toggle_night_mode
Hujjat 26.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:
vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, tizimi, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari asosiy vazifalari va funksiyalari;
vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi;
vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;
vazirlik faoliyatini tashkil etish tartibi, Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
jamgʻarmaning maqomi (jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi);
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va tushgan mablagʻlarni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash;
jamgʻarma mablagʻlaridan har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish hamda ushbu mablagʻlardan foydalanish maqsadlari;
jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirish tartibi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari hamda uni undirish tartibini belgilash;
turistik (mehmonxona) yigʻim undiriladigan shaxslar toifasini belgilash;
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish tartibini belgilash;
jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamgʻarib boriladigan maxsus hisobvaraqlar ochish;
turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobvaragʻiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari tomonidan penya toʻlash miqdori va tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Turizm va sport vazirligining barcha huquq, majburiyat va shartnomalarining turizm va madaniy meros qismi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlikning Komplayens nazorati va ichki audit xizmati boshligʻi mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Vazirlikning boshqarma boshligʻiga tenglashtiriladi.
3. Turizm va madaniy meros vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻgʻrisidagi nizom asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarining nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-avgust,
475-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Vazirlik turizm va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, qisqartirilgan nomi — Turizm va madaniy meros vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of tourism and cultural heritage of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of tourism and cultural heritage.
8. Vazirlikning joylashgan yeri (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 107 b-uy.
2-bob. Vazirlikning tizimi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari;
Madaniy meros agentligi;
“Milliy PR-markazi” DUK;
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK;
“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK;
“Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK;
Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari boʻyicha loyihalashtirish instituti;
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi;
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” DUK;
“Ipak yoʻli ofisi” UK;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
Vazirlik oʻz faoliyati doirasida akkreditatsiya qilingan tashkilotlarni tashkil etishga haqli.
3-bob. Vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakatning turizm imijini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan turizm obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, tadbirkorlar faolligini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish;
turizm va moddiy madaniy meros sohalari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, turizm faoliyati va moddiy madaniy meros subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish, turizm va moddiy madaniy meros sohalarida tarmoq ilm-fanini rivojlantirishga koʻmaklashish;
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni taʼminlash;
respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish;
turizm xizmatlarini tashkil qilishda, turizm obyektlarida, ovqatlanish joylarida, respublika hududi boʻylab harakatlanish vaqtida, tashriflarni tashkil etishda turistlar xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan turizm xizmatlarini koʻrsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli oʻrmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;
suv omborlari va oʻrmon xoʻjaliklarida turizm turlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining ijrosini monitoring qilish;
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qilish;
turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, birinchi navbatda, BMTning Jahon turizm tashkiloti, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, davlat nazoratini amalga oshirish, YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar hujjatlarining normalari va tavsiyalarini implementatsiya qilish, tarixiy-madaniy hududlarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
moddiy madaniy merosni saqlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarining, shu jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish, shuningdek, ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatlarni rasmiylashtirish;
chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni tashkil qilish.
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) turizmni yanada rivojlantirish sohasida:
1) turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish yuzasidan;
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizm sohasini barqaror rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
xalqaro miqyosda va respublikada turizm rivojlanishining asosiy tendensiyalarini oʻrganadi va tahlil qiladi hamda uning asosida turizm turlarini koʻpaytirish hamda turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiyalashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
turizm sohasidagi davlat dasturlarining amalga oshirilishini, shuningdek sohada iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarning olib borilishini tizimli tahlil qilishni, oʻtgan davr bilan qiyosiy oʻrganish va istiqbolni belgilashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xilma-xil hamda yilning turli fasllarida jozibador va raqobatbardosh yangi turizm mahsulotlarini yaratish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
turizm sohasining turli yoʻnalish va turlarining rivojlanish tendensiyalari boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, shuningdek, turizm turlari va infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mavjud turizm salohiyati, turizm xizmatlari bozorining hamda turizm sohasidagi infratuzilmalar holatini tizimli asosda tahlil qiladi, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro standartlarni oʻrganadi;
davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
2) turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakatning turizm imijini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
turistlar oqimining salohiyatli va istiqbolli bozorlarini oʻrganadi, turizm sohasida reklama-axborot siyosatini olib borishning samarali uslub va mexanizmlarini belgilaydi, uning natijalariga koʻra tegishli kompleks choralar koʻradi;
mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilish samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy turistlar nimani afzal koʻrishini oʻrganish va talab yuqori boʻlgan turizm mahsulotlarini aniqlashga qaratilgan marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida taqdim etishga koʻmaklashadi;
turizm faoliyati subyektlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xalqaro turizm bozorlarida mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar ishtirokida axborot turlari (infoturlar)ni tashkil etadi;
turistlarning maqsadli toifalari orasida turizm zonalarining salohiyatini targʻib qilish boʻyicha marketing ishlarini olib boradi;
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qiladi;
3) turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan turizm obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yoʻnalishlari boʻylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarni oʻrganish asosida turizm zonalari va klasterlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etadi;
turizm zonalarining samarali boshqaruvini tashkil qilish choralarini koʻradi;
turizm zonalari hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismi yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va mazkur yoʻnalishda davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qiladi;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun taqdim etilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
turizm obyektlari, ayniqsa moddiy madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;
4) mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan:
turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini tahlil qilishni inobatga olgan holda turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarini belgilashda ishtirok etadi;
davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, turistik faoliyat subyektlari tomonidan turizm sohasida yagona davlat siyosatining amaliy ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv mexanizmlari hamda tuzilmasini tashkiliy-huquqiy takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish masalalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
5) turizm faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari ochilishini taʼminlash, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish yuzasidan:
turizm sohasidagi tashkilotlar, shuningdek, davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan, ularning turizm sohasidagi ishlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlarining ishlab chiqilishini hamda ularning ichki va tashqi turizm bozorlarida targʻib qilinishini taʼminlaydi;
turizm faoliyatining belgilangan standartlariga muvofiq turizm yoʻnalishlarini pasportlashtirishni amalga oshiradi;
turoperatorlar va turagentlar, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar, shuningdek, turizm yoʻnalishlari va turizm obyektlarining yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi;
davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga turizm sohasini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan birgalikda rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
6) turistlar xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:
turizm xizmatlari sifati va xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish uchun turizm xizmatlari koʻrsatish jarayonini va ulardan turistlarning qoniqish hosil qilishi ustidan monitoring olib boradi;
milliy oʻziga xosliklar, iqlim sharoitlari va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda turizm xizmatlarining sifati va xavfsizligi boʻyicha milliy standartlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning doimiy takomillashtirib borilishini taʼminlaydi;
turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari va koʻngilochar, maʼrifiy, ishbilarmonlik hamda turizm xizmatlarini belgilangan tartibda sertifikatlash, shu jumladan sanitariya-gigiyena jihatidan xavfsiz xizmat koʻrsatish talablari asosida sertifikatlash tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etadi;
turizm xizmatlarining tasnifini belgilaydi;
sertifikatlanayotgan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ommaviy axborot vositalarida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish orqali turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilarini muayyan vaqtda tashrif buyurish turistlar xavfsizligi uchun xatarli boʻlgan mamlakatlar (joylar) toʻgʻrisida xabardor qiladi;
turizm sohasida “ishonch telefonlari” ishlashini tashkil etadi;
7) turizm faoliyati sohasida, birinchi navbatda, BMTning Jahon turizm tashkiloti, turizm sohasidagi nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turistik faoliyat amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish yuzasidan:
xalqaro turizm tashkilotlari, chet davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, turizm sohasidagi xorijiy kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlik, oʻzaro samarali harakat qilish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
belgilangan tartibda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) va boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi va turizm masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi, turizm sohasini tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va shartnomalarda Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlaydi;
YUNVTO hujjatlari qoidalarining ijrosi monitoringini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli axborotlarni tayyorlaydi;
turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chet el donorlari va kredit tashkilotlari mablagʻlarining belgilangan tartibda jalb qilinishi va undan foydalanilishini tashkil etadi;
har yili Toshkent shahrida Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi oʻtkazilishini taʼminlaydi;
xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro turizm yarmarkalari, koʻrgazmalari va biznes-uchrashuvlarda mamlakatning turizm sohasi subyektlari ishtirokini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik chora-tadbirlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, xalqaro turizm tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xorijiy kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlikda xalqaro turizm tadbirlarini oʻtkazadi va ularda ishtirok etadi;
b) moddiy madaniy meros sohasida:
1) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish va davlat nazoratini amalga oshirish choralarini koʻradi hamda qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirilishini taʼminlaydi;
YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar hujjatlarining normalari va tavsiyalarini implementatsiya qilish, tarixiy-madaniy hududlarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, bosqichma-bosqich raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga taʼsiri boʻyicha ekspertizasini amalga oshirish choralarini koʻradi;
2) muzeylar sohasida:
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish choralarini koʻradi;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini taʼminlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
3) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasida:
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish choralarini koʻradi;
tarixiy joylarni Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qoʻmitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qiladi;
4) arxeologiya sohasida:
arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan oʻtkazish va uning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish va tasarrufdan chiqarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot oʻtkazilishini taʼminlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi va nazoratini amalga oshiradi;
5) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi boʻyicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshiradi;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish choralarini koʻradi;
ilmiy oʻrganish asosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
v) turizm va moddiy madaniy meros sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash, ularni muntazam qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish hamda ilm-fanni rivojlantirish sohasida:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turizm sohasidagi oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim bitiruvchilarining bandligi boʻyicha tadqiqotlar olib boradi, taʼlim muassasalarida kadrlar va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm, ayniqsa, menejment va marketing sohasida kasbiy tayyorlash, gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
kadrlarning muntazam malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etishni taʼminlaydi, Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi, shu jumladan, ularning tegishli xorijiy oʻquv markazlari va taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtishini taʼminlaydi;
turizm va moddiy madaniy meros sohalarida ilm-fanni rivojlantirish choralarini koʻradi va ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
turizm va madaniy meros sohalarida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishini, shu jumladan, chet elda malakasini oshirishini taʼminlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) va unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
2) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
3) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash;
4) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
6) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil qilish;
7) markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga koʻra zarur choralar koʻrish;
8) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
9) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va qulayligini taʼminlash;
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
12) turizm va moddiy madaniy meros tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
13) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida berilgan (beriladigan) unvonlar hamda malaka toifalarini tasdiqlash;
14) turizmni rivojlantirish hamda moddiy madaniy merosni saqlash boʻyicha maqsadli dasturlar, turizm va madaniy meros sohalariga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
15) xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, turizm va madaniy meros sohalarida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashishni taʼminlash;
16) Vazirlik hayʼati qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
17) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
18) Vazirlikning turizm va moddiy madaniy meros sohalarida ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda uning amalga oshirilishini taʼminlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xorijda oʻtkaziladigan turli xalqaro munosabatlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarida turizm va moddiy madaniy meros sohalari vakillarining ishtirok etishi masalalariga doir qarorlari loyihalarini tayyorlash;
20) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni saralash, oʻqitish hamda malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash;
21) turizmni rivojlantirish va moddiy madaniy merosni saqlashni ragʻbatlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilgʻor texnologiyalarni turizm va moddiy madaniy meros sohalariga joriy qilish, milliy tadbirlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda hududiy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha tizimli choralarning amalga oshirilishini taʼminlash;
22) konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning oʻtkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishini taʼminlash;
23) turizm va madaniy meros sohalarida zarur maʼlumotlarni yagona tizim orqali yigʻish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻrish;
24) Vazirlik oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlash, mavjud talablar va ehtiyojlarni qanoatlantirish, shuningdek, davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash, davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirish;
25) turizm zonalari va klasterlarini tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, ularda kompleks turizm xizmatlari koʻrsatish, turizm faoliyatining raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida turizm mahsulotlarini shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish, turizm zonalari va klasterlarining rivojlanishini ragʻbatlantirish;
26) turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish;
27) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
28) turizm sohasidagi faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha komplayens nazorat tizimini joriy etish, ichki audit xizmatini yoʻlga qoʻyish;
29) turizm va moddiy madaniy meros obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish, turizm axborot markazlarini tashkil etish.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatidan taʼminlaydi;
2) Vazirlikning tarkibiy, hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
6) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
7) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻzaro aloqalarning yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
9) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlaydi;
10) ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda respublikada turizmni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, turizm va madaniy meros boʻyicha milliy tadbirlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro tadbirlarni tashkil etish boʻyicha tizimli choralarning qabul qilinishi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
12) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda turizm va madaniy meros tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
13) turizm va madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlarning murojaatlari asosida turizm va moddiy madaniy meros sohasidagi yagona tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan, qonunchilikda belgilangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan tadbirlarda sohalar vakillari ishtirok etishini aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
14) Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
16) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati monitoringini olib boradi va ular faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
17) turizmni rivojlantirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash boʻyicha monitoringni amalga oshiradi, ushbu sohalarni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
18) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, oʻqitish hamda malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni taʼminlaydi, kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
19) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi xalqaro tashkilotlarga va boshqa tashkilotlarga aʼzolik badallari belgilangan tartibda toʻlanishini amalga oshiradi;
20) yuqori malakali kadrlar va ularning zaxirasi tayyorlanishini amalga oshirish hamda turizm, moddiy madaniy meros tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
21) Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
22) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida zarur maʼlumotlarni yagona tizim orqali yigʻish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻradi;
23) Vazirlik oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlash, mavjud talablar va ehtiyojlarni qanoatlantirish, shuningdek, davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash, davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshiradi;
24) turizm zonalari va klasterlari tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, turizm zonalari va klasterlarining rivojlanishini ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
25) turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
26) sohalarni bozor mexanizmlari asosida boshqarish boʻyicha samaradorlikka erishish choralarini koʻradi;
27) turizm sohasini raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilish xavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha komplayens nazorat tizimini joriy etadi, ichki audit xizmatini yoʻlga qoʻyadi;
28) turizm va moddiy madaniy meros obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish, turizm axborot markazlarini tashkil etish choralarini koʻradi.
3-§. Hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
turizmni rivojlanish holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yoʻnalishlari boʻylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlar ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasining turli yoʻnalish va turlarining rivojlanish tendensiyalari boʻyicha chora-tadbirlarga takliflar ishlab chiqadi;
hududning turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
turizm faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari ochilishini taʼminlash, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirib boradi:
turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
hududda vazirliklar, idoralarning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarning turizm sohasidagi ishini muvofiqlashtiradi;
hududda turizm sohasiga tegishli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
hududdagi turizm faxriylari va boshqa mutaxassislarni davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
hududda turizmni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda turizm sohasini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini taʼminlaydi;
hududda konferensiyalar, koʻrgazmalar va tadbirlarni oʻtkazadi;
turizm sohasiga tegishli nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak maʼnaviyat va professionalizm ruhida tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, hududda aholining oʻz jismoniy, umumtaʼlim va madaniy darajasini oshirishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish ishlarini olib boradi;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, sohaga xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashadi;
tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tahlil qilishni amalga oshiradi va uni Vazirlikka, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etadi;
tegishli hududda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa, oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan yaxlit konsepsiya amalga oshirilishini taʼminlaydi;
turizm resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hududda turizm faoliyati rivojlanilishini taʼminlaydi, yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda metodik va maslahat yordamini koʻrsatadi;
tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
turizm salohiyatini rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlarni bartaraf etish, shuningdek turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm va moddiy madaniy meros sohalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha belgilangan tadbirlarda hamda hududning taʼlim muassasalarini yuqori malakali kadrlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etadi;
hududda turizm sohasidagi dasturlarni tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etishga hamda ushbu sohalarda mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam koʻrsatadi va ishtirok etadi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini koʻradi.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
15. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
2) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
4) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul olish;
5) Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda bir boʻlinmadan ikkinchisiga berish;
6) Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
7) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
8) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
9) Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
10) turizm va moddiy madaniy meros infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
11) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
12) maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini oʻtkazish, turizm va moddiy madaniy meros sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, vazirliklar, idoralar, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida taklif qilish;
13) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
14) Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlari va taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar uchun zarur texnik uskuna, inventar va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
15) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi xalqaro va respublika tadbirlarini oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda diplomlar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
16) turizm va madaniy meros sohalari vakillarini koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
17) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
18) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
19) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini targʻib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni (audio, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) chop etish, nusxasini koʻpaytirish, yaratish choralarini koʻrish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va idoraviy mansub boʻlinmalarida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
21) turizm sohasida viza rejimini takomillashtirish va soddalashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
22) turizmning rivojlantirilishini muvofiqlashtirish, yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etilishini taʼminlash, ularni pasportlashtirishdan oʻtkazish;
23) turizm sohasidagi yagona reyestrlarni yuritish tartibini belgilash;
24) turizm faoliyatini litsenziyalashni, turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashni, turizm xizmatlari belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
25) joylashtirish vositalari, togʻ changʻi trassalari va plyajlar tasnifini belgilash;
26) turizm sohasidagi milliy tanitish belgisidan foydalanish tartibini belgilash;
27) vazirlik balansida turgan koʻchmas mulkdan foydalanish uchun oʻzining idoraviy mansub tashkilotlariga ijara toʻlovlari uchun nol stavka belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
28) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi namoyandalar va xodimlarning nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
Vazirlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Vazirlik:
1) unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, turizm va moddiy madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
2) oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarni oʻz muddatlarida va sifatli tayyorlash;
4) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
17. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;
2) Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
5) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
6) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik buyruqlarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
7) Vazirlikning xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish;
8) Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;
9) Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;
10) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
11) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflash, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning saqlanishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
12) asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarni ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
13) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini sifatli oʻrganish va monitoring olib borishni tashkil etish maqsadida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
14) ilmiy va ekspertlik ishlari olib borish, maslahat berish, turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish;
15) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
16) idoraviy mansub tashkilotlar uchun zarur uskunalar, inventar va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
17) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida tanlovlar gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda diplomlar va boshqa sovrinlarni xarid qilish;
18) turizm va moddiy madaniy meros sohalari vakillari va boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga unvonlar va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
19) Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (“komplayens-nazorat”)ni hamda ichki audit tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
20) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi tadbirlar, tanlovlar, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda oʻtkaziladigan turli tanlovlar va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etishini moliyalashtirish.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
18. Vazirlikning markaziy apparati:
1) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
2) Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
3) Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi;
4) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;
5) Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni hamda ichki auditni amalga oshirishda qonun bilan belgilangan tartibda javob beradi.
3-§. Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit xizmatining maqomi, huquqlari va javobgarligi
19. Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Xizmat) maqomi:
1) Xizmat Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qiluvchi qism hisoblanadi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirga boʻysunadi va uning oldida hisobot beradi;
2) Xizmat komplayens nazorat, ichki audit va qisqa muddatli monitoringlarni oʻtkazish, shuningdek oʻtkazilgan ichki audit va qisqa muddatli monitoring natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlashda mustaqildir;
3) Xizmat Vazirlik huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi huzuridagi inspeksiya (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) faoliyatini muvofiqlashtiradi;
4) Xizmat xodimlarini Vazirlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan ishlarga, shuningdek uning vakolatiga kirmaydigan dastur va loyihalarni tayyorlash yoki amalga oshirishga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5) Xizmat Vazirlikning barcha ichki hujjatlari talablariga rioya etadi (vakolati doirasiga kirmaydigan hujjat talablari bundan mustasno).
20. Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasa mansabdor shaxslaridan ichki audit obyekti roʻyxatini shakllantirish bilan bogʻliq savollar boʻyicha hujjatlar (oldingi oʻtkazilgan tekshirish yoki oʻrganish materiallari), maʼlumotlar, maxfiy axborot toifasiga oid maʼlumotlar bundan mustasno, shu jumladan elektron shaklda, ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilib olish;
oʻz vakolati doirasida nazorat obyektining mansabdor va javobgar shaxslaridan nazoratni oʻtkazishda yuzaga kelayotgan savollar boʻyicha tushuntirishlar hamda nazorat natijalari boʻyicha hujjatlarni imzolashni talab qilish;
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviy xarajatlarini rejalashtirish, mablagʻlardan samarali foydalanish, shuningdek sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilish.
Xizmat boshligʻi mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Vazirlikning boshqarma boshligʻiga tenglashtiriladi.
21. Xizmat:
komplayens nazorat, ichki audit va nazorat tadbirlarini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga mos ravishda oʻtkazish;
Inspeksiya xodimlarini jalb qilgan holda turizm va madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda qonuniylikni taʼminlash va ularga rioya qilinishi boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi yuzasidan tekshirishlar va oʻrganishlar oʻtkazish;
Inspeksiya bilan oʻtkazilgan tekshirish va oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli ravishda yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarlik va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
oʻtkazilgan tekshirish (taftish) va oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlangan davlat budjetiga yetkazilgan moddiy zararni qaytarish choralarini koʻrish;
Xizmat xodimlarini oʻqitish va qayta tayyorlash rejasini ishlab chiqish va Vazirlik rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritish hamda ularning ijro etilishini taʼminlash;
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda vakolatli idoralar tomonidan kiritilgan taqdimnomalarning bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida soʻralgan hujjatlar va materiallarni nazorat obyekti mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzish;
nazorat obyekti mansabdor va masʼul shaxslarining tushuntirish berish va nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisida dalolatnomani tuzish;
nazorat tadbirlari natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
tegishli hujjatlarga asoslangan holda oʻtkazilgan monitoring, tahlil va oʻrganish natijalarini rasmiylashtirish;
taqdim etilgan yoki Xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan ularga maʼlum boʻlgan sirlarni tashkil etadigan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, javobgarlikka tortish yuzasidan nazorat obyekti rahbariyatiga tegishli taklif va taqdimnomalar kiritish;
nazorat materiallarini Vazirlikning maʼlumotlar bazasiga umumlashtirish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda Vazirlik rahbariyatiga axborot berish va belgilangan tartibda chora koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda materiallarni Vazirlik rahbariyati orqali maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega boʻlgan organlarga berish;
korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha majburiyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq bajarish;
manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlar boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga xabar berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish;
Xizmat tomonidan vazifa va funksiyalari bajarilishida korrupsiya holatlarini oldini olish boʻyicha tegishli, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvini hal etish choralarini koʻrish;
Vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalarida Xizmat tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish (taftish) va oʻrganishlar oʻtkazish davrida xato va kamchiliklarni haqqoniy, toʻgʻri va xolisona tarzda aniqlash, aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, tekshirish (taftish) va oʻrganish boʻyicha toʻplangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlash hamda hisobini yuritish.
Xizmat oʻtkazilgan oʻrganish va tekshiruvlardan soʻng nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklar uchun shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
4-§. Hududiy boʻlinmalarning huquqlari va javobgarligi
22. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
1) davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
2) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
3) turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
4) turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
5) ilmiy va ekspertlik ishlarini olib borish, maslahat berish, turizm va madaniy meros sohalaridagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik bilan kelishgan holda idoraviy mansub taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun malakali mutaxassislarni taklif etish;
6) turizm va madaniy meros sohalarida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
7) idoraviy mansub tashkilotlari uchun uskunalari, inventar va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
8) viloyat miqyosidagi turizm va madaniy meros sohalaridagi tanlovlar gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun diplomlar va boshqa sovrinlarni xarid qilish;
9) hududdagi turizm va madaniy meros namoyondalari va boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga unvonlar va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
10) turizm va madaniy meros sohalarida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, hududning turizm va madaniy meros sohalari vakillarini, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan turli tanlovlar va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
11) hududdagi turizm va madaniy meros sohalarida festivallar, tanlovlar, ommaviy tadbirlarning gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa ishtirokchi, mutaxassislarni esdalik diplomlar va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish;
12) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
13) hududda turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqa qilish;
14) hududning turizm va madaniy meros sohalari salohiyatini targʻib qiluvchi reklama va targʻibot mahsulotlarini (reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
15) turizm va madaniy meros sohalarida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
16) hududning turizm va madaniy meros sohalarida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Hududiy boʻlinmalar:
1) Oʻzlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanishi;
2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi taʼminlanishi;
3) Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
4) hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm va madaniy merosni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
6) tizimdagi tashkilotlar tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javob beradi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
24. Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining asosiy funksional vazifalari:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan turizm va madaniy meros sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikaning Bosh vaziri topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
10) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
16) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
18) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
19) Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
21) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
22) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
26) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
27) Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
28) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari nizomlari, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
29) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga vazir maslahatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish uchun taqdimnomalar kiritish;
30) markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
31) Vazirlik hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
32) turizm va moddiy madaniy meros sohalaridagi tashkilotlarni rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, asbob-uskunalar va inventarlar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
33) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini taʼminlash, ularning mahoratini oshirish;
34) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklarning ijro etuvchi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
35) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini koʻrish, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish, taʼlim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash;
36) turizm va moddiy madaniy meros sohalari xodimlari va mutaxassislarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatganligi, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
37) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida Oʻzbekiston delegatsiyalarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
38) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida berilgan unvonlar va malaka toifalarini tasdiqlash;
39) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda respublika vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirokini taʼminlash;
40) hududiy boʻlinmalar tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash.
Vazir qonunchilikka muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Quyidagilar vazirning birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) davlat boshqaruvi organi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbari topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni vazirga kiritish;
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
16) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni vazirga kiritish;
18) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
19) vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning turizm va madaniy meros sohalaridagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
20) turizm va moddiy madaniy meros infratuzilmalarini rivojlantirish va ushbu sohalardagi xizmatlarni diversifikatsiyalash;
21) Vazirlikning xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish;
22) respublikada turizm va moddiy madaniy meros sohalari rivojlanishi monitoringini olib borish hamda ushbu sohalarni yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
23) turizm va moddiy madaniy meros sohalarida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirish;
24) turizm va moddiy madaniy meros sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, ushbu sohalardagi hududiy dasturlar ijrosini taʼminlash
25) turizm va moddiy madaniy meros sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro, respublika tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni taʼminlash.
26. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Vazirlik hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
14) turizm va moddiy madaniy meros sohalariga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni vazirga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni vazirga kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
27. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
6) hayʼat qarorlari hamda buyruqlar, vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
15) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
16) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
21) xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
22) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
23) boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
24) Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
28. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
5) Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
6) turizm va madaniy meros sohalariga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlikning hududiy boʻlinmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
9) Vazirlikning hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) hududiy boʻlinmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
12) hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
15) hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
16) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritish;
17) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
29. Vazir:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari:
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning tegishli ravishda 25 va 26-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
31. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
2) ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
32. Hududiy boʻlinmalar rahbarlari:
1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
31. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
32. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
33. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
34. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
35. Quyidagilar:
Vazirning maslahatchilari (xorijiy maslahatchilar, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchidan tashqari) Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish — vazir taqdimnomasiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda, vazir taqdimnomasi tegishli mahalliy xalq deputatlari Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi shart;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishlicha turizm va madaniy meros bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi.
36. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
37. Vazir Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
38. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
39. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
5) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
6) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, turizm va moddiy madaniy meros sohalarida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
40. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) berilgan topshiriqlar ijrosi haqida Vazirlik rahbariyatiga axborot beradi;
2) qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
4) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining turizm va moddiy madaniy meros sohalariga oid mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
5) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
6) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
41. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari va maslahatchisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
42. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
43. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
44. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
4-§. Vazirlik hayʼati
45. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
46. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
47. Hayʼat majlisiga vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
48. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
49. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
50. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
51. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
52. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
53. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
54. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilikka koʻra belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
55. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
56. Vazirlik markaziy apparatiga 7 ta shaxsan biriktirilgan (xorijiy maslahatchilarga biriktirilganlarni hisobga olmagan holda), 2 ta maxsus (yoʻlsiz joylarda yura oladigan 1 ta, mehmonlar kutib olish uchun 1 ta), 1 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalariga 1 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Vazirlikka tegishli xizmat avtotransport vositasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.
57. Vazirlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan tashkil topadi.
58. Vazirlik xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirishning manbai boʻlib mehnatga haq toʻlash fondi, Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
59. Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) Vazirlik markaziy apparati xodimlari Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, hududiy boʻlinmalar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 dan 3 yilgacha — 0,3;
3 dan 5 yilgacha — 0,6;
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
10 dan 15 yilgacha — 1,0;
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji vazir tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.
2) Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan:
a) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarni ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
b) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish;
v) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla beriladigan mukofotlar;
g) oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini odilona bajarish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlikning javobgarligi yuqori boʻlgan Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun Vazir tomonidan tayinlanadigan shaxsiy ustamalar.
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar summasi bir chorakda ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, vazir tomonidan maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
60. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini taʼminlash va moliyalashtirish (shu jumladan, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy boʻlinmalar rahbarlari (xodimlari) uchun daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablagʻlardan va budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobiga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish turlarini (ustama haq, qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar) belgilash huquqiga ega.
61. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
62. Vazirlik oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
63. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
64. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
65. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Vazir

19

Vazirning birinchi oʻrinbosari

18

Vazir oʻrinbosari, maslahatchilari

17

Boshqarma boshligʻi

16

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

16 (-5%)

Boʻlim boshligʻi, xizmat boshligʻi, vazir yordamchisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devonxona mudiri

13

Bosh mutaxassis

12

Yetakchi mutaxassis

11

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar:

Toifadan tashqari

I toifa

II toifa

III toifa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari-turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — viloyat bosh boshqarma boshligʻi

19 (-5%)

18

17

16

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

16

15

14

13

Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi

14

13

12

11

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

14 (-5%)

13 (-5%)

12 (-5%)

11 (-5%)

Bosh mutaxassis, yuriskonsult

12

11

10

9

Yetakchi mutaxassis

11

10

9

8

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlardan keyinchalik turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimidan tushadigan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
turistik (mehmonxona) yigʻimi oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undirilgan penya;
Xavfsiz turizm jamgʻarmasi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshiruvchi turoperator va turagentlar tomonidan zaxira qilinadigan mablagʻlar bundan mustasno) hamda Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismidan tushadigan tushumlar;
muassisi Vazirlik hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizimi tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (koʻchmas mulk bundan mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
tizim tashkilotlarining, shu jumladan, Vazirlikning mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Davlat budjeti mablagʻlarining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
Keyingi tahrirga qarang.
tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
turizm va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
moddiy madaniy meros obyektlari, muzey va boshqa namoyish obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaga qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etiladi.
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
turizm va madaniy meros sohalaridagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
turizm va madaniy meros sohalarida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududlardagi salohiyatli turizm va madaniy meros obyektlari va turizm maskanlarini birlamchi choralarni koʻrgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targʻib qilish, shuningdek, ichki turizmni ommalashtirish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish (qoplash);
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YUNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik, shu jumladan uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tomonidan oʻz tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va muassasalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi davlat unitar korxonalari va muassasalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik huzuridagi Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, turizm va madaniy meros sohalaridagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm va madaniy meros sohalari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Vazirning qarori bilan toʻlab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hukumat topshiriqlari asosida turizm va madaniy meros sohalaridagi tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash);
Keyingi tahrirga qarang.
turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish. Mazkur ragʻbatlantirish shartlari Vazirlik tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi va respublika hududida targʻib qilish uchun Vazirlik huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari orqali Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlar va respublika hududida targʻibot xarajatlarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy valyutada pul oʻtkazish yoʻli bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash;
moddiy madaniy meros obyektlari, muzey va boshqa namoyish obyektlarida elektron toʻlov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatish, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizimni yaratish, ishga tushirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlarni qoplash;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar toʻlash, shuningdek Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida magistraturada oʻqish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish. Stipendiyalar va magistraturada oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar miqdori vazir qaroriga asosan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va uning huzuridagi texnikum va kollejlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kutubxona fondini boyitish;
turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning “master-reja”larini ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan shakllantirilgan ijodiy va suratga olish guruhlarining ssenariylar va suratga olish ishlari konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika hududlariga ijodiy ekspeditsiyalar va xizmat safarlari, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha materiallarni tayyorlaydigan boshqa ijodiy guruhlar faoliyatini doimiy asosda, shu jumladan autsorsing orqali moliyalashtirish;
turizm va madaniy meros sohalaridagi ekspert va ijodkorlarni jalb etilishi bilan bogʻliq xizmat safarlari hamda ularni mukofotlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazir Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazir va bosh hisobchi buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlik belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus bank hisob raqamlari va gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
13. Vazir Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoida
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti;
pansionat — bir kundan koʻproq vaqtga joylashtirish xizmatlarini taklif qiladigan va asosan mehmonlarga ovqatlanish xizmatlari koʻrsatadigan joylashtirish vositasining turi;
sanatoriy — sogʻlomlashtirishni, asosan tabiiy (iqlim, tabiiy manbalar, loy-balchiq va boshqa) va fizioterapevtik vositalar orqali reabilitatsiya qilishni, parhez, rejim va rekreatsiya hamda joylashtirish xizmatlarini taqdim qiladigan joylashtirish vositasining turi;
mahalliy fuqaro — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
xorijiy fuqaro — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va xorijiy mamlakatlarning fuqaroligi boʻlmagan shaxslari;
davolash muassasalari — klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiyot muassasalari (sanatoriy va pansionatlar bundan mustasno);
turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari tomonidan 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, mahalliy fuqarolardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizi miqdorida, xorijiy fuqarolardan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq miqdorlarda, ular yashagan har bir kun uchun undiriladigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlari — Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamgʻarib boriladigan maxsus hisobvaraqlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Turistik (mehmonxona) yigʻim:
palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati subyektlari (turoperator va turagentlar) tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali toʻlanadi.
Mahalliy fuqarolardan davolash muassasalari, sanatoriy va pansionatlarda yashaganliklari uchun turistik (mehmonxona) yigʻimi undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Joylashtirish vositalari (davolash muassasalari):
faqat turistik (mehmonxona) yigʻimni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan, milliy valyutadagi maxsus hisobvaraqlarni tijorat banklarida ochadi;
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun turoperator (turagent) va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chogʻida tijorat banklarida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushadigan tushumlar oʻtkaziladigan milliy valyutadagi maxsus hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida koʻrsatadi;
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yigʻimning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) beradi;
turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritadi;
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni (keyingi oʻrinlarda — Dastur) qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlikka oʻz vaqtida taqdim qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlikka taqdim qilingan maʼlumotlarga muvofiq oʻtgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻimni, toʻliq hajmda Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga har joriy oyning 5-sanasigacha oʻtkazilishini taʼminlashga majburdirlar. Bunda koʻrsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablagʻlari hisobidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini jismoniy shaxslardan toʻliq boʻlmagan hajmda (notoʻgʻri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni toʻlab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur.
Mazkur bandda koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
5. Vazirlik har oyning 10-sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini, Dastur orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari tomonidan oʻtgan oy yakunlari boʻyicha haqiqatda yashagan jismoniy shaxslar va ular uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur maʼlumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari boʻyicha shakllantiriladi hamda Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorining toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobvaragʻiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar.
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamasa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda, Dastur maʼlumotlari asosida turistik (mehmonxona) yigʻimning toʻlanmagan qismi uchun oʻn baravar miqdorida jarima toʻlaydi.
7. Vazirlik Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorlikni va Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmagan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori uchun penyalarni undirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan, ularning maxsus hisobvaragʻiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq, qoʻshilgan qiymat soligʻi), boshqa majburiy yigʻimlar hamda toʻlovlar olinmaydi.
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan
MIQDORLARI

Joylashtirish vositalari

Xonalar soni

Turistik (mehmonxona) yigʻimning miqdori

(BHMning foizida)

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari: mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, oʻtovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), kempinglar va boshqalar

40 dan ortiq

15

11 — 40

10

10 gacha

5

Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar

10

Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan

(xonalar fondi 5 tagacha boʻlgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, togʻdagi uy, qishloqdagi uy, apartamentlar, xostellar va boshqalar

5

Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar

Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar

Davolash muassasalari

2

Oilaviy mehmon uylari (oʻrinlar soni 10 tagacha boʻlgan, ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan), oʻtov

Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi 356-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-iyuldagi 477-son qarorining 1 — 3-bandlari hamda 1 — 3-ilovalari.