toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyun,
395-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qatʼi nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya oʻlchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning ijrochilari (keyingi oʻrinlarda — ishlar ijrochilari) — davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik quyidagi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar)ga nisbatan amalga oshiriladi:
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
yer shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish;
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish;
yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish;
sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar)ni yaratish;
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirish va yuritish;
umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid va boshqa mavzuli xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha ishlarni zarur geodeziya, kartografiya hamda gidrografiyaga doir ishlar, materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlash;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlar birligini va metrologiya nazoratini taʼminlash;
geografik obyektlarning nomlarini belgilash, meʼyorlashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish;
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
ushbu bandda nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan, natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geodeziya va kartografiyaga oid ishlar.
2-bob. Ekspertiza oʻtkazish tartibi
4. Ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
5. Kadastr agentligi tomonidan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) quyidagi talablari asosida ekspertizadan oʻtkaziladi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida;
geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar haqidagi texnik hisobotlar asosida oʻtkaziladi.
6. Kadastr agentligi ekspertizani toʻliq va sifatli oʻtkazish uchun javobgardir.
7. Kadastr agentligi ekspertizani oʻtkazishga oʻzining idoraviy mansub tashkilotlari mutaxassislarini jalb qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ishlar ijrochilari umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni yakunlaganidan keyin bir oy ichida tegishli materiallar (maʼlumotlar)ni va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga (keyingi oʻrinlarda — davlat kartografiya-geodeziya fondi) taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
9. Davlat kartografiya-geodeziya fondi tegishli materiallar (maʼlumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni qabul qilib olgandan keyin bir ish kunida ekspertizadan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga taqdim etadi.
10. Kadastr agentligi oʻn besh ish kundan oshmagan muddatda ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablar boʻyicha Davlat kartografiya-geodeziya fondi tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar (maʼlumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni ekspertizadan oʻtkazadi.
11. Kadastr agentligi ekspertiza natijalari boʻyicha ijobiy xulosalarni “Ishlar ijrochilarining elektron reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) joylashtiradi va ishlar ijrochilarini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
12. Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
ishlar ijrochilarining toʻliq nomi;
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar);
ish obyektining nomi;
buyurtmachining toʻliq nomi;
ishlarni bajarish maqsadlari (texnik loyiha (ishlar dasturi) toʻgʻrisida ekspertizadan oʻtkazilgan qaror raqami);
ish obyektining smeta bahosi, masshtabi, joylashuvi, hajmi, bajarish asoslari, texnologiyasi;
bajarilgan ishlarning toifalanganligi (grifi).
13. Reyestr mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron koʻrinishda yuritiladi.
14. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlardan ochiq foydalanish mumkin.
15. Reyestr Kadastr agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
16. Ekspertizaga taqdim etilgan materiallar (maʼlumotlar) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga texnik loyihalar (dasturlar) talablariga, shuningdek, bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi hisobotlar mazmuniga nomuvofiq boʻlsa, salbiy ekspert xulosasi tuziladi.
Salbiy ekspert xulosasining nusxasi ekspertiza yakuniga yetganidan keyin uch ish kuni mobaynida Kadastr agentligi tomonidan ishlar ijrochilariga yuboriladi.
Materiallar (maʼlumotlar), texnik loyiha va bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi hisobot salbiy ekspert xulosasining nusxasi bilan birga Kadastr agentligi tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondiga qaytariladi.
17. Ekspert xulosada belgilangan kamchiliklar bartaraf etilib, oʻn besh kun ichida belgilangan tartibda Kadastr agentligiga murojaat qilinadi.
Materiallarning (maʼlumotlarning) takroriy ekspertizasi ushbu Nizomning 8 — 11-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
3-bob. Nizolarni hal qilish
18. Nizoli masalalar mavjud boʻlganda, ekspertizani oʻtkazgan Kadastr agentligi faoliyati ustidan shikoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nizoli masalalarni 15 ish kunigacha hal qilish choralarini koʻradi hamda zarur hollarda ushbu maqsad uchun maxsus shakllantirilgan mustaqil komissiya tekshiruvini tayinlaydi.
Bunda komissiya tarkibiga boshqa vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishlar ijrochilari

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlarining barcha yakuniy va oraliq natijalari hamda bajarilgan geodeziya va kartografiya ishlari haqidagi hisobotni Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga taqdim etadi.

Geodeziya va kartografiya ishlari tugatilgandan keyin 1 oy ichida

2-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondi

Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) Kadastr agentligiga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadi.

1 ish kunida

3-bosqich

Kadastr agentligi

1. Taqdim etilgan materiallar (maʼlumotlar) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyihalar (dasturlar) talablariga, shuningdek, bajarilgan geodeziya va kartografiya ishlari haqidagi hisobotlar mazmuniga qanchalik muvofiqligini aniqlaydi.

2. Kadastr agentligi ekspertiza natijalari boʻyicha ijobiy xulosalarni “Ishlar ijrochilarining elektron reyestri”ga joylashtiradi va ishlar ijrochilarini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.

15 ish kunida

4-bosqich

Kadastr agentligi

Materiallar (maʼlumotlar) yuzasidan salbiy ekspert xulosa olinganda, ekspert xulosani tizim orqali belgilangan tartibda ishlar ijrochilariga yuboradi.

3 ish kunida

5-bosqich

Kadastr agentligi

Materiallar (maʼlumotlar) va ular yuzasidagi salbiy ekspert xulosa nusxasini davlat kartografiya-geodeziya fondiga belgilagan tartibda qaytaradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Kadastr agentligi

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar)ning reyestrini yuritadi.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Ishlar ijrochilari

Materiallarni (maʼlumotlarni) takroriy ekspertizadan oʻtkazishda ekspert xulosada belgilangan kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu sxemaning 1-bosqichida belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Salbiy ekspert xulosa olingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida

Izoh. Materiallar (maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi yakuniy ekspert xulosa maxfiy yoki xizmat doirasi grifiga mansub maʼlumotlar boʻlganda, Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda ishlar ijrochilariga maʼlum qilinadi.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid)ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar)
REYESTRI
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)

Reyestrning tartib raqami

Ishlar ijrochisining toʻliq nomi

Ish obyektining nomi

Buyurtmachining toʻliq nomi

Ishlarni bajarish maqsadlari (texnik loyiha (ishlar dasturi) toʻgʻrisida ekspertizadan oʻtkazilgan qaror raqami)

Ish obyektining smeta bahosi

Ish obyektining masshtabi

Ish obyektining joylashuvi

Ishlarni bajarish asoslari

Ishlarning bajarish texnologiyasi

Obyektda ishlarni bajarish muddatlari

Bajarilgan ish obyektining hajmi

Geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar)

Bajarilgan ishlarning toifalanganligi (grifi)

Izoh

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga
2-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
malaka imtihoni — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassisga qoʻyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Geodeziya nazorati boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Geodeziya nazorati boshqarmasi) tomonidan oʻtkaziladigan imtihon;
malaka oshirish — tegishli oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
malaka oshirish tashkiloti — malaka oshirish kurslarini tashkil etadigan Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji;
malaka sertifikati — talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat;
malaka sertifikatiga ega shaxs — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanish uchun maxsus malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
maxsus vakolatli organ — geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida malaka imtihonlarini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish huquqiga ega boʻlgan Kadastr agentligi;
talabgor — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
tinglovchi — tuzilgan shartnomaga muvofiq malaka oshirish kursiga qabul qilingan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi mutaxassislar;
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning kasbiy malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlarining nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat.
3. Malaka oshirish tashkilotida tashkil etiladigan oʻquv kurslari tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
4. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni, qoidaga koʻra, 20 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.
Bunda auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi
6. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni malaka oshirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi hamda mashgʻulotlar jadvali boʻyicha olib boriladi.
7. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar malaka oshirish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Malaka oshirish kurslarida qatnashish uchun onlayn tarzda yoki bevosita malaka oshirish tashkilotiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat maʼlumotlari;
Bunda hujjatlar onlayn tarzda malaka oshirish tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti yoki maxsus elektron dasturlar orqali topshiriladi.
Tinglovchilarning pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat maʼlumotlari, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, fotosurati, shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
9. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilar ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan malaka oshirish tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
10. Malaka oshirish kursi davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmasligi lozim.
Davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslaridan oʻtgan shaxslarga malaka oshirish kurslaridan oʻtgandan keyin bir yilgacha malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini topshirish huquqi beriladi.
11. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxs geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari bilan mehnat shartnomasi asosida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
12. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar faoliyat boshlashi haqidagi xabarnomani avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali yuborishda malaka sertifikatiga ega shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining elektron nusxasi va malaka sertifikatining seriya raqamini Geodeziya nazorati boshqarmasiga taqdim etadi.
3-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Kadastr agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
malaka oshirish kursida oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Talabgorlarning pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat maʼlumotlari, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari yoki xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi yoxud geodeziya va kartografiya sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
14. Talabgor taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
15. Mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Kadastr agentligiga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.
16. Kadastr agentligi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
17. Kadastr agentligi quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
talabgor malaka oshirish kursida oʻqimagan boʻlsa;
talabgor taqdim qilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda.
Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda, Kadastr agentligi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgorga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
19. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni 5 ish kuni ichida bartaraf etishi va qayta ariza berishi mumkin.
20. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganda, talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi va roʻyxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin Kadastr agentligiga topshiriladi.
21. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.
22. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati hamda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot uni oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay, Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
23. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin kamida ikki oyda bir marotaba oʻtkazilishi lozim.
24. Malaka imtihoni savollari test koʻrinishida imtihon ish reglamenti Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
25. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
26. Talabgor pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda imtihonga qoʻyilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi.
27. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali navbatdagi malaka imtihoni kuniga qadar uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
28. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilingandan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunday hollarda talabgor malaka imtihonidan oʻtish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.
29. Malaka imtihoni test sinovi orqali kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida oʻtkaziladi.
30. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi.
31. Test savollari va ularning javoblari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasining takliflarini hisobga olgan holda geodeziya va kartografiya sohasida malaka oshirish dasturi va rejasi asosida Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi.
32. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda test savollari yangilab boriladi.
33. Test sinovi geodeziya va kartografiya yoʻnalishi boʻyicha 50 ta savoldan iborat boʻladi.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun bir soat vaqt beriladi.
34. Test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalarini olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari oʻtkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi.
35. Malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Geodeziya nazorati boshqarmasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
36. Malaka imtihoni natijalari qayd etilgan bayonnoma Kadastr agentligi arxivida 3 yil muddatda saqlanadi.
37. Malaka imtihoni natijalari bayonnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
38. Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 80 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblanadi.
39. Toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 80 foizdan past boʻlgan talabgor malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi.
40. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar malaka imtihonini takroran topshirish huquqiga ega va ikki oydan soʻng qayta topshirishga ruxsat beriladi.
41. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka sertifikati beriladi.
42. Malaka sertifikati yoki uning dublikati Kadastr agentligi tomonidan bepul beriladi.
43. Malaka imtihoni natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, malaka imtihoni masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi hamda Kadastr agentligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish tartibi
44. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etilishi lozim.
45. Davlat soliq qoʻmitasi 5 ish kuni ichida apellyatsiyani koʻrib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingan kunda yozma ravishda xabar beradi.
46. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
47. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiyada koʻrsatilgan asoslar oʻz tasdigʻini topmagan hollarda qabul qilinadi.
48. Davlat soliq qoʻmitasi qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
5-bob. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
49. Malaka sertifikati talabgorning fotosurati aks ettirilgan qatʼiy hisobda turadigan blankada mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida faoliyat olib borish uchun amal qiladi.
50. Malaka sertifikatining blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va Malaka sertifikati QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron shaklda Kadastr agentligi tomonidan shakllantirib, talabgorning xohishiga koʻra qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
51. Kadastr agentligi tomonidan bayonnoma tuzilgandan soʻng uch ish kuni ichida kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassisligi boʻyicha malaka sertifikati rasmiylashtirilib, malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestriga tegishli belgi qoʻyilgan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda talabgorga taqdim etiladi.
52. Agar talabgor malaka sertifikati rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy ichida uni olishdan yozma ravishda bosh tortsa, Kadastr agentligi mazkur sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
6-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
53. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxsning familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab bir oy ichida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
54. Malaka sertifikati geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiriladi.
55. Yangi blankada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka sertifikatining raqami qayd qilinadi.
56. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxsning arizasiga koʻra, yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan malaka sertifikati oʻrniga Kadastr agentligi tomonidan uning dublikati beriladi.
57. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami yoziladi va yangi blankaning yuqoridagi oʻng burchagiga “Dublikat” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
58. Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Kadastr agentligiga qaytariladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
7-bob. Malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
59. Malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq Kadastr agentligining tegishli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
60. Quyidagilar malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladi:
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish haqidagi sud qarori;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari tomonidan malaka oshirish dasturi boʻyicha besh yilda kamida bir marta malaka oshirish talabining bajarilmasligi.
61. Quyidagilar malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:
malaka sertifikatiga ega boʻlgan geodeziya va kartografiya mutaxassisi tomonidan oʻz malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasini Kadastr agentligiga taqdim etsa;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan geodeziya va kartografiya mutaxassisi tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirishda geodeziya va kartografiya faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablarini buzishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishda ularning texnik loyihalarini (ishlar dasturini) tuzish, texnik hisobotlarni rasmiylashtirish, shuningdek, ularni texnik hisobga qoʻyishda ruxsat berish qarorlari ishlarini amalga oshirishda notoʻgʻri xulosa (maʼlumot) berish.
62. Malaka sertifikatining amal qilishi uni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi va tugatiladi.
63. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari tomonidan oʻz malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasini Kadastr agentligiga taqdim etganda;
Kadastr agentligining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
sud qarori bilan tasdiqlangan, geodeziya yoki kartografiya ishlarining sifatsiz bajarilishi bilan bogʻliq sertifikatlangan mutaxassis-geodezist, topograf, kartograf tomonidan yetkazilgan zarar haqidagi maʼlumotlar malaka komissiyasiga yuborilganda;
fuqaro (sertifikatlangan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud qarori kuchga kirgan taqdirda;
fuqaro (sertifikatlangan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder) vafot etganda.
64. Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
65. Malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
66. Malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida uning nusxasi tegishli geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga yuboriladi.
67. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzining sertifikatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish, shuningdek, malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzining sertifikatini saqlash uchun Kadastr agentligiga qaytarishi lozim.
68. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-bob. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestrini yuritish
69. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestriga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi;
tugʻilgan sanasi va joyi;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassisning ish joyi va lavozimi;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis bilan muloqot qilish uchun ishlatiladigan telefon raqami, pochta manzili (elektron pochta manzili);
malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassisning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis tugatgan taʼlim muassasasi nomi;
malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi Kadastr agentligi qarorining sanasi va raqami;
malaka sertifikatini berish sanasi va raqami;
malaka oshirish haqidagi maʼlumot;
faoliyatni tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida maʼlumot (malaka sertifikatini bekor qilish sanasi va asosi).
70. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestrining shakli Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
71. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestridagi mavjud boʻlgan maʼlumotlar ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar hisoblanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan istalgan manfaatdor shaxslarning soʻroviga koʻra belgilangan tartibda taqdim etilishi hamda ulardan ochiq foydalanilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Malaka sertifikatiga ega boʻlgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestri Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
72. Ushbu Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
73. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tinglovchi

Malaka oshirish kursida qatnashish uchun Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kollejiga (malaka oshirish tashkilotiga) zarur hujjatlarni malaka oshirish tashkilotining veb-sahifasi yoki maxsus elektron dastur orqali yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Malaka oshirish tashkiloti

1. Tinglovchi bilan shartnoma tuzadi.

2. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonini malaka oshirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etadi.

1. Tinglovchi bilan kelishgan holda

2. Shartnoma tuzgandan soʻng

3-bosqich

Tinglovchi

1. Malaka oshirish kurslariga ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan malaka oshirish tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.

2. Davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslaridan oʻtadi.

1. Shartnoma tuzgandan soʻng

2. Malaka oshirish kursi davomida

4-bosqich

Talabgor

Malaka imtihonini topshirish uchun Kadastr agentligiga zarur hujjatlarni shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali ariza asosida topshiradi.

Malaka oshirish kursidan keyin oʻz xohishiga koʻra

5-bosqich

Kadastr agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va toʻgʻriligini oʻrganadi hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

2. Imtihon oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.

3. Malaka imtihonini oʻtkazadi.

4. Test sinovi natijalari boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi va eʼlon qiladi.

3 ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligi

Malaka sertifikatini rasmiylashtiradi, reyestrga tegishli belgi qoʻygan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda talabgorga taqdim etadi.

3 ish kuni ichida

Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat soliq qoʻmitasi
‎huzuridagi
‎ Kadastr agentligi direktoriga
______________________________
‎ (yashash manzili)
‎_____________________ da yashovchi ___________________________ dan
‎ (ariza beruvchi F.I.O.) ______________________________
‎ (aloqa telefoni) ______________________________
‎(elektron manzili)
‎‎‎

Ariza‎

Menga kartograf (geodezist, topograf, kadastr-muhandis, marksheyder), malaka sertifikatini olish uchun

‎‎topshirishga/dublikatini berishga*/ qayta rasmiylashtirishga** ruxsat berishingizni soʻrayman.

‎‎Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
‎ 1. ____________________________________________________________________________________
‎ 2. ____________________________________________________________________________________
‎ 3. ____________________________________________________________________________________
‎ 4. ____________________________________________________________________________________
‎ 5. ____________________________________________________________________________________
‎‎20___ yil “___” __________ ‎‎
‎‎‎

_____________
‎(imzo)
‎‎‎

*Dublikat — yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan malaka sertifikati oʻrniga.
*‎‎*Qayta rasmiylashtirish — jismoniy shaxsning familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi oʻzgargan taqdirda.
Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining
‎ Davlat gerbi tasviri

‎‎
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi
‎ Kadastr agentligi
‎‎‎‎‎

_______________‎‎_________________________________________________
‎ (Geodeziya yoki kartografiya faoliyati mutaxassisining) ‎

‎‎Rasm
uchun joy‎

‎‎MALAKA SERTIFIKATI‎
_________ -son

‎‎20__ yil “___” ___________

‎‎Kartograf (geodezist, topograf, marksheyder) malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq

‎‎qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan

_________________________________‎‎_________________________________________________________ ga
‎(malaka sertifikatini olgan shaxsning F.I.O.)‎‎‎

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎ (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ‎

‎‎Kadastr agentligining 20__ yil “___” ____________ dagi qaroriga asosan kartograf (geodezist, topograf, marksheyder) malaka sertifikati berildi.

‎‎___________________________________ (vakolatli shaxsning F.I.O.) ‎

‎‎_________________ (imzo) ‎

‎‎M.Oʻ.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 16-fevraldagi 69-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 7-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2021-y., 09/21/395/0604-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)