toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda, № 4, 250-modda; 2022-yil, № 6, 619-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-avgust,
2406-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustda qabul qilingan 2406-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
REGLAMENTI
(yangi tahriri)
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, siyosiy partiyalarning fraksiyalarini tuzish, Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, parlament nazoratini, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq ichki tartib-qoidalarga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.
2-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi (quyi palata) koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
3-modda.
Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda.
Deputat bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.
Deputatlar oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
5-modda.
Qonunchilik palatasining faoliyati siyosiy xilma-xillik va koʻppartiyaviylikka, masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa boʻlib hal etishga, ochiqlik va oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
6-modda.
Deputatning vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
7-modda.
Deputat oʻz vakolatlarining butun muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
8-modda.
Deputatga uning deputatlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanadi.
9-modda.
Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Reglament bilan belgilanadi.
10-modda.
Qonunchilik palatasi oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.
II BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASINING BIRINCHI MAJLISI
11-modda.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasining Spikeri saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
12-modda.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanadi.
Qonunchilik palatasi muvaqqat kotibiyat, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanganligi toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
13-modda.
Qonunchilik palatasi birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan oʻtkazadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti;
2) Siyosiy partiyalar vakillari kengashini saylash;
3) Qonunchilik palatasi Spikerini saylash;
4) Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini saylash;
5) siyosiy partiyalarning fraksiyalarini (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi) roʻyxatga olish;
6) Qonunchilik palatasining qoʻmitalarini (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi) tuzish.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
14-modda.
Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati:
1) soʻzga chiquvchilarning roʻyxatini yozib boradi;
2) deputatlardan tushadigan savollar, maʼlumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni roʻyxatga oladi;
3) soʻzga chiqish uchun yozilganlarning roʻyxati va Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyatiga tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;
4) Qonunchilik palatasining birinchi majlisini taʼminlashga doir boshqa vazifalarni bajaradi.
III BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASINING MANSABDOR SHAXSLARINI SAYLASH VA ORGANLARINI SHAKLLANTIRISH
1-bob. Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari
15-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi oʻz majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan koʻrsatish masalasini koʻrib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
16-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi yoki Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki deputatlarning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining qarori bilan tugatiladi.
17-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga koʻrsatilgan nomzod yashirin ovoz berish roʻyxatiga kiritiladi. Oʻz nomzodini rad etish ovoz berish oʻtkazilmasdan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Qonunchilik palatasi belgilaydi.
18-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini eʼlon qilganidan keyin hech kim ovoz berishni boʻlib qoʻyishi mumkin emas. Ovoz berish boshlanganidan to uning natijalari eʼlon qilinguniga qadar hech kimga soʻz berilmaydi.
Agar ovoz berishni oʻtkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni oʻtkazish chogʻida toʻsiqlar yuzaga kelgan boʻlsa, muhokama qilmasdan darhol takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
19-modda.
Ovoz berish yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda oʻtkazilgan taqdirda yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasi raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
20-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
21-modda.
Agar Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlar ovozlarining zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalariga muvofiq oʻtkaziladi.
22-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganidan keyin Qonunchilik palatasining bundan buyongi majlisini Qonunchilik palatasi Spikeri olib boradi.
23-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasining va Qonunchilik palatasi Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yuboradi;
4) qoʻmitalarning va Qonunchilik palatasi komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
6) Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hayʼatlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish yuritadi;
12) Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarini imzolaydi;
13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
14) Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
15) Qonunchilik palatasiga ajratilgan budjet mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi farmoyishlarni imzolaydi;
16) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻzining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
24-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Qonunchilik palatasi Spikerining boʻsh lavozimiga nomzod koʻrsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
25-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri qoʻmitalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, ikki nafardan oshmasligi kerak.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari deputatlar orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taqdim etgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari saylanganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda — navbatdagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi chaqirilgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
261-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari qoʻmitalarning tarkibiga saylanishi mumkin emas.
(261-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan — navbatdagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi chaqirilgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishni amalga oshiradi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirishni amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarning hukumat tomonidan bajarilishini nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek vazifalar taqsimotiga binoan tashkiliy va boshqa vazifalarni bajaradi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
28-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish roʻyxatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri oʻqib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlarga ovoz berish roʻyxat boʻyicha oʻtkaziladi.
29-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari etib saylangan hisoblanadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
30-modda.
Agar Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlarning zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar koʻrsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash ushbu Reglamentning 26, 28 va 29-moddalari hamda ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Spikeri yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, u yoʻqligida esa Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari bajarib turadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda — navbatdagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi chaqirilgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi)
32-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
2-bob. Kengash
33-modda.
Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari, fraksiyalar rahbarlari, qoʻmitalarning raislari kiradi.
Kengashga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini chaqiradi, olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
34-modda.
Kengash Qonunchilik palatasi majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanadi.
Kengash majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning oʻrinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.
35-modda.
Kengash majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki Boshqaruvining raisi ishtirok etishi mumkin. Kengash majlislarida deputatlar ham ishtirok etishga haqli boʻlib, ular Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirishi mumkin.
Kengash majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
36-modda.
Kengash:
1) Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasini shakllantiradi;
2) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi va majlisni telekanallar, shuningdek Internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilishi masalasini koʻrib chiqadi;
3) qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
4) qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish toʻgʻrisida qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi) xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
41) qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonunchilik taklifini (bundan buyon matnda qonunchilik taklifi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida masʼul qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan 41-band bilan toʻldirilgan)
5) Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod qilishga rozilik berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
6) Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) Kengash aʼzolarining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida, ushbu shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatida boʻlish muddatini uzaytirish haqida taqdimnoma, shuningdek ushbu shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatidan muddatidan ilgari chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan 7-band bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash ushbu Reglamentga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi hamda Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Kengash majlislari, agar ularda Kengash aʼzolarining yarmidan koʻpi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
37-modda.
Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi.
Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda koʻrib chiqish moʻljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi. Zarur boʻlgan hollarda, Kengash majlislari stenogrammasi yozib boriladi va bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida deputatlarga maʼlum qilinadi.
3-bob. Qoʻmitalar
38-modda.
Qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasida, qoida tariqasida, budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tuziladi. Qonunchilik palatasida boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
40-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini hamda saylov yakunlari boʻyicha olingan deputatlik oʻrinlarini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish yuzasidan takliflarni fraksiyalarning rahbarlari oʻzaro kelishgan holda kiritadilar. Bunda bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlari oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya uchun ajratiladi.
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita aʼzolari saylanganligi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi.
Qoʻmitalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadi.
Qoʻmita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.
41-modda.
Qoʻmita raisi:
1) qoʻmitaning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qoʻmitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
2) zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
3) qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) kiritilgan qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish, shuningdek qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
(41-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
5) davlat organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qoʻmita ishida ishtirok etishga taklif etadi;
6) Qonunchilik palatasi, Kengash majlislarida, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan boʻladigan munosabatlarda qoʻmita nomidan ish yuritadi;
7) qoʻmita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
8) Qonunchilik palatasiga, Kengashga va Qonunchilik palatasi Spikeriga ularning topshiriqlari bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi;
9) qoʻmitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari koʻrib chiqilganligi haqida qoʻmita aʼzolariga axborot beradi;
10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
42-modda.
Qoʻmita raisining oʻrinbosari qoʻmita raisining topshirigʻiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda qoʻmita raisi vazifasini bajarib turadi.
43-modda.
Qoʻmitalar ishni oʻz rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Qoʻmitalar Qonunchilik palatasi oldida masʼul va unga hisobdordir.
44-modda.
Qoʻmitalar:
1) oʻz tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qonun loyihalarining, qonunchilik takliflarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
(44-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) qonun hujjatlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;
(44-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
31) qonunchilik takliflari yuzasidan xulosalar beradi, qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan 31-band bilan toʻldirilgan)
4) navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
5) fraksiyalar taklifiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini oʻrganadi;
6) Qonunchilik palatasining topshirigʻiga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan masʼul boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) kiritilgan qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillarini jalb etadi;
(44-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
8) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
81) qonunchilik taklifi tashabbuskorlari tomonidan kiritilgan qonunchilik taklifiga taalluqli masalalar yuzasidan ushbu tashabbuskorlar vakillarining fikrlarini eshitadi;
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan 81-band bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
9) kiritilgan qonunlar va Qonunchilik palatasi qarorlari loyihalari matniga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
(44-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
10) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi;
(44-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
12) tegishliligi boʻyicha vazirliklar va idoralar kesimida davlat budjeti mablagʻlarining samaradorligi bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlari boʻyicha koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
13) davlat organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi;
(44-modda birinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
14) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Qoʻmitalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
45-modda.
Qoʻmitalarning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Qoʻmita majlisini uning raisi oʻz tashabbusi bilan yoki qoʻmita aʼzolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi.
Qoʻmita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qoʻmita aʼzolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi.
Qoʻmitalarning majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Qoʻmita majlisini qoʻmita raisi olib boradi.
Qoʻmitalarning majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida, qoʻmitalar yopiq majlislar oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishi mumkin.
46-modda.
Deputat oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmita majlislarida qatnashishi shart.
Qoʻmita majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat qoʻmita raisini oldindan xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Qoʻmitalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
47-modda.
Qoʻmitalar koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qoʻmita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
48-modda.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida qoʻmitalar huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va taʼlim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Ekspert guruhi qoʻmitalarning faoliyatini ilmiy-huquqiy, ekspert va axborot-maslahat jihatidan taʼminlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, qoʻmitalarning nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga tuzilgan maslahat organidir.
Qoʻmitalar huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
4-bob. Komissiyalar
49-modda.
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va aʼzolaridan, zarurat boʻlganda esa, komissiya raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tuzilganligi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasining komissiya tuzilganligi toʻgʻrisidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak.
50-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (bundan buyon matnda parlament komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin.
Parlament komissiyasi deputatlar va senatorlar orasidan parlament komissiyasi raisi, aʼzolari, zarurat boʻlgan hollarda esa, parlament komissiyasi raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qonunchilik palatasida parlament komissiyasini tuzish haqidagi taklif Qonunchilik palatasining Spikeri, qoʻmitalar, shuningdek fraksiyalar tomonidan kiritilishi mumkin.
Parlament komissiyasi tarkibiga nomzodlar boʻyicha Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Parlament komissiyasi tuzilganligi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinib, ushbu qaror Senatga yuboriladi.
Parlament komissiyasi tuzilganligi toʻgʻrisidagi qarorda parlament komissiyasining nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, parlament komissiyasining raisi, parlament komissiyasining faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), parlament komissiyasining vakolatlari, parlament komissiyasi ishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak.
Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
51-modda.
Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlar tuzishga haqlidir.
52-modda.
Komissiya majlislari Qonunchilik palatasining majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Komissiya majlislarini uning raisi yoki rais oʻrinbosari chaqiradi.
Komissiya majlisi haqida uning raisi yoki rais oʻrinbosari, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin komissiya aʼzolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi.
Komissiya majlislari, agar ularda komissiya tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Komissiya majlisini komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.
Komissiya majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda, komissiya yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Zarur boʻlgan hollarda, komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
53-modda.
Deputat oʻzi aʼzo boʻlgan komissiya majlislarida qatnashishi shart.
Komissiya majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat komissiya raisini oldindan xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
(53-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
54-modda.
Komissiya koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan komissiya jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Komissiya qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
55-modda.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi belgilagan muddatda Qonunchilik palatasiga axborot beradi.
Komissiya oʻz faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin, oʻzi qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat oʻtganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan, parlament komissiyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qaroriga binoan muddatidan ilgari oʻz faoliyatini tugatadi.
5-bob. Fraksiyalar
56-modda.
Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Deputat faqat bir fraksiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi kerak.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Deputatning fraksiyaga kirishi toʻgʻrisidagi qaror fraksiya majlisida qabul qilinadi.
57-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kamida besh nafar deputat fraksiya tuzish huquqiga ega.
(57-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Fraksiya tuzish uchun:
fraksiyaning taʼsis yigʻilishini oʻtkazish;
fraksiyani tuzish toʻgʻrisida taʼsis bayonnomasini qabul qilish;
fraksiya rahbarini saylash zarur boʻladi.
Fraksiya rahbari fraksiyani tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va fraksiya tuzilganligi haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Fraksiyalar hisobga olish roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Fraksiya tuzilganligi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, uni Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
58-modda.
Fraksiyalar Qonunchilik palatasida oʻz umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishi mumkin.
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi.
59-modda.
Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan fraksiya parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.
Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar ham parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan fraksiyalar oʻzini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.
60-modda.
Fraksiya:
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan munozaralar chogʻida fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi huquqidan foydalanadi;
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
(60-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning fikrini deputatlar oʻrtasida tarqatadi;
6) Kengashning, qoʻmitalar va komissiyalarning ishida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari, qonunchilik takliflari va qarorlar loyihalari yuzasidan oʻz fikrlari va takliflarini kiritadi;
(60-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
8) Qonunchilik palatasi majlisida hukumat aʼzolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni davlat organlaridan hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10) siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar roʻyxati asosida saylangan deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi tartibini belgilaydi;
11) Kengash bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi.
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan 10 va 11-bandlar bilan toʻldirilgan)
Fraksiya qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
601-modda.
Fraksiya oʻz tarkibidan fraksiya rahbarini saylaydi.
Fraksiya rahbari:
fraksiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning kelishilgan nuqtai nazarini bayon etadi, ular boʻyicha rasmiy bayonotlar bilan chiqadi (fraksiya qaroriga koʻra mazkur vakolat fraksiyaning boshqa aʼzolari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin);
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari bilan fraksiya nomidan muzokaralar olib boradi;
fraksiyaning partiya rahbar organlari bilan hamkorligini taʼminlaydi;
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda fraksiya nomidan ish yuritadi;
fraksiyaning qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
fraksiya majlislarining kun tartibini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar beradi hamda muhokamaga kiritilgan masalalarni tayyorlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
fraksiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
fraksiya ishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini va boshqa davlat organlarining rahbarlarini, ekspertlarni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini taklif etadi;
fraksiya oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda fraksiya aʼzolariga ularning oʻz saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashadi;
fraksiyaning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fraksiya rahbari mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlariga koʻra Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Fraksiya rahbari fraksiya majlisida saylanadigan oʻrinbosariga (oʻrinbosarlariga) ega boʻladi.
Fraksiya rahbari yoʻqligida uning vakolatlarini fraksiya rahbarining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Fraksiya rahbari vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi toʻgʻrisidagi qaror fraksiya majlisi tomonidan qabul qilinadi.
(601-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
61-modda.
Fraksiyalarning ichki faoliyati ular tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.
Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.
Fraksiyalar oʻz majlislarini ochiq va oshkora oʻtkazadi. Fraksiyalarning qaroriga binoan yopiq majlis oʻtkazilishi mumkin.
Deputat oʻzi aʼzo boʻlgan fraksiya majlisida qatnashishi shart. Fraksiya majlisida qatnashish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat fraksiya rahbarini oldindan xabardor qiladi.
Fraksiyalar ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini tashkil etish, fraksiyalarning nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislari oʻtkazilishi mumkin. Fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislari zaruratga qarab fraksiyalarning oʻz tashabbusi bilan oʻtkaziladi.
Fraksiyalar oʻzi qabul qilgan qarorlar, shuningdek fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va uning Kengashiga axborot beradi.
62-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakillari Qonunchilik palatasining bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni, qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar uning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahririni, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;
Qonunchilik palatasining majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish (“hukumat soati”) doirasida yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
(62-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
63-modda.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
fraksiyaning oʻz tashabbusiga binoan;
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda;
fraksiya tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan meʼyordan kamayib ketganda;
tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda.
Fraksiyalar faoliyatining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
IV BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASI ISHINING UMUMIY TARTIBI
6-bob. Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarini oʻtkazish tartibi
64-modda.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning majlislaridir.
Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yil iyun oyining oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari (ishchi Rayosat) ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir boʻlmaganda uning oʻrinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba kunlari oʻtkaziladi.
Kengash va fraksiyalarning majlislari, qoida tariqasida, dushanba kunlari oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalar, qoida tariqasida, chorshanba, payshanba va juma kunlari majlis oʻtkazadi.
(64-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda — navbatdagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi chaqirilgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qoʻmitalar, komissiyalar, fraksiyalarning majlislari oʻtkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlari amalga oshirilmaydi.
65-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, palataning har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi Kengash tomonidan tuziladi.
Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar majlislarning kun tartiblari loyihalariga, qoida tariqasida, ularning kelib tushishi va tayyorligi ketma-ketligidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Masʼul qoʻmita Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun oʻzi tayyorlagan masalalar va takliflar toʻgʻrisidagi oʻz xulosalarini Kengashga taqdim etadi.
66-modda.
Quyidagilar birinchi navbatda kun tartibiga kiritiladi va Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, konstitutsiyaviy qonunlarning loyihalari, shuningdek konstitutsiyaviy qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarning loyihalari;
(66-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan deb topilgan qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlash uchun taqdim etilgan farmonlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlar;
Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish hamda uni oʻtkazish sanasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida, shuningdek ushbu Reglament 176-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
(66-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Spikerini, uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalar raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash, shuningdek mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash va maʼqullash toʻgʻrisidagi boshqa masalalar;
(66-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Reglamentning hamda Reglamentga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari.
(66-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasining majlislarida Senat tomonidan rad etilgan qonunlar ham birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining majlisida boshqa masalalar ham faqat Qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan birinchi navbatda koʻrib chiqilishi mumkin.
Qonun yoki ushbu Reglamentda Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqish muddatlari belgilangan masalalar ana shu muddatlarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlanadi.
67-modda.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
uchinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
birinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari.
68-modda.
Qonunchilik palatasi majlisining tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar unda nazarda tutilganidan boshqacha ketma-ketlikda koʻrib chiqilishi, keyinga qoldirilishi, oʻzgartirilishi yoki muhokamadan chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda shunday taklif tashabbuskorining asoslantirilgan fikri va mazkur Reglamentga muvofiq bajarilgan tayyorgarlik ishi, masalaning koʻrib chiqish uchun tayyorligi darajasi, tegishli materiallar va hujjatlarni deputatlarga tarqatish muddati haqidagi axboroti, shuningdek ushbu masala boʻyicha tegishli qoʻmita raisining soʻzi eshitiladi.
Qonunchilik palatasining masalalarni koʻrib chiqish tartibini oʻzgartirish yoki ularni tasdiqlangan kun tartibidan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
69-modda.
Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadilar. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari va boshqa zarur materiallar, agar Qonunchilik palatasi boshqacha tartibni nazarda tutmasa, Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilguniga qadar kamida uch kun oldin deputatlarga taqdim etiladi.
70-modda.
Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Qonunchilik palatasining majlislari Kengash qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan uning majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar, olimlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari taklif etilishi mumkin. Matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari belgilangan tartibda Qonunchilik palatasida akkreditatsiya qilingan taqdirda, ochiq majlislarda hozir boʻlishi mumkin.
(70-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Taklif qilinganlar Qonunchilik palatasining faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ular uning ishini maʼqullash yoki maʼqullamaslikdan oʻzini tiyishi, belgilangan tartibga rioya etishi va Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishi shart.
71-modda.
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qoʻmita yoki fraksiya tomonidan taklif kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
72-modda.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisida muhokama etiladigan davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmasligi kerak.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi majlisning boshlanishida deputatlar va taklif etilgan shaxslarni yopiq majlis oʻtkazishning asosiy qoidalari toʻgʻrisida, unda muhokama etilayotgan maʼlumotlarning maxfiylik darajasi haqida xabardor qiladi hamda davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi.
73-modda.
Ommaviy axborot vositalarining vakillari Qonunchilik palatasining yopiq majlislariga kiritilmaydi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisiga foto-, kino- va video texnika, telefon aloqasi va radio aloqasi vositalari, shuningdek ovoz yozish va axborot ustida ishlash vositalarini olib kirish hamda yopiq majlis davomida ulardan foydalanish taqiqlanadi.
74-modda.
Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda koʻrib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni roʻyxatga olishda ovozlarni hisoblash elektron tizimining hisobga olish maʼlumotlari va ovoz berish, shu jumladan nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi devoniga maxfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qoʻshimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi.
75-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar Oliy kengashi raislari, Bosh prokurori Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham, shuningdek Qonunchilik palatasi organlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaxslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan hozir boʻlishi mumkin.
76-modda.
Qonunchilik palatasining majlislar zalida har bir deputatning qaysi fraksiyaga mansubligi hisobga olingan holda, deputatga uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan lavhacha oʻrnatilgan, elektron va texnika vositalaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan jihozlar bilan taʼminlangan doimiy joy ajratiladi.
77-modda.
Qonunchilik palatasining majlislari unda hozir boʻlgan deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Deputat Qonunchilik palatasining majlislarida hozir boʻlishi shart, zarur hollarda, u joylarda tashkil qilingan studiyalardan masofadan turib onlayn qatnashishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi.
Deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazish Qonunchilik palatasi majlisining har bir tanaffusidan keyin amalga oshiriladi. Qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazish deputatning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
78-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi:
1) majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ushbu Reglamentga rioya etilishini taʼminlaydi;
2) soʻz soʻralib, roʻyxatga olingan talabnomalarning kelib tushish tartibiga koʻra, majlis kun tartibiga, ushbu Reglament talablariga muvofiq yoki Qonunchilik palatasining qarori bilan belgilangan tartibda maʼruza uchun soʻz beradi;
3) Qonunchilik palatasi majlisini olib borish masalalari boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
4) deputatlarning har bir taklifini ularning kelib tushish tartibiga koʻra ovozga qoʻyadi;
5) ovoz berishni oʻtkazadi va uning natijalarini eʼlon qiladi;
6) kelishmovchiliklarga barham berish va boshqa masalalarni hal etish maqsadida fraksiyalarning rahbarlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni tashkil etadi;
7) Qonunchilik palatasi devonining Qonunchilik palatasi majlislarining bayonnomalari va stenogrammalarini yuritish boʻyicha ishini nazorat qiladi, mazkur bayonnomalarni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi:
deputat ushbu Reglament qoidalarini buzgan taqdirda, uni ogohlantirishga, takroran buzgan taqdirda esa uni majlisda soʻzlashdan kun boʻyi mahrum qilishga;
Qonunchilik palatasining ishiga xalaqit berayotgan taklif etilgan shaxslarni majlislar zalidan chiqarib yuborishga;
Qonunchilik palatasi majlisida belgilangan vaqt tugashi bilan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha muhokamalarni toʻxtatishga haqli.
79-modda.
Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va, zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki Kengash qaroriga asosan boshqa tillarga sinxron tarjima taʼminlanadi.
80-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatlar Qonunchilik palatasining majlislarida munozaralarda ishtirok etishga, muhokama etilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar va fikrlar kiritishga, Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan, maʼqullanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha oʻz fikrini bildirishga, savollar berishga, maʼlumotlar berishga, Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha materiallarni koʻpaytirishga va deputatlar oʻrtasida tarqatishga, shuningdek ushbu Reglamentda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
81-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida soʻzga chiquvchi oʻz nutqida deputatlar va boshqa shaxslarning shaʼni hamda qadr-qimmatiga ziyon yetkazuvchi qoʻpol, kamsituvchi iboralar ishlatishga, kimnidir asossiz ravishda ayblashga, bila turib soxta axborotdan foydalanishga, noqonuniy xatti-harakatlarga daʼvat qilishga haqli emas. Soʻzga chiquvchi ushbu talablarni buzgan taqdirda, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uni ogohlantiradi, talablar takroran buzilganda esa soʻzlashdan mahrum qiladi.
Agar Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi soʻzga chiquvchiga murojaat qilsa, u darhol oʻz nutqini toʻxtatishi kerak.
Agar soʻzga chiquvchining nutqi unga nisbatan taʼsir oʻtkazish chorasini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlmagan holda toʻxtatilgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uning soʻzlash vaqtini nutq qancha vaqtga toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, shuncha muddatga uzaytiradi.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi soʻzga chiquvchini unga ajratilgan vaqt davomida soʻzlashdan mahrum etishi mumkin emas, bundan nutq mavzusidan chetga chiqish va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni buzish hollari mustasno.
82-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz hech kim soʻzlashga haqli emas. Bu qoidani buzgan shaxs raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirishsiz soʻzlashdan mahrum etiladi.
Qonunchilik palatasining majlisi vaqtida hech kim nutqni bayon etishga yoki eshitishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlari (baqiriqlar, qarsaklar, oʻrnidan turish va shu kabilar) bilan soʻzga chiquvchiga va tinglovchilarga xalaqit bermasligi kerak.
Munozaralar tugatilganligi munosabati bilan soʻzga chiqa olmagan deputatlar oʻz nutqlarining imzolangan matnlarini Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga qoʻshib qoʻyishga haqli.
83-modda.
Agar deputat oʻz soʻzlari yoki xatti-harakatlari Qonunchilik palatasining majlisida soʻzga chiquvchi yoki raislik qiluvchi tomonidan notoʻgʻri talqin qilinmoqda deb hisoblasa, u tushuntirish berish yoki mulohaza bildirish uchun soʻz berishni iltimos qilib, majlisda raislik qiluvchiga murojaat etishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi bunday murojaatlar boʻyicha deputatga darhol yoki muhokama oxirida, ammo ovoz berilguniga qadar soʻz beradi.
84-modda.
Muhokama etilayotgan masala boʻyicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt oʻtishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni tugatish toʻgʻrisida taklif olgach, deputatlarga soʻzga chiqish uchun yozilganlar va soʻz olganlar soni toʻgʻrisida maʼlum qiladi, soʻzlovchilar roʻyxatiga yozilgan, ammo soʻzga chiqmagan deputatlardan qaysi biri soʻzga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning maʼqullashi bilan ularga soʻz beradi.
85-modda.
Maʼruzalar, qoʻshimcha maʼruzalar va yakunlovchi soʻz davomiyligi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar va qoʻshimcha maʼruzachilar bilan kelishuvga koʻra, qoida tariqasida, maʼruza uchun — 30 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun — 15 daqiqagacha boʻlgan vaqt doirasida belgilanadi.
Munozaralarda soʻzga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar boʻyicha soʻzga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, maʼlumotlar uchun — 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni Qonunchilik palatasi majlisida hozir boʻlgan deputatlar koʻpchiligining roziligi bilan belgilab qoʻyishi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala boʻyicha munozaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Munozaralarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi yakunlovchi soʻz olish huquqiga ega.
Agar soʻzga chiquvchi soʻzlash uchun ajratilgan vaqtdan oʻtib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, yoxud muhokamalar vaqti tugagan boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ogohlantirganidan keyin uni soʻzlashdan mahrum qiladi.
86-modda.
Qonunchilik palatasining majlislari ish kunlarida:
ertalabki majlislar — soat 11.00 dan 13.00 gacha;
kechki majlislar — soat 15.00 dan 17.00 gacha oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan Qonunchilik palatasi majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin.
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislarini oʻtkazish tartibi
87-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.
88-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoxud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilib, bunda qoʻshma majlisni oʻtkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi boʻyicha takliflar muhokama qilinadi.
89-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
90-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislarida, agar qoʻshma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
91-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qoʻshma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida oʻtkaziladi.
92-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
8-bob. Ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi
93-modda.
Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalar tashabbusiga koʻra nomma-nom oʻtkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi.
Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimi Qonunchilik palatasining majlisida har bir deputatning qonun loyihalari boʻyicha ochiq ovoz berishi natijalarini (qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” ovoz berilganligini yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirilganligini) koʻrsatish imkoniga ega boʻlishi lozim.
(93-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan)
Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanish ustidan nazoratni ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi guruh amalga oshiradi.
Ovoz berishning shakli va usuli toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, bundan u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollar mustasno.
Tartib-taomil masalalari boʻyicha ochiq nomma-nom, shuningdek yashirin ovoz berish oʻtkazilmaydi.
Tartib-taomil masalalari jumlasiga:
Qonunchilik palatasi majlisining tanaffusi yoki majlisni boshqa vaqtga koʻchirish toʻgʻrisidagi;
soʻzlash uchun qoʻshimcha vaqt berish toʻgʻrisidagi;
deputatlarning qonun loyihasining mohiyatiga doir savollarga javob qaytarish uchun ajratiladigan vaqtning davomiyligi toʻgʻrisidagi;
majlisga taklif qilinganlarga soʻz berish toʻgʻrisidagi;
muhokama etilayotgan masala boʻyicha munozaralarni boshqa vaqtga koʻchirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi;
muayyan masalani tayyorlash uchun tegishli qoʻmitaga yoki komissiyaga topshirish toʻgʻrisidagi;
muhokamasiz ovoz berish toʻgʻrisidagi;
qonunchilik palatasining yopiq majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
ovoz berishni oʻtkazishning usulini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
soʻzga chiqish navbatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
ovozlarni qayta sanab chiqish toʻgʻrisidagi masalalar kiradi.
94-modda.
Deputatlarga ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda ovoz berish uchun kartochka beriladi.
Deputat ovoz berish kartochkasi lozim darajada saqlanishini va undan lozim darajada foydalanilishini taʼminlashi shart.
95-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanishidan oldin:
ovozga qoʻyilayotgan takliflarning sonini maʼlum qiladi;
takliflarning taʼrifini va ularni ovozga qoʻyish ketma-ketligini aniqlaydi;
zarurat boʻlgan hollarda, qaror qancha ovoz bilan qabul qilinishi kerakligini eslatadi.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda ochiq ovoz berish oʻtkazilganida deputat nomma-nom ovoz berish natijalarining roʻyxati bilan tanishishga haqli.
96-modda.
Barcha masalalar boʻyicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi.
97-modda.
Agar ovoz berish natijalari aniqlanganidan keyin deputatdan ovozlarni hisoblashning elektron tizimida qayd etilgan oʻz xohish-irodasi notoʻgʻri ekanligi toʻgʻrisida yozma ariza tushsa, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi mazkur deputat ishtirokida uning abonentlik qurilmasi ishining sozligini tekshirishi shart. Buning uchun Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining taklifiga binoan deputatga ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi ishtirokida navbatma-navbat tugmachalarni (“tarafdor”, “qarshi”, “betaraf”) bosish va natijalarni majlislar zalidagi elektron tabloda namoyish etish taklif qilinadi. Tekshirish natijalari bayonnoma va stenogrammada qayd etiladi.
98-modda.
Qonunchilik palatasining qarorlari, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
99-modda.
Har bir masala boʻyicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega boʻladi va qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ovoz berish vaqtida hozir boʻlmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt oʻtganidan keyin ovoz berishga haqli emas.
100-modda.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ochiq ovoz berish yoki byulletenlardan foydalangan holda yashirin ovoz berishni oʻtkazish uchun ovozlarni sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadigan sanoq komissiyasiga topshiriladi. Saylanayotgan organ tarkibiga yoki mansabdor shaxslar lavozimlariga nomzodlari koʻrsatilgan deputatlar sanoq komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi sanoq komissiyasi saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarori komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
101-modda.
Zarur axborotga ega boʻlgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasining nazorati ostida, u taklif etgan hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlangan shaklda deputatlarning soniga mos miqdorda tayyorlanadi.
Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish yakunlanganidan keyin sanoq komissiyasida qolgan byulletenlar komissiya aʼzolari hozirligida sanoq komissiyasi raisi tomonidan yoʻq qilinadi, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasining raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
102-modda.
Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish bevosita ovoz berish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Ovoz berishning boshlanish va tugash vaqti Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi.
Har bir deputatga saylanayotgan organ yoki mansabdor shaxs saylovi boʻyicha yoxud Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilayotgan qaror loyihasi boʻyicha yashirin ovoz berish uchun bitta byulleten beriladi.
Yashirin ovoz berish byulletenlari deputatlarga sanoq komissiyasi tomonidan deputatlarning roʻyxatiga muvofiq, ular deputatlik guvohnomasini koʻrsatganidan keyin beriladi. Byulletenni olish vaqtida deputat roʻyxatda koʻrsatilgan oʻz familiyasi roʻparasiga imzo qoʻyadi.
Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni (qaror variantini) yoqlab ovoz berayotgan boʻlsa, “qarshiman” degan soʻzni oʻchirish, taklif etilayotgan qarorga qarshi ovoz berayotgan boʻlsa, “yoqlayman” degan soʻzni oʻchirish orqali amalga oshiriladi.
Yashirin ovoz berish byulleteni sanoq komissiyasi tomonidan muhrlangan maxsus qutiga tashlanadi.
103-modda.
Sanoq komissiyasi yashirin ovoz berishni amalga oshirishi uchun deputatlarga shart-sharoitlar yaratishi shart.
Belgilanmagan namunadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashning imkoni boʻlmagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenga kiritilgan qoʻshimchalar ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida inobatga olinmaydi.
104-modda.
Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, bayonnomani komissiyaning barcha aʼzolari imzolaydi. Sanoq komissiyasining ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzasini Qonunchilik palatasi maʼlumot uchun qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi sanoq komissiyasining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼlumot uchun qabul qilingan ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi asosida qabul qilingan qarorni eʼlon qiladi, saylovlar oʻtkazilganida esa saylangan nomzodlarni nomma-nom aytib oʻtadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
9-bob. Videokonferensaloqa rejimida Qonunchilik palatasi majlislarini oʻtkazish
105-modda.
Qonunchilik palatasining majlislari videokonferensaloqa rejimida qoʻyidagi hollarda oʻtkazilishi mumkin:
1) koronavirus pandemiyasi paytida;
2) deputatlar saylov okruglarida boʻlgan paytida Qonunchilik palatasining majlisida masalani koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda;
3) favqulodda vaziyat paytida;
4) favqulodda holat paytida;
5) Kengash qarori bilan belgilangan boshqa hollarda.
Qonunchilik palatasining majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Kengash tomonidan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimidagi majlislari Qonunchilik palatasi binosidagi majlislar zalida oʻtkaziladi.
106-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislari, agar majlislar ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
107-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarining kun tartibi loyihasi ushbu Reglamentda belgilangan tartibda Kengash tomonidan tuziladi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
108-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida Qonunchilik palatasi deputatlari, Devoni xodimlari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari va ularning vakillari, shuningdek ushbu Reglamentning 75-moddasida belgilangan shaxslar ishtirok etishga haqli.
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislar ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
109-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida qatnashayotgan deputatlarning sonini belgilash, ochiq ovoz berish natijalarini sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash maqsadida Qonunchilik palatasi oʻz vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlisning doimiy sanoq komissiyasini tuzadi.
110-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlisi boshida sanoq komissiya Qonunchilik palatasining majlislar zaliga toʻplangan deputatlarni hamda videokonferensaloqa rejimida majlisga ulangan deputatlarning umumiy soni toʻgʻrisida majlisda raislik qiluvchiga axborot beradi.
Sanoq komissiyasi Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida qatnashayotgan deputatlarning ochiq ovoz berish natijalarini sanab chiqadi, ovoz berish natijalarini aniqlaydi va bu haqda majlisda raislik qiluvchiga axborot beradi.
111-modda.
Qonunchilik palatasining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda Qonunchilik palatasining majlislar zalida qoʻyidagi shaxslarning hozir boʻlishi shart:
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi;
kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan masʼul etib belgilangan maʼruzachilar;
sanoq komissiyasining kamida bitta aʼzosi;
har bir fraksiyaning kamida bittadan aʼzosi.
Qonunchilik palatasining boshqa deputatlari majlisda videokonferensaloqa rejimida masofadan ishtirok etishi mumkin.
112-modda.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlisini olib borish ushbu Reglamentda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
113-modda.
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarda Qonunchilik palatasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
114-modda.
Har bir masala boʻyicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega boʻladi va u qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ovoz berish vaqtida hozir boʻlmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt oʻtganidan keyin ovoz berishga haqli emas.
115-modda.
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida ovoz berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) majlisda raislik qiluvchi masala ovozga qoʻyilganligini eʼlon qiladi;
2) majlislar zalida hozir boʻlgan deputatlar birinchi navbatda ovoz beradi. Ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin;
3) majlisda videokonferensaloqa rejimida masofadan jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar ikkinchi navbatda ovoz beradi. Bunda videokonferensaloqa rejimida jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar tasviri ketma-ketlikda ekranga chiqariladi. Ovoz berish jarayonida ovoz berayotgan barcha deputatlar koʻrinib turishi shart. Ovoz berish natijalari deputatlar orasidan tayinlangan vakil tomonidan oʻqib eshittiriladi (“tarafdorlar”, “qarshilar”, “betaraflar”);
4) majlisda videokonferensaloqa rejimida masofadan yakka tartibda ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar uchinchi navbatda ovoz beradi. Bunda barcha deputatlarning tasviri bir vaqtning oʻzida ekranga chiqarib turiladi. Majlisda raislik qiluvchi tomonidan “tarafdorlar”, “qarshilar” va “betaraflar” bormi degan savollar bilan murojaat qilinadi. Deputatlar bu savollarga qoʻl koʻtarib javob beradilar;
5) ovoz berishning har bir navbatining natijasi sanoq komissiyasi tomonidan qayd etib boriladi. Majlisda ishtirok etayotgan barcha deputatlar ovoz berib boʻlganidan keyin sanoq komissiyasining majlisida raislik qiluvchiga ovoz berish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
6) majlisda raislik qiluvchi ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi.
10-bob. Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat
116-modda.
Qonunchilik palatasida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan:
deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazish;
deputatlarni soʻzga chiqish uchun yozish;
ovozlarni hisoblab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash;
zarurat boʻlganda, sinxron tarjimani taʼminlash;
majlislarning borishi toʻgʻrisida maʼlumot va statistik axborot toʻplash hamda mazkur axborotni tezkor berish;
roʻyxatlarni va majlislarning boshqa hujjatlarini shakllantirish hamda chop etish;
Qonunchilik palatasining majlislarini axborot bilan taʼminlash maqsadlarida foydalaniladi.
117-modda.
Qonunchilik palatasining majlislarida deputatlar orasidan ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi tuziladi.
118-modda.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimining nazorat guruhiga kirgan deputatlar elektron tizim ustidan nazorat qilish uchun zarur boʻlgan barcha axborotdan moneliksiz foydalanish huquqiga ega. Ushbu guruhning oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlari Qonunchilik palatasi devonining barcha xodimlari, shu jumladan Qonunchilik palatasi elektron tizimiga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar uchun majburiydir.
119-modda.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi yashirin ovoz berish boshlanguniga qadar elektron tizimning qay darajada sozligini tekshirishi shart, bu haqda maxsus bayonnoma tuziladi.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi deputatlarning nomma-nom ovoz berish, soʻzga chiqish uchun yozuvlar natijalaridagi noaniqliklar va elektron tizim ishidagi boshqa xatoliklar toʻgʻrisidagi arzlarini koʻrib chiqadi hamda ularning qay darajada asosli ekanligini tekshiradi.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi oʻz ishiga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
120-modda.
Deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazish natijalari, ularni soʻzga chiqishga yozish, ovoz berish natijalari hamda Qonunchilik palatasi majlisining borishi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar, bundan yopiq majlisning borishi haqidagi maʼlumotlar mustasno, deputatlarga raqamli maʼlumotlar, roʻyxatlar, boshqa materiallar tarzida taqdim etiladi va Qonunchilik palatasi majlisining stenografik hisobotiga kiritiladi.
Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi rahbari deputatning yozma soʻroviga binoan unga Qonunchilik palatasining majlisi toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni berishi shart, bundan Qonunchilik palatasining yopiq majlisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mustasno.
11-bob. Qonunchilik palatasidagi tadbirlar
121-modda.
Qonunchilik palatasi Spikerining, qoʻmitaning, komissiyaning, fraksiyaning tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi binosining xonalarida Qonunchilik palatasi faoliyati bilan bogʻliq konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi mumkin.
122-modda.
Qonunchilik palatasida tadbir oʻtkazish uchun talabnoma, qoida tariqasida, tadbir oʻtkazilishi boshlanguniga qadar uch kun qolganida Qonunchilik palatasi devoni rahbariga beriladi.
123-modda.
Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlar Qonunchilik palatasi va uning organlari ishi bir meʼyorda borishini buzmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
V BOʻLIM. QONUN LOYIHALARINI KOʻRIB CHIQISH. KELISHUV TARTIB-QOIDALARI. QONUNCHILIK TAKLIFLARINI KOʻRIB CHIQISH
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
12-bob. Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish va dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi
124-modda.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(124-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan)
125-modda.
Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.
(125-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiritilgan quyidagi masalalar ham qonunlar bilan tartibga solinadi va Qonunchilik palatasiga qonun loyihalari shaklida kiritiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Davlat budjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish.
(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
126-modda.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chogʻida quyidagilar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, unda huquqiy tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti; shu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning tahlili ilova qilingan holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning umumiy tavsifi va uning holatini baholash; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruratini asoslash; qonun loyihasining asosiy qoidalari; boʻlajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilangan boʻlishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
2) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
(126-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
4) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikning tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyoslama jadval;
5) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
6) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlar loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlmagan taqdirda, qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
8) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
9) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa;
10) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist;
11) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlmagan qonun loyihalari mustasno.
(126-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan 7 — 11-bandlar bilan toʻldirilgan)
Qonun loyihasi Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti — kollegial organ tomonidan kiritilganida tegishli kollegial organning Qonunchilik palatasidagi ushbu qonun loyihasi boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatilgan qarori taqdim etilishi kerak.
Qonun loyihasi va ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallar matnlarining nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
127-modda.
Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:
qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi haqidagi;
ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan avval qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi.
128-modda.
Qonun loyihasi, shu jumladan muqobil qonun loyihasi Qonunchilik palatasining devonida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi. Ayni vaqtda qonun loyihasiga roʻyxatga olish raqami uni koʻrib chiqish va oʻtishining butun davri uchun beriladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan fikrlar va takliflarni toʻplab, Kengashga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
129-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Reglamentning 126-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda yoxud u qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilmagan masalalar boʻyicha kiritilganda uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangitdan kiritilishi mumkin.
(129-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasiga avval palata tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daxldor qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish toʻgʻrisidagi yoki uni avval birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida hal etishga haqli.
Qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi.
Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan qoʻmitalarga yuboriladi.
130-modda.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash masʼul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Fraksiyalar qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaga oʻz fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
131-modda.
Qonun loyihasi ustida ishlash uchun masʼul qoʻmita oʻz aʼzolari orasidan ishchi guruh tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga masʼul qoʻmitaning aʼzolari boʻlmagan deputatlar, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, ekspertlar, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek qoʻmitalar huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlarining aʼzolari ham kiritilishi mumkin.
Masʼul qoʻmitaning qaroriga binoan qonun loyihasi qoʻmita raisi imzolagan ilova xat bilan birga xulosalar, takliflar va fikrlar tayyorlash uchun, shuningdek ilmiy ekspertiza oʻtkazish uchun davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga, mutaxassislar va olimlarga yuborilishi mumkin.
Qonun loyihasi boʻyicha tushgan xulosalar, takliflar va fikrlar masʼul qoʻmita majlisida koʻrib chiqiladi.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi yuzasidan oʻz tarkibidan maʼruzachini tayinlaydi.
132-modda.
Qonunchilik palatasi devonining Yuridik boshqarmasi Kengashning yoki masʼul qoʻmitaning topshirigʻiga binoan ular belgilagan muddat ichida qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi devonining Yuridik boshqarmasi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari asosida xulosa tayyorlaydi, xulosada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak:
qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqmi yoki muvofiq emasmi? Agar xulosada qonun loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq emasligi aniqlangan boʻlsa, qonun loyihasining qaysi qonunga muvofiq emasligi va bu nomuvofiqlik nimada aks etishi koʻrsatilishi kerak;
qonun loyihasining ichki mantiqi buzilmaganmi, qonun loyihasining boʻlimlari, boblari, moddalari, shuningdek qismlari, bandlari, kichik bandlari va moddalarining xatboshilari oʻrtasida qarama-qarshiliklar mavjudmi? Agar bunday qarama-qarshiliklar mavjud boʻlsa, ular aniq koʻrsatilishi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilishi kerak;
yangi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatlarining toʻliq roʻyxati berilganmi?
Qonunchilik palatasi devoni Yuridik boshqarmasining xulosasi boshqarma rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan uning familiyasi va imzolash sanasi koʻrsatilgan holda imzolanishi kerak. Belgilangan muddatda xulosa berishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu muddat Qonunchilik palatasi devoni Yuridik boshqarmasining asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki masʼul qoʻmita tomonidan uzaytirilishi mumkin.
133-modda.
Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi Kengashning yoki masʼul qoʻmitaning soʻroviga binoan ular belgilagan muddat ichida davlat daromadlarini yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni yoxud “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi, shuningdek iqtisodiy munosabatlarga taʼsir qiluvchi qonun loyihalari yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi devoni Davlat budjeti boshqarmasining xulosasi boshqarma rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan oʻz familiyasi va imzolash sanasi koʻrsatilgan holda imzolanishi kerak. Belgilangan muddatda xulosa berishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu muddat Qonunchilik palatasi devoni Davlat budjeti boshqarmasining asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki masʼul qoʻmita tomonidan uzaytirilishi mumkin.
134-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasini qoʻmitalarda muhokama qilish ochiq oʻtkaziladi. Muhokamalarga qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari, shuningdek olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
(134-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qoʻmitalardagi qonun loyihasi muhokamalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
Qoʻmitalarning majlislarida xulosalar, takliflar va fikrlar bildirish uchun qonun loyihasi yuborilgan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, mutaxassislar va olimlar taklifga binoan hozir boʻlishi mumkin.
135-modda.
Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish uchun masʼul qoʻmita tomonidan Kengashga yuboriladi.
Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qonun loyihasini olgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida masʼul qoʻmita:
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisidagi Kengash qarorining loyihasini;
masʼul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasini;
fraksiyalarning qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda qonun loyihasini Kengash muhokamasiga taqdim etadi.
Kengash masʼul qoʻmita tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(136-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
13-bob. Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish tartibi
137-modda.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
138-modda.
Birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar masʼul qoʻmitaning taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi devoni tomonidan, qoida tariqasida, majlis boshlanguniga qadar uch kundan kechiktirmay deputatlarga yetkaziladi.
139-modda.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi. Birinchi oʻqishdagi qonun loyihasi yuzasidan maʼruza bilan, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili, keyingi oʻqishlarda esa masʼul qoʻmita vakili soʻzga chiqadi.
Masʼul qoʻmita birinchi hamda keyingi oʻqishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy tarzda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan deputatlarning qonun loyihasi mohiyati boʻyicha savollariga javob qaytarish uchun vaqt ajratilishi mumkin, shundan keyin fraksiyalarning, deputatlarning, muhokamada ishtirok etish uchun taklif etilgan boshqa shaxslarning takliflari va fikrlari eshitiladi.
140-modda.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasining muhokamasi tugaganidan keyin qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur ovozlar sonini toʻplamasa, qonun loyihasi qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda rad etilgan hisoblanadi. Bu toʻxtam Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va u qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
141-modda.
Qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilganida Qonunchilik palatasi har bir qonun loyihasi boʻyicha alohida-alohida ovoz berish orqali ularni bir vaqtda koʻrib chiqadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalarining bir nechtasi ularni qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplasa, eng koʻp ovozlar sonini olgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalaridan birortasi ham qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplamasa, eng koʻp ovozlar sonini toʻplagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qoʻyiladi. Agar uzil-kesil ovozga qoʻyish chogʻida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bersa, mazkur qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Ovoz berish natijasi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinmagan muqobil qonun loyihalari rad etilgan hisoblanadi. Toʻxtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlarining nusxalari qonun loyihalarini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga rad etilgan qonun loyihalari bilan birgalikda yuboriladi.
142-modda.
Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorida qonun loyihasiga doir tuzatishlarni taqdim etish muddati belgilanishi mumkin. Bu muddat, qoida tariqasida, oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Agar deputatlarda qonun loyihasiga oid tuzatishlar berishning Qonunchilik palatasi qarori loyihasida belgilanganidan boshqacha muddatni belgilash toʻgʻrisida takliflar mavjud boʻlsa, qonun loyihasiga oid tuzatishlar berish muddati deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qaror bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur boʻlgan hollarda esa, Qonunchilik palatasi qaroriga binoan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Bunda eng muhim ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasining uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqidagi qaroriga muvofiq qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida keng muhokamaga, shu jumladan joylarda fuqarolar ishtirokidagi keng muhokamaga chiqarilishi mumkin.
Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ikkinchi va uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno etgan holda, masʼul qoʻmitaning qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifini ovozga qoʻyishi mumkin. Agar ushbu taklifga deputatlarda eʼtiroz boʻlsa, raislik qiluvchi ularning har biriga oʻz yondashuvlarini asoslash uchun 3 daqiqagacha vaqt beradi. Masʼul qoʻmita vakili har bir eʼtiroz boʻyicha masʼul qoʻmitaning fikrini bayon etishga yoki qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifni qaytarib olishga haqli. Agar masʼul qoʻmita qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifini qaytarib olmasa, raislik qiluvchi muhokama tugaganidan keyin ikkinchi va uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno qilgan holda, masʼul qoʻmitaning qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifini ovozga qoʻyadi. Agar deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan boʻlsa, u qabul qilingan hisoblanadi. Agar qaror qabul qilinmasa, qonun loyihasi ustidagi ish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1421-modda.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri Qonunchilik palatasining Devonida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan deb hisoblanadi.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri hamda unga ilova qilingan materiallar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan asosiy qonun loyihasi uchun masʼul qoʻmitaga beriladi.
(1421-modda Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
143-modda.
Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasiga doir takliflar va fikrlar moddalarning tahririni oʻzgartirish tarzida yoki qonun loyihasini aniq moddalar bilan toʻldirish tarzida yoxud qonun loyihasining muayyan soʻzlari, xatboshilari, kichik bandlari, bandlarini, moddalarining qismlarini yoki yaxlit moddalarini chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi takliflar tarzida masʼul qoʻmitaga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining konsepsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan)
144-modda.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash vaqtida qonun loyihasining moddama-modda muhokamasini oʻtkazadi, tushgan fikrlar hamda takliflarni oʻrganadi va umumlashtiradi, zarurat boʻlganda, qonun loyihasi boʻyicha tushgan fikrlar va takliflarning mustaqil ekspertizasini tashkil etadi.
Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga beriladi, shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga ularning qonun loyihasiga oid fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.
Maromiga yetkazilgan qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni olganidan keyin masʼul qoʻmita qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
Fraksiyalar oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular boʻyicha kelib tushgan takliflarni oʻrganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining xodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar oʻrganishlarning yakunlariga koʻra kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻz majlislarida muhokama qiladi, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular masʼul qoʻmitaga yuboriladi.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daxldor qonun loyihalarining muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.
Masʼul qoʻmita asosli deb topgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Agar masʼul qoʻmita tomonidan qonun loyihasini ikkinchi oʻqish uchun tayyorlash jarayonida loyihaning nomi oʻzgarsa, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangi nomda kiritiladi, uning dastlabki nomi esa yangi nomining ostida qavslar ichida keltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tegishli qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini masʼul qoʻmita tomonidan ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonun hujjatining faqat ayrim tarkibiy birliklari qisman saqlanib qolgan holda uning aksariyat tarkibiy birliklariga daxldor ekanligi aniqlansa, masʼul qoʻmita ushbu qonun hujjati matnining yangi tahririni tayyorlab, soʻngra uni Qonunchilik palatasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun kiritishga haqli.
(144-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni koʻrib chiqib, ularni Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun masʼul qoʻmita tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga, Qonunchilik palatasi tomonidan rad etish uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga hamda qaror qabul qilinmagan takliflar va fikrlar guruhiga ajratadi. Bunda takliflar va fikrlar qaysi deputat yoki deputatlar tomonidan kiritilganligi koʻrsatib oʻtiladi.
(144-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan 7 — 11-bandlar bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
1441-modda.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining muqobil tahriri (bundan buyon matnda ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasiga kiritilganda masʼul qoʻmita qonun loyihasining moddama-modda muhokamasini oʻtkazadi, kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻrganadi hamda umumlashtiradi, zarurat boʻlganda esa qonun loyihasi boʻyicha tushgan fikrlar va takliflar yuzasidan mustaqil ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi fraksiyalarga beriladi.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflar olganidan keyin masʼul qoʻmita ushbu loyihani kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
(1441-modda Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
145-modda.
Masʼul qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
qonun loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorining loyihasini;
Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar hisobga olingan holda (birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi matnidagi oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatgan holda) qonun loyihasining matnini.
Oldingi tahrirga qarang.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasini va asosiy qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomilida koʻrib chiqish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ham tayyorlaydi va Kengashga yuboradi.
(145-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda esa ushbu qonun loyihasini ham Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(145-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Qonun loyihasi unga doir materiallar bilan birgalikda deputatlarga, qoida tariqasida, u ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilguniga qadar kamida oʻn kun oldin tarqatiladi.
146-modda.
Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganida masʼul qoʻmitaning vakili maʼruza bilan soʻzga chiqadi.
Maʼruzachi qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida maʼlum qiladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida muhokama moddama-modda oʻtkaziladi. Bunda masʼul qoʻmita tomonidan maʼqullangan fikrlar va takliflar ham, maʼqullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish, qoida tariqasida, moddama-modda oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasining qaroriga koʻra qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish boblar yoki boʻlimlar boʻyicha, shuningdek bir necha moddalar boʻyicha bir vaqtning oʻzida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini moddama-modda ovoz berish natijalari boʻyicha maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra bunday taklif ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, shuningdek moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan boʻlsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytariladi. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasining rad etilgan bir yoki bir necha moddasini chiqarib tashlagan holda ovozga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyishi mumkin. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi loyihani ikkinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra bunday taklif ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi va bundan buyon koʻrib chiqilmaydi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan tegishincha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yoki ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga yuboriladi.
(146-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1461-modda.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisida asosiy qonun loyihasi bilan bir vaqtda koʻrib chiqilishi kerak.
Qonun loyihalari Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganida masʼul qoʻmitaning vakili maʼruza bilan soʻzga chiqadi.
Maʼruzachi asosiy qonun loyihasini va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida maʼlum qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi asosiy qonun loyihasini va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini ulardan qaysi biri ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilishini tanlash maqsadida ovozga qoʻyadi. Bunda dastlab asosiy qonun loyihasi ovozga qoʻyiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi ikkinchi oʻqish tartib-taomilida koʻrib chiqiladi.
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalaridan birortasi ham ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplamasa, eng koʻp ovozlar sonini toʻplagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qoʻyiladi. Agar uzil-kesil ovozga qoʻyish chogʻida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bersa, mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tanlanmagan qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi va bundan buyon koʻrib chiqilmaydi. Bu toʻxtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi tegishincha qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yoki ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga yuboriladi.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligining matni boʻyicha taqdim etgan muqobil tahrir asosiy qonun loyihasining tegishli bobi, boʻlimi, moddasi yoki bandi koʻrib chiqilayotganda muhokama qilinadi.
Masʼul qoʻmitaning vakili oʻz maʼruzasida ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligi matnining oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan taqdim etilgan muqobil tahriri va uni masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida maʼlum qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi asosiy qonun loyihasi tarkibiy birligining matnini va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligi matnining oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan taqdim etilgan muqobil tahririni ovozga qoʻyadi. Bunda dastlab asosiy qonun loyihasi tarkibiy birligining matni ovozga qoʻyiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan matn qonun loyihasiga kiritiladi.
(1461-modda Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
147-modda.
Agar qonun loyihasini Qonunchilik palatasining ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishiga tayyorlash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki qonun loyihasi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan boʻlsa, masʼul qoʻmita birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Kengashga Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi:
birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni;
masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi;
Qonunchilik palatasining birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi.
148-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish chogʻida muhokama masʼul qoʻmita vakilining maʼruzasi bilan boshlanadi. Bunda masʼul qoʻmitaning maʼruzachisi qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari hamda birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar eʼtiboriga yetkazadi.
Masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini muhokama qilish natijalariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini toʻplagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. Toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifi ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida;
ushbu Reglamentning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish oʻtkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisidagi toʻxtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1481-modda.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi ushbu Reglament 146-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan masʼul qoʻmitaga qaytarilgan hollarda, agar ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun tayyorlash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki qonun loyihasi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan boʻlsa, masʼul qoʻmita ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Kengashga Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi:
ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasining matni;
masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi;
ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi.
1482-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish chogʻida muhokama masʼul qoʻmita vakilining maʼruzasi bilan boshlanadi. Bunda maʼruzachi qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari hamda ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar eʼtiboriga yetkazadi.
Masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini muhokama qilish natijalariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini toʻplagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. Toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga qaytariladi.
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifi ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida;
ushbu Reglamentning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish oʻtkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisidagi toʻxtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
(1481 va 1482-moddalar Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
149-modda.
Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda, masʼul qoʻmitaning taklifiga binoan uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno etgan holda qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ovozga qoʻyilishi mumkin.
150-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi moddalarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlash va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida loyiha matniga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan bogʻliq zarur tahririy tuzatishlar kiritish uchun masʼul qoʻmitaga yuboriladi. Ushbu ish tugallanganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish uchun masʼul qoʻmita tomonidan Kengashga taqdim etiladi.
(150-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
151-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash qonun loyihasini qonun sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi oʻqishini tayinlaydi. Agar qonun loyihasini ikkinchi oʻqish jarayonida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa, Kengash qonun loyihasi matnini deputatlarga yetkazishni tashkil etadi.
(151-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi uni muhokama qilmay toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi.
Qonun loyihasi uchinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini toʻlaligicha yoki uning ayrim boʻlimlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilinmasa, u rad etilgan hisoblanadi. Qonun loyihasi boʻyicha toʻxtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ayrim hollarda qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarish toʻgʻrisidagi masalani fraksiyalarning talabiga binoan ovozga qoʻyishi shart.
152-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki konstitutsiyaviy qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun, agar unga deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
(152-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari va boshqa zarur materiallar, shu jumladan qonunga doir qiyoslama jadval bilan birgalikda masʼul qoʻmita tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Senatga qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboriladi. Qiyoslama jadvalda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan kiritilgan qonun loyihasining matni, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunning matni, qonun loyihasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga doir asoslar keltiriladi.
(152-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1521-modda.
Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida u Senatga kelib tushgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(1521-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
131-bob. Qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish tartibi
1522-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari, Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli. Mazkur qonunchilik taklifida muayyan sohada qonunni qabul qilish, amaldagi qonunlarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, qonunlarni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyati asoslantirilgan boʻlishi, shuningdek qabul qilish uchun taklif etilayotgan qonunning konsepsiyasi va kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi axborot boʻlishi kerak.
Quyidagi masalalar Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti boʻlishi mumkin emas:
Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
amnistiya va afv etish haqidagi;
mansabdor shaxslarni tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi.
Qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritilayotganda quyidagilar ilova qilinishi kerak:
qonunchilik taklifining matni;
saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritilgan imzoning sanasi koʻrsatilgan imzo varaqalari. Bunda imzolar kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida mutanosib taqsimlangan boʻlishi hamda imzolar sonida yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp chetga chiqish, qoida tariqasida, oʻn foizdan oshmasligi kerak;
qonunchilik taklifini koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadigan vakil yoki vakillar guruhi haqidagi axborot.
Qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasiga Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
qonunchilik taklifining matni;
qonunchilik taklifini kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qaror;
qonunchilik taklifini koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadigan vakil haqidagi axborot.
Qonunchilik taklifiga ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar hamda materiallar ham ilova qilinishi mumkin.
1523-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qonunchilik taklifini hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga va bir vaqtning oʻzida fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish uchun qonunchilik taklifi ustida ishlash fraksiyalar va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning qonunchilik taklifi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita ushbu qonunchilik taklifi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masʼul qoʻmita imzolarning ushbu Reglamentning 1522-moddasi talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Masʼul qoʻmita barcha fraksiyalardan qonunchilik taklifi boʻyicha fikrlar va takliflarni toʻplab, Kengashga qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Kengash masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida yoki qonunchilik taklifi ushbu Reglamentning 1522-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda uni qonunchilik taklifi tashabbuskoriga qaytarish haqida qaror qabul qiladi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinayotganda qonunchilik taklifini palata majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddati Kengash tomonidan belgilanishi shart.
Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonunchilik taklifi unga ilova qilingan materiallar bilan Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga yuboriladi.
Qonunchilik taklifini dastlabki tarzda muhokama qilish va Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishga tayyorlash masʼul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Fraksiyalar qonunchilik taklifini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaga oʻz fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Masʼul qoʻmita fraksiyalarning, manfaatdor tashkilotlarning hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonunchilik taklifining dastlabki tarzdagi muhokamasini oʻtkazadi va uni quyidagilarni ilova qilgan holda Kengash koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi:
qonunchilik taklifini koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi Kengashning qarori loyihasini;
qonunchilik taklifi boʻyicha masʼul qoʻmitaning xulosasini;
fraksiyalarning qonunchilik taklifi boʻyicha fikrlari va takliflarini.
Qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida muhokama qilish ochiq oʻtkaziladi. Muhokamalarga qonunchilik taklifini kiritgan tashabbuskorlarning vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari, shuningdek olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
Kengash qonunchilik taklifini koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1524-modda.
Qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqish chogʻida masʼul qoʻmita vakilining maʼruzasi eshitiladi va mazkur masala yuzasidan muhokamalar oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qonunchilik taklifini maʼqullash toʻgʻrisida;
qonunchilik taklifini rad etish toʻgʻrisida.
Qonunchilik taklifini maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, maʼqullangan qonunchilik taklifi tegishli qonun loyihasini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish uchun tegishli qoʻmitaga yuboriladi. Qonunchilik palatasining qarori bilan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga tegishli qonun loyihasini tayyorlash, shuningdek Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilishi mumkin.
(131-bob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
14-bob. Bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish
153-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa qonunlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek qonunlarni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalari bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirilishi mumkin.
(153-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Kengash bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitani (bundan buyon matnda jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi.
154-modda.
Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish ustida ishlash uchun ishchi guruhlar tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga masʼul qoʻmitalarning deputatlari kiritilishi mumkin. Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita oʻz tarkibidan maʼruzachini tayinlaydi.
155-modda.
Jamlanma qonun loyihasi unga kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda qabul qilinishiga qarab shakllantiriladi.
Jamlanma qonun loyihasini shakllantirish tugallanganidan keyin u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangi nom bilan kiritiladi. Qonun loyihasiga roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami berilmaydi.
156-modda.
Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini (unda birlashtirilgan barcha qonun loyihalari va qonun loyihasining yangi nomi koʻrsatilgan holda);
qonunni uchinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarori loyihasini;
jamlanma qonun loyihasining matnini.
Kengash koʻrib chiqish uchun tayyorlangan jamlanma qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
157-modda.
Qonunchilik palatasida bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmitaning vakili maʼruza bilan soʻzga chiqadi. Maʼruzachi qoʻmitada qonun loyihalarini birlashtirish yakunlari, tushgan takliflar va ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi maʼruzachining maʼruzasi yakunlari boʻyicha bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga yangi nom bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi.
Fraksiyalardan jamlanma qonun loyihasidan ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻgʻrisida takliflar tushgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarish toʻgʻrisidagi;
ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 151-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi oʻqishda koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Agar ikkinchi oʻqishda qabul qilingan jamlanma qonun loyihasidan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi taklif deputatlarning koʻpchilik ovozini toʻplamagan boʻlsa, ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini qaytarish toʻgʻrisidagi taklif rad etilgan deb hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi jamlanma qonun loyihasini uchinchi oʻqishda muhokama etmasdan toʻlaligicha qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Jamlanma qonun loyihasi uchinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganda unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini toʻlaligicha yoki uning ayrim boʻlimlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15-bob. Senat tomonidan rad etilgan qonunlarni qayta koʻrib chiqish
158-modda.
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Senat tomonidan rad etilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun xulosa tayyorlash uchun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
Masʼul qoʻmitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masala belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;
qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahririda qabul qilish;
qonunni Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlash.
159-modda.
Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek fraksiyalardan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining nomzodlar boʻyicha Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibiga oʻzini muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart.
160-modda.
Kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi va uning tarkibiga deputatlarni saylash haqidagi toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, ushbu qaror loyihasi masʼul qoʻmita tomonidan masalani Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish uchun Kengashga kiritiladi. Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasini tuzish va uning tarkibiga deputatlarni saylash toʻgʻrisidagi qarori Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan deputat uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Deputatning kelishuv komissiyasi majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bu haqda u Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi hamraisini oldindan xabardor qiladi.
Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy, axborot, hujjatlashtirish va boshqacha tarzda taʼminlash kelishuv komissiyasi qayerda ishlashiga qarab, tegishincha Qonunchilik palatasi devoni yoki Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi.
161-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi. Agar muayyan oʻzgartirish Senatning kelishuv komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taklifi asosida ishlab chiqilgan qonun moddasining yangi tahriri bilan asoslangan boʻlsa, kelishuv komissiyasi qonunning Senat tomonidan eʼtiroz bildirilmagan ayrim moddalari tahririni oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
(161-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining koʻpchiligi qarorni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Agar kelishuv komissiyasi tomonidan boshqacha tartib belgilanmasa, qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Kelishuv komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Zarurat boʻlganda, kelishuv komissiyasining qaroriga binoan uning majlisi stenogramma qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishuv komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Kelishuv komissiyasining xulosasi komissiya hamraislari tomonidan imzolanadi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
(161-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi qonunni qayta koʻrib chiqish sanasini belgilash uchun quyidagi hujjatlarni Kengash muhokamasiga kiritadi:
kelishuv komissiyasining xulosasi;
kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasi va qiyoslama jadval;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi;
(161-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
qonunning kelishuv komissiyasi taqdim etayotgan, kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi tomonidan tasdiqlangan tahriri.
162-modda.
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uning takliflarini koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasida mavjud boʻlgan takliflargina muhokama qilinadi. Bunday holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi.
163-modda.
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi yangi takliflarni taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni kelishuv komissiyasiga taklif qilishi mumkin.
164-modda.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilingan taqdirda, u Senatga maʼqullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.
Agar kelishuv komissiyasining ish yakunlariga koʻra qonun boʻyicha kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.
165-modda.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi emasligini bayon etsa, qonun avval qabul qilingan tahrirda ovozga qoʻyiladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni takroran maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash hamda eʼlon qilish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan oʻn kun ichida yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasida Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha avval qabul qilingan tahrirda ovoz berish vaqtida ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozini toʻplamasa, koʻrib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi.
16-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlarni qayta koʻrib chiqish
166-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun bir oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
167-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
Kengash masʼul qoʻmitaning xulosasini olgach, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga birinchi navbatda kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini, ushbu takliflar va fikrlar boʻyicha masʼul qoʻmitaning xulosasini bayon etishdan boshlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilish;
qonunni bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash;
qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda maʼqullash.
168-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarining, shuningdek masʼul qoʻmitaning ushbu takliflar va fikrlar boʻyicha xulosasining muhokamasi tugaganidan keyin ushbu takliflar va fikrlarni hisobga olgan holda qonunni qabul qilish yoki bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlari qonunni yanada maromiga yetkazishni taqozo etsa, Qonunchilik palatasi mazkur qonun ustidagi ishni qonun loyihasining ikkinchi oʻqish tartib-taomilidan boshlab davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti takliflari va fikrlarining bir qismi maʼqullangan taqdirda, qonunni qabul qilish keyinga qoldiriladi. Masʼul qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangan takliflari va fikrlarini hisobga olgan holda qonun matnini tayyorlash hamda qonunni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun taqdim etish topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining loaqal bitta taklifi yoki fikri rad etilgan taqdirda, qonunni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
Masʼul qoʻmitaning taklifiga binoan qonunni Qonunchilik palatasi avval qabul qilgan tahririda maʼqullash toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasida ovozga qoʻyilishi mumkin. Bunday holda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasi qonunni bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash toʻgʻrisida toʻxtamga kelsa, bu haqda qaror qabul qiladi, ushbu qaror maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qonun qabul qilingan kunidan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan Senatga yuboriladi.
17-bob. Ayrim qonun loyihalarini koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Konstitutsiyaviy Qonunni hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish
(17-bob 1-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
169-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Konstitutsiyaviy Qonunni hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglamentning 12 — 16-boblari talablariga muvofiq Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
(169-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
170-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Konstitutsiyaviy Qonunni, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
(170-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda koʻrib chiqishi mumkin.
(170-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
171-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni koʻrib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.
(171-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
2-§. Davlat budjetining loyihasini qabul qilish
172-modda.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglament 12, 13, 15 va 16-boblarining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
173-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini, budjetnoma va fiskal strategiyani dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga, boshqa qoʻmitalarga, fraksiyalarga hamda Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasiga yoʻllaydi.
(173-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish jarayonida fraksiyalar, qoʻmitalar va Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi barcha fraksiyalarning, qoʻmitalar hamda Qonunchilik palatasi devoni Davlat budjeti boshqarmasining fikrlari va takliflarini oʻrganib chiqib, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining va budjetnomaning dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini oʻtkazadi hamda Kengashga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
(173-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi majlislarining kuni va vaqti toʻgʻrisida boshqa qoʻmitalarga rasmiy ravishda xabar qilinadi.
(173-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi haqidagi axboroti eshitiladi.
(171-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga doir materiallar mazkur loyiha Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilguniga qadar oldindan deputatlarga yetkaziladi.
174-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasini, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha maʼruzasini eshitadi hamda qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoxud uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining vakili fraksiyalarning Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Maʼruzalar boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.
(174-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Fraksiyalarning hamda qoʻmitalarning Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi shart.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflari uch kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda rad etilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
175-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rad etilgan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran oʻn toʻrt kun ichida Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qonun loyihasini maromiga yetkazadi hamda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga birinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maromiga yetkazilgan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi, keyin Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha maʼruzasi eshitiladi.
(175-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabrigacha koʻrib chiqiladi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi qismi Qonunchilik palatasining yopiq majlisida qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kunidan eʼtiboran besh kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
176-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(176-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda koʻrib chiqilishi kerak.
(176-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar belgilangan tartibda kiritiladi.
(176-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
3-§. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va ularning amal qilishini toʻxtatib turish
177-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Reglamentning 12, 13, 15 va 16-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
178-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
179-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi. Masʼul qoʻmita mazkur masala yuzasidan xulosa qabul qiladi.
180-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.
181-modda.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deputatlar umumiy sonining zarur ovozlari miqdorini toʻplamagan boʻlsa va shu majlis jarayonida mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishi uchun kiritish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish tartib-taomilidan oʻtmagan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
171-bob. Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish tartibi
1811-modda.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.
1812-modda.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uning matnini oʻzgartirish qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur masala boʻyicha Qonunchilik palatasiga yoʻllagan xatiga asosan amalga oshiriladi. Bunda Qonunchilik palatasiga qonun loyihasining oʻzgartirilgan matni, uni oʻzgartirish zarurligi asoslantirilishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjat Qonunchilik palatasiga kelib tushgandan keyin Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini uning ustida ishlashni davom ettirish uchun masʼul qoʻmitaga topshiradi.
1813-modda.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur masala boʻyicha Qonunchilik palatasiga yoʻllagan xatiga asosan amalga oshiriladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish toʻgʻrisidagi xati Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olingan taqdirda, Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1814-modda.
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi kiritgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar ushbu qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur taklifi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga yuboriladi. Bunda Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish zarurligi asoslantirilishi lozim.
Masʼul qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matnini;
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasini.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisida;
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida.
Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
(171-bob Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
VI BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASINING QARORLARINI KOʻRIB CHIQISH VA QABUL QILISH
18-bob. Qonunchilik palatasining qarorlarini koʻrib chiqish va qabul qilishning umumiy tartibi
182-modda.
Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
183-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish hamda uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida;
2) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
3) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
9) Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish;
10) parlament tekshiruvini oʻtkazish.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 6, 9-bandlarida nazarda tutilgan masalalar oldin Qonunchilik palatasida, keyin Senatda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir vaqtning oʻzida Qonunchilik palatasiga va Senatga kiritilgan farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar (ushbu modda birinchi qismining 7 va 8-bandlari) mazkur bobda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 va 10-bandlarida nazarda tutilgan masalalar, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislarida ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha bayonotlari hamda murojaatlari ushbu Reglament talablariga rioya etilgan holda qabul qilinadigan qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
(183-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
184-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan oʻzining mutlaq vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini eshitish;
davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
oʻz faoliyatini tashkil etish va Qonunchilik palatasining ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan;
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan.
(184-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasi oʻzining nazorat qilish vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ayrim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
185-modda.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganida unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasi devonida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi.
186-modda.
Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qaror loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Masʼul qoʻmita qaror loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan fikrlar va takliflarni toʻplab, Kengashga qaror loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Kengash masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi.
187-modda.
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi, axborotda qaror loyihasi boʻyicha fraksiyalarning fikrlari va takliflari deputatlarga majburiy ravishda yetkaziladi.
Fraksiyalarning qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muhokamasi natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasining qarori loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi. Bunday holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasida koʻrsatilgan masalani rad etish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.
Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar ushbu Reglamentda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Senatga yuboriladi.
19-bob. Senat bilan birgalikdagi vakolatlarga kiritilgan masalalar yuzasidan ayrim qarorlar loyihalarini Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
1-§. Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish va referendum oʻtkazish sanasini tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
188-modda.
Qonunchilik palatasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda uning koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boʻlsa, mazkur masalani koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish toʻgʻrisida kelib tushgan materiallar Qonunchilik palatasi tomonidan ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
189-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani va masʼul qoʻmitaning xulosasini oʻz majlisida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
referendum tayinlash va uni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;
referendum oʻtkazmasdan turib, referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni qabul qilish haqida.
Qonunchilik palatasi majlisida referendumga qonun loyihasini qoʻyish masalasi koʻrib chiqilayotganda, qonun loyihasi boʻyicha moddama-modda ovoz berish oʻtkazilishi mumkin. Moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan boʻlsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytariladi.
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
190-modda.
Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmundagi yoki maʼnodagi taʼrif bilan referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala kamida bir yildan keyin Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun takroran kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va maʼqullash. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini eshitish
(19-bob 2-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladi.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(192-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
193-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi.
(193-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
194-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
(194-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi Qonunchilik palatasining majlisida eshitiladi.
(194-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
195-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod deputatlar savollariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilangan vaqt mobaynida, lekin koʻpi bilan 30 daqiqa ichida javob beradi.
(195-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatlar savollariga javoblar tugaganidan keyin fraksiyalarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi boʻyicha oʻz fikrlari va nuqtai nazarlarini bildirishi mumkin.
(195-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi, fraksiyalar vakillarining oʻz fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan chiqishlari eshitilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini maʼqullash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
(195-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
196-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni maʼqullash Qonunchilik palatasi tomonidan yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
(196-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Ovoz berish usuli toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
197-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.
(197-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini maʼqullash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(197-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
198-modda.
Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozini toʻplay olmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Reglamentning 193 — 197-moddalariga muvofiq oʻtkaziladi.
(198-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
199-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, qoʻmitalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
(199-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(199-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
3-§. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
200-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Qonunchilik palatasining muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
(200-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar uning uchun deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
202-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga yangi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin ushbu Reglamentning 193 — 197-moddalariga muvofiq Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
(202-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bobning 4-paragrafi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash
206-modda.
Qonunchilik palatasi oʻzining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini ushbu Farmon kelib tushgan paytdan eʼtiboran 48 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
207-modda.
Xizmat safarida, mehnat taʼtilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda boʻlishi munosabati bilan va boshqa sabablarga koʻra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi haqida xabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi oʻtkaziladigan joyga maxsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.
208-modda.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida harbiy harakatlar olib borilishi yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan qiyinchiliklar mavjudligi natijasida yoki agar Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisini Qonunchilik palatasining binosida oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida boshqa binoni belgilaydi, bu haqda deputatlarga ommaviy axborot vositalari orqali yoxud boshqa usulda xabar qilinadi.
209-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan koʻrib chiqiladi.
210-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga maʼlumot uchun yuboriladi.
6-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash
211-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonlarini ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
212-modda.
Xizmat safarida, mehnat taʼtilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda boʻlishi munosabati bilan va boshqa sabablarga koʻra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi haqida xabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi oʻtkaziladigan joyga maxsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.
213-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan koʻrib chiqiladi.
214-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlashi yoki ularni tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoxud qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi qaror, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga maʼlumot uchun yuboriladi.
7-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash
215-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilinganidan keyin deputatlar va Senat aʼzolari Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisi oʻtkaziladigan joyga darhol, maxsus chaqiruvsiz yetib kelishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala Oliy Majlisning ikkala palatalar qoʻmitalarida, shuningdek fraksiyalar tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay Qonunchilik palatasi va Senat ushbu farmonni tasdiqlash haqidagi masalani koʻrib chiqadi hamda qoʻshma qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi va Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash masalasiga doir qoʻshma qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisida tasdiqlanmagan favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu masala yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
216-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu paragrafda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
217-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu paragrafda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
8-§. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
218-modda.
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan toʻqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar aʼzosi Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadi.
(218-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
219-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga koʻrsatilgan nomzodlarning muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida shu nomzodlar ishtirokida oʻtkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishga haqlidir. Soʻzga chiqish uchun fraksiyalar vakillari ustun huquqqa ega.
220-modda.
Ovoz berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga koʻrsatilgan har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida, ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Agar oʻtkazilgan ovoz berishlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga koʻrsatilgan nomzodlardan bittasi yoki bir nechtasi ovozlarning zarur miqdorini toʻplamasa, saylash tartib-taomili yangi nomzodlarni koʻrsatishdan boshlanadi. Ushbu tartib-taomil Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga saylangan bir yoki bir nechta nomzod Senat tomonidan rad etilgan taqdirda ham oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.
221-modda.
Qonunchilik palatasi qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini tugatish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.
9-§. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini(ombudsmanni) va uning oʻrinbosarini saylash
222-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosarining lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan kiritiladi.
223-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur nomzodlar ishtirokida oʻtkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishga haqli.
224-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi va uning oʻrinbosarini saylash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili toʻgʻrisidagi qaror esa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga ham yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomzodi, agar nomzod uchun deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovoz bersa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
(224-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
225-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini yoki uning oʻrinbosarini qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
226-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsman) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻgʻrisidagi masala ushbu Reglamentning 231 — 234-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror darhol Senatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga maʼlumot uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
91-§. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylash
2261-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
2262-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga koʻrsatilgan nomzod muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur nomzod ishtirokida oʻtkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzod boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishga haqli.
2263-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) nomzodini saylash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) nomzodi, agar nomzod uchun deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovoz bersa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
2264-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
2265-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻgʻrisidagi masala ushbu Reglamentning231 — 234-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror darhol Senatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga maʼlumot uchun yuboriladi.
(91-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
10-§. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish
227-modda.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi.
228-modda.
Qonunchilik palatasi tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
229-modda.
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
230-modda.
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan taqdirda, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kamida bir yildan keyin qayta kiritilishi mumkin.
20-bob. Qonunchilik palatasining uning mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ayrim qarorlar loyihalarini koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
1-§. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish
231-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini koʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa u kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Kengash tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.
(231-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
232-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi (bundan buyon matnda Odob komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi, Kengash kiritilgan taqdimnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroridan qoʻshimcha materiallar talab qilib olishi mumkin.
233-modda.
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari va oʻziga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Odob komissiyasining raisi yoki uning topshirigʻiga binoan ushbu komissiya aʼzolaridan biri Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasini oʻqib eshittiradi va Odob komissiyasining ushbu taqdimnoma yuzasidan xulosasi haqida maʼlumot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki uning oʻrinbosariga soʻzga chiqishi va deputatlarning savollariga javob berishi uchun soʻz navbati berilishi mumkin.
Oʻziga nisbatan daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ushbu masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida koʻrib chiqilayotganda tushuntirishlar berishga haqlidir.
234-modda.
Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
235-modda.
Qonunchilik palatasiga jinoyat ishining tugatilgani haqida yoki maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan ish yuritish tugatilgani, shuningdek daxlsizlik huquqidan mahrum etilishiga rozilik berilgan deputatga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgani haqida xabar tushgan taqdirda Qonunchilik palatasi oʻzining eng yaqin majlisida rozilik berish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, shuningdek zarurat boʻlganda, tegishli sudga yuboriladi.
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash
Oldingi tahrirga qarang.
236-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ularning nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi/
(236-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
237-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod u masʼul qoʻmita, fraksiyalar tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.
(237-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
238-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.
(238-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
239-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
(239-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
240-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.
(240-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Reglamentni qabul qilish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
(20-bob 3-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
241-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Reglament, unga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan qabul qilinadi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
242-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Reglamentga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar qoʻmitalar, fraksiyalar, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin va Kengash tomonidan Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Bu takliflar Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
(242-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
243-modda.
Qonunchilik palatasining ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan majlislarini oʻtkazish, Qonunchilik palatasining faoliyatiga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqish tartib-taomillari Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kunidan eʼtiboran amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
VII BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASI TOMONIDAN NAZORAT QILISH SOHASIDAGI VA BOSHQA VAKOLATLARNING AMALGA OSHIRILISHI
(VII boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
21-bob. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosining borishi haqidagi masalalarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
244-modda.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga, boshqa qoʻmitalarga, fraksiyalarga hamda xulosa taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasiga yoʻllaydi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish davomida fraksiyalar, qoʻmitalar va Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganilishi tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi barcha fraksiyalar va qoʻmitalarning takliflarini hamda Qonunchilik palatasi Devoni Davlat budjeti boshqarmasining takliflari va xulosasini oʻrganib chiqib, Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining yarim yillik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun xulosa taqdim etadi.
(244-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
245-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar fraksiyalarda va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi. Uni koʻrib chiqish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi hamda hisobot Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasida koʻrib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorak yakunlari boʻyicha eshitib boradi.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalarida har chorak yakunlari boʻyicha eshitib borilishi mumkin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilish holati haqidagi axborot Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalariga har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumot uchun kiritib boriladi.
(245-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
22-bob. Parlament soʻrovi
246-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi davlat organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
(246-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
247-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklif qoʻmitalar, fraksiyalar, shuningdek deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Parlament soʻrovi tashabbuskori parlament soʻrovi loyihasini va parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasiga, parlament soʻrovi loyihasidagi Davlat budjeti va iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosa olish uchun esa Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasiga taqdim etishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi parlament soʻrovi loyihasi va parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi yuzasidan ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma xulosa beradi.
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi soʻrov tashabbuskori tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish uchun yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament soʻrovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ogʻzaki yoki yozma) haqidagi takliflar boʻlishi kerak.
Deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritilgan parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarorida parlament soʻroviga berilgan javobning Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish uchun masʼul qoʻmita belgilanadi.
(247-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2471-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida parlament soʻrovi loyihasi boʻyicha muhokama, qoida tariqasida, parlament soʻrovi tashabbuskori vakilining maʼruzasidan boshlanadi.
Parlament soʻrovi tashabbuskori vakilining maʼruzasidan keyin fraksiyalarning vakillari parlament soʻrovi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha munosabat bildirish uchun soʻzga chiqishi mumkin.
(2471-modda Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
248-modda.
Qonunchilik palatasi parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
249-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga ogʻzaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.
(249-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim. Parlament soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(249-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament soʻroviga yozma javob, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Qonunchilik palatasining Spikeri parlament soʻroviga yozma javobni oʻqib eshittirishni parlament soʻrovining tashabbuskoriga, agar soʻrov bir nechta tashabbuskor tomonidan kiritilgan taqdirda, ulardan birining vakiliga, ushbu Reglament 247-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa masʼul qoʻmitaning vakiliga topshirishi mumkin. Yozma javobning nusxalari palata majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.
(249-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
250-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
(250-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
251-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
252-modda.
Parlament soʻroviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
23-bob. Deputat soʻrovi
253-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
(253-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi. Deputatning soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(253-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
254-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat soʻrovini tayyorlash chogʻida deputat oʻzi aʼzo boʻlgan fraksiyadan yoki tegishli yoʻnalishdagi qoʻmitadan, shuningdek Qonunchilik palatasi Devoni tegishli boʻlimidan yoki boshqa mutaxassislar va ekspertlardan maslahat-uslubiy yordam koʻrsatilishini soʻrashi mumkin.
Deputat soʻrovi uni yuboruvchi deputat aʼzo boʻlgan fraksiyada roʻyxatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili deputatning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
(254-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
255-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
24-bob. Qonunchilik palatasi tomonidan boshqa nazorat vakolatlarini amalga oshirish
256-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat aʼzolari bilan birgalikda har yarim yilda Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Mazkur hisobotni koʻrib chiqishga tayyorlash uchun Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmita belgilanadi.
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Fraksiyalar, qoʻmitalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.
(256-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
257-modda.
Qonunchilik palatasi, zarur boʻlgan hollarda, oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishining dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Reglamentning 22-bobiga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, qoʻmitalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, ular Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishining dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(257-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
258-modda.
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda, oʻzining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunda fraksiyalar, qoʻmitalar tomonidan Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi va boshqa zarur materiallar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarorida masʼul qoʻmitaga hisobotni (axborotni) eshitishga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etish vazifasi belgilanadi.
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida masʼul qoʻmita sohada huquqiy jihatdan tartibga solinishi lozim boʻlgan muammoli masalalarni aniqlaydi hamda beriladigan savollarni, shuningdek qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisoboti, davlat organi rahbarining axboroti toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi masʼul qoʻmita tomonidan tayyorlanadi.
258-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga ikkinchi — oltinchi qismlar almashtirilgan)
Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosiga, davlat organi rahbariga soʻzga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa koʻpi bilan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qarori esa tegishli davlat organiga yuboriladi.
(258-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
259-modda.
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat aʼzolarining deputatlar savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan belgilanadi.
Deputatlarning hukumat aʼzolariga savollari Kengash tomonidan “hukumat soati”ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da deputatlarning savollariga javob beradigan hukumat aʼzolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
260-modda.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash hollarining (bundan buyon matnda qiynoqqa solish hollari deb yuritiladi) oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruza dastlabki tarzda fraksiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, maʼruzadan soʻng fraksiyalarning vakillari soʻzga chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Qonunchilik palatasiga inson huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzani (bundan buyon matnda maxsus maʼruza deb yuritiladi) taqdim etishga haqli.
Maxsus maʼruza Qonunchilik palatasi, Kengash yoki qoʻmita majlisida koʻrib chiqilishi mumkin.
Kengash maxsus maʼruzani Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish haqida toʻxtamga kelgan taqdirda, maxsus maʼruza mazkur moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(260-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2601-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqida maʼruza (bundan buyon matnda Bola huquqlari boʻyicha vakilning maʼruzasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Bola huquqlari boʻyicha vakilning maʼruzasi dastlabki tarzda fraksiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida Bola huquqlari boʻyicha vakilning maʼruzasini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) chiqishidan boshlanadi, maʼruzadan soʻng fraksiyalarning vakillari soʻzga chiqadi.
Bola huquqlari boʻyicha vakilning maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) yuboriladi.
(2601-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
261-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) tayyorlaydi, Milliy maʼruza Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining direktori tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, qoʻmitalar Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
(261-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi.
(261-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
262-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqadi.
(262-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga, fraksiyalarga hamda Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasiga yoʻllaydi.
(262-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, shuningdek Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(262-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiyalar, Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga oʻz takliflari hamda fikrlarini yuboradi.
(262-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi fraksiyalar, Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi taqdim etgan takliflar va fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
(262-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining maʼruzasini, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha maʼruzasini, shuningdek fraksiyalar vakillarining chiqishlarini eshitadi.
(262-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboriladi.
(262-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
263-modda.
Qonunchilik palatasi yoki u vakolat bergan organ har yili, qoida tariqasida, hisobot yilidan keyingi yilning 15-martidan kechiktirmay oʻz majlisida siyosiy partiyalarning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.
Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotiga uning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisobvaragʻiga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablagʻlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining xulosasi ilova qilinadi.
Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti Qonunchilik palatasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotini muhokama qilish natijalariga koʻra Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
264-modda.
Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi hamda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga muvofiq oʻtkaziladi.
(264-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
265-modda.
Qoʻmitalar, shuningdek deputatlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Qoʻmitalar yoki deputatlar tomonidan soʻralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalar oʻz ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarining, qoʻmitalar qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
(265-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qoʻmitalar qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat organiga yuboriladi.
(265-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalar oʻz ish rejalariga muvofiq qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi.
(265-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalar qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganishi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi.
(265-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitalar qonunchilikning ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(265-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qoʻmitalar yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining deputatlari navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin.
(265-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
266-modda.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun deputatlar va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuziladi.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etishga.
Maxsus komissiya Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Maxsus komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
(266-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
241-bob. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini koʻrib chiqish
2661-modda.
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar Qonunchilik palatasiga kiritib boriladi.
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish uchun fraksiyalarga hamda qoʻmitalarga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalarda hamda qoʻmitalarda muhokama qilinadi.
Muhokamalarga tegishli davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
2662-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalar va qoʻmitalar tomonidan oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi hamda taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(241-bob Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
25-bob. Deputatning saylovchilar, siyosiy partiya bilan ishlarini tashkil etish tartibi
267-modda.
Deputat oʻz okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar roʻyxati asosida saylangan deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi tegishincha siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadi.
(267-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiyalar har yili Kengash bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi.
(267-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish chogʻida deputat:
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, fraksiyaning faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari toʻgʻrisida saylovchilarga axborot beradi;
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qoʻllanilish samaradorligini va qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida oʻrganadi;
oʻzi saylangan hududning kelgusi yil uchun moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining majlislaridagi muhokamalarda oʻz takliflari va tavsiyalari bilan ishtirok etadi;
fraksiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
268-modda.
Kengash deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.
Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlanadi.
Qonunlarning ijrosi yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish, davlat dasturlari hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun fraksiyalar, zarur boʻlgan hollarda, oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishini tashkil etadi.
Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur boʻlgan hollarda, dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
269-modda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini oʻtkazish qonunga hamda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26-bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga kiritish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
2691-modda.
Kengash Kengash aʼzolarining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish masalasini koʻrib chiqadi.
Kengash aʼzolarining taklifi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga oʻrganib chiqish va xulosa taqdim etish uchun topshiriladi.
Masʼul qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida besh ish kuni ichida xulosa tayyorlaydi va uni Kengashga taqdim etadi. Bunda shu mazmundagi murojaat Senat Kengashiga kelib tushganligiga yoki tushmaganligiga aniqlik kiritiladi.
Masʼul qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasiga tegishli taqdimnoma loyihasi ilova qilinadi.
Kengash “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 291-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, taqdimnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Taqdimnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Roʻyxatga kiritilayotgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
chet el fuqarosining qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi (shaxs bir nechta davlat fuqarosi ekanligi aniqlansa, barchasi koʻrsatiladi);
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning qaysi davlat rezidenti ekanligi;
chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi yoxud turgan joyi (shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan boʻlsa);
chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati seriyasi va raqami (shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan boʻlsa);
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan hamda Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻladigan harakatlar taʼrifi;
chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan qoʻllanadigan cheklovlar va huquqiy taʼsir choralari, ularning amal qilish muddatlari.
2692-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Kengash aʼzolarining taklifiga asosan, qoida tariqasida, ushbu shaxslarni Roʻyxatga kiritish masalasi yuzasidan xulosa taqdim etgan qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin mazkur xulosani Kengashga taqdim etadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari ushbu shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddati davomida bartaraf etilmagan taqdirda, Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, taqdimnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
2693-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Kengash aʼzolarining taklifiga asosan, qoida tariqasida, ushbu shaxslarni Roʻyxatga kiritish va (yoki) ularning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish masalasi yuzasidan xulosa taqdim etgan qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Qoʻmita chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilganligiga yoki etilmaganligiga aniqlik kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va mazkur xulosani Kengashga taqdim etadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilgan taqdirda, Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, iltimosnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(26-bob Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 31-martdagi 1895-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
VIII BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
270-modda.
Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazishi mumkin. Bunda parlamentlararo aloqalar masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarining loyihalari Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tomonidan palataning tegishli organlari koʻrib chiqishi uchun tayyorlanadi va kiritiladi.
271-modda.
Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalarining rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida soʻzga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
272-modda.
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha deputatlar orasidan parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tashkil etiladigan tuzilmalarning tarkibi Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi va Senat birgalikda deputatlar hamda Senat aʼzolari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashining hamda Senat Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi Kengashining hamda Senat Kengashining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
273-modda.
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun deputatlar rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari boʻyicha Kengashga axborot taqdim etadi.
274-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Qonunchilik palatasi devoni tomonidan Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi bilan birgalikda tuziladi, shu bilan birga xarajatlarning smetasi loyihasiga Qonunchilik palatasi devonining Davlat budjeti boshqarmasi tomonidan xulosa beriladi.
(274-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qarori tahririda)
Qonunchilik palatasi xarajatlarining smetasi loyihasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, va uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasining kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Qonunchilik palatasi xarajatlari smetasi Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasining belgilangan tartibdagi shakllari Qonunchilik palatasi Devonining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
275-modda.
Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu budjetda alohida satrda nazarda tutiladi.
276-modda.
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moliyaviy, moddiy-texnika taʼminoti Qonunchilik palatasining devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunchilik palatasining devoni yuridik shaxs hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi devonining faoliyati, uning xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Qonunchilik palatasining devoni toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Qonunchilik palatasining devoni toʻgʻrisidagi nizom deputatlar eʼtiboriga yetkaziladi.
277-modda.
Qonunchilik palatasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida jamoaviy ekskursiyalar oʻtkazilishi mumkin. Qonunchilik palatasi majlislarini oʻtkazish tartib-taomili bilan tanishish uchun tashrif buyuruvchilar uning ochiq majlislarida ishtirok etishi mumkin.
Tashrif buyuruvchilar Qonunchilik palatasi faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, uning ishini maʼqullashi yoki maʼqullamasligini namoyon etishdan oʻzini tiyishi, belgilangan tartibga rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
278-modda.
Qonunchilik palatasi oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
(278-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-martdagi 4166-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)