1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIYOT TEXNIKASI ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining va “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi muassislarining “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
tibbiyot muassasalari va aholining zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojini chuqur oʻrganib chiqish va ushbu ehtiyojlarni qondirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni taʼminlash;
montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini, tibbiyot asbob-uskunalarining texnik servisini amalga oshirish;
sogʻliqni saqlash muassasalarini texnik jihozlash boʻyicha loyihalarini va texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish muhandis-texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
3. “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
*2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2006-yillarda respublika tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va unga texnik servis xizmati koʻrsatishni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi va emissiya prospektini xatlovdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
davlatga tegishli aktivlarni boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakili tayinlanishini taʼminlasin;
“Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining davlat aktivlarini ishonchli boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalari ijrosi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr,
490-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 210-modda;2005-y., 8-9-son, 67-modda; 34-36-son, 264-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)