toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kioto protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ekologik hamda energiyani tejaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni faollashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli Konvensiyasining Kioto Protokolini ratifikatsiya qilgani, unga muvofiq Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida respublika zararli chiqindilar chiqarishni cheklash va qisqartirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, chet mamlakatlar va kompaniyalarning investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb eta olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyati 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengash zimmasiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatilsin:
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmidan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
milliy darajada Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha loyihalarni tanlash va ma’qullash qoidalari hamda tartiblarini tasdiqlash;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan ekspertizalar natijalariga ko‘ra milliy darajada Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha loyihalarni ma’qullash;
Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha loyihalar qatnashchilari o‘rtasida chiqindilar chiqarish qisqartirilishini sotib olish to‘g‘risidagi Bitimlar loyihalarini ma’qullash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va texnologik manfaatlarini hisobga olgan holda Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun tayyorlash va tanlab olish, ular bo‘yicha tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida amalga oshirish uchun taqdim etiladigan loyihalarning Kioto Protokolining 12-moddasida belgilangan shartlar va tartib-qoidalarga, xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, shuningdek barqaror rivojlanishning xalqaro va milliy mezonlariga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha amalga oshirish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini ma’qullash uchun Idoralararo kengashga kiritish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha investitsiya loyihalarini Idoralararo kengash ma’qullaganidan so‘ng BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyati huzuridagi Musaffo rivojlanish mexanizmining Ijro etuvchi Kengashiga taqdim etish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshiruvchi xorijiy sheriklarning foydasi O‘zbekiston Respublikasi hududida foyda solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
5. Belgilab qo‘yilsinki, Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining loyiha-texnik hujjatlari Kioto Protokoli talablariga muvofiq:
shunday loyihalar uchun Musaffo rivojlanish mexanizmi Ijro etuvchi Kengashi tomonidan joriy etilgan yagona formatga qat’iy muvofiq ishlab chiqiladi;
Musaffo rivojlanish mexanizmi Vakolatli tezkor organi tomonidan validatsiya (loyihani tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror) qilinishi va Ijro etuvchi kengashi tomonidan ro‘yxatga olinishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy organini BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyatida belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-avgustdagi PF-5168-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 917-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash borasida O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-dekabr,
PQ-525-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga
1-ILOVA
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash
TARKIBI

1.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Idoralararo kengash rahbari

2.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri, Idoralararo kengash rahbari o‘rinbosari

3.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Idoralararo kengash rahbari o‘rinbosari

4.

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri o‘rinbosari

5.

I.Y. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

Sh.S. Xidoyatov

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

7.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

A.B. Voitov

qishloq xo‘jaligi vaziri

9.

N.N. Oblomurodov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

10.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori

11.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

12.

F.M. Abduraxmanov

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

13.

M.R. Abdullayev

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

14.

N.T. Agzamov

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

15.

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

16.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

17.

D.E. Mannonov

“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi

18.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Idoralararo kengash kotibiyati rahbari

Izoh: Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga
2-ILOVA
Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati
TARKIBI

1.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Kotibiyat rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

3.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i

6.

Lavozimi bo‘yicha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i

7.

Lavozimi bo‘yicha

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i

8.

Lavozimi bo‘yicha

Gidrometeorologiya xizmati markazi boshqarma boshlig‘i

Izoh: Kotibiyat a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 711-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 917-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)