Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Isteʼmol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni taʼminlash, tovar resurslarini taqsimlashning bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari boʻlimi tarkibida shtatdagi xodimlari soni 3 nafardan iborat boʻlgan isteʼmol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish shuʼbasi tashkil etilsin.
2. Shuʼbaning shtat jadvali
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar shuʼbaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ichki va tashqi bozorlarda, shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun isteʼmol tovarlarini hrid qilish yuzasidan tenderlar (savdolar) oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarda isteʼmol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazish masalalari boʻyicha hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
ichki isteʼmol bozorining tovarlarga toʻldirilganligini tahlil qilish va tovar resurslarining bozor taqsimoti mexanizmini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xodimlar sonini koʻpaytirish va yangidan tashkil etilayotgan shuʼbani kompyuter texnikasi bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar Boshqarmasi shuʼbani joylashtirish, uni tegishli asbob-uskuna va texnika bilan taʼminlash masalasini bir hafta muddatda hal qilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.