toggle_night_mode
Hujjat 17.06.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467]
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 129-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36, 240-V-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281, 2003-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 19-20-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 22-iyuldagi 2004-52, 01-02/19-30, 240-V-1-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-1, 2004-yil 4-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 360-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 15-dekabrdagi 2008-45, 01-02/19-58, 240-V-2-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-2, 2008-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 534-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 9-dekabrdagi 2009-32, 01-02/19-29, 240-V-3-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-3, 2009-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 584-modda).
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
2013-7-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
01-02/19-22-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
7/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-son qaroriga
ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 129-modda) muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish va pul mablagʻlarining xorijga asossiz oʻtkazilishi alomatlarini aniqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Maʼlumot taqdim etish
1. Vakolatli banklarning filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan quyida koʻrsatilgan har qanday alomatga ega boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek bosh vakolatli bankka taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagi imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda maʼlumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
b) rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va yetkazib berish yoki toʻlov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima toʻlanishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
v) import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlov, shuningdek chet el taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shakl boʻyicha);
g) norezidentlarga ular yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalar, ulushlar (paylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilganliklari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3a-ilovasidagi shakl boʻyicha);
d) rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) boʻyicha norezident foydasiga (xalqaro moliya institutlari va chet el banklari tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) toʻlovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3b-ilovasidagi shakl boʻyicha);
e) jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazmasi, agar bir kalendar yili davomida oʻtkazma summasining ekvivalenti 10 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlsa (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
j) chet eldan jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining hisobvaragʻiga xorijiy yuridik shaxslardan pul mablagʻlarining kelib tushishi (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha).
2. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ushbu Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) yil boshidan oʻsib borish tartibida joʻnatiladi.
Vakolatli banklarning filiallari mijozlarning tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ham taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Bosh vakolatli banklar oʻzlarining filiallaridan kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar, aloqa kanallari orqali yigʻma maʼlumotlarni elektron koʻrinishda mazkur Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yil boshidan oʻsib borish tartibida joʻnatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat bojxona xizmati organlarining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlarining hududiy boshqarmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni mazkur Nizomning 5 — 7-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) taqdim etadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
olib kirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda tovarning faktura qiymatini uning eksportyor mamlakatida qayd etilgan qiymatidan asossiz ravishda yuqoriroq koʻrsatish maqsadida davlat bojxona xizmati organlariga ishonchsiz maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda (tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar ilova qilingan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
shartnoma boʻyicha kontragent boʻlmagan tovar yetkazib beruvchilar tomonidan tovar yetkazib berilganlik faktlari aniqlanganda;
oldindan toʻlovsiz, akkreditiv ochilmasdan, xaridor bankining kafolatisiz yoki eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta polisi rasmiylashtirilmasdan tovarlar eksport qilinganda.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar, koʻrsatilgan faktlar yuzasidan yigʻma maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga mazkur Nizomning 5 — 7-ilovalariga muvofiq shakllarda aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Monitoring olib borish
6. Davlat soliq xizmati organlari vakolatli banklar va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan maʼlumotni tahlil qiladi va valyuta operatsiyalarini (eksport-import operatsiyalari, mablagʻlarni oʻtkazish va shu kabi) amalga oshirish tartibi buzilganlik belgilari aniqlanganda, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalariga mazkur shartnomani tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishdan oʻtkazish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun talabnoma bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tekshirish va kameral nazorati natijalari boʻyicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi tasdiqlanganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi va tekshirish materiallari qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Oʻtkazilayotgan tekshirishlar va kameral nazorati jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda Davlat soliq xizmati organlari bu haqda uch kun muddat ichida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining hamda vakolatli banklarning mansabdor shaxslari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni lozim darajada taʼminlamaganliklari, mazkur Nizom talablarini bajarmaganliklari, tijorat va bank sirini oshkor etganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoida
9. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2013-yil 20-may
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 20-may
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
2013-yil 20-may
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar)
ROʻYXATI
1. Andorra knyazligi.
2. Antigua va Barbuda.
3. Bagama orollari hamdoʻstligi.
4. Barbados.
5. Bahrayn davlati.
6. Beliz.
7. Bruney-Dorussalom davlati.
8. Vanuatu Respublikasi.
9. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligiga tobe hududlar:
Angilya;
Bermud orollari;
Britaniya Virginiya orollari;
Montserrat;
Gibraltar;
Hind okeanidagi Britaniya hududi (Chagos orollari);
Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvichev orollari;
Terks va Kaykos;
Kayman orollari.
10. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qoʻshma qirolligining alohida maʼmuriy birliklari:
Normand orollari (Gerisi, Djersi, Sark orollari);
Men oroli.
11. Grenada.
12. Djibuti Respublikasi.
13. Dominikana Respublikasi.
14. Irlandiya (Dublin, Shennon).
15. Kipr Respublikasi.
16. Xitoy Xalq Respublikasi:
Syangan (Gonkong);
Aomin (Makao).
17. Kosta-Rika Respublikasi.
18. Kuk orollari (Yangi Zelandiya).
19. Liberiya Respublikasi.
20. Livan Respublikasi.
21. Lixtenshteyn knyazligi.
22. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Mavrikiy Respublikasi.
24. Malayziya (Labuan oroli).
25. Maldiv Respublikasi.
26. Malta Respublikasi.
27. Marshall Orollari Respublikasi.
28. Nauru Respublikasi.
29. Niderlandiya Antil orollari.
30. Niue (Yangi Zelandiya).
31. Birlashgan Arab Amirligi (Dubay).
32. Panama Respublikasi.
33. Portugaliya Respublikasi (Madeyra oroli).
34. Samoa Mustaqil Davlati.
35. Seyshel orollari Respublikasi.
36. Sent-Kigs va Nevis Federatsiyasi.
37. Sent-Lyusiya.
38. Sent-Vinsent va Grenadin.
39. AQSH:
AQSH Virginiya orollari;
Puerto-Riko hamdoʻstligi;
Vayoming shtati;
Delaver shtati.
40. Tonga Qirolligi.
41. Fidji Suveren Demokratik Respublikasi.
42. Fransiya Respublikasi:
Kergelen oroli;
Fransuz Polineziyasi;
43. Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi.
44. Shveysariya Konfederatsiyasi:
Jeneva kantoni;
Neshetal (Nevshatal) kantoni;
Friburg kantoni;
Sug kantoni.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Yamayka.
46. Palau Respublikasi (Tinch okeani).
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

Amalga oshirilishi asoslanmaganlik belgilari mavjud boʻlgan
‎ yuridik shaxslarning valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida
‎ 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ M A ʼ L U M O T ‎‎

T/r‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)‎

Valyuta operatsiyasi amalga oshirilgan shartnoma yoki boshqa hujjatning raqami va sanasi‎

Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami‎

Xorijiy valyuta kodi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

jadvalning davomi ‎‎‎

Shartnomaning umumiy qiymati‎

Xorijiy kontragent nomi ‎

Mamlakat, kod‎ Valyuta operatsiyasi turi va belgisi‎

Mazkur belgi boʻyicha valyuta operatsiyasining summasi‎

Izoh‎

8‎ 9‎ 10‎ 11‎

12‎

13‎

Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

Import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlovlar, shuningdek chet el
‎ taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi boʻyicha
‎ 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ MAʼLUMOT ‎‎

T/r‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)‎ Xorijiy kontragent nomi va uning mamlakati‎ Mamlakat, kod‎ Shartnoma raqami va sanasi‎ Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami‎ Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat, royalti) nomi‎ Xorijiy valyuta kodi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎

jadvalning davomi ‎‎

‎‎Ish (xizmat, royalti)ning haqiqatda amalga oshirilganligi

Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat) joyi (Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki tashqarisi) Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat, royalti) muddati (kunda) yoki davri ‎‎Toʻlov

Shartnoma boʻyicha qarzdorlik (xorijiy valyutada) ‎

Izoh‎‏
bajarilgan ishlar dalolatnomasining raqami va sanasi (koʻrsatilgan xizmatlar, royaltini toʻlash boʻyicha)‎ ‎‏ ‎‏ xorijiy valyutadagi qiymati ‎ ‎‎‎

sanasi

‎‏ ‎‏ xorijiy valyutadagi qiymati ‎ ‎‎‎ debitorlik‎‎ kreditorlik‎
11‎ 12‎ ‎‎13

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3a-ILOVA

Norezidentlarga ular yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalar, ulushlar
‎ (paylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilganliklari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi
‎ boʻyicha 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ MAʼLUMOT
‎ ‎‎

T/r ‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) ‎ Xorijiy kontragent nomi va uning mamlakati‎ Mamlakat, kod‎ Shartnoma raqami va sanasi‎ Realizatsiya qilinayotgan aktivlar nomi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

jadvalning davomi ‎‎

‎‎‎‏Xorijiy valyuta kodi

‎‎‎‏
Mol-mulk joylashgan joy, aksiya va ulushning emitenti nomi‎‎

Toʻlov‎‎

‎‎Izoh
sana‎

xorijiy valyutadagi qiymati ‎

9 10‎‎

11‎

12‎

13‎‎

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3b-ILOVA

Rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) boʻyicha norezident foydasiga (xalqaro moliya institutlari va chet el banklari
‎tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) toʻlovlar amalga oshirilishi boʻyicha
‎ 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ MAʼLUMOT ‎‎

T/r‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)‎ Xorijiy kontragent nomi va uning mamlakati‎ Mamlakat, kod‎ Kredit (qarz) shartnomasi raqami va sanasi‎ Shartnoma summasi‎ Xorijiy valyuta kodi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎

jadvalning davomi ‎‎

Kafolatlangan yoki kafolatlanmagan Kredit yoki qarzning foiz stavkasi (yillik) Kreditlash muddati (davri) ‎‏Kredit (qarz)ning olish maqsadi Haqiqatda olingan kredit (qarz) Olingan kredit (qarz)ning qaytarilishi
sanasi‎ summasi (xorijiy valyutada)‎ sana‎ qarzning asosiy summasi‎ sana‎ foizlarning summasi‎
10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎

jadvalning davomi ‎‎

Muddatida qaytarilmagan kredit (qarz)larning summasi‎‎ Olingan kredit (qarz)lar muddatida qaytarilmaganligi uchun jarima summasi Kredit (qarz)lar boʻyicha jami qarzdorlik‏ Shu jumladan‎‎
Shundan, muddati oʻtganlari‎‎
Izoh‎‎
asosiy qarz summasi‎ foiz summasi‎ qarzning asosiy summasi ‎ foizlarning summasi‎ qarzning asosiy summasi‎ foizlarning summasi‎
20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎‎
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA

Jismoniy shaxslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud boʻlgan
‎valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida 20__ yil ___ ________ holatiga
‎M A ʼ L U M O T

T/r‎ Jismoniy shaxsning F.I.O.‎ Jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari ‎ Jismoniy shaxsning STIRi‎ Jismoniy shaxsning yashash joyi‎ Oʻtkazmaning miqdori‎ Kelib tushgan valyuta mablagʻlarining summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎

jadvalning davomi ‎‎

Xorijiy valyuta kodi

‎‎Mablagʻni oluvchi yoki joʻnatuvchining nomi

Oʻtkazma turi (bank oʻtkazmasi yoki pul oʻtkazmasi (pul oʻtkazmasi agenti koʻrsatilsin)

Izoh‎‎
8‎ 9 10‎‎ 11‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA

Bojxonada rasmiylashtirish jarayonida ‎tovarning faktura qiymatini asossiz
‎ yuqoriroq koʻrsatish faktlari boʻyicha‎ 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ MAʼLUMOT ‎‎

T/r‎ Import shartnomasi raqami va sanasi‎ Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi ‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)
Xorijiy kontragent nomi‎ Mamlakat, kod‎ Yuk joʻnatuvchining nomi‎ Mamlakat, kod‎
1‎ 2‎ 3‎‎ 4‎ 5‎ 6 7‎ 8‎ 9‎ 10‎

jadvalning davomi ‎‎

TIF TN kodi‎‏
Tovar nomi‎‏
Valyuta kodi (BYD faktura qiymati boʻyicha)‎‏
Tovarining import qiymati (Oʻz.R. IM-40 BYD boʻyicha)‎‎
Yuk joʻnatuvchining faktura qiymati (ishlab chiqaruvchi zavodning invoysi yoki hisobvaraq-fakturasi boʻyicha)‎‎
Farq ‎
BYDning maʼlumot raqami‎‎‎
faktura qiymati‎ yetkazib berish sharti faktura qiymati‎ yetkazib berish sharti‎ summa‎ foiz‎ bojxona posti kodi‎ BYD sanasi‎ BYD raqami ‎
11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
6-ILOVA

Shartnoma boʻyicha kontragent boʻlmagan tovar yetkazib beruvchilar
‎tomonidan tovar yetkazib berilganlik faktlari toʻgʻrisida
‎ 20__ yil ___ ________ holatiga
‎ MAʼLUMOT ‎‎

T/r ‎ Import shartnomasi raqami va sanasi Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi Xoʻjalik yurituvchi subyektining joylashgan yeri (pochta manzili) Xorijiy kontragent va yuk joʻnatuvchining nomi‎ Xorijiy kontragent mamlakat kodi‎
1‎ 2 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

jadvalning davomi

Yuk joʻnatuvchining mamlakat kodi‎‏
TIF TN kodi‎‏
Tovar nomi‎‏
Valyuta kodi (BYDning faktura qiymati boʻyicha)‎‏
Yuk joʻnatuvchining faktura qiymati (ishlab chiqaruvchi zavodning invoysi yoki hisobvaraq-fakturasi boʻyicha) BYDning maʼlumot raqami‎‎
faktura qiymati ‎ yetkazib berish sharti‎ bojxona posti kodi‎ BYD sanasi‎ BYD raqami ‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
7-ILOVA

Oldindan toʻlovsiz, akkreditiv ochilmasdan, xaridor bankining kafolatisiz yoki eksport
‎ shartnomalarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta polisi
‎ rasmiylashtirilmasdan tovarlar eksport qilinganligi faktlari toʻgʻrisida
‎ MAʼLUMOT ‎‎

T/r ‎ Eksport shartnomasining raqami va sanasi‎ Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi‎ Xoʻjalik yurituvchi subyektining joylashgan yeri (pochta manzili) ‎ Xorijiy kontragent nomi‎ Xorijiy kontragent mamlakati kodi
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

jadvalning davomi ‎‎

‎‎Tovarni joʻnatish Xorijiy valyuta kodi‏ Shartnoma boʻyicha ‎‎‏
Muddati oʻtgan debitor qarzdorlik (xorijiy valyutada)‎‎
Izoh
sana‎ summa‎ kelib tushgan valyuta tushumi summasi (xorijiy valyutada)‎ debitor qarzdorlik‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13 (10-12)‎ 14 15‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda; 2014-y., 31-son, 388-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2467-2/0230-son; 12.10.2020-y., 10/20/2467-3/1386-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2467-4/0921-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 18.10.2022-y., 10/22/2467-5/0946-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 28.05.2025-y., 10/25/2467-6/0476-son; 09.12.2025-y., 10/25/2467-7/1137-son)