1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN VALYUTA OPERATSIYALARI AMALGA OShIRILIShINING ASOSLANGANLIGI YuZASIDAN MONITORING OLIB BORISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1281-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-avgustdagi 230-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 32-33-son, 363-modda) qarorning 3-bandini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat yurituvchi chet el yuridik shaxslari–norezidentlarni soliq organlarida oʻz vaqtida va toʻliq roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan tegishli soliqlarni toʻlanishini nazorat qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36 va 240-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1281, 2003-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 19-20 son) 3-sonli ilovasining yangi tahriri ilovaga* muvofiq bayon etilsin.