1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
buyrugʻi
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3218]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan 1997-yil 15-mayda tasdiqlangan Chet eldagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 348, 1997-yil 4-iyun) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
46-son
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019-yil 30-dekabrdagi 46-son buyrugʻiga ILOVA
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (bundan buyon matnda biometrik pasport deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (bundan buyon matnda xorijga chiqish biometrik pasporti deb yuritiladi) — xorijga chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik namunadagi pasporti (bundan buyon matnda nobiometrik pasport deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2019-yil 31-dekabrgacha, xorijiy davlat hududida esa amal qilish muddati tugagunga qadar egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (bundan buyon matnda harakatlanish hujjati deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
konsullik muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatda taʼsis etiladigan diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulligi va konsullik agentligi;
doimiy konsullik roʻyxati — xorijda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarilgan va xorijga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvi stikeri yoki manzildan joʻnab ketish varaqasi asosida mamlakatdan chiqqan (shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga 2017-yil 30-iyungacha chiqqan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar), shuningdek qabul qiluvchi davlat hududidan chiqmagan holda konsullik muassasasi orqali doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi rasmiylashtirgan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik muassasasida qayddan oʻtkazish;
vaqtincha konsullik roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtgan hamda oʻqish, xizmat safarida boʻlish, mehnat faoliyatini amalga oshirish (ishchi viza, vaqtincha roʻyxatga olish, yashash uchun ruxsatnoma va mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar — patent, mehnat shartnomasi va shu kabilar asosida xorijiy davlat hududida qonuniy boʻluvchilar), tibbiyot muassalarida davolanish va oilasi bilan birlashish maqsadlarida xorijda olti oydan ortiq muddatda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan oʻtkazish;
doimiy yashashga qoldirish — xorijda qonuniy ravishda vaqtincha boʻlib turgan va turgan mamlakatidan chiqib ketmagan holda xorijiy davlatda doimiy yashash uchun qolishga qaror qilgan Oʻzbekiston Respublikasining (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatga olingan) fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy konsullik roʻyxatiga olishda amalga oshiriladigan konsullik harakati;
roʻyxatga olish varaqasi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan konsullikning mansabdor shaxsi ishtirokida konsullik muassasasida mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shaklda toʻldiriladigan hujjat;
elektron roʻyxatga olish varaqasi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda interaktiv konsullik xizmatlari “www.consulate.mfa.uz” veb-portalida (bundan buyon matnda interaktiv xizmatlar veb-portali deb yuritiladi) toʻldiriladigan shtrix-kodli hujjat.
2. Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olish mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegishli boʻlgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Xorijda doimiy yashovchi yoki vaqtincha turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatiga (doimiy, vaqtincha) qoʻyish uchun konsullik mansabdor shaxsi nomiga ariza berish interaktiv xizmatlar veb-portali orqali onlayn tarzda masofadan turib ham amalga oshirilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
4. Konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olish:
konsullik muassasalarining oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shaklda;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yoʻriqnomaning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy konsullik hisobiga olish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi. 16 yoshga toʻlmagan bolalarga alohida roʻyxatga olish varaqasi (elektron roʻyxatga olish varaqasi) toʻldiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
6. 16 yoshga toʻlmagan bolalarning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati boʻlmaganda, shuningdek ota-onasining yoki ulardan birining nobiometrik pasportiga yozilgan holda xorijga chiqib ketgan shaxslar boʻlganda hisobga olish ularning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
7. Doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobiga olingandan keyin hisob maʼlumotlariga oʻzgartirishlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzilini oʻzgartirish va shu kabilar) kiritilganda roʻyxatga olish varaqasiga (elektron roʻyxatga olish varaqasiga) tegishli qaydlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
8. Xorijda doimiy va vaqtincha yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron roʻyxatga olish varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) Yagona avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi (bundan buyon matnda YAAHT deb yuritiladi) maʼlumotlar bazasida saqlanadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
2-bob. Xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatiga olish
9. Xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik muassasasi roʻyxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan elektron roʻyxatga olish varaqasi (interaktiv xizmatlar veb-portali orqali elektron roʻyxatga olish varaqasini toʻldirishning imkoni boʻlmaganda mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha ariza va roʻyxatga olish varaqasi) toʻldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
16 yoshga toʻlmagan bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati boʻlmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi maʼlumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi maʼlumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan boʻlsa);
chiqib ketish varaqasining yoki ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan berilgan fuqaroning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirilgan “Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi” yozuvli stikerning nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, maʼlumotnomalar va shu kabilar) boʻlib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm oʻlchamdagi 1 dona fotosurat (elektron roʻyxatga olish varaqasini toʻldirishning imkoni boʻlmaganda);
haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobiga yigʻimlar toʻlangani toʻgʻrisida kvitansiya.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik roʻyxatiga qoʻyish uchun interaktiv xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning “PDF” formatida skaner qilingan variantini yuboradi.
10. Xorijga vaqtincha yashash uchun chiqib ketgan hamda u yerda qonuniy ravishda yashayotgan va xorijda doimiy yashashga qaror qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kelgusida doimiy konsullik roʻyxatiga qoʻyish uchun turgan mamlakatidagi konsullik muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻzi yashab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda, mazkur mamlakat Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi qaysi konsullik okrugiga kirsa oʻsha konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
12. Mazkur Yoʻriqnomaning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan vaqtning oʻzida konsullik mansabdor shaxsi:
pasportga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga imzo qoʻyadi, konsullik muassasasining muhrini bosadi va konsullik roʻyxatiga olish sanasini koʻrsatgan holda “(konsullik muassasasining nomi va uning joylashgan manzili)da doimiy konsullik roʻyxatga olindi” degan yozuvni qayd qiladi;
YAAHT maʼlumotlar bazasiga doimiy konsullik roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron pochta manziliga doimiy konsullik roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomani joʻnatadi.
3-bob. Xorijda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatiga olish
13. Xorijga xizmat safariga, oʻqishga, davolanishga, ishga va oʻz oilasi bilan birlashish uchun chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar borgan mamlakatida qonuniy tarzda yashayotgan boʻlsa va mamlakatga olti oydan ortiq muddatga borgan boʻlsa vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
14. Xorijga sayyoh sifatida, shaxsiy ishlari yoki mazkur Yoʻriqnomaning 15-bandida nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga chiqib ketgan, shuningdek mamlakat orqali tranzit oʻtib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik muassasalarida konsullik roʻyxatiga olinmaydi.
15. Vaqtincha konsullik roʻyxati 4 yilgacha boʻlgan muddatga rasmiylashtiriladi.
Xususan, xorijda boʻlish maqsadlardan kelib chiqqan holda vaqtincha konsullik roʻyxati quyidagi muddatlarga rasmiylashtiriladi:
xizmat safari — xizmat safari davomiyligi muddatiga;
oʻqish — oʻqish muddatiga;
davolanish — tibbiy xizmatdan foydalanish yoki davo muolajalari muddatiga;
ishlash — mehnat shartnomasi muddatiga;
oʻz oilasi bilan birlashishga — 4 yilgacha.
16. Xorijda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik muassasasi roʻyxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan roʻyxatga olish varaqasi (interaktiv xizmatlar veb-portali orqali elektron roʻyxatga olish varaqasini toʻldirishning imkoniyati boʻlmaganda mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 3-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha ariza va roʻyxatga olish varaqasi) toʻldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
16 yoshga toʻlmagan bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati boʻlmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi maʼlumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi maʼlumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan boʻlsa);
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, maʼlumotnomalar va shu kabilar) boʻlib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm oʻlchamdagi 1 dona fotosurat (elektron roʻyxatga olish varaqasini toʻldirishning imkoni boʻlmaganda);
xorijga xizmat safariga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;
xorijga oʻqishga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun oʻqish joyidan maʼlumotnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
xorijga davolanishga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi yoki boʻlib turgan mamlakat tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar (tibbiy maʼlumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);
xorijga ishlashga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun ish joyidan maʼlumotnoma yoki mehnat shartnomasidan nusxa;
nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning (oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketgan fuqarolar uchun) hamda voyaga yetmagan bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar boʻlganda) nusxalari;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik hisobiga qoʻyish uchun interaktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning “PDF” formatida skaner qilingan nusxalari tizimga joylashtiriladi.
17. Mazkur Yoʻriqnomaning 16-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan vaqtning oʻzida konsullik mansabdor shaxsi:
pasportga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga imzo qoʻyadi, konsullik muassasasining muhrini bosadi va konsullik roʻyxatiga olish sanasini koʻrsatgan holda “(konsullik muassasasining nomi va uning joylashgan manzili)da 20 ___ yil “___” ______ dan 20 ___ yil “___” ______ gacha vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olindi” degan yozuvni qayd qiladi;
YAAHT maʼlumotlar bazasiga vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron pochta manziliga vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomani joʻnatadi.
Konsullik mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlib turgan mamlakatida yashashni davom ettirish istagi boʻlganda, vaqtincha konsullik roʻyxatiga olish muddatining tugashidan bir oy oldin uni uzaytirish uchun murojaat qilish zarurligi haqida, shuningdek vaqtincha konsullik roʻyxati muddati tugagunga qadar murojaat qilinmaganda uning konsullik hisobidan chiqarilishi haqida ogohlantiradi.
4-bob. Xorijda doimiy yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatidan chiqarish
18. Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar konsullik roʻyxatidan chiqarilishi mumkin:
boshqa konsullik okrugiga doimiy yashashga chiqib ketganda;
xorijda vaqtincha boʻlib turish muddati tugaganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda (fuqarolikni yoʻqotganda);
vafot etganda.
19. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan chiqish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza toʻldiradilar hamda shaxsan yoki ishonchli vakil orqali konsullik muassasasiga murojaat qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan chiqish uchun shaxsan kelishining imkoni boʻlmaganda, ariza konsullik muassasasiga pochta yoki elektron pochta manzili orqali konsullik mansabdor shaxsini xabardor qilish va uning kelib tushgani tasdigʻini olish sharti bilan yuborilishi mumkin.
20. Konsullik roʻyxatidan chiqarishda konsullik mansabdor shaxsi tomonidan arizachining roʻyxatga olish varaqasiga (elektron roʻyxatga olish varaqasiga) tegishli yozuv kiritiladi va uning pasportiga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga roʻyxatdan chiqarilganlik toʻgʻrisida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va konsullik mansabdor shaxsining imzosi qoʻyiladi.
Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatidan chiqarish tegishli xabarnomani ularning elektron pochta manziliga yuborish orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashash joyini, shuningdek, ish, oʻqish yoki xizmat safari joyini olti oydan ortiq muddatga oʻzgartirganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik roʻyxatiga olinishlari lozim.
Agarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oldingi yashash joyidagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqmasdan turib boshqa konsullik okrugiga koʻchib oʻtganda konsullik mansabdor shaxsi uni mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza asosida uning pasportiga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi shtampni (gerbli muhrdan foydalanmay) qoʻyish yoʻli bilan uni konsullik roʻyxatidan chiqaradi va shundan soʻng konsullik roʻyxatiga kiritadi.
22. Konsullik mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatidan chiqarilgani toʻgʻrisidagi xabarnomani uning oldingi yashash joyidagi konsullik muassasasiga mazkur konsullik harakati amalga oshirilgan kuni (konsullik muasasasining elektron pochtasi yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali) yuboradi.
Agarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatiga qoʻyilganining haqiqiyligiga shubha paydo boʻlganda konsullik mansabdor shaxsi u avval roʻyxatda turgan konsullik muassasasi bilan elektron pochta yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali bogʻlanib tekshirishi mumkin.
23. Konsullik roʻyxatidan chiqarish va unga kiritish tartibi bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Bunday holatlarda arizachilardan haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
24. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan hollarda ular konsullik roʻyxatidan chiqish uchun TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.
5-bob. Yakuniy qoidalar
25. Konsullik muassasasi yarim yil va yil yakunlari boʻyicha TIVga mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha doimiy va vaqtincha konsullik hisobiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqida maʼlumotlar taqdim etadi.
26. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
__________________________________ dagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsuli (konsuli, vitse-konsuli, konsullik agenti)ga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ______________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi ___________________________________ dan 20____ yil “____” _____________ da tugʻilgan _____________________________ manzilida doimiy yashovchi pasport (xorijga chiqish pasporti/harakatlanish hujjati) seriyasi _____ raqami ___________________
A R I Z A
Meni doimiy/vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga qoʻyishingizni soʻrayman.
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Konsullik roʻyxatiga qoʻyish sanasi:________________________; Konsullik roʻyxatidan chiqarish sanasi:______________________
Xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ROʻYXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.) (agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)
2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni
3. Tugʻilgan joyi
4. Millati
5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi
6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati
(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” _________________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Konsullik roʻyxatiga qoʻyish sanasi:________________________; Konsullik roʻyxatidan chiqarish sanasi:______________________
Xorijda vaqtinchalik yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ROʻYXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.) (agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)
2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni
3. Tugʻilgan joyi
4. Millati
5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi
6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati
(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” _________________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni
ELEKTRON ROʻYXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)
(agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)
2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni*
3. Tugʻilgan joyi*
4. Millati*
5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*
6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*
10. JSHSHIR
* Mazkur bandlar avtomatik tarzda toʻldiriladi.
_________________________________________
_________________________________
(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ________________
Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Xorijda vaqtinchalik yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni
ELEKTRON ROʻYXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)
(agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)
2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni*
3. Tugʻilgan joyi*
4. Millati*
5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*
6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*
10. JSHSHIR
* Mazkur bandlar avtomatik tarzda toʻldiriladi.
_________________________________________
_________________________________
(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ________________
Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
__________________________________ dagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsuli (konsuli, vitse-konsuli, konsullik agenti)ga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ______________________________________ (familiyasi) __________________________________ dan (ismi va otasining ismi) 20____ yil “___” _____________ da tugʻilgan ________________________ manzili boʻyicha doimiy yashovchi pasport (xorijga chiqish pasporti/harakatlanish hujjat) seriyasi ________ raqami ________________ _______ yil “____” __________ dan (doimiy/ vaqtinchalik) konsullik roʻyxatida turaman
A R I Z A
____________________________________________________________________________________ sababli,
(boshqa konsullik okrugiga koʻchib ketishi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi va shu kabi sabablar koʻrsatiladi)
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
20___ yilning _____ yarim yilida/yakunida Oʻzbekiston Respublikasining ______________________________________________ dagi konsullik muassasasida
(boʻlish (boʻlib turgan) davlati)
doimiy va vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning soni toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T
T/r
Doimiy konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning soni
Vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning soni
1.
Konsullik roʻyxatiga olinganlar
Jami konsullik roʻyxatida turuvchilar
Konsullik roʻyxatiga olinganlar
Jami konsullik roʻyxatida turuvchilar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3218/0164-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)