| T/r | Tadbirlar mazmuni | Bajarish muddati | Masʼul bajaruvchilar | Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natijalar |
| I. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish | ||||
| 1. | 2009 — 2011-yillarda OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi va oldini olish tadbirlarining tarmoq va hududiy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2009-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralarning tegishli qarorlari. Barcha darajalarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni taʼminlash. |
| 2. | OIV/OITS tarqalishiga koʻmaklashadigan jamiyatga qarshi hodisalar (fohishabozlik va giyohvandlik)ni tugatishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va kiritish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, boshqa vazirliklar va idoralar | Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirlar kompleksi. Aholi va ayniqsa yosh avlod oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish. Boʻlajak avlodning nosogʻlom turmush tarzi yuritishning halokatli oqibatlari haqidagi bilim darajasini oshirish. |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasida bepul donorlik faoliyati doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tasdiqlangan tadbirlar muddatlariga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Qon inson xizmatida” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, OʻzA, Milliy teleradiokompaniya, Qizil Yarim oy jamiyati | Qon xavfsizligini va qon qismlarining zarur zaxirasini taʼminlash. |
| 4. | Tibbiyot muassasalarida qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. | Buyruqni tasdiqlash — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Tibbiyot muassasalarida qonning xavfsizligini taʼminlash, qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. |
| 5. | Homilador ayollarda OIV infeksiyasini oʻz vaqtida aniqlash va OIV infeksiyasining onadan bolaga oʻtishi profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. OIV infeksiyasiga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish. |
| 6. | OIV bilan ogʻrigan onalardan tugʻilgan, dispanser kuzatuvi ostidagi 1 yoshgacha bolalarni sut aralashmasi bilan taʼminlash tizimini tashkil etishga doir takliflar ishlab chiqish. | 2009-yil I yarim yillik | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | OIV infeksiyasining onadan bolaga oʻtishining oldini olishni taʼminlash. |
| 7. | 2009-yilda va keyingi yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasiga quyidagilarga yoʻnaltirilgan loyihalarni kiritish: — OITS rivojlanishi va tarqalishiga koʻmaklashadigan sabablarni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish; |
2009-yil yanvar, tadqiqotlar oʻtkazish — tasdiqlangan rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga taqdim etish uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasi. |
| | — OIV/OITS diagnostikasi va uni davolashning Oʻzbekistonda qoʻllanilayotgan metodlari samaradorligini tahlil qilish va baholash; | OIV infeksiyasi va u bilan bogʻliq kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. | ||
| | — OIV/OITSni davolash uchun antiretrovirus terapiyani qoʻllashning xorijiy tajribasini oʻrganish va tahlil qilish. | Tavsiyalar bilan birga OIV infeksiyasi diagnostikasi va uni davolashning qoʻllanilayotgan metodlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma. | ||
| II. OITSga qarshi kurash markazlari va davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
| 8. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi huzurida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan klinika tashkil etish. | 2009-yil IV chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. OIV/OITSni davolash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish. OIV/OITSga qarshi kurash sohasida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik baza tashkil etish. |
| 9. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarida, idoraviy laboratoriyalarda taʼmirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash. | 2009 — 2011-yillar mobaynida, alohida jadval boʻyicha | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Taʼmirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish va jihozlash jadvali. Muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
| 10. | Mamlakatimiz korxonalari negizida OITSni davolash uchun zarur boʻlgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar hamda dori-darmonlar ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | 2009-yil I yarim yillik | “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Takliflar turkumi. Mamlakatimizda dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish. |
| III. OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha mutaxassislarni doimo va tizimli tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni taʼminlash | ||||
| 11. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari rahbar tibbiyot xodimlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish. | 2009-yil I chorak, keyinchalik — har yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Attestatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlangan va tarkibga manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari kiritilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali mutaxassislarni tanlashni takomillashtirish. |
| 12. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari kadrlar bilan taʼminlanganligining holatini oʻrganish hamda ularni har tomonlama tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish. | Oʻrganish — 2009-yil yanvar-fevral, taʼminlash — jadvalga muvofiq yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Oʻrganish va kadrlar bilan taʼminlash jadvali. Kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha tahliliy materiallar. Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash. |
| 13. | Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va respublika tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining vrachlar malakasini oshirish fakultetlari bazasida OIV/OITS profilaktikasi va davolash boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — oʻquv rejasiga muvofiq har yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni taʼminlash. |
| 14. | OIV infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun OIV infeksiyasi, giyohvandlik va jinsiy aloqa vositasida yuqadigan infeksiyalar profilaktikasi masalalari boʻyicha seminarlar tashkil etish. | Doimo, seminarlar oʻtkazish rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi. Xavf yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilim darajasini oshirish. |
| 15. | Tibbiyot kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining klinik fanlari oʻquv dasturlariga OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash boʻyicha mavzuli blokni kiritish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — oʻquv rejasiga muvofiq har yili | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Oʻquv rejalari. OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashni taʼminlash. |
| IV. OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha tizimli axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish | ||||
| 16. | OIV infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish. Aniq tavsiyalar ishlab chiqish. | Muntazam ravishda, rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish jadvali. Tavsiyalar bilan birgalikda sotsiologik tadqiqotlar natijalari boʻyicha tahliliy materiallar. |
| 17. | Quyidagilarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun kiritish: — yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-metodik, taʼlim materiallari, oʻquv filmlari tayyorlash boʻyicha takliflar; |
Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik, amalga oshirish — tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Milliy teleradiokompaniyasi | Tavsiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv filmlari, axborot-taʼlim materiallari. |
| | — Oʻzbekiston xalqining mentaliteti, maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy qadriyatlarini hisobga oladigan aholi oʻrtasida OIV/OITS profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish boʻyicha metodik tavsiyalar; | Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazining tavsiyalariga muvofiq oʻquv-metodik, axborot-taʼlim materiallari va qoʻllanmalar mazmunini takomillashtirish va sifatini oshirish. | ||
| | — umumtaʼlim maktablari, tibbiy ixtisoslikdan boshqa oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari boʻyicha soatlar joriy etish boʻyicha takliflar. | Yoshlarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha bilimlari darajasini oshirish. | ||
| 18. | Ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy boy, jismoniy sogʻlom va uygʻun yoshlarni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan OITS profilaktikasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. | Doimo, tasdiqlangan yoritish rejasiga muvofiq | Milliy teleradiokompaniya, OʻzA, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi | Yoritish rejasi. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish. |
| V. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni va ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlash | ||||
| 19. | OIV/OITS profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish uchun mutaxassislarning chet elga safarlarini tashkil etish. | Muntazam ravishda, rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish jadvali. Tajriba ayirboshlash, mutaxassislar malakasini oshirish. |
| 20. | OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari boʻyicha tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari ishtirokida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 2009 — 2011-yillar, konferensiyalar oʻtkazish rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Nohukumat, notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Konferensiyalar materiallari. |
| 21. | Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan OITSga qarshi kurash sohasidagi loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | Monitoring olib borish tartibi tasdiqlangan holda komissiyaning majlisi qarori. Loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirishni hamda ularning samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash. |
| 22. | OIV/OITSga, sil va bezgakka qarshi kurash boʻyicha global jamgʻarmaning dasturlarini amalga oshirish samaradorligini va uning grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini oʻrganish. | 2009-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Tavsiyalar bilan birgalikda tahliliy materiallar. Loyihalar amalga oshirilishi samaradorligini oshirish. |