|
Yoʻnalish nomi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Xususiy sektorga oʻtkaziladigan sana |
Masʼul tashkilot | |
|
1. |
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash |
1. Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash huquqi beriladi. 2. Kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi. 3. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi. 4. Kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. |
2021-yil 1-apreldan boshlab |
Kadastr agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. |
Avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish |
1. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylar dislokatsiyasi “E-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilinishi hamda mazkur joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion savdolari orqali cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi. 2. Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun mazkur dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 3. Elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari dasturiy-texnik vositalarini belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda oʻrnatadi. 4. Oʻrnatilgan dasturiy-texnik vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi. 5. Mazkur dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi. |
2021-yil 1-martdan boshlab |
Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
|
3. |
Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (tramvay va trolleybusdan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish |
1. Tadbirkorlik subyektlari zamonaviy avtodromlarni tashkil etadi va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlaydi. 2. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish va baholash inson omilisiz, toʻliq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida oʻtkaziladi. 3. Imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 4. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi va uning barcha zarur rekvizitlari davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi. |
2021-yil 1-apreldan boshlab |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi |
|
4. |
Avtomobil yoʻllarida avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishini tashkil etish |
1. Ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi hamda cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi. 2. Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 3. Elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari statsionar shoxobchalarni belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda oʻrnatadi. 4. Oʻrnatilgan statsionar shoxobchalar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi. 5. Mazkur statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi. |
2021-yil 1-martdan boshlab |
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi |
|
5. |
Davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etish |
1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish Adliya vazirligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi. 2. Agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini tegishli davlat xizmatini koʻrsatish tizimiga ulash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va jarayonni monitoring qilish mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 3. Adliya vazirligi agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi. 4. Fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali oʻziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi. 5. Agent xizmatlari uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. |
2021-yil 1-martdan boshlab |
Adliya vazirligi |
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarini bajarish |
1. Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxati, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 2. Mazkur funksiyalar davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini oʻrganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida oʻtkaziladi. |
2021-yil 1-iyundan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
T/r |
Hudud nomi |
Intellektual videokameralar soni |
Statsionar radarlar soni |
|
Respublika boʻyicha jami: |
3 356 |
763 | |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |||
|
Jami: |
100 |
97 | |
|
1. |
Nukus shahri |
31 |
20 |
|
2. |
Amudaryo tumani |
5 |
8 |
|
3. |
Beruniy tumani |
10 |
8 |
|
4. |
Qonlikoʻl tumani |
3 |
3 |
|
5. |
Qoraoʻzak tumani |
3 |
8 |
|
6. |
Kegeyli tumani |
3 |
6 |
|
7. |
Qoʻngʻirot tumani |
6 |
7 |
|
8. |
Moʻynoq tumani |
4 |
2 |
|
9. |
Nukus tumani |
1 |
4 |
|
10. |
Taxtakoʻpir tumani |
4 |
2 |
|
11. |
Toʻrtkoʻl tumani |
7 |
8 |
|
12. |
Xoʻjayli tumani |
6 |
6 |
|
13. |
Chimboy tumani |
4 |
7 |
|
14. |
Shumanay tumani |
3 |
3 |
|
15. |
Taxiatosh tumani |
4 |
|
|
16. |
Ellikqalʼa tumani |
6 |
5 |
|
Andijon viloyati | |||
|
Jami: |
106 |
75 | |
|
17. |
Andijon shahri |
15 | |
|
18. |
Xonobod shahri |
30 |
10 |
|
19. |
Andijon tumani |
6 |
6 |
|
20. |
Asaka tumani |
13 |
5 |
|
21. |
Baliqchi tumani |
6 |
|
|
22. |
Boʻston tumani |
2 |
4 |
|
23. |
Buloqboshi tumani |
2 |
3 |
|
24. |
Jalaquduq tumani |
3 |
3 |
|
25. |
Izboskan tumani |
2 |
2 |
|
26. |
Marhamat tumani |
3 |
3 |
|
27. |
Oltinkoʻl tumani |
10 |
8 |
|
28. |
Paxtaobod tumani |
4 |
3 |
|
29. |
Xoʻjaobod tumani |
6 |
5 |
|
30. |
Ulugʻnor tumani |
4 |
3 |
|
31. |
Qoʻrgʻontepa tumani |
2 |
2 |
|
32. |
Asaka shahri |
5 |
2 |
|
33. |
Shahrixon tumani |
8 |
1 |
|
Buxoro viloyati | |||
|
Jami: |
103 |
50 | |
|
34. |
Buxoro shahri |
54 |
15 |
|
35. |
Kogon shahri |
4 |
4 |
|
36. |
Buxoro tumani |
1 |
4 |
|
37. |
Vobkent tumani |
6 |
5 |
|
38. |
Jondor tumani |
4 |
2 |
|
39. |
Kogon tumani |
5 |
2 |
|
40. |
Peshkoʻ tumani |
3 |
2 |
|
41. |
Olot tumani |
2 |
3 |
|
42. |
Romitan tumani |
6 |
5 |
|
43. |
Qorakoʻl tumani |
3 |
2 |
|
44. |
Shofirkon tumani |
5 |
5 |
|
45. |
Gʻijduvon tumani |
10 |
1 |
|
Jizzax viloyati | |||
|
Jami: |
76 |
35 | |
|
46. |
Baxmal tumani |
4 |
2 |
|
47. |
Gʻallaorol tumani |
5 |
5 |
|
48. |
Doʻstlik tumani |
1 |
1 |
|
49. |
Sh. Rashidov tumani |
13 |
5 |
|
50. |
Zomin tumani |
4 |
2 |
|
51. |
Zarbdor tumani |
1 |
3 |
|
52. |
Zafarobod tumani |
4 |
2 |
|
53. |
Mirzachoʻl tumani |
4 |
2 |
|
54. |
Paxtakor tumani |
2 |
3 |
|
55. |
Forish tumani |
1 |
1 |
|
56. |
Jizzax shahri |
34 |
9 |
|
57. |
Yangiobod tumani |
2 |
|
|
58. |
Arnasoy tumani |
1 |
|
|
Qashqadaryo viloyati | |||
|
Jami: |
117 |
115 | |
|
59. |
Qarshi shahri |
42 |
8 |
|
60. |
Shahrisabz shahri |
8 |
1 |
|
61. |
Gʻuzor tumani |
4 |
12 |
|
62. |
Dehqonobod tumani |
3 |
9 |
|
63. |
Kasbi tumani |
5 |
12 |
|
64. |
Kitob tumani |
4 |
5 |
|
65. |
Koson tumani |
5 |
6 |
|
66. |
Qamashi tumani |
4 |
10 |
|
67. |
Qarshi tuman |
8 |
11 |
|
68. |
Mirishkor tumani |
4 |
2 |
|
69. |
Muborak tumani |
4 |
1 |
|
70. |
Nishon tumani |
4 |
1 |
|
71. |
Chiroqchi tumani |
8 |
16 |
|
72. |
Shahrisabz tumani |
8 |
4 |
|
73. |
Yakkabogʻ tumani |
6 |
17 |
|
Navoiy viloyati | |||
|
Jami: |
20 |
12 | |
|
74. |
Karmana tumani |
3 |
3 |
|
75. |
Konimex tumani |
4 |
1 |
|
76. |
Qiziltepa tumani |
1 |
3 |
|
77. |
Navbahor tumani |
1 |
3 |
|
78. |
Xatirchi tumani |
2 |
2 |
|
79. |
Navoiy shahri |
8 |
|
|
80. |
Uchquduq tumani |
1 |
|
|
Namangan viloyati | |||
|
Jami: |
41 |
26 | |
|
81. |
Namangan shahri |
11 |
6 |
|
82. |
Kosonsoy tumani |
1 |
1 |
|
83. |
Mingbuloq tumani |
3 |
2 |
|
84. |
Namangan tumani |
3 |
2 |
|
85. |
Norin tumani |
2 |
1 |
|
86. |
Pop tumani |
3 |
2 |
|
87. |
Toʻraqoʻrgʻon tuman |
4 |
2 |
|
88. |
Uychi tumani |
2 |
2 |
|
89. |
Uchqoʻrgʻon tumani |
3 |
2 |
|
90. |
Chortoq tumani |
2 |
2 |
|
91. |
Chust tumani |
4 |
2 |
|
92. |
Yangiqoʻrgʻon tumani |
3 |
2 |
|
Samarqand viloyati | |||
|
Jami: |
103 |
27 | |
|
93. |
Samarqand shahri |
63 |
1 |
|
94. |
Bulungʻur tumani |
3 |
1 |
|
95. |
Jomboy tuman |
3 |
2 |
|
96. |
Ishtixon tumani |
2 |
1 |
|
97. |
Kattaqoʻrgʻon tuman |
6 |
2 |
|
98. |
Narpay tuman |
2 |
5 |
|
99. |
Oqdaryo tumani |
3 |
6 |
|
100. |
Pastdargʻom tuman |
5 |
2 |
|
101. |
Paxtachi tumani |
2 |
2 |
|
102. |
Samarqand tumani |
2 |
2 |
|
103. |
Toyloq tumani |
3 |
1 |
|
104. |
Urgut tumani |
3 |
2 |
|
105. |
Qoʻshrabod tumani |
2 |
|
|
106. |
Nurobod tumani |
1 |
|
|
107. |
Payariq tumani |
3 |
|
|
Sirdaryo viloyati | |||
|
Jami: |
58 |
30 | |
|
108. |
Boyovut tumani |
3 |
3 |
|
109. |
Guliston tumani |
4 |
2 |
|
110. |
Mirzaobod tumani |
4 |
4 |
|
111. |
Oqoltin tumani |
3 |
3 |
|
112. |
Sayxunobod tumani |
4 |
3 |
|
113. |
Sirdaryo tumani |
9 |
6 |
|
114. |
Xovos tumani |
1 |
2 |
|
115. |
Guliston shahri |
26 |
5 |
|
116. |
Yangiyer shahri |
2 |
2 |
|
117. |
Sardoba tumani |
1 |
|
|
118. |
Shirin tumani |
1 |
|
|
Surxondaryo viloyati | |||
|
Jami: |
56 |
24 | |
|
119. |
Termiz shahri |
8 |
5 |
|
120. |
Boysun tumani |
4 |
2 |
|
121. |
Denov tumani |
4 |
8 |
|
122. |
Oltinsoy tumani |
4 |
1 |
|
123. |
Sariosiyo tumani |
4 |
2 |
|
124. |
Uzun tumani |
4 |
1 |
|
125. |
Sherobod tumani |
4 |
2 |
|
126. |
Qiziriq tumani |
4 |
2 |
|
127. |
Bandixon tumani |
4 |
1 |
|
128. |
Jarqoʻrgʻon tumani |
8 |
|
|
129. |
Qumqoʻrgʻon tumani |
2 |
|
|
130. |
Termiz tumani |
1 |
|
|
131. |
Shoʻrchi tumani |
5 |
|
|
Toshkent viloyati | |||
|
Jami: |
90 |
92 | |
|
132. |
Bekobod tumani |
2 |
4 |
|
133. |
Boʻka tumani |
2 |
3 |
|
134. |
Boʻstonliq tumani |
3 |
8 |
|
135. |
Zangiota tumani |
4 |
3 |
|
136. |
Oqqoʻrgʻon tumani |
2 |
3 |
|
137. |
Oʻrtachirchiq tumani |
2 |
4 |
|
138. |
Qibray tumani |
14 |
7 |
|
139. |
Quyichirchiq tumani |
4 |
4 |
|
140. |
Nurafshon shahri |
2 |
3 |
|
141. |
Ohangaron shahri |
2 |
1 |
|
142. |
Ohangaron tumani |
1 |
13 |
|
143. |
Parkent tumani |
6 |
2 |
|
144. |
Piskent tumani |
1 |
5 |
|
145. |
Chinoz tumani |
4 |
8 |
|
146. |
Chirchiq shahri |
15 |
4 |
|
147. |
Yuqorichirchiq tumani |
7 |
14 |
|
148. |
Yangiyoʻl tumani |
1 |
6 |
|
149. |
Angren shahri |
7 |
|
|
150. |
Olmaliq shahri |
2 |
|
|
151. |
Yangiyoʻl shahri |
5 |
|
|
152. |
Toshkent tumani |
4 |
|
|
Fargʻona viloyati | |||
|
Jami: |
37 |
13 | |
|
153. |
Fargʻona shahri |
2 |
1 |
|
154. |
Margʻilon shahri |
2 |
|
|
155. |
Quvasoy shahri |
2 |
|
|
156. |
Qoʻqon shahri |
3 |
|
|
157. |
Bagʻdod tumani |
2 |
1 |
|
158. |
Beshariq tumani |
2 |
|
|
159. |
Buvayda tumani |
2 |
|
|
160. |
Dangʻara tumani |
1 |
1 |
|
161. |
Yozyovon tumani |
2 |
|
|
162. |
Oltiariq tumani |
1 |
2 |
|
163. |
Qoʻshtepa tumani |
1 |
|
|
164. |
Rishton tumani |
2 |
1 |
|
165. |
Soʻx tumani |
1 |
|
|
166. |
Toshloq tumani |
2 |
|
|
167. |
Uchkoʻprik tumani |
1 |
2 |
|
168. |
Fargʻona tumani |
2 |
1 |
|
169. |
Furqat tumani |
3 |
|
|
170. |
Oʻzbekiston tumani |
3 |
4 |
|
171. |
Quva tumani |
3 |
|
|
Xorazm viloyati | |||
|
Jami: |
32 |
10 | |
|
172. |
Bogʻot tumani |
4 |
2 |
|
173. |
Urganch tumani |
4 |
3 |
|
174. |
Urganch shahri |
4 |
|
|
175. |
Hazorasp tumani |
4 |
1 |
|
176. |
Xonqa tumani |
4 |
1 |
|
177. |
Xiva shahri |
4 |
1 |
|
178. |
Xiva tumani |
4 |
1 |
|
179. |
Shovot tumani |
4 |
1 |
|
Toshkent shahri | |||
|
Jami: |
2 417 |
157 | |
|
180. |
Bektemir tumani |
12 |
6 |
|
181. |
Mirobod tumani |
63 |
6 |
|
182. |
Mirzo Ulugʻbek tumani |
167 |
4 |
|
183. |
Sergeli tumani |
176 |
15 |
|
184. |
Olmazor tumani |
390 |
32 |
|
185. |
Uchtepa tumani |
184 |
12 |
|
186. |
Shayxontohur tumani |
363 |
32 |
|
187. |
Yashnobod tumani |
443 |
16 |
|
188. |
Chilonzor tumani |
260 |
16 |
|
189. |
Yunusobod tumani |
321 |
10 |
|
190. |
Yakkasaroy tumani |
38 |
8 |
|
T/r |
Avtomobil yoʻlining nomi |
Shoxobchalarning joylashuv manzili* |
Shoxobchalar soni |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
2 | ||
|
1. |
A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” |
753 km |
2 |
|
Andijon viloyati |
2 | ||
|
2. |
A373 “M39 avtoyoʻli — Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh” |
385 km |
2 |
|
Jizzax viloyati |
2 | ||
|
3. |
M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” |
1 018 km |
2 |
|
Qashqadaryo viloyati |
2 | ||
|
4. |
A378 “Samarqand — Gʻuzor” |
58 km |
2 |
|
Navoiy viloyati |
2 | ||
|
5. |
M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” |
147 km |
2 |
|
Toshkent viloyati |
2 | ||
|
6. |
M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” |
817 km |
2 |
|
Xorazm viloyati |
2 | ||
|
7. |
4R161 “Urganch sh. — Cholish q. — Beruniy sh.” |
11,5 km |
2 |
|
Jami: |
14 ta | ||
| T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro etish muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Normativ-huquqiy va metodologik bazani shakllantirish | ||||
| 1. | “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirokini cheklashning asosiy tamoyillarini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Qonun loyihasi | 2021-yil 15-mart | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| 2. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik va professional faoliyat subyektlarini oʻz-oʻzini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolikka qabul qilish va aʼzolikni tugatish shartlari va tartibi, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi va vakolatlari, shuningdek, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari; oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotining qoida va standartlarini qabul qilish, oshkor qilish tartibi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar; manfaatdor shaxslarga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal qilish tartibiga qoʻyiladigan talablar; oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotni oʻz aʼzolarining faoliyati ustidan nazorat qilish va oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot aʼzolariga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi; oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlarning mol-mulkini shakllantirish manbalari va oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot aʼzolarining oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilari va boshqa shaxslar oldida mulkiy javobgarligini taʼminlash usullari; oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar va davlat organlarining oʻzaro hamkorligi tartibi. | Qonun loyihasi | 2021-yil 1-iyul | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| 3. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” loyihasini ishlab chiqish: davlat funksiyalarini tanlab olish; bozor tayyorligini tahlil qilish; davlat funksiyalarini (autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqalar) xususiy sektorga oʻtkazish usullari va mexanizmlari; xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish; davlat funksiyalari oʻtkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-fevral | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| 4. | Fuqarolar yigʻinlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga boʻlgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar oʻrnatish sharti bilan, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berib, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
| II. Davlat organlari funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish kompleks mexanizmini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari | ||||
| Kadastr ishlarini bajarish sohasida | ||||
| 5. | Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-mart | Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov) |
| 6. | Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-mart | Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| 7. | Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-mart | Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
| 8. | Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash bilan bogʻliq barcha jarayonlarni Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali maʼlumot almashuvini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshirish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-mart | Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
| 9. | Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalari (roʻyxat raqami 2725, 2015-yil 22-oktabr) hamda Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) qayta koʻrib chiqish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2021-yil 1-fevral | Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash sohalarida | ||||
| 10. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibini ishlab chiqish. Bunda: maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish dasturiy-texnik vositalarini elektron auksion savdolari orqali oʻtkazish boʻyicha talablar; maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar va boshqa zarur shartlar nazarda tutiladi. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 20-fevral | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
| 11. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarga boʻlgan talablar; tadbirkorlik subyektlari ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar; ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali oʻtkazish boʻyicha talablar; fuqarolar tomonidan oʻrnatilgan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni faoliyat yuritish tartibi. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 20-fevral | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | “E-IJRO AUKSION” tizimida, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga olgan alohida veb-sahifani yaratish: maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi; mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-fevral | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat mulkini boshqarish agentligi (S. Bekenov) |
| 13. | Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 15-fevral | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
| 14. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishida, shuningdek, ularni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilishda axborot xavfsizligini taʼminlashning texnik shartlarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-fevral | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
| 15. | Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining taqsimlanish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 15-fevral | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida | ||||
| 16. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 408-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi; tadbirkorlik subyektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishga talablar; tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar; Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakili tomonidan imtihonlarni oʻtkazish jarayonining bevosita yoki onlayn nazoratini olib borish; nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar berish tartibi. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (U. Tashkentboyev), Davlat test markazi (M. Karimov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida | ||||
| 17. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: agentlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi; agentlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlariga tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibi; tadbirkorlik subyektlari tomonidan agentlik xizmatlari sifatida koʻrsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari roʻyxati. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 18. | Fuqarolar tomonidan agentlarni tanlab olish imkonini beradigan, shuningdek, agentlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini oʻz ichiga olgan yagona elektron reyestrini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 1-mart | Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev) |
| 19. | Agentlik xizmatlari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 1-fevral | Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash sohasida | ||||
| 20. | Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxatini, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 1-aprel | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 21. | Ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatni taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazilishi yuzasidan tahlillar oʻtkazish, samaradorligini oʻrganish va tegishli xulosalarni Moliya vazirligiga taqdim etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-aprel | Davlat organlari va tashkilotlari |
| 22. | Davlat organlari va tashkilotlari huzurida faoliyat yuritayotgan binolar va obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi davlat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shaklini qayta koʻrib chiqish va ularni toʻliq xususiylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil1-aprel | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| III. Xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||
| 23. | Xususiy sektorga oʻtkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokama qilish uchun elektron maydoncha yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil 15-mart | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
| 24. | Vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2021-yil 15-fevral | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| 25. | Davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmini joriy etishning asosiy jihatlarini tushuntirish maqsadida seminarlar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | Reja-jadvalga asosan | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 26. | Kichik va oʻrta biznes vakillari oʻrtasida davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning xususiy sektorga oʻtkazish yoki qisqartirish kerakligi yuzasidan maqsadli ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish va oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil reja-jadvalga asosan | “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
| 27. | Davlat organlarining funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmining mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tematik televizion dasturlar orqali keng yoritishni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), OʻzMTRK (A. Xodjayev) |