1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2584]
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 507-modda) muvofiq buyuraman:
1. Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-aprel,
5-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-sonli buyrug‘iga ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shaxslarni odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
odamning immunitet tanqisligi virusi (bundan buyon matnda OIV deb yuritiladi) — odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qo‘zg‘atuvchi;
OIV infeksiyasi — odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi;
orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (bundan buyon matnda OITS deb yuritiladi) — odamning immunitet tanqisligi virusi odamning immun tizimini shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi.
2. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning sog‘lig‘i holatini o‘rganish va baholash hisoblanadi.
3. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
OIV infeksiyasiga barvaqt tashxis qo‘yish;
OIV infeksiyasini boshqalarga yuqishining oldini olish;
OIV infeksiyasining tarqalganlik darajasini hamda OIVga qarshi kurash tadbirlari samaradorligini baholash;
profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni belgilash;
epidemiyaning rivojlanishini prognoz qilish;
donorlar qoni va uning tarkibiy qismlarining xavfsizligini ta’minlash.
4. Davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashi shart.
5. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish pasport identifikatsiya ID-kartasi, tug‘ilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun) yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2584-2, 05.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/2584-2/0097-son)
Tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish anonim bo‘lishi mumkin.
6. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish barcha davolash-profilaktika muassasalarida ixtiyoriy, majburiy yoki g‘ayriixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.
7. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishda shaxs bilan qaysi tartibda tekshiruv o‘tkazilishidan qat’i nazar, dastlabki va keyingi maslahatlashuv amalga oshiriladi.
8. Dastlabki va keyingi maslahatlashuv OIVga tibbiy tekshirish uchun shaxsdan qon namunasini olishni taklif etgan davolash-profilaktika muassasasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
9. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsga dastlabki maslahatlashuvda:
OIV haqida zarur ma’lumotlar beriladi;
shaxsning OIVni yuqtirish xavfi baholanadi;
shaxsni OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun qaror qabul qilishiga ko‘maklashiladi.
10. Keyingi maslahatlashuvda:
shaxsning xulq-atvori bilan bog‘liq vazifalar belgilab olinadi;
shaxsni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi.
11. Dastlabki va keyingi maslahatlashuv amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga davolash-profilaktika muassasasida ochilgan tibbiy hujjatga yozib qo‘yiladi.
12. Voyaga yetmaganlarni va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish ularning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.
13. Davolash-profilaktika muassasasi tibbiyot xodimlari OIVni yuqtirib olgan shaxsni davolashda hamda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda shifokor sirini saqlagan holda shaxsga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lib, uning huquqlarini poymol qilmasdan zarur tibbiy yordam ko‘rsatishi shart.
14. Davolash-profilaktika muassasalarida OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning vena qon tomiridan bir marta ishlatiladigan shprits bilan 5 ml hajmda qon olinib, quruq toza probirkaga solinadi.
15. Olingan qon namunasi immunoferment usulida (IFA) tekshirish uchun mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi yo‘llanmaga asosan 24 soat ichida OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish laboratoriyalariga (bundan buyon matnda laboratoriya deb yuritiladi) yetkazib beriladi.
Bunda davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan OIV/OITS masalalari bo‘yicha javobgar shaxs hamda qon namunasini laboratoriyaga yetkazib berish uchun tibbiyot xodimi belgilanadi.
16. Qon namunasini laboratoriyaga yetkazib beruvchi tibbiyot xodimi uni 4ºS dan 8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlanishini ta’minlab beruvchi maxsus konteyner (termosumkalar) yoki bikslarda jamoat transporti bo‘lmagan transport vositalarida laboratoriyaga olib boradi.
17. Qon namunasi olingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida laboratoriyalarga yetkazib berilmagan taqdirda, qon zardobi ajratib olinadi. Bunda qon zardobi 4ºS dan 8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlangan holda 5 kun ichida laboratoriyalarga yetkazib berilishi lozim.
18. Tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsda OIV aniqlangan taqdirda, u bilan keyingi maslahatlashuv o‘tkaziladi hamda u dispanser hisobiga qo‘yiladi, mazkur shaxs o‘zga shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
19. Nikohlanuvchi shaxslar Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, OIVga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
20. OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalari shifokor siri bo‘lib, uni shaxs yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
21. Ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning xohishiga ko‘ra, maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
22. OIVning yuqish xavfi yuqori deb hisoblangan shaxslarga davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tish tavsiya etilishi shart.
23. Quyidagi klinik ko‘rsatmalari mavjud bo‘lgan shaxslarga ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi:
tana harorati bir oydan ortiq vaqt davomida me’yoridan yuqori ko‘tarilib turgan shaxslar;
bir oydan ortiq davom etayotgan noma’lum etiologiyali diareya bo‘lgan shaxslar;
uch oydan ortiq davom etayotgan limfoadenopatiya bo‘lgan shaxslar;
surunkali va qaytalovchi, davolanishi natijasiz zotiljam bo‘lgan shaxslar;
jinsiy a’zolarining surunkali, bachadon va bachadon nayining og‘ir yallig‘lanishi, endometrit, adneksit kasalliklari mavjud bo‘lgan shaxslar;
og‘iz bo‘shlig‘ining virusli yoki zamburug‘li kasalliklari va tilning tukli chaqalanishi (leykoplakiya) bilan kasallangan shaxslar;
immun tizimi buzilgan (t-xelperlarning kamayib ketishi) va chuqur immunitet tanqisligi holatida bo‘lgan shaxslar;
ko‘p marta qaytalanuvchi surunkali kasalliklar bilan kasallanayotgan shaxslar;
qon va boshqa biologik suyuqliklar retsipiyenti bo‘lgan shaxslar;
mazkur Qoidalarning 3-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan OIV infeksiyasiga xos bo‘lgan opportunistik kasalliklari mavjud bo‘lgan shaxslar.
24. Anonim ravishda IFA usulida tahlil o‘tkazilgan va musbat natija aniqlanganda, shaxsning qon namunalarini laborator tahlil qilish to‘xtatiladi. Bunda shaxs bilan keyingi maslahatlashuv o‘tkaziladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi.
25. Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak:
26. Bunda qon, biologik suyuqliklar donorlari — har qon topshirishdan oldin, inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini iste’mol etishda gumon qilinayotgan shaxslar — bir yilda bir marta, OIVni yuqtirib olgan onalardan tug‘ilgan bolalar — polimeraza zanjirlik reaksiya usulida 6 va 12 haftalikda, IFA usulida esa, 18 oylikda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
27. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatida (ro‘yxat raqami 2581, 2014-yil 7-may) ko‘rsatilgan ayrim kasblarda ishlovchi xodimlar Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tayotganda, majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
28. Tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsni g‘ayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 31-bobi.
3-bob. OIV mavjud emasligi to‘g‘risida sertifikat berish
29. Tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra OIV mavjud emasligi to‘g‘risida mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat berilishi mumkin.
30. OIV mavjud emasligi to‘g‘risida sertifikat berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, faqat OITSga qarshi kurashish markazlarida haq evaziga amalga oshiriladi. Boshqa tibbiy muassasalar tomonidan berilgan OIV mavjud emasligi to‘g‘risida sertifikat haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
31. Sertifikat davlat va ingliz tillarida to‘ldiriladi hamda maslahatlashuv o‘tkazgan shifokor va sertifikat berayotgan OITSga qarshi kurashish markazi rahbari tomonidan imzolanib, markazning muhri bilan tasdiqlanadi.
32. Sertifikatning amal qilish muddati — uch oy.
33. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2014-yil 15-aprel
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalariga 1-ILOVA
Qon namunalarining IFA usulida OIVga tekshirish uchun
Qon namunasini laboratoriyada ro‘yxatga olingan soni
F.I.O., pasport identifikatsiya ID-kartasi, tug‘ilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun) seriyasi va raqami
Jinsi
Tug‘ilgan yili va sanasi
Yashash manzili
Ish joyi
Kod
Tashxis
Qon olingan sana
Tekshiruv natijasi
Imzo
Qon namunasini olgan tibbiyot xodimi _____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Qon namunasini yetkazib berish
bo‘yicha mas’ul tibbiyot xodimi ___________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
____________________
(yetkazib berilgan sana)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2584-2, 05.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/2584-2/0097-son)
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalariga 2-ILOVA
Shaxsni o‘zga shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish VARAQASI
Men ____________________________________________________ yilda tug‘ilganman. Yashash joyim ____________________________________________________________
Menga keyingi maslahatlashuv o‘tkazishda quyidagi ma’lumotlar berildi:
1. OIV infeksiyasi to‘g‘risida. 2. OIV bilan zararlanganligim to‘g‘risida; 3. Quyidagi yo‘llar orqali kasallik OIVni boshqa shaxsga yuqtirishim mumkinligi haqida:
jinsiy aloqa yo‘li bilan; donor sifatida qon va biologik suyuqliklarni topshirganda; giyohvandlik vositalarini igna orqali tomir ichiga va mushak orasiga qabul qilishda umumiy shprits va ignalardan foydalanganda; boshqa shaxslar bilan birgalikda soqol olishda lezviyadan, teri va shilliq qavatlarning butunligini buzadigan muolajalarda, teshadigan va kesadigan asbob-anjomlardan umumiy foydalanganda; maishiy hayotda alohida shaxsiy gigiyena buyumlari: soqol olish asboblari, taroq, manikyur-pedikyur anjomlari, huqna (klizma) uchun ishlatiladigan asboblar, ayollar jinsiy a’zolarini yuvish uchun maxsus asboblar bo‘lish kerakligi va faqat o‘zimning shpritsimdan foydalanish va boshqalarni.
4. Jinsiy aloqa vaqtida himoya vositasidan foydalanishim kerakligi to‘g‘risida. 5. Menga:
yashash joyimdagi davolash-profilaktika muassasasi yuqumli kasalliklar shifokori yoki umumiy amaliyot shifokori yoxud OITSga qarshi kurash markazida dispanser hisobida turishim kerakligi; doimiy ravishda dispanser ko‘rigidan o‘tishim, tibbiy muolajalarni hududiy davolash-profilaktika muassasasi yuqumli kasalliklar shifokori yoki OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislaridan olishim kerakligi; kutilmagan hollarda tez yordamga zarurat tug‘ilganda davolash-profilaktika muassasasi tibbiyot xodimiga OIV bilan zararlanganligim to‘g‘risida ma’lum qilishim kerakligi.
6. Jinsiy (yoki giyohvand) sheriklarimni majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tishlarini talab etishim va tekshiruv natijasini sir saqlashim tushuntirildi.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tanishdim va OIV statusimni bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirsam yoki unga OIV kasalligini yuqtirsam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasiga asosan, jinoiy javobgarlikka tortilishim mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim.
OIVni yuqtirib olgan shaxs ________________________
Nafas yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyalari (6 oy ichida 2 va undan ortiq holatda sinusit, bronxit, o‘rta quloq yallig‘lanishi)
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalariga 4-ILOVA
OIV mavjud emasligi to‘g‘risida sertifikat
shakli
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
MINISTRY OF HEALTH OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
_____________________ OITSga QARSNI KURASNISN MARKAZI
TNE _______________________ CENTER TO FIGNT AIDS
CERTIFICATE № 000000 of the test was negative to NIV OIV mavjud emasligi tog’risida SERTIFIKAT
I
hereby certify that
Men___________________________________________________, shuni tasdiqlaymanki
surname of doctor (shifokorning familiyasi)
_______________________________________________________________ name of patient (shaxsning F.I.O., kirill va lotin yozuvi bilan)
data of birth
was tested on
tug’ilgan sanasi___________________
___________________da tekshirildi va
for the presence in his/her blood of antibodies to the human immunodeficiency virus (NIV) and that the result of the test was NEGATIVE ushbu shaxsda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) antitelolari MAVJUD EMASLIGI aniqlandi
STAMP MUNR
Signature of the chief Rahbar imzosi
Signature of the doctor Shifokor imzosi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 20-son, 237-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 10/17/2584-1/0328-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.02.2024-y., 10/24/2584-2/0097-son)