1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
2019-yilda davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tadbirlarini joriy yilning may-iyun oylarida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-may,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qaroriga ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining kvota asosida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’limdan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida olgan jarohati tufayli nogironligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin vasiylikka olingan farzandlariga, shuningdek, ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining vasiylikka olingan farzandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining (keyingi o‘rinlarda Vazir o‘rinbosari deb ataladi) iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan quyidagilarga beriladi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’limdan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun taqdimnoma Vazir o‘rinbosarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan quyidagilarga beriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq.
5. Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topishning tartibi va aniq mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
6. Tavsiyanoma (taqdimnoma) (keyingi o‘rinlarda tavsiyanoma deb ataladi) blanklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Ichki ishlar vazirligi uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
7. Tavsiyanoma, mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq, sxema bo‘yicha xodimlarning farzandlariga bir davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriati (ikkinchi ta’limdan tashqari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’limdan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining harbiy o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berilgan farzandlariga keyinchalik davlat va harbiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ham tavsiyanoma berilishi mumkin.
Tavsiyanomaga asosan o‘qishga qabul qilingan talaba (kursant) o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan o‘z xohishi bilan o‘qishdan ketganda), ularga tavsiyanoma qaytadan berilmaydi.
2-bob. Tavsiyanoma berish tartibi
8. Tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun Vazir o‘rinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat bo‘lgan komissiya O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
9. Har yili mart oyida komissiya tomonidan quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
xodimlar farzandlariga ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar deb ataladi) boshliqlarining tavsiyalari;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatlari.
10. Tarkibiy va hududiy bo‘linmalar boshliqlari komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) amaldagi xodimlar bo‘yicha:
tarkibiy va hududiy bo‘linma boshlig‘ining tavsiyasi;
ma’lumotnoma-obyektivka;
avtobiografik ma’lumotlar;
xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
xodim farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti nusxasi;
ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;
b) terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar bo‘yicha:
xodim farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti nusxasi;
xodim farzandining ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
11. Hujjatlar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
12. Komissiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalar taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha ko‘rib chiqadi.
Vazir o‘rinbosari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarga, ular xizmat qilayotgan ichki ishlar organidan qat’i nazar, tavsiyanoma berish uchun iltimosnoma kiritish huquqiga ega.
Komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisining imzosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
13. Tavsiyanoma olganlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi buyrug‘i tasdiqlangandan so‘ng ichki ishlar organlari xodimlari terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
14. Komissiya hujjatlarni o‘rganish mobaynida xodimning halok bo‘lganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolganligi terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan deb topilgan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
15. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatini har yili 1-maygacha mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda yuboradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Tavsiyanoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Tavsiyanoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Taqdimnoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Taqdimnoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish
SXEMASI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berilgan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar farzandlarining
RO‘YXATI
T/r
Abituriyentning (nomzod) familiyasi, ismi, otasining ismi
Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasi) seriyasi va nomeri
Ta’limning
rejalashtirilayotgan
yo‘nalishi
Tavsiyanoma (taqdimnoma) raqami
Izoh
1.
2.
3.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/375/3095-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)