1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSULLIK MUASSASALARINING KONSULLARI TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2191]
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-yanvar,
21-son
Tashqi ishlar vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-yanvar,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari (bundan buyon matnda konsullar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 28-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 27-moddasiga muvofiq konsullar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasidagi uy-joyni (joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bogʻ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshootni yoki imoratni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno;
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
2. Konsullar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3. Konsullar notarial harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga amal qiladi.
4. Agar konsul biron sababga koʻra notarial harakatni amalga oshira olmaydigan boʻlsa yoki uning lavozimi vaqtincha boʻsh boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish ushbu konsullik muassasasining yoki konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
5. Konsullarning amalga oshirilayotgan notarial harakatlar haqida oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqa shaxslar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Konsullik muassasasidan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.
Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻrlariga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganda beriladi.
Konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi tashkilotlardan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) boʻyicha talabnomalar kelib tushsa, ushbu masala mazkur konsullik muassasasi rahbari tomonidan hal qilinadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
6. Konsullik muassasasida notarial ish yuritishlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi. Agar notarial harakatni bajarish iltimosi bilan murojaat qilgan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa, notarial harakatni bajarayotgan konsul yoki konsul taniydigan tarjimon rasmiylashtirilayotgan hujjatlarning matnlarini unga tarjima qilib berishi lozim. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida konsul tomonidan yozib qoʻyilishi, imzolanishi va muhr qoʻyilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
7. Konsullar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatiga koʻra bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzadi, hujjatlarning koʻchirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlaydi, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi.
8. Agar notarial harakatni bajarish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa, konsul bunday harakatni bajarishni rad etadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Agar hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelmasa yoki oʻz mazmuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa yoxud fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga ega boʻlsa, konsul bunday hujjatlarni notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qabul qilmaydi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Notarial harakatni bajarish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan unga rad etishning sabablari bayon qilinishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntirib berilishi lozim.
II-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
9. Notarial harakatlar konsullik muassasasida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur muassasadan boshqa joyda bajarilishi mumkin.
Notarial harakatlar konsullik muassasasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrida (keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi.
10. Notarial harakatlar buning uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan, konsullik yigʻimlari toʻlangan va amaldagi xarajatlar qoplangan kuni bajariladi.
Notarial harakatlarni bajarish qoʻshimcha maʼlumotlar yoki hujjatlar talab qilinganda yoxud hujjatlarni ekspertizaga joʻnatish zarurati boʻlganda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra kechiktirilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Qonunchilik hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
11. Konsullar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — biometrik pasport, shu jumladan xorijga chiqish biometrik pasporti yoki diplomatik pasport;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — xorijga chiqish biometrik pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
harbiy xizmatchilar — xorijga chiqish biometrik pasporti yoki shaxsiy harbiy guvohnomalar va harbiy biletlar;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
xorijiy fuqarolar — chet davlat milliy yoki diplomatik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatining vakolatli tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun harakatlanish hujjati.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
Konsul tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova) (keyingi oʻrinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari boʻlib hisoblanadi:
ustav;
taʼsis shartnomasi va ustav;
taʼsis shartnomasi;
nizom.
Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga eʼtibor berish zarur.
14. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek ariza va boshqa hujjatlar notarial harakatlarni amalga oshirayotgan konsul huzurida imzolanadi. Agar bitim, ariza yoki boshqa hujjat konsul yoʻqligida imzolangan boʻlsa, imzo chekkan shaxs hujjatni oʻzi imzolaganligini shaxsan tasdiqlashi lozim.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va konsul hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, konsul unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini konsulga yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida konsul tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Konsullar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar va materiallarni talab qilishga haqli. Hujjatlar va materiallar konsullar tomonidan koʻrsatilgan muddatda taqdim etilishi lozim.
16. Konsul oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni bajarishi mumkin emas.
17. Konsullar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar qabul qilinmaydi, agar:
hujjatlar qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlsa, shuningdek qalamda yozilgan boʻlsa;
hujjatlar bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan boʻlsa, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmasa;
18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb yuritiladi) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
19. Hujjatdagi oxirigacha toʻldirilmagan satrlar va boshqa boʻsh joylarga chiziq tortib qoʻyiladi, chet elda amal qiladigan hujjatlar bundan mustasno. Qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida konsulning imzosidan oldin takroran izohlanishi, konsulning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar konsulning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Konsul tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻgʻri yoki imlo xatolari bilan yozilgan boʻlsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, konsul murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Konsul oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
20. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi konsul tomonidan ham tuzilishi mumkin.
21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda konsulning muhri qoʻyilgan holda konsulning imzosi bilan tasdiqlanadi.
22. Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, shuningdek, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda konsul tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarni amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va konsulning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
25. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Reyestrlar bilan konsullik muassasalarini taʼminlash Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Reyestrdagi yozuvlarni qalam bilan yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami konsul tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvida koʻrsatiladi.
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, alohida maʼlumotnoma tuzgan holda, u konsulning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qoʻyiladi.
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yoʻl qoʻyilganda mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, hujjatning har bir nusxasiga alohida reyestr raqami beriladi. Tasdiqlovchi yozuvda raqamlar shu tartibda koʻrsatiladi.
Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Reyestrlar ip oʻtkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Reyestr Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti masʼul boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli konsullik yigʻimi toʻlanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan soʻng konsul tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar konsullik muassasasining vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzolaydi.
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli konsullik yigʻimi toʻlanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning toʻgʻriligi tekshirilganidan soʻng konsul tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi hamda konsul (konsullik muassasasining boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzo qoʻyadi.
27. Konsul fuqarolar yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan koʻchirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan koʻchirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi.
28. Konsul tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari konsullik muassasasida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan fuqarolar va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Konsul tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari fuqarolar va yuridik shaxslarning merosxoʻrlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosxoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxoʻrlarga beriladi.
29. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar bitimning konsullik muassasasida qoldiriladigan nusxasiga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga konsullik muassasasi yigʻmajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqarolar va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qoʻyilgach, qaytarib beriladi.
30. Ijara shartnomalari tasdiqlanganda, marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilganda, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari konsullik muassasasida qoldirilmaydi.
31. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, konsul bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Agar shu kabi hujjatlar konsullik muassasasi joylashgan davlat yoki konsullik okrugi doirasidagi davlatlar tashkilotlaridan berilgan boʻlsa, konsul ushbu tashkilotlar rahbarlariga bu hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun rasmiy soʻrovnoma yuboradi.
Agar hujjatlar konsullik okrugi doirasida boʻlmagan boshqa davlatlardan kelib tushadigan boʻlsa, konsul oʻsha davlatdagi konsullik muassasasiga hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi.
32. Konsul quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida konsul murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga beradi.
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan konsulning familiyasi, ismi va otasining ismi, konsullik muassasasi nomi;
notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, shuningdek, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda);
(32-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
33. Konsul notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha konsullik yigʻimi va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimni undiradi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
Konsul notarial harakatni konsullik muassasasi binosidan tashqari boshqa joyda amalga oshirganda manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxslar uning amalda qilingan transport va boshqa xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
Konsul yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish maqsadida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentini xabardor qiladi.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
III-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
34. Konsullar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bogʻ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar bundan mustasno.
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
35. Konsul bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Konsulda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, konsul notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Konsul ushbu qarordan norozi tomonga sudga murojaat qilish huquqi toʻgʻrisida tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, konsul notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
36. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
37. Konsul bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitim yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi.
Konsul taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsning rahbaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda uning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, konsul uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
38. Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan konsullik va amaldagi xarajatlar yigʻimi qaytarilmaydi.
39. Fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki konsullik muassasasida tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
bitimni tasdiqlagan konsullik muassasasi joylashgan yerning (pochta manzilining) toʻliq nomi va konsulning ismi, familiyasi, otasining ismi;
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi; taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari toʻliq yozilishi; doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzillari haqidagi maʼlumotlar; yuridik shaxslarning nomlari hech boʻlmaganda bir marotaba toʻliq yozilishi, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, taraflar qarindosh boʻlsa, ularning qarindoshlik darajasi;
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
(39-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
bitimda yuridik shaxsning rahbari ishtirok etsa, unda yuridik shaxsning muhri qoʻyilishi;
er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY boʻlimida qayd etilganligi haqidagi yozuv;
bitimning mazmuni, ahamiyati konsul tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini toʻliq yozib shaxsan imzolaydilar.
Bitimning barcha nusxalariga konsul tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan konsullik yigʻimi miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
40. Bitim Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslari va chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilayotganda, Oʻzbekiston Respublikasi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlat qonunchiligiga koʻra ushbu bitim notarial tasdiqlanishi va konsullik muassasasi joylashgan davlatda amal qilishi lozim boʻlganda, konsul taraflarga mazkur bitimni mahalliy notarius tomonidan tasdiqlash yuzasidan tavsiya berishi mumkin.
Bitim tomonlaridan biri konsullik muassasasi joylashgan davlat fuqarosi yoki shu davlat yuridik shaxsi boʻlsa, konsullik muassasasi joylashgan davlat qonunchiligi yoki ushbu davlat va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro shartnomada konsul tomonidan bitimlarni rasmiylashtirish taqiqlanmagan boʻlsa, konsul bitimlarni rasmiylashtirishi mumkin.
2-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash
41. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497—501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.
42. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada boʻlishi cheklangan ashyolar, koʻchmas mulk boʻlishi mumkin emas.
43. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
44. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan tarafga baholardagi farq uchun haq toʻlashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
3-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash
45. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Biron bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish), agar vaʼda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
46. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq koʻrsatib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʼda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
47. Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
48. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin.
Konsul taraflarga Fuqarolik kodeksining 502—510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
49. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad xayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Konsul taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
4-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
50. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda konsul quyidagilarni talab qiladi:
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
51. Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin ogohlantirib, koʻchmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
52. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun ijaraga olish uchun eng koʻp (oxirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
5-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash
53. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida obyektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
54. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.
55. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Bunda konsul Tashqi ishlar vazirligi orqali Adliya vazirligiga murojaat etadi.
56. Taqiq va xatlov mavjud boʻlgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi boʻlgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda xatlov sud va tergov organlari tomonidan qoʻyilgan taqdirda, shartnoma taqiq va xatlov olib tashlangandan soʻng rasmiylashtiriladi.
57. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850—852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.
58. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyxati;
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.
Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
59. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda konsul Fuqarolik kodeksining 849—861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligini, roʻyxatdan oʻtkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida koʻrsatiladi.
6-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
60. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
61. Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda konsul taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini taʼminlash usullari haqida konsul tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, konsul taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ulardan ariza olishi mumkin.
62. Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
7-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
63. Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, konsulga shaxsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan konsul tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan konsul hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablari koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, konsul Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emasligini tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
64. Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
vasiyatnomani tasdiqlovchi konsul;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
savodsiz boʻlgan shaxslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
65. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
66. Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma konsul tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda konsul vasiyat qiluvchidan ogʻzaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va konsul ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzilni koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va konsulning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga konsul tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yigʻmajildda saqlanadi.
67. Vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi konsul tomonidan notarial shahodatlantirilishi kerak.
Konsul vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning konsullik muassasasida saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza konsullik muassasasida yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida bu nusxaga ham yozib qoʻyiladi.
68. Konsul vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.
69. Konsul Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarini qabul qiladi va Tashqi ishlar vazirligi orqali meros qoldiruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha tegishli idoraviy notarial arxivga joʻnatadi.
Agar vasiyat qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki uning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan idoraviy notarial arxivga yuboriladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
8-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash
70. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
71. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan oʻz xususiyatiga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
72. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, konsul yuridik shaxsning ustavini (nizomini) tekshiradi.
Konsullar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.
(72-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
73. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonch bildiruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonch bildiruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvida qayd etib qoʻyiladi.
74. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
75. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Konsul mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bogʻliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.
76. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha rasmiylashtiriladi.
77. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
78. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
79. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
80. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, taʼmirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi koʻrsatib oʻtiladi. Konsullik muassasasida qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi konsullik muassasasida qoldiriladigan oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qoʻshib tikib qoʻyiladi.
(80-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
81. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda konsullik muassasasida saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qoʻyiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yigʻma jildga tikib qoʻyiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Agar bekor qilinayotgan ishonchnoma idoraviy notarial arxivda rasmiylashtirilgan boʻlsa, konsul tomonidan uni bekor qilinganligi haqida Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli idoraviy notarial arxivga maʼlumot yuborishi lozim.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
9-§. Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish
82. Konsul basharti qonun boʻyicha merosxoʻrlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, fuqarolar va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.
83. Konsul mol-mulkni qoʻriqlanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
yashash joyi maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni roʻyxatga olinishi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
meros mol-mulkni qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
ushbu mol-mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisida merosxoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
84. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan shaxslar yoki boshqa merosxoʻrlar roʻyxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, konsul ushbu mol-mulkni roʻyxatga oladi.
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan shaxslar yoki boshqa merosxoʻrlar mol-mulkni roʻyxatga olishga qarshilik qilishsa, konsul mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosxoʻrlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan daʼvo bilan sudga murojaat etish yoki daʼvoni taʼminlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.
Agar roʻyxatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, konsul mol-mulk mavjud emasligi toʻgʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan tegishli organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
85. Roʻyxatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
meros mol-mulk toʻgʻrisidagi xabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
roʻyxatga olish sanasi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
roʻyxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi;
qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi.
86. Roʻyxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxoʻrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga koʻra roʻyxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
87. Avtomototransport vositalari baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
88. Roʻyxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Qoʻshnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga daʼvo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxoʻrlarga beriladi.
89. Meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha notarial harakatni roʻyxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konsullik yigʻimi undiriladi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
90. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablagʻlari merosxoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida konsullik muassasasining depozit hisob raqamiga topshiriladi.
91. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qogʻozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli tartibda saqlanadi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli depozitariylarda saqlanadi.
Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
(91-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
Roʻyxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) saqlash uchun bankka topshirishdan oldin konsul konsullik muassasasida yuritiladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni roʻyxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
92. Agar roʻyxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosxoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxoʻrlar boʻlmaganida esa konsul tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
93. Oziq-ovqat mahsulotlarini konsul merosxoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
94. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami, ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.
95. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyxatga olinadi va merosxoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda, konsul tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
96. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltigʻi va portlovchi moddalarning qoʻriqlanishi va tasarruf etilishiga doir chora-tadbirlar tegishli chet davlati qonunchiligiga binoan amalga oshiriladi.
97. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faxriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila aʼzolarida qoldiriladi yoki merosxoʻrlarning roziligi bilan ular Tashqi ishlar vazirligi orqali muzeylarga topshirilishi mumkin.
98. Mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida konsul mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etadi. Mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki merosxoʻrlar yoki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiradi.
99. Merosxoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga kiritilishi toʻgʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
100. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) roʻyxatga olinishi shart.
101. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyxatga olinib, merosxoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, konsul ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qoʻyadi.
102. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda, konsul meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Konsul Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
103. Konsul meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga oʻtkazganlik yoki yashirganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
(103-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
104. Konsullar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulki hisobidan meros mol-mulki bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun konsullik yigʻimi olinmaydi.
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
105. Agar shaxs konsullik muassasasiga dafn etish boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻgʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular xarajatlarni toʻlashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, konsul ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida merosxoʻrlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun konsul dafn marosimini tashkil qilish boʻyicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining maʼlumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxoʻrlarni chaqirish boʻyicha eʼlonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qogʻozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
106. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.
Meros ochilgan joy boʻyicha konsul meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qatʼi nazar, konsul tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻgʻrisida konsul vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxoʻrlarni xabardor qiladi.
10-§. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish
107. Meros ochilgan joydagi konsul merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar konsul tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan boʻlishi lozim.
Merosxoʻr shaxsan oʻzi konsullik muassasasiga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, konsul merosxoʻrning shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan sanasini koʻrsatadi.
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosxoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham, ariza konsul tomonidan qabul qilinadi, merosxoʻrga esa arizani konsul tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki konsullik muassasasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
108. Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
Merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi konsulga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
109. Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.
Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.
Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
110. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishni soʻrab konsullik muassasasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-songa ilova) 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qoʻyiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
111. Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.
112. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham agar konsul tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
113. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
114. Konsul qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
115. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining oʻlimi haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
116. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosxoʻrlarda ushbu hujjatlar mavjud boʻlmaganda, konsul merosning ochilish joyini aniqlash toʻgʻrisida sud hujjati nusxasini talab qiladi.
117. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi konsullik muassasasi joylashgan yoki konsullik okrugi doirasidagi davlatda boʻlsa, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan konsul meros ochilgan joy boʻyicha konsullik muassasasiga murojaat etgan merosxoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.
118. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
119. Meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatlari tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tugʻilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
(119-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
120. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham, u meros ochilishiga chaqiriladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxoʻr deb hisoblanmaydilar.
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega boʻladi.
121. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berilishini soʻrab murojaat etsa, konsul uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramogʻida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.
Meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati asosida tasdiqlanadi.
Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi boʻyicha tekshiriladi.
122. Agar qonun boʻyicha bir yoki bir nechta merosxoʻrlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos boʻladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum boʻlishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) yozma roziligi bilan merosxoʻrlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosxoʻrlar shaxsan oʻzlari konsullik muassasasiga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, konsul merosxoʻrlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ushbu ariza shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
123. Konsul vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi tekshiriladi. Vasiyatnomada uning bekor qilinmaganligi haqida belgi qoʻyilganligidan qatʼi nazar, konsulda shubha tugʻilgan taqdirda, vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi qayta tekshiriladi.
124. Omonatni bank muassasalariga qoʻygan omonatchi oʻzining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga oʻtkazish haqida vasiyat qoldirgan boʻlsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina oʻzining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
125. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
126. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.
127. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar majburiy ulushga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, konsul ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxoʻrlarning xohishi boʻyicha) merosxoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, konsul ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
128. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berishda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati konsullik muassasasida qoldiriladi.
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosxoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat konsul tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.
129. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, konsul meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek ushbu mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
130. Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxoʻrlari kelishuvida hamda meros ochilgan davlat qonunchiligida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxoʻrlarga tegishli boʻlgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
131. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositasi mavjud boʻlsa, konsul meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusxasini meros ishiga tikib qoʻyadi. Shu bilan birga, ushbu avtomototransport vositasining boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
132. Agar meros mulki tarkibiga ov miltigʻi kirsa, bunda konsul tegishli chet davlatining vakolatli organi tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxoʻrdan talab qiladi.
133. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi tegishli depozitariylardan olingan depo hisobvaragʻining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qogʻozlar turi sifatida aksiyalar, shuningdek toʻliq shirkat, kommandit shirkat, qoʻshimcha masʼuliyatli yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi aʼzosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi)olinsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (aʼzoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlar meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida konsul uchun tegishli tashkilotlarning taʼsis hujjatlari yoki bu haqda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, konsul koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim. Merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
134. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, konsul merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tashkilotning qimmatli qogʻozlarining maxsus reyestr yurituvchisi — depozitariyning maʼlumotnomasini talab qiladi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.
135. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish toʻxtatib turiladi.
136. Merosxoʻrlarning xohishiga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.
137. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi haqida konsul ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxoʻrlarning vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
138. Maʼlum meros mulkiga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.
139. Boshqa mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxoʻrlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosxoʻrlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.
140. Baʼzi bir merosxoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.
141. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat boʻlgan hollarda, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxoʻrlarning talabiga va ularning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlariga muvofiq konsul ular oʻrtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini boʻlish sud tartibida amalga oshiriladi.
142. Konsullik muassasalarida meros ishlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
143. Meros ishlarini hisobga olish kitobida quyidagilar qayd etiladi:
merosni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi farmoyishlar;
merosdan voz kechish haqidagi arizalar;
kreditorlarning daʼvolari;
meros mol-mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun koʻrilgan choralar).
Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaxsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qoʻshimcha arizalar, boshqa merosxoʻrlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami koʻrsatiladi.
Meros ishiga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
11-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
144. Konsul er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
145. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma er-xotinning umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Konsul er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
146. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga koʻchmas mulk, avtomototransport vositalari va maxsus hisobda turadigan (roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, konsul ushbu mulk er-xotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.
Koʻchmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida chet davlat tegishli tashkilotining koʻchmas mulk roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.
147. Konsul er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qoʻyadi.
148. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi konsul tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Xabarnomada er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilishi soʻralayotgan umumiy mulk koʻrsatiladi, mazkur shaxsning mulk talab qilishiga boshqa merosxoʻrlar norozi boʻlgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxoʻrlar konsullik muassasasiga kelganlarida esa konsul ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosxoʻrlar oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning arizasiga rozi boʻlsalar, bu haqda shu arizaga imzo qoʻyadilar.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
149. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.
150. Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar orasida voyaga yetmaganlar boʻlgan taqdirda, vafot etgan shaxsning eri yoki xotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.
151. Er yoki xotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirma, uning vafot etgan shaxs bilan nikohda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat, er-xotin mulkni nikoh davomida orttirganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
152. Konsul Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalarida va DYHXX organlarida roʻyxatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.
(152-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
12-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
153. Konsul fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini ushbu hujjatlar qonunga zid boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.
154. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
155. Matni noaniq boʻlgan, oʻchirilgan, qoʻshimcha soʻzlar yozilgan, hujjatga doir maʼlumotlar toʻliq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa oʻzgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusxalari shahodatlanmaydi.
156. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
157. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini konsullar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusxasi mazkur tashkilotning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
158. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
159. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki koʻchirmasi konsullik muassasasida qoldirilmaydi.
160. Konsul mazmuni qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
161. Konsul imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
162. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra oʻz qoʻli bilan imzo qoʻya olmaydigan shaxs uchun imzo qoʻygan shaxsning imzosini shahodatlash paytida konsul imzo qoʻygan shaxsning va imzo qoʻyishni iltimos qilgan shaxsning ham shaxsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.
163. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi konsul tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa tashkilotlariga taqdim etish uchun moʻljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.
164. Yuridik shaxsning taʼsis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki taʼsis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda konsulning tasdiqlovchi yozuviga yozib qoʻyiladi.
14-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash
165. Konsul, basharti u tegishli tillarni bilsa, hujjatning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar konsul tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, konsul uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
166. Tarjima konsulga maʼlum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus maʼlumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
167. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning toʻgʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, yaʼni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Konsulning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
168. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, u holda konsulning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi koʻrsatiladi. Bunda, konsullik yigʻimi ikkita notarial harakat uchun undiriladi.
15-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
169. Konsul fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
170. Konsul murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
16-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
171. Konsul fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
172. Konsul murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
17-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
173. Konsul fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdigʻi sifatida guvohnoma beradi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
174. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, konsulning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.
18-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
175. Konsul hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
176. Konsul hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan fuqaroning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
177. Konsulga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri konsullik muassasasida qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yoʻq boʻlsa, konsul hujjatdan nusxa olib, uni konsullik muassasasining yigʻmajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
178. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun konsullik yigʻimi olinadi.
19-§. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
179. Konsul Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
(179-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
180. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
181. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni konsulning depozitiga qoʻyishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin boʻlmasa:
majburiyat bajarilishi lozim boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs boʻlmasa;
kreditor muomalaga layoqatsiz boʻlsa va uning vakili boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa;
majburiyat boʻyicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, xususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
182. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni konsulning depozitiga qoʻyish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
183. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi konsul tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
(183-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
koʻchmas mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — mol-mulk turgan joyda;
tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari boʻyicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga maʼlum boʻlsa;
pul majburiyati boʻyicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan boʻlsa, ijro etish joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
184. Konsullar pul summalari va qimmatli qogʻozlarni konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
185. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda konsul quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari nusxasi;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
depozitariy tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
umumiy majlisning oʻtkazilishi haqida hamma taʼsischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan xabarnomalar reyestri;
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (taʼsischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
186. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda konsul quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyxati;
barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yuborilgan xabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
187. Konsul mazkur Yoʻriqnomaning 185 va 186-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
(187-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
188. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.
189. Arizalar ikki nusxada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor boʻyicha alohida yozuv kiritiladi.
190. Pul summalari boʻyicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga konsul pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.
Depozitga qimmatli qogʻozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qogʻozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
191. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda konsullik yigʻimi undiriladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
192. Konsul pul summalari va qimmatli qogʻozlar olinganligi toʻgʻrisida kreditorni xabardor qiladi.
Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil konsulga maʼlum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻgʻrisida konsul ogohlantiradi.
193. Konsul qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
194. Pul summalari va qimmatli qogʻozlar konsullik muassasasiga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli konsullik yigʻimi ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.
195. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida konsulning xabarnomasini olgan kreditor ushbu konsulga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.
196. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
197. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar konsullik muassasasi hamda Tashqi ishlar vazirligining mulki hisoblanmaydi.
198. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
20-§. Ijro xatlarini yozish
199. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun konsul ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
Konsullar tomonidan ijro xatlari Oʻzbekiston Respublikasi yoki konsullik muassasasi joylashgan davlat qonunchilik hujjatlariga, shu bilan birga ushbu davlatlar oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarda belgilangan talablar asosida yoziladi.
(199-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
200. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilik hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
(200-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
201. Ijro xati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
202. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
ijro xatini yozayotgan konsulning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning STIRi;
(202-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan konsullik yigʻimi yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan konsulning imzosi;
konsulning muhri.
203. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
21-§. Saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib olish
204. Konsul hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi.
Roʻyxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va konsul tomonidan imzolanadi. Roʻyxatning bir nusxasi konsullik muassasasida qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra konsul ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga konsulning muhri qoʻyiladi hamda u konsul va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda konsul hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
205. Qabul qilib olingan hujjatlar konsullik muassasasining muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
206. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.
22-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
207. Konsul kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab yoki agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay konsulga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
208. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
209. Konsul kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikkita guvohni va kema komandasi tarkibidan ikkita guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa konsullik muassasasida qoldiriladi.
IV-bob. Chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi. Xalqaro shartnomalar
210. Konsul qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.
(210-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Konsul Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
(210-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
211. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
212. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va eʼlon qilish uchun konsullik muassasasiga taqdim etilgan taqdirda konsul vasiyatnomaning mazmunini eʼlon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda oʻchirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar boʻlganligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtiladi. Bayonnoma konsul va vasiyatnomani taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaxslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varagʻiga imzo qoʻyiladi. Agar vasiyatnoma konsulda muhrlangan holda saqlanib kelgan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan barcha harakatlarni konsulning bir oʻzi bajaradi.
213. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli tashkilotlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar belgilangan tartibda qonuniylashtirilgan taqdirdagina konsul tomonidan qabul qilinadi.
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida konsul tomonidan qabul qilinadi.
(213-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
214. Konsullar ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida chet el adliya idoralari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Topshiriqlar quyidagi hollarda bajarilmaydi:
topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki davlat xavfsizligiga tahdid solsa;
topshiriqni bajarish konsullik muassasalarining vakolat doirasiga kirmasa.
215. Chet el adliya idoralarining ayrim notarial harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Konsullar ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan chet el adliya idoralariga murojaat qilishlari mumkin.
(215-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
216. Konsullik muassasalarining chet el adliya idoralari bilan oʻzaro aloqalari tartibi qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(216-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
217. Konsullar chet davlatlarning tashkilotlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlarning tashkilotlarini taʼminlaydi.
Dalillar bilan taʼminlash harakatlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(217-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
218. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi konsulga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, konsul bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
(218-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
IV1-bob. Konsullar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlarni idoraviy notarial arxivga topshirish va qabul qilish
219. Konsullar oʻzlari tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlarning (bundan buyon matnda notarial harakat hujjatlari deb yuritiladi) but saqlanishini taʼminlashi lozim.
2191. Konsullar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakat hujjatlari konsullik muassasasida uch yil davomida saqlanadi.
Notarial harakat hujjatlari konsullik muassasasida uch yil muddat saqlangandan soʻng, konsul ularni idoraviy notarial arxivga topshirish uchun yigʻmajildga tartib bilan tikilgan va mundarija ilova qilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga har yili yanvar oyining 20 sanasiga qadar yuborilishini taʼminlaydi.
2192. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik muassasalari tomonidan yuborilgan notarial harakat hujjatlarini har yili yanvar oyining 30 sanasiga qadar Adliya vazirligiga yuboradi.
2193. Adliya vazirligi notarial harakat hujjatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tegishliligi boʻyicha idoraviy notarial arxivlarga yuborilishini taʼminlaydi.
2194. Notarial harakat hujjatlari idoraviy notarial arxivlarga kelib tushganda, tegishli adliya boshqarmasida tashkil etilgan ekspert komissiyasi mazkur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida ularning mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida nazarda tutilgan talablar doirasida rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi.
2195. Oʻrganish natijasida notarial harakat hujjatlari mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida belgilangan talablarga muvofiq deb topilganda, masʼul xodim ularni saqlash uchun qabul qiladi.
2196. Oʻrganish natijasida notarial harakat hujjatlari mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida belgilangan talablarga muvofiq emas deb topilganda, ekspert komissiyasi ularni saqlash uchun qabul qilishni rad etadi. Bunda, idoraviy notarial arxiv tomonidan notarial harakat hujjatlari aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan holda uch ish kuni ichida tegishli xat bilan Adliya vazirligiga yuboriladi.
2197. Adliya vazirligi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun idoraviy notarial arxivning xatini ilova qilgan holda uch ish kuni ichida notarial harakat hujjatlarining Tashqi ishlar vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi.
2198. Tashqi ishlar vazirligi notarial harakat hujjatlari qaytarib yuborilgan vaqtdan boshlab oʻn besh ish kuni ichida Adliya vazirligi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilishini hamda notarial harakat hujjatlarining Adliya vazirligiga qayta yuborilishini taʼminlaydi.
(IV1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
(V-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
(219-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2191-1, 22.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son)
220. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(220-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 49-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2022-y., 10/22/2191-1/1126-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)