

7.

Lavozimi bo‘yicha

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i

8.

Lavozimi bo‘yicha

Gidrometeorologiya xizmati markazi boshqarma boshlig‘i

Izoh: Kotibiyat a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida:
a) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning uchinchi xatboshisi va 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “D” toifadagi” so‘zlari “B” va undan quyi toifadagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “D” so‘zi “B” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4a-ilovaning nomidagi “D” so‘zi “B” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi va 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “iqtisodiyot va sanoat vaziriga (B.A. Xodjayev)” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “(A.S. Sultanov)”, beshinchi xatboshidagi “(J.A. Xodjayev)”, oltinchi xatboshidagi “(Sh.R. Xamrayev)” va “(M.X. Saliyev)”, yettinchi xatboshidagi “(B.T. Qo‘chqorov)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi:
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;
yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish”;
d) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish
SXEMASI
”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 78-son qaroriga ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 06.06.2024-y., 07/24/213/0407-son, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)