1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlash, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari;
attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
attestatsiya natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari.
2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tegishli davlat tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibiga qat’iy amal qilinishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishi va yuritilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-yanvar,
13-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-son qaroriga ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning o‘z xodimlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaati;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari — yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv moddalar, yadroviy yoqilg‘i, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi to‘plamlari, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv chiqindilar;
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
attestatsiya guvohnomasi — xodimlarning mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat;
attestatsiya komissiyasi — maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida, kon-texnika inspeksiyalarida hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiya;
boshqa yuridik shaxslar — quyidagi sohalarda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;
radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va ko‘mib tashlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
davlat va (yoki) nodavlat ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) — atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
malaka oshirish — kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilash hamda chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat;
malaka talablari — tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasiga qo‘yiladigan talablar majmui;
xodimlarni tayyorlash — xodimlarning yadro, radiatsiya, yong‘in va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normalar va qoidalar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma va qoidalar talablariga amal qilgan holda, atom energiyasidan foydalanish obyektlari bilan bog‘liq ishlarni bajarishda talab etiladigan darajadagi xavfsizlik madaniyati va kompetensiyalarini shakllantirish faoliyati;
xodimlarni qayta tayyorlash — atom energiyasidan foydalanish sohasida tayinlangan lavozimi bo‘yicha maxsus kasbiy bilimlarga ega bo‘lmagan xodimlarni yetarli darajadagi kasbiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va tajribalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat;
o‘quv dasturi — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlash uchun tayyorlanayotgan nomzod tomonidan lavozim yo‘riqnomasi yoki malaka talablari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq lavozim majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lishning umumiy tartibini belgilovchi xodimlarni tayyorlashni tashkil etishga yo‘naltirilgan hujjat;
o‘quv rejasi — o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda o‘z kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir bo‘lgan yuridik shaxs;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar;
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar.
2-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
3. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega davlat va (yoki) nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnoma (buyurtma)lar asosida mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ham ega bo‘lishi shart.
4. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlarning miqdori tegishli o‘quv kurslarining davomiyligidan hamda ularning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi hamda belgilangan tartibda ta’lim tashkilotlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) masofaviy shaklda amalga oshiriladi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kamida 72 soatlik o‘quv kurslarida o‘qitish orqali amalga oshiriladi.
5. Xodimlarni:
a) tayyorlash — ishga yangi qabul qilinganda;
b) qayta tayyorlash:
tanlangan yoki turdosh kasb bo‘yicha boshlang‘ich kasbiy ta’lim bo‘lmaganda;
tegishli kasbiy ta’limni talab qiluvchi boshqa lavozimga o‘tkazishda;
v) malakasini oshirish — ularni lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini saqlab turish maqsadida uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
6. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davrida xodimlarga ularning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Agar mazkur tadbirlar uchun xodimlar doimiy yashash joyidan boshqa hududga yuborilsa, mazkur xodimlarni yuborayotgan tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
7. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv dasturlari ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli organ hamda xodimlarning vakillik organlari (mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari) bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin tasdiqlanadi.
8. O‘quv kurslari to‘liq tamomlangandan so‘ng xodimlar ta’lim tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov yozma, test ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin.
9. Sinovdan o‘ta olmaganlarga bir oy davomida sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Sinovni qayta topshirish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qayta sinovdan o‘ta olmaganlar o‘quv kursidan takroran o‘tadilar.
10. Ta’lim tashkilotlari qayta sinovdan o‘ta olmagan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga uch ish kuni mobaynida qayta sinov natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani ilova qilgan holda yuboradi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar mazkur ma’lumotlar asosida o‘z xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘rnatilgan tartibda bekor qilish yoki xodimni quyi lavozimga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir.
11. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuniga ko‘ra sinovdan o‘tganlarga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda guvohnoma, xodimlar malakasini oshirish yakuniga ko‘ra sinovdan o‘tganlarga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi.
12. Maxsus vakolatli organ ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantiradi va yuritadi.
13. Ta’lim tashkilotlari tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarini bitirgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yilning har choragida maxsus vakolatli organga taqdim etadi.
3-bob. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
1-§. Umumiy talablar
14. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyatini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
15. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari ko‘rinishlarda mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Xodimlarni birlamchi attestatsiyadan o‘tkazish ishga yangi qabul qilinganda yoki lavozimga tayinlanganda uch oy muddatda amalga oshiriladi.
17. Xodimlarni davriy attestatsiyadan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning rahbar xodimlari, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari — besh yilda bir marta;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning idoraviy (ishlab chiqarish) nazoratini, atom energiyasidan foydalanish sohasida texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, ularning jismonan himoya qilinishini ta’minlovchi, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar yoki ular asosidagi mahsulotlarni tashuvchi xodimlar, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari a’zolari — uch yilda bir marta;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilmagan muhandis-texnik va boshqa ishchi xodimlari — bir yilda bir marta.
18. Ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi, uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasi, to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
19. Maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tarkibiga:
maxsus vakolatli organ rahbarining o‘rinbosari — Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i (attestatsiya komissiyasining raisi);
Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari);
maxsus vakolatli organning boshqarma boshliqlari;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili kiritiladi.
20. Maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibiga:
tegishli hududiy boshqarma boshlig‘i (attestatsiya komissiyasining raisi);
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari);
maxsus vakolatli organning tegishli davlat inspektorlari yo‘nalishlar bo‘yicha;
atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi vakili;
tarmoq kasaba uyushmalari respublika kengashlari va (yoki) hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili kiritiladi.
21. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tarkibiga:
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki bosh muhandisi (attestatsiya komissiyasining raisi);
maxsus vakolatli organ tomonidan ushbu tashkilotda davlat nazoratini olib borish yuklatilgan davlat inspektori (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari);
ishlab chiqarish va ichki nazoratni olib boruvchi xodimlar, boshqarma, bo‘lim boshliqlari va rahbarlari, avariya-qutqaruv xizmati vakillari va boshqa yuqori malakali mutaxassislar;
hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili va (yoki) tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi kiritiladi.
22. Attestatsiya komissiyasining raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Attestatsiya komissiyasining raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi.
23. Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda ularning tegishli tarkibiy bo‘linmasi (mas’ul xodimi) attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. Ishchi organ:
attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
xodimlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
attestatsiya komissiyasi savollarini tuzadi;
attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda xodimga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
24. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari a’zolarining ro‘yxati attestatsiyani o‘tkazish muddatidan kamida o‘n kun avval maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi.
2-§. Maxsus vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
25. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tegishliligi bo‘yicha maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq qog‘oz yoki elektron shaklda ariza bilan attestatsiya o‘tkazish muddatidan uch oy oldin murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mazkur Nizomga 7-ilovadagi shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan so‘rovnoma;
xodimlarning tayyorlash (qayta tayyorlash) va malaka oshirish o‘quv kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki sertifikati nusxasi;
xodimlarning ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi tavsifnoma.
26. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot attestatsiya komissiyasiga xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
27. Attestatsiya komissiyasi ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida xodimni attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Taqdim etilgan ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablarga javob bermagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyaga xodimlarni qo‘yishni rad etish to‘g‘risida rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan qaror qabul qilinadi va ushbu qarorning nusxasi bir ish kunida tashkilotga yuboriladi.
Rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, arizani qayta ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun o‘n kundan kam, biroq bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat beriladi.
28. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya o‘tkaziladigan joy va vaqti to‘g‘risida tashkilotni kamida o‘n besh kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
29. Ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, xodimlar tashkilotdan hujjatlar olingan kundan boshlab to‘rtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay attestatsiyadan o‘tkazilishi shart.
30. Hujjatlari attestatsiyadan o‘tishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki xodim faoliyat yuritayotgan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va boshqa yuridik shaxs rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan xodimlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan xodimlar bo‘yicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi va ushbu holat takrorlangan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida xodimlarni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash haqida qaror chiqarishga haqli.
31. Xodim uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat)ni ko‘rsatgan holda attestatsiyadan o‘tishga kiritiladi.
32. Attestatsiya jarayoni maxsus vakolatli organning rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi, texnik jihatdan translyatsiya qilish imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda ushbu jarayon audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.
33. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Xodimlarning hujjatlari attestatsiya komissiyasi a’zolariga tanishtiriladi.
34. Attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlar, maxsus adabiyotlar yoki boshqa materiallardan foydalanish;
uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
uzrli sabablarsiz attestatsiya o‘tkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ushbu talablarni buzgan xodimlar attestatsiya o‘tkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
35. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi, yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazilishi bundan mustasno. Har bir xodimga 10 ta savoldan iborat imtihon varaqasi beriladi.
36. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda, nazariy (test shaklida) va amaliy (texnologik jarayonlarni xavfsiz olib borishning amaliy ko‘nikmalari) nazorat mashqlari orqali o‘tkaziladi.
Test savollarining kamida yetmish besh foiziga javob bergan xodimlar amaliy nazorat mashqlariga qo‘yiladi.
37. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida ishtirok etgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish xodimlarning ishtirokisiz o‘tkaziladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
38. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalarini hisobga olib:
xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etish va ularga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
xodimlarni attestatsiyadan o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi.
39. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi.
40. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan bayonnomasining nusxasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan xodimlarning ish joyiga rasman yuboriladi.
41. Bayonnoma tayyorlangan kundan boshlab uch ish kunida attestatsiyadan o‘tgan xodimlarga mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq attestatsiya guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan attestatsiyani o‘tkazish davriyligiga mutanosib ravishda belgilanadi.
42. Xodimlarning attestatsiya guvohnomasi attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestrida hisobga olinadi. Attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestri mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklda yuritiladi.
43. Attestatsiya guvohnomasi yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda, xodimlarning arizasiga ko‘ra uch ish kunida attestatsiya komissiyasi tomonidan uning dublikati beriladi.
44. Attestatsiya guvohnomasi dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yuqoridagi burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi kiritiladi.
45. Attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun tashkilot attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida ikki oy o‘tgach murojaat qilishi mumkin.
Bunda attestatsiyadan o‘tmagan xodimlar egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim.
46. Ikkinchi marta ham attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinib, tashkilotga ushbu xodimlarni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
47. Xodimlarning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda, xodimlar davriy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
48. Tashkilot rahbari xodimlarning attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda attestatsiyada ishtirokini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
3-§. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
49. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasida o‘z xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qo‘mitasi (yoxud uning vakili) bilan kelishilgan jadval asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar jadval bilan tanishtirilishi lozim.
50. Attestatsiya savollari maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
51. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar attestatsiya o‘tkaziladigan joy va vaqti to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi tomonidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinadi.
Attestatsiyani o‘tkazish mazkur Nizomning 29 — 36-bandlarida belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim.
52. Attestatsiya komissiyasi xodimlarning bilimlarini hisobga olib:
xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etish va ularga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
xodimlarni attestatsiyadan o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi.
53. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va xodimlarning shaxsiy varaqasiga tegishli qayd kiritiladi.
54. Tashkilot rahbari attestatsiyaning o‘z vaqtida o‘tkazilishiga javobgar hisoblanadi.
4-§. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
55. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablari o‘zgarganda;
ilgari qo‘llanilmagan xavf tug‘diruvchi yangi texnik qurilmalar yoki texnologiyalar kiritilganda;
xodim olti oydan ortiq muddatga ishdan ajralgan hollarda;
xodim radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilangan talablar bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega emasligi aniqlanganda, maxsus vakolatli organning radiatsiya va yadro xavfsizligi holatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan mas’ul shaxsining yozma ko‘rsatmasiga muvofiq.
56. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning quyidagi xodimlari maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasida navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi lozim:
avariya yoki oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan tashkilot rahbarlari hamda bu hodisaga aloqador xodimlar;
avariya yoki oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisaning sodir etilishida aybdor bo‘lgan shaxsni yoki jabrlanuvchini kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazgan tashkilot rahbarlari hamda o‘qitishga taalluqli bo‘lgan xodimlar.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarda attestatsiya xodimlarning toifalaridan qat’iy nazar, maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
57. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish mazkur Nizomning 3-bobi 2-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-§. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish tartibi
58. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunida maxsus vakolatli organ huzurida tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi maxsus vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasining a’zolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
59. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani yetti ish kunida uni bergan xodimlar ishtirokida ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ularga yozma xabar yuboradi.
60. Agar attestatsiya davomida xodimlarning bilimi noto‘g‘ri baholanganligi aniqlansa, apellyatsiya komissiyasi arizani qanoatlantiradi va attestatsiya natijalarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, xodimlarning apellyatsiyasi boshqa asoslarga ko‘ra to‘g‘ri (asosli) deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi ularni mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Attestatsiya mazkur Nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilmaganligi hamda xodimlarning bilimi to‘g‘ri baholanganligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40 va 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
4-bob. Yakunlovchi qoida
62. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar
Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi litsenziyasiga ega davlat va (yoki) nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma (buyurtma) tuzadi.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) masofaviy shaklda amalga oshiradi.
Kamida 72 soatlik o‘quv kurslari
3-bosqich
Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari
1. Xodimlarni yozma, test ko‘rinishida sinovdan o‘tkazadi.
1. O‘quv kurslari tamomlangandan so‘ng.
2. Qayta sinovdan o‘tkazadi.
2. 1 oy davomida.
3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga qayta sinov natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani yuboradi.
5. Maxsus vakolatli organga o‘quv kurslarini bitirgan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi.
5. Yilning har choragida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Tayyorlash (qayta tayyorlash) bo‘yicha ta’lim olganlik to‘g‘risida GUVONNOMA QT № 000000000 ____________________________________________________________________________________________ (bitiruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi)
20 ____ yil ________ _________________________dan 20____ yil _________ ________________________ gacha __________________________________________________________________________________________ da
_______________________________________________________ tayyorlash (qayta tayyorlash) kursini tamomladi
(tayyorlash, qayta tayyorlash kursining nomi)
Ta’lim tashkiloti rahbari:
____________ (imzo)
______________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami: ______________________ Berilgan sanasi: ________________________________
(kun, oy, yil)
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Malaka oshirish bo‘yicha ta’lim olganlik to‘g‘risida SERTIFIKAT MO № 000000000 ____________________________________________________________________________________________ (bitiruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi)
20 ____ yil ________ _________________________dan 20____ yil _________ ________________________ gacha __________________________________________________________________________________________ da
__________________________________________________________________ malaka oshirish kursini tamomladi
(malaka oshirish kursining nomi)
Ta’lim tashkiloti rahbari:
____________ (imzo)
______________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami: ______________________ Berilgan sanasi: ________________________________
(kun, oy, yil)
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Maxsus vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar
Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun tegishlicha maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalariga attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Attestatsiyani o‘tkazish muddatidan 3 oy oldin
2-bosqich
Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari
1. Arizani ko‘rib chiqadi hamda xodimlarni attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘yishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
1. Arizani qabul qilgandan so‘ng 3 ish kunida
2. Attestatsiyaga qo‘yishni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan qaror nusxasini tashkilotga yuboradi.
2. 1 ish kunida
3. Attestatsiyani o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
3. Attestatsiya o‘tkazilishidan kamida 15 kun oldin
3-bosqich
Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari
1. Attestatsiyani suhbat shaklida o‘tkazadi.
2. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasini tegishli tashkilotlar moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy nazorat mashqlari orqali amalga oshiradi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab to‘rtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay
4-bosqich
Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari
1. Attestatsiya natijalarini hisobga olib, xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi yoki o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi.
1. Attestatsiya natijalari bo‘yicha ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol
2. Qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
2. 1 ish kunida
3. Attestatsiyadan o‘tgan xodimlarga attestatsiya guvohnomasini rasmiylashtiradi va attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestrida tegishli ma’lumotlarni qayd etadi.
3. 3 ish kunida
4. Attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirish to‘g‘risida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga bildirishnoma yuboradi.
4. 1 ish kunida
5-bosqich
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar
Attestatsiyadan o‘tmagan tashkilotlar xodimlarini takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Kamida 2 oy o‘tgach, biroq 6 oydan kam bo‘lgan muddatda
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi ishchi organi
1. Attestatsiya o‘tkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi.
1. Attestatsiya o‘tkazishdan 3 oy oldin
2. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarni jadval bilan tanishtiradi.
2. Attestatsiya o‘tkazishdan 2 oy oldin
3. Attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda xodimlarga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi.
3. Attestatsiya o‘tkazishdan kamida 15 kun oldin
2-bosqich
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi
1. Attestatsiyani suhbat shaklida o‘tkazadi.
Attestatsiya o‘tkazish jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda
2. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasini tegishli tashkilotlar moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy nazorat mashqlari orqali amalga oshiradi.
3-bosqich
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi
1. Attestatsiya natijalarini hisobga olib, xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi yoki o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi.
1. Attestatsiya natijalari bo‘yicha ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol
2. Qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
2. 1 ish kunida
3. Attestatsiyadan o‘tmagan xodimni ikkinchi marta attestatsiyadan o‘tkazadi.
3. Kamida 2 oy o‘tgach, biroq 6 oydan kam bo‘lgan muddatda
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
__________________________________________ ga (maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boshqarmasi nomi) _____________________________ dan (tashkilot nomi)
ARIZA
Sizdan __________________________________________________________________________________ da
(tashkilot nomi)
_________________________________________________________________________________ lavozimida
(lavozim nomi)
faoliyat yuritayotgan (yangi ishga qabul qilingan yoki boshqa lavozimga tayinlangan) _________________________________________________________________________________________ ni
(xodimning F.I.O.)
___________________________________________________________________________________ sohasida
Ilova: 1. Xodimning so‘rovnomasi; 2. Tayyorlash (qayta tayorlash), malakasini oshirish o‘quv kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki sertifikat nusxasi; 3. Ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi tavsifnoma.
Tashkilot rahbari
________ (imzo)
____________________________ (F.I.O.)
20__ y. “____” _______________
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Tamomlagan yili __________________ diplom № _________________ Diplom bo‘yicha mutaxassisligi ________________________________ Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ________________________________
5. Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar:
T/r
Ishga kirgan vaqti
Ishdan ketgan vaqti
Tashkilot nomi, idoraviy mansublik, shahar nomi
Lavozimi
Asosiy vazifalari
1.
2.
6. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarini tamomlagani haqidagi ma’lumotlar
T/r
O‘quv kursi nomi
O‘quv kursi o‘tkazgan tashkilot, shahar
O‘quv kurslari tamomlaganini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami va berilgan sanasi
Izoh
7. Ishlab chiqqan normativ hujjatlari, ilmiy ishlar
T/r
Ishlab chiqqan yili
Nomi, belgisi
Izoh
8. Uy manzili: ________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasining _____-son BAYONNOMASI
________________ (shahar, tuman)
20___ yil “____”____________
Attestatsiya komissiyasi raisi:
_____________________ (F.I.O.)
_________ (imzo)
Attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari:
_____________________ (F.I.O.)
_________ (imzo)
Attestatsiya komissiyasi a’zolari:
_____________________ (F.I.O.)
_________ (imzo)
_____________________ (F.I.O.)
_________ (imzo)
Attestatsiya komissiyasi kotibi:
_____________________ (F.I.O.)
_________ (imzo)
____________________________________________________________________________ (attestatsiya komissiyasining nomi) attestatsiya komissiyasi 20____ yil “____”________ dagi majlis yakunlari bo‘yicha QAROR QILADI:
T/r
Attestatsiyadan o‘tkazilgan xodimning F.I.O.
Xodim faoliyat yuritayotgan tashkilot
Xodimning lavozimi
Attestatsiya komissiyasining xulosasi
Attestatsiya komissiyasi raisi
__________________________ (imzo)
Attestatsiya komissiyasi kotibi
__________________________ (imzo)
Attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasining _______-son bayonnomasi bilan tanishdim.
20 ____yil “_____” _________________
_________________________
________
(attestatsiyadan o‘tuvchi F.I.O.)
(imzo)
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
Attestatsiyadan o‘tgan xodimga beriladigan attestatsiya guvohnomasining shakli
(kim tomondan berilgan)
_______-son
ATTESTATSIYA GUVOHNOMASI
Berildi ushbu guvohnoma ________________________________________________________________
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
Attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestrining shakli ____________________________________________________________________________ (attestatsiya komissiyasining nomi) ATTESTATSIYADAN O‘TGAN XODIMLAR REYESTRI
20____ y. “_____” __________________ da
boshlandi.
20____ y. “_____” __________________ da
tugadi.
Attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestrining navbatdagi varaqlarini rasmiylashtirish
T/r
Attestatsiyadan o‘tgan xodimning F.I.O.
Xodimning lavozimi (kasbi), ish staji
Attestatsiyadan o‘tish vaqti va davriyligi
Attestatsiyadan o‘tish sohasi
Attestatsiya komissiyasining xulosasi
1.
2.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/13/0008-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)