toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-oktabrda 1724-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-sonli ““Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1724-3, 19.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 ( I )-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr,
2007-54-son
Davlat soliq qo‘mitasining
2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash va undirish tartibini belgilaydi hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalariga (bundan keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) taalluqlidir.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar — O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
ortiqcha to‘langan summa — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘langan hamda to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq summasi;
soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarining hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat;
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar;
penya — soliq qarzi summasidan, belgilangan to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kunga qadar, to‘lov kunini ham o‘z ichiga olgan davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan moliyaviy sanksiya.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha penya hisoblash uchun joylardagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi ochiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
3. Soliq qarzi summasining ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan oshgan qismiga penya hisoblash uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida har bir soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari (jismoniy shaxslar daromad solig‘i bundan istisno) bo‘yicha barcha operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan (soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida yozuvlarni yuritish) sanaga yoziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
II. Penya hisoblanishi
4. Penya soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan to‘lov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi.
Misol: ‎

so‘m‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎‎to‘langan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎‎hisoblash
‎‎davri

Hisoblangan
‎‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qo‘shilgan qiymat solig‘i‎

150 000‎ 30,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda solig‘i‎

350 000‎ 70,0 -‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ X x‎‎‎ x‎‎‎

Respublika yo‘l jamg‘armasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 80 000‎ x‎‎‎ x‎‎‎‎ x‎‎‎‎

Jami ‎

500 000‎ 100‎ 280 000‎ -220 000‎ 25‎ 1 815‎
* “+” — ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi bo‘yicha qoldiq.
(4-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Keltirilgan misoldan kelib chiqib hisoblangan penya summasi 1 815 so‘mni (220000 x 25 kun x 0,033%) tashkil etadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
5. Soliq qarzi summasining soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Misol: ‎

so‘m‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ to‘langan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qo‘shilgan qiymat solig‘i‎

300 000‎ 75,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda solig‘i‎

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Respublika yo‘l jamg‘armasiga
‎majburiy ajratmalar‎

100 000‎ 25,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

400 000‎ 100‎ 400 000‎ 0,0‎ -‎ 0,0‎
* “+” — ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi bo‘yicha qoldiq.
(5-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami soliq qarzi va ortiqcha to‘langan summalar teng qiymatni, ya’ni nol qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
6. Jami ortiqcha to‘langan summalar soliq qarzi summalaridan oshib ketganda penya hisoblanmaydi.
Misol: ‎

so‘m‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ to‘langan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qo‘shilgan qiymat solig‘i‎

250 000‎ 55,6‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda solig‘i‎

-‎ -‎ 300 000‎ x‎ x‎ x‎

Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 250 000‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Respublika yo‘l jamg‘armasiga
‎majburiy ajratmalar‎

200 000‎ 44,4‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

450 000‎ 100‎ 550 000‎ 100 000‎ -‎ 0,0‎
* “+” — ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi bo‘yicha qoldiq.
(6-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami ortiqcha to‘langan summa soliq qarzi summalaridan oshib ketadi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha har bir soliq va majburiy to‘lov bo‘yicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Misol:‎

so‘m.‎

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎ Ortiqcha
‎to‘langan
‎summa‎‏
Qoldiq
‎ (+, –)* ‎
Penya
‎hisoblash
‎davri
Hisoblangan
‎penya‎‏
Penya
‎taqsimoti‎‏
summasi‎ %da‎

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

100 000 23,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 310,6

Foyda solig‘i‎

325 000‎ 76,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎‎ 1 009,4‎

Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Respublika yo‘l jamg‘armasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 65 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Jami‎

425 000‎ 100‎ 265 000‎ -160 000‎ 25‎ 1 320‎ 1 320‎
* “+” — ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi bo‘yicha qoldiq.
(7-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Bu misolda 160 000 so‘m soliq qarzi qoldiq summasiga 1 320 so‘m miqdorida hisoblangan penya summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i (23,5%) va foyda solig‘i (76,5%) bo‘yicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
8. Penya miqdori tegishli soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzi summasidan oshib ketishi mumkin emas.
1-misol:
Soliq to‘lovchi 01.02.2012-y. holatiga foyda solig‘i bo‘yicha 500 000 so‘m soliq qarziga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80 000 so‘mni tashkil etadi. Soliq to‘lovchi 10.02.2012-y. kuni foyda solig‘i bo‘yicha 300 000 so‘m soliq qarzini qopladi, mos ravishda, soliq qarzi summasi shu kunga 200 000 so‘mni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2012-yildan 10.02.2012-y. (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 1 650 so‘m penya hisoblanib, jami penya summasi 81 650 so‘mni tashkil etdi.
2-misol:
Keltirilgan 1-misoldagi soliq to‘lovchi bo‘yicha 10.02.2012-y. holatiga foyda solig‘idan soliq qarzi 200 000 so‘mni, hisoblangan penya 81 650 so‘mni tashkil etdi. Soliq to‘lovchi 15.02.2012-y. kuni foyda solig‘i bo‘yicha 150 000 so‘m soliq qarzini qopladi, mos ravishda, shu kunga soliq qarzi summasi 50 000 so‘mni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2012-yildan 15.02.2012-y. (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 330 so‘m penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 81 980 so‘mni tashkil qildi. 16.02.2012-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzini qoldiq summasidan (200 000 so‘m — 150 000 so‘m = 50 000 so‘m) oshib ketadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi.
Misol:‎

so‘m.‎

Soliq turi‎‏ ‎‎Soliq qarzi Ortiqcha to‘langan summa ‎‏ Qoldiq (+, -)* ‎‏ Penya hisoblash davri Hisoblangan penya‎‏ Ilgari hisoblangan penya qoldig‘i‎‏ Penya taqsimoti‎‏ Yakuniy penya summasi‎‏
summasi‎ % da‎

Qo‘shilgan qiymat solig‘i‎

55 000‎ 17,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 55 000‎ 238,2‎ 55 000‎

Aksiz solig‘i‎

60 000‎ 19,0‎ x‎ x‎ 65 000‎ 258,7‎ 65 000‎

Foyda solig‘i‎

200 000‎ 63,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 10 000‎ 864,4‎ 10 864,4‎

Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 100 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎ -‎ -‎

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 50 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎ -‎ -‎

Jami‎

315 000‎ 100‎ 150 000‎ -165 000‎ 25‎ 1 361,3‎ 130 000‎ 1 361,3‎ 130 864,4‎
* “ +” — ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qoldiq;
“ –” — soliq qarzi bo‘yicha qoldiq..
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
11. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 422-modda; 2013-y., 39-son, 517-modda; 2014-y., 20-son, 235-modda)