toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, koʻmir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika tarmogʻining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni toʻliq darajada taʼminlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha yuqoridir.
Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi oʻn foizi toʻgʻri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud boʻlishiga qaramasdan, quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan toʻliq darajada foydalanilmayapti.
Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi lozim.
Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar, shu jumladan quyidagilar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini toʻlashdan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga mol-mulk soligʻini hamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan;
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilgan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3379-son qarori bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda oʻrnatish koʻzda tutiladi.
2. Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin.
3. Maʼmuriy binolarda, aholi punktlarida va ishlab chiqarish obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda — Kompleks dastur) maʼqullansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
a) quyidagilarni:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlarini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash, ularning ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
b) mintaqalarda ijtimoiy soha obyektlarini (taʼlim muassasalari, shu jumladan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash obyektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek:
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
issiq suv va elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitkichlarini (markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimlariga ulangan obyektlar bundan mustasno), shuningdek, energiya samarador, shu jumladan bivalent isitish tizimlarini bosqichma-bosqich oʻrnatish, xususan zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etish;
binolarning issiqlik himoya tizimini yaxshilash, ikki kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, shuningdek, havo rekuperatorlari va boshqa tizimlarni oʻrnatish hisobiga Nukus shahrida, viloyat markazlarida va viloyatlarning shaharlarida energiya isteʼmolini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
v) xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatish;
g) maishiy isteʼmolchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish;
d) Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlari roʻyxatini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash.
5. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning oʻzlariga tegishli mablagʻlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik koʻmagi mablagʻlari (grantlari) Kompleks dasturning chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompleks dasturni amalga oshirishga kredit resurslarini va texnik koʻmak mablagʻlari (grantlarni) jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va xorijiy donorlar bilan muzokaralar olib borsin.
6. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan quyidagi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida moliyalashtiriladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun — 3 million soʻmdan;
quyosh suv isitkichlar uchun — 1,5 million soʻmdan;
gaz-gorelkali qurilmalar uchun — 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etish;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:
jismoniy shaxslarga — 500 million soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga — 5 milliard soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
v) energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash metodlariga nisbatan talablarni oʻrnatadigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Energetika vazirligi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmini belgilasin.
7. Belgilansinki, har yili:
15-sentabrga qadar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar kelgusi yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador va energiya tejovchi boshqa uskunalar bilan jihozlanishi, shuningdek, issiqlik himoyasini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim boʻlgan obyektlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda – Roʻyxat)ga kiritish uchun Energetika vazirligiga takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, shuningdek, tuman va shaharlar kesimida moliyalashtirishning aniq hajmlari va manbalarini koʻrsatgan holda Roʻyxatni shakllantiradi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
15-oktabrga qadar Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi Roʻyxatni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Roʻyxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablagʻlarning hajmi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlariga kiritiladi.
8. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda:
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligini taʼminlash;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻlimini taqdim etish majburiy tartibda nazarda tutiladi;
b) davlat organlari va tashkilotlari oʻz balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni oʻrnatishga majburdir;
v) mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik koʻrsatkichlarini belgilash ularni Oʻzbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.
Qurilish vazirligi Energetika vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar:
yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino hamda inshootlarning energiya samaradorligiga nisbatan talablarni tubdan oshirish maqsadida shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqsin;
bino va inshootlarning energiya samaradorligi darajasini (A, B, V va boshqa darajalar) belgilash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 4-ilovadagi roʻyxat boʻyicha mamlakatimiz korxonalari va tashkilotlarida energetika menejmenti tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
energiya isteʼmoli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish;
resurslarni, birinchi navbatda moliyaviy mablagʻlarni minimal darajada sarflab energiya isteʼmolini boshqarish samaradorligiga erishish, korxonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda energiya samarador, energiya tejovchi texnologiya va uskunalarga nisbatan talablarni oʻrnatuvchi standartlashtirish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsin;
ikki oy muddatda 2019-2020-yillar davomida energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar, uskunalar va ularni sinash metodlariga nisbatan talablar oʻrnatuvchi zarur xalqaro standartlarni qabul qilish tarmoq grafigini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2020-yil 1-avgustga qadar energiya sarflovchi uskunalarni energiya samarador va energiyani tejash koʻrsatkichlariga muvofiqligini sinovdan oʻtkazuvchi zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. 2022-yil 1-yanvardan boshlab ilgari foydalanishda boʻlgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadigan energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlari roʻyxati 4a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
Belgilansinki, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari uchun elektr texnika uskunalari va qurilmalarini, shuningdek, butlovchi buyumlar va materiallarni xarid qilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
12. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
2019-yil 15-oktabrga qadar energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash koʻrsatkichlarini aniqlash metodikasini tasdiqlasin;
2019-yil 20-oktabrga qadar kelgusida energiya samaradorligini baholash va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash maqsadida energiya sarfi hajmi katta boʻlgan korxonalar kesimida iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatini shakllantirsin;
2019-yil 20-dekabrga qadar 2020 — 2022-yillarda kamida 2,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi, 2,4 milliard metr kub tabiiy gaz va 20 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlasin;
zarur hollarda Kompleks dastur parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etsin va muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
13. Belgilansinki,:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni taʼminlash, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha toifadagi isteʼmolchilarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;
Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha xalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi;
b) qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilishi shart.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalar faol joriy etilishini ragʻbatlantirish;
energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va oʻtkazish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
xalqaro tajribani hisobga olib va zarur boʻlganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda energetika auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglarni tashkillashtirish;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari majburiy energetik tekshiruvdan oʻtkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslarga nisbatan yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarasiz foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo choralarini qoʻllash.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik boʻyicha departament tashkil qilinsin.
Tashkil etilayotgan boʻlinmani toʻldirish maqsadida Energetika vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 10 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat qoʻshimcha shtat birliklari quyidagilar hisobidan ajratilsin:
2 ta birlik — Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Oʻzneftgazinspeksiya) hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga;
3 ta birlik — Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Oʻzenergoinspeksiya) hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga;
5 nafari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga.
16. Energetika vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzenergoinspeksiya va Oʻzneftgazinspeksiyaning taqdimnomalarini bajarmaganlik, shuningdek, majburiy energetik tekshiruvlar va ekspertizalar oʻtkazmaganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va tarmoq korxonalari bilan birgalikda 2020-yilning oxiriga qadar reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi mikroprotsessor bloklari, chastotali oʻzgartirgichlar, bir tekis ishga tushirish qurilmalari hamda energiya tejovchi boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin.
18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bir hafta muddatda quyosh suv isitkichlari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar hamda energiya tejovchi boshqa turdagi uskunalarning afzalliklarini, shu jumladan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, uskunalarning qiymati va isteʼmolchilarning mablagʻlari tejalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholi oʻrtasida keng yoritish boʻyicha media-rejani tasdiqlasin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
20. Energetika vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-avgust,
PQ-4422-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
1-ILOVA
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish
maqsadli parametrlari

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish prognozlari, MVt

Elektr energiyasi ishlab chiqarish ulushi, foiz

2019-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023 — 2030 yy.

2018-y.

2030-y.

Jami

1074,1

886,8

1 961,5

2 061,6

14 017,8

100

100

1.

Anʼanaviy energetika

1 050

1 807

1 777

2 259,4

10 910,2

90

75

Shu jumladan, quvvatlarni foydalanishdan chiqarish

-

1 060

320

740

4 280

-

-

2.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

24,1

119,8

504,5

542,2

7 387,6

10

25

shundan:

2.1.

Gidroenergetika

24,1

119,8

204,5

42,2

1 487,6

10

11,2

2.2.

Quyosh energetikasi

-

-

300

400

4 300

-

8,8

2.3.

Shamol energetikasi

-

-

-

100

1 600

-

5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
2-ILOVA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
“Yoʻl xaritasi”

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

Iqtisodiyot tarmoqlarida energetika resurslaridan samarali foydalanish va normalashni tashkillashtirishga yoʻnaltirilgan yagona yondashuvni yaratish maqsadida normativ bazani takomillashtirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasida normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish.

2. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari ijrosini tahlil etish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasida xalqaro tajribani oʻrganish.

4. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish, energetika resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tarmoq normativ va metodik hujjatlar, shuningdek, takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil iyun






2020-yil sentabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻining kelgusi yilga moʻljallangan kompleks balansini shakllantirish.

1. Iqtisodiyotning yoqilgʻi-energetika resurslariga (elektr energiyasi, tabiiy gaz, neft mahsulotlari, koʻmirga) boʻlgan umumiy talab-ehtiyojini oʻrganish.

2. Amalda taʼminlanganlik darajasini aniqlash uchun ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish.

3. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻi kompleks balansining loyihasini shakllantirish
va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019 — 2022-yillar oktabr

2019 — 2022-yillar dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Majburiy energetika tekshiruvini oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

1. Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini xatlovdan oʻtkazish va obyektlarning energiya sarfi koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Energetik tekshiruvlarni, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

3. Energiya samaradorligi boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan korxonalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarining energetik tekshiruvlari grafigini belgilangan tartibda tasdiqlash.

5. Energetik tekshirishlarni oʻtkazishni tashkillashtirish va tavsiyalar ijrosini monitoring qilish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr






Grafik asosida

Oʻzneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev)

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

4.

Energoservis kontraktini qoʻllashni amaliyotga joriy etish.

1. Energoservis kontraktlari asosida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Energoservis kompaniyalari faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan budjet tashkilotlariga energoservis kontraktlarini tuzish huquqini berish.

3. Energoservis kompaniyalarini tuzish va ular faoliyatini tashkil etish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Adliya vazirligi (X. Meliyev)

5.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiq suvga tabaqalashtirilgan tariflar (blokli tarif) tizimini joriy etish.

1. Tajriba-sinov loyihalarining natijalarini tahlil qilish va ular asosida barcha toifalardagi isteʼmolchilar uchun tabaqalashtirilgan tarifikatsiya tizimini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Yakuniy isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suvni normativdan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun oshirilgan stavka boʻyicha tabaqalashtirilgan tarifni joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

2020-yil mart



2020-yil aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Ishlab chiqarish korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolini kamaytirish.

1. Zarurat tugʻilganda energoservis (energoauditorlik) kompaniyalari va xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda korxonalarning ishlab chiqarish-texnologik jarayonlari energiya samaradorligini baholash.

2. Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi borasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish
va tasdiqlash.

3. Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi borasida tashkiliy-texnik tadbirlarni kelishish va Energetika vazirligiga taqdim etish.

4. Ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2019-yil oktabr

oyidan boshlab


2019-yil dekabr



Har yili

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)
tegishli vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etish.

1. Vazirlik va idoralar tomonidan “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishgan holda xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etishning tarmoq grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Energetik menejment tizimini joriy etish, xodimlarni oʻqitish va sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish.

3. Xalqaro standart talablariga muvofiq vazirlik va idoralar tomonidan energetik menejment tizimi joriy etilishini “Oʻzstandart” agentligi tomonidan monitoring qilib borish.

4. Vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro standart talablariga muvofiq energetik menejment tizimining joriy etilishi toʻgʻrisidagi hisobotni “Oʻzstandart” agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2019-yil sentabr



2019-yil dekabr


Doimiy ravishda



Har chorakda

Ushbu qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan vazirlik va idoralar

8.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida Xalqaro elektr texnika komissiyasi (IES) va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) standartlarini oʻrganish.

2. Moslashtirish uchun zarur standartlar roʻyxatini belgilash va ishlab chiqish grafigini tasdiqlash.

3. Standartlarni ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish.

2019-yil sentabr


2019-yil oktabr

2019-yil noyabr
Tasdiqlangan grafik asosida

“Oʻzstandart” agentligi

(D. Sattarov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)
tegishli vazirlik va idoralar

9.

Koʻcha va magistrallarni yoritishning amaldagi tizimlariga yoritish darajasini boshqarishning intellektual tizimlarini tatbiq etish.

1. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida koʻcha va magistrallarni yoritishning amaldagi tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Svetodiodli lampalarni oʻz ichiga olgan bilan uygʻunlashtirilgan intellektual dimmirlash tizimlarini joriy etish uchun koʻcha va magistrallarni yoritishning potensial obyektlarini aniqlash.

3. Koʻcha va magistrallarni yoritishni dimmirlash texnologiyasiga asoslangan fotoelektrik tizimlarga bosqichma-bosqich oʻtkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Dimmirlash tizimlarini oʻrnatish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

5. Dimmirlash tizimlarini oʻrnatish grafigini tasdiqlash.

2019-yil oktabr






2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

“HET” AJ (U. Mustafayev)

II. Uglevodorod va elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlashdagi yoʻqotishlarni qisqartirish

10.

Neft va gaz konlarida, magistral gaz quvurlarida, neft va gazni qayta ishlash korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish, tashish va qayta ishlashdagi yoʻqotishlarni qisqartirish.

Quyidagilarda:

konlarda va qazib chiqarish obyektlarida;

magistral gaz quvurlari va kompressor stansiyalarida;

gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida;

gaz taqsimlash tarmoqlarida oʻz ehtiyojlari uchun tabiiy gaz va neft isteʼmolini kamaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish.

2. 2020-yildan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ energiya resurslari (tabiiy gaz, neft va elektr energiyasi) yoʻqotishlarini har yili qisqartirib borish grafigini shakllantirish va tasdiqlash.

2019-yil noyabr





Har yili dekabr oyida

Energetika vazirligi (U. Israilov),

Oʻzneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

“Oʻztransgaz” AJ (U. Sayidov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(B. Eshmuratov)

11.

Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mashʼala boʻlib yonadigan va yoʻl-yoʻlakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkillashtirish.

1. Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mashʼala boʻlib yonadigan va yoʻl-yoʻlakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanish boʻyicha korxonalar salohiyatini oʻrganish.

2. Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mashʼala boʻlib yonadigan va yoʻl-yoʻlakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish.

2020-yil fevral



2020-yil may

Energetika vazirligi (U. Israilov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

Oʻzneftgazinspeksiya (N. Agzamov)

12.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish, tashish
va taqsimlashda ularni hisobga olish tizimini takomillashtirish.

1. Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning mavjud nuqtalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Hisobga olish tizimlarini tekshirishni tashkillashtirish va tegishli muvofiqlik sertifikatlarini berish.

3. Normativ talablarga mos kelmagan hollarda hisobga olish tizimlari almashtirilishini taʼminlash.

2019-yil noyabr


2020-yil aprel


Aniqlangan taqdirda

Energetika vazirligi
(U. Israilov, Sh. Xodjayev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

“Oʻztransgaz” AJ (U. Sayidov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(B. Eshmuratov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

13.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlashda uning tarmoq ichidagi sarfini qisqartirish.

1. Quyidagilarda:

generatsiya qiluvchi obyektlarda
oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish;

magistral elektr tarmoqlarida tashishdagi yoʻqotishlarni qisqartirish;

taqsimlovchi elektr tarmoqlarida kuchlanish transformatorlari va elektr uzatish liniyalaridagi yoʻqotishlarni qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

2. Elektr tarmoqlari ish rejimini optimallashtirish:

kompensatsiyalashtiruvchi qurilma uskunalarini oʻrnatish;

elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hisobiga yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

3. 2020-yildan boshlab “IES” AJ, “OʻMET” AJ va “HET” AJda elektr energiyasi yoʻqotishlarini har yili qisqartirib borish grafigini ishlab chiqish.

2019-yil noyabr






2019-yil dekabr



Har yili dekabr oyida

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“OʻMET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),

tegishli vazirlik va idoralar

III. Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish

14.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining solishtirma ulushini koʻpaytirish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish.

2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalarining solishtirma ulushini umumiy generatsiya hajmining 25 foizgacha koʻpaytirishni nazarda tutuvchi 2020 — 2030-yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlarining har yili ishga tushiriladigan quvvatlari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktabr

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)
tegishli vazirlik va idoralar

15.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bozorida qulay raqobat muhitini yaratish maqsadida tarif siyosatini takomillashtirish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Qayta tiklanuvchi va ikkilamchi energiya manbalari (quyosh, shamol, biogaz stansiyalari) yangidan ishga tushirilayotgan obyektlaridan elektr energiyasi xarid qilishning cheklangan (maksimal darajada yoʻl qoʻyiladigan) tariflarining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi.

2019-yil noyabr

Har yili
15-dekabrga qadar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

16.

DXSH shartlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish doirasida salohiyatli investorlarni raqobatchilik asosida saralab olishning zamonaviy va shaffof usullarini joriy etish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari doirasida boshlangʻich narxni pasaytirib boriladigan auksion savdolari mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga salohiyatli xususiy investorni, shu jumladan boshlangʻich narx pasaytirib boriladigan auksion savdolari orqali aniqlash borasida oʻzgartirishlar kiritish.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida auksion savdolarini oʻtkazish reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Reglamentni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

5. Boshlangʻich narx pasaytirib boriladigan auksion savdolarini oʻtkazish uchun maxsus himoyalangan savdo tizimini yaratish.

2019-yil oktabr


2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

DXSHni rivojlantirish agentligi

(G. Xoljigitov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

17.

Quyosh fotoelektrik stansiyalari oʻrnatiladigan potensial joylarni taqsimlangan generatsiya afzalliklarini inobatga olgan holda aniqlash tartibini joriy etish.

1. Yirik fotoelektrik stansiyalar oʻrnatilgan bitta quvvatining mamlakat quyosh energetikasini rivojlantirishga taʼsirini qiyosiy tahlil qilish.

2. Sanoat koʻlamidagi quyosh fotoelektrik stansiyalarini joylashtirish qoidalari toʻgʻrisidagi Reglamentni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

3. Reglamentni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

2019-yil oktabr




2019-yil dekabr

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

Adliya vazirligi (X. Meliyev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(M. Matchanov)

tegishli vazirlik va idoralar

18.

Qishloq joylarda va respublikaning olis hududlarida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh tizimlarini joriy etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy ishchi guruhini tashkil etish.

2. Bahor-kuz fasllarida avtonom ravishda energiya (elektr, issiqlik va biogaz) bilan taʼminlash boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun hududlarni belgilash.

3. Chuqur texnik-iqtisodiy tahlil asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hisobiga energiya bilan taʼminlash boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish tafsilotlarini ishlab chiqish.

4. Tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr


2020-yil mart


2020-yil aprel

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

Oʻzneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Sidikov)

“OʻMET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),

tegishli vazirlik va idoralar

19.

Shamol elektrstansiyalarini qurish uchun potensial maydonchalarni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.

1. Shamol elektrstansiyalari qurilishi uchun potensial joylarni aniqlash (Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Bekobod, Gʻazalkent, Qoʻqon va boshqalar).

2. Beshta istiqbolli maydonlarda shamol kuchi oʻlchovlarini oʻtkazish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. 110 metrdan kam boʻlmagan balandlikda shamol kuchini oʻlchash uchun meteorologik machtalarni xarid qilish va oʻrnatish.

2019-yil oktabr


2019-yil dekabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev),

tegishli viloyatlar hokimliklari

20.

Namunaviy uylarda, ijtimoiy va sanoat obyektlarida, issiqxonalar va uy-roʻzgʻor xoʻjaliklarida uglevodorodlar va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish maqsadida issiq suv taʼminoti, yoritish va bivalent isitish tizimi uchun fotoelektrik tizimlar, geliokollektorlar va issiqlik nasoslari keng joriy etilishini ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.

1. Yevropa Ittifoqi, AQSH va Yaponiyaning xususiy uy-roʻzgʻor xoʻjaliklarida va sanoat obyektlarida, shu jumladan shahar issiqlik taʼminotida issiqlik nasos stansiyalarini joriy etish boʻyicha tajribasini oʻrganish.

2. Issiq suv taʼminoti va bivalent isitish tizimi uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha aholi, kommunal xoʻjaliklari, issiqxonalar, ijtimoiy obyektlar va sanoat korxonalariga moʻljallangan yakka tartibdagi biznes-rejalarni ishlab chiqish.

3. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:

a) Toshkent shahridagi bitta koʻp qavatli va xususiy uyda binolarning issiqlik himoyasini oshirish va energiya samarador texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etish boʻyicha;

b) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining bitta qozonxona stansiyasida kamida 3 MVt quvvatli vakuumli quyosh kollektorlarini oʻrnatish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

2019-yil noyabr



2020-yil fevral



2019-yil oktabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

UJKXV (M. Saliyev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxoʻjayev),

tegishli vazirlik va idoralar

21.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobiga mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash choralarini amalga oshirish.

1. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobiga mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun ana shunday zonalarni aniqlash.

2. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahalliy obyektlarini yaratishning texnik va moliyaviy jihatlarini oʻrganish.

3. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobidan mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlashning maqsadga muvofiqligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil mart



2020-yil iyun


2020-yil iyul

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),
tegishli vazirlik va idoralar

22.

Respublikaning bioenergetika resurslari texnik salohiyatini baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish va ularni rivojlantirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

1. Respublikaning bioenergetika resurslarining texnik salohiyatini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.

2. Biogaz, organik oʻgʻitlar va elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha aholiga, chorvachilik, issiqxona komplekslari va sanoat korxonalariga moʻljallangan yakka tartibdagi biznes-rejalarni ishlab chiqish.

3. Shahar oqova suv choʻkindilarini utilizatsiya qilish va qattiq maishiy chiqindilar poligonlaridan gaz olish uchun biogaz tizimlarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish.

4. Biogaz qurilmalarini barpo etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil dekabr





2020-yil mart


2020-yil aprel

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), “Suvsoz” DUK (T. Mirxidoyatov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxoʻjayev),

tegishli vazirlik va idoralar

23.

Tartibga soluvchi quvvatlarni joriy etish va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun eng maqbul texnologiyalarni tanlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazish.

1. Elektr energiyasini saqlashning zamonaviy tizimlarini joriy etish boʻyicha zamonaviy tendensiyalarni oʻrganish.

2. Elektr energiyasini saqlovchi manevr qilinadigan gaz turbinali qurilmalar, gidroakkumulyator elektr stansiyalari va turli xildagi intellektual tizimlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish.

3. Sanoat koʻlamida elektr energiyasini akkumulyatsiya qiladigan yuqori manevrli intellektual tizimni yaratish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish.

2019-yil oktabr

2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“OʻMET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),
tegishli vazirlik va idoralar

24.

Energiya taʼminotining intellektual tarmoqlaridan foydalangan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya hosil qilish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va uzatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Real vaqt rejimida elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish tizimlarini yaratishga oid ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va tegishli tahliliy materiallarni tayyorlash.

2. Energiya tizimining barqarorligini va oʻzgaruvchan generatsiya boshqaruvini markazlashtirish dispetcherlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida intellektual tarmoqlardan foydalangan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya hosil qilish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va uzatish tizimini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“OʻMET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
tegishli vazirlik va idoralar

25.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini
va ishlab chiqariladigan mahsulotni sinovdan oʻtkazish hamda sertifikatlashtirish boʻyicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiyasi va qurilmalarini sinovdan oʻtkazish va sertifikatlashtirish boʻyicha uskunalarni yetkazib beruvchi jahondagi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Laboratoriyalar tashkil qilish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Laboratoriyalarni tashkil qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil dekabr

“Oʻzstandart” agentligi

(D. Sattarov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

26.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va ulardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan energiyani davlat tomonidan hisobga olish va sertifikatlashtirish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan hosil qilingan energiyani hisobga olish va sertifikatlashtirish boʻyicha maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish, tizimlashtirish va tahlil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish.

2. Mustaqil, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga Yagona identifikatsiya raqamini taqdim etish tizimini yaratish.

3. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2019-yil oktabr





2020-yil mart

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev),

“Oʻzstandart” agentligi

(D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

27.

Milliy qonunchilik negizida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan energiyani xarid qilish toʻgʻrisidagi bitimning namunaviy shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Milliy qonunchilik va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida Qayta tiklanuvchi energetika obyektlaridan energiyani xarid qilish toʻgʻrisida namunaviy bitimni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Energiya xarid qilish toʻgʻrisidagi bitimni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Oʻzdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“OʻMET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),

28.

Fotoelektrik stansiyalar, koʻchalarni yoritadigan fotoelektrik tizimlar hamda EIZ va KSZlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari uchun quyosh modullari, investorlar, kichik shamol qurilmalari, geliokollektorlar, issiqlik nasosla?i, rekuperatorlar, metantenklar, trekerlar ishlab chiqarish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish.

1. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar tayyorlash.

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda EIZ va KSZlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida salohiyatli investorlar orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

2019-yil dekabr


Doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov),
“Oʻzeltexsanoat” AK (M. Yunusov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

tegishli vazirlik va idoralar

IV. Kadrlar salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va targʻibot-tashviqot faoliyatini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar

29.

Energiya resurslarini normalash va ulardan samarali foydalanish sohasida mutaxassislar va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish.

Malaka oshirish kurslari, treninglar va amaliy seminarlarni, jumladan xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda tashkillashtirish.

2019-yildan boshlab doimiy

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

tegishli vazirlik va idoralar

30.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligini oshirish targʻibotini tashkillashtirish.

1. Energiya tejamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha media-rejani tasdiqlash va amalga oshirish.

2. Energiya tejamkorligi, energiyadan oqilona foydalanish va boshqa masalalarda tajriba almashish uchun maʼlumotlar bazalariga kirish imkonini beruvchi energiya samaradorligi boʻyicha axborot portalini yaratish.

3. Korxonalar, tashkilotlar va aholi oʻrtasida tarqatish uchun energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi masalalari boʻyicha maʼlumotnomalar, axborot byulletenlari, flayerlarni vaqti-vaqti bilan chiqarib turish.

4. Viloyatlar, shaharlar, korxonalar, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha mavzuga oid koʻrgazmalar, seminarlar, tanlovlar oʻtkazish.

5. Fan va texnikani keng ommalashtirish, shu jumladan energiya samaradorligini va energiya tejamkorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni targʻib qilish boʻyicha milliy kanalni yaratish.

2019-yil sentabr



2019-yil noyabr



Bir yilda 2-marta



Doimiy ravishda




2020-yil yanvar

MTRK (A. Xadjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

31.

Energiya samaradorligini oshirish vazifalarini hal etish uchun ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining saʼy-harakatlarini birlashtirish.

1. Korxonalar tomonidan energiya samaradorligi sohasidagi innovatsiyalarni oʻzlashtirishga qaratilgan innovatsion loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish
va amalga oshirish.

2. Joriy etish imkoniyati yuqori darajada boʻlgan raqobatbardosh innovatsiyalarni yaratish maqsadida energiya samaradorligi sohasida kichik innovatsion va venchur tadbirkorligini tashkil etishni ragʻbatlantirish.

3. Respublikada texnologiyalar transferti va energiya samaradorligi sohasida intellektual mulkni boshqarish markazlarini tashkil etish.

4. “Energiya tejamkorligi sohasida uzluksiz, koʻp bosqichli taʼlim tizimini rivojlantirish” Dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Oʻquv muassasalarining tegishli kafedralari huzurida, taʼlim tizimi markazlarida oʻquv qoʻllanmalari va energiya tejamkorligi usullariga oʻrgatuvchi kompyuter dasturlari bilan jihozlangan kompyuter sinfxonalarini tashkillashtirish.

2019-yil oktabr



2019-yil noyabr





2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),
tegishli vazirlik va idoralar

32.

Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi sohasida startap-loyihalarni saralash va ilmiy-texnik loyihalarni grant yoʻli bilan moliyalashtirish boʻyicha tanlovlar eʼlon qilish.

1. Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi boʻyicha ilmiy-texni? loyihalar mavzulari roʻyxatini shakllantirish.

2. Loyihalarni FTK yigʻilishlarida koʻrib chiqish va moliyalashtirish uchun saralab olish.

Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

tegishli vazirlik
va idoralar

33.

Energiya samaradorligi boʻyicha muntazam ravishda ilmiy-texnik va innovatsion koʻrgazmalar hamda konferensiyalar oʻtkazish.

1. Har yili oʻtkaziladigan “INNOWEEK” innovatsiyalar yarmarkasi doirasida “Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi” mavzusiga oid stendlarni tashkillashtirish.

2. Energiya tejamkorligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha davra suhbatlari, ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish.

Har yili



Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

34.

Vodorod energetikasi sohasida ilmiy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Vodorod energetikasi, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda olingan energiyani uzoq muddat saqlash qismida ilmiy ishlanmalarni oʻtkazish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish grafigini tasdiqlash va uni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

3. Zarur hollarda mahalliy mutaxassislarni vodorod energetikasi
va boshqa sohalarda malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish.

4. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

2020-yil mart

Har yili
15-dekabrga qadar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

35.

Vazirlik va idoralarning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tajriba va axborot ayirboshlash, shuningdek, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish yuzasidan jahondagi qayta tiklanuvchi energetika boʻyicha yetakchi tahliliy markazlar bilan doimiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻzbekiston sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida dolzarb ilmiy-amaliy tadqiqotlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish grafigini tasdiqlash va uni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tajriba almashish va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha jahondagi yetakchi tahliliy markazlar va boshqalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar kiritish.

2019-yil noyabr

2020-yil dekabr

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

36.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yashash xonalarida, jamoat binolarida, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonlarida energiya samaradorligi, shuningdek, energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish sohasidagi mutaxassislar, muhandislar va quruvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish.

1. Oliy oʻquv yurtlarida “qayta tiklanuvchi energiya manbalari”, “energiya samaradorligi” va “energoaudit” yoʻnalishlari boʻyicha yangi mutaxassisliklar ochish va ularga qabul kvotalarini koʻpaytirish.

2. Oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Usmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),
tegishli vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
3-ILOVA
Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlari
roʻyxati
1. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa davlat tashkilotlarining maʼmuriy binolari
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining maʼmuriy binolari
3. Savdo-koʻngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bogʻlari, restoranlar
4. Supermarketlar, magazinlar, bozorlar, savdo omborlari
5. Avtomobillarga gaz toʻplab quyish va yoqilgʻi quyish stansiyalari
6. Davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlari
7. Aeroportlar, temir yoʻl va avtobus vokzallari
8. Mehmonxonalar va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari
9. Tijorat banklari va ularning filiallari
10. Aloqa korxonalari
* Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi ushbu roʻyxatga qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
4-ILOVA
Xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq energetika menejmenti tizimi joriy etiladigan korxonalar va tashkilotlar
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.

1.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

2.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

3.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

4.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

5.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

6.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

7.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ

8.

“Oʻzavtosanoat” AJ

9.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

10.

“Oʻzpaxtasanoat” AJ

11.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

12.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

13.

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK

14.

“Oʻzdonmahsulot” AK

16.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

17.

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

18.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

19.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

20.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

23.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Izoh: Xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq energetika menejmenti tizimini joriy etish mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan korxona va tashkilotlarning davlat ulushiga ega boʻlgan barcha quyi korxona va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
4a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadigan energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlari
(4a-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

TIF TN kodlari

1.

Markaziy isitish qozonlari, 8402-tovar pozitsiyasidagi qozonlardan tashqari, boshqalar

8403 10 900 0

2.

Eng katta gorizontal oʻlchamlari 120 sm dan oshmaydigan havo tortish kolpaklari yoki shkaflari

8414 60 000 0

3.

Dvigatelli ventilyator hamda havo harorati va namligini oʻzgartirish priborlari bilan jihozlangan havoni konditsionerlash qurilmalari, shu jumladan namligi alohida oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan konditsionerlar

8415 10 900 0

8415 20 000 9

8415 81 009 0

8415 82 000 0

8415 83 000 0

4.

Sovitkichlar, muzlatkichlar va boshqa elektr yoki boshqa turdagi sovitish va muzlatish qurilmalari

8418 10 — 8418 50

8418 69 000 9

5.

Oqim yoki saqlash (sigʻimli) suv isitkichlari, elektrlashtirilmagan, boshqalar

8419 19 000 0

6.

Maishiy idish yuvish mashinalari

8422 11 000 0

7.

Maishiy yoki kirxonalar uchun kir yuvish mashinalari, shu jumladan, siqib beradigan moslama bilan jihozlangan mashinalar

8450 11 — 8450 20

8.

Changyutgichlar

8508 11 — 8508 60

9.

8508-tovar pozitsiyasidagi changyutgichlardan tashqari oʻrnatilgan elektr dvigatelli maishiy elektromexanik mashinalar

8509 40 — 8509 80

10.

Oqim yoki saqlash (sigʻimli) elektr suv isitkichlari va suv osti elektr isitkichlari

8516 10

11.

Maydonni isitish va yerni isitish uchun elektr uskunalar

8516 21 — 8516 29

12.

Mikrotoʻlqinli pechlar

8516 50 000 0

13.

Boshqa pechlar, maishiy statsionar elektr plitalar, boshqalar, elektr plitalar, elektr pishirish qozonlari va pishirish panellari, oʻrnatiladigan pechlar, boshqalar

8516 60 101 0

8516 60 109 0

8516 60 500 0

8516 60 800 0

8516 60 900 0

14.

Monitorlar, rangli yoki monoxrom tasvirli televizion aloqa uchun qabul qilish apparaturalari (qurilmalari)

8528 42 100 0 — 8528 59 900 0

8528 72, 8528 73 000 0

15.

Choʻgʻlanma yoki gaz razryadli elektr lampalar, shu jumladan yorugʻligi yoʻnalishli, germetik lampalar, shuningdek ultrabinafsha yoki infraqizil lampalar; yoyli lampalar; yorugʻlik chiqaruvchi diod (LED) yorugʻlik manbalari

8539 10 000

8539 21 300 9 — 8539 22 900 0

8539 29 300 9 — 8539 50 000 0

16.

Yorugʻlik chiqaruvchi diodlar (LED), shu jumladan lazer diodlari

8541 40 100 0

17.

Lampalar (lustralar) va boshqa yoritish uskunalari, boshqalar

9405 10 400 9

18.

Choʻgʻlanma lampalar bilan ishlatishga moʻljallangan priborlar, boshqalar

9405 40 910 9

(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3012-son qarorida:
a) 1 va 3-bandlar hamda 1, 3, 4, va 4a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son; 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)