1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 261-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 125-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) XIV boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-255-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 5-moddasi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016-yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-yanvar,
OʻRQ-517-son
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi
Ushbu Konsullik ustavi konsullik faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va huquqiy asoslarini, konsullik mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida himoya qilishga doir vazifalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Konsullik faoliyatining asosiy vazifalari
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.01.00 Umumiy masalalar]
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan toʻliq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik hamda doʻstona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashish uchun yoʻnaltirilgandir.
2-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asosi
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Konsullik ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Konsullik munosabatlarini oʻrnatish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.03.00 Konsullik aloqalarni oʻrnatish, tiklash, toʻxtatish]
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan konsullik munosabatlarini oʻrnatish oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarni oʻrnatishga doir kelishuv, agar boshqacha qoida shartlashilmagan boʻlsa, konsullik munosabatlarini oʻrnatishga boʻlgan rozilikni bildiradi.
Diplomatik munosabatlarning uzilishi konsullik munosabatlarining avtomatik uzilishini va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi faoliyatining tugatilishini anglatmaydi.
4-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida konsullik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
2-bob. Konsullik muassasasi
5-modda. Konsullik muassasasining maqomi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida konsullik okrugi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan konsullik funksiyalarini bajaruvchi tashqi aloqalar boʻyicha davlat organidir. Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizomning 4-bobi.
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga boʻysunadi va uning umumiy rahbarligida faoliyat koʻrsatadi. Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda, konsullik muassasasi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga boʻysunadi.
Konsullik muassasasi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻziga biriktirilgan mol-mulkka, rekvizitlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga (muhrlarga), tegishli shtamplar va blankalarga, shuningdek banklarda hisobvaraqlarga ega boʻladi.
Konsullik xonalaridan, shu jumladan binolardan yoki binolarning qismlaridan hamda bunday binolarga yoki ularning qismlariga xizmat qiluvchi yer uchastkasidan, ularga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, konsullik vazifalarining bajarilishiga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
6-modda. Konsullik muassasalarining darajalari
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga boʻlinadi:
bosh konsullik muassasalari;
konsullik muassasalari;
vitse-konsullik muassasalari;
konsullik agentliklari.
7-modda. Konsullik muassasasini ochish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.03.00 Konsullik aloqalarni oʻrnatish, tiklash, toʻxtatish]
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashadigan davlat hududida shu davlatning roziligi bilan ochiladi.
Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ochiladi.
Konsullik muassasasining joylashish yeri, ushbu muassasaning darajasi va konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratiladigan konsullik okrugi konsullik muassasasi joylashadigan davlat bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
Konsullik muassasasining joylashgan yerini, ushbu muassasaning darajasini va konsullik okrugini keyinchalik oʻzgartirish faqat konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
8-modda. Konsullik muassasalarining imtiyozlari va immunitetlari
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.09.00 Diplomatik, konsullik imtiyozlar va immunitetlar]
Konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizomning 3-bobi.
9-modda. Konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Konsullik muassasasi oʻzi egallab turgan binoga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va konsullik muassasasi joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatish huquqiga egadir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi doimiy ravishda konsullik muassasalarining binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalarida koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravishda konsullik muassasasi binosining old tomoniga, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, diplomatik protokol qoidalari, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hamda urf-odatlari inobatga olinishi kerak.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi.
10-modda. Konsullik arxivi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Konsullik muassasasining barcha hujjatlari, xat-xabarlari, kitoblari, audio- va videomateriallari, elektron axborot tashuvchilari, reyestrlari shifrlar va kodlar, muhrlar va shtamplar, kartotekalar hamda ularning but saqlanishi yoki asralishini taʼminlash uchun moʻljallangan har qanday jihozlash ashyolari bilan birgalikda konsullik arxivi hisoblanadi.
Konsullikning mansabdor shaxslari konsullik arxivining daxlsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
3-bob. Konsullikning mansabdor shaxslari
11-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
Konsullikning funksiyalarini bajarishga vakolatli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi konsullikning mansabdor shaxsi boʻlishi mumkin.
Konsullikning mansabdor shaxsi lavozimiga nomzodlarga doir talablar qonunchilikda belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Konsullik muassasasining boshligʻi
Konsullik muassasalarining boshliqlari quyidagi darajalarga boʻlinadi: bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar, konsullik agentlari.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik muassasasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi, konsullik muassasasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, konsullik muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik muassasasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi (ekzekvaturasi) olinganidan keyin oʻz funksiyalarini bajarishiga yoʻl qoʻyiladi. Uning tayinlanganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Konsullik muassasasining boshligʻi lavozimga tayinlanayotganida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan konsullik patentini oladi, patentda uning konsullik okrugi koʻrsatiladi.
Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik funksiyalarini shaxsan bajaradi yoki ularni bajarishni konsullikning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Agar konsullik muassasasining boshligʻi biron-bir sababga koʻra oʻz vazifalarini bajara olmaydigan boʻlsa yoki konsullik muassasasining boshligʻi lavozimi vaqtincha boʻsh turgan boʻlsa, konsullik muassasasining boshligʻi majburiyatlarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
13-modda. Konsullik mansabdor shaxslarining imtiyozlari va immunitetlari
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.09.00 Diplomatik, konsullik imtiyozlar va immunitetlar]
Konsullikning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning akkreditatsiya qilingan oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va qoidalariga rioya etishi, mahalliy urf-odatlarni hurmat qilishi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb qaralishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
4-bob. Konsullikning funksiyalari
14-modda. Konsullikning mansabdor shaxslari tomonidan konsullik funksiyalarini bajarish
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullikning mansabdor shaxsi ushbu Konsullik ustavida, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan funksiyalarni bajaradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi, agar Oʻzbekiston Respublikasining hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga zid boʻlmasa, ushbu Konsullik ustavida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
(14-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan davlatlarda konsullikning mansabdor shaxsi zimmasiga konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan diplomatik funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan boshqa davlatning konsullik funksiyalarini bajarish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmasiga binoan va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini uchinchi davlatda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining topshirigʻiga binoan, konsullik muassasasi joylashgan davlat va uchinchi davlat xabardor qilinganidan keyin, agar mazkur davlatlar bunga qarshi eʼtiroz bildirmasa, bajaradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida oʻz konsullik okrugi doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlariga murojaat etishi mumkin.
Zarur hollarda, konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugini aylanib chiqadi.
Konsullik mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq konsullik muassasasining boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
(14-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Konsullikning fuqarolarga va yuridik shaxslarga taalluqli funksiyalari
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.01.00 Umumiy masalalar]
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda, xalqaro urf-odatlarda, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida berilgan barcha huquqlardan foydalanishi uchun, agar bunday huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmasa, choralar koʻrishi shart.
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.
(15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining buzilgan huquqlarini tiklash uchun choralar koʻrishi shart.
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga xizmat majburiyatlarini bajarishida koʻmaklashadi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida vaqtincha turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ hujjatlari toʻgʻrisida, shuningdek mahalliy urf-odatlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishda koʻmaklashadi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning muassasalarida, agar ushbu davlatda fuqaro yoki yuridik shaxsning vakili mavjud boʻlmasa va u ish yuritishni oʻzga shaxsga topshirmagan boʻlsa yoxud boshqa sabablarga koʻra oʻzining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qodir boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslari oʻz vakillarini tayinlaguniga qadar yoxud oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olguniga qadar davom etadi.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik hisobiga olish
Konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularning hisobini yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (10.02.2020-y., roʻyxat raqami 3218).
17-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullikning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
1) xorijda doimiy yashayotgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni qabul qiladi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni asoslash uchun taqdim etilgan faktlar va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
4) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini roʻyxatdan oʻtkazadi;
6) xorijda doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi.
Konsullikning mansabdor shaxslari zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
18-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish yuzasidan funksiyalari
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt boʻyicha ish, oʻqish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan shaxsga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxsining harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarining chet elda doimiy yashashga doir ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hujjatlarini qabul qiladi.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan yoʻqotilgan taqdirda konsullikning funksiyalari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirilganidan hamda uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududida yashash uchun mablagʻlarsiz turgan taqdirda konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Agar konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilgan boʻlsa, konsullikning mansabdor shaxsi:
mazkur fuqaroni yuborgan yoki taklif etgan shaxsning yoxud tashkilotning ushbu fuqaroning konsullik okrugi hududida boʻlishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashga doir majburiyatlari mavjudligini aniqlaydi va ularning bajarilishiga koʻmaklashadi;
mazkur fuqaroning oʻz oila aʼzolari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar yetarli boʻlmay qolsa, konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishuvga koʻra mazkur fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib ketishini taʼminlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maxsus ajratilgan mablagʻlar hisobiga va ularning doirasida moliyaviy yordam koʻrsatishga haqli.
Moliyaviy yordam koʻrsatilgan taqdirda, konsullik muassasasi bilan fuqaro oʻrtasida notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtiriladigan shartnoma tuzilib, unda konsullik muassasasidan moliyaviy yordam olgan shaxs olingan moliyaviy mablagʻlarning oʻrnini oʻttiz kunlik muddatda qoplash majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi, buning uchun ajratilgan mablagʻlarning miqdori, shuningdek ularni qaytarish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Konsullik muassasasi tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam summasi belgilangan muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ijro xati yuboradi, ijro xati boʻyicha qarzdorlikni undirish qonunchilikda belgilangan tartibda soʻzsiz amalga oshiriladi.
(20-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 201-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Moliyaviy yordam koʻrsatish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududiga qonunga xilof ravishda kirgan boʻlsa;
konsullik muassasasi joylashgan davlat sudining (vakolatli organining) bajarilmagan shartnoma majburiyatlari mavjudligi yoki boshqa asoslar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chiqib ketishini taqiqlash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa;
moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar yashirilgan yoki bila turib yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlsa;
ilgari olingan mablagʻlarning oʻrnini qoplash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda.
Moliyaviy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin.
(20-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida boshqa zarur yordam koʻrsatishi mumkin.
21-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va koʻmaklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan, odam savdosidan jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishiga koʻmaklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa, ularning shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻradi hamda konsullik yigʻimlarini va boshqa yigʻimlarni undirmasdan ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligi haqida maʼlumotlar taqdim etadi;
(21-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlanganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
22-modda. Vizalarni rasmiylashtirish va berish yuzasidan konsullikning funksiyalari
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullikning mansabdor shaxsi chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtish uchun vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va beradi, bundan elektron vizalar mustasno.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzbekiston respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarori.
23-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasining ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan yoxud bedarak yoʻqolgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.01.00 Umumiy masalalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.12.01.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha chet el sudlarining qarorlarini ijro qilish]
Konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ushlab turilganligi, qamoqqa olinganligi, maʼmuriy qamoqqa olinganligi yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi:
1) konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari orqali fuqaro (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, yashash joyi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi) toʻgʻrisida, shuningdek ish holatlari haqida axborot oladi;
2) mazkur fakt toʻgʻrisida konsullik muassasasining boshligʻini, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasini xabardor qiladi;
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini tegishli yuridik yordam bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan uchrashish uchun choralar koʻradi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yoʻllangan xat-xabarlar va posilkalarning topshirilishiga xalqaro huquq va konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan doiralarda koʻmaklashadi.
(23-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan shaxsan uchrashuv chogʻida bunday fuqaroga nisbatan xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalar qoidalariga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga rioya etilayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining huquqlari buzilayotgan boʻlsa, konsullikning mansabdor shaxsi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, oʻz vakolatlari doirasida huquqlarni tiklash yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida yoʻl qoʻyiladigan choralarni koʻradi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur hollarda va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi qaysi davlatda jazoni oʻtayotgan yoki sud qarorining ijro etilishini kutayotgan boʻlsa, oʻsha davlatning hokimiyat organlariga afv etish, muddatidan ilgari ozod qilish yoxud sud qarorini ijro etishni toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma bilan, agar Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, murojaat etishi mumkin.
Konsullikning mansabdor shaxsi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro bunday choralar koʻrilishiga qarshi eʼtiroz bildirsa, tiyilib turadi.
Konsullik muassasasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining bedarak yoʻqolgan, tegishli konsullik okrugi hududida turgan boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlgan fuqarolarini qidirishda yordam koʻrsatilishini soʻrab konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlariga darhol murojaat etadi.
24-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining topshiriqlarini bajarishga taalluqli funksiyalari
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xususidagi topshiriqlarini Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki, agar bunday shartnomalar mavjud boʻlmasa, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga zid boʻlmagan har qanday boshqacha tartibda bajaradi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish boʻyicha funksiyalar konsullik muassasasi tomonidan bajariladi.
Konsullik muassasasidagi saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkasini (referendum uchastkasini) saylov okrugiga (okrugga) qayd etish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Konsullik muassasasining boshligʻi:
uchastka saylov komissiyasi (uchastka komissiyasi) raisining vazifalarini amalga oshiradi;
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini (referendum uchastkasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxatini) tuzish uchun maʼlumotlarni taqdim etadi;
saylovchilarning roʻyxati (ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxati) bilan tanishish joyi va vaqti haqida saylovchilarni (fuqarolarni) xabardor qiladi;
saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) tuzilganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlarini rasman xabardor qiladi.
26-modda. Konsullikning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish yuzasidan funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi:
tugʻilish;
nikoh tuzish;
nikohni bekor qilish;
oʻlim.
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, fuqarolik holatini Oʻzbekiston Respublikasida qayd etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan dalolatnomalar yozuvlariga oʻzgartishlar, tuzatishlar hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, dalolatnomalar yozuvlarini qayta tiklash haqidagi, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi hamda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga topshiradi.
Konsullikning mansabdor shaxsiga murojaat etgan shaxslardan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari, basharti fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsullik muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga zid boʻlmasa, hal etiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oila toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(26-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
27-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.04.00 Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy maqomi (nikoh shartnomasi);
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirish siriga rioya etishi shart. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish sirining oshkor etilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi.
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz nomiga va oʻz nomidan, oʻzining xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Konsullikning mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi hollarda notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlsa;
(27-modda uchinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlarga ega boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat etgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikning talablariga nomuvofiq boʻlsa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlsa.
(27-modda uchinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar taqdim etilgan hujjatlardan ularning qalbakilashtirilganligi aniq koʻrinib turgan boʻlsa yoki bu haqda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga nomuvofiq deb hisoblanadi.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi toʻgʻrisida konsullikning mansabdor shaxsi murojaat etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay qaror chiqaradi va uni notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat etgan shaxsga beradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va boshqalarni) tasdiqlash, bundan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno;
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash;
6) meros qilib qoldirilgan mol-mulkni qoʻriqlash choralarini koʻrish;
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish;
9) hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash;
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga.
Konsullik muassasasida notarial ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi. Zarur hollarda hujjatlar boshqa tillarda ham rasmiylashtirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida davlat tili boʻlib oʻzbek tili hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”.
28-modda. Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish yuzasidan konsullikning funksiyalari
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish hujjatlardagi hamda dalolatnomalardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatni yoki dalolatnomani imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini hamda bu hujjatlar va dalolatnomalarning konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiqligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir. Konsullik tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi muassasalari va tashkilotlari chet davlatning muassasalari hamda tashkilotlaridan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni ular konsullik tomonidan legallashtirilgan taqdirdagina, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hamda muassasalari va tashkilotlaridan mazkur hujjatlar va dalolatnomalar joʻnatiladigan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugidagi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida tuzilgan yoki ushbu hokimiyat organlaridan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtiradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elning rasmiy hujjatini legallashtirishni amalga oshirishi uchun mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi yoki boshqa tillardagi notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Quyidagi hujjatlar va dalolatnomalar konsullik tomonidan legallashtirilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar;
(28-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz mazmuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar;
notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar.
Agar hujjatga yoki ushbu hujjatga biriktirilgan varaqqa apostil qoʻyilgan boʻlsa, bu hujjatni legallashtirish talab etilmaydi.
Konsullikning mansabdor shaxsi apostil qoʻyilgan hujjatlarni, agar apostil Oʻzbekiston Respublikasi bilan munosabatlarda chet elning rasmiy hujjatlarini legallashtirishga doir talabni rad etadigan Konvensiya qoʻllaniladigan chet davlatning vakolatli organi tomonidan qoʻyilgan boʻlsa, qabul qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son “Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
29-modda. Hujjatlarni talab qilib olish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning arizalari boʻyicha konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar va tashkilotlardan fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maʼlumoti haqidagi, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda arizachilarning huquqlari va manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni talab qilib oladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning arizalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushadigan soʻrovlari boʻyicha konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlaridan arizachilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli hujjatlarni talab qilib oladi.
30-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasining farzandlikka olingan voyaga yetmagan fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlgan voyaga yetmaganlar, Oʻzbekiston Respublikasining muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini farzandlikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning iltimosiga koʻra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sud tartibi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi konsullik okrugi hududida ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlib qolganligi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga koʻmaklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini koʻradi.
31-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi havo, dengiz va daryo kemalariga, shuningdek avtomobil va temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli funksiyalari
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.09.00 Diplomatik, konsullik imtiyozlar va immunitetlar]
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning aeroportlarida Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yoʻlovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar hamda immunitetlar berilishini kuzatib boradi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yoʻlovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari bilan munosabatlarda yordam koʻrsatishi, shuningdek zarur boʻlgan taqdirda havo kemasi, uning ekipaji va yoʻlovchilarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoki parvozni davom ettirish choralarini koʻrishi kerak.
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
havo kemasining aeroportga uchib kelishiga, undan uchib ketishiga va havo kemasining aeroportda turishiga koʻmaklashish;
havo kemasida yuz bergan hodisalarning holatlarini aniqlashtirish, havo kemasining komandiridan, ekipaji aʼzolaridan va yoʻlovchilaridan soʻrab-surishtirish;
havo kemasi, undagi yuk va reys toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
zarur boʻlgan taqdirda havo kemasi ekipaji aʼzolari va yoʻlovchilarining davolanishini hamda Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatib yuborilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, pochta va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlariga boradigan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarida joʻnatib yuborish;
havo kemalariga taalluqli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki qonunchiligida nazarda tutilgan deklaratsiyani yoxud boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash.
(31-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik okrugi doirasida havo kemasi falokatga uchragan, qoʻnishga majbur boʻlgan yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasining komandiriga, ekipajiga va yoʻlovchilariga zarur yordam koʻrsatadi.
Konsullikning mansabdor shaxsi falokatga uchragan yoki qoʻnishga majbur boʻlgan havo kemasini, hodisa xususiyatidan dalolat beruvchi yuklar va ashyoviy dalillarni qoʻriqlash choralarini koʻradi hamda uchish vaqtida yuz bergan hodisani tekshirishda Oʻzbekiston Respublikasining mutaxassislariga yordam koʻrsatadi.
Havo kemasining bortida jinoyat sodir etilgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va qonunchiligidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda havo kemasining komandiriga koʻmaklashadi.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar konsullikning mansabdor shaxsida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining muayyan aeroportga kirishi xatarli, nomaqbul boʻlsa yoki mumkin boʻlmasa, konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasi komandirini bu haqda ogohlantirishi shart.
Konsullikning mansabdor shaxsi dengiz va daryo kemalariga, avtomobil va temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlari qoidalariga amal qiladi.
Dengiz yoki daryo kemasi chet elda olingan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi. Mazkur vaqtinchalik guvohnoma berilgan paytdan eʼtiboran to dengiz yoki daryo kemasi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar, lekin berilgan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnomani rasmiylashtirish uchun arizachi dengiz yoki daryo kemasini olish asoslariga bogʻliq holda hujjatlarni konsullikning mansabdor shaxsiga taqdim etadi.
32-modda. Konsullik okrugi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda va terrorchilik harakatlari sodir etilganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelgan va terrorchilik harakatlari sodir etilgan zonalarda qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek bu zonalardagi vaziyatning rivoji haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oʻz vaqtida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda yoki ularning vujudga kelish xavfi boʻlganda, shuningdek terrorchilik harakatlari sodir etilganda yoki ularning sodir etilish xavfi boʻlganda konsullik okrugi hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yaqin xavfsiz zonaga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini taʼminlash, shuningdek halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining tanalarini Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish boʻyicha choralar koʻradi.
33-modda. Konsullikning sanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik okrugi doirasida karantinli yuqumli kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi kasallik tarqalgan hududning nomini, kasallikka chalinganlar sonini va konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarni koʻrsatgan holda bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
34-modda. Konsullikning fitosanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
Konsullik okrugi doirasida oʻsimliklar zararkunandalari, oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar, karantin ahamiyatiga ega oʻsimliklar-begona oʻtlar paydo boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chogʻida oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlarini, pestitsidlar va (yoki) agroximikatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga urugʻliklar, oʻsimliklar, koʻchatlar, yangi meva va sabzavotlarni olib kirish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
35-modda. Konsullikning veterinar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik okrugi doirasida hayvonlarning umumiy kasalliklari tarqalishi xavfi boʻlgan yoki tarqalgan, shuningdek inson va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklar tarqalishi xavfi boʻlgan yoki tarqalgan hollarda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chogʻida hayvonlar, chorva mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli veterinariya sertifikatlarini koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga hayvonlarni olib kirish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Konsullik mansabdor shaxsining funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
37-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
Konsullikning mansabdor shaxsi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qonunchilikda belgilanadi.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda. Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
39-modda. Konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlari, shuningdek koʻrsatilgan harakatlar amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi.
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan undiriladigan yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq foydalaniladi.
(39-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik yigʻimlarining tariflari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi boshligʻi yoki diplomatik vakolatxonasi boshligʻi tomonidan koʻrsatilgan yigʻimlar stavkalarini hisoblashning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona uslubiyoti asosida tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining boshligʻi va diplomatik vakolatxonasining boshligʻi konsullik yigʻimlarining va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlar oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarning stavkalarini pasaytirishga yoki ayrim shaxslarni bunday yigʻimlarni toʻlashdan ularning arizalariga koʻra, agar ushbu shaxslar tomonidan koʻrsatilgan sabablar aniqlansa va uzrli deb topilsa, ozod qilishga haqli.
Konsullik yigʻimlari va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda undirilmaydi.
(39-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsuli
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi faxriy konsulining maqomi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan ayrim konsullik funksiyalarini bajarishni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsuliga (bundan buyon matnda Faxriy konsul deb yuritiladi) topshirishi mumkin.
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda munosib ijtimoiy mavqeni egallagan va zarur shaxsiy fazilatlarga ega, shuningdek zimmasiga yuklatilgan konsullik funksiyalarini lozim darajada bajarish imkoniyatiga ega shaxslardan boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ham, chet el fuqarosi ham Faxriy konsul boʻlishi mumkin.
Faxriy konsul Oʻzbekiston Respublikasining davlat xizmatida turmaydi va oʻz funksiyalarini bajarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasidan biron-bir pul mukofoti olmaydi.
Faxriy konsul Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Faxriy konsul oʻz funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki qaysi konsullik okrugi hududida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, oʻsha konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi rahbarligi ostida bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday rahbarlikni Faxriy konsul turgan davlatga qoʻshni yoxud uning oʻzi turgan davlatga yaqin boʻlgan davlatlardan birida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiradi.
Faxriy konsul oʻzi turgan davlat bilan kelishuvga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligi bilan bir vaqtning oʻzida boshqa chet davlatning Faxriy konsuli majburiyatlarini bajarishi mumkin.
41-modda. Faxriy konsulning funksiyalari
Faxriy konsul quyidagi konsullik funksiyalarini bajarishi mumkin:
konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritishni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
konsullik okrugi hududida bedarak yoʻqolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qidirish boʻyicha choralar koʻrish;
konsullik okrugi hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning oʻz saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumlarida ishtirok etishga boʻlgan huquqini amalga oshirishda konsullik muassasasi bilan kelishuvga koʻra koʻmaklashish;
konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan, ustidan vasiylik va homiylik belgilanishi talab qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
konsullik okrugi hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasining havo, dengiz va daryo kemalariga, avtomobil hamda temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga, shuningdek ularning ekipajlari va yoʻlovchilariga zarur yordam koʻrsatish.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida Faxriy konsulning boshqa funksiyalari nazarda tutilishi mumkin.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)