1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN VALYUTA OPERATSIYALARI AMALGA OShIRILIShINING ASOSLANGANLIGI YuZASIDAN MONITORING OLIB BORISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 1281-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2008-yil 6-oktabrda “Oʻzaro maʼmuriy hamkorlik va soliq sohasida maʼlumot almashinuvi toʻgʻrisida”gi Bitimning imzolanishi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36 va 240-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning (2003-yil 4-oktabr, roʻyxat raqami 1281 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 19-20 son) 1-sonli ilovasining 47-bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
2008-45-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
01/02/19-58-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
240-V-2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 534-modda)