1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish turi va mexanizmi |
Ijro |
Masʼul |
Nazorat uchun masʼullar | |
|
I. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish ishlarini takomillashtirish sohasida | |||||
|
1. |
Barcha tijorat banklari rahbarlari xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilib, ularni toifalarga (yaxshi, standart yoki oʻrta va yordamga muhtoj) ajratgan holda bank xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash. Mijozlarni tasniflash natijalari asosida, “yaxshi” tadbirkorga ishlab chiqarish quvvatini oshirish yoki faoliyatini yanada kengaytirish, “standart yoki oʻrta” tadbirkorga moliyaviy koʻmak berish, yordamga muhtoj tadbirkorni har tomonlama moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat va grafik-jadval asosida bank xizmatlari koʻrsatilayotgan har bir tadbirkorlik subyekti bilan bevosita uchrashuv-muloqotlar tashkil qilish. 2. Uchrashuv-muloqotlar mazmuni, oʻtkazish joyi va vaqtlari haqidagi maʼlumotni tadbirkorlik subyektlariga ommaviy axborot vositalari va reklama orqali yetkazish. 3. Uchrashuv-muloqotlar natijalari asosida ularni guruhlarga (yaxshi, standart yoki oʻrta va yordamga muhtoj) ajratish. 4. Toifalarga ajratilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarida uchrashuv-muloqotlar asosida tuman, shahar va viloyat boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2019-yil 2019-yil |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (I. Norkulov, S. Xolxoʻjayev, B. Zaxidov) |
|
2. |
Kichik biznes subyektlari joriy faoliyatini kreditlash mexanizmini takomillashtirish. |
Kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini kreditlash amaliyotini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, uni yanada soddalashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, birinchi navbatda, qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratishga alohida eʼtibor qaratgan holda kredit siyosati va kreditlash boʻyicha ichki tartiblarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2019-yil |
Tijorat |
Markaziy bank (B. Zaxidov, S. Xolxoʻjayev) |
|
3. |
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish va eksportini yoʻlga qoʻyish loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan yaqin hamkorlik qilish. |
1. Agentlik va tijorat banklari oʻrtasida hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining xizmatlarini ilgari surish boʻyicha ishlarni kuchaytirish va uning faoliyati mazmunini har bir tadbirkorlik subyektiga tushuntirish. Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishda Jamgʻarma xizmatlaridan keng foydalanish. 3. Jamgʻarmaning moliyaviy xizmatlari samaradorligini tahlil qilgan holda va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari asosida Jamgʻarmaning xizmatlari koʻlamini kengaytirish. |
Agentlik faoliyatini boshlagandan soʻng 10 kun muddatda Doimiy ravishda Doimiy ravishda |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tijorat banklari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Usmanov) |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari qoshidagi jamoatchilik kengashlari bilan bevosita hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini oʻrganib borish. |
1. Jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish. 2. Yigʻilishlarda koʻtarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish choralarini koʻrish va tegishli davlat idoralariga taklif va tavsiyalar kiritish. |
Oʻzaro kelishilgan jadvallar asosida |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik kengashlari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
5. |
Tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va turlarini koʻpaytirish maqsadida tuman va shaharlarda “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada kengaytirish va bank filiallarining ish uslubini tubdan oʻzgartirish, jumladan ixcham “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish va bu ishlarni Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish. Bunda: birinchi navbatda Xovos tumanida Milliy bank, Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Asaka bank va Qishloq qurilish banklari tomonidan jami 7 ta “bank xizmatlari ofislari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; 2019-yil yakuniga qadar “bank xizmatlari ofislari” sonini Sirdaryo viloyatida 50 taga, Andijon viloyatida 80 taga, shuningdek Toshkent shahrida kamida 100 taga yetkazish chora-tadbirlarini koʻrish; tadbirkorlar bilan ishlashda aynan “mijozga yoʻnaltirilgan” ish uslubini joriy etish, oʻz mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida ishlash tizimni yaratish; hududlarda ochiladigan “bank xizmatlari ofislari”da, birinchi navbatda, mahalliy aholi uchun zarur boʻlgan bank xizmatlari turlarini mujassamlashtirish. |
2019-yil sentabr — dekabr |
Tijorat banklari |
Markaziy bank (B. Zaxidov) |
|
6. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ularning investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash doirasida yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarni keng targʻib qilish. |
1. Yangi bank xizmatlari, shu jumladan kreditlar ajratish shartlarini oddiy va ravon tarzda bayon qilgan holda bukletlar, tarqatma materiallar tayyorlab, barcha hududlarda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish. 2. Bank xizmatlari turlari, tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televideniyeda maxsus koʻrsatuvlar, respublika va mahalliy gazetalar hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish. |
Yil davomida doimiy Oʻzaro kelishilgan jadval asosida |
Tijorat banklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
II. Hududlarda tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish sohasida | |||||
|
7. |
Tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirilgan investitsiya loyihalari toʻliq quvvat bilan ishlashi, shuningdek, ular faoliyatining uzluksizligini taʼminlash maqsadida qisqa muddatli kreditlar ajratish koʻlamini kengaytirish. |
Investitsion kreditlar hisobiga texnologiya va asbob-uskunalar sotib olib, bugungi kunda faoliyatini toʻliq quvvatda tashkil qilmagan tadbirkorlarga belgilangan tartibda (uchrashuv-muloqotlar natijalariga koʻra) joriy faoliyati uchun qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratish tizimini bank amaliyotiga keng joriy etish. |
Doimiy ravishda |
Tijorat |
Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
8. |
Kichik biznes subyektlariga taqdim etilgan kreditlar qaytarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish, kreditlar oʻz vaqtida qaytarilmagan har bir holat boʻyicha zarur choralar koʻrish. |
1. Kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelish sabablarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni, shuningdek, kreditlarni soʻndirish boʻyicha jadval-rejalarni tegishli hokimliklarga taqdim etib borish. |
Doimiy ravishda |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev, B. Zaxidov) |
|
9. |
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya va tarmoq dasturlariga asosan ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini tizimli nazorat qilish. |
1. Kreditlarning qaytarilishi holatini tahlil qilib, oʻz muddatida qarzdorligi soʻndirilmayotgan har bir toʻlov boʻyicha tegishli hokimliklarga, sektor rahbarlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun maʼlumot kiritib borish. 2. Avval berilgan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi hisobiga hududlarda kreditlar ajratish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 3. Banklar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatish. |
Har oyning 10 sanasiga qadar Doimiy ravishda |
Tijorat banklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
10. |
Kreditlarni oʻz muddatida qaytarish boʻyicha hududlar va tijorat banklari kesimida taqdim etilgan jadval ijrosi toʻgʻrisida mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish amaliyotini joriy etish. |
1. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarni eshitish jadvallarini tasdiqlash. 2. Aniq hisob-kitoblar asosida hisobotlarni taqdim etish. |
2019-yil Har oy yakuni boʻyicha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev, B. Zaxidov) |
|
11. |
Ajratilgan kreditlarning samaradorligini oshirish, kreditlarning muddatida qaytarilishini taʼminlash, tijorat banklari rahbarlarini ular faoliyatining yakunlari boʻyicha baholash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish. |
1. Kredit olish uchun taqdim etilayotgan biznes-rejalarning puxta tahlil qilinishini taʼminlash, ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarini muddatida ishga tushirish va loyihaning toʻliq quvvat bilan ishlashi ustidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda monitoring olib borish. 2. Tadbirkorlarga kredit ajratish,ajratilgan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash boʻyicha tijorat banklari faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 3. Ushbu mexanizm asosida bank filiallari rahbarlari, boshqaruvi aʼzolari va kredit qoʻmitalari aʼzolarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. |
Doimiy ravishda 2019-yil |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank, Moli? vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Boʻtayev) |
|
III. Tijorat banklari tomonidan eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari | |||||
|
12. |
Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha bank foiz marjasining (spredining) minimal daromadlik darajasini tavsiya qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan imtiyozli kreditlar olish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli eksportyorlar roʻyxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish mexanizmini joriy qilish. 2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xalqaro moliya institutlaridan va boshqa maqsadli manbalardan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha bank foiz marjasini (spredini) minimal daromadlilik darajasida (2 foiz atrofida) belgilash. |
2019-yil |
Investitsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar tijorat banklari, Moliya vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
13. |
Tadbirkorlik subyektlariga, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga eksport maqsadlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olishlari uchun ajratilayotgan kreditlarni toʻliq yoki qisman naqd pulda berish amaliyotini joriy etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlari fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pul hisobiga sotib oluvchi tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish. 2. Tijorat banklari tomonidan 90 kunlik muddatga eksport tushumi hisobidan qaytarish sharti bilan naqd pulda kredit berish mexanizmini joriy etish va bunda quyidagilarni inobatga olish: avval ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikning, shuningdek, ilgari olingan kreditlarni qaytarish boʻyicha muammolarning mavjud emasligi; naqd pulda kredit olish uchun ariza berishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat xatining mavjudligi; kredit olish uchun yuqori likvidli aktivlarning garovga taqdim etilishi; avval oʻz vaqtida qaytarilmagan kreditlarni soʻndirishga koʻmaklashishi uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga maʼlumot taqdim etish. |
2019-yil avgust-sentabr |
Investitsiyalar Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
14. |
Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllanilayotgan tarif va komissiyalarni qayta koʻrib chiqib, minimal daromadlilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash. |
1. Eskportyor tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini koʻrsatishda, shu jumladan bank hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirishda (debet aylanmalar) hamda valyuta mablagʻlarini sotib olish va sotishda bank komissiyasini 0,2 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatish. 2. Eskportyor korxonalarga naqd pul berishda komission toʻlovlarni 0,5 foizdan oshadigan miqdordagi xarajatlarni qoplash darajasida oʻrnatish. 3. Eksportyor korxonalarga bank xizmatlarini koʻrsatishda boshqa tarif va komission toʻlovlarni tubdan qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish. |
2019-yil avgust-sentabr |
Tijorat banklari, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Respublika valyuta birjasi |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (B. Abubakirov) |
|
15. |
Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratishda tijorat banklari tomonidan “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polislarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish. |
Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asaka bank tomonidan “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi bilan birgalikda kreditlar qaytarilishi xatarini sugʻurtalashning quyidagi mexanizmini joriy etish: “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank va Asaka bank bilan maqsadli muddatli depozitlarni joylashtirish boʻyicha tegishli shartnoma yoki bitimni imzolaydi; tijorat banklari ushbu depozitlar boʻyicha bozor stavkalarida foiz toʻlaydi; sugʻurtalanayotgan kredit miqdori banklarga joylashtirilgan depozit hajmidan yuqori boʻlmasligi lozim; tijorat banklari kredit qaytarilmagan holatda ushbu depozitdan sugʻurtalangan miqdor doirasida pullarni qaytarib olish huquqiga ega boʻlishi kerak. |
2019-yil avgust |
Investitsiyalar Moliya vazirligi, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi, tijorat banklari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) |
|
16. |
Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, ularning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks yordam koʻrsatish. |
Barcha tijorat banklari tomonidan eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari muammolarini hal etishda mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik tizimini joriy etish. |
Doimiy ravishda |
Investitsiyalar tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (B. Abubakirov) |
|
IV. Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda tadbirkorlik subyektlariga | |||||
|
17. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllagan holda tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish (“bank-mijoz”, “internet-banking”, “mobil bank” “SMS-banking”) tizimlarini yanada kengaytirish. |
1. Muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlari bilan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish ishlarini olib borish va mijozlarning mazkur tizimlardan foydalanishini tashkil qilish. 2. Tadbirkorlik subyektlarining kamida 50 foizini bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlari bilan qamrab olish. |
Doimiy ravishda 2019-yil |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
|
18. |
Respublikaning barcha hududlarida “HUMO” toʻlov tizimi infratuzilmasini yaratish. |
1. “HUMO” toʻlov tizimi infratuzilmasi faoliyat koʻrsatayotgan Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash; 2. Respublikaning boshqa viloyatlarida tadbirkorlik subyektlarini “HUMO” terminallari bilan toʻliq taʼminlash va toʻlov infratuzilmasining butun mamlakat boʻyicha barqaror ishlashini tashkil etish. |
Doimiy ravishda 2019-yil |
Markaziy bank, tijorat |
Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
|
19. |
Tadbirkorlik subyektlari uchun toʻlovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratish va amaliyotga joriy etish. |
1. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini toʻlaqonli ishga tushirish; 2. Tijorat banklarining mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalar 3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish amaliyotini joriy etish. |
2019-yil |
Markaziy bank, tijorat |
Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
|
20. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlar ajratishda qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash boʻyicha skoring modelini joriy etish. |
1. Barcha tijorat banklarida oʻz skoring modeli asosida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini tahlil qilish orqali kreditlash tizimini yoʻlga qoʻyish. 2. “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ tomonidan skoring modelini joriy qilish, uni tegishli tashkilotlarning maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va skoring tahlil natijalaridan tijorat banklari keng foydalanishi uchun imkoniyat yaratish. |
2019-yil 2019-yil |
Tijorat banklari, “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ |
Markaziy bank (O. Butayev) |
|
21. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun onlayn-kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlarni onlayn ajratishda kredit axboroti almashinuvining uzluksizligini taʼminlash. |
1. Tijorat banklari tomonidan dastur yaratuvchilar bilan birgalikda banklarning dasturiy majmuasiga tezkor ravishda onlayn kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi texnik oʻzgartirishlarni kiritish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning Kredit axboroti davlat reyestri dasturiy majmuasiga onlayn kreditlar boʻyicha uzluksiz axborot almashinuvini taʼminlovchi tegishli oʻzgartirishlarni kiritish. |
2019-yil avgust |
Tijorat banklari, Markaziy bank |
Markaziy bank (O. Butayev) |
|
V. Xalqaro kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish sohasida | |||||
|
22. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda chet el banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish borasida hamkorlikni kengaytirish. |
1. Xalqaro moliya institutlari va chet el banklarining mavjud kredit liniyalarini tadbirkorlik subyektlari uchun jozibadorligi (kreditlash shartlari qulayligi va foiz stavkalari maqbulligi) nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazish. 2. Tadbirkorlar uchun jozibador boʻlmagan kredit liniyalari boʻyicha tegishli xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan kredit liniyalari shartlarini yengillashtirish borasida muzokaralar olib borish. 3. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar natijalaridan kelib chiqib, shartlari qulay boʻlgan kredit liniyalari hajmini 2019-2020-yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish. |
2019-yil 2019-yil 2019-2020-yillar davomida |
Investitsiyalar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
23. |
Jahon banki guruhi tashkilotlari (XTTB, XTU), Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining qishloq xoʻjaligi sohasiga oid loyihalari doirasida kredit liniyalarini rivojlantirishni tizimli va samarali tashkil etish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish yuzasidan zarur choralarni koʻrib borish. 2. Loyihalarni moliyalashtirishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama yordam koʻrsatish. 3. Mavjud kredit liniyalarining samaradorligini va yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganib borish va muammolarning yechimi yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga yordam koʻrsatish. |
Doimiy ravishda |
Investitsiyalar Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
24. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-4399-son Farmoniga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining dasturi doirasida tadbirkorlik salohiyatini yanada kengaytirish, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida tadbirkorlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash borasidagi loyihalarini koʻpaytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish. |
1. Kredit liniyasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda qayta moliyalash boʻyicha tijorat banklari bilan tegishli qarz shartnomalarini imzolash. 2. Kreditlar va dastur shartlari toʻgʻrisida Fargʻona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga batafsil maʼlumotni yetkazish. 3. Ishlab chiqarish loyihalari, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha loyihalarni tayyorlashga, biznes-rejasini ishlab chiqishga yordam berishga alohida eʼtibor qaratish va kreditlarning samaradorligini taʼminlash. |
2019-yil avgust-sentabr Doimiy ravishda Doimiy ravishda |
Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, Andijon, Fargʻona |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
25. |
Banklar tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan loyihalar, ularning yoʻnalishlari va shartlari toʻgʻrisida har bir mijozga toʻliq maʼlumot berib borilishini taʼminlash. |
1. Bank filiallari xodimlarining jalb etilgan kredit liniyalar toʻgʻrisida (shartlari, talab etiladigan hujjatlar va h.k.) batafsil maʼlumotga ega boʻlishini taʼminlash. 2. Tijorat banklari tomonidan biznes-loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy kredit liniyalari mablagʻlaridan foydalanish afzalliklari haqida tadbirkor va ishbilarmonlar orasida sodda, ravon va atroflicha tushuntirishlarni berish boʻyicha bank xodimlarining masʼuliyatini kuchaytirish. 3. Xorijiy kredit liniyalari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish ishlarini keng miqyosda olib borish. |
Doimiy ravishda |
Tijorat banklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxoʻjayev) |
|
VI. Bank mijozlarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash sohasida | |||||
|
26. |
Mahalliy hokimlik qaroriga asosan mulki buzilayotgan qarzdorlarning kreditlarini istisno tariqasida restrukturizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish. |
2020-yil |
Markaziy bank, |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Butayev) |
|
27. |
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish. |
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, chop etish va tadbirkorlar oʻrtasida tarqatish. |
2019-yil |
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, tijorat banklari |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Butayev, B. Zaxidov) |
2-ILOVA