1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda, meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshgan.
Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qo‘shimcha o‘sishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va o‘rganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.
Jumladan, hisob-kitoblarga ko‘ra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat mavjud.
Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
1. Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi aholi punktiga yaqin hamda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqartirilgan 92 655 gektar ekin maydonlarini zaxiraga qaytarish;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2023-y., 07/23/113/0198-son)
b) zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga:
suv ta’minoti yaxshi hududlarda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;
2024-yil 1-martdan boshlab kam suvli yerlarda viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
(1-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-IJARA” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi, bundan Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga berish hollari mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
4. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti;
Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti;
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.H. Shermatov) bilan birgalikda bir oy muddatda “E-IJARA” axborot tizimini ishga tushirsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
6. “E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladigan vazirlik va idoralar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 06/22/91/0233-son)
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) bilan birgalikda bir hafta muddatda mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar o‘rtasida tegishli ma’lumotlarni almashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablag‘ jalb qilish]
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan qarzning 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni tijorat banklariga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 10 foiz stavkada joylashtirsin.
Belgilab qo‘yilsinki, tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘lar mazkur qarorga asosan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
9. Kredit mablag‘lari “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korxonalarga yer maydonida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilansin:
har bir loyiha milliy valyutada 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda yillik 14 foiz stavkada moliyalashtiriladi;
kreditlar kichik intensiv bog‘dorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratiladi;
kredit ta’minoti sifatida kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta qilish polisi taqdim etiladi;
kreditlar dehqon xo‘jaliklariga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilarining yozma tavsiyasiga asosan ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
10. Belgilansinki, mazkur qarorga asosan ajratiladigan kredit mablag‘lari uning belgilangan umumiy miqdori (100 million so‘m) doirasida kredit oluvchilar tomonidan o‘z biznes-rejalari asosida, shu jumladan:
ijaraga olingan yoki o‘z egaligida bo‘lgan yer maydonida mazkur qaror bilan belgilangan yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK yoki boshqa salohiyatli ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq “tayyor holda” topshirish tamoyili asosida bajarilgan ishlarga haq to‘lash uchun;
kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, sifatli ko‘chatlar, urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy va biologik preparatlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari (ekish seyalkalari, ishlov berish va yig‘ib olish agregatlari) xarid qilish uchun;
olingan kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lovini amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin.
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) tijorat banklariga “E-AUKSION” axborot tizimi orqali ijaraga berilgan yer maydoni, tanlov g‘olibining loyiha bo‘yicha olgan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun texnik imkoniyatlar yaratilishini ta’minlasin.
12. Dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik yo‘nalishlarida malakali trener-konsultantlarni tayyorlab, ular yordamida dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish Respublika ishchi guruhining asosiy vazifasi hisoblansin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Respublika ishchi guruhi (J.A. Xodjayev) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
yigirma kun muddatda har bir hudud uchun kamida 10 nafardan malakali trener-konsultantlarni tayyorlash bo‘yicha dastur va ularni tanlab olishga doir talablarni ishlab chiqsin;
bir oy muddatda dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va har bir tumanda reja-grafik asosida ushbu o‘quv kurslarining tashkil etilishini ta’minlasin;
qishloq xo‘jaligidagi yangi ilmiy yondashuvlar, mavjud xalqaro tajriba va dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlanayotgan masalalarni inobatga olgan holda, ularga yaqindan, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali doimiy tarzda maslahat berib borish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5200-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari Intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari (keyingi o‘rinlarda — loyiha ofislari) deb qayta nomlansin.
loyiha ofislarining bog‘dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan boshqariladi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
har bir loyiha ofisiga Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bog‘dorchilik va sabzavotchilik rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislar jalb qilinadi.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Loyiha ofislariga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
intensiv usulda, shu jumladan klaster va kooperatsiya usulida bog‘lar, sabzavotchilik maydonlarini tashkil etish;
ajratilayotgan yer maydonlarida tashabbuskorlar tomonidan intensiv bog‘lar, sabzavotchilik maydonlari barpo etilishini monitoring qilish hamda ko‘chatlarni ekish bo‘yicha tavsiyalar berish;
2024-yil 1-martdan boshlab intensiv bog‘lar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash, ularning elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini tashkil etish;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
intensiv bog‘lar va sabzavotchilik maydonlariga ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish, agroxizmatlar ko‘rsatish, mahsulotni sotishni tashkil etishga ko‘maklashish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda mavjud shtatlar doirasida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limlarini ochish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.
14. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari bilan birga mazkur qaror doirasida ajratilgan yer uchastkalari, kredit resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishda ko‘maklashsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
15. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) sug‘urta kompaniyalari va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro sug‘urta amaliyotidan kelib chiqib, sug‘urta tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha kredit qaytmaslik xatarini keltirib chiqaruvchi barcha iqtisodiy tendensiyalar, boshqaruv va tabiat ta’siri bilan bog‘liq omillar qamrab olinishi, ushbu omillarni to‘liq monitoring qilish hamda mazkur kreditlar bo‘yicha sug‘urta hodisasi ro‘y berganda tijorat banklarining birinchi talabiga muvofiq mavjud qarzdorlik (jumladan, hosil olinmagan davr uchun mavsumiy qarzdorlik) to‘lab berilishini nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibni;
mazkur qaror bilan belgilangan yo‘nalishlarda ajratilgan kreditlar bo‘yicha sug‘urta qoplamalari (tovonlari) to‘lanishi natijasida ularning umumiy miqdori sug‘urta kompaniyasi o‘z kapitalining muayyan miqdoridan oshgan taqdirda, sug‘urta kompaniyasining zararini Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab berish mexanizmini joriy etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini kiritsin.
16. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.X. Qo‘ldoshev) bilan birgalikda hududlarga chiqqan holda dehqon xo‘jaliklariga ajratilayotgan yerlarga tabiiy va texnogen ofatlarning ehtimoliy ta’sirlarini aniqlash hamda ushbu ta’sirlarni yumshatish yuzasidan favqulodda harakatlar rejasini tasdiqlasin hamda favqulodda holatlarda ekinlarni himoya qilish choralarini ko‘rsin.
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o‘rganib borgan holda barqaror talabga ega bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxati va hajmi yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish;
hududlarda dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zi yetishtirgan mahsulotini qayta ishlash istagida bo‘lgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini o‘tkazish va sotib olishga ko‘maklashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
18. Milliy statistika qo‘mitasi 2020-yildan boshlab “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarning rasmiy statistika hisobotlarida to‘liq aks ettirilishini ta’minlasin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
19. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ikki oy muddatda:
ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish, shu jumladan ajratilgan yer maydonining holati, zarur agrotexnik tadbirlar, ekinlarni himoya qilish va o‘g‘itlash ishlarining o‘tkazilishi, mahalliy hokimlik tomonidan zarur infratuzilma bilan ta’minlanganligi, yer ball boniteti, ekiladigan mahsulotning unib chiqishi, hosildorlik, tabiat omillari ta’siri va boshqa indikatorlarga asosan ijarachilarni tasniflash (“yaxshi”, “o‘rta”, “yomon”) tartibini nazarda tutgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qaror loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
(1.13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga 2-ILOVA
“E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladigan vazirliklar va idoralar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
16. Ochiq elektron tanlov o‘tkazishda ishtirok etadigan boshqa idoralar va mansabdor shaxslar — zaruratga ko‘ra.
Izoh: vazirliklar va idoralar “E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali belgilangan tartibda ulanadi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 06/22/91/0233-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga 3-ILOVA
Dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
A.M. To‘rayev
—
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
Lavozimiga ko‘ra
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori
E.M. Muxitdinov
—
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari
A.A. Rahimov
—
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari
R.O‘. Mamatqulov
—
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi
Lavozimiga ko‘ra
—
Qishloq xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimi, ishchi guruh mas’ul kotibi
Izoh: Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)