toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Turizm va madaniy meros vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 84 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 386 nafar etib belgilansin.
3. Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga:
turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
zarur hollarda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparati, shuningdek, tizim tashkilotlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlanadi;
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Jamgʻarma mablagʻlari Turizm va madaniy meros vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
Turizm va sport vazirligining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Turizm va madaniy meros vazirligiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlar undirilmaydi;
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlar tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi;
Turizm va sport vazirligining markaziy apparati xodimlarini Turizm va madaniy meros vazirligiga ishga qabul qilish Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni, tanlov natijalarini inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi;
Turizm va madaniy meros vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda hududiy boʻlinmalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi bir oy muddatda vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
muassisi Turizm va madaniy meros vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat budjeti mablagʻlarining, shuningdek talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
turizm va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Turizm va madaniy meros vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Davlat budjetining 2022-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 107 b-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
8. Turizm va madaniy meros vazirligi:
ikki hafta muddatda vazirlikning hududiy, tarkibiy va quyi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar), ularning tuzilmalari, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari qayta tasdiqlanishini taʼminlasin;
bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-fevral,
PQ-135-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son qaroriga
1-ILOVA
Turizm va madaniy meros vazirligining tashkiliy tuzilmasi

Turizm va madaniy meros vazirligi

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari

“Milliy PR-markazi” DUK

Madaniy meros agentligi

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK

“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi

Tumanlar (shaharlar) turizm va madaniy meros boʻlimlari

“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK

Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari boʻyicha loyihalashtirish instituti

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda uning Toshkent filiali

“Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK

Turizm va madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari

Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” DUK

 

“Ipak yoʻli” ofisi” UK

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son qaroriga
2-ILOVA
Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi

Vazir

Xorijiy maslahatchilar

Yordamchi

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Matbuot xizmati

2

Investitsiyalarni jalb etish, turizm va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi

5

Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boshqarmasi

4

Ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi

4

Yigʻma axborot-tahlil, strategik rivojlantirish va statistika boshqarmasi

5

Turizm xizmat turlarini diversifikatsiya qilish hamda kirish (xalqaro) turizmni rivojlantirish boshqarmasi

4

Turizm va madaniy meros sohalarida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi

4

Turistik zonalar va turistik klasterlarni rivojlantirish, master-rejalarni ishlab chiqish boshqarmasi

4

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

4

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi

1

Metodologiya va NNT bilan ishlash boshqarmasi

4

Tadbirkorlar bilan ishlash, oilaviy mehmon uylari, xostellar va “turizm qishlogʻi”ni tashkil qilishga koʻmaklashish boshqarmasi

4

Turizm va madaniy meros sohalarini raqamlashtirish boshqarmasi

4

Moliya-reja hamda tushumlarni nazorat qilish boʻlimi

2

Yuridik boshqarma

4

Vazir maslahatchisi

(maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha)

Turizm infratuzilmasi obyektlarida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va axborot markazlarini tashkil etish boʻlimi

3

Buxgalteriya

2

Komplayens nazorat va ichki audit xizmati

2*

Vazirning xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi

Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi

2

Turizm sohasida litsenziyalash, sertifikatlashtirish, standartlashtirish boʻlimi

3

Xalqaro aloqalar va grantlarni jalb etish boshqarmasi

4

Devonxona

1

Tashqi turizm bozorini tahlil qilish, marketing va PR boʻlimi

3

Birinchi boʻlim

1

Xoʻjalik ishlari boʻlimi

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 84 nafar, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
*Madaniy meros agentligining Komplayens nazorat va ichki audit xizmati tugatilib, shtat birliklari Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatiga oʻtkaziladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2022-y., 07/22/135/0148-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)