Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 56-son
qarorida:
1-ilovada “Bosh vazir oʻrinbosari — Davlat mulki qoʻmitasi raisi — 1” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.