toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 30-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qarori.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam koʻrsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
profilaktik hisob axborot tizimi — shaxsni elektron profilaktik hisobga olish va hisobdan chiqarish chogʻidagi axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
gʻayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi;
huquqbuzarlik — sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʻayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik);
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi — jismoniy, maʼnaviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs;
huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qoʻllaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi;
huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxs — oʻzining gʻayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida boʻlgan jismoniy shaxs.
4-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizomning 2-bobi.
5-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 8-moddasi.
insonparvarlik;
tizimlilik;
ishontirish usulining ustuvorligi;
taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish.
6-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;
huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;
huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;
huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi.
2-bob. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar, ularning vakolatlari
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali ishlab turishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tegishli chora-tadbirlarni koʻradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi va amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-son Qonunining 252-moddasi.
9-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
ichki ishlar organlari;
prokuratura organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
(9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-575-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-729-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
adliya organlari;
davlat bojxona xizmati organlari;
davlat soliq xizmati organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat organlari;
(9-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;
davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari organlari;
(9-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi OʻRQ-747-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan organlar va muassasalar huquqbuzarliklar profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Ichki ishlar organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
mamlakatdagi, ayrim mintaqalardagi, tumanlar va shaharlardagi kriminogen vaziyatni oʻrganadi, mavjud kuchlar va vositalardan huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda foydalanilishi samaradorligi tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;
faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga va diniy-ekstremistik yoʻnalishdagi guruhlarga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan chora-tadbirlar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini saqlash qoidalari hamda tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
(10-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
jinoyatlarni fosh etishda va tergovga, sudga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslar hamda bedarak yoʻqolgan fuqarolar qidiruvida ishtirok etadi;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisida nizom.
11-modda. Prokuratura organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Prokuratura organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan soliq, valyutaga oid huquqbuzarliklar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
(11-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 257-II-son Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
(12-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xavfsizlik xizmati organlari:
(12-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-471-son Qonunining 10-moddasi.
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
xalqaro jinoiy tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tahlil qilishni, milliy xavfsizlikka ulardan kelib chiquvchi tahdid darajasini baholashni amalga oshiradi, tegishli organlar va muassasalarga zarur axborotni taqdim etadi;
tinchlik va xavfsizlikka qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning hisobini yuritadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xavfsizlik xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
qoʻriqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning hisobini yuritadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-700-son Qonunining 12-moddasi va 21-modda birinchi bandining yigirma birinchi va yigirma ikkinchi kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
122-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(122-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 2-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(122-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-son Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismining yettinchi-sakkizinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
123-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
mamlakatdagi korrupsiya holati tizimli tahlil qilinishini taʼminlaydi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar eng yuqori boʻlgan sohalarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
davlat xaridlari va budjet mablagʻlaridan, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang.: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-dekabrdagi PQ-34-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(123-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-729-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
13-modda. Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Adliya organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtirib boradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizom 10-bandi birinchi kichik bandining yettinchi xatboshi va 11-bandning oʻttiz toʻrtinchi kichik bandi.
14-modda. Davlat bojxona xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Davlat bojxona xizmati organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, bojxona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-502-son Qonunining 5-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojxona xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-502-son Qonunining 8-moddasi.
15-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Davlat soliq xizmati organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 26-moddasi oʻn uchinchi-oʻn toʻrtinchi xatboshilari va 27-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-son Qonunining 4-moddasi beshinchi-oltinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Mehnat organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Mehnat organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
aholini ish bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi, ishsizlarni hisobga olishni va ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining va taʼlim muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
taʼlim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
taʼlim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
taʼlim oluvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga yoʻnaltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va taʼlim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
taʼlim oluvchilar orasida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
taʼlim oluvchilarning bandligini va boʻsh vaqti mazmunli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarida hammabop sport seksiyalari, texnik va boshqa toʻgaraklar, klublar tashkil etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari ichki ishlar organlariga:
huquqbuzarliklar faktlari haqida;
odamlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar toʻgʻrisida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;
taʼlim oluvchi shaxs gʻayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2627, 21.11.2014-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
aholi oʻrtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish boʻyicha ishlarni, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni tashkil etadi;
aholi oʻrtasida muntazam tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;
alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga, OIV infeksiyasiga, tanosil kasalliklariga va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni aniqlaydi, ularni hisobga olish, tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;
OIV infeksiyasi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni bajarish uchun mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarni belgilangan tartibda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga:
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida;
badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda boʻlgan shaxslar kelib tushganligi yoki murojaat etganligi haqida;
odamlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar toʻgʻrisida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;
voyaga yetmagan shaxs gʻayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2627, 21.11.2014-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining va uning hududiy boʻlinmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari:
(19-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
tabiatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining va uning hududiy boʻlinmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shu jumladan huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda koʻmaklashadi;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi OʻRQ-747-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni taʼminlashni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishni;
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini taʼminlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni baholashni, monitoring qilishni va ularning samaradorligini oshirishni;
jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini oʻrganishni;
jinoyatlarning fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashiringan shaxslarning qidiruvini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashni, tahlil qilishni hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etishni;
(20-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish borasidagi hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(20-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori bilan tasdiqlangan Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
21-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli hududda jamoat tartibini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishi hisobga olinishini tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha ishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazilmagan diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qoʻyish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligiga boʻlgan huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburlab singdirishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
(21-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
yarashtirish komissiyalari va boshqa komissiyalarni tuzadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga koʻmaklashish hamda zarur yordamni koʻrsatish yoʻli bilan huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etishi mumkin.
3-bob. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi
22-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi tushunchasi
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish boʻyicha faoliyati huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasidir.
23-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi oʻrtasidagi huquqiy targʻibot;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi
24-modda. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi va uni amalga oshirish asoslari
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik taʼsir koʻrsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasidir.
Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ayrim turdagi huquqbuzarliklarning, shaxslar toifalarining koʻpayishi;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qiluvchi xatarlar va tahdidlarning yuzaga kelishi.
25-modda. Ilgari sudlangan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari
Ilgari sudlangan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash boʻyicha maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini tashkil etayotgan tashkilotlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari sudlangan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Alkogolni suiisteʼmol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiluvchi shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari
Alkogolni suiisteʼmol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiluvchi shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishining, ular isteʼmol qilinishining, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mastlik holatida, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning sabablari va shart-sharoitlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogolni suiisteʼmol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiluvchi shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5-bob. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi
28-modda. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi, uni qoʻllash shartlari va asoslari
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasidir.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi shaxsning, uning ijtimoiy muhitining oʻziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, shaxsning gʻayriijtimoiy xulq-atvorini, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligini, shuningdek sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda belgilanadi.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini qoʻllash uchun shaxsning gʻayriijtimoiy xulq-atvori toʻgʻrisida, uning huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi yoxud u huquqbuzarlik sodir etganligi haqida dalolat beruvchi ishonchli maʼlumotlarning mavjudligi asos boʻladi.
Huquqbuzarliklarning majburlovchi va cheklovchi xususiyatdagi yakka tartibdagi profilaktikasi qonunda nazarda tutilgan asoslarda qoʻllaniladi.
29-modda. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
profilaktika suhbati;
rasmiy ogohlantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida xabardor qilish;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
profilaktik hisobga olish;
majburiy davolanishga yuborish;
maʼmuriy nazorat.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Profilaktika suhbati
Profilaktika suhbati shaxsni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirishdan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy va huquqiy oqibatlarini hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirishdan iborat boʻladi.
Profilaktika suhbati shaxsni profilaktik hisobga qoʻyishda ham oʻtkaziladi.
Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakili tomonidan oʻtkaziladi.
Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa joylashgan yerda, shuningdek shaxsning yashash, oʻqish, ish joyida yoxud bevosita gʻayriijtimoiy xulq-atvor yoki huquqbuzarlik aniqlangan joyda oʻtkaziladi.
Profilaktika suhbati davomida shaxsning oʻziga xos xususiyatlari, uning turmush tarzi va ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlari, shuningdek gʻayriijtimoiy xulq-atvorning yoki sodir etilgan huquqbuzarlikning sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi.
Ilgari oʻtkazilgan profilaktika suhbati ijobiy natija bermagan va shaxs gʻayriijtimoiy xulq-atvorni yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni davom ettirgan hollarda, unga nisbatan rasmiy ogohlantirish qoʻllaniladi.
31-modda. Rasmiy ogohlantirish
Rasmiy ogohlantirish shaxsga uning gʻayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida yozma ravishda tushuntirishdan, shuningdek huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxsni huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirishdan iborat boʻladi.
Rasmiy ogohlantirish huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxsi tomonidan chiqariladi hamda shaxsga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi, u imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda esa, rasmiy ogohlantirishga bu haqda yozib qoʻyiladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish chiqarilganligi toʻgʻrisida u qaysi shaxsga eʼlon qilingan boʻlsa, oʻsha shaxsning ish (oʻqish) joyidagi ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qilishga haqli.
Rasmiy ogohlantirishning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
32-modda. Huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida xabardor qilish
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organ yoki muassasa, oʻz vakolatlari doirasida, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida ish (oʻqish) joyidagi ish beruvchini (maʼmuriyatni), yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organini gʻayriijtimoiy xulq-atvorning va sodir etilgan huquqbuzarlikning holatlarini, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni koʻrsatgan holda xabardor qilishga haqli.
33-modda. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini qoʻllash
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa tomonidan qoʻllaniladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. Profilaktik hisobga olish
Profilaktik hisobga olish ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktika tadbirlari majmuidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktik hisobga olishni amalga oshirish tartibi va shartlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilikda belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Oʻziga nisbatan profilaktik hisobga olish yuritiladigan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktik hisobga olish quyidagi shaxslarga nisbatan yuritiladi:
ilgari sudlanganlarga ular jinoiy jazoni oʻtaganidan soʻng, bundan oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592, 183, 1842, 1843, 1844, 1891, 190, 201, 202, 2021, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 12810 va 131-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun sud tomonidan muayyan muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan shaxslarga.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36-modda. Shaxsni profilaktik hisobga olish asoslari
(36-moddaning nomi Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsni profilaktik hisobga olish uchun quyidagilar asos boʻladi:
vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning ushbu Qonun 35-moddasining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori;
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi;
shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
probatsiya hisobidan chiqarilgan shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi topshiriq;
ushbu Qonun 35-moddasining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun sudning muayyan muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarori.
(36-moddaning birinchi qismi Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Bir shaxsni profilaktik hisobga qoʻyish uchun bir qancha asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, asoslarning har biri boʻyicha alohida-alohida profilaktik hisobga olish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. Shaxsni profilaktik hisobga olish tartibi
Ushbu Qonun 36-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, profilaktik hisobga olishni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisida tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. Mazkur qaror shaxsni profilaktik hisobga olish uchun asos mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida chiqariladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki probatsiya hisobidan chiqarilgan shaxslarga nisbatan shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror ular jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi haqidagi maʼlumotnoma yoki probatsiya hisobidan chiqarilgan shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi topshiriq yashash joyidagi ichki ishlar organining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida chiqariladi.
Shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi qarorda ushbu qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, qaror chiqarilgan sana va joy, profilaktik hisobga olinayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash, ish, oʻqish joyi) va profilaktik hisobga olish uchun asoslar koʻrsatiladi. Shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror mazkur qarorni chiqargan shaxs tomonidan profilaktik hisob axborot tizimi orqali elektron shaklda imzolanadi.
Shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida, profilaktik hisobga olingan shaxs yashash joyida boʻlmagan hollarda esa, uning turgan joyi aniqlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida tanishtiriladi va shu paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qaror bilan tanishtirilganlik faktini tasdiqlash uchun barmoqlar izlarini tanib olish tizimidan foydalaniladi.
Qaror bilan tanishtirilganda, shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilib, bu haqda qarorda qayd qilinadi.
Shaxsning xulq-atvorini nazorat qilish va unga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari oʻz vaqtida qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida shaxs profilaktik hisobga olish uchun profilaktik hisob axborot tizimiga kiritilgan kunda ichki ishlar organlari tomonidan elektron shaklda profilaktika ishi ochiladi.
(37-modda Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
38-modda. Shaxsni profilaktik hisobga olish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsni profilaktik hisobga olish u profilaktik hisobga olingan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida amalga oshiriladi.
Agar profilaktik hisobga olish davrida ushbu Qonun 36-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan yangi asoslar vujudga kelsa, shaxsni profilaktik hisobga olish muddati shaxs yangi vujudga kelgan asoslar boʻyicha profilaktik hisobga olingan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
39-modda. Shaxsni profilaktik hisobdan chiqarish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda shaxs profilaktik hisobdan chiqariladi:
(39-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
profilaktik hisobga olish muddatining tugashi;
reabilitatsiya qiluvchi asoslarga koʻra jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida tergovchi yoki prokuror tomonidan qaror qabul qilinishi yoki sudning oqlov hukmining qonuniy kuchga kirishi;
sudning shaxsni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilish toʻgʻrisidagi ayblov hukmining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi;
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilishi;
shaxsning muddatidan oldin toʻliq tuzalganligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi maʼlumotlarning mavjudligi;
profilaktik hisobda turgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga qonunda belgilangan tartibda chiqib ketgan taqdirda;
profilaktik hisobda turgan shaxsning vafot etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsni profilaktik hisobga olish uchun asos boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarorining bekor qilinishi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, profilaktik hisobga olish uchun masʼul boʻlgan shaxs shaxsni profilaktik hisobdan chiqarish toʻgʻrisida tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan profilaktik hisob axborot tizimi orqali tasdiqlanadigan elektron shaklda qaror chiqaradi.
(39-moddaning ikkinchi qismi Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)
Profilaktik hisobda turgan shaxs ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga hukm qilingan taqdirda, unga nisbatan toʻplangan materiallar sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh kun ichida huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlarini qoʻllash uchun tegishli jazoni ijro etish muassasasiga yuboriladi.
Profilaktik hisobda turgan shaxs doimiy yashash joyini oʻzgartirgan taqdirda, uni hisobga olish yangi doimiy yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
40-modda. Shaxsni majburiy davolanishga yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxs tomonidan jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u aholining xavfsizligi, sogʻligʻi va jamiyatning axloqiga tahdid solgan taqdirda ichki ishlar organlari “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunchilikka muvofiq uni majburiy davolanishga yuborish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
41-modda. Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorati tarbiyaviy-profilaktik taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari majmuidan iborat boʻladi va nazorat ostidagilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan cheklovlarni qoʻllashdan iborat boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish va tugatish tartibi, shuningdek qoʻllaniladigan cheklovlar roʻyxati jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.
(41-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
42-modda. Oʻziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari
Oʻziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslar:
oʻziga nisbatan qoʻllanilayotgan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlarining asoslari va huquqiy oqibatlarini bilishga;
oʻziga nisbatan toʻplangan hujjatlar va boshqa materiallar bilan tanishishga;
iltimoslar qilishga;
yuridik yordam olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning yoki muassasaning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(42-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(42-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-bob. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi
43-modda. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi tushunchasi
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qoʻllashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir.
44-modda. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar oʻrtasidagi nizolarni hal etish usullarini oʻrgatish;
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan oʻzini oʻzi mudofaa qilish usullari va vositalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
gʻayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir boʻlib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish;
hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi maʼlumotlarni keng tarqatish yoʻli bilan aholiga huquqiy tarbiya va taʼlim berish;
gʻayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish;
profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmogʻida veb-saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari toʻgʻrisida elektron adabiyotlarni tarqatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
45-modda. Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan muassasalar huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam koʻrsatadi.
Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(45-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
46-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari cheklanishiga, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada boʻlishga, shaxsiy hayot, yozishmalar, telefonda soʻzlashuvlar, pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlanishi, bir joydan ikkinchi joyga erkin koʻchish va yashash joyini tanlash, shuningdek shaxsiy daxlsizligi, uy-joy daxlsizligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oʻziga nisbatan profilaktika chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning yoki muassasaning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(46-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
47-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatining moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Faoliyati huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ijtimoiy buyurtmani joylashtirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar vositasida qoʻllab-quvvatlaydi.
(47-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
48-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(48-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
51-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2014-yil 15-maydagi 94 (6024)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-may,
OʻRQ-371-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 221-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son; 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son; 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)