1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar 2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan telekommunikatsiyalar tarmogʻini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash;
tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, isteʼmol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan toʻlov tizimlarini, shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish;
tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yoʻnaltirgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
elektron tijorat sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, tahlil qilish va qoʻllash.
3. 2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo komissiya 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksini (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar kompleksi deb ataladi) bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari Idoralararo komissiyaga yuklansin, Tadbirlar kompleksining oʻz vaqtida sifatli va toʻliq bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilsin.
4. Tadbirlar kompleksining bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli va toʻliq amalga oshirilishini tashkil etsinlar hamda yilning har choragida Idoralararo komissiyaga ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida infratuzilmani faol rivojlantirishni hamda uning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun respublikaning barcha hududlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni yanada kengaytirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-dekabr,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-son qaroriga 1-ILOVA
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish
KONSEPSIYASI
I. Kirish
1. 2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Konsepsiya oʻrtacha muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirishning, raqobat muhitini kengaytirishning, yangi infratuzilma oʻsishining va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishning yoʻllari, shakllarini belgilashning, shuningdek elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
3. Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek elektron tijorat bozorining hozirgi holatini, ilmiy prognoz ishlanmalarni oʻrganish, xalqaro tashkilotlarning ekspert materiallarini tahlil qilish natijalariga asoslanadi.
II. Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat bozorining joriy holati
Zamonaviy elektron ilovalar va toʻlov yechimlarini keng joriy etish yoʻli bilan yangi axborot texnologiyalaridan faol foydalangan holda davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning tezkor oʻzaro hamkorlik qilishi imkonini beruvchi telekommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanmoqda.
Qoʻllash amaliyoti hisobga olingan holda elektron toʻlov tizimi mexanizmi hamma joyda joriy etilmoqda va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, tijorat banklari tomonidan bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish xizmatlarining keng doirasi taqdim etilmoqda, bu oxirgi besh yilda foydalanuvchilar sonini 20 baravardan ortiq, internet-banking va mobil banking xizmatlarini esa — 21-martadan ortiq koʻpaytirish imkonini berdi.
Respublikada EMV standartiga oʻtilgan holda Uzkart yagona banklararo toʻlov tizimi amal qilmoqda va rivojlanmoqda, u mikrochip modullarli plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 26 ta tijorat bankining toʻlov tizimlarini birlashtiradi.
Axborot xavfsizligi choralari tizimli asosda amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 16-sentabrdagi 250-son qaroriga muvofiq Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi tashkil etildi. “Elektron hukumat” portalining axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalari komplekslarining axborot xavfsizligini taʼminlash, davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish ushbu Markazning vazifalari hisoblanadi.
Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini realizatsiya qilishning birja mexanizmlari rivojlandi.
Jumladan, 2001-yildan boshlab Oʻzbekistonning tovar-xomashyo birjalaridagi barcha bitimlar elektron tizimlarda tuzilmoqda, 2004-yildan boshlab esa — mahalliy ishlab chiqaruvchilar moddiy-texnik resurslarining eng muhim turlari Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining elektron savdolarida sotilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanishni, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishga davlat buyurtmalarini olishga tadbirkorlik subyektlarini qoʻyishni kengaytirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475-son qarori bilan elektron kimoshdi savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi joriy etildi.
(4-bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
III. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari
5. 2016 — 2018-yillarda elektron tijorat sohasida yagona siyosat strategiyasini belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorligi uchun teng shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan telekommunikatsiyalar tarmogʻini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash;
tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, isteʼmol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan toʻlov tizimlarini, shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish;
tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yoʻnaltirgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
elektron tijorat sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, tahlil qilish va qoʻllash.
IV. Elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
7. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) jarayon ishtirokchilariga elektron turda tuzilgan bitimlarning haqiqiyligi va majburiyligiga shubha tugʻilishini istisno etadigan kafolatlarni taʼminlashni nazarda tutgan holda elektron tijoratni;
elektron tijorat sohasida toʻlov operatsiyalarini, pul mablagʻlari oqimlarini masofadan boshqarishda xavfsizlikni taʼminlash, xalqaro pochta joʻnatmalari yuzasidan bojxona nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini va shu kabilarni tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;
b) quyidagilarni:
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish, shu jumladan elektron tijoratning umumiy jarayoni, elektron hujjatlarning yagona shakllarini joriy etish, elektron pul kartalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlarining mualliflik-hisob-kitob qismini belgilovchi standartlarni;
koʻchmas mulkni sotish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) va xizmatlar bilan elektron savdo qilish tartibini, reklamani tarqatish, shu jumladan elektron hujjatlarni ommaviy joʻnatish tartibini ishlab chiqish va qabul qilish;
v) rivojlangan mamlakatlar darajasiga yaqinlashishga yoʻnaltirgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
g) xalqaro standartni dasturiy taʼminlashni joriy etish va undan foydalanish, yuqori tezlikdagi internet-xizmatlarni integratsiyalash yoʻli bilan elektron tijorat infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
d) yetkazib beruvchilarni tanlash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻli bilan korporativ xaridlarning elektron tizimlariga bosqichma-bosqich oʻtish, shartnoma majburiyatlari bajarilishi kafolatlarini taʼminlash;
e) quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga tadbirkorlik subyektlarini va qoʻshimcha ish oʻrinlarini tashkil etish:
elektron tijorat sohasida biznesni va oʻz biznesini tashkil etishda hamda soliq solishda kasbiy bilimlar va koʻnikmalarni chuqurlashtirish uchun imkoniyatlarni reklama qilish boʻyicha keng koʻlamli axborot-taʼlim kampaniyasini oʻtkazish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida infratuzilmani yanada rivojlantirish va kengaytirish, elektron tijorat sohasida xavfsizlikni taʼminlash;
ayniqsa qishloq joylarda aholi va tadbirkorlarning, Internetning butunjahon tarmogʻidan foydalanishini kengaytirish;
j) taʼlim beruvchi seminarlar oʻtkazish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali bepul maslahat xizmatlarini tashkil etish yoʻli bilan manfaatdor kontingentning xabardorligi darajasini oshirish va biznesni rivojlantirishda ustuvorliklarni tanlashga koʻmaklashish;
z) biznes va isteʼmolchilarning manfaatlari muvozanatini taʼminlash.
V. Elektron tijoratning Internet-platformalarini tashkil etish
8. Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portalini va ishtirokchilarni roʻyxatga olish tartibotlarini eng koʻp darajada soddalashtirish va tezlashtirishni, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborotlaridan foydalanish hajmini kengaytirish, savdoni yuritish jarayonlarining shaffofligini taʼminlashni nazarda tutgan holda davlat xaridlari, korporativ xaridlar jarayonlarini yanada rivojlantirish.
9. Mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini eksport qilishni kengaytirishga yoʻnaltirilgan “Tashqi savdo faoliyati milliy portali” internet-platformani yaratish.
VI. Taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash, elektron tijorat sohasida xodimlar malakasini oshirish
10. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlarni amalga oshirish:
elektron tijorat sohasida tadbirkorlik subyektlari xodimlari va aholini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish;
taʼlim muassasalarida elektron tijorat sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarini muntazamlilik asosida oʻtkazishni amaliyotga joriy etish;
taʼlim tizimiga elektron tijorat sohasida ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yangi yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni joriy etish.
VII. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi
11. Konsepsiyani roʻyobga chiqarish 2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar kompleksini (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar kompleksi deb ataladi) oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
12. Tadbirlar kompleksining barcha qismlari oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish 2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo komissiya tomonidan (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) amalga oshiriladi.
13. Idoralararo komissiya:
Tadbirlar kompleksini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va masʼul bajaruvchilar boʻlgan boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
elektron tijorat sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqishni;
elektron tijorat sohasiga xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratilishini;
elektron tijorat sohasida tegishli tadbirlar bajarilishi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borilishini tashkil etishni taʼminlaydi.
14. Komissiya:
elektron tijoratni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish;
elektron tijoratni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hisobotlarini eshitish;
respublikada elektron tijoratning joriy holatini tahlil qilish hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning takliflari asosida elektron tijoratni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni ishlab chiqish va qabul qilish huquqiga ega.
15. Vazirliklar, idoralar va masʼul bajaruvchilar boʻlgan boshqa tashkilotlar:
Tadbirlar kompleksida qoʻyilgan vazifalar belgilangan muddatlarga va ishlar hajmiga muvofiq oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini;
navbatdagi hisobot yilida tegishli tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishlar rejasi ishlab chiqilishini va har yili Idoralararo komissiyaga taqdim etilishini;
Tadbirlar kompleksida qoʻyilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarning har chorakda Idoralararo komissiyaga taqdim etilishini taʼminlaydilar.
VIII. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning elektron tijorat sohasidagi funksional vazifalari
16. Konsepsiyani amalga oshirishni, shuningdek davlat darajasida manfaatlarni kelishish boʻyicha elektron tijoratni jadal rivojlantirish yuzasidan vazifalarni hal etishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish elektron tijorat sohasida vakolatli organ hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
17. Dasturiy taʼminlash va axborot xavfsizligi sohasida texnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
18. Eksport-import operatsiyalarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
19. Elektron tijorat sohasida toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish va yanada takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taʼminlanadi.
20. Iqtisodiyotda elektron tijorat sektorlarining rolini tavsiflaydigan indikatorlarni shakllantirish, elektron tijorat sektorlarida tanlanadigan statistika tekshiruvlarini joriy etish uchun axborot bazasini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi.
21. Ishonchli raqobat muhitini, tarqatish tartibiga rioya qilish yuzasidan nazorat qilishni va reklamaning mazmuniga qoʻyiladigan talablarni, ofertani, elektron xabarlarni ommaviy joʻnatishni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
IX. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
22. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida:
tegishli savdo platformalari, internet-magazinlar va axborot vositachilari sonini koʻpaytirish hisobiga tranzaksiyalar, tovar aylanmasi, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmlari oʻsishi;
aholi punktlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qamrab olinishi, shuningdek bank kartalaridan foydalanuvchi shaxslar ulushi koʻrsatkichlari koʻpayishi;
ichki va tashqi bozorlarda tadbirkorlik subyektlarining samarali raqobat qilishi uchun shart-sharoitlar shakllanishi, tijoratning innovatsion usullari doirasi kengayishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida axborot texnologiyalarini keng qoʻllash uchun yangi imkoniyatlar ochilishi, davlat xaridlari va korporativ xaridlarning elektron shaklda amalga oshirilishi;
ilgʻor axborot texnologiyalari elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning yangi vositalarini yanada joriy etishni davom ettirish;
tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-son qaroriga 2-ILOVA
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
I. Elektron tijoratning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, elektron tijoratni amalga oshirish standartlarini, shakllarini, shuningdek mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish
1.
Elektron tijoratning toʻlov operatsiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil I chorak
Markaziy bank,Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ
2.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron savdosi qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2016-yil I chorak
Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, Markaziy bank, SSP
3.
Elektron tijoratda reklamalarni joylashtirish, elektron hujjatlarni yoki elektron xabarlarni ommaviy joʻnatish tartibini takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2016-yil I chorak
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank
4.
Elektron tijorat sektorini tavsiflovchi indikatorlarni shakllantirish maqsadida elektron tijorat sohasida statistik tekshirishlarni oʻtkazish uchun davlat statistika hisobotlarining tegishli shakllariga oʻzgartirishlar kiritish.
Davlat statistika hisobotlari shakli
2016-yil II chorak — oʻzgartirishlar;
har chorakda — taqdim etish
Davlat statistika qoʻmitasi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank
5.
Bitimlarni amalga oshirish, elektron tijoratda qoʻllanadigan elektron hujjatlarni va elektron xabarlardagi axborotlarni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Normativ-huquqiy hujjat
2016-yil II chorak
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DSQ
6.
Elektron tijoratdagi bitimlarni bajarish boʻyicha quyidagi formatlardagi elektron hujjatlarning yagona shakllarini joriy etish:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi elektron bitimlar (V2V);
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholi oʻrtasidagi elektron bitimlar (V2S);
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat oʻrtasidagi elektron bitimlar (B2G);
jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar toʻlovi boʻyicha elektron bitimlar (G2C);
yuridik shaxslar tomonidan xizmatlar toʻlovi boʻyicha elektron bitimlar (G2B).
Normativ-huquqiy hujjat
2016-yil II chorak
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, SSP
7.
Elektron yarmarkalar, auksionlar, tanlovlar va koʻrgazma-yarmarka savdosini tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2016-yil II chorak
“OʻzRTXB” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP
8.
Ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirishda elektron tijorat qatnashchilarining mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarini kamaytirish boʻyicha qonunchilikni oʻrganish va uni takomillashtirishga doir takliflar kiritish.
Takliflar kiritish
2016-yil II chorak
Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ, DBQ
9.
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining davlat va korporativ xaridlarini va ularni amalga oshirish jarayonlarining maxsus axborot portalini quyidagilar hisobiga yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish:
roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini soddalashtirish va jadallashtirish;
elektron davlat korporativ xaridlari portalidan foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha servislar kompleksini yaratish;
xaridlar jarayonida oldindan kelishib olish va narxlarni manipulatsiya qilish imkoniyatining oldini olish;
qoida buzilishlarining oldini olish boʻyicha taʼsirchan monitoring va nazorat qilish mexanizmini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2016-yil II chorak
Davlat raqobat qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, �SP
10.
Elektron tijoratda eksport bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil II chorak
DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “OʻzRTXB” AJ
11.
Elektron tijorat doirasida xalqaro pochta va kuryer joʻnatmalarini bojxonada nazorat qilish hamda bojxonada rasmiylashtirishni tartibga solish va oʻtkazishni tashkil etish tartibini takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2016-yil IV chorak
DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ
12.
Interaktiv tizimlarda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida onlayn rejimidagi pul mablagʻlari oqimlarini masofadan boshqarishda xavfsizlikni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2016-yil III chorak
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ
13.
Elektron tijorat qatnashchilari oʻrtasida bank axborotlarini va moliyaviy axborotlarni ayirboshlash boʻyicha talablarni belgilash.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2016-yil III chorak
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ
14.
Elektron tijorat sohasidagi pochta aloqasini, shu jumladan posilkalarni joʻnatishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2016-yil III chorak
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, DBQ, Moliya vazirligi, SSP, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ
15.
Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun qatnashchilarning, axborot vositachilarining va boshqa subyektlarning masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Takliflar kiritish
2016-yil IV chorak
Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, DBQ, Markaziy bank
16.
Elektron tijorat doirasida koʻchmas mulkni realizatsiya qilish qoidalarini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2016-yil IV chorak
Davlat raqobat qoʻmitasi, “Koʻchmas mulk savdo xizmati” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
II. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish
17.
Internet magazinlarini hisobga olish uchun www.uz axborot qidirish tizimida “Elektron tijorat” boʻlimini yaratish.
Boʻlimni yaratish
2016-yil I chorak
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
18.
Toʻlov tizimlarini joriy etishni hisobga olgan holda e-kommunal portalini yanada takomillashtirish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil I chorak — ishlab chiqish;
2016-yil II chorak — amalga oshirish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank, Banklar uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK
19.
Elektron tijoratda Onlayn-oʻqitish milliy portalini yaratish.
Portalni va oʻqitish dasturini yaratish
2016-yil II chorak
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, “OʻzRTXB” AJ
20.
“Tashqi savdo faoliyatining milliy portali” internet-platformasini yaratish yoʻli bilan bajarish kafolatlarini taʼminlashni va tizimli marketing olib borishni hisobga olgan holda, elektron tijoratdan foydalangan holda tovarlar eksportini kengaytirish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil III chorak – ishlab chiqish;
2016-yil IV chorak —amalga oshirish
Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmi�asi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
21.
Aholi punktlarini qamrab olishni:
2016-yilda — 30 foizgacha;
2017-yilda — 50 foizgacha;
2018-yilda — 65 foizgacha yetkazish yoʻli bilan ayniqsa qishloq joylarda aholining Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishini kengaytirish.
Tadbirlar rejasi
2016 — 2018-yillar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
III. Elektron tijorat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish
22.
Elektron tijorat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va tadbirkorl�k subyektlari xodimlari va aholi malakasini oshirish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil II chorak
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
23.
Elektron tijorat sohasida faoliyatni amalga oshirish tartibi va mexanizmlarini keng tushuntirish boʻyicha joylarda seminarlar va amaliy oʻquvlar oʻtkazish.
Tadbirlar rejasi
2016-yil II chorak
Iqtisodiyot vazirligi, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-son qaroriga 3-ILOVA
2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo komissiya
TARKIBI
Saidova G.K.
—
Iqtisodiyot vaziri, Idoralararo komissiya raisi
Mirzoxidov X.M.
—
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari
Ergashev I.K.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
Mirzayev M.M.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Parpiyev B.R.
—
Davlat soliq qoʻmitasining raisi
Dusanov Z.A.
—
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi
Toʻrayev B.E.
—
Davlat statistika qoʻmitasining raisi
Xaydarov A.Y.
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari
Gafarov S.X.
—
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Qurbonov A.K.
—
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori
Ismailov V.V.
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi
Nagayev A.R.
—
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruvining raisi
Shayxov A.E.
—
Savdo-sanoat palatasining raisi
Xadjayev A.J.
—
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi
Maxmudov Sh.N.
—
“Oʻztransgaz” AK bosh direktori
Basidov I.S.
—
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi
Xolmuxamedov Oʻ.O.
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori
lavozimiga koʻra
—
Iqtisodiyot vazirligi xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish boʻlimining boshligʻi, Idoralararo komissiya kotibi
Izoh: idoralararo komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 612-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)