1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Ushbu Qonunning maqsadi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish (bundan buyon matnda atom energiyasidan foydalanish deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
atom energiyasi — atom yadrolarida mavjud bo‘lgan va yadroviy reaksiyalar hamda radioaktiv parchalanish chog‘ida ajralib chiqadigan energiya;
atom energetikasi — atom energiyasini o‘zgartirish yo‘li bilan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi energetika tarmog‘i;
atom energiyasidan foydalanish obyektining to‘liq “hayotiy” davri — atom energiyasidan foydalanishning tegishli obyektlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, konstruksiyalash, ishlab chiqarish, qurish (shu jumladan montaj qilish, sozlash, ishga tushirish), ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ularning texnik qurilmalarini, binolarini va inshootlarini tekshiruvdan o‘tkazish, ushbu obyektlarni foydalanishdan chiqarish (yopish), transportda tashish (tashish), saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash;
ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i — yadroviy reaktorning faol zonasidan butunlay chiqarib tashlangan va texnik xususiyatlariga ko‘ra yadroviy qurilmada foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yadroviy material;
radiatsiyaviy manbalar — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar;
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
radioaktiv chiqindilar — foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni o‘z ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalar;
saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki ko‘mib tashlash uchun mo‘ljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-martdagi 141-sonli “Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
yadroviy yoqilg‘i — nazorat qilinadigan yadroviy bo‘linish reaksiyasini amalga oshirish hisobiga yadroviy qurilmada issiqlik energiyasi va (yoki) nurlanish oqimlarini olish uchun mo‘ljallangan yadroviy material;
yadroviy materiallar — tarkibida bo‘linadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar bo‘lgan yoki ularni hosil qilishga qodir bo‘lgan materiallar;
yadroviy reaktorning issiqlik ajratuvchi to‘plami — yadroviy materiallarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan yadroviy reaksiyani amalga oshirish hisobiga yadroviy reaktorda issiqlik energiyasini olish uchun mo‘ljallangan buyum;
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 76-sonli “Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
4-modda. Atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari
Atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi;
xavfsizlikning ta’minlanishi;
axborotning ochiqligi;
yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi.
5-modda. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yadroviy qurilmalar;
saqlash punktlari;
yadroviy materiallar;
radiatsiyaviy manbalar;
radioaktiv moddalar;
yadroviy yoqilg‘i;
yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi to‘plamlari;
ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i;
radioaktiv chiqindilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 3-moddasida ushbu obyektlarning tushunchalari berilgan.
6-modda. Atom energiyasidan foydalanish obyektlariga bo‘lgan mulk huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari davlat mulkida yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin. Davlat mulkida yoki yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining mulkdorlari ushbu obyektlarning but saqlanishini va ulardan belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, shuningdek ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tuziladi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ro‘yxatga kiritilmagan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish haqidagi bitimlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish haqida ushbu moddaning uchinchi qismi talablarini buzgan holda tuzgan bitimlari o‘z o‘zidan haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasi (Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi).
7-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarish;
radiatsiyaviy manbalarni barpo etish, ulardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘in va ekologik xavfsizligini ta’minlash;
mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari jisman himoya qilinishini ta’minlash;
mazkur sohada davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallarni, uskunalarni hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
mazkur sohada xizmatlar ko‘rsatish;
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish;
mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi.
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turlariga faoliyatning boshqa turlari ham kiritilishi mumkin.
2-bob. Atom energiyasidan foydalanish sohasini tartibga solish
8-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
mazkur sohadagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish;
atom energiyasidan foydalanish chog‘ida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4165-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi.
mazkur sohada innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar joriy etilishini rag‘batlantirish;
mazkur sohada kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
9-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Atom energiyasidan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish atom energiyasidan foydalanish sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solishni atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari (bundan buyon matnda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar deb yuritiladi) amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-sonli “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining1-bandi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashtiriladigan joyni (hududni) tanlashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy faoliyat amalga oshirilishini tashkil etadi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari joylashgan hududlarda yashovchi va (yoki) mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining oltinchi xatboshisi.
12-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
(12-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(12-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
(12-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
(12-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek mazkur sohadagi normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
(12-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishni ta’minlash choralarini ko‘radi;
tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etadi;
fundamental tadqiqotlarning, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimini yaratadi hamda takomillashtiradi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek radiatsiyaviy hamda yadroviy xavfsizlikni ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, shu jumladan chet elda tashkil etadi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(12-modda ikkinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etadi;
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishini va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari o‘z vakolatlari doirasida bajarilishini ta’minlaydi.
(12-modda ikkinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
13-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlaridir.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida:
radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ularning mol-mulki, shuningdek atrof-muhit himoya qilinishini ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatda ishtirok etadi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari joylashgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda ularning ekologik xavfsizligiga doir kompleks dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari hududida radiatsiyaviy vaziyatning monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimlarini yaratadi hamda takomillashtiradi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari jisman himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
atom energiyasidan foydalanish chog‘ida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda tasarrufidagi tashkilotlar hamda bo‘linmalarning kuchlari va vositalari harakat qilishga shayligi ta’minlanishini tashkil etadi, shuningdek bunday vaziyatlarning oldini olishga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
131-modda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘z vakolatlari doirasida vakolatli davlat organi bilan birgalikda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning balansini ishlab chiqadi, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
14-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
(14-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi masalalarning jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida muhokama etilishini tashkil qiladi hamda unda ishtirok etadi;
radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, mol-mulki himoya qilinishini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha yer kadastri materiallarini tasdiqlaydi;
tegishli hududda atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya yuz bergan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakatlar qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
aholini tegishli hudud doirasidagi radiatsiyaviy vaziyat va amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
15-modda. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, mol-mulkini himoya qilishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgandir.
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, amalga kiritish hamda amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ruxsat berish faoliyati;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini baholash;
atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati;
(15-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini, jisman himoya qilinishini ta’minlash ustidan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi;
(15-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etish.
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar qarorlar qabul qilishda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqildir.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
16-modda. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organdir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi).
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Maxsus vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(16-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, amalga kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida pudratchilar tomonidan bajariladigan ishlarni qabul qilib olishda ishtirok etadi;
yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etadi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning xodimlariga hamda atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning xodimlariga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqiga doir ruxsatnomalarni xodimlarning lavozimlari ro‘yxatiga, shuningdek ishlarning turlari ro‘yxatiga muvofiq beradi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika choralarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi;
(16-modda ikkinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi noxush hodisalar va avariyalarning sabablarini texnik jihatdan tekshirish tartibini tasdiqlaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga atom energiyasidan foydalanish chog‘idagi xavfsizlik masalalari yuzasidan axborot beradi;
(16-modda ikkinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
17-modda. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va o‘y-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlaridir.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda ularni maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish uchun maydonchalarni tanlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda ishtirok etadi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil qilishda ishtirok etadi;
yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
(17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 76-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
18-modda. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlardan, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslardan tekshirish (inspeksiya) o‘tkazish jarayonida zarur bo‘lgan axborot va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini taqdim etgach, yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi yuridik shaxslarni moneliksiz borib ko‘rish hamda binolarni, xonalarni, inshootlarni, texnik vositalarni, uskunalarni, dasturiy ta’minotni, materiallarni ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalar, tekshirishlar hamda davlat nazorati va tekshiruviga doir boshqa tadbirlar o‘tkazish;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarga majburiy talablarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida ishlarni bajaruvchi boshqa yuridik shaxslarga ushbu obyektlarda yadroviy va (yoki) radiatsiyaviy xavfsizlikka, xodimlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar aniqlangan taqdirda ishlarni to‘xtatib turish haqida ko‘rsatmalar berish.
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
majburiy talablarning buzilishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzishi, ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqishi va bunday buzilishlarning oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi;
majburiy talablarning buzilishi bilan bog‘liq materiallarni jinoyatlar alomatlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi shart.
19-modda. Maxsus vakolatli organni ilmiy-texnikaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Maxsus vakolatli organ ilmiy-texnikaviy ko‘mak olish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiruvchi tegishli tashkilotlarni jalb etishga haqli:
atom energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish hamda muvofiqlashtirish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza o‘tkazish;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
20-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarga atom energiyasidan foydalanish obyektlari va olib borilayotgan ishlar xavfsizligini ta’minlash sharti bilan maxsus vakolatli organ tomonidan beriladi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi quyidagi faoliyati litsenziyalanishi lozim:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish;
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot litsenziyani olishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar quyidagilardan iborat:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizaning ijobiy xulosasi mavjudligi;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning moliyaviy ta’minoti mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyekti to‘liq “hayotiy” davrining barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy barqarorligi asoslanganligi.
Boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi quyidagi faoliyati litsenziyalanishi lozim:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish (tashish) va saqlash;
radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish (tashish), saqlash va ko‘mib tashlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Yangi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qabul qilinishi, shuningdek ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi bevosita litsenziyaning amal qilishini tugatishga yoki uning amal qilish muddati o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Litsenziyalash jarayonida maxsus vakolatli organning ilmiy-texnikaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning va tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazadi.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi chet davlatning yuridik shaxslariga (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlardan tashqari) maxsus vakolatli organning qaroriga ko‘ra litsenziya mazkur yuridik shaxslar ro‘yxatga olingan mamlakatda vakolatli organ tomonidan ularga berilgan xuddi shunday litsenziyaning amal qilish muddatiga berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-oktabrdagi 663-sonli qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
21-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi muayyan ishlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ularda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina bajarilishi mumkin.
Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni olishi kerak bo‘lgan xodimlar lavozimlarining ro‘yxati, shuningdek amalga oshirilishi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni olish zarur bo‘lgan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
22-modda. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida qo‘llaniladigan buyumlarni, uskunalarni va texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida qo‘llash uchun sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan buyumlar, uskunalar va texnik qurilmalar sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlarda sertifikatlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yetkazib beriladigan buyumlarga, uskunalarga hamda texnik qurilmalarga nisbatan yetkazib beruvchi mamlakatda berilgan sertifikatlar qo‘llanilishi mumkin.
23-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ularning rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari hamda xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida belgilangan talablar (bundan buyon matnda majburiy talablar deb yuritiladi) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgandir.
(23-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi tekshirishlarni (inspeksiyalarni) tashkil etish hamda o‘tkazish, aniqlangan qoidabuzarliklarga barham berish yuzasidan choralar ko‘rish, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida majburiy talablar ijrosi ustidan tizimli kuzatish, majburiy talablar ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish orqali amalga oshiriladi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, shuningdek boshqa yuridik shaxs tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablarga, litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya etilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining mazkur sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi tekshirish (inspeksiya) predmetidir.
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni ta’minlash ustidan tegishincha davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishni ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan avariya sodir bo‘lgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakat qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
(23-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda ularni foydalanishdan chiqarish ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
24-modda. Atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha tadbirlarda fuqarolarning, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish masalalarining muhokamasida ishtirok etishi hamda takliflar kiritishi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish uchun o‘zining vakolatli vakillarini tavsiya etishi;
barpo etilishi mo‘ljallanayotgan, loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, foydalanilayotgan va foydalanishdan chiqarilayotgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligi to‘g‘risida tegishli davlat organlari hamda tashkilotlardan axborot so‘rashi va olishi, bundan davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno;
tanishish maqsadida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashrif buyurishi;
atom energiyasidan foydalanishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishi;
aholi o‘rtasida fuqarolarning xabardorligini, huquqiy savodxonligi va ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin.
Radiatsiyaviy ta’sirga duchor bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda va shaklda beriladigan nurlanish dozasi to‘g‘risida hujjatni olish huquqiga ega.
3-bob. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish hamda barpo etish
25-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish hamda barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Maxsus vakolatli organ tanlangan maydonchaning xavfsizligini asoslash yuzasidan davlat ekspertizasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi hamda maydonchadan yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun foydalanishga doir ruxsatnoma beradi.
Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining atrof-muhitga radiatsiyaviy ta’sirini baholash bo‘yicha hujjatlar vakolatli davlat organi yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan mazkur atom energiyasidan foydalanish obyektlarining loyiha hujjatlari tarkibida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza uchun taqdim etiladi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-martdagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
26-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizlik darajasi pasayishiga, atrof-muhit holatining yomonlashuviga yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi qo‘shimcha omillar aniqlangan taqdirda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qaror ushbu obyektlarning va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza xulosalari asosida bekor qilinishi, ularning barpo etilishi esa, tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi kerak.
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar, vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza asosida qo‘shimcha omillarni asoslantirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni ushbu omillar qaysi yuridik shaxslarning aybi tufayli o‘z vaqtida aniqlanmagan hamda hisobga olinmagan bo‘lsa, o‘sha shaxslar hisobidan sud tartibida qoplanishi lozim. Barcha boshqa hollarda mazkur obyektlarni barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim.
27-modda. Sanitariya-muhofaza zonasini, kuzatuv zonasini va xavfsizlik zonasini belgilash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashtirilgan hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida quyidagi alohida hududlar belgilab qo‘yiladi:
sanitariya-muhofaza zonasi — alohida foydalanish rejimiga ega maxsus hudud;
kuzatuv zonasi — yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti ushbu zonada yashovchi aholiga radiatsiyaviy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hudud;
xavfsizlik zonasi — alohida huquqiy rejimga ega hudud.
Sanitariya-muhofaza zonasi va kuzatuv zonasining o‘lchamlari hamda chegaralari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining loyihasida belgilanadi.
Sanitariya-muhofaza zonasida yashash uchun mo‘ljallangan turar joylarni va jamoat binolarini, bolalar muassasalarini, shuningdek yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining ishlashiga aloqador bo‘lmagan hamda sanitariya-muhofaza zonasining tasdiqlangan loyihasida nazarda tutilmagan davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, sanoat obyektlarini, yordamchi va boshqa inshootlarni hamda obyektlarni joylashtirish taqiqlanadi.
Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan mavjud obyektlar va inshootlarning foydalanish sohasi o‘zgargan taqdirda, ulardan xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning taqdimnomasiga ko‘ra xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Kuzatuv zonasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan xo‘jalik faoliyati uchun cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Sanitariya-muhofaza zonasida va kuzatuv zonasida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi ustidan nazorat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi amalga oshiriladi.
Xavfsizlik zonasining o‘lchamlari va chegaralari atom energiyasidan foydalanish obyektining (hududning) himoyalanganligi ta’minlanganligi haqidagi axborotni hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti hududida terrorchilik harakati sodir etilishining oldini olish, unga chek qo‘yish va (yoki) ushbu obyektlarda terrorchilik harakatining oqibatlarini tugatishga doir tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizlik pasporti hisobga olingan holda belgilanadi.
Xavfsizlik zonasining alohida huquqiy rejimi quyidagi cheklovlarni o‘z ichiga oladi:
jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishiga va (yoki) unda bo‘lishiga doir cheklovlarni, jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishini va (yoki) unda bo‘lishini rad etish uchun asoslar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan holda;
uchuvchi apparatlarning (shu jumladan havo kemalarining) xavfsizlik zonasi hududi ustidan parvozlariga doir cheklovlarni;
jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishiga va (yoki) unda bo‘lishiga doir cheklovlar bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish, tabiiy resurslarga, ko‘chmas mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga doir cheklovlarni.
Sanitariya-muhofaza zonasi, kuzatuv zonasi va xavfsizlik zonasi belgilanganligi tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan yer to‘g‘risidagi hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda qoplanadi.
(27-moddaning to‘qqizinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 999-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
28-modda. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining loyihasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasida yer uchastkasi berilishi uchun zarur bo‘lgan o‘lchamlar, loyihalashtirilayotgan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun ajratilgan yer uchastkasidan foydalanishga doir huquqlarga cheklovlar (yuklamalar) belgilash zarurligi funksional kapital imoratlarni (binolarni, inshootlarni), ishlab chiqarish, transport, muhandislik infratuzilmasining boshqa obyektlarini joylashtirish va sanitariya-muhofaza zonasini hamda kuzatuv zonasini, shuningdek xavfsizlik zonasini belgilash hisobga olingan holda asoslangan bo‘lishi kerak.
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasida ularni foydalanishdan xavfsiz tarzda chiqarishga doir tadbirlar, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni xavfsiz amalga oshirishga doir tadbirlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi atom energiyasidan foydalanishning tegishli obyekti xavfsizligini tasdiqlaydigan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini asoslashga doir ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir qo‘shimcha ekspertizalarni o‘z vakolatlari doirasida tashkil etishi, shu jumladan mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tashkil etishi mumkin.
4-bob. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini qabul qilib olish, ishga tushirish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarish
29-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini qabul qilib olish hamda ishga tushirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishga qabul qilib olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida nazarda tutilgan barcha ishlab chiqarish va maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan obyektlar bilan kompleks ravishda amalga oshirilishi kerak.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirish yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirishning ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ko‘rsatilgan obyektlar loyihalari asosida tasdiqlangan hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi tegishli organlar bilan kelishilgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishlatish uchun maxsus vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
30-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda o‘z kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir bo‘lgan yuridik shaxs ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdir.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi, shuningdek radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot litsenziyadan mahrum etilgan taqdirda, u atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligi uchun bu obyektlar boshqa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga topshirilguniga yoki yangi litsenziya olinguniga qadar javobgar bo‘lib qolaveradi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy, moddiy-texnik resurslarga va kadrlar salohiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga doir faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
31-modda. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarish, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish hamda foydalanishdan chiqarish, yadroviy qurilmalar uchun yadroviy yoqilg‘ini yetkazib berish, foydalanishning servis jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun shartnomalar bo‘yicha yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish;
atom energiyasidan foydalanish obyektining to‘liq “hayotiy” davri uchun yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanishni konstruktorlik jihatidan ta’minlash uchun shartnomalar tuzish;
chet el davlatlarining vakolatli organlari tomonidan malakasi tasdiqlangan va maxsus vakolatli organ tomonidan o‘ziga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma berilgan chet ellik mutaxassislarni ishga qabul qilish, shu jumladan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini boshqarish uchun ishga qabul qilish.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot:
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga maxsus vakolatli organdan ruxsatnoma olish maqsadida xavfsizlikni asoslash uchun muhandislik izlanishlarini hamda tadqiqotlarini tashkil etishi;
atom energiyasidan foydalanish obyekti to‘liq “hayotiy” davrining barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida radiatsiyaviy vaziyat monitoringini hamda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarni tashkil etishi;
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi;
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining ko‘rsatmalarini bajarishi;
tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashi;
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi;
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining axborot xavfsizligini ta’minlashi;
yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobini yuritishi;
yadroviy qurilmadagi va (yoki) saqlash punktidagi avariyalarning oldini olish hamda o‘z xodimlari va jalb etiladigan xodimlar, ularga tutash hududlarning aholisi va atrof-muhit uchun avariyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanish chog‘ida sodir bo‘lgan noxush hodisalar hamda avariyalar sabablarining texnik tekshiruvini o‘tkazishi;
yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining avariyaga oid ichki rejasini ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi va uni bajarish uchun o‘z xodimlarining hamda jalb etiladigan xodimlarning va zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalarining shayligini ta’minlashi;
o‘z xodimlarining ijtimoiy kafolatlarga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi;
o‘z xodimlarining va jalb etiladigan xodimlarning individual nurlanish dozalarining dozimetrik hisobini amalga oshirishi;
o‘z xodimlarini va jalb etiladigan xodimlarni tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
o‘z xodimlarining tibbiy ko‘rigini tashkil etishi;
yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida yong‘indan himoya qilish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqishi, tasdiqlashi hamda amalga oshirishi;
xodimlarni tanlashi, tayyorlashi, qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi hamda ishlab chiqarishda ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishi;
sanitariya-muhofaza zonasidagi va kuzatuv zonasidagi radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida aholini xabardor qilishi shart.
32-modda. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanishda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholashni o‘tkazadi.
Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini birinchi marta baholash foydalanish boshlanganidan keyin o‘n yil o‘tgach amalga oshirilib, keyinchalik foydalanish yakunlanguniga qadar xavfsizlik har o‘n yilda davriy baholanadi.
Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholashni o‘tkazish tartibi hamda tegishli tadqiqotlarning hajmi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
33-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarishni ta’minlashga doir tartib va chora-tadbirlar atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ularning yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida belgilangan texnik resursi sarflanib bo‘lguniga qadar foydalanishdan chiqarish to‘g‘risidagi yoki ular ishining loyihadagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini cheklash haqidagi takliflar tegishli asoslar hamda davlat ekspertizalarining xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda vakolatli davlat organi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan kiritilishi mumkin.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini muddatidan ilgari foydalanishdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror texnologik jarayonlar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning imkoniyatlari hisobga olingan holda qabul qilinadi.
34-modda. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, muddatidan ilgari foydalanishdan chiqarish yoxud foydalanish xususiyatlarini cheklash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasi tuziladi.
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirishdan oldin belgilangan bo‘lishi kerak.
Atom elektr stansiyasi yoki uning bloki uchun Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasi elektr hamda issiqlik energiyasini sotishdan va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(34-moddaning uchinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasining mablag‘laridan faqat yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga doir ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ushbu obyektlarning xavfsizligini asoslash va oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
5-bob. Radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar, yadroviy yoqilg‘i, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
35-modda. Radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning davlat hisobi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan manbalarning muomalasi ustidan davlat hisobi hamda nazorati tizimida davlat hisobiga olinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan manbalarning muomalasi ustidan davlat hisobi va nazorati tizimini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari.
36-modda. Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga, xavfli yuklarni tashish qoidalariga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak.
(36-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) qoidalarida jo‘natuvchining, tashuvchining hamda oluvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, transportda tashish (tashish) chog‘idagi xavfsizlik, jisman himoya qilish choralari, o‘rovga, tamg‘alashga hamda transport vositalariga qo‘yiladigan talablar, transport hodisalariga va avariyalarga yo‘l qo‘ymaslikka doir kelishilgan chora-tadbirlar tizimi, ehtimol tutilgan avariyalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oqibatlarini tugatish tadbirlari nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) chog‘idagi avariyalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatish transportda tashish (tashish) subyektlarining, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional quyi tizimlarining kuchlari hamda vositalari orqali amalga oshiriladi.
37-modda. Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni olib kirish hamda olib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish, shuningdek ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Radioaktiv moddalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga faqat ilgari O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilgan radioaktiv chiqindilar va ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘idan olingan qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
38-modda. Radioaktiv moddalarni va yadroviy materiallarni saqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Radioaktiv moddalarni va yadroviy materiallarni saqlash ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Radioaktiv moddalarni va yadroviy materiallarni saqlash chog‘ida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar xodimlarini, yadroviy qurilmalarga va (yoki) saqlash punktlariga tutash hududlardagi aholini hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy ta’sirdan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga rioya etilgan holda himoya qilish ta’minlanishi kerak.
39-modda. Radioaktiv chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Radioaktiv chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash loyiha hujjatlarida va (yoki) texnologik hujjatlarda nazarda tutilishi kerak hamda faqat buning uchun maxsus mo‘ljallangan saqlash punktlarida yo‘l qo‘yiladi.
Radioaktiv chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida aholini radiatsiyaviy ta’sirdan himoya qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun bu chiqindilarning xavfsizligi hamda ularni atrof-muhitdan ajratib qo‘yish ta’minlanishi kerak.
6-bob. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish
40-modda. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish quyidagilarga qaratilgan texnik va tashkiliy choralar kompleksini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, davlat tomonidan nazorat qilish hamda tekshirishning, amalga oshirishning yagona tizimini nazarda tutadi:
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududiga ruxsatsiz kirishning, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga, shuningdek ular talon-toroj qilinishining va shikastlantirilishining oldini olishga;
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning bir butunligiga nisbatan har qanday tajovuzlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yishga, yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligiga tahdid qiluvchi qo‘poruvchilik hamda terrorchilik harakatlarini o‘z vaqtida aniqlashga va ularga chek qo‘yishga;
yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni va radioaktiv chiqindilarni topish hamda qaytarishga.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashga doir talablar atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar bilan belgilanadi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlash loyihalashtirishning, barpo etishning, ishga tushirishning, foydalanishning va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish, shu jumladan ularni transportda tashish (tashish) chog‘ida amalga oshiriladi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi tegishli organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida ta’minlanadi.
Zarur hollarda, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashga doir vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalari jalb etilishi mumkin.
Yadroviy qurilmalardan va (yoki) saqlash punktlaridan foydalanish, shuningdek ishlab chiqarishning, foydalanishning, qayta ishlashning, transportda tashishning va saqlashning istalgan bosqichida turgan radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlarni amalga oshirish, agar ularning jisman himoya qilinishi ta’minlanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi.
41-modda. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti hududidagi shaxslarning huquqlarini cheklash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining jisman himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashgan hududdagi, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalaridagi hamda xavfsizlik zonalaridagi shaxslarning yurishi va harakat qilishi cheklanishi mumkin, ularning ashyolari va transport vositalari esa ko‘zdan kechirilishi, shu jumladan maxsus vositalar qo‘llanilgan holda ko‘zdan kechirilishi mumkin.
42-modda. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududlarida ommaviy tadbirlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining sanitariya-muhofaza zonasida hamda xavfsizlik zonasida ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni (bundan buyon matnda ommaviy tadbirlar deb yuritiladi) o‘tkazish taqiqlanadi.
Yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining sanitariya-muhofaza zonasi hamda xavfsizlik zonasi tashqarisida ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, agar buning natijasida yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining ish qobiliyati buzilishi yuz berishi mumkin bo‘lsa, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi qiyinlashsa yoxud aholi yoki atrof-muhit xavfsizligiga boshqa tahdidlar yuzaga kelsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsiz ishlashiga tahdid soluvchi harakatlar natijasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi.
43-modda. Shaxslarning atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ishlashiga ruxsat berish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va bu ish uchun tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan, tegishli malaka talablariga javob beradigan, maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lgan, shuningdek mazkur ishga, agar ish davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa, ruxsat olgan shaxslarning ishlashiga yo‘l qo‘yiladi.
Tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarning ro‘yxati va ular tatbiq etiladigan lavozimlarning ro‘yxati, shuningdek tibbiy ko‘riklar va psixofizik tekshiruvlar o‘tkazishga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Avariyaga oid shaylik va avariya holatida harakat qilish
44-modda. Avariyaga oid shaylikni va avariya holatida harakat qilishni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Avariyaga oid shaylikni va avariya holatida harakat qilishni tashkil etish avariyaga oid tashqi hamda ichki rejalar bilan belgilanadigan, avariyaga oid shaylikni ta’minlash va avariya holatida harakat qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
45-modda. Avariyaga oid rejalarni ishlab chiqish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Avariyaga oid rejalarni ishlab chiqish tartibi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini tugatish, cheklash yoki kamaytirish choralari, aholini xabardor qilish usullari, shuningdek avariyaga oid shaylikni tekshirish choralari maxsus vakolatli organning yoki O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Avariyaga oid tashqi rejada avariya holatida harakat qilish zonalari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuchlari va vositalarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat holatida jismoniy shaxslarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilishga qaratilgan harakatlari belgilanadi.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariyaga oid tashqi reja ishlab chiqilishini hamda tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuchlari hamda vositalari tomonidan uni amalga oshirishga doir tadbirlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
Avariyaga oid tashqi reja O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
47-modda. Avariyaga oid ichki reja
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish yoki undan foydalanish chog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini tugatishga, cheklashga yoki kamaytirishga doir harakatlarini belgilaydi.
Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan avariyaga oid tashqi reja hisobga olingan holda ishlab chiqiladi hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar bilan kelishilganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Avariyaga oid ichki reja yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining rejalashtirilgan ishga tushirilishi boshlanishidan kamida olti oy oldin tasdiqlanishi kerak.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot o‘z mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan avariyaga oid ichki reja tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uning moddiy-texnika ta’minotining va kadrlar bilan ta’minlanishining zarur darajasini saqlab turadi.
(47-moddaning to‘rtinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Avariyaga oid ichki reja yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti ishga tushirilguniga qadar hamda butun foydalanish muddati mobaynida maxsus vakolatli organ va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilangan davriylikda amaliy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
48-modda. Avariyaga oid shaylikni va avariya holatida harakat qilishni ta’minlashga doir talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot o‘z xodimlarini avariyaga oid tashqi va ichki rejalar bilan tanishtirishi hamda xodimlarni ushbu rejalarga muvofiq majburiyatlarni bajarishga tayyorlash yuzasidan o‘quv dasturini amalga oshirishi shart.
Yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida atrof-muhitga radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan nazorat darajalaridan ortiq miqdorda radioaktiv moddalar chiqishiga olib kelgan avariya yuzaga kelgan taqdirda, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot:
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarini, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, vakolatli davlat organini, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, hududning eng tahdid solinayotgan uchastkalari aholisini, O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimi xizmatlarini radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi tezkor axborot bilan ta’minlashi;
(48-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatish, cheklash yoki kamaytirish bo‘yicha avariyaga oid tashqi va ichki rejalarga muvofiq harakatlar qilinishini ta’minlashi;
chet tashkilotlarning va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning avariya oqibatlarini tugatishda band bo‘lmagan va ishi xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan xodimlari evakuatsiya qilinishini ta’minlashi;
radioaktiv moddalar atrof-muhitga chiqib ketishining uzluksiz monitoring qilinishini ta’minlashi;
avariyaga oid ishlar amalga oshiriladigan zonalarda dozimetrik nazoratni ta’minlashi;
avariya oqibatlarini tugatishda, cheklashda yoki kamaytirishda ishtirok etayotgan shaxslarga to‘g‘ri keladigan doza ko‘rsatkichlarining joriy monitoringini va hisobga olinishini, shuningdek radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan nazorat darajalaridan ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’minlashi shart.
Avariya rivojlanishining oldini olishga yoki uni tugatishga doir ishlar bajarilayotganda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarining radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan nazorat darajalaridan ko‘proq nurlanishiga (lekin atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarda belgilangan potensial xavfli nurlanish dozasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda) yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mazkur ishlarda ishtirok etayotgan xodimlarni radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan nazorat darajalaridan ko‘proq nurlanishning yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfi to‘g‘risida oldindan xabardor qilishi va bunga ularning yozma roziligini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatnomasini olishi shart.
8-bob. Radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
49-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga radiatsiyaviy ta’sir natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Jismoniy shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan hamda radiatsiyaviy ta’sir bilan bog‘liq yoxud radiatsiyaviy ta’sirning zaharli, portlovchi yoki boshqa xavfli ta’sirlar bilan uyg‘unlashuviga bog‘liq bo‘lgan zararning o‘rni qoplanishi lozim.
Agar radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar bilan bir qatorda radiatsiyaviy ta’sir sababli yetkazilgan zarardan asoslangan ravishda ajratilib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan boshqa zarar yetkazilgan bo‘lsa, bunday zararning o‘rni atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
(49-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning aybidan qat’i nazar qoplanadi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida radiatsiyaviy ta’sir orqali jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yengib bo‘lmas kuch yoki harbiy harakatlar natijasida yuzaga kelgan radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkaziladigan zararning o‘rnini qoplamaydi.
Qaysi shaxsning qasddan sodir etilgan harakatlari ushbu shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga olib kelsa, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot shu shaxsga radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplamaydi.
Bitta radiatsiyaviy avariya natijasidagi radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashning eng ko‘p umumiy summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
50-modda. Radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan yo‘l qo‘yilgan, radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zararning o‘rni atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(50-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
51-modda. Radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashning moliyaviy ta’minoti
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun o‘z moliyaviy mablag‘laridan va (yoki) sug‘urta polisidan (shartnomasidan) iborat bo‘lgan moliyaviy ta’minotga ega bo‘lishi shart.
Radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sug‘urta qilish shartlari va tartibi, sug‘urta jamg‘armasini tuzish tartibi va manbalari qonunchilikda belgilanadi.
(51-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori.
Na ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, na radiatsiyaviy ta’sir sababli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ushbu moddaga muvofiq moliyaviy ta’minotni taqdim etgan sug‘urtalovchi:
moliyaviy ta’minotni to‘xtatib turishdan yoki bekor qilishdan uch oy oldin bu haqda maxsus vakolatli organni va vakolatli davlat organini yozma shaklda xabardor qilmasdan turib;
(51-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
bunday moliyaviy ta’minot radioaktiv moddalarni, yadroviy materialni va (yoki) radioaktiv chiqindilarni transportda tashishga (tashishga) taalluqli bo‘lsa, radioaktiv moddalarni, yadroviy materialni va (yoki) radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) davri mobaynida moliyaviy ta’minotni to‘xtatib turishga yoki bekor qilishga haqli emas.
52-modda. Radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda davlatning ishtiroki
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash summalari to‘lovining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot uchun belgilangan to‘lovdan ortiq miqdori yoxud yengib bo‘lmas kuch yoki harbiy harakatlar natijasida yuzaga kelgan zararning o‘rnini qoplash summalari to‘lanishini ta’minlaydi.
9-bob. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik
53-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasida chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan atom energiyasidan foydalanish sohasida axborot almashish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
54-modda. Yadroviy qurilmadagi va (yoki) saqlash punktidagi avariya haqida chet davlatlarni xabardor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmadagi va (yoki) saqlash punktidagi avariya haqida chet davlatlarni xabardor qilish vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
55-modda. Yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida avariya sodir bo‘lgan taqdirda xalqaro yordam ko‘rsatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida avariya sodir bo‘lgan taqdirda uning oqibatlarini cheklash hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish maqsadida xalqaro yordam ko‘rsatish hamda olish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
56-modda. Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(56-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 98-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 252 — 255-moddalari.
57-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
(57-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
58-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(58-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
(58-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1140-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)
59-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr,
O‘RQ-565-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 03/19/565/3724-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)