1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.08.00 Valyuta va valyuta boyliklarini olib kirish va olib chiqish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.02.00 Valyutani olib kirish va olib chiqish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruviNING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN JISMONIY ShAXSLAR — REZIDENTLARGA NAQD XORIJIY VALYUTANI MAMLAKAT HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQIShGA RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNING YANGI TAHRIRINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI” QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-sentabrda 1253-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” Qonunining 7-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonunining 40-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 353-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 3-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Boshqaruv qarori (2003-yil 3-iyuldagi roʻyxat raqami 1253)ga oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq kiritilsin.