1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI UNDIRIB OLISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda.
Belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlarni, davlat budjetiga hamda budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
2-modda.
Tegishli toʻlovlarning belgilangan toʻlov muddatlari tugagach, toʻlanmagan summa boqimanda hisoblanadi va u, basharti qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, penyasini qoʻshib hisoblagan holda undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-moddasi va Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1442, 14.01.2005-y).
3-modda.
Toʻlov muddati tugaganidan keyingi kundan boshlab muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun boqimanda summasidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya qoʻshilib boradi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining birinchi qismi 6-bandiga muvofiq soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya hisoblab chiqariladi, toʻlov kuni ham shunga kiradi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 1724, 09.10.2007-y.).
Soliq organlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar soliq toʻlovlari va budjetga, shuningdek budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashni toʻgʻri, oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirganligini tekshirishga haqlidir.
6-modda.
Boqimandani toʻlash summasi kelib tushganda avvalo boqimanda, soʻngra penya toʻlanadi. Boqimandani undirib olish xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 77-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 29-dekabrdagi 209-mx-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ijro ishini yuritish va sud ijrochilarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomi (roʻyxat № 1091, 29.12.2001-y.) IV-bobi.
7-modda.
Toʻlov topshiriqnomasi olinganidan keyin bir ish kuni mobaynida davlat budjeti daromadiga, budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalari hisobvaragʻiga toʻlovlar bankning aybi bilan oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun bank muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya toʻlaydi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq toʻlovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni oʻtkazish haqidagi topshirigʻi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun oʻtkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
8-modda.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan boqimandani soʻzsiz undirib olishning quyidagi choralari qoʻllaniladi:
1) boqimandachining bankdagi hisobvaragʻida mavjud boʻlgan summani davlat budjeti foydasiga, budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalari hisobvaragʻiga oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat. № 615, 30.01.1999-y.) va Hisobvaraqlarida xorijiy valyuta mablagʻlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi majburiyatlarini toʻlash tartibi (roʻyxat. № 753, 21.06.1999-y.).
2) solishtiruv dalolatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda undiruvni debitorlardan boqimandachiga tegishli summaga qaratish;
LexUZ sharhi
Qarang: Budjet oldida boqimandasi bor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq toʻlovchilarning mablagʻi boʻlmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish toʻgʻrisidagi tartib (roʻyxat № 874, 19.01.2000-y.).
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq 3-band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Boqimanda summasini soʻzsiz undirib olish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalari soliq organlari tomonidan belgilangan toʻlov muddatidan boshlab uch ish kuni davomida amalga kiritiladi.
Basharti korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tegishli toʻlovni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini bankka oʻz vaqtida topshirgan boʻlsa, inkasso topshiriqnomasi amalga kiritilmaydi.
Chet ellik yuridik shaxslardan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimandani undirib olish, basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan boqimandani undirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
11-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar gardanidagi boqimandalarni qoplash uchun undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulkka undiruv qaratilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha chet ellik yuridik shaxslardan boqimandani undirish Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan ularning har qanday mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi.
12-modda.
Boqimandani undirish toʻgʻrisidagi sud qarorining ijrosi ijro varaqasi asosida, xoʻjalik sudining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
13-modda.
Davlat korxonalarining, shuningdek jismoniy shaxslarning toʻlovlar boʻyicha boqimandasini undirish imkoniyati boʻlmagan hollarda boqimanda hisobdan chiqarib tashlanadi. Davlat korxonalarining boqimandasini hisobdan chiqarib tashlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda boqimandani undirib olish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga binoan, jismoniy shaxslardan esa — sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.
14-modda.
Toʻlovlarni notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki undirib olishning belgilangan tartibini buzish oqibatida ortiqcha kelib tushgan toʻlov summalari qaytarilishi kerak.
15-modda.
Toʻlovlarni undirib olish vaqtida soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan yoʻl qoʻyilgan notoʻgʻri xatti-harakatlar ustidan shikoyatlar yuqori organga yoki sudga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 264 — 268-moddalari va “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida” Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
177-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 267-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda)