toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH HAMDA BAʼZILARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-fevral,
73-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining kotibiyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 3-iyuldagi 338-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tarkibida isteʼmol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish shuʼbasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 4-dekabrdagi 535-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-sentabrdagi 398-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida” 1998-yil 5-noyabrdagi 465-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi 480-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-apreldagi 155-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-dekabrdagi 516-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1999-yil 17-iyundagi 304-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Bosh vazir oʻrinbosari — Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi rahbari apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-yanvardagi 3-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 56-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi kotibiyati tuzilmasiga qoʻshimcha lavozimlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-martdagi 89-son qarori.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 1-avgustdagi 298-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 310-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilgari qabul qilingan qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-oktabrdagi 388-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 549-modda)
19. Vazirlar Mahkamasining “2001-yilda temir-tersak hamda qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-dekabrdagi 494-son qaroriga 6-ilova.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimlarining soni toʻgʻrisida” 2001-yil 11-yanvardagi 20-son qarori.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 95-son qarori.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarorining 1—3 va 6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 16-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
25. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 5-ilovaning 4-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrdagi 424-son qarori.
27. Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda temir-tersak hamda qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-dekabrdagi 478-son qaroriga 6-ilova.
28. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-apreldagi 143-son qarori.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi 187-son qarori.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-oktabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 61-modda).
31. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbariyat tarkibi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 456-son qarori.
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yordamchisi lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 18-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-apreldagi 169-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 5-iyundagi 251-son qarori.
36. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2003-yil 5-sentabrdagi 386-son qarorining 3-bandi.
37. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 18-noyabrdagi 518-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 122-modda) 3-ilovaning 3-bandi.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 26-dekabrdagi 573-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 132-modda) ilovaning 4-bandi.
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-dekabrdagi 574-son qarori.
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-fevraldagi 47-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 7-modda).
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbariyati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 4-fevraldagi 50-son qarori.
42. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-fevraldagi 74-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 11-modda) ilovaning 3-bandi.
43. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tuzilmasini, shtatlar jadvalini va boshqarma toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 23-fevraldagi 81-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 13-modda).
44. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 3-ilova II boʻlimining 2-bandi.
45. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 210-son qarori.
46. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 50-ilovaning 2—6-bandlari.
47. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-oktabrdagi 468-son qarorining 1-bandi.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 600-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi toʻgʻrisida” 1997-yil 12-noyabrdagi 510-son qarorida:
1-bandda “Agrosanoat kompleksi kotibiyati” soʻzlari “Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi xatboshida “Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga” soʻzlari “Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorida:
birinchi xatboshida “Bosh vazir kotibiyati, Bosh vazirning oʻrinbosarlari kotibiyatlari va” soʻzlari “Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va boshqa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha — tegishli ravishda Bosh vazirga va uning oʻrinbosarlariga; tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadilar”;
toʻrtinchi xatboshida “Bosh vazir va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari, departamentlar, Axborot-tahlil boshqarmasi boʻlimlari va umumfunksional boʻlinmalar” soʻzlari “Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional boʻlimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshida “Kotibiyatlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorga ilovada:
ilovaning nomidagi “farmonlar” soʻzidan keyin “qarorlar” soʻzi qoʻshilsin;
IV boʻlimning 4-bandida “Komplekslari (Kotibiyatlari, boʻlimlari)ga” soʻzlari “axborot-tahlil departamentlari va boʻlimlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV boʻlimning 5-bandida “kompleks rahbari” soʻzlari chiqarib tashlansin, “oʻz apparati (Kotibiyat, boʻlim)” soʻzlari “tegishli axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-sxemada:
sxema nomidagi “farmonlari” soʻzidan keyin “qarorlari” soʻzi qoʻshilsin;
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunidagi “kotibiyat” soʻzi “departament” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustuni I boʻlimining 1-bandidagi “Farmonlar” soʻzidan keyin “qarorlar” soʻzi qoʻshilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining II boʻlimida “kotibiyatlar”, “kotibiyatlar tomonidan” va “kotibiyatlarda” soʻzlari tegishli ravishda “departamentlar”, “departamentlar tomonidan” va “departamentlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustunining II boʻlimida “Kompleks kotibiyati mudiri”, “Kotibiyat mudiri” va “Kotibiyat mudirlari” soʻzlari tegishli ravishda “Departament mudiri”, “Departament mudirlari” soʻzlari bilan, “katta inspektor” soʻzlari “inspektor” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining III boʻlimida “Kompleks Kotibiyati (yoki boʻlim)” va “Kotibiyatlar” soʻzlari tegishli ravishda “Departament (yoki boʻlim)” va “departamentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-sxemada:
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunida “Kotibiyat” soʻzi “Departament” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Tayyorlash, bajarish va nazoratni tashkil etish” ustunining I boʻlimida “Kotibiyatda” soʻzi “Departamentda” soʻzi bilan, “Prezident Kotibiyatiga” hamda “katta inspektorga” soʻzlari “Prezident Devoniga” hamda “inspektorga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustunining I boʻlimida “Kotibiyat” va “Kotibiyat mudiri” soʻzlari tegishi ravishda “Departament” va “Departament mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tayyorlash, bajarish va nazoratni tashkil etish” ustunining II boʻlimida “kompleksining tegishli kotibiyati (yoki boʻlimi)ga” va “kotibiyatlari” soʻzlari tegishli ravishda “Departamentga (yoki boʻlimga)” va “departamentlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-fevraldagi 63–f-son farmoyishining 1-bandida “Ijtimoiy kompleks kotibiyati” va “Ijtimoiy kompleks kotibiyatiga” soʻzlari tegishli ravishda “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 16-modda):
a) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshida “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
4-bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Kotibiyatiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
qarorga 3-ilovaning 12, 13-bandlarida, 14-bandining oʻn birinchi, 18-bandining uchinchi, 20-bandining ikkinchi xatboshida, 22 va 32-bandlarida “Bosh vaziri Kotibiyati” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
14. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovada “Vorisov A.K. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi kotibiyati mudiri” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” soʻzlari tegishli ravishda “Qurbonov Sh.E. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchigni yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-iyuldagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining korporativ boshqaruv markazi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida “Komplekslari kotibiyatlari” soʻzlari “axborot-tahlil departamentlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchigni yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolari tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 384-son qaroriga ilovada “Oxunov S.T. — Bosh vazir oʻrinbosari apparatining bosh mutaxassisi” soʻzlari “Irmatov Sh.M. — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qaroriga 3-ilovada “Ijtimoiy kompleks” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovada “Qalibekov I.J. — Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” va “Agrosanoat kompleksi” soʻzlari tegishli ravishda “Barnoyev Oʻ.I. — Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” va “Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining “Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga 2-ilovada “Vorisov A.K. — Ijtimoiy kompleks kotibiyati mudiri” soʻzlari “Qurbonov Sh.E. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Malayziya bilan investitsiya hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining boshligʻi”, “Nabiyev U.N. — Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi kotibiyatining mudiri” va “Vorisov A.K. — Ijtimoiy kompleks kotibiyati mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Qurbonov Sh.E. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
36. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
1-ilovada “Vorisov A.K. — Ijtimoiy kompleks kotibiyatining mudiri” va “Ijtimoiy kompleksi kotibiyati” soʻzlari tegishli ravishda “Qurbonov Sh.E. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovada “Ijtimoiy kompleks kotibiyati” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda)
7-ilovada “Anvarov A.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” va “Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyatining” soʻzlari tegishli ravishda “Ahmedov T.I. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” va “Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovada “Abdullayev A.X. — Agrosanoat kompleksi kotibiyatining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Tojiboyev B.U. — Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-yanvardagi 10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda )
12-ilovada “Alixoʻjayev O.S. — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyatining mudiri” soʻzlari “Xanov N.M. — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-ilovada “Saidov B.M. — Ustuvor investitsiya dasturlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi rahbari”, “Alixoʻjayev O.S. — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyatining mudiri” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “Solihov F.M. — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi”, “Xanov N.M. — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-ilovada “Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyati”, “Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi”, “Alixoʻjayev O.S. — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyati mudiri” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti”, “Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Xanov N.M. — Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
18-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi” va ““Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-ilovada “Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning oʻn oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)
21-ilovada “Toshpoʻlatov B.T. — Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Zokirov K.S. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning oʻn sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)
23-ilovada “Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi” va “Axborot-tahlil boshqarmasi shuʼba mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning yigirma birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 289-modda;)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning yigirma ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)
27-ilovada “Norbayeva T.K. — Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi kotibiyati mudiri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi” va “Anvarov A.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Ahmedov T.I. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning yigirma oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)
31-ilovada “Nabiyev U.N. — Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi kotibiyatining mudiri” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari” soʻzlari tegishli ravishda “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-ilovada “Nabiyev U.N. — Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi kotibiyatining mudiri” soʻzlari “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-sentabrdagi 205-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 39-son, 390-modda)
44-ilovada “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi”, “Ziyoyev oʻ.M. — Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati mudiri” va “Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Mirzohidov X.M. — Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-ilovada “Azizxoʻjayev A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin, “Vorisov A.K. — Ijtimoiy kompleks kotibiyati mudiri” soʻzlari “Mirzohidov X.M. — Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-ilovada “Yunusov R.R. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi”, “Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi” va “Oxunov S.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari apparati bosh mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Toʻxtayev A.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi”, “Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Irmatov Sh.M. — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
38. Vazirlar Mahkamasining “Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandida “Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda, 45-son, 341-modda; 2006-y., 3-son, 13-modda, 4-5-son, 28-modda, 30-son, 289-modda,39-son, 390-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 17-son, 194-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 32-son, 433-modda, 43-son, 549-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son; 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son; 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)