Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 7-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
Ushbu Qonunning maqsadi odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) — odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qoʻzgʻatuvchi;
OIV infeksiyasi — odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi;
OIVni yuqtirib olganlar — odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar;
orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — odamning immunitet tanqisligi virusi odamning immun tizimini shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan OIV infeksiyasining soʻnggi bosqichi.
2-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
4-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha yagona tizimning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish, OIVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash va ijtimoiy muhofaza qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 3-bobi (“OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish”)va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 29—35-moddalari.
OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash vositalari bilan taʼminlash, shuningdek tashxis qoʻyish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklarning xavfsiz boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini bepul, xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish;
OIVni yuqtirib olganlarning umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga, ularning oʻlimini kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
5-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvini quyidagilar amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning oʻzaro aloqalarini taʼminlaydi;
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshiradi;
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi;
davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasiga doir zamonaviy chora-tadbirlar, OIVni yuqtirib olganlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash hamda parvarishlash usullari joriy etilishini taʼminlaydi;
OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyatni hamda OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash borasida qoʻllanilayotgan usullar samaradorligini baholashga doir tadqiqotlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalari zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlaydi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli “Oitsga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-sonli “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida nizom”, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
jazoni ijro etish muassasalaridagi OIV infeksiyasini yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun sharoitlarni taʼminlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 87, 150-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalar”ning 90-bandi (roʻyxat raqami 3159, 20.05.2019-y.).
ichki ishlar organlari va muassasalari OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-sonli “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazini, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlarini, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalarini zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlash hamda ularni taʼmirlash-rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
10-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Respublika komissiyasi:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab boʻladigan gʻayriijtimoiy holatlarga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu maqsadda aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar monitoringini hamda ularni doimiy ravishda har tomonlama baholashni amalga oshiradi, zarur boʻlgan hollarda OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyat murakkablashuvining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha tadbirlar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga koʻmaklashadi;
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullarini amaliyotga joriy etish boʻyicha tavsiyalarni oʻrganadi va ishlab chiqadi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi.
xalqaro va chet el tashkilotlari bilan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro aloqani, Oʻzbekiston manfaatlariga mos keladigan hamkorlik oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Respublika komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari faoliyati
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari (bundan buyon matnda OITSga qarshi kurashish markazlari deb yuritiladi) OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash boʻyicha aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni, shuningdek tibbiyot muassasalarini uslubiy jihatdan taʼminlash hamda ular faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning zamonaviy usullarini joriy etishni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OITSga qarshi kurashish markazlari:
OIV infeksiyasi va u bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha profilaktika, epidemiyaga qarshi, tashxis qoʻyish, davolash tadbirlarini amalga oshiradi;
OIV yuqishining jadalligiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullarini oʻrganadi hamda amaliyotga joriy etadi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi.
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
OIVni yuqtirib olganlar oʻz sogʻligʻi va mehnat qobiliyatini saqlab qolishi uchun zarur boʻlgan tashxis qoʻyishni amalga oshiradi hamda ularga tibbiy yordam koʻrsatadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 3-bobi (“OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish”).
OIV infeksiyasiga va u bilan bogʻliq kasalliklarga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashni amalga oshiruvchi muassasalarga uslubiy yordam koʻrsatadi;
profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekistonda OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash uchun qoʻllaniladigan usullarni tahlil qilishni amalga oshiradi, shuningdek ularning samaradorligini baholaydi;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda hamda ularning malakasini oshirishda ishtirok etadi.
OITSga qarshi kurashish markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli “Oitsga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarning OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi ishtiroki
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni oʻtkazishda, OIVni yuqtirib olganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda;
OIVni yuqtirib olganlarga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻz vakolatlari doirasida huquqiy, uslubiy yordam, axborot yordami va boshqa yordam koʻrsatishda;
aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
3-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish
13-modda. OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning sogʻligʻi holatini oʻrganish va baholashdir, bunda OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligi aniqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq barcha davolash-profilaktika muassasalarida ixtiyoriy, majburiy yoki gʻayriixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 14, 15 va 16-moddalari hamda “Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 2584, 15.05.2014-y.).
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishda tekshiruvdan oʻtayotgan shaxs bilan dastlabki va keyingi maslahatlashuv amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Voyaga yetmaganlarni va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish ularning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Davlat sogʻliqni saqlash tizimining laboratoriyalari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning OIV mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi natijasi tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsga uning iltimosiga koʻra, voyaga yetmaganlarga va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga esa, ularning qonuniy vakillariga dastlabki maslahatlashuvni amalga oshirgan davolash-profilaktika muassasasida beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsda OIV aniqlangan taqdirda, u bilan keyingi maslahatlashuv oʻtkaziladi hamda u dispanser hisobiga qoʻyiladi, mazkur shaxs oʻzga shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
Voyaga yetmaganlarda va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarda OIV aniqlangan taqdirda, tibbiy muassasalar xodimlari bu haqda ularning qonuniy vakillarini hamda voyaga yetmaganlar yoxud muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar turgan muassasa rahbarini xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalariga koʻra oʻzida OIV aniqlangan shaxslar qon, biologik suyuqliklar donori boʻlishi mumkin emas.
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning iltimosiga koʻra OIV mavjud emasligi toʻgʻrisida sertifikat berilishi mumkin. OIV mavjud emasligi toʻgʻrisida sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, faqat OITSga qarshi kurashish markazlarida haq evaziga amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalarining 3-bobi (roʻyxat raqami 2584, 15.05.2014-y.).
14-modda. Ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning xohishiga koʻra, maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning iltimosiga koʻra ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish anonim boʻlishi mumkin.
15-modda. Majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak:
qon, biologik suyuqliklar donorlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
ellik yoshgacha boʻlgan nikohlanuvchi shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom.
homilador ayollar;
inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini isteʼmol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
OIVni yuqtirib olgan onalardan tugʻilgan bolalar;
oʻz faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va toʻqimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishuvga koʻra roʻyxati belgilanadigan ayrim kasblarda ishlovchi xodimlar ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtayotganda majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
16-modda. Gʻayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsni gʻayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
17-modda. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish ular OITSga qarshi kurashish markazlarida va davolash-profilaktika muassasalarida yashash joyi boʻyicha dispanser hisobiga qoʻyilganidan keyin amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish OIV infeksiyasini maxsus davolashni, shuningdek OIV infeksiyasi bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishining oldini olishni, ularga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash kasallik bosqichiga qarab, davolash komissiyasining xulosasiga koʻra OITSga qarshi kurashish markazlarida, davolash-profilaktika muassasalarining OIVni yuqtirib olganlarga moʻljallangan boʻlinmalarida tayinlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlarga OIV infeksiyasi bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishining oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun tibbiy yordam koʻrsatish OITSga qarshi kurashish markazlari tomonidan boshqa davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 31, 32, va 33-moddalari.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olgan shaxsda OIV infeksiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan kasalliklar aniqlangan taqdirda, tegishli ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasasida ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
18-modda. Oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda OIV infeksiyasi yuqishi xavfi ostida boʻlgan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Tibbiyot xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda ularga OIV infeksiyasi yuqishi kasb kasalliklari toifasiga kiradi.
OIVni yuqtirib olganlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi, shuningdek profilaktika tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlovchi tibbiyot xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
4-bob. OIVni yuqtirib olganlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy muhofaza qilish
19-modda. OIVni yuqtirib olganlarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlar:
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalarini va OIV tarqalishining oldini olishga doir tavsiyalar olish;
oʻz huquqlari toʻgʻrisida, oʻzidagi mavjud kasalliklarning xususiyati va tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻllaniladigan usullar haqida axborot olish;
oʻziga nisbatan insonparvarlik munosabatida boʻlinishi;
psixologik yordam olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 24 va 25-moddalari.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlar:
tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan OIV infeksiyasini tarqatmaslikka doir chora-tadbirlarni bajarishi;
sogʻlom odamlar bilan muloqotda ehtiyot choralariga rioya etishi;
jinsiy sherigini, shuningdek teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalarda sanchiladigan va kesadigan asboblardan foydalanadigan tibbiyot xodimlarini va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarini oʻz kasalligi toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
OIVni yuqtirib olganlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
20-modda. OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
OIVni yuqtirib olganlar bepul maxsus davolanadi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIVni yuqtirib olganlar, kasallik bosqichidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida belgilangan har oylik ijtimoiy nafaqa va nogiron bolalar uchun imtiyozlar olish huquqiga ega.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
OIVni yuqtirib olgan bolalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishdan vaqtincha ozod qilingan va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolalar bilan birga davolash-profilaktika muassasasida statsionar sharoitlarda boʻlish huquqiga ega.
21-modda. OIVni yuqtirib olganlarning huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik
OIVni yuqtirib olganlarda OIV infeksiyasi mavjudligini asos qilib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, ularni ishga qabul qilishni rad etishga, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatda nazarda tutilgan ayrim kasbiy faoliyat turlari mustasno, taʼlim muassasalariga, bundan taʼlim muassasalarining qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turlari mustasno, va tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarga qabul qilishni rad etishga, shuningdek ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklashga, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining turar joy huquqlarini, boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
22-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23-modda. OIV infeksiyasi yuqqan shaxsning sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
OIV infeksiyasi yuqqan shaxsning sogʻligʻiga tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zararning oʻrnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
24-modda. Nizolarni hal etish
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
25-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
26-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi 816-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 213-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 817-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 214-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-248-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 5, 179-modda) 3-moddasi.
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 24-sentabrdagi 188 (5862)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-sentabr,
OʻRQ—353-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 507-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)